Authors

  • Kudratova Gulnoza Shaxritdin qizi

Author Biography

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94510

Keywords:

krizis davri pozitsiya emotsional muvozanatning buzilishi keskinlik kutilmagan vaziyat idrok mustaqillik xulq-atvor o`yin faoliyati stress tushkunlik psixologik sifatlar muloqot mashg`ulot tarbiyaviy ish obyektiv mavqe maxsus metodik qo`llanmalar individual yondashuv inklyuziv ta`lim ijobiy munosabatlar. Кризис позиция эмоциональная баланс напряженность неожиданная ситуация преступность поведение психологические прилагательные общение механизм образовательная работа объективная позиция специальная методическая поддержка. Crisis period position emotional balance tension unexpected situation criminality conduct psychological adjectives communication machinery educational work an objective position special methodical support individual approach inclusive education positive relationship.

Abstract

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda inqiroz davrlarining yuzaga kelishi va ularni bartaraf etish yo`llari haqida ma`lumot berib o`tilgan. Inqiroz davrlarining naqadar dolzarbligi va ularga yechim topish haqida batafsil yoritib o`tilgan. Inqiroz davrlari bolada qanday kechishi, undagi kutilmagan vaziyatlar va bunday vaziyatlarda ota-onalar va pedagoglar qanday yo`l tutishi lozimligi aks etgan.

В данной статье рассматривается возникновение кризисных периодов у детей дошкольного возраста и способы их преодоления. Подробно освещена актуальность кризисных периодов и поиск решений для их преодоления. Описано, как проходят кризисные периоды у ребенка, какие неожиданные ситуации могут возникнуть, а также, как родители и педагоги должны действовать в таких ситуациях.

This article discusses the emergence of crisis periods in preschool-aged children and ways to overcome them. The relevance of crisis periods and finding solutions for overcoming them are discussed in detail. The article describes how crisis periods unfold in children, the unexpected situations that may arise, and how parents and educators should act in such situations.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–4_ Февраль –2025

324

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA INQIROZLI DAVRLARNI

BARTARAF ETISH YO`LLARI

Kudratova Gulnoza Shaxritdin qizi,

Navoiy davlat universiteti magistranti

Gullnoz19@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda inqiroz

davrlarining yuzaga kelishi va ularni bartaraf etish yo`llari haqida ma`lumot berib

o`tilgan. Inqiroz davrlarining naqadar dolzarbligi va ularga yechim topish haqida

batafsil yoritib o`tilgan. Inqiroz davrlari bolada qanday kechishi, undagi kutilmagan

vaziyatlar va bunday vaziyatlarda ota-onalar va pedagoglar qanday yo`l tutishi

lozimligi aks etgan.

Kalit so‘zlar: krizis davri, pozitsiya, emotsional, muvozanatning buzilishi,

keskinlik, kutilmagan vaziyat, idrok, mustaqillik, xulq-atvor, o`yin faoliyati, stress,

tushkunlik, psixologik sifatlar, muloqot, mashg`ulot, tarbiyaviy ish, obyektiv mavqe,

maxsus metodik qo`llanmalar, individual yondashuv, inklyuziv ta`lim, ijobiy

munosabatlar.

Аннотация: В данной статье рассматривается возникновение

кризисных периодов у детей дошкольного возраста и способы их преодоления.

Подробно освещена актуальность кризисных периодов и поиск решений для их

преодоления. Описано, как проходят кризисные периоды у ребенка, какие

неожиданные ситуации могут возникнуть, а также, как родители и педагоги

должны действовать в таких ситуациях.

Ключевые

слова:

Кризис,

позиция,

эмоциональная,

баланс,

напряженность,

неожиданная

ситуация,

преступность,

поведение,

психологические прилагательные, общение, механизм, образовательная

работа, объективная позиция, специальная методическая поддержка.

Abstract: This article discusses the emergence of crisis periods in preschool-

aged children and ways to overcome them. The relevance of crisis periods and finding


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–4_ Февраль –2025

325

solutions for overcoming them are discussed in detail. The article describes how crisis

periods unfold in children, the unexpected situations that may arise, and how parents

and educators should act in such situations.

Key words: Crisis period, position, emotional, balance, tension, unexpected

situation, criminality, conduct, psychological adjectives, communication, machinery,

educational work, an objective position, special methodical support, individual

approach, inclusive education, positive relationship.

Inqiroz davri – bu rivojlanishdagi burilish nuqtasi bo'lib, ushbu jarayondan

bola moslashgan, kuchliroq yoki zaiflashgan holda o`tishi mumkin. Inqiroz davri

rivojlanishning ijtimoiy holatini qayta qurish bo'lib, u bolaning o'zi uchun mavjud

bo'lgan ijtimoiy munosabatlar tizimidagi ob'ektiv mavqeini o'zgartirishga va uning

ichki pozitsiyasini o'zgartirishga asoslanadi. Yoshga oid inqirozlar hayotning bir

bosqichidan boshqasiga o‘tish holatlarini ifodalaydi. Shu sababli, kutilmagan

vaziyatlar yuzaga keladi va xulq-atvor keskin o‘zgaradi, bu har doim ham ijobiy

tomonga bo‘lmaydi. Yoshga oid inqirozlar bu bolaning tabiiy rivojlanishining bir

qismidir. Inqirozli davrlar (krizis davrlari) bu bolaning rivojlanish jarayonida sifat

jihatdan yangi bosqichga o‘tish bilan bog‘liq bo`lgan murakkab davrlar demakdir.

Krizisni boshidan kechirayotgan bola o`z harakatlaridan o`zi aziyat chekadi, lekin

o`zini boshqara olmaydi. Mutaxassislarning aytishicha, bu davr uzoq davom etmaydi

va bu davr bola rivojlanishi uchun zarur davr deb ta`kidlashadi. Chunki bu davrda

bolalar o`z fikrlarini o`tkazishni o`rganihsadi. Bu davrdan bola ruhiyatiga ta`sir

etmagan holatda chiqib ketishimiz kerak bo`ladi. Ya`ni o`ta qattiqqo`l bo`lmaslik,

jazolamaslik, asabiylashmasdan muloyimlik bilan muomala qilish, mustaqil nimadir

ish qilishiga qo`yib berish va xotirjam bo`lishga urinish. Chunki bola asabiylikni

ko`rsa, sizga yoqmaydigan ishida davom etaveradi, ammo xotirjam bo`lsangiz bola

qayta takrorlashga qiziqmaydi. Kutilmagan vaziyatlardan ba`zilarini keltirib o`tamiz:

Keskinlik: Bola xatti-harakatlari va hissiy holatida o‘zgarishlar

kuzatiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–4_ Февраль –2025

326

Muvozanatning buzilishi: Bola o‘zining ichki va tashqi muhitiga

nisbatan yangi munosabatlarni shakllantira boshlaydi.

Yangi sifatlarning paydo bo‘lishi: Bola o‘zida mustaqillik, idrok va xulq-

atvorga oid yangi jihatlarni rivojlantiradi.

Psixologik yangi hosilalar: Har bir inqiroz davri yangi psixologik

sifatlarni shakllantirishga xizmat qiladi, masalan, o‘z-o‘zini anglash, mas’uliyat hissi,

mustaqil fikrlash.

Inqirozli davrlarda pedagogik qo‘llab-quvvatlash juda muhim. Bu

quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

1.

O‘yin faoliyati: Bola o‘z hissiy holatini ifoda etish uchun o‘yinlarni

faollashtirish

2.

Mashg‘ulot va tarbiyaviy ishlar: Mashg‘ulotlar davomida bolaga yangi

bilimlarni yetkazish bilan birga, uning qiziqishlariga mos keladigan faoliyatlarni

tashkil etish.

3.

Muloqot va tushuntirish: Bola bilan doimiy ravishda muloyim ohangda

muloqot qilish va inqirozli xatti-harakatlarni to‘g‘ri yo‘naltirish.

4.

Ota-onalar bilan hamkorlik: Inqirozli davrlarni samarali yengib o‘tishda

ota-onalarning roli juda katta. Ularni quyidagilarga o‘rgatish tavsiya etiladi:

-

Bola bilan to‘g‘ri muloqot qilish.

-

Bolaning mustaqilligini qo‘llab-quvvatlash, lekin cheklovlarni yumshoq

belgilash.

-

Hissiy muvozanatni saqlash uchun ijobiy muhit yaratish.

5. Ilmiy va amaliy tavsiyalar:

-

Psixologik treninglar orqali ota-onalarni bolalarning inqirozli davrlarida

to‘g‘ri yondashuvga o‘rgatish.

-

Tarbiyachilar uchun maxsus metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish.

-

O‘yin va o‘quv materiallarini bolalarning yoshiga mos ravishda

moslashtirish.

Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, inqirozli davr bola uchun eng og`ir davr

hisoblanadi. Ushbu davrlardan qanday o`tishi kelgusi hayotida qanday inson bo`lib


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–4_ Февраль –2025

327

yetishishiga bog`liq hisoblanadi. Nafaqat bolalarda, balki, kattalarda ham inqiroz

davrlari mavjud. Bolalikdagi stresslar va tushkunlik holatlari kattalardagi inqiroz

davrlarida yuzaga chiqadi. Bunday vaziyatlarni oldini olish uchun bolaligidagi

inqiroz davrida bolaga ko`mak bo`la olish kerak bo`ladi. Buning uchun ota-onalardan

va tarbiyachilarda juda katta bilim, tajriba va sabr-matonat talab etiladi. Inqirozli

davrlarni yengish uchun bolalar bilan individual yondashuv, ularning hissiy holatini

tushunish va to‘g‘ri tarbiya metodlarini qo‘llash muhimdir. Ta'lim muassasalarida

inkluziv ta'limning joriy etilishi ham bolalarga o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga

chiqarishga yordam beradi.

Shuningdek, bolalar bilan ishlashda ijobiy munosabat va hissiy qo‘llab-

quvvatlashning o‘rni katta. Psixologik yordam, ijtimoiy-emotsional rivojlanish,

tarbiyaviy ishlanmalar va o‘zaro muloqot orqali bolalar inqirozli davrlarni osonlik

bilan yengib, kelajakda muvaffaqiyatli shaxslar bo‘lib shakllanadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda inqirozli davrlarni bartaraf etish, ayniqsa,

ularga xavfsiz va qo‘llab-quvvatlovchi muhit yaratish orqali amalga oshirilishi

mumkin. Bu jarayonni boshqarish va samarali yondashish bolalarning sog‘lom va

barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Выготский Л.С. (1984). "Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi".

Moskva: Pedagogika.

2.

Jalilova S.X. – “Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi”, T-2014.

3.

A. Karimov. – “Maktabgacha yoshdagi bolalarning axloqiy va hissiy

rivojlanishi”, Nashr yili: 2016

4.

Vasileva V. (2017). "Bolalar inqirozli davrlarida pedagogik yondashuv".

Moskva: Prosveshchenie.

5.

Sh. Tashmuhammadova. – “Maktabgacha yoshdagi bolalarning axloqiy va

hissiy rivojlanishi”, 2018.

6.

M. Asqarova. – “Maktabgacha ta'limda bolalar psixologiyasini o'rgatish”,

Nashr yili: 2019.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–4_ Февраль –2025

328

7.

Mahmudova D. (2020). "Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi".

Toshkent: Fan.

8. Nigora Xayitboboyeva, Rahimova Umida – “Maktabgacha yoshdagi bolalar

psixologiyasining xususiyatlari va talablari”, T-2023. 60-62-betlar.

9. Shadiev Feruz Djaxonovich – “Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqiy rivojlanishida

ijtimoiy-psixologik omillarning ta`siri”, T-2024.