MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
331
O’QITISH TEXNOLOGIYALARI MAZMUNI
Ramuza Joldasbaeva- Qoraqalpoq davlat universiteti o’qituvchisi
Nsanbaeva F, Xasenova J- 1 b kurs ximiya talabalari
Annotatsiya: Jamiyatimizda yangi ijtimoiy munosabatlarning shakllanishi,
ta’limning dunyo ta’lim tizimiga integratsiyalashuvi, demokratiyalash va taraqqiy
ettirish jarayonlarining rivojlanishi ta’lim jarayonida zamonaviy o’qitish
(pedagogik) texnologiyalarga yangicha yondashuv zarurligi bayon etilgan.
Kalit so’zlar: Texnologiya, ta’lim, tarbiya, dars, ilm, pedagogik, zamonaviy
o’qitish
Rеspublikаmizdа bo’lаyotgаn ijоbiy o’zgаrishlаr tа’lim sоhаsidа hаm mа’lum
yangiliklаr, tubdаn o’zgаrishlаr bo’lishini tаqаzо etаdi. Hаqiqаtdаn hаm, chuqur
bilimli, kеng dunyoqаrаshli komil shахsni tаrbiyalаsh mаsаlаsi pеdоgоglаrdаn
yangichа ishlаsh prinsiplаrini аmаlgа оshirishni tаlаb qilаdi vа kаttа mа’suliyat
yuklаydi. [1] Jahon ta’limi amaliyotida qo’llanilayotgan asosiy o’qitish
texnologiyalari quyida keltirilgan:
1.O’yinli texnologiyalar. 2. Muammoli o’qitish texnologiyasi. 3.
Tabaqalashtirilgan o’qitish texnologiyasi. 4. Individuallashtirilgan o’qitish
texnologiyasi. 5. Dasturlashtirilgan o’qitish texnologiyasi. 6. Kompyuterli o’qitish
texnologiyasi. 7. Modulli o’qitish texnologiyasi. 8. Keys stadi o’qitish texnologiyasi.
9. Kreativ o’qitish texnologiyasi. 10. Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi. 11. To’liq
o’zlashtirish texnologiyasi. 12. Tizimli faoliyat yondashuvi asosida o’qitish
texnologiyalari. 13. Fan bo’yicha faoliyat yondashuvi asosida o’qitish texnologiyalari
mavjud[2].
“Keys-stadi” texnologiyasi. “Keys-stadi” (lot. “casus” – hodisa, ingl. “sase” –
aniq vaziyat, amaliy holat, yig’ma, to’plam, “study” – o’qish, ta’lim) – o’quvuslubi
bo’lib, u tashkilot, shaxslar guruhi yoki alohida shaxslar hayotidan olingan real
vaziyat asosida talabalarni muammoni aniqlash va uni maqsadga muvofiq yechish
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
332
variantlarini qidirishga yo’naltiruvchi, tashkiliy hayotda vujudga keladigan
muammolarni aks ettiruvchi yasama (sun’iy) vaziyatga asoslangan. “Keys-stadi”
birinchi bor 1870 yilda Garvard universitetining huquq maktabida qo’llanilgan.
Hozirgi kunda uning 2 xil yo’nalishi mavjud: Garvard (muammoga yagona yechim
qabul qilinadi, ish hajmi katta) va Manchester (muammoga bir nechta variantlarda
yechim qabul qilinadi, ish hajmi kichik). [3]Keysda tavsiflangan aniq vaziyat
o’rganishni voqyelikka bog’lab qo’yadi: ta’lim oluvchiga muammoni hal etish
bo’yicha vaziyatni tahlil qilish, taxminlarni shakllantirish, muammolarni aniqlash,
qo’shimcha ma’lumotni yig’ish, taxminlarni aniqlashtirish va aniq qadamlarni
loyihalashtirish imkonini beradi. Keys ta’lim oluvchilarga tahlil yo’llarini izlashda
erkinlikni, muammolarni identifikatsiya (aynan o’xshash qilib) qilish vayechish
yo’llarini taqdim etadi. “Keys-stadi” ta’lim usuli sifatida quyidagi funksiyalarni
(vazifalarni) amalga oshiradi: • ta’limiy: (nazariy bilimlarni egallagandan so’ng)
o’rganilgan mavzu (kurs) bo’yichabilimlarni mustahkamlash; amaliy vaziyatlar tahlili
sxemasi bilan tanishish malakasini (seminar mashg’ulotlari davomida, asosiy kurs
jarayonida) hamda guruhiy yoki individual ravishda muammoni tahlil qilish va
qarorga kelish (trening tartibi doirasida) ko’nikmalarini qayta mustahkamlash;
•rivojlantiruvchi: bilimorttirish, ijodkorlik, mantiqiy fikrlash, nutq, o’z-o’zini
yo’naltirish, real sharoitlarga moslashish qobiliyatlarini rivojlantirish; motivatsion:
yangilikka tayyor turish va mustaqil qaror qabul qilishga qiziqtirish; •tarbiyaviy:
javobgarlik,mas’uliyat,mustaqillik,kommunikativlik,
empatiya,
refleksiyani
shakllantirish; • nazorat-analitik: o’quvaxborotini egallash sifatini nazorat qilish
(ta’lim dasturi so’nggida).
Muammoli ta’lim texnologiyalari – o’quvchi faoliyatini faollashtirish va
jadallashtirishga asoslangan. Muammoli ta’lim texnologiyasining asosi – insonning
fikrlash jarayoni muammoli vaziyatni hal etishdan boshlanishi hamda uning
muammolarni aniqlash, tadqiq etish va yechish qobiliyatiga ega ekanligidan kelib
chiqadi. Muammoli ta’lim o’quvchilarning ijodiy tafakkuri va ijodiy qobiliyatlarini
oshirishda katta ahamiyatga ega[4]
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
333
Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari. Bularga o’quvchi shaxsining ijodiy
sifatlarini, ayrim sohalardagi bilimlarni, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish
texnologiyalar kiradi.
Pedagogik texnologiya – axborotlarni o’zlashtirish, ulardan amalda
foydalanish, ulardagi yangi ma’no-mazmunlarni hamda axborotlar orasidagi turli
bog’liqliklarni ochish orqali yangi axborotlar yaratishga o’rgatish jarayonidan iborat.
Pedagogik texnologiya – ta’lim metodlari, usullari, yo’llari hamda tarbiyaviy
vositalar yig’indisi. U pedagogik jarayonning tashkiliyuslubiy vositalari majmuidir.
Pedagogik texnologiya – ta’lim mazmunini qulay shakl va usulda uzatish hamda
o’zlashtirish jarayonidan iborat. Pedagogik texnologiya ta’lim oluvchini mustaqil
o’qishga, bilim olishga, fikrlashga o’rgatishni kafolatlaydigan jarayondir. Pedagogik
texnologiya jarayonida o’qituvchirahbarligida o’quvchi mustaqil ravishda bilim
oladi, o’rganadi va o’zlashtiradi. Pedagogik texnologiya – oldindan belgilangan
maqsad bo’yichainsonga ta’lim-tarbiyaviy ta’sir o’tkazish faoliyatidan iborat[5].
Pedagogik texnologiya – o’quvchilarning bilim olishga bo’lgan qiziqishlarini, ijodiy
izlanishlarini, mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga, mustaqil fikrlash, mushohada
yuritishga qaratilgan ta’lim-tarbiya berishning faol shakl, usul va vositalari majmuasi.
U pedagogik jarayonni mazmunli, samarali amalga oshirish texnikasi hisoblanadi.
Xulosa qilib aytiladigan bo’lsa, o’qitish texnologiyalari va ularning turlari
ta’lim jarayonini hamda o’qituvchilarni, hamda o’quvchilarni faollashtiradi. Ta’limga
yangicha yondashiladi va albatta ta’lim sifatini oshadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. O’zbеkiston Rеspublikasining ta’lim to’g’risidagi qonuni. Lex.uz. O’RQ - 637-son.
23.09.2020 yil
2. “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga
oshirilayotgan kеng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha
qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3775-sonli qarori;
3. “O’zbеkiston Rеspublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
kontsеptsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-5847-son Farmoni.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
334
4. Zamirovna A. N., Bahodirovna Z. R. KIMYO FANIDAN “OQSILLAR”
MAVZUSINI O ‘QITISHDA ILG’OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING
ROLI //PEDAGOGS jurnali. – 2022. – Т. 22. – №. 2. – С. 49-51.
5. Nargiza A. DEVELOPMENT OF AN IMPROVED TWO-STAGE
TECHNOLOGY FOR FIXING MOVING SOILS AND SANDS WITH THE USE
OF A MECHANO-CHEMICAL DISPERSER //Universum: технические науки. –
2022. – №. 11-8 (104). – С. 26-29.