Authors

  • Tillaboyeva Surayyo Zakirjonovna

Author Biography

  • Tillaboyeva Surayyo Zakirjonovna

    Farg‘ona shahar Abu Ali Ibn Sino nomidagi

    jamoat salomatligi texnikumi

    Umumkasbiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94451

Keywords:

analgeziya davri qo’zg’alish davri tana mushaklarining bo’shashishi umumiy anestetik reaksiyalarning yo’qolishi.

Abstract

ushbu maqolada umumiy anestetiklarlarni ta’sir mexanizmi

yoritilgan bo’lib, mazkur masala yuzadidan muallif tomonidan shaklllantirilgan ilmiy taklif va amaliy  tafsiyalar o’z ifodasini topgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–4_ Февраль –2025

234

UMUMIY ANESTETIKLARLARNING TA’SIR MEXANIZMI

Farg‘ona shahar Abu Ali Ibn Sino nomidagi

jamoat salomatligi texnikumi

Umumkasbiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi

Tillaboyeva Surayyo Zakirjonovna

Annotatsiya-ushbu maqolada

umumiy anestetiklarlarni ta’sir mexanizmi

yoritilgan bo’lib, mazkur masala yuzadidan muallif tomonidan

shaklllantirilgan ilmiy taklif va amaliy tafsiyalar o’z ifodasini topgan.

Kalit so’zlar-analgeziya davri, qo’zg’alish davri, tana mushaklarining

bo’shashishi, umumiy anestetik, reaksiyalarning yo’qolishi.

Umumiy anestetiklar (narkoz moddalari)

Organizmga turli yo’llar bilan

yuborilganda M NS faoliyatining vaqtinchalik tormozlanishi natijasida es-hushning,

sezgilar va reflektor reaksiyasining yo‘qolishi, tana mushaklarining bo‘shashishi va

harakatsizlanishini keltirib chiqaradigan kimyoviy moddalarga narkoz uchun

ishlatiladigan umumiy anestetiklar — umumiy og'riq qoldiruvchilar deyiladi. Narkoz

uchun qo’llanadigan moddalarning tarixi kimyogarlarning yutuqlari bilan bog‘liq.

1772-yilda angliyalik Jozef Pristli azot (I) oksidni toza holda ajratib olgan va uning

narkoz keltirib chiqarishi 1780-yil 5 X. Devi tom onidan o'rganilgan. Lekin, ta’siri

kuchsiz bo‘lgani uchun jarrohlik amaliyotida foydalanilmagan. Narkoz moddalari

jarrohlikda 1842-yildan K.Long tomonidan amalda qoMlanilgan. U efirni narkoz

uchun ishlatib, bemorni og‘riqsiz operatsiya qilgan. V.Mortin esa 1846-yil 16

oktabrda efirning umumiy og’riq qoldiruvchi xossasi to‘g‘risida birinchi bo‘lib

matbuotda xabar qilgan. Shu kun tarixda narkozning kashf etilgan kuni deb qabul

qilingan. 1847-yil D.Simpson xloroformning narkoz keltirib chiqaruvchi xossasi

to‘g’risida ma’lumot bergan. 1956-yil ftor saqlovchi moddalardan ftorotan narkoz

moddasi sifatida jarrohlik amaliyotiga kiritilgan. Rossiyada esa efirni dastlab

F.I.Inozem sev, N .I.Pirogov narkoz vositasi sifatida ishlatib ko‘rishgan va turli


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–4_ Февраль –2025

235

sharoitda jarrohlik operatsiyalarida qo’llaganlar. Farmakologik xossalari. Narkoz

moddalarining asosiy farmakologik xossalari shundan iboratki, ular MNSga (nerv

hujayralarini vaqtinchalik falajlaydi) tanlab ta’sir etib, narkoz holatini keltirib

chiqaradi. Narkoz ayrim moddalar (efir va b.) ta ’sirida bosqichma-bosqich kechib,

o‘ziga xos o ‘zgarishlar bilan namoyon bo‘ladi. Narkozning kechishi ko‘p tomondan

moddaning fizik-kimyoviy tuzilishiga va xossasiga, yuborish yo’liga, uning qondagi

konsentratsiyasi, organizmning sezuvchanligi va holatiga bog‘liq. Markaziy nerv

sistemasining turli boMimlari narkoz moddalariga nisbatan turli darajada sezgir

bo‘lgani sababli, shu m oddalam ing ta’siri muayyan tartib bilan namoyon bo‘ladi.

Shu munosabat bilan narkoz moddalarining ta’sirini to‘rt bosqich va davrga bo‘lish

qabul qilingan

1. Analgeziya davri.

Narkoz moddasi qaysi yo‘l orqali yuborilmasin, qonga

o’tgandan so‘ng ko‘p o‘tmay MNSga ta’sir qilib, birinchi galda bosh miya

po‘stlog‘ining faoliyatini susaytiradi. Natijada fikrlash buzilib, odam o‘z-o‘zini idora

qila olmay qoladi, asta-sekin hushidan ketadi, og‘riq sezish kamayadi. Ayni vaqtda

ko‘zlar harakatchan bo’ladi, qorachiqning yorug‘likka reaksiyasi va shartsiz

reaksiyalar saqlanadi, nafas, puls, arterial bosim o‘zgarmaydi. Bu davr uzoq davom

etmaydi, agar narkoz davom ettirilsa, moddaning konsentratsiyasi qonda osha borib,

keyingi davr boshlanadi.

2. Qo'zg'alish davri.

Bu davr MNS ayrim faoliyatining zo’rayishiga xos

bo’lgan belgilar bilan ta ’riflanadi: narkozdagi odam sergap bo‘lib qichqira boshlaydi,

ashula aytadi, kuladi yoki yig‘lay boshlaydi, harakatlar zo‘rayadi, orqa miya refleksi

kuchayadi, ko‘z qorachig’ kengayib, yoruglikka javob bermay qo‘yadi, ammo ko‘zlar

harakatchan bo‘lib turaveradi, nafas notekis bo’ladi, puls tezlashadi, arterial bosim

o'zgarib turadi. Qo‘zg‘alish davrining kelib chiqishiga sabab — narkoz moddasi bosh

miya po‘stlog’ining butun nerv faoliyatini susaytirishi oqibatida, po'stloqosti va

boshqa markazlarning nazorat qilib turilishi tormozlanadi. Shu sababli bu davrda

odamda nazoratsiz bo’lgan o’zgarishlar kuzatiladi. Bularning davom etish muddati

yuqorida qayd etilgandek bir qator omillar (moddaning fizik-kimyoviy xossalari,

bemorning yoshi va boshqalar)ga bog'liq boMib, o ‘rtacha 5— 10 daqiqani tashkil


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–4_ Февраль –2025

236

etadi. Qo‘zg‘alish davrida kutilmagan turli noxush holatlar (qayt qilish, nafasning to

‘xtab qolishi va boshqalar) boMgani sababli anesteziolog va xirurglaming e’tiborli

bo’lishlari talab qilinadi.

3. Xirurgik narkoz davri.

Narkoz m oddasini organizmga yuborish davom

ettirilsa va qondagi konsentratsiyasi osha borsa MNSning faoliyati chuqurroq

susayadi. Bu holat bosh miya va orqa miya faoliyatiga taalluqli. Bu davrning to ‘rtta

darajasi bor:

— birinchi darajada es-hush yo‘qoladi, ko‘z qorachiqlari kengayadi,

yoruglikka reaksiya susayadi, shox parda refleksi saqlanadi va ko'zlar harakatchan

bo‘ladi, orqa miya refleksi 7 susayadi, tana mushaklari tonusi bo‘shashadi, nafas bir

tekis boMib turadi, arterial bosim bir oz pasayadi;

— ikkinchi darajada es-hush yo'qolgan, ko‘z qorachiqlari torayadi, reflekslar

keskin pasayadi, tana harakatsizlanadi, nafas bir tekis, chuqur boMib turadi, arterial

bosim yanada pasayadi;

— uchinchi darajada ko‘z qorachiqlari kengaygan, ko‘z harakati to ‘xtaydi,

nafas bir oz siyraklashadi, arterial bosim pasayadi;

— tо‘rtinсhi darajada ko‘z qorachiqlari kengaygan, ko‘z harakati yo‘qolgan

bo‘ladi, nafas siyrak, yuza bo‘lib, diafragmal tipga o ‘tadi, arterial bosim pasayadi,

puls tezlashadi, sezilarli sianoz (kislorod yetishmasligi belgisi — ko‘karish) paydo


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–4_ Февраль –2025

237

bo’ladi, sfinkterlar bo‘shashadi, beixtiyor siydik ajralishi mumkin. Mo‘ljallangan

jarrohlik operatsiyalari shu davrda bajariladi. Chunki bunda odam es-hushi, sezgilari

va reflekslarning ko‘p turi yo‘qolgan, mushaklar bo‘shashgan, shu bilan birga hayot

uchun zarur bo'lgan ichki a ’zolar faoliyati (yurak qon-tom irlar, nafas) saqlangan

boMadi. Jarrohlik narkoz davri jarrohlik operatsiyasi to‘liq bajarilishi uchun zarur

boMgan vaqtga bog‘liq boMib, bu bir necha shartlar talab qiladi.

Narkoz moddasining qondagi konsentratsiyasi shu davrga mos ravishda saqlanib

turilishi lozim. Jarrohlik narkoz davrining uchinchi va, ayniqsa, to'rtinchi davrida

anesteziologdan ehtiyotkorlik talab qilinadi. Chunki narkoz moddasining qondagi

konsentratsiyasi oshib ketsa, narkozning zaharlanish davri boshlanishi m umkin.

Bunda ko‘z qorachigM qisman kengayadi, qon bosimi pasaya boradi. Falajlik davri

narkoz moddasining qondagi yuqori konsentratsiyasi M NSning uzunchoq m iyada

joylashgan hayot uchun zarur a ’zolar (nafas, qon tom ir)ning markazlanish faoliyatini

ham tormozlaydi. Natijada nafas siyraklashib, yuzaki bo*lib boradi, sianoz

kuchayadi, puls oldin tezlashadi, keyin esa sekinlashib sezilar-sezilmas boMadi; qon

bosimi pasayib boradi, ko‘z qorachigM nihoyatda kengayib ketadi. Agar o‘z vaqtida

tegishli yordam ko‘rsatilmasa, nafas, keyin esa yurak ham to‘xtaydi. Jarrohlik


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–4_ Февраль –2025

238

operatsiyasi xavfsiz, asoratsiz va samarali o‘tishi uchun narkoz berish mutaxassis-

anesteziolog tomonidan bajariladi va asoratlarning oldini olish tadbirlari ko‘riladi.

Narkozning uchinchi — xirurgik narkoz davrida mo’ljallangan operatsiya tugagach,

bemorga narkoz moddasini yuborish to ‘xtatiladi va uyg‘onish davri boshlanadi. Bu

davrda uyg‘onish bosqichm abosqich, aksincha yo‘nalishda kuzatiladi va turli m

uddat davom etadi. Qayd etilgan narkozning davrma-davr bo’lishi mavjud narkoz

moddalari uchun shart emas. Lekin jarrohlik narkoz davri ularning hammasi uchun

xosdir. Narkoz moddalari MNSdan tashqari organizmning boshqa a’zo va sistemalari

(yurak-tomir sistemasi, moddalar almashinuvi, qon sistemasi, oshqozon-ichak trakti

va hokazolar)ga ta ’sir qiladi. Bunday ta ’sirlar ikkilamchi hisoblanib, uncha

ahamiyatga ega emas.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI

M.N, Mahsumov, X,Aliyev, M.A. Odilov, N.A. Musayeva “Farmalologiya asoslari”

Qosimov E. Y. va b., Ichki kasalliklar propedevtikasi. Toshkent, 1996.

https://uz.m.wikipedia.org

http://navoidsenm.uz/yangiliklar