Authors

  • Mirzayeva Yorqinoy Yarkulovna
  • Soxibova Nigora Sadritdinovna
  • Turayeva Shukurjon Dilshod qizi

Author Biographies

  • Mirzayeva Yorqinoy Yarkulovna

    dotsent, TDAU universiteti

  • Soxibova Nigora Sadritdinovna

    katta o‘qituvchi TDAU universiteti

  • Turayeva Shukurjon Dilshod qizi

    TDAU talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94455

Keywords:

Tut nav ko‘chat urug‘ biogumus vermikulit perlit qum iqlimlashtirish. шелковица сорт саженец семена биогумус вермикулит перлит песок акклиматизация. mulberry variety seedling seeds biohumus vermiculite perlite sand acclimatization.

Abstract

Maqolada tut ko‘chatlarini yetishtirishning  respublikamizda tutchilikka ixtisoslashgan xo’zjaliklarda zamonaviy usullarini qo‘llash in vitro usulida va hozirgi kunda tut urug‘dan ko‘paytirishni afzalliklari keltirilgan.

В статье представлены преимущества использования современных методов выращивания саженцев шелковицы в хозяйствах, специализирующихся на шелководстве нашей республики, в том числе метода «in vitro» и современного применения семенного размножения шелковицы.

The article presents the advantages of using modern methods of growing mulberry seedlings in farms specializing in sericulture in our republic, including the "in vitro" method and modern use of seed propagation of mulberry.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–4_ Февраль –2025

215

TUT YETISHTIRISHNI AN‘ANAVIY VA ZAMONAVIY USULLARI

SAMARADORLIGINI TAHLIL ETISH

Mirzayeva Yorqinoy Yarkulovna-dotsent, TDAU universiteti

Soxibova Nigora Sadritdinovna -katta o‘qituvchi TDAU universiteti

Turayeva Shukurjon Dilshod qizi-TDAU talabasi

Email:

n_soxibova@tdau.uz

Annotatsiya: Maqolada tut ko‘chatlarini yetishtirishning respublikamizda

tutchilikka ixtisoslashgan xo’zjaliklarda zamonaviy usullarini qo‘llash “in vitro”

usulida va hozirgi kunda tut urug‘dan ko‘paytirishni afzalliklari keltirilgan.

Kalit so‘z: Tut, nav, ko‘chat, urug‘, biogumus, vermikulit, perlit, qum,

iqlimlashtirish.

Эффективности традиционных и современных методов

выращивания шелковицы

Аннотация: В статье представлены преимущества использования

современных методов выращивания саженцев шелковицы в хозяйствах,

специализирующихся на шелководстве нашей республики, в том числе метода

«in vitro» и современного применения семенного размножения шелковицы.

Ключевые слова: шелковица, сорт, саженец, семена, биогумус,

вермикулит, перлит, песок, акклиматизация.

Effectiveness of traditional and modern methods of mulberry

cultivation

Abstract: The article presents the advantages of using modern methods of

growing mulberry seedlings in farms specializing in sericulture in our republic,

including the "in vitro" method and modern use of seed propagation of mulberry.

Key words: mulberry, variety, seedling, seeds, biohumus, vermiculite, perlite,

sand, acclimatization.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–4_ Февраль –2025

216

Kirish.

Respublikamizda pillachilik tarmogʼi korxonalarida modernizatsiya

tadbirlarining amalga oshirilishi, ishlab chiqarish quvvatlarining texnik – texnologik

jihatdan zamonaviy texnologiyalar bilan yangilanishi, shuningdek, sohaga yangi

investitsiya dasturlarining tadbiq etilishi natijasida pillani qayta ishlashga va tayyor

mahsulotlar ishlab chiqarishda ipak xomashyosiga boʼlgan talabning ortib

borayotganligini kuzatish mumkin. Bu esa oʼz navbatida pillachilik tarmogʼiga

innovatsion texnika va texnologiyalarni joriy etish, ushbu tarmoqni yanada

rivojlantirish boʼyicha qoʼshimcha chora – tadbirlarni amalga oshirish, tut ipak qurti

boqishga moʼljallangan inshootlarni qurish, jumladan sifati yuqori ozuqa beruvchi

tutzorlarni barpo etish hamda tut navlarning iqlimlashtirishda turli xil substratlarda

yashovchanlikni maqbul holatini tanlash kerakligini taqoza etadi.

Ipakchilik sohasi rivojlangan davlatlar ilmiy muassasalari tabiiy iqlim

sharoitidan kelib chiqib, turli iqlim stress sharoitlariga moslashgan, to‘yimliligi

yuqori, barg hosildorligi va tarkibi oqsilga boy bo‘lgan, iqtisodiy jihatdan yuqori

samarali tut navlarini ko‘paytirishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. O‘simliklarni

zamonaviy

in vitro

usulida yetishtirish tut navlarini vegetativ, marker-assotsiyalangan

seleksiya va mikroklonlash usullaridan samarali foydalangan holda hozirgi vaqtda

Xitoy Xalq Respublikasida 626000 ga, Hindistonda 280000 ga, Tailand va Braziliyada

35000 gektardan ziyod maydonlarda aynan navdor tutlar yetishtirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pillachilik sohasida kasanachilikni

qo‘llab-quvvatlash

hamda

pilla

yetishtirish

uchun

ozuqa

bazasini yanada kengaytirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”

2023-yil 1-iyundagi PF-85-son Farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida toshkent

davlat agrar universitetining tutning “Jarariq 9” navini iqlimlashtirishda turli xil

substratlarda yashovchanlik ko‘rsatkichlarini o‘rganish hamda tadqiqot ishlari amalga

oshirildi.

Tut daraxtining chatishtirish yo‘li bilan olingan O‘zbekiston duragayi (♀Oshima

I

2

N

2

(

Morus bombycis

Koidz.)×

SANIISh-25 (

Morus multicaulis

Perr.)), tanlash yo‘li

bilan olingan Jarariq-9 navidan

in vitro

sharoitida Murasige Skug (MS), Woody Plant

Medium (WPM) va Drayver va Kuniyuki (DKW) ozuqa muhitlarida eksplantlar olish


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–4_ Февраль –2025

217

hamda ularni rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganilgan.

O‘zbekiston duragayida WPM (standart) asosiy ozuqa muhitida eksplantning

o‘rtacha kurtaklanish vaqti, kun-7,3 MS-6,6 kun, DKW-7,6 kun, eksplantdan kurtak

ochilishi WPMda-56,8 , MS-51,06 %; DKW-73,13 % bo‘lishi kuzatilgan. Umumiy

kurtaklar unuvchanligi MS-74,73 %; WPM-71,46 %; DKW-78,86 % bo‘lishi kuzatilgan.

O‘zbekiston duragayi ko‘rsatkichlariga nisbatan Jarariq-9 nav ko‘rsatkichlari

WPM (standart) asosiy ozuqa muhitida eksplantning o‘rtacha kurtaklanish vaqti 7,6 kun,

MS-8,33 kun, DKW-8 kun, eksplantdan kurtak ochilishi WPMda-76,2 %, MS-53,5 %;

DKW-74,4 % ni tashkil etishi aniqlandi.

Kuzatishlar davomida eksplantlarning kurtaklanish vaqtining kurtak ochilishiga

nisbatan turlicha ekanligi qayd etilgan. Umumiy kurtaklar unuvchanligi MS-71,46 %;

WPM-82,73 %; DKW-70,06 % bo‘lishi aniqlandi (1-gistogramma).

Tutning O‘zbekiston duragayi va Jarariq -9 navi eksplantlarining turli xil

ozuqa muhitlarida o‘rtacha rivojlanish ko‘rsatkichlari

(2021-2024 yy.)

Tahlil natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston duragayi va Jarariq -9 navidan eksplantlar

olish va ularni rivojlantirish uchun WPM, MS, DKW, standart ozuqa muhitlaridan

samarali foydalanish mumkinligi qayd etildi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–4_ Февраль –2025

218

Ilmiy tadqiqotlarda keng qo‘llaniladigan MS ozuqa muhitida, O‘zbekiston

duragayidan olingan eksplantning o‘rtacha kurtaklanish vaqti 6,6 kunni, Jarariq-9 navida

8,3 kunni tashkil etishi qayd etildi.

Xulosa.Tut nav va duragaylarini mikroqalamchalash usulida ko‘payish

jarayonida aynan 2-3 yoshli tutlardan olingan eksplantlardan foydalanish yuqori

samara berishi qayd etildi. Mikroqalamchalash natijalarida 3-ozuqa muhitiga yaqin

bo‘lgan mikroqalamcha apikal meristema va o‘rta qismga nisbatan tez o‘sishi

aniqlandi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 17-yanvardagi “Pillachilik

tarkibida ipak qurti ozuqa bazasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar

to‘g‘risida” gi PQ-4567-sonli qarori Toshkent,2020 1-6 betlar.

2.

Н. С. Сохибова “ Такрорий ипак qурти боqиш учун тор qаторли интенсив

тутзорларни барпо этишда маqбул экиш схемаларидан фойдаланишнинг

афзалликлари ва самарадорлиги”//Молодой ученый 2022.№17(412).С.420-423.

3.

Н.С Cохибова, М.И Рўзиева “Такрорий qурт боqишда касалланган тут

барглари билан озиқлантиришни ипак қуртининг яшовчанлигига ва

пиллаларниннг ҳосилдорлигига таъсири”, Life Sciences and Agriculture

электронный научно-практический журнал. -ISSN 2181- 0761, 2020-yil.

doi:

10.24411/2181- 0761/2020-10032.

4.

N.S.Sokhibova,U.U.Khaknazarova,T. Sh. Ibragimov, N.S.Abduganieva

Studying

the economic characteristics of mulberry seedlings propagated in a new way in the

Tashkent region

”,

European international journal of multidisciplinary research and

management

studies.

-ISSN:

2750-8587,

2022

doi:

https://doi.org/10.55640/eijmrms-02-06-20

5.

Kunjupillai Vijayan, Amalendu Tikader, Zhao Weiguo, Chirakkara Venugopalan

Nair, Sezai Ercisli, and Chi-Hua Tsou. The user has requested enhancement of the

downloaded file. June 2011 Reserch Gate. 74- 95.б.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–4_ Февраль –2025

219

6.

Adeduntan, S. A. Nutritive effects of leaf position of mulberry plant Morus alba on

silkworm Bombyx mori L. performance. Advances in Life Sciences. - 2013. - P. 3(2):

23-27.

7.

Drayver J. “Laboratoriya sharoitida to‘qimalar va hujayralardan sun’iy (probirka)

o‘stirish” bo‘yicha uslubiy qo‘llanmasi. T.:2015.-B.30.