MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
205
“O‘ZBEKISTONGA TURISTLARNI KENG KO‘LAMDA JALB
QILISH VA BU BORADA TURKIYA TAJRIBASIDAN SAMARALI
FOYDALANISH” TO‘G‘RISIDA
Anorboyev Bexruzjon Alijon o‘g‘li
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Jahon iqtisodiyoti va xalqaro
iqtisodiy munosabatlar yo‘nalishi 1-bosqich talabasi
Annotatsiya: Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy
siyosatlar, tashabbuslar davrida turizmga qaratilayotgan e’tibor va uning iqtisodiyot
bilan bog‘liq jihatlarining ahamiyati. Shuningdek, mamlakatimizda mavjud turistik
maskanlar va boshqa madaniy qadamjolarni dunyo ko‘z oldida gavdalantirish. Bu
yo‘lda dunyo bo‘ylab turizm tarmog‘i bilan mashhur bo‘lgan Turkiya tajribasidan
keng va tahliliy foydalanish. Tajribani o‘zlashtirish mobaynida mamlakat bo‘ylab
sobitqadamlikni saqlash.
Kalit so‘zlar: Iqtisodiyot, turizm, o‘zgarishlar, Turkiya turizm tajribasi,
statistikalar, turistlar, rejalar.
Turizm har qanday mamlakat iqtisodiyotining eng muhim va foydali tarmog‘i
hisoblanib, odatda hukumatlar uning rivoji yo‘lida ko‘plab istiqbolli tashabbuslarni
ilgari suradi. Turizmning asosiy ishtirokchilari bo‘lgan turistlar mamlakatga turli
valyutadagi yirik mablag‘ olib kiradi va mehmonxonalar, restoranlar, mahalliy
mahsulotlar, transport hamda boshqa turistik xizmatlardan foydalanadi. Bu esa
aholini bandlik bilan ta’minlashga yordam beradi. Shu sababli, hukumat, ayniqsa,
iqtisodchilar turistlarning rolini yuqori baholaydilar va ularning oqimini oshirish
uchun keng imkoniyatlar yaratadilar.
Xususan, fikrimning asosi sifatida 2018-yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion
g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da 2017–2021 yillarda
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e'lon qilindi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
206
Dasturning III bobi «Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor
yo‘nalishlari» deb nomlangan. Uning
Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish,
milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya
qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish
bo‘limida amalga oshirilishi
mo‘ljallanayotgan quyidagi chora-tadbirlar belgilab olinmoqda.
Xorijiy
sayyohlarning tashrifi uchun keng sharoitlar yaratish, ularning sayohat
dasturlarini mazmunan boyitish va ko‘rsatiladigan xizmatlar turlarini
kengaytirish hisobiga turizmni jadal rivojlantirish
belgilab olinmoqda. Buning
uchun 2018-yil 10-fevralgacha Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Tashqi ishlar
vazirligi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus
ta'lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamkorligida normativ-
huquqiy hujjat loyihasi tayyorlanadi deyilgan rasmiy xabarda. Bundan tashqari,
2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi 3-
ustuvor yo‘nalish
Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish
sur’atlarini ta’minlash
ning 35-maqsadida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qiling”
dasturi doirasida mahalliy sayyohlar sonini 12 million nafardan oshirish hamda
respublikaga tashrif buyuradigan xorijiy turistlar sonini 9 million nafarga yetkazish.
To‘siqsiz turizm infratuzilmasini mamlakatning asosiy turizm shaharlarida keng joriy
qilish. 2026-yilgacha turizm sohasida band bo‘lgan aholi sonini 2 baravar oshirib, 520
ming nafarga yetkazish kabi yuksak saviyali tashabbuslar ilgari surilgan.
Men ushbu maqolada O‘zbekistonga turistlarni jalb qilib olgandan so’ng,
ularni mamlakat hududida qanday qilib olib yurish kerak, ularga qanday qilib xizmat
ko‘rsatish kerak kabi fikrlar va muammolar haqida gapirmoqchimasman. Chunki,
O‘zbekiston bu borada, ayniqsa, hududlar kesimida juda chiroyli va professional
xizmatlar ko‘rsatmoqda. Mening maqsadim turistlar, ularning oila a’zolari,
qo‘shnilari va qarindoshlarini ham yurtimizga jalb qilish.
Meni bir savol qiynaydi, turistlar nima uchun Turkiya, Fransiya kabi
davlatlarga rekord darajada tashrif buyuradi. Bir yil davomida 5 yoki 10 million emas,
35 yoki 40 million atrofida. Bu juda katta miqdor. Xo‘sh bunga sabab nima, iqtisodiy
qudratimi yoki diqqatni tortuvchi Eyfeli-yu sohillarimi? Yo‘q, men bu savolga
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
207
butunlay “yo‘q” deyman. Agar kimdir bunga “ha, shunday” desa, demak, bu shaxs yo
o‘zbekistonlik emas, yo O‘zbekiston haqida tushunchaga ega emas deb, hisoblagan
bo‘lar edim. Men ushbu maqolam bilan aynan, O‘zbekiston haqida tushunchga ega
bo‘lmagan shaxslar va puli bo‘la turib qaysi davlatga borishni bilmayotgan dunyodagi
iqtisodiy yaxshi ahvoldagi insonlarga biz ham Turkiya va Fransiya kabi turistlarni
kutib olishga, ularga xizmat ko‘rsatish va chiroyli tarzda kuzatib qo‘yishga tayyor
ekanligimizni yetkazish va
nuqtai nazariga qanday qilib uqtirish
ni nazarda
tutmoqchiman.
Ma’lumki, hozir XXI asr – rivojlangan texnologiya va axborot asri.
O‘zbekiston bulardan deyarli barcha sohalarda keng foydalanmoqda. Ammo,
turizmda emas, men shunday o‘ylayman. Agar foydalanganda yoki kengroq
foydalanganda yiliga 6 yoki 7 million emas, ko‘pi bilan 20 yoki 25 million turist
tashrif buyurgan bo‘lar edi. Hech e’tibor berganmizmi, televizorni yoqib tomosha
qilsak, reklama sifatida chiroyli ohang bilan Turkiyaga sayohat qilishga undovchi
videorolik namoyish etiladi. Unda Turkiyaning tarixiy joylari, o‘ziga jalb qiluvchi
sohillari, kiyinish madaniyati aks etgan kadrlar va ajoyib turk xalqi qisqa fursat ichida
ko‘rsatib o‘tiladi. Aniq bilaman, geografiyadan bilimga ega bo‘lmagan inson
Turkiyada bunday sohillar borligini tasavvur ham qila olmaydi. Lekin, ular
tasavvur
uyg‘otayapti
. Uyg‘otganda ham chiroyli musiqa yordamida insonning xotirasidan
o‘chmaydigan qilib, yana u yerning nomi va qanday qilib borishni gapirmasdan aytib
o‘tib ketayapti. Davlatlarga turist sifatida tashrif buyurishga undovchi bu kabi
reklamalar oxirgi 5–8 yil ichida ko‘plab davlatlar orasida ommalashib bormoqda.
Negaki, bu loyiha o‘zini oqlayapti. Xo‘sh, endi o‘ylab ko‘raylik, nimaga bu loyiha
bizda o‘zini oqlamasligi kerak? Albatta, oqlaydi. Oqlamasa ham bir sinab ko‘rish
kerak-ku. Yana bir narsaga e’tibor beraylik va o‘ylab ko‘raylik, Turkiya aynan, bizga
ko‘rsatiladigan kadrlarini boshqa davlatlarda ham namoyish etayaptimi? Balki
boshqa davlatlarga misol uchun iqlimi issiq mamlakatlarga, asosan, sohillarini
namoyish etar yoki xalqi kiyinishga va zamonaviy modalarga qiziqadigan
mamlakatlarga, asosan, zamonaviy va ommabop kiyimlari va kiyim do‘konlarini
namoyish etar va hokazo. Yana bir qiziqarli jihat, Turkiya o‘sha reklamasini Afrika
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
208
mamlakatlarida namoyish etadi deb, o‘ylaysizmi? Axir ularning aholisi kambag‘al va
qashshoq-ku. Reklama qilgan bilan, keladimi? Albatta yo‘q. Demak, ular ushbu
turistik reklamalarini aholisining iqtisodiy ahvoli yaxshi bo‘lgan mamlakatlargagina
namoyish qiladi. Keyingi yana bir asosiy jihatlardan biri Turkiya reklamani Yangi
Zelandiya va Argentina aholisiga ommaviy ravishda namoyish qiladi deb
o‘ylaymizmi? Albatta yo‘q. Chunki bu kabi davlatlar Turkiyadan ancha yiroqda va
xarajatlari ham qimmatga tushadi. Aytmoqchi bo‘lganim ular reklamasini ma’lum bir
radiusdagi mamlakatlarga ularning kelib chiqishi, qiziqishi va iqlimini o‘rganib, tahlil
qilib, so‘ng, namoyish etadi. Bizga reklama qildimi, demak, biz ularga yaqinmiz va
ularning talablarini qondira olamiz.
Turkiya videoroligi namoyish etiladigan taxminiy hududlar
Yuqoridagi rasmga asos sifatida aytish mumkin-ki, Turkiyaga eng ko‘p tashrif
buyuradigan turistlar rasmda qora aylana bilan chegaralangan hududlardan tashrif
buyurar ekan: Rossiya, Germaniya, Eron, Gruziya, Bolgariya, Gretsiya, Ozarbayjon
va boshqalar.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
209
Bu esa, Turkiyaga tashrif buyurgan turistlar soni 2000–2023 yillar.
Koronavirus pandemiyasi davrida tabiiyki, turistlar oqimi sekinlashgan. Lekin, 2022–
2023 yillarda reytingni aql bovar qilmas darajada saqlagani tahsinga sazovor.
Men buni “Aqlli reklama” deb nomlagan bo‘lardim. Agar ular ushbu loyihani
aynan men tahlil qilgandek yoki men tahlil qilgandan ham yaxshiroq tahlil qilib,
amalga oshirgan bo‘lsa, ularga tasanno. Xo‘sh biz-chi, turklar qilibdi-ku shuni,
o‘zbeklar qila olmaydimi? Albatta qiladi, bundan ham yaxshiroq qiladi. Misol uchun,
ushbu yuqoridagi loyiham mazmunidan kelib chiqib, chet eldagi gavjum ko‘chalarga
turli xil reklama bannerlarini osishni taklif etaman. Nimaga endi televizorda
ko‘rsatilgan narsa reklama bannerida ko‘rsatilmasligi kerak. To‘g‘rimi? Tasavvur
qiling, Turkiya ko‘chalaridagi reklama bannerida “Samsung Galaxy S25 Ultra”ning
o‘rniga orqa fonda Registon maydoni tushirilgan o‘zbekistonlik akaxon oq yaktakda
do‘ppini bostirib olib, qo‘lida bir piyola choy bilan “O‘zbekistonda kutaman” yoki
shunga o‘xshash psixologik iboralar yordamida o‘sha davlat tilida yoki ingliz tilidagi
varianti bilan osilib turibdi. Bu kabi reklamalar kamida 10 kun osilib tursa, uning
tagidan o‘tuvchi har qanday inson “Bugun televizorda ko‘rdim, endi ko‘chada
ko‘rayapman. Demak, borib ko‘rish kerak ekan” deb yuboradi, Inshaaloh. Ijtimoiy
tarmoqlarda obunchilari milliondan ko‘p blogger va vaynerlar to‘lib ketgan. Ularni
to‘g‘ri ma’noda ijtimoiy tarmoqning asosiy o‘yinchilari desak bo‘ladi. O‘zbekiston
Respublikasi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti ular bilan ham reklama
bo‘yicha shartnomalarni amalga oshirsa bo‘ladi. Keyin bizning yurtimizni haligi
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
210
reklama bannerini ostidan o‘tuvchi insonning xayolidan umuman o‘chirib bo‘lmaydi.
E’tibor beraylik, bu yerda hozir televizorda ko‘rsatdik, bannerda ko‘rsatib nima
foyda, televizorda ko‘rsatsak, shuni o‘zi yetadi, hamma ko‘radi, ijtimoiy tarmoqlar
esa umuman kerak emas, also, bunaqa o‘ylamaylik. Bu orqali biz ularning ong ostini
yanada chuqurroq egallashimiz mumkin. Maqsadni katta olaylik, O‘zbekistonga
sayohat qilish har qanday chet ellik uchun an’ana yoki qadriyatga aylansin. To‘g‘ri,
bu juda noodatiy, moliyaviy tomonlama ham juda katta mablag‘ni talab qiladi. Biroq,
bu uzoq kelajakda mamlaktimiz foydasiga ishlashi aniq. Bu xuddi mamlakatimiz
turizmiga investitsiya kiritishga o‘xshaydi va yakuni, albatta, katta iqtisodiy foyda
bilan. Unutmaylik, hech kim qilmagan bo‘lsa, biz birinchisi bo‘lamiz. Agar qilmasak,
tez orada buni boshqalar bizning o‘rnimizga qiladi va tabiiyki, turistlarni ham keskin
yo‘qotamiz. Biz o‘sha reklama orqali shunday maqsad qo‘yishimiz kerakki, uni
ko‘rgan har qanday chet ellik fuqaro O‘zbekistonga sayohat qilishni diliga tugub
qo‘ysin. O‘zbekistonga sayohat qilsam, armonim qolmasdi deb, hammaga aytib
yursin. Biz qadimiy maskanlarimiz, buyuk tariximiz, madaniyatimiz, ma’rifatimiz,
urf-odatlarimiz va an’analarimizni O‘zbekistonda yaxshi ko‘rsata olamiz. Lekin,
qayerga sayohat qilishni bilmayotganlar va kelajakda qayergadir sayohat qilishni
rejalashtirayotganlarga faqatgina O‘zbekistonga sayohat qilishga undovchi turistik
yaxshi bir reklama yordam bera oladi, xolos. Qolgan omillar O‘zbekistonda mavjud
va u kundan kunga rivojlanib bormoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1.
https://kun.uz/28993456?q=%2Fuz%2F28993456#
2.
https://davlatdasturi.uz/uz-Latn/strategy
3.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Turkiyada_turizm
4.
https://images.app.goo.gl/eTs8zXhvFr14Dypv5