Authors

  • Rustamov Shamsiddin Salohiddin oʻgʻli

Author Biography

  • Rustamov Shamsiddin Salohiddin oʻgʻli

    O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi,

     Arxeologiya bo‘limi xodimi.

    Tel: +99890 604-98-88

    e-mail: r_shamsiddin@mail.ru

     

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94487

Keywords:

Конец XIX века – первая половина XX века Государственный музей-заповедник «Самарканд» изобразительное искусство архитектурные памятники базар композиционный анализ иконографический анализ объект культурного наследия. Late 19th century – first half of the 20th century Samarkand State Museum-Reserve visual art architectural monuments bazaar compositional analysis iconographic analysis cultural heritage object. XIX asr oxiri XX asr birinchi yarmi “Samarqand” davlat muzey-qoʻriqxonasi tasviriy san’at me’moriy obidalar bozor kompozitsion tahlil ikonografik tahlil madaniy meros ob’ekti.

Abstract

Ushbu maqolada Samarqand tarixini oʻrganishda “Samarqand” davlat muzey-qoʻriqxonasi fondlarida va muzeylar saqlanayotgan tasviriy sanʼat asarlarining  Samarqand hududi tarixini oʻrganishdagi o‘rni va ahamiyati, ushbu asarlarning tadqiq qilinishi masalalari ilmiy tahlil qilingan, taklif va mulohozalar ilgari surilgan.

This article provides a scientific analysis of the role and significance of works of visual art preserved in the collections and museums of the Samarkand State Museum-Reserve in the study of Samarkand's history, as well as the issues related to the research of these works. Suggestions and considerations have been presented.

В данной статье научно проанализированы роль и значение произведений изобразительного искусства, хранящихся в фондах и музеях Государственного музея-заповедника «Самарканд», в изучении истории Самарканда, а также вопросы исследования этих произведений. Внесены предложения и соображения.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

310

XIX ASR OXIRI – XX ASR BIRINCHI YARMI SAMARQAND

TARIXINI O‘RGANISHDA TASVIRIY SAN’AT ASARLARINING

AHAMIYATI

ЗНАЧЕНИЕ ПРОИЗВЕДЕНИЙ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО

ИСКУССТВА В ИЗУЧЕНИИ ИСТОРИИ САМАРКАНДА КОНЦА XIX -

ПЕРВОЙ ПОЛОВИНЫ XX ВЕКА

THE SIGNIFICANCE OF FINE ART WORKS IN THE STUDY OF

THE HISTORY OF SAMARKAND IN THE LATE XIX - FIRST HALF OF

THE XX CENTURY

Rustamov Shamsiddin Salohiddin oʻgʻli

O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi,

Arxeologiya bo‘limi xodimi.

Tel: +99890 604-98-88

e-mail:

r_shamsiddin@mail.ru

АNNОТATSIYA: Ushbu maqolada Samarqand tarixini oʻrganishda

“Samarqand” davlat muzey-qoʻriqxonasi fondlarida va muzeylar saqlanayotgan

tasviriy sanʼat asarlarining Samarqand hududi tarixini oʻrganishdagi o‘rni va

ahamiyati, ushbu asarlarning tadqiq qilinishi masalalari ilmiy tahlil qilingan, taklif

va mulohozalar ilgari surilgan.

Kalit so‘zlar: XIX asr oxiri XX asr birinchi yarmi, “Samarqand” davlat

muzey-qoʻriqxonasi, tasviriy san’at, me’moriy obidalar, bozor, kompozitsion tahlil,

ikonografik tahlil, madaniy meros ob’ekti.

ANNOTATION: This article provides a scientific analysis of the role and

significance of works of visual art preserved in the collections and museums of the

Samarkand State Museum-Reserve in the study of Samarkand's history, as well as the

issues related to the research of these works. Suggestions and considerations have

been presented.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

311

Keywords: Late 19th century – first half of the 20th century, Samarkand State

Museum-Reserve, visual art, architectural monuments, bazaar, compositional

analysis, iconographic analysis, cultural heritage object.

АННОТАЦИЯ: В данной статье научно проанализированы роль и

значение произведений изобразительного искусства, хранящихся в фондах и

музеях Государственного музея-заповедника «Самарканд», в изучении истории

Самарканда, а также вопросы исследования этих произведений. Внесены

предложения и соображения.

Ключевые слова: Конец XIX века – первая половина XX века,

Государственный музей-заповедник «Самарканд», изобразительное искусство,

архитектурные памятники, базар, композиционный анализ, иконографический

анализ, объект культурного наследия.

KIRISH.

Tasviriy san’at insoniyat tarixining turli davrlaridagi ijtimoiy-siyosiy,

madaniy va iqtisodiy jarayonlarni aks ettiruvchi muhim vosita hisoblanadi. XIX asr

oxiri va XX asr birinchi yarmidagi Samarqand aholisi hayoti, bu davrdagi ayrim

madaniy va tarixiy voqealar tasviriy san’at asarlarida o‘z ifodasini topgan. Ushbu davr

Samarqand tarixida Podsho Rossiyasi bosqini, madaniy modernizatsiya va xalqaro

madaniy almashinuv jarayonlari bilan ajralib turadi. Shuning uchun mazkur davrning

san’at asarlarini tahlil qilish faqat madaniyat tarixini emas, balki shahar

rivojlanishining turli jihatlarini o‘rganishga imkon beradi.

Mazkur tadqiqotning maqsadi tasviriy san’at asarlarining tarixiy maʼlumot

berishdagi ahamiyatini aniqlash va ularning Samarqand tarixi haqidagi tasavvurlarni

kengaytirishga xizmat qilishini ko‘rsatishdan iborat.

Tasviriy san’at asarlarining Samarqand tarixini o‘rganishdagi roli bir nechta

omillar bilan belgilanadi. Birinchidan, XIX asr oxiri XX asr birinchi yarmida

rassomlar tomonidan yaratilgan asarlar shaharning meʼmoriy yodgorliklari va

ijtimoiy hayotini tasvirlashda tarixiy manba sifatida qimmatli hisoblanadi. Masalan,

V.V. Vereshchagin, P.P. Benkov va boshqa tasviriy san’at ustalarining ishlari

Samarqandning XIX asrdagi qiyofasini tasvirlashda muhim ahamiyatga ega.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

312

Ikkinchidan, Samarqandning o‘ziga xos tabiati va madaniy merosini tasviriy san’at

orqali o‘rganish shaharning xalqaro madaniy muloqotlaridagi oʻrnini aniqlash uchun

muhim ahamiyatga ega. Uchinchidan, ushbu davrda yashagan mahalliy tasviriy sanʼat

ustalari tomonidan yaratilgan san’at asarlari Samarqand aholisining turmush tarzi,

urf-odatlari va iqtisodiy jarayonlarni aks ettiruvchi qimmatli maʼlumot manbaidir.

MANBALAR TAHLILI VA METODLAR.

2024-yil dekab

oyi holatiga kora

“Samarqand” davlat muzey-

qoʻriqxonasining fondida 238320 ta muzey ashyosi saqlanadi. Shulardan tasviriy

sanʼatning turli janrlariga oid asarlar soni 5645 tani tashkil qiladi.

Mazkur fondda saqlanayotgan, shu davr mualliflari qalamiga mansub boʻlgan

tasviriy san’at asarlarining koʻpchiligi Samarqand hududi tarixi haqida maʼlumot

olishda muhim ahamiyatga ega.

Misol uchun P.P. Benkovning Samarqanddagi hayot manzaralarini aks

ettiruvchi asarlari shaharning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini tahlil qilish uchun muhim

vizual manbalardan biri hisoblanadi (1-rasm). XIX-XX asr boshi Samarqand tarixiga

oid arxiv hujjatlari, jumladan, rasmiy hujjatlar va shahar xaritalari, tasviriy san’atda

aks ettirilgan obyektlarning tarixini aniqlashda muhim rol o‘ynaydi

1

. V.V. Bartold va

boshqa olimlarning asarlari Samarqandning madaniy tarixini o‘rganishda nazariy

asos bo‘lib xizmat qiladi.

1-rasm. P.P. Benkov. Eski Samarqand.

1

Самаркандский музей-заповедник. Каталог произведений изобразительного искусства ХИХ-ХХ вв.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

313

Tasviriy san’at asarlari Samarqand hududining quyidagi jihatlarini

o‘rganishda manba sifatida muhim ahamiyatga ega.

1. Samarqand hududi meʼmoriy va tabiiy qiyofasini aks ettirishdagi

ahamiyati: XIX asr oxiri va XX asr boshida rus rassomlari tomonidan yaratilgan

ishlarda Samarqandning me’moriy obidalari, bozor maydonlari va turmush tarzi

tasvirlangan.

Samarqandning me’moriy yodgorliklari, masalan, Registon ansambli, Shohi

Zinda majmuasi, Bibixonim masjidi va Ulug‘bek rasadxonasi ko‘plab rassomlarning

asarlarida o‘z ifodasini topgan. Bu asarlar me’moriy yodgorliklarning faqat tashqi

ko‘rinishini emas, balki ularning tarixiy kontekstini va zamonaviy holatini ham aks

ettiradi.

Misol uchun, Registonning turli davrlardagi tasvirlari undagi oʻzgarishlar

tarixini

o‘rganishda

muhim

manba

hisoblanadi.

Masalan,

L.Bure,

V.V. Vereshchaginning ishlari Registonni XIX asr oxiridagi holatda tasvirlagan

bo‘lsa, P.P. Benkovning chizmalarida uning keyingi asrlardagi tiklanish holatlari aks

ettirilgan (2-rasm).

Shohi Zinda majmuasi o‘zining bezakli mozaikalari va maqbaralari bilan

rassomlarning alohida e’tiborini tortgan. Ushbu me’moriy obyektni aks ettiruvchi

asarlar o‘sha davr madaniy urf-odatlarini o‘rganish imkonini beradi.

2-rasm. L.L. Bure -Sherdor, 1913-yil.

Samarqand faqat me’moriy yodgorliklari bilan emas, balki tabiiy go‘zalligi

bilan ham mashhur. Ko‘pgina rassomlar Samarqandning tabiati – tog‘lar, bog‘lar va


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

314

suv havzalari manzaralarini o‘z asarlarida tasvirlaganlar. Bu asarlar orqali hududning

ekologik tarixi va tabiiy landshaftlaridagi ayrim o‘zgarishlarni kuzatish mumkin.

XIX asr oxirida Samarqanddagi bog‘lar va kanallar rassomlar uchun muhim

ilhom manbasi bo‘lgan. Masalan, A.N. Volkov va N. K. Roerixning Samarqand

manzaralarini aks ettiruvchi ishlari ushbu davrda hududning tabiiy, qishloq va

shaharsozlik ko‘rinishi haqida qimmatli ma’lumotlar beradi (3-rasm).

Samarqandni o‘rab turgan tog‘larning tasvirlari, ayniqsa qishloq va shahar

o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganishda muhim rol o‘ynaydi. Bu tasvirlar orqali

hududning tabiiy resurslari va aholi hayotiga ta’sirini qisman tahlil qilish mumkin.

3-rasm. A.N.Volkov. Qishloq manzarasi.

2. Madaniy va etnografik manba sifatidagi ahamiyati: Tasviriy san’atda turli

millatlar, ularning kiyinish odatlari, hunarmandchilik va boshqa turmush elementlari

tasvirlangan bo‘lib, bu ma’lumotlar etnografik tadqiqotlarda muhim rol o‘ynaydi.

Masalan, L.D. Rozenberg asarlarida mahalliy aholining ipak, baxmal va adras

matolaridan tikilgan kiyimlari chizilgan. Erkaklarning do‘ppisi va ayollarning milliy

liboslari aks ettirilgan. Ushbu asarlar orqali Samarqand xalqining kiyinish

madaniyatidagi xususiyatlarni tushunish mumkin.

N. Karazin, V. Vereshchagin va P.P. Benkovning Samarqand bozoridagi turli

millat vakillarini tasvirlovchi asarlari orqali o‘zbeklar, tojiklar, turkmanlar va boshqa

etnik guruhlarning kiyinish madaniyati faoliyatini o‘rganish mumkin. (4-rasm)


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

315

4-rasm.

P.P.

Benkov.

Shohi

Zindadagi

rassomlar.

3. Ijtimoiy hayotni oʻrganishdagi ahamiyati: Tasviriy san’at asarlar orqali

shahar aholisining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayoti, faoliyati va kundalik hayot

manzaralarini kuzatish mumkin. Masalan, P.P. Benkov oʻz asarlarida bozor sahnalari,

qishloq hayoti va milliy bayramlarni aks ettirgan. Uning asarlari orqali o‘sha davrdagi

mahalliy kiyim-kechak, ijtimoiy munosabatlar va an’analarni o‘rganish mumkin.

A.N. Volkov va N. Karazinning asarlarida Samarqanddagi to‘y marosimlari

va xalq o‘yinlari aks ettirilgan, o‘sha davrdagi xalq an’analari va marosimlarning

tafsilotlari ko‘rsatilgan, uy-joylar tuzilishi va ichki bezaklari orqali aholi turmush tarzi

haqida batafsil ma’lumot berilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

316

4-rasm. A.N.Volkov. Toʻy.

Tasviriy san’at asarlari jamiyatning madaniy diversifikatsiyasi (oʻzgarish,

xilma-xil taraqqiyoti)ni aks ettiruvchi va uni tahlil qilish imkonini beruvchi muhim

manba hisoblanadi. XIX asr oxiri va XX asr birinchi yarmida Samarqand hududi

ko‘plab madaniyatlar chorrahasida joylashgan bo‘lib, bu holat tasviriy san’at

asarlarida yaqqol namoyon bo‘lgan. Rassomlar tomonidan yaratilgan asarlar shahar

hayotining turli jihatlarini, etnik guruhlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni, madaniy

o‘zgarishlarni va diversifikatsiya jarayonlarini tasvirlash uchun foydalanilgan.

Masalan, V.V. Vereshchaginning Samarqandda yaratilgan asarlari shahar

bozorlarida uchraydigan turli millat vakillarini o‘ziga xos tafsilotlar bilan tasvirlaydi.

Bu asarlar o‘sha davrning madaniy tahlilida muhim ahamiyatga ega.

Samarqanddagi tarixiy obidalar turli xalqlar qurilish uslublari ta’sirini o‘zida

mujassam qilgan. Bu me’moriy obyektlar tasviriy san’atda ham o‘z aksini topgan.

Masalan, Shohi Zinda majmuasi va Bibixonim masjidi me’morchiligidagi

arab, fors va mahalliy uslublarning uyg‘unligi rassomlar tomonidan alohida qayd

etilgan.

Ushbu asarlar orqali shahar arxitekturasidagi madaniy integratsiya

jarayonlarini o‘rganish mumkin.

XIX-XX asrlar davrida Samarqandning turli guruhlariga xos urf-odatlar,

bayramlar va ijtimoiy hayot tasviriy san’atda keng yoritilgan. P.P. Benkovning

Samarqanddagi oilaviy bayramlar yoki mehnat jarayonlarini aks ettiruvchi ishlari

ijtimoiy hayotning turli jihatlarini o‘rganishda muhim manba hisoblanadi.

Tasviriy san’atni tarixiy manba sifatida o‘rganishda bir qator tahlil usullari

qo‘llaniladi:

1. Kompozitsion tahlil usuli: Tasviriy san’at asarlaridagi elementlarning

joylashuvi va ularning muvofiqligi orqali rassomning qanday tarixiy voqealarni aks

ettirishga harakat qilganligini aniqlash mumkin.

2. Ikonografik tahlil usuli: Asarlardagi ramz va belgilarni tadqiq qilish orqali

ular ortidagi tarixiy va madaniy ma’nolarni aniqlash mumkin. Masalan,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

317

Samarqanddagi masjidlar va minoralarning tasviri ularning tarixiy ahamiyatini

tushunishga yordam beradi.

3. Binolar, meʼmoriy obidalarning o‘zgarishini o‘rganish usuli: Tasviriy

san’at orqali Samarqand me’moriy obidalarining vaqt o‘tishi bilan o‘zgarganligi yoki

qayta tiklanganligini kuzatish mumkin.

Misol uchun V.V. Vereshchaginning asarlari Samarqandning me’moriy

yodgorliklarini realistik uslubda tasvirlashga intilgan, bu esa tarixchilar uchun

me’moriy obyektlarning o‘sha davrdagi holatini tushunishda muhim ahamiyatga ega.

P.P. Benkovning asarlari orqali Samarqandda yashagan aholi turmush tarzi va milliy

liboslari haqida ma’lumot olish mumkin.

NATIJALAR VA MUHOKAMA.

Samarqand tarixini oʻrganishdagi ushbu yondashuvlar hududning XIX asr

oxiri va XX asr boshidagi ijtimoiy, madaniy va iqtisodiy hayotini tasavvur hamda

tahlil qilish imkoniyatini beradi.

Har qanday tarixiy manba kabi, tasviriy san’at asarlaridan manba sifatida

foydalanishda ham kamchiliklar mavjud. Birinchidan, rassomning subyektiv

qarashlari yoki san’at asarlarining idealizatsiyasi real voqelikni to‘liq aks ettirmasligi

mumkin. Ikkinchidan, tasviriy san’atdagi detallarning tarixiy aniqligini arxiv

materiallari bilan solishtirish zarurati mavjud.

XULOSA.

Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki Samarqand tarixi bo‘yicha

tadqiqotlarda tasviriy san’at asarlarining ahamiyati hanuz еtarli darajada chuqur

o‘rganilmagan. Tasviriy san’at Samarqandning XIX asr oxiri va XX asr birinchi

yarmi tarixini o‘rganishda muhim manba sifatida xizmat qiladi. Shuningdek, bu

manbalar zamonaviy

tarixshunoslik, muzeyshunoslik, manbashunoslik

va

madaniyatshunoslik tadqiqotlarida yangi yo‘nalishlarni belgilashga yordam beradi.

Ushbu davrda Samarqandda yuz bergan madaniy, ijtimoiy va arxitektura

sohasidagi o‘zgarishlar tasviriy san’at asarlarida keng yoritilgan. Tadqiqot davomida

quyidagi asosiy xulosalar chiqarildi:


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

318

Tasviriy san’at Samarqandning madaniy xilma-xilligi, etnik aloqalari va

ijtimoiy jarayonlarini hujjatlashtirishda muhim rol o‘ynagan. San’at asarlari tarixiy

obidalar, kundalik hayot va shahar me’moriy uyg‘unligining vizual hujjati sifatida

xizmat qiladi.

Samarqand hayotiga oid tasviriy san’at asarlari turli xalqlar madaniyatlarining

birlashuvi va o‘zaro ta’sirini namoyon etadi. Rassomlarning asarlari orqali turli

millatlarning kiyimlari, me’moriy obidalari va ijtimoiy hayotini o‘rganish mumkin.

Bu tarixiy jarayonlarni batafsil tushunish uchun qulay imkoniyat yaratadi.

Samarqandning me’moriy yodgorliklari va tabiat manzaralari nafaqat

madaniy meros, balki ijtimoiy va diniy hayotning rivojlanish bosqichlarini

o‘rganishda muhim rol o‘ynagan. Tasviriy san’at ushbu obyektlarning tarixiy holatini

saqlab qolish va ularni tiklash uchun asosiy manbalardan biri boʻlib hisoblanadi.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI.

1. Бартолд В.В. История культурной жизни Средней Азии.Москва: Наука, 1927.

2. Бенков П.П. Картины и гравюры Самарканда. Москва: Искусство, 1910.

3. Бенков П.П. Творчество в Самарканде. Москва: Искусство, 1915.

4. Верешчагин В.В. Регионы и их архитектура. Москва: Искусство, 1898.

5. Бахшиев А. Тасвирий санъат ва тарихшунослик. Тошкент: Академия, 2008.

6. Назаров Р.Х. Социально-экономическое развитие Самарканда в ХIХ - начале

ХХ вв. Ташкент: Узбекистан, 1980.

7. Самаркандский музей-заповедник. Каталог произведений изобразительного

искусства ХIХ-ХХ вв.

8. ЮНЕСКО. Самарканд: перекресток культур. Париж: ЮНЕСКО Пресс, 1994.

9. Роерич Н.К. Самаркандские пейзажи. Москва: Искусство, 1930.

10. “Samarqand” davlat muzey-qoʻriqxonasining 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar

hisoboti. Samarqand, 2025-yil.

11. Назаров Р.Х. Самарканд в историческом контексте. Ташкент: Узбекистан,

1985.

12. Ҳусанов Р. Ўзбекистон тасвирий санъати тарихи. Тошкент: Фан, 1995.