Authors

  • Jurakulov Jamol Komilovich
  • Xakimxonova Xamida Muhitdinovna

Author Biographies

  • Jurakulov Jamol Komilovich

    Renessans ta’lim universiteti “Ijtimoiy-siyosiy fanlar” kafedrasi dotsenti,  PhD

    Toshkent shahar, tel: +99897 007 63 14.

    E-mail: jurakulovjamol904@gmail.com

    Renessans ta’lim universiteti

    Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va

    huquq taʻlimi yo‘nalishi 5-kurs talabasi

  • Xakimxonova Xamida Muhitdinovna

    Toshkent shahar, tel: +99890 944 42 42.

    E-mail: xakimxonovaxamida102@gmail.com

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94567

Keywords:

sevgi sadoqat va qurbonlik do‘stlik oilaviy munosabatlar o‘tkan kunlar mehrobdan chayon baxt va qayg‘u. любовь верность и жертва дружба семейные отношения прошедшие дни Скорпион от милосердия счастье и печаль. love loyalty and sacrifice friendship family relationships past days Scorpio from affection happiness and sadness.

Abstract

ushbu maqolamizda Abdulla Qodiriy ijodida sevgi, do‘stlik va oilaviy munosabatlar, shuningdek, insonlar o‘rtasidagi munosabatlar juda muhim o‘rin tutadi. Uning asarlarida bu mavzular badiiy tarzda chuqur va mahorat bilan ifodalanadi, bu esa o‘quvchilarga insoniy munosabatlarning murakkabligini va go‘zalligini anglash imkoni xaqida fikir muloxaza yuritamiz. нашей статье очень важное место в творчестве Абдуллы Кадыри занимают отношения любви, дружбы и семьи, а также взаимоотношения между людьми. В его произведениях эти темы выражены художественно глубоко и мастерски, что позволяет читателям задуматься о возможности постичь сложность и красоту человеческих отношений


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

120

QODIRIY IJODIDA SEVGI, DO‘STLIK VA OILAVIY

MUNOSABATLAR, INSONLAR O‘RTASIDAGI MUNOSABATLARNI

TAHLILI BADIIY TARZDA IFODALANISHI

Jurakulov Jamol Komilovich

Renessans ta’lim universiteti “Ijtimoiy-siyosiy fanlar” kafedrasi dotsenti,

PhD

Toshkent shahar, tel: +99897 007 63 14.

E-mail:

jurakulovjamol904@gmail.com

Renessans ta’lim universiteti

Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va

huquq taʻlimi yo‘nalishi 5-kurs talabasi

Xakimxonova Xamida Muhitdinovna

Toshkent shahar, tel: +99890 944 42 42.

E-mail:

xakimxonovaxamida102@gmail.com

Annotasiya: ushbu maqolamizda Abdulla Qodiriy ijodida sevgi, do‘stlik va

oilaviy munosabatlar, shuningdek, insonlar o‘rtasidagi munosabatlar juda muhim

o‘rin tutadi. Uning asarlarida bu mavzular badiiy tarzda chuqur va mahorat bilan

ifodalanadi, bu esa o‘quvchilarga insoniy munosabatlarning murakkabligini va

go‘zalligini anglash imkoni xaqida fikir muloxaza yuritamiz.

Kalit so‘zlar: sevgi, sadoqat va qurbonlik, do‘stlik, oilaviy munosabatlar,

o‘tkan kunlar, mehrobdan chayon, baxt va qayg‘u.

Аннотация: в нашей статье очень важное место в творчестве

Абдуллы Кадыри занимают отношения любви, дружбы и семьи, а также

взаимоотношения между людьми. В его произведениях эти темы выражены

художественно глубоко и мастерски, что позволяет читателям задуматься о

возможности постичь сложность и красоту человеческих отношений.

Ключевые слова: любовь, верность и жертва, дружба, семейные

отношения, прошедшие дни, Скорпион от милосердия, счастье и печаль.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

121

Annotation: in this article, love, friendship and family relations, as well as

relations between people, occupy a very important place in the work of Abdullah

Qadiri. In his works, these themes are expressed in an artistic way with depth and

skill, which allows readers to realize the complexity and beauty of human

relationships.

Keywords: love, loyalty and sacrifice, friendship, family relationships, past

days, Scorpio from affection, happiness and sadness.

Qodiriy asarlarida sevgi ko‘pincha insonlarning ichki dunyosini ochib

beruvchi kuch sifatida tasvirlanadi. “O‘tkan kunlar” romanida Abduqodir va uning

sevgilisi o‘rtasidagi munosabatlar orqali sevgi, sadoqat va qurbonlik temalari

yoritiladi. Yozuvchi sevgi hissini nafaqat romantik aloqalar, balki oilaviy va do‘stlik

munosabatlari orqali ham ko‘rsatadi. Bu, o‘z navbatida, sevgi hissining inson

hayotidagi ahamiyatini yanada oshiradi. Do‘stlik Qodiriy do‘stlikni insonlar

o‘rtasidagi eng muhim aloqalardan biri sifatida ko‘radi. Uning asarlarida do‘stlikning

kuchi va ahamiyati ko‘plab voqealar orqali namoyon bo‘ladi.

Masalan, “Mehrobdan chayon” romanida do‘stlik va sadoqat qahramonlar

hayotidagi qiyinchiliklarni yengishda muhim rol o‘ynaydi. Do‘stlar o‘rtasidagi

munosabatlar, ularning bir-biriga bo‘lgan ishonchi va yordam berish istagi asarlarni

yanada qiziqarli va hayajonli qiladi. Oilaviy munosabatlar Qodiriy ijodida oilaviy

munosabatlar ham alohida e’tiborga sazovor. U oilaning ijtimoiy hayotdagi o‘rnini,

ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi aloqalarni chuqur tahlil qiladi. “O‘tkan kunlar”

romanida oilaning ijtimoiy va axloqiy qadriyatlari, ota-onaning farzandlariga bo‘lgan

munosabati, oiladagi muammolar va ularni hal etish jarayonlari badiiy tarzda

tasvirlangan. Bu orqali yozuvchi oilaning birligi va ahamiyatini ta’kidlaydi.

Insonlar o‘rtasidagi munosabatlar, Qodiriy asarlarida insonlar o‘rtasidagi

munosabatlar juda murakkab va ko‘p qatlamli bo‘lib, ular ijtimoiy, madaniy va

axloqiy jihatlarni o‘z ichiga oladi. Yozuvchi insonlarning bir-biriga bo‘lgan

munosabatlarini, ularning hissiyotlarini, niyatlarini va harakatlarini chuqur tahlil

qiladi. Bu esa o‘quvchiga insoniyatning turli qirralarini anglash imkoniyatini beradi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

122

Abdulla Qodiriy ijodida sevgi, do‘stlik, oilaviy munosabatlar va insonlar

o‘rtasidagi aloqalar badiiy tarzda chuqur tahlil etilgan. Ularning har biri inson

hayotining ajralmas qismi sifatida ko‘rsatiladi va bu orqali yozuvchi o‘quvchiga

hayotning murakkabligini va go‘zalligini anglatadi. Qodiriy asarlaridagi badiiy tasvir,

obrazlar va voqealar orqali bu mavzular yanada jonli va ta’sirchan shaklda

ifodalanadi. “O‘ylaymanki, Abdulla Qodiriy qanday pozitsiyada turganini tushunish

uchun shu so‘zlarning o‘zi yetarli bo‘lsa kerak. Yuqorida qayd qilingan Abdulla

Qodiriy romanlarining man etilishi o‘zbek sovet adabiyoti tarixini qashshoqlantirib

qo‘ydi, xalqimiz bir necha avlodining to‘g‘ri tarbiyalanishiga, badiiy va ma’rifiy

tarbiyalanishiga katta zarar keltirdi.”

1

Ra’no otasi maxdum ziqnaligi, xasisligidan qattiq ranjiydi, otasining yaramas

xislatlari unda norozilik, g’azab uyg‘otadi. Abdulla Qodiriy Ra’noda qo‘zg‘olgan bu

norozilikni uning maxdumni hajv qilib yozgan she’rida ham ifodalagan. Ra’no

otasining ziqnaligini shunday chizadi:

Yog’lar to‘kilsa erga, yotib yalar taqsirim,

Bo‘lsa bozorda pastlik, sotib olar taqsirim.

Maxdumning xotini Nigor oyimga ruxiy azob berishi ham Ra’noni

g‘azablantiradi. U uy ishlarida, bolalarni o‘qitishda onasiga yordamlashadi.

Abdulla Qodiriy Ra’noning Anvarni sevishi sabablarini romanda yorqini

ifodalagan. Romanda tasvirlanishicha, Ra’no Anvarni, u faqat husnda emas, balki

axloq-odobida, ilmda kamolot egasi bo‘lgani uchun sevadi, ishonchli, dilkash kishisi

sifatida uning haqida g‘amxo‘rlik qiladi, har bir harakatida, muloqatida Anvarga

bo‘lgan sadoqatini, sevgisini namoyish etadi. Shu fazilatlari bilan Anvarni o‘ziga

maftun etadi.

Abdulla Qodiriy Ra’no bilan Anvarning she’r orqali o‘z sevgilarini bir-

birlariga izhor etib turganlaridagi holatlarini tabiat bilan uyg‘unlikda ifodalab deydi:

“… oy ham bir oz nurlanib, turmushga bila qadam bosgan bu ikki yoshning hozirga

hollaridan kulimsiragandek ko‘rinar edi. Boyagidan bir muncha kuchaya tushgan

1

https://jadid.uz/abdulla-qodiriy-va-maqsud-shayxzoda/ ABDULLA QODIRIY VA MAQSUD SHAYXZODA Naim

KARIMOV, akademik


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

123

shamol gulni gulga qovushtirib, go‘yo bu ikki yoshga, Siz ham bilan shu gullar kabi

qovushing degandek bo‘lar edi.” Yozuvchi romanlarida tasvirlangan asosiy

qahramonlari hayotiyligi, tabiiyligi bilan, qalbning ko‘z ilg‘amas darajada tovlanib

turishi, favqulodda kuchli jozibasi, sir-asrorlarga boy poetikligi bilan kishini maftun

etadi. Ra’no ham shulardan biri. U, avvalo, o‘zbek xotin-qizlarining timsoli yanglig‘

qabul etiladi. Ra’no shu so‘zning to‘la ma’nosi bilan samimiy, latofatli, zohirangina

emas, botinan ham go‘zallar go‘zali.

Qodiriy ijodida sevgi timsolini “Mehrobdan chayon” romanidagi asosiy ijobiy

obrazlardan bo‘lgan Ra’no obrazining tahlilini Abdulla Qodiriyning bu obrazni

yaratishdan asosiy maqsadini bildiruvchi quyidagi parchani o‘qib berish bilan

boshlash mumkin: “Ra’noning jasorati, - deydi yozuvchi, - xonga qarshi isyoni… o‘z

zamonasi uchungina emas, bizning hozirgi asrimiz uchun ham loyiqi tahsin va Ra’no

yoshlik qizlarimizga ibratdir”.

“Ra’noning ismi jismiga yohud husniga juda muvofiq tushgan edi… bu go‘zal

qiz och ra’no gulining tusida yoki oq-sariq tusida yaratilgan edi…sochi gungurt –

qora, ya’ni quyoshsiz joylarda qora ko‘rinsa ham, quyoshda bir oz sarg’ish bo‘lib

ko‘rinar edi… jodu ko‘zi kishiga qattiq qaraganda, qoralikdan boshqacha yana bir

turli qizg’ish nur sochar edi. Kipriklari ostida nafis bir surma doirasi bor edi. Qoshi

tutashgan kabi ko‘rinsa ham, ko‘ndalang yotgan ikki qilich orasini nafis bir quyilib

ko‘tarilish ajratib turar edi. Burni hech bir munaqqidga berishmaslik mutanosib, har

zamon uyalish tabassumiga hozir turgan nafis erinlarining yuqorigi qismida sezilar

sezilmas tuklar ko‘kargan edi. Yuzi cho‘ziq emas, oykulcha deb ham bo‘lmas; kishiga

kulib qaraganda qizil olma ostlarida ikkita zamma ravishlik shakl hosil bo‘ladi, go‘yo

bizga chin ra’no guli ochilgan holatda ko‘rinar edi. Sochlari juda quyuq, sanoqsiz

kokillari orqa-o‘ngini tutib yotar, qaddi uzunlik bilan qisqalikning o‘rtasi, do‘ndiq

barmoqlarining jimjilog‘ida xina gullari; har holda, bu qiz yolg’iz Qo‘qondagina

emas, umuman Farg‘onaning kuylariga qo‘shilib maqtalaturgan edi.”

Qodiriy ijodida sevgi, do‘stlik va oilaviy munosabatlar judaham noziklik

hamda teranlik bilan talqin etilgan. Inson qalbining sirli dunyosi Abdulloh Qodiriy

ijodida insoniy munosabatlar, ayniqsa sevgi, do‘stlik va oilaviy munosabatlar g‘oyat


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

124

chuqur va hayotiy tarzda aks ettirilgan. Uning asarlari orqali o‘quvchi inson qalbining

sirli dunyosiga sho‘ng'iydi, muhabbat va do‘stlikning go‘zalligi, oilaviy baxtning

qadrini, shuningdek, insonlar o‘rtasidagi munosabatlarning murakkabligi va

ziddiyatlarini his qiladi. Sevgi, baxt va qayg'u qanotlarida Qodiriyning “O‘tkan

kunlar” romani sevgi mavzui bilan to‘la. Otabek va Kumushning muhabbati, ularning

bir-biriga bo‘lgan sadoqati va mehr-muhabbati o‘quvchining qalbini hayajonga

soladi. Ularning muhabbatlari hayotiy qiyinchiliklarga qaramay, qalblari bir-biriga

bog'liq bo‘lib, qadr-qimmatini saqlab qoladi. Ammo Qodiriy sevgini faqatgina baxt

sifatida ko‘rsatmaydi. Uning asarlarida sevgi, ba’zan, qayg'u va azob-uqubatlarga

ham olib kelishi mumkinligini ko‘rsatadi. “Mehmonxona” asarida qahramonlarning

muhabbatlari, ijtimoiy ziddiyatlar va shaxsiy qarama-qarshiliklar tufayli, baxtsizlikka

olib keladi. Do‘stlik va ishonch sodiqlikning ramzi Qodiriy do‘stlikni inson

hayotidagi muhim qadriyat sifatida ko‘rsatadi. “O‘tkan kunlar” romani qahramonlari,

Otabek va Olimjonning do‘stligi, ularning bir-birlariga bo‘lgan ishonchi va sadoqati,

o‘quvchiga haqiqiy do‘stlikning qadr-qimmatini anglatadi. Ular bir-birlariga yordam

berishadi, qiyinchiliklarni birgalikda engishadi va doimo bir-birlariga suyanishadi.

Oilaviy munosabatlar, mehribonlik va qayg'u mavzusi ham juda chiroyli estetik

talqinda yoritilib berilgan.

Qodiriy oilaviy munosabatlarni inson hayotidagi eng muhim omil sifatida

ko‘rsatadi. Uning asarlarida oilaviy baxt, mehribonlik va bir-biriga bo‘lgan hurmat,

shuningdek, oilaviy nizolar va muammolar ham aks ettirilgan. “O‘tkan Kunlar”

romani qahramonlari, Otabek va uning oilasi, oilaviy hayotning go‘zalligi va

qiyinchiliklarini namoyish etadi. Insonlar o‘rtasidagi munosabatlar: ziddiyatlar va

hamjihatlik

Qodiriyning asarlarida insonlar o‘rtasidagi munosabatlarning

murakkabligi va ziddiyatlari yorqin aks ettirilgan.

Badiiy ifodalanish masalasida ham Qodiriy insoniy munosabatlarni

tasvirlashda keng badiiy vositalardan foydalanadi. Uning tili jonli, tasvirlari rang-

barang, qahramonlari haqiqiy va hissiy. U o‘zining ajoyib badiiy mahorati bilan

o‘quvchini o‘zining asarlariga jalb qiladi, insoniy munosabatlarning chuqurligini va

murakkabligini his qildirishga muvaffaq bo‘ladi. Qodiriyning ijodida sevgi, do‘stlik


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

125

va oilaviy munosabatlar, insonlar o‘rtasidagi munosabatlarning hayotiyligi va

murakkabligi, inson qalbining sirli dunyosi yorqin aks ettirilganligi bilan jaraluvchi

xususiyatlari mavjud. Uning asarlari o‘quvchiga insoniy qadriyatlarni qadrlashga,

muhabbat va do‘stlikning go‘zalligi, oilaviy baxtning qadrini anglashga yordam

beradi. Xulosamiz so‘ngida ham quydagi iqtibos bilan yakunlashni maqul ko‘rdik:

Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g‘ayrat qiling, uxlaganlarni agar Qodir esak

uyg‘otamiz...

Abdulla Qodiriy

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

Qodiriy A., “O‘tkan kunlar”, Tashkent: O‘zbekiston davlat nashriyoti, 1958.

2.

Qodiriy A., “Mehrobdan chayon”, Tashkent: O‘zbekiston davlat nashriyoti,

1940.

3.

Abdullaev A., “Abdula Qodiriy: Hayoti va ijodi”, Tashkent: Fan, 1990.

4.

Shamsutdinov A., “O‘zbek adabiyotida maʼnaviyat masalalari”, Tashkent:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi, 2005.

5.

Murodov I., “Adabiyotimizda maʼnaviyat tarsi”, Tashkent: Yangi asr avlodi,

2010.

6.

Karimov B. “Jahon adabiyoti jurnali”. -T.: 2013.

7.

Bobobekov H. “Qo‘qon tarixi”. -T.:1996.

8.

Ahmad Zaki Validiy “Xudoyorxonning so‘nggi kunlari”. -T.: 1996.

9.

Ibrat I.J. “Farg‘ona tarixi”.O‘zME. 1-jild. -T.: 2000.

10.

Qodiriy A. “Mehrobdan chayon” -T.: 1994-yil

11.

Abdulla Qodiriy. Besh jildlik. Asarlar to'plami, -“Toshkent: Info Capital

Group, 2017.

12.

Abdulla Qodiriy zamondoshlari xotirasida. -Toshkent: Adabiyot va san'at,

1986.

13.

Bahodir Karim. Abdulla Qodiriy fenomeni. -Toshkent: Info Capital Group,

2019.