Authors

  • Nurova Dilafro‘z Murodovna

Author Biography

  • Nurova Dilafro‘z Murodovna

    Romitan tuman 10-sonli DMTT rahbari

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94467

Keywords:

Rivojlantiruvchi muhit o’quv dasturi ta’lim tarbiya bola pedagog metod vosita jihoz qobiliyat.

Abstract

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlantruvchi muhitni tashkil etish va uning bola tarbiyasidagi ahamiyati haqida yoritib o‘tilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–4_ Февраль –2025

153

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA

RIVOJLANTRUVCHI MUHITNI TASHKIL ETISH VA UNING BOLA

TARBIYASIDAGI AHAMIYATI

Nurova Dilafro‘z Murodovna

Romitan tuman 10-sonli DMTT rahbari

Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida

rivojlantruvchi muhitni tashkil etish va uning bola tarbiyasidagi ahamiyati haqida

yoritib o‘tilgan.

Kalit so ‘zlar: Rivojlantiruvchi muhit, o’quv dasturi, ta’lim, tarbiya, bola,

pedagog, metod, vosita, jihoz, qobiliyat.

Tadqiqotlar natijasida inson o’z hayoti davomida oladigan barcha

ma’lumotning yetmish foizini besh yoshgacha bo’lgan davrda olib ulgurishi

aniqlangan. Darhaqiqat, bu davrda inson bolasi dunyoni anglaydi, ota-ona, oila,

mahalla, Vatanga mehri uyg’onadi, o’z ona tilini o’zlashtiradi, umri davomida

oladigan bilimlariga zamin hozirlaydi. Mamlakatimiz hayotida olib borilayotgan keng

siyosiy va ijtimoiy islohatlar doirasida maktabgacha ta’limda ta’lim va tarbiya

faoliyatini olib borishda sifatni oshirish, ta’lim - tarbiya jarayoniga ilg’or pedagogik

va axborot kommunikativ texnologiyalar hamda zarur shart-sharoitlarni yaratish

bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Maktabgacha ta’lim

tashkilotlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan dasturlarda maktabgacha ta'lim

sohasi uzluksiz ta'lim tizimining birlamchi bo’g’ini sifatida,

bu jarayonda

maktabgacha ta'lim tashkilotlarining bolalar har tomonlama shakllantirishdagi o’rni

hamda, rеspublikada ta'lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat

siyosatining asosiy ustuvor yo’nalishi ekanligi

ta'kidlangan.

Bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy milliy,

madaniy-tarixiy merosi va ma’naviy axloqiy jihatdan tarbiyalash, bolalarda milliy

vatanparvarlik hislarini shakllantirish, bolalarning jismoniy va ruhiy sog‘ligini

ta’minlash maktabgacha ta’lim tashkilotlari oldiga qo’yilgan dolzarb vazifalardan biri


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–4_ Февраль –2025

154

hisoblanadi. Bu kabi vazifalarni bajarish maqsadida maktabgacha ta’lim tizimiga oid

ishlab chiqilayotgan qaror va qonunlar va ularni amalga oshirish muhim ahamiyatga

ega. Jumladan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22-dekabr 2020

yildagi 802-sonli “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash

to‘g‘risida” gi qarori

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim va tarbiya jarayonini

sifatli va samarali tashkil etish, tarbiyalanuvchilarni jismonan, ruhan hamda aqlan

komil insonlar qilib tarbiyalashda mustahkam poydevor vazifasini o’taydi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni barkamol shaxs sifatida tarbiyalashda

rivojlantiruvchi muhitni yaratish muhim sanaladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida

rivojlantiruvchi muhit bolaning jismoniy, aqliy, axloqiy, estetik, ma’naviy va ijtimoiy

rivojlanishi, o’z-o’zini rivojlantirish, uning turli xil mustaqil ijodiy faoliyatlari uchun

zarur bo’lgan obyektlarni o’z ichiga oladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida

rivojlantiruvchi muhitning asosiy ahamiyati –uning rivojlantiruvchi xususiyatga ega

ekanligidadir. Rivojlantiruvchi muhit bolalar uchun maqsadga qaratilgan bo’lishi

shuningdek, bolalarning turli xil faoliyatlar bilan shug’ullanishlariga imkoniyat

yaratib berish maqsadida tashkil etiladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida

rivojlantiruvchi muhitning turli-tuman interfaol usullarda bo’lishi bolalarning kun

davomida o’z ixtiyoriga ko’ra foydali ish bilan shug’ullanishlariga imkon beradi. Bu

esa maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining eng katta yutug’i hisoblanadi.

Maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilgan modernizasiyaviy

o‘zgarishlar maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning shakl va

usullarini erkin tanlash imkoniyatini yaratdi. Bugungi zamonaviy ta’lim sohasidagi

asosiy natija berilayotgan ma’lumotlarning bola tomonidan qay darajada o‘zlashtirib

olingani va uning rivojlanishiga, shaxsga oid sifatlarning shakllanishiga qanchalik

xizmat qilayotgani bilan belgilanadi. Pedagoglar tomonidan tanlab olingan ta’lim

uslublari intellektual jarayonlarning shakllanishiga, masalaning yechimiga ijodiy

yondoshishga, tashabbuskorlikka, mustaqillikka va bolalarni amaliy jarayonlar orqali

o‘z faoliyatini boshqarishga o‘rgatadi. Ta’limning rivojlantiruvchi pedagogik muhiti

rivojlanishning turli shakllaridan iborat ta’lim jarayonini amalga oshirishning ko‘p

funksiyaliligi, ya’ni bolalarni faoliyatning turli shakllariga jalb etilishini


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–4_ Февраль –2025

155

ta’minlanishini xamda material va qo‘llanmalar yetarli bo‘lishini talab etadi. Bu

bolalarning mazmunli va mustaqil faoliyati uchun muhim ahamiyat kasb etadi

Bolalarga yo‘naltirilgan guruhda puxta o‘ylangan va xavfsiz tashkil etilgan

rivojlanish muhiti eng muhim rol o‘ynaydi, bu pedagoglarga davlat o‘quv dasturining

maqsad va vazifalarini amalga oshirish va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim

texnologiyalarini qo‘llash imkonini beradi. Guruh xonasini rivojlanish markazlari deb

ataladigan kichik-kichik joylarga ajratish tavsiya etiladi. MTT pedagoglariga jadvalda

guruhdagi rivojlanish markazlarining minimal soni ko‘rsatilganligini tushunishlari

tavsiya etiladi; hududning va MTTdagi ta’lim va tarbiya jarayoni mazmunining

imkoniyatlari va xususiyatlarini inobatga olgan holda guruhdagi boshqa rivojlanish

markazlari tashkil etilishi mumkin. Turli guruhlarda markazlar to‘plami har xil

bo‘lishi mumkin, ammo davlat o‘quv dasturi guruhdagi beshta asosiy rivojlanish

markazlarini tavsiya qiladi: fan va tabiat; til va nutq; syujetlirolli o‘yinlar va

sahnalashtirish; san’at; qurish, konstruksiyalash va matematika. Guruhda boshqa

rivojlantiruvchi burchaklarni ham tashkil etish mumkin, ularni tashkil etish

bolalarning manfaatlariga, guruhning bo‘sh makoniga va maktabgacha ta’lim

tashkilotining

moddiy-texnik

imkoniyatlariga bog‘liq. Bunday markazlar

vaqtinchalik yoki faqat bolalar faoliyatining maxsus turlari (qum va suv markazi;

pazandachilik markazi; musiqa markazi) uchun tashkil etilishi mumkin.

Ta’lim muhitini yaratishda pedagoglar bolalar faol bo‘lishi mumkin bo‘lgan

joylar mavjudligini ta'minlashi kerak. Rivojlanish uchun mos jismoniy faollik uchun

joylar. Bolalar jismoniy faollik orqali yanada samaraliroq o‘rganadilar va kun


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–4_ Февраль –2025

156

davomida yuqori darajadagi jismoniy faollik, turfa xillik va stimulning o‘zgarishiga

extiyoj sezadilar. Bolalar faoliyatining muayyan amaliy turlari uchun imkoniyat.

Yosh bolalar suvda o‘ynash, loydan pirog yasash, yog‘ochdan narsalar yasash,

qo‘g‘irchoqlarni yotqizish va hokazo kabi amaliy mashg‘ulotlarga muhtoj.

Shuningdek, ularga syujetli-rolli o‘yin, rasm chizish, rasmga olish, tildan foydalanish

va qurilish bloklari kabi yangi tajribalarni mavjud aqliy tuzilmalarga integratsiya

qilish va amalda qo‘llash uchun turli usullar kerak. O‘zgarish va xilma-xillik. Bolalar

doimo ularni qiziqtirishning turfa yo‘llarini izlaydilar: manzara, tekstura, ranglar,

ijtimoiy guruhlar, faoliyat, muhit, tovushlar va hidlar. Bolalar ta’lim jarayonida

MTTda qancha ko‘p vaqt sarflasa, ularga ko‘proq xilma-xillik va rag‘batlantirish

kerak bo‘ladi. O‘quv muhiti xavfsiz bo‘lishi kerak. Bolalar xavfsizligi pedagogning

asosiy mas'uliyati bo‘lib, ehtiyotkorlik bilan rejalashtirish va nazorat qilishni talab

qiladi. Guruh xonasining maydoni qanday rejalashtirilganligi, rivojlanish markazlari

qanday joylashganligi pedagogning bolalar salomatligi va xavfsizligini qanday

ta'minlashi va ularning ta’limini yaxshilashiga ta'sir qiladi. Pedagog barcha bolalarni

uyda ham, tashqarida ham ko‘rishi va xona jihozlarining "ko‘rinmas joylar"

yaratadigan tarzda joylashtirilmasligini ta'minlashi kerak. Davlat o‘quv dasturini

amalga oshirish SanPiNda mustahkamlangan xavfsizlik qoidalariga muvofiq amalga

oshirilishi kerak. Rivojlantiruvchi muhitni tashkil etish maktabgacha yoshdagi

bolalarda ijodiy rivojlanishni maqsadli yo‘naltirilganligi bilan belgilanib, bolalar

hatti-harakatini rivojlanishiga zamin yaratadi. Bolalar xulq-atvoriga, ularning

tengdoshlari bilan o‘zaro munsabatlariga qo‘yiladigan talablar murakkablashadi. Shu

bilan birga irodaviy sifatlar shakllana boradi, xarakter xislatlari barqarorlashadi, unda

mustaqillika intilish tuyg‘usi paydo bo‘ladi. Bolaning rivojlantiruvchi muhitdagi

faoliyati ijtimoiy munosabatlarga kirishishida uning dunyoqarashini shakllanishida

ham muhim rol o‘ynaydi. Rivojlantiruvchi muhitdagi faoliyat bolada shaxs

sifatlarining shakllanishi uning tirishqoqligi va qiyinchiliklarni yenga olish,

o‘zgalarga bo‘lgan ijobiy munosabatning paydo bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladi. Shu

o‘rinda rivojlanish markazidagi faoliyat mazmuni quyidagilarni o‘z ichiga olishi

zarur: Bilim olish uchun-rivojlanish markazi qo‘shimcha asosiy faoliyat ekanligi


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–4_ Февраль –2025

157

haqida bolalarda tasavvur hosil qilishga erishish; Bu tasavvur asosida bolaning

mashg‘ulotga bo‘lgan munosabatini ijobiy o‘zgartirish va faolligini ortishiga turtki

berish; Bola faoliyatida tirishqoqlik, ma’suliyatlilik, mustaqillik, harakatchanlikni

rivojlanishiga e’tibor qaratish; Bolalarni jamoaviy faoliyatga ko‘niktirish va

tengdoshlariga ijobiy munosabatlarni yuzaga keltirish (o‘zaro yordam berish,

tengdoshlari ishini adolatli baholash, ularning kamchiliklarini do‘stona tushuntira

olish); O‘quv faoliyati jarayonida bolada tashkilotchilik qobiliyatining shakllantirish.

Ma’lumki, maktabgacha yosh davri bola shaxsining rivojlanishida muhim davr bo‘lib

hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim va tarbiya ishini keng dasturi

amalga oshiriladi va bolalarni maktab ta’limiga tayyorlanadi. Bolalarni maktab

ta’limiga tayyorlashda ularning individual hususiyatlari aqliy, ruhiy va jismoniy

tomondan nechog‘li rivojlanganliklari inobatga olinadi. Ta’limning rivojlantiruvchi

tamoyilini amalga oshirishda tarbiyachining bolalar faoliyatiga rahbarligi va uni

to‘g‘ri baholab borishi muhim ahamiyatga ega. Chunki, bunda faqat ishning

natijasigina baholanmay, balki bu ishni bajarishda bolalarning aqliy faoliyati,

mustaqilligi, ishtiyoq bilan, jon-dildan harakat qilganliklari ham e’tiborga olinadi.

Bolalikning rivojlantiruvchi pedagogik muhiti yosh navqiron avlodni shakllanuvi

uchun zarur bo‘lgan barcha axborot va ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi, bola va

uning shaxsini to‘laqonli rivojlantirishni ta’minlovchi yaxlit bir tizim bo‘lib, unda

bola hozirgi zamon talablari darajasida jismoniy, estetik, aqliy va ijtimoiy tarzda

to‘liq rivojlanadi. Bunda bola faoliyat olib boradigan rivojlantiruvchi pedagogik

muhit undagi bilim va ko‘nikmalarni amaliyotda qo‘llash uchun bitmas-tuganmas

axborot manbai bo‘lishi, bola ehtiyojini qondiruvchi, yangilikka intiluvchi, undagi

malakani takomillashtiruvchi manbaga aylanishi zarur. Maktabgacha ta’lim

tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan tarbiyachilarning rivojlantiruvchi muhit negizida

rivojlanish markazlarini tashkil etish borasidagi bilimlarini aniqlash, ularga amaliy

yordam ko‘rsatish, rivojlanish markazlarida tashkil etilgan mashg‘ulotlar hamda

bolalarning mustaqil faoliyatini baholash, topshiriqlar berishda bolalarning yosh va

fiziologik imkoniyatlarini inobatga olish masalalariga alohida ahamiyat berilishi

maqsadga muvofiqligi asoslandi.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlantiruvchi


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–4_ Февраль –2025

158

pedagogik muhitni tashkil etish tizimli ravishda turli texnologiyalardan foydalangan

holda olib borish ijobiy samaralar beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.Sodiqova Sh. A Maktabgacha pedagogika, T.:Tafakkur bo‘stoni 2013.

74.100.2 Darslik

2.F.R.Qodirova. Maktabgacha pedagogika. T.:Tafakkur bo‘stoni 2019. 74.10

Darslik

3.I.V. Grosheva, Sh.Sh.Miziyoyeva,L.G.Yevstafeva, D.T.Maxmudova, Sh.B.

Nabixanova, S.V.Pak va boshqalar. “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi T: 2022.

4. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari,

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim Vazirligi. T.:2022 y.

5. O‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish

konsepsiyasini tasdiqlash to‘g’risida - T.:2019 y.