Authors

  • B.E.Berdialiev

Author Biography

  • B.E.Berdialiev

    O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti boshlig‘i, polkovnik, yuridik fanlari bo‘yicha

    falsafa doktori (PhD)

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94501

Keywords:

Bezorilik bezori mahalla jinoyat huquqbuzarlik qonun javobgarlik qasd jamiyat shaxs inson jinoyat kodeksi islohot jamoat jamoatchilik tan jarohati zarar xarakat. Хулиганство хулиганство махалла преступление правонарушение закон ответственность умысел общество личность человек уголовный кодекс реформа сообщество общественность телесные повреждения ущерб действие. Hooliganism hooliganism crime offense law responsibility intent society person human criminal code reform community public bodily injury damage action.

Abstract

Ushbu maqola “bezori” va “bezorilik”  hamda bezorilik jinoyati tushunchalari, uning alohida belgilari, sodir etilishining usullari yoritilgan. Shuningdek, jinoyat bilan bog‘liq tushunchalar qonunchilikda va boshqa normativ hujjatlardagi ta’riflar bilan tahlillangan. Jinoyatning ob’ektiv va sub’ektiv tomonlari amaliy asoslantirilib ochib berilgan hamda xulosalangan.

В статье рассматриваются понятия «хулиган» и «хулиганство», а также преступление хулиганство, его отличительные признаки и способы совершения. Также были проанализированы понятия, связанные с преступностью, с определениями, содержащимися в законодательстве и других нормативных документах. Раскрываются и обобщаются с практическим обоснованием объективные и субъективные стороны преступления.

This article discusses the concepts of "hooliganism" and "hooliganism" and the crime of hooliganism, its distinctive features, and methods of commission. Also, the concepts related to the crime are analyzed with definitions in legislation and other regulatory documents. The objective and subjective aspects of the crime are revealed and summarized with practical justification.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–4_ Февраль –2025

389

MAHALLADA SODIR ETILAYoTGAN BEZORILIK

JINOYaTINING ALOHIDA BELGILARI

B.E.Berdialiev – O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti

boshlig‘i, polkovnik, yuridik fanlari bo‘yicha

falsafa doktori (PhD)

ANNOTATSIYa. Ushbu maqola “bezori” va “bezorilik” hamda bezorilik

jinoyati tushunchalari, uning alohida belgilari, sodir etilishining usullari yoritilgan.

Shuningdek, jinoyat bilan bog‘liq tushunchalar qonunchilikda va boshqa normativ

hujjatlardagi ta’riflar bilan tahlillangan. Jinoyatning ob’ektiv va sub’ektiv tomonlari

amaliy asoslantirilib ochib berilgan hamda xulosalangan.

Kalit so‘z: Bezorilik, bezori, mahalla, jinoyat, huquqbuzarlik, qonun,

javobgarlik, qasd, jamiyat, shaxs, inson, jinoyat kodeksi, islohot, jamoat,

jamoatchilik, tan jarohati, zarar, xarakat.

ОСОБЫЕ ПРИЗНАКИ ПРЕСТУПЛЕНИЙ СЯВЗАННЫХ С

ХУЛИГАНСТВОМ, СОВЕРШАЕМЫХ В МАХАЛЛЕ

АННОТАЦИЯ. В статье рассматриваются понятия «хулиган» и

«хулиганство», а также преступление хулиганство, его отличительные

признаки и способы совершения. Также были проанализированы понятия,

связанные с преступностью, с определениями, содержащимися в

законодательстве и других нормативных документах. Раскрываются и

обобщаются с практическим обоснованием объективные и субъективные

стороны преступления.

Ключевые слова: Хулиганство, хулиганство, махалла, преступление,

правонарушение, закон, ответственность, умысел, общество, личность,

человек, уголовный кодекс, реформа, сообщество, общественность, телесные

повреждения, ущерб, действие.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–4_ Февраль –2025

390

SPECIFIC SIGNS OF THE CRIME OF HARASSMENT

COMMITTED IN THE MAHALLA

ANNOTATION. This article discusses the concepts of "hooliganism" and

"hooliganism" and the crime of hooliganism, its distinctive features, and methods of

commission. Also, the concepts related to the crime are analyzed with definitions in

legislation and other regulatory documents. The objective and subjective aspects of

the crime are revealed and summarized with practical justification.

Keywords: Hooliganism, hooliganism, crime, offense, law, responsibility,

intent, society, person, human, criminal code, reform, community, public, bodily

injury, damage, action.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan bezorilik

jinoyati jamoat tartibini buzishdan iborat bo‘lgan faol harakatlar orqali sodir etiladi.

Ya’ni, bezorilik – jamoat tartibini qo‘pol ravishda buzish, jamiyatda o‘rnatilgan

normalarga hurmatsizlikning ochiq ifodasi tushuniladi. Jumladan, bezorilik oqibatida

qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish (JK 104-modda, 2 qism “e” bandi), bezorilik

(JK 277-modda), qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil

etish hamda o‘tkazish (JK 278-modda) va shu kabi jinoyatlardir.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining XX bobida

jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlik nazarda tutilgan bo‘lib, uning

277-moddasida bezorilik va qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni

tashkil etish hamda o‘tkazish (JK 278-modda) uchun javobgarlik nazarda tutilgan.

Unga ko‘ra, “Bezorilik, ya’ni jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan

mensimaslik, urish-do‘pposlash, badanga yengil shikast yetkazish yoki o‘zganing

mulkiga shikast yetkazish yoxud nobud qilish ancha zarar yetkazish bilan bog‘liq

holda sodir etilishi” nazarda tutilgan

1

.

Bezorilik – jamoat tartibiga qarshi qaratilgan jinoyat bo‘lib, jamiyatda yurish-

turish qoidalarini qasddan mensimaslikda ifodalangan harakatlar shaxsni urish-

1

O‘zbekiston Resrublikasi Jinoyat kodeksi. 22.09.1994. https://lex.uz/acts/111453


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–4_ Февраль –2025

391

do‘pposlash, unga yengil tan jarohati yetkazish yoki o‘zganing mulkiga ancha

miqdorda shikast yetkazish yoxud uni ancha miqdorda nobud qilish bilan bog‘liq

holda sodir etiladi”

2

. Bezorilik jinoyatining mazmun-mohiyati qonunchilik va boshqa

normativ huquqiy hujjatlarda berilgan ta’riflarda insonga shikast yetkazishga

qaratilgan bo‘lib, uning qay shakl va uslubda sodir etilgani ilmiy jihatdan ochib

berilgan. Shu bilan birga bezorilik jinoyati tushunchasiga mutaxassis olimlar ham

turlicha fikrlar yuritadi. Jumladan, M.N.Rustamboevning fikricha, “Jamiyatda yurish-

turish qoidalarini mensimaslik mo‘ljallanmagan joylarda alkogolli ichimliklarni

ichish, fuqarolarga haqoratomuz muomala va shilqimlik qilish, uyat so‘zlar bilan

so‘kinish, jamoat joylarida ochiqchasiga hojat chiqarish, yalang‘och holda bo‘lish,

hayvonlar bilan shafqatsiz munosabatda bo‘lish, o‘simliklarga zarar yetkazish va

h.k.larda ifodalanadi

3

. I.Ya. Kozachenko bezorilik jamiyat va uning a’zolariga

hurmatsizlikda namoyon bo‘ladi. Bu hurmatsizlik turli shakllarda ifodalanib, har

doim ham shaxsiy manfaatlar, shu bilan bir qatorda, mulkiy huquqlarga zarar

yetkazish xavfini tug‘diradi

4

, deya ta’kidlaydi. S.A. Tararuxin bezorilik oqibatida

faqat bitta ob’ektga – jamoat tartibiga zarar yetkaziladi.

5

Mazkur ta’riflardan kelib

chiqib, avvalo “bezori” va “bezorilik” tushunchalariga aniqlik kiritib olish zarur.

Shu o‘rinda ilmiy adabiyotlarda “bezori” va “bezorilik” so‘ziga turlicha

tushintirishlar beriladi. Bir necha olimlarning fikricha bu so‘z ingliz tilidan kelib

chiqqan bo‘lib, XVIII asrda Londonda Irlandlik Xulli yashagan bo‘lib, bir qator

to‘dalarga qo‘shilib to‘polonlar qilgan. (Shauka, to‘da, inglizchasiga gang)

boshqalarning fikricha bezori atamasi qadimgi rus tilida “xula” va fransuz “gens”

so‘zlaridan kelib chiqqan. Bezori laqabi krepostnoy xristiyanlarga, xizmatkorlarga va

boshqacha kamsitmoqchi bo‘lgan shaxslarga berilgan. Uchinchi nuqtaiy nazar ham

bor. R.I. Lyublinskiyning axamiyat berishicha Parijda jamiyatning tinchligini

2

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi “Bezorilik ishlari boʻyicha sud amaliyoti

toʻgʻrisida”gi qarori, 1-band, 1-xatboshi.lex.uz .//

www.lex.uz//

3

Rustambayev M.X. Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Tom 5. Maxsus qism. Jamoat xavfsizligi va jamoat

tartibiga

qarshi

jinoyatlar.

harbiy

xizmatni

oʻtash

tartibiga

qarshi

jinoyatlar.

Darslik.

2-nashr,toʻldirilgan va qayta ishlangan. – T.: Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, 2018.
– 208 bet.

4

Козаченко И.Я. Уголовное право. Особенная часть. Учебник. –М.: 2008. – С. 388.

5

Гаухман Л.Д. Объект преступления // Уголовное право. Часть Общая. Часть особенная. М., 1999. – С.94


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–4_ Февраль –2025

392

buzganlarni apashi Londonda bo‘lsa bezorilar deyishgan. Apashi va bezorilar

Amerikadan ikkita qiziltanlilar, Yevroralik bosqinchilarning qarama-qarshi

qarorlarini

ko‘rsatuvchilar

bo‘lib

eng

salbiy

sifatini

ifodalashgan.

R.I. Lyublinskiyning fikricha ushbu ikki shaxslar Parijda va Londonda ijtimoiy

odobni, tartibni va tinchlikni buzgan deb topilgan.

Bezorilik rus tilidan “xuliganstvo” tarzida tarjima qilinsa-da, mazkur atama

ruscha hisoblanmaydi. “Xuliganstvo” atamasi London politsiyasining 1894-yilgi

raportida qayd etilgan

6

bo‘lib, mazkur atamaning kelib chiqishi borasida turli

versiyalar mavjud. Ularning biriga ko‘ra mazkur atama XIX asrda Londonda

yashagan irlandiyalik o‘g‘ri va bezori Ratrik Xuligen nomi bilan bog‘liq

7

. Yana bir

versiyaga ko‘ra mazkur atama irlandcha “houlie” atamasi bilan bog‘liq bo‘lib, mazkur

atama “alkogolli maishat” ma’nosini anglatadi. Shu bilan birga “xuligan” atamasini

XIX asrda Londonning Aylington hududida jinoiy faoliyat olib borgan “Nooleu

gang” jinoiy guruhi nomi bilan bog‘lashadi

8

.

Bezorilik jamiyat xavfsizligiga katta xavf tug‘diruvchi jinoyatlardan biri

hisoblanadi

9

. G.Junushovaning fikricha, “bezorilik – bu fuqarolarning sha’ni, qadr-

qimmati va sog‘lig‘iga, ularning va korxona, muassasa, tashkilotlarning mulkiga xavf

soladigan, jamoat tartibini buzadigan o‘ziga xos jinoyat hisoblanadi”

10

.

Vu borada N.Shuruxnov bezorilik jamiyatda shakllangan jamoat tinchligi,

axloq qoidalari, o‘zaro hurmat, fuqarolarning o‘zini lozim tarzda tutishida namoyon

bo‘ladigan ijtimoiy munosabatlarga putur yetkazishini qayd etgan

11

.

Bezorilik tarkibi tez-tez o‘zgarib turganligi, shaxsga qarshi jinoyat sifatida

qaralganligi tasodif emas.

6

Daily News (London), Tuesday April 24. 1894.

7

The Penny Illustrated Paper and Illustrated Times Saturday august –13, 1989.

8

Жунушова Г.Б.Уголовная отвественность за хулиганство по законодательству Кыргызской Республики:

учебное пособие / под общ.ред. Л.Ч.Сыдыковой. –Бишкек: КРСУ, 2014.–С.21.

9

Т.В.Андрей. Преступления против общественного порядка: криминализatsiя, систематизatsiя, уголовно-

правовое содержание: диссертatsiя ... кандидата юридических наук: 12.00.08 / Т.В.Андрей;[Место защиты:
Федеральное государственное бюджетное образовательное учреждение высшего профессионального
образования "Кубанский государственный аграрный университет" http://kubsau.ru/science/dep_diss/24796/].-
Краснодар, 2015. – 21 с.

10

Жунушова Г.Б.Уголовная отвественность за хулиганство по законодательству Кыргызской Республики:

учебное пособие / под общ.ред. Л.Ч.Сыдыковой. – Бишкек: КРСУ, 2014. – С.22.

11

Шурухнов Н.Г. Криминалистика: Учебник. – М., 2008. – С.497.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–4_ Февраль –2025

393

Shu bilan bir qatorda unda bezorilikning zamonaviy tushunchasi, ya’ni “tan

jarohati”, “shikastlar yetkazish”, “xaqoratlash” kabilarni harakterlovchi me’yorlar

bo‘lgan. Ko‘plab jinoyat kodekslari, jumladan Rolsha JK, bunday tarkibni umuman

ko‘zda tutmaydi. Nyu York Shtatining JK qotillik va vandalizm bilan davom etuvchi

guruhli tartibbuzarlik deb qabul qilgan.

Xozirda ko‘plab olimlar bezorilik o‘zida mustaqil, alohida jinoyat tarkibini

ifodalaydi degan fikrdalar. Shu munosabat bilan I.S.Nou xaqli ravishda, hozirgi

kunda kriminalistlarning – nazariyotchilarning va amaliyotchilarning hech qaysi biri

kodeksda bezorilik jinoyatining mustaqil tarkibi sifatidagi tushunchasining borligini

rad etmaydilar.

Jamoat tartibiga qarshi jinoyatlarning turi sifatida bezorilikka qarshi kurashish

amaliyoti shuni tasdiqlaydiki, bezorilik nafaqat boshqa jinoyat belgisi, balki boshqa

jinoiy harakatlardan farq qiluvchi, va xattoki bezorilik harkatlari asosida sodir

etiladigan alohida jinoyatdir.

Ushbu jinoyat tarkibidagi “bezorilik – maqsadsiz, alohida fuqarolarga yoki

umuman jamoatchilikka hurmatsizlikda bo‘lish va jamoatchilikka yaqqol

hurmatsizlik bilan kuzatilgan bezorilik harakati” hisoblangan va u jamoat tartibi va

jamoat xavfsizligiga qarshi qaratilgan jinoyatlar tarkibiga kirgan.

O‘zbekiston Respublikasining yangi jinoyat qonunchiligi bezorilikning

barcha turlarini o‘z ichiga oluvchi umumiy aniqlikni keltirib bermaydi. Bunday

aniqlashda, ko‘rinib turibdiki, bunday xarakatlar jamoat tarkibini va osoyishtaligini

buzishiga umumiy ko‘rsatmalar berilgan xolos. Biroq, bu belgi bunday shaklda bir

qator boshqa jinoyat deliktlariga ham xosdir. Shu sababli huquqshunoslar, mayda va

jinoiy jazolanadigan bezorilik tushunchasini shakllantirishda, ular orasida aniq

chegarani belgilash imkonini beruvchi belgilarga diqqatni qaratadi.

Bezorilikni aniqlash asosida qonunda bezorilikni sodir etish obe’kti va

muvofiq harakatlarni amalga oshirishga yo‘naltirilganlikni harakterlovchi belgilar

olingan.

Aynan

ular

bezorilikning

jamoatchilikka

xavfi

darajasini

va

spesifikatsiyasini jinoyat ishi sifatida xarakterlaydi. Vu aniqlashda birinchi navbatda

shu narsaga diqqat qaratiladiki, bezorilik harakatlari jamoat tartibiga xavf soladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–4_ Февраль –2025

394

Jamoat tartibini buzish ko‘plab jinoyatlar uchun harakterlidir, chunki jamoat

tartibi tushunchasining o‘zi juda keng tushunchaga ega va bir qator jamoat

munosabatlarini o‘z ichiga oladi, ularning har biri bu yoki boshqa jinoyatning obekti

sifatida olinishi mumkin. Bu holda jamoat tartibiga zarar boshqa jamoatchilik

munosabatlariga zarar yetkazish orqali sodir bo‘ladi. Bezorilikka shu narsa

harakterliki, jamoat tartibi bu yerda jinoyatning bevosita obe’kti sifatida qaraladi va

bu jamoat munosabatlariga zarar yetkazish fakultativ xarakterga ega.

Bezorilik harakatlarining ikkinchi belgisi bu shundan iboratki, ular

jamoatchilikka yaqqol hurmatsizlikni ko‘rsatadi, fuqarolarga zo‘ravonlikni qo‘llash,

yoki uni qo‘llash orqali qo‘rqitish, shu bilan birga begona mulkni yo‘q qilish yoki

zarar yetkazish kiradi. Jamoatchilikka yaqqol hurmatsizlik bu – umumiy istiqomat

qilish qoidalariga va odobga nisbatan qo‘pol, ommaviy ravishdagi ehtiyotsiz

munosabatlari tushuniladi.

Va

nihoyat,

bezorilik

uchun

harakterli

narsa

ikkala

belgining

uyg‘unlashuvidan iborat: jumladan, jamoat tartibining o‘ta qo‘pol buzilishi va

jamoatchilikka yaqqol hurmatsizlik. Faqatgina ikkala belgini sodir etish uni jinoiy

jazolanadigan harakat sifatida qarash imkonini beradi.

Bezorilik tushunchasini shakllantirib, qonunshunos nafaqat uning obektiv

belgilariga xarakteristika beradi, balki harakatlarning ongli ravishdagi harakteriga

ham urg‘u beradi. Sube’kt harakati bezorilikning zarur belgilarini, jamoat tartibining

o‘ta qo‘pol buzilishi va jamoatchilikka yaqqol hurmatsizlikni o‘z ichiga olishi kerak.

Shu bilan bezorilikni sodir etishda harakatlarning obe’ktiv yo‘naltirilganligi

aniqlanadi. Agarda sodir etilgan harakatlarda jamoat tartibining o‘ta qo‘pol buzilishi

va jamoatchilikka yaqqol hurmatsizlik belgilari obe’ktiv ravishda mavjud bo‘lsa,

lekin harakatlarning bunday natijasi sube’kt tomonidan oldindan ko‘zlanmagan

bo‘lsa, bezorlikni sodir etish tarkibi bo‘lmaydi. Qonunda shakllantirilgan bezorilik

tushunchasining tahlili shunday xulosaga kelishga imkon beradiki, bu tushuncha

o‘zida ko‘rilayotgan jinoiy xarakatning alohida belgilarini o‘z ichiga oladi va uni

boshqa jinoyatlardan va ma’muriy huquqbuzarlikdan aniq chegaralash imkonini

beradi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–4_ Февраль –2025

395

Jinoyatchilikka qarshi kurashishda qonunchilikka qat’iy amal qilish sodir

etilgan harakatning to‘g‘ri huquqiy kvalifikatsiya qilish uchun zarur shart sifatida

qaraladi. Bunday kvalifikatsiya faqat jinoyat tarkibi belgilarini to‘liq va xar

tomonlama aniqlash, ularni muvofiq jinoyat belgilaridan chegaralash mumkin xolos.

Bu albatta barcha jinoyatlarga va xususan bezorlikka tegishli. Vezorlik, boshqa

jinoyatlardan farqli o‘laroq, boshqa qonunbuzarliklar bilan ko‘plab aloqalik

nuqtalariga ega va faqat diqqat bilan olib borilgan tahlil bezorlikning mohiyati va

belgilari to‘g‘risida aniq tushuncha olish imkonini beradi.

Bezorilik motivi bilan sodir etiladigan jinoyatlarga to‘xtaladigan bo‘lsak,

bunday jinoyatlarni boshqa jinoyatlardan farqlashda, aybdor qasdining mohiyati va

nimaga qaratilganidan, sodir etilgan harakatning motivi, maqsadi va muayyan

holatlarga e’tibor berish lozim hisoblanadi. Amaliyotda bezorilik motivini aniqlash

va boshqa motivlardan (rashk, qasd va hk.) farqlash mezonlarini bilmaslik ko‘pgina

jinoyatlarning noto‘g‘ri kvalifikatsiya qilinishiga olib keladi. O‘zbekistan

Respublikasining Oliy sudi Rlenumining “Bezorilik ishlari bo‘yicha sud amaliyoti

to‘g‘risida”gi 2002-yil 14-iyundagi Qaroriga ko‘ra, bezorilik, asosan jamiyatda

yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslikda ifodalangan harakatlar tushunilishi

aytib o‘tilgan

12

.

Bezorilikka ta’rif berar ekan, bezorilik - ko‘pchilikning tinchligini buzish,

odamlarni bezdiruvchi xatti-harakat deyiladi. Shaxsning jamoat tartibini qo‘pol

ravishda buzish va jamiyatga oshkora hurmatsizlik ko‘rsatishdan iborat xatti-

harakati

13

. Bezorilik ilmiy adabiyotlarda ijtimoiy tartibni, ko‘pchilikning tartibini

buzayotganligini anglashi lozim hisoblanadi

14

, deb ko‘rsatiladi.

Bezorilik jinoyati va mayda bezorilik huquqbuzarligi o‘rtasidagi farqni

aniqlashda, ushbu jinoyatning obe’ktiv tomonini ifodalovchi shaxsni urish-

do‘rroslash, unga yengil tan jarohati yetkazish yoki o‘zganing mulkiga ancha

miqdorda shikast yetkazish yoxud uni ancha miqdorda nobud qilish harakatlari bor

12

“Bezorilik ishlari buyicha sud amaliyoti tugrisida”gi 2002-yil 14-iyundagi karor, 1-band, 1-kism. lex.uz //

www.lex.uz//

13

Oʻzbek tilining izohli lugʻati. Begmatov E. va b. Madvaliyev A. taxriri ostida. Oʻzbekiston Milliy ensiklopediyasi.-

Toshkent. Davlat ilmiy nashriyoti. 1-tom. 2006. –B.212.

14

“Bezorilik ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 2002-yil 14-iyundagi qaror, 1-band, 1-kism. lex.uz .//

www.lex.uz//


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–4_ Февраль –2025

396

yoki yo‘qligiga e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Ulardan birontasining yo‘qligi

harakatni mayda bezorilik deb baholashga asos bo‘ladi. Jumladan, mayda bezorilik

jamoat joylarida uyatli so‘zlar aytish, so‘kinish, behayo xatti-harakatlar qilish,

odamlarga shilqimlik qilish kabi jamiyatda yurish-turish qoidalarini ochiqdan-oshiq

mensimaslik harakatlarida namoyon bo‘lsa, bezorilik jinoyatida aybdor harakatlari

bevosita jamoat tartibi, shaxs sog‘ligi, o‘zganing mulki kabi Jinoyat kodeksi bilan

qo‘riqlanadigan obe’ktlarga tajovuz qilishda ifodalanadi.

Bundan ko‘rinib turibdiki ko‘plab jinoyatlar jamoat joylarida, jamoat tartibini

buzib sodir etiladi. Mazkur jinoyatlardan eng ko‘p tarqalgani mayda bezorilikdir.

Jamoat tartibi mayda bezorilikning qasd qilish obe’kti hisoblanadi. Jamoat

tartibi jamoat joylarida huquq me’yorlarini saqlashga asoslangan munosabatlardir.

Jamoat tartibi faqat huquqiy me’yorlargina emas, balki boshqa ijtimoiy me’yorlar:

axloq, urf-odat, jamoat tashkilotlarining me’yorlari bilan ham mustahkamlanadi. Shu

sabab bu borada ham mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish

va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda

15

.

Huquqiy me’yorlar asosiy rol o‘ynaydi, chunki tartibni buzganlik uchun

yuridik javobgarlikni, jazoning turi va me’yorini shular belgilaydi. Aybdorning xatti-

harakati jamiyatning, tevarak-atrofdagi fuqarolarning manfaatlarini yaqqol

mensimaslikdan, madaniy saviyasining pastligidan, axloq va odobning mavjud

qoidalarini e’tiborga olmaslikdan dalolat berib turadi

16

.

Fuqarolar osouishtaligi va jamoat tartibini buzuvshi xatti-harakat

huquqbuzarlikning ob’ektiv tomonini tavsiflaydi. Bular: jamoat joylarida uyatli

so‘zlar bilan so‘kinish; fuqarolarga haqoratomuz tegajog‘lik qilish, ya’ni boshqa

shaxsning obro‘ e’tibori, izzat-sha’nini haqoratlovchi hamda ularning oromini

buzuvchi shilqimlik xatti-harakati bo‘lishi mumkin. Bunga, shuningdek, fuqaroni

inson qadr-qimmatini haqoratlovchi suhbatga zo‘rlab tortish, shilqimlik bilan uning

qo‘lini siltash yoki kuch bilan qo‘lidan ushlash, bosh kiyimini yulqib olish; sigareta

15

Narbutayev E., Yettibayev G. Faoliyatni ayrim turlarini litsenziyalash va ruxsat berish tartibotlarini yanada

liberallashtirishning ayrim masalalari //Obщestvo i innovatsii. 2021. – T. 2. – №. 8/S. – S. 385-392.

16

Qushboqov, S., & Yetmishboyev, M. (2022). Jazoni ijro etish muassasalari ishtirokida tuziladigan fuqarolik-huquqiy

shartnomalarning mohiyati va ahamiyati. Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences, 2(9), 76-80.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–4_ Февраль –2025

397

tutunini uning yuziga puflash va hokazolarni kiritish mumkin. Mayda bezorilik

ob’ektiv tomonining muhim belgisi vaziyat, makon, vaqt hisoblanadi.

Biroq jamoatga yoki inson sha’niga nisbatan mensimaslik munosabati (uyatli

so‘zlar yozish, maysazor, gulzorlarni buzish va hokazolar) ma’lum bo‘lib qolishini

e’tiborga olib, huquqbuzarlik yashirincha bajarilgan bo‘lishi mumkin. Mayda

bezorilik sub’ektiv tomondan qasddan va ko‘pincha oshkora amalga oshirilishi bilan

tavsiflanadi. Aybdor qonunga qarshi xatti-harakat qilayotganini tushunadi va shuning

natijasida yomon oqibatga olib kelishiga – jamoat tartibi va fuqarolar osoyishtaligi

buzilishiga yo‘l qo‘yadi. Mayda bezorilik onda-sonda egri niyat bilan amalga

oshiriladi shu bilan huquqbuzarning Sh.X.Qushboqov ta’kidlaganidek, faoliyatini

olib borishdan maqsad va vazifalari yoritib berilgan

17

16 yoshga to‘lgan shaxs mayda

bezorilik sub’ekti bo‘lishi mumkin. Mayda bezorilik JK 277-moddasida ko‘zda

tutilgan bezorilik xatti-harakatidan farq qiladi.

Alohida qayd etib o‘tish joizki, bezorilik jinoyati JKning 277-moddasida

alohida belgilangan bo‘lsa-da, boshqa moddalarida aybni og‘irlashtiruvchi holat

sifatida keladigan bezorilikdan qanday farqi mavjud.

Bezorilik insoning shaxsi, uning mulki, sha’ni, qadr-qimmatiga qarshi

qaratilgan jinoyat hisoblanib, odatda u hech qanday sababsiz sodir etiladi yoki

arzimagan sababdan kelib chiqadi. Masalan, jabrlanuvchining bezoriga chekish

uchun sigaret bermasligi yoki jamoat transportida unga joy bo‘shatmasligi va hk.

Jinoyat huquqiga oid manbalarda ta’kidlanganidek, bezorilikning tajovuz

ob’ekti bo‘lib jamoat tartibi, ya’ni amaldagi huquq va ijtimoiy (axloq) normalariga

rioya qilish orqali fuqarolarning shaxsiy xavfsizligini, ko‘pchilikning, ommaning

xavfsizligini ta’minlashga, hududdagi va ob’ektdagi jismoniy va yuridik shaxslarning

normal faoliyat ko‘rsatichi, insonlarning mehnat qilishi va dam olishlari uchun qulay

sharoit yaratishga qaratilgan, shuningdek ularning sha’ni, qadr-qimmatini, milliy

qadriyatlarni va ijtimoiy axloq normalarini hurmat qilish hamda ularning talablariga

17

Qushboqov Sh. (2022, September). Jazoni ijro etish muassasalari faoliyatida tadbirkorlikning oʻrni. In

Mejdunarodnaya konferensiya akademicheskix nauk (Vol. 1, No. 27, pp. 16-20).


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–4_ Февраль –2025

398

rioya etish bo‘yicha asosan jamoat joylarida vujudga keladigan va taraqqiy etib

boradigan ijtimoiy munosabatlar tizimi hisoblanadi.

Bezorilikning ob’ektiv tomoni belgilari quyidagilarda ifodalanadi:

birinchidan,

jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, ya’ni

shaxs o‘zining g‘ayriijtimoiy xulq-atvorning mavjudligi bilan boshqalarning

huquqlari, erkinliklari va manfaatlariga zarar yetkazada;

ikkinchidan,

urish-do‘rroslash, ya’ni jismoniy kuch ishlatish orqali boshqa

shaxslarga badaniga shikast yetkazmagan holda zarba berish va og‘riq yetkazishda;

uchinchidan,

badanga yengil shikast yetkazish, ya’ni sog‘liqning qisqa

muddat yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatini uncha ko‘p davom etmaydigan

turg‘un tarzda yo‘qotishga olib kelmaganda;

to‘rtinchidan,

o‘zganing mulkiga shikast yetkazish yohud nobud qilish ancha

zarar yetkazish, ya’ni mulkni, uning muayyan bir qismini qisman yoki butunlay

yaroqsiz holga keltirish orqali zarar yetkazilishda.

Shuni alohida qayd etish joizki, tahlil qilingan “qilmishni Jinoyat kodeksi

277-moddasining 1-qismi bilan kvalifikatsiya qilish uchun yuqorida ko‘rsatilgan

oqibatlarning barchasi bir vaqtda mavjud bo‘lishi talab yetilmaydi”

18

.

Bezorilikning sub’ektiv tomoni mazkur qilmishning qasddan sodir etilishida

namoyon bo‘ladi. Jinoyat kodeksining 17-moddasiga muvofiq bezorilik jinoyatning

sub’ekti bo‘lib, 277-moddasi birinchi qismi bo‘yicha 16 yoshga to‘lgan 277-moddasi

ikkinchi va uchinchi qismlari bo‘yichaesa 14 yoshga to‘lgan aqli raso jismoniy

shaxslar hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda, turli sharoitda bir xil xatti-harakat turlicha ahamiyat

kasb etadi (masalan, jamoat joylarida uyatli so‘zlar bilan so‘kinish mayda bezorilikka

xos voqea, xuddi shunday xatti-harakat tantanali majlis, bayram va boshqa ommaviy

tadbirlarda jinoyat tarzida jazolanuvchi bezorilik sifatida tavsiflanishi mumkin

(JKning 277-moddasi 3-qismi “v” bandi). Mayda bezorilik ko‘pincha jamoat

joylarida amalga oshiriladi, ya’ni ommaning qabul qilish idrokiga tayaniladi.

18

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori, 14.06.2002-yildagi 9-son. https://lex.uz/docs/1452654


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–4_ Февраль –2025

399

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, Jinoyat kodeksi 277-moddasining ikkinchi va

uchinchi qismlarida bezorilikni og‘irlashtiruvchi holatlarda sodir etganlik uchun jazo

belgilangan.

Birinchidan,

mazkur moddaning ikkinchi qismiga muvofiq bezorilik: a)

badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazib; b) bir guruh shaxslar tomonidan; v) sovuq

qurol yoki kishining sog‘lig‘i uchun amalda shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan

narsalarni (qurol sifatida) namoyish qilib, ularni qo‘llash bilan qo‘rqitib yohud

qo‘llab; g) o‘z mazmuniga ko‘ra umume’tirof etgan axloq qoidalarini

namoyishkorona mensimaslikda ifodalanuvchi o‘taketgan behayolik bilan; d) yosh

bola, qariya, nogironligi bo‘lgan shaxs yoki ojiz ahvoldagi shaxslarni xo‘rlab; ye)

ko‘p miqdorda zarar yetkazib, birovning mulkini nobud qilib yoki unga shikast

yetkazib sodir etilishi.

Ikkinchidan,

mazkur moddaning uchinchi qismiga muvofiq bezorilik:

a) takroran yoki xavfli residivist tomonidan; b) o‘qotar qurolni namoyish qilib, uni

qo‘llash bilan qo‘rqitib yoki qo‘llab; v) ommaviy tadbirlar o‘tkazilayotgan vaqtda; g)

jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat vakili yoki jamoatchilik

vakiliga yohud bezorilik harakatlarining oldini olish chorasini ko‘rgan boshqa

fuqarolarga qarshilik ko‘rsatib sodir etilishi og‘irlashtiruvchi holat sifatida qaraladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOT:

1.

O‘zbekiston

Resrublikasi

Jinoyat

kodeksi.

22.09.1994.

https://lex.uz/acts/111453

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi

“Bezorilik ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori, 1-band, 1-

xatboshi.lex.uz .// www.lex.uz//

3.

Rustambayev M.X. Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Tom 5.

Maxsus qism. Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar. harbiy xizmatni

oʻtash

tartibiga

qarshi

jinoyatlar.

Darslik.

2-nashr,toʻldirilgan va qayta ishlangan. – T.: Oʻzbekiston Respublikasi Milliy

gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, 2018. – 208 bet.

4.

Козаченко И.Я. Уголовное право. Особенная часть. Учебник. –М.: 2008. –

С. 388.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–4_ Февраль –2025

400

5.

Гаухман Л.Д. Объект преступления // Уголовное право. Часть Общая.

Часть особенная. М., 1999. – С.94Daily News (London), Tuesday April 24. 1894.

6.

The Penny Illustrated Paper and Illustrated Times Saturday august –13, 1989.

7.

Жунушова

Г.Б.Уголовная

отвественность

за

хулиганство

по

законодательству Кыргызской Республики: учебное пособие / под общ.ред.

Л.Ч.Сыдыковой. –Бишкек: КРСУ, 2014.–С.21.

8.

Т.В.Андрей.

Преступления

против

общественного

порядка:

криминализaция, систематизaция, уголовно-правовое содержание: диссертatsiя

... кандидата юридических наук: 12.00.08 / Т.В.Андрей; [Место защиты:

Федеральное государственное бюджетное образовательное учреждение

высшего профессионального образования "Кубанский государственный

аграрный университет" http://kubsau.ru/science/dep_diss/24796/].- Краснодар,

2015. – 21 с.

9.

Жунушова

Г.Б.Уголовная отвественность за хулиганство по

законодательству Кыргызской Республики: учебное пособие / под общ.ред.

Л.Ч.Сыдыковой. – Бишкек: КРСУ, 2014. – С.22.

10.

Шурухнов Н.Г. Криминалистика: Учебник. – М., 2008. – С.497. “Bezorilik

ishlari buyicha sud amaliyoti tugrisida”gi 2002-yil 14-iyundagi karor, 1-band, 1-kism.

lex.uz // www.lex.uz//

11.

Oʻzbek tilining izohli lugʻati. Begmatov E. va b. Madvaliyev A. taxriri ostida.

Oʻzbekiston Milliy ensiklopediyasi.-Toshkent. Davlat ilmiy nashriyoti. 1-tom. 2006.

–B.212.

12.

“Bezorilik ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 2002-yil 14-iyundagi

qaror, 1-band, 1-kism. lex.uz .// www.lex.uz//

13.

Narbutayev E., Yettibayev G. Faoliyatni ayrim turlarini litsenziyalash va ruxsat

berish tartibotlarini yanada liberallashtirishning ayrim masalalari //Obщestvo i

innovatsii. 2021. – T. 2. – №. 8/S. – S. 385-392.

14.

Qushboqov, S., & Yetmishboyev, M. (2022). Jazoni ijro etish muassasalari

ishtirokida tuziladigan fuqarolik-huquqiy shartnomalarning mohiyati va ahamiyati.

Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences, 2(9), 76-80.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–4_ Февраль –2025

401

15.

Qushboqov Sh. (2022, September). Jazoni ijro etish muassasalari faoliyatida

tadbirkorlikning oʻrni. In Mejdunarodnaya konferensiya akademicheskix nauk (Vol.

1, No. 27, pp. 16-20).

16.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori, 14.06.2002-yildagi 9-

son. https://lex.uz/docs/1452654