Authors

  • Hamroqulova N.K
  • Kenjayev J.G’

Author Biographies

  • Hamroqulova N.K

    Zarmed” universiteti

    “Klinik oldi” fanlar kafedrasi o’qituvchisi

  • Kenjayev J.G’

    “Zarmed” universiteti

    “Klinik oldi” fanlar kafedrasi o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94532

Keywords:

Oqova suv mikroflora saprobnist sellyuloza kletchatka organic moddalar gidrobiontlar. Сточные воды микрофлора сапробность клетчатка органическое вещество гидробионты. Wastewater microflora cellulose fiber organic matter hydrobionts.

Abstract

Har qanday kimyoviy yo’l bilan tozalangan suvning foydali jihatlari kamayib boradi.Tozalashning eng oson va to’g’ri yo’li bu saproblar yordamidan foydalanishdir.

Польза от любой химически обработанной воды уменьшается, самый простой и точный способ ее очистки — использование сапроб.

The benefits of any chemically treated water are diminished. The easiest and most accurate way to purify it is to use saprobes.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

51

SAPROB BO’LMAGAN VA SAPROB BO’LGAN SUVO’TLAR

XUSUSIYATLARIDAGI O’XSHASHLIKLAR

Hamroqulova N.K. “Zarmed” universiteti

“Klinik oldi” fanlar kafedrasi o’qituvchisi

Kenjayev J.G’. “Zarmed” universiteti

“Klinik oldi” fanlar kafedrasi o’qituvchisi

Annotatsiya:Har qanday kimyoviy yo’l bilan tozalangan suvning foydali

jihatlari kamayib boradi.Tozalashning eng oson va to’g’ri yo’li bu saproblar

yordamidan foydalanishdir.

Kalit so’zlar:Oqova suv,mikroflora,saprobnist,sellyuloza,kletchatka,organic

moddalar,gidrobiontlar.

Аннотация: Польза от любой химически обработанной воды

уменьшается, самый простой и точный способ ее очистки — использование

сапроб.

Ключевые слова: Сточные воды, микрофлора, сапробность,

клетчатка, клетчатка, органическое вещество, гидробионты.

Annotation: The benefits of any chemically treated water are diminished. The

easiest and most accurate way to purify it is to use saprobes.

Keywords: Wastewater, microflora, saprobnist, cellulose, fiber, organic

matter, hydrobionts.

Suv havzalarining ifloslanishi ikki xil bo’ladi: birlamchi va ikkilamchi

iflosliklar. Birlamchi iflosliklarning asosiy manbai insonlarning turmushdagi va

ishlab chiqarishdan kclib chiqqan oqova suvlarni tashkil qiladi, shuningdck, yer

sathidan oqib tushadigan iflos suvlar ham birlamchi iflosliklar jumlasiga kiradi. Ular

tarkibida tuproqdan va tuproq mikroflorasidan yuvilib chiqqan, inson va

hayvonlarning fiziologik qoldiqlaridan kelib chiqqan organik va mineral moddalar va

turli mikroblar bo’ladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

52

Suv toshgan va yog’ingarchilik paytlarda suv havzasi sohillarining ba’zi

joylari o ‘zidagi o‘simliklar bilan birga suvga botib kctadi. Bu jarayonlar bilan bir

qatorda o ‘simlik qoldiqlari samarali ravishda chirib ham tushadi. Oqibatda suv

havzasiga deyarli katta miqdorda organik moddalar tusha boradi. Shahar

kanalizatsiyasining oqova suvlari bilan birga suv havzalnriga katta miqdorda chala

oksidlangan (asosan, qiyin oksidla nadigan) organik moddalar ham tushadi. Bundan

tashqari, faol balchiqning muallaq harakatlanuvchan qoldiqlari (turli-tuman mikrob

va sodda hujayralar), anorganik birikmalar, biogen elementlar (azot va fosfor)ning

og’ir metallarning tuzlari ham , chunonch i sulfatlari, xlorid va hokazolar ham suv

havzalariga kelib tushadi. Ular ichida o‘zi zaharli bo’lmasa ham monokarbon kislota,

merkaptanlar, vodorod sulfid kabi zaharli m oddalar keltirib chiqaradigan moddalar

ham uchraydi.

Suv havzaiari uchun ayniqsa sanoat korxonalarining oqova suvlari katta xavf

tug‘diradi. Bu oqova suvlaming havzalarga oqib tushishi natijasida nihoyatda xilma-

xil iflosliklar paydo bo‘ladi. Ularning ba’zilari sianidlar, mishyak va fenol birikmalari

gidro- b io n tla r u c h u n z a h a r hisoblanadi, boshqalari, masalan, kletchatka va

lignin (selluloza kombinatlari oqova suvlarining ajralmas komponentlari) zaharli

bo‘lmasa ham, ular zaharli moddalar ishlab chiqara oladi.Sanoat korxonalarining

oqova suvlaridan suv havzalariga ba’zi m ikroorganizm lar, masalan, achitqi (xamirtu

rush )lar ham tushadi. Odamlar va hayvonlarning suvda cho‘milishlari natijasida ham

suv havzalariga bakterial iflosliklar tushadi.

Suv havzasining ikkilamchi iflosliklari — suvdagi organizmlarning

chirishidan kelib chiqqan ifloslik keng kam xavf tug‘diradi. Fitoplanktonning ma’lum

faslda rivojlanishi va uning halokati natijasida suv juda ko‘p organik moddalar bilan

boyiydi, ulami mineral moddalarga o‘tkazish uchun ko‘p miqdorda kislorod kerak

bo‘ladi. Suvosti o‘tlari har qanday sharoitga moslashuvchilar bo'lganligi uchun, har

qanday suv havzasidan ham uglerodli ozuqa manbayini topa oladi. Ularning

rivojlanish darajasini ta'minlovch i omil suvda biogen (y a ’ni azot va fosfor)

elementlarining birikmalari kamligi hisoblanadi. Shunday qilib, suv havzaga biogen


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

53

elementlar birikmalarining kiritilishini to'xtatib, suvosti o’t1arning ortiqcha

rivojlanishini to‘xtatish ham mumkin.

Suv havzasining ifloslanish darajasi shu suvda bor bo‘lgan organik

birikmalarning miqdoriga va ularning tabiatiga bog'Iiq. Bu bog‘lanish shundan

iboratki, ifloslanishning har qaysi darajasiga biror maxsus turdagi organizmlarning

rivolanishi munosib keladi. Tarkibida ma’lum miqdor organik moddalari bor biror

ifloslanish darajasidagi muhitda organizmlarning rivojlanish xususiyati ayni

organizmning saprobligi deb ataladi. Suv havzasining ifloslik darajasi ayni muhitda

ma’lum saproblikda yashovchi organizmning saprobligi bilan tasvirlanadi. Ifloslanish

darajasiga qarab, barcha suv havzalari yoki ularning zonalari: poli-, mezo- vn

oligosaproblarga bo‘linadi. Polisaprob zon a (kuchli ravishda ifloslangan zona ) o

‘zida katta m iqdor beqaror organik birikm alar bortigi va kislorodning deyarli yo'qligi

bilan tavsiyalanadi. Shu sababdan bu zonadagi biokimyoviy jarayoniar anaerob

tabiatga ega. U joydagi suv havzasi (suv)da organik moddalarning anaerob yemirilish

mahsulotlari C02, N2S, CH 4 mavjuddir. Suvning 1 ml da bakteriyalar soni ko‘pgina

millionlarga yetishi mumkin .Bunday zona sharoitida geterotrof o'simlik organizmlar:

turli- tuman saprofit bakteriyalar, ipsimon bakteriyalar, suv o'simliklari jumlasidan

Evglena viridis, zamburug’ Mardan Fusarium adualductum yoppasiga rivojlanadi.

Polisaprob zonaning hayvon organizmlari jumlasiga kiruvchilarning eng muhimlari

mayda, rangsiz infuzoriyalar Colpidium colpoda, VotricoIIa microstoma, bir

hujayrali mikroblar (amyobalar) Pelornyxa palustrus lardan iboral. Bentos

mikronufus asosan, anaerob saprofil bakteriyalar Tubifek, Limnodrilus, Chironomus

plumosus hasharot chivin lichinkalaridan iborat.

Mezosaprob zona (ya'ni o'rta darajadagi ifloslanish zonasi) a (alfa) va p (beta)

saprob zonachalarga boMinadi. Ularning birinchisida organik m oddalarning

oksidlanish jarayoni sodir bo‘lib, bunda ammiak hosil bo‘ladi. Bu zonada kislorod

bor (lekin yetarli emas). Bu zonada, asosan, kislorod tanqisligiga bardosh beradigan

organizmlar

istiqomat

qiladi.

Ko'pchilikni

geterotrof

bakteriyalar

sianobakteriyalardan

Oscillatoria,

diatomlardan

Navicula

lanceolata

Ag.,

Stephanodiscus hantzschii Grun., Her, Nitzschia palea (Kütz.) W. Sm.,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

54

Stephanodiscus sp. sp., yashil suvo`tlardan tashkil topadi. Bu ycrda yashovchi

hayvonot organizmlari jumlasiga ko'p sonli infuzoriyalar (Paramecium caudatum,

Opercularia coanctata) kolovratkalar (Rotaria), jgutli past qisqichbaqasimon

(Daphnia magna, Daphnia pulek)lar kiradi. Balchiqlarida ko‘pgina oligoxetlar,

xironomid

lichinkalari

uchraydi.Ikkilamchi

mezosaprobzonachada

oson

oksidlanadigan organik birikmalar deyarli sira uchramaydi. U suvlarda ammiak va

uning oksidlanish hosilalari — nitrit va nitratlar uchraydi.Bu suvlarda kislorod

miqdori katta qismni tashkil qiladi. Bu muhitda avtotrof organizmlar rivojlanadi,

chunonchi, sianobakteriyalar (Anabaena), yashil tusli (Scenedesmus), Actinastrum

hantzschii Lagerh. va diatom (Melosira) suv o'simliklar, nitratlovchi bakteriyalar rivoj

topgan. Eng sodda hayvonlardan infuzoriyalar va tomiroyoqlilar rivojlanadi. Boshqa

plankton hayvonlardan kolovratka va qisqich-baqasimonlar rivojlanadi. Zonaning

tagida bakteriyalar juda ko‘p turdagi chuvalchanglar, turli hasharotlar lichinkalari,

molluskalar ishtirokida shiddatli ravishda minerallanish jarayonlari sodir boMadi.

Makrofitlar (shox barglilar) paydo boMadi.Oligosaprob (toza suv) zonada suvda

erigan organik moddalar deyarli uchramaydi, shu sababdan bu joylarda, asosan,

avtotrof organizmlar rivojlanadi. Kislorod miqdori to'yinish darajasiga yaqin

qiymatga ega miqdorda uchraydi. Bu zona nitratlanish jarayonlarining tugallanishi

bilan tavsiflanadi. Bakteriyalaming umumiy miqdori 1 ml da mingta, yuzta, hatto

o‘ntagacha kamayib ketadi. Mikroorganizmlaming tur o‘zgarishida katta xilma-xillik

kuzatiladi. Bu zonada suv o‘tlardan diatomik (Cymbella ) va yashil suvo`tlardan

Anabaena spiroides Kleb. , Ulotrix zonata, oltin tusli suvo`tlardan Chromukina ovalis

uchraydi..U m um an polisaprob zonadan oligosaprob zonaga o’tishda mikroblarning

xillari ko‘payib, miqdor kamayadi.

Toshpo`lotov Y. (2015) ma`lumotiga ko`ra Zarafshon quyi oqimida bahorda

saproblik indeksi nisbatan yuqori (1,67), qishda past (1,22), yoz (1,47) va kuz (1,52)

oylarida oraliq ko`rsatkichga ega. Saproblik chegarasiga ko`ra bahorda mezosaprob,

qolgan fasllarda esa oligosaprob . O`rtacha saproblik indeksi 1, 47 ga teng, ya`ni

oligosaprob. Biologik hovuz oqimi bo`ylab suvning fizik-kimyoviy va ekologik

xususiyatlarining turlicha bo`lishi suvo`tlarning va shu jumladan indikator-saprob


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

55

turlarni tarqalishi va rivojlanishiga turlicha ta`sir ko`rsatgan. Biologik hovuzning

boshlanish qismidagi nuqtalarda suvning harorati 2-3 0S dan (qish) 22-23 0S gacha

(yoz), oqim tezligi 0,55-0,25 m/sek dan (qish) 1,50-1,55 m/sek gacha (yoz), suvning

tiniqligi 0,08-0,15 m dan (qish) 0,20-0,30 m gacha (yoz), umumiy minerallar miqdori

300,5 mg/l dan 305,0 mg/l gacha, rN 7,3-7,5 o`zgarib turdi. Bu nuqtalarda jami 119

tur bo`lib, shundan 37 turi (31,09 %) indikator-saprob turlari hisoblanadi. Bu

qismdagi o`rtacha saproblik indeksi 1,27; oligosaprob, sinfi va razryadi 2-2b;

tozaroq.X. Olimjonova(2015)ning ma`lumotlariga ko`ra CHimkentning biologik

hovuzlarida uning sanitar holati oqova suvining ifloslik darajasining ko`rsatuvchi

suvo`tlarning 78 ta indikator turlari aniqlangan. Saprob organizmda ksero saproblar-

1,

oligomezosaproblar-5,

beta-mezasasaproblar-30,

al'fa-mezasaproblar-

14,polisaproblar- 5, beta mezasaproblar-6, alfa-polisaproblar-1, poli-al'fa-

mezasaproblar-3,

poli-beta-mezasaproblar-1,

kseno-beta-mezasaproblar-1dan

topilgan. Biologik hovuzlarning eng iflos oqova suvlar tushadigan boshlang’ich

qismida polisaprob kabi ifloslikni yuqori darajasini ko`rsatuvchi indikatorlar

rivojlansa, hovuzlarning oxirgi qismida tozalangan darajasini ko`rsatuvchi oligo-

mezasaproblar, oligo-beta mezasaprob organizmlar ko`plab rivojlanadi. Ularning

tarkibi, o`sishi, ko`payish darajasi fasllar bo`yicha o`zgarib turadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

ТАРКИБИДА М. и др. МЕХАНИЧЕСКИЙ СОСТАВ ПОЧВ

РОМИТАНСКОГО РАЙОНА И ЕГО ВЛИЯНИЕ НА ПЛОДОРОДИЕ ПОЧВ

//DEVELOPMENT. – Т. 31. – С. 47.

2.

Амонова Д. Б., Хамрокулова Н. К. К., Сулаймонов Б. Б. У. Методы

независимой и творческой деятельности студентов в обучении биологии

//Academy. – 2020. – №. 6 (57). – С. 16-17.

3.

Хамрокулова

Н.

К.

К.

ФИЗИОЛОГИЧЕСКИЕ

СВОЙСТВА

ИНТРОДУЦИРОВАННЫХ КОРНЕВЫХ ЛЕКАРСТВЕННЫХ РАСТЕНИЙ

БУХАРСКОГО ОАЗИСА //Academy. – 2021. – №. 1 (64). – С. 26-28.

4.

Хамроева Н. К. К. Преимущества возможностей “smart education” в

обучении биологии //Academy. – 2020. – №. 5 (56). – С. 50-52.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

56

5.

Norboeva U., Xamrokulova N. SOYBEAN-A NATURAL SOURCE OF

PROTEIN //E Conference Zone. – 2022. – С. 79-81.

6.

Хамрокулова Н., Мустафаева М. И. БИОИНДИКАТОРНОСТЬ-

ИЗУЧЕНИЯ СТЕПЕНИ ЗАГРЯЗНЕНИЯ ВОД ПРИ ПОМОЩИ АЛЬГОФЛОРЫ

БИОПРУДОВ //Национальная ассоциация ученых. – 2016. – №. 4-1 (20). – С.

102-103.