Authors

  • Baxriddin Axmedov

Author Biography

  • Baxriddin Axmedov

    Importance of personal income tax and its role in budget revenues.

    DTPI Tadbirkorlik va pedagogika instituti

    Bank ishi va Moliya kafedrasi o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94569

Keywords:

Rezident norezident JShDS daromad manbai deklaratsiya Resident non-resident source of income declaration

Abstract

Ushbu maqoladagi fikrlar va ma’lumotlar asosan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining ahamiyati va byudjetga qay tarzada daromad keltirishi sabablari va ularning tarkiblarini o’rganishga qaratilgan. Byudjet daromadlarini o’rganishda asosan bevosita soliqlar tarkibiga kiruvchi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining byudjetga qanchalar daromad keltirishini aniqlash va uni yanada takomillashtirish choralarini ko’rish.

The opinions and information in this article are mainly aimed at studying the importance of income tax from individuals and the reasons for how it brings income to the budget and their contents. In the study of budget revenues, it is important to determine how much income tax from individuals, which is part of direct taxes, brings to the budget and take measures to further improve it.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

108

JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD

SOLIG'INING AHAMIYATI VA BYUDJET DAROMADLARI TARKIBIDA

TUTGAN O'RNI

Importance of personal income tax and its role in budget revenues.

DTPI Tadbirkorlik va pedagogika instituti

Bank ishi va Moliya kafedrasi o’qituvchisi

Baxriddin Axmedov

Annotatsiya: Ushbu maqoladagi fikrlar va ma’lumotlar asosan jismoniy

shaxslardan olinadigan daromad solig’ining ahamiyati va byudjetga qay tarzada

daromad keltirishi sabablari va ularning tarkiblarini o’rganishga qaratilgan. Byudjet

daromadlarini o’rganishda asosan bevosita soliqlar tarkibiga kiruvchi jismoniy

shaxslardan olinadigan daromad solig’ining byudjetga qanchalar daromad

keltirishini aniqlash va uni yanada takomillashtirish choralarini ko’rish.

Abstract: The opinions and information in this article are mainly aimed at

studying the importance of income tax from individuals and the reasons for how it

brings income to the budget and their contents. In the study of budget revenues, it is

important to determine how much income tax from individuals, which is part of direct

taxes, brings to the budget and take measures to further improve it.

Kalit so’zlar: Rezident, norezident, JShDS, daromad manbai, deklaratsiya

Key words: Resident, non-resident, JShDS, source of income, declaration,

Kirish

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi — davlatga to‘lanadigan asosiy

soliqlardan biridir. Bu soliq nafaqat ish haqidan, balki boshqa daromad turlaridan ham

olinadi: agar uy yoki mashina sotsangiz, ijara haqi olsangiz, hatto lotereyada mashina

mashina yutib olsangiz ham — daromad solig‘ini to‘lashingiz kerak bo‘ladi.

1

Soliq

kodeksining 393-moddasi 1-qismiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari

1

https://lex.uz/docs/-4674902


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

109

boʻlgan jismoniy shaxslarning deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlariga

quyidagilar kiradi:

-

mulkiy daromadlar, agar ushbu boʻlimga muvofiq bu daromadlarga soliq

agentida soliq solinmasa;

- ilm-fan, adabiyot va sanʼat asarlarini yaratganlik hamda ulardan

foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlar;

- moddiy naf tarzidagi daromadlar, agar bu daromadlarga soliq agentida soliq

solinmagan boʻlsa;

- Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan

daromadlar;

- soliq agentlari boʻlmagan manbalardan olingan daromadlar;

- ushbu Kodeks 385-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan jismoniy

shaxslar tomonidan olingan daromadlar, ular tomonidan jami yillik daromad

toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida soliq toʻlash tartibi tanlanganda;

- soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinmagan soliq solinadigan boshqa

daromadlar.

2

JShDS – jismoniy shaxslar daromad solig‘i bo‘lib, ish haqi yoki boshqa

daromadlardan olinadi. Odatda, bu turdagi soliqlar ish beruvchi tomonidan to‘lanadi

va ishchi maoshini soliq ushlab qolingandan keyin qo‘liga oladi. Ish beruvchi

ishchining nomidan soliq hisob-kitoblarini yuritadi va davlatga to‘lovlarni amalga

oshiradi.

Ammo, ba’zi hollarda JShDSni fuqaro o‘zi hisoblab va to‘lashi kerak bo‘lishi

mumkin.

Masalan, agar ijara daromadi yoki lotereya yutug‘i kabi daromad turlari

mavjud bo‘lsa, fuqaro daromad solig‘ini mustaqil hisoblashi va to‘lashi talab etiladi.

Bunday holatlarda, daromad egasi yillik daromad deklaratsiyasini har yili 1-apreldan

kechiktirmay topshirishi zarur. Ushbu jarayon onlayn tarzda my.gov.uz sayti yoki

soliq portali orqali amalga oshirilishi mumkin.Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti

2

https://jet.bank.uz/article/daromad-soligi-194


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

110

boʻlgan jismoniy shaxsning daromadlariga ushbu Kodeksning 381-moddasi 1-

qismiga asosan 12 foizlik soliq stavkasi boʻyicha soliq solinadi.

3

Daromad solig‘ining

soliq to‘lovchilari

– O‘zbekiston Respublikasining

rezidentlari va O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan daromad oluvchi

O‘zbekiston Respublikasi norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslardir.

Daromad solig‘i foizi daromad turi va soliq to‘lovchining rezident yoki

norezident ekanligiga qarab farqlanadi:

Rezidentlar uchun:

umumiy daromad uchun 12% soliq stavkasi qo‘llaniladi,

aksiyalar va obligatsiyalardan olingan dividendlar esa 5% soliq bilan hisoblanadi.

Norezidentlar uchun:

mehnat yoki fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida

olingan daromad uchun 12%, xalqaro tashuvlarda transport xizmatlari daromadi

uchun 6%, foiz daromadlari uchun esa 10%.

Misol uchun, agar rasmiy oylik maoshingiz 5 million so‘m bo‘lsa, 600 ming

so‘mi JShDS sifatida ushlab qolinadi va qo‘lingizga 4,4 million so‘m olasiz.

Soliq solinadigan

baza

soliq solish ob’ektlarining o‘rtacha yillik qoldiq

qiymati (o‘rtacha yillik qiymat) soliq davridagi har bir oyning ohirgi kunidagi holatga

ko‘ra soliq solish ob’ektlarining qoldiq qiymatlarini (o‘rtacha yillik qiymatlarini)

3

Nodir G’Iyosaliyevich Xidirov, Ibrat Akram O’G’Li To‘Rayev, Nigina Baxtiyor Qizi Kenjayeva, & Durdona Ulash Qizi Ruziqulova (2023). Davlat byudjeti

daromadlar tarkibida to’g’ri soliqlarni ulushini oshirish masalalari. Science and Education, 4 (12), 679-685.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

111

qo‘shishdan olingan summaning o‘n ikkidan bir qismi sifatida ortib boruvchi yakun

bilan aniqlanadi.

Soliq bazasi har bir soliq solish obyekti bo’yicha alohida aniqlanadi.

Jismoniy shaxslarning jami daromadiga quyidagilar kiradi:

1.

Mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar

- Ish beruvchi bilan

mehnatga

oid

munosabatlarda

bo‘lgan

va

tuzilgan mehnat

shartnomasiga (kontraktiga)

muvofiq

ishlarni

bajarayotgan

xodimlarga

hisoblanadigan hamda to‘lanadigan barcha to‘lovlar (ish haqi, premiya, qo‘shimcha

to‘lovlar, kompensatsiyalar va b.) mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar deb

e’tirof etiladi.

2.

Mulkiy daromadlar

- Jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlariga foiz

to‘lovlari,

dividendlar, mulkni

ijaraga berishdan

tushgan

daromadlar, mulkni sotishdan olingan daromadlar va boshqa daromadlar kiradi.

3.

Moddiy naf tarzidagi daromadlar

- Moddiy naf tarzidagi daromadlar

bo‘lib, soliq agenti tomonidan soliq to‘lovchi manfaatlarini ko‘zlab tovarlar

(xizmatlar), mulkiy huquqlar haqini to‘lashi, jismoniy shaxsning soliq agenti oldidagi

qarzining yuridik shaxs qarori bilan hisobdan chiqarilgan summalari va h.k.

4.

Boshqa daromadlar

- Jismoniy shaxslarning boshqa daromadlariga

pensiya va nafaqalar, moddiy yordam, yutuqlar va boshqalar kiradi.

Daromad solig’ini to’lash asosan ikki xil usulda amalga oshiriladi:

- daromad manbaidan;

- daromad to’g’risidagi deklaratsiya.

TAHLIL VA NATIJALAR

Yurtimizda davlat byudjeti daromadlarining soliqli daromadlari qismida bevosita

soliqlarning ahamiyatini hamda salmog‘ini oshirish maqsadida bir qancha islohotlar

amalga oshirilmoqda.

O‘zbekistondagi barcha soliq tushumlari konsolidatsiyalangan byudjetga, ya’ni

davlat va hududiy byudjetlar (viloyatlar, shaharlar, tumanlar) yig‘indisiga o‘tkaziladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

112

Byudjet — davlatning daromadlari va xarajatlari ro‘yxati bo‘lib, unda mamlakat

va hududlar qancha mablag‘ olishi va bu mablag‘larni qayerga sarflashi belgilanadi.

Byudjetlar darajalar bo‘yicha qabul qilinadi: avval davlat byudjeti, keyin viloyatlar,

shaharlar va oxirgi navbatda tumanlar byudjetlari tasdiqlanadi. Ko‘plab hududlarda

daromad solig‘ining 100% hududiy byudjetga yo‘naltiriladi. Ammo ayrim

hududlarda taqsimot farq qiladi:

Navoiy viloyati: Daromad solig‘ining 63% viloyat byudjetiga, qolgan qismi davlat

byudjetiga tushadi.

Toshkent viloyati: 42% viloyat byudjetida qoladi, qolgan qismi davlatga

yo‘naltiriladi.

Toshkent shahri: faqat 5% shahar byudjetiga tushadi, qolgan qismi davlat

byudjetiga yuboriladi.

Misol uchun, 2023-yilda davlat budjetidan quyidagi sohalarga xarajatlar qilingan:

Yo'nalish

Masalan

Jami/

so‘mda

Ijtimoiy

siyosat

Bolali oilalarga nafaqalar, kam ta'minlangan oilalarga

moddiy yordam, bolaligidan nogironlarga nafaqa, bola

tug‘ilishi bilan beriladigan nafaqa, Qoraqalpog‘iston

Respublikasi va Xorazm viloyatida yordamga muhtoj

oilalarga bir martalik moddiy yordam

18 067 mlrd

Ta'lim

Maktabgacha ta'lim, umumiy o‘rta ta'lim, o‘rta maxsus kasb-

hunar ta'limi, oliy ta'lim va kadrlar tayyorlash bilan bog‘liq

boshqa xarajatlar

58 372 mlrd

Sog’liqni

saqlash

Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, davlat dasturlari

va markazlashtirilgan tadbirlar, dori-darmon va tibbiy

buyumlar

28 426 mlrd

Sport

Bolalar va o‘smirlar sport maktablari, futbol akademiyalari,

oliy sport mahorati maktablari

2 317 mlrd


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

113

Madaniyat

va kino

Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi va uning hududiy

bo‘linmalari, madaniyat saroylari va uylar, teatrlar,

filarmoniyalar,

maqom

san'ati

tashkilotlari,

sirk,

kinematografiya agentligi

2 486 mlrd

Fan

Davlat ilmiy-texnik dasturlari uchun xarajatlar, noyob ilmiy

ob'ektlarni, ilmiy muassasalarni va davlat arxivlarini saqlash

1 843 mlrd

Iqtisodiyot

Suv xo‘jaligi ekspluatatsion xarajatlari, geologiya-qidiruv

ishlari, aholi punktlarini obodonlashtirish ishlari

22 480 mlrd

Rivojlanish

dasturlari

Markazlashtirilgan

kapital

qo‘yilmalar,

mahalla

infratuzilmasini yaxshilash bilan bog‘liq tadbirlar

30 045 mlrd

O'zbekistonda daromad solig'ining byudjetga tasiri quyidagi asosiy jihatlar bilan

izohlanadi:

Byudjet daromadlarini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi: Daromad solig‘i,

ayniqsa, jismoniy va yuridik shaxslarning soliq to‘lovlari davlat byudjetiga

to‘g‘ridan-to‘g‘ri mablag‘ kiritadi. Jismoniy shaxslardan olinadigan soliq va yuridik

shaxslarning foyda solig‘i — bu byudjet daromadlari tarkibidagi asosiy qism bo‘lib,

davlatning asosiy xarajatlarini moliyalashtirishga yordam beradi.

Ijtimoiy va iqtisodiy dasturlarni moliyalashtirish: Daromad solig‘i orqali tushgan

mablag‘lar davlatning ijtimoiy soha va infratuzilma loyihalarini, shuningdek,

sog‘liqni saqlash, ta'lim va boshqa sohalardagi davlat dasturlarini amalga oshirish

uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni ta'minlaydi. Masalan, 2024-yilda sog‘liqni saqlash

tizimini moliyalashtirishga qaratilgan aksiz solig‘idan tushgan mablag‘lar.

Iqtisodiy barqarorlikka ta'siri: Daromad solig‘i stavkalarining o'zgarishi yoki joriy

etilishi iqtisodiyotning umumiy holatiga ta'sir qiladi. Agar soliq stavkalari oshirilsa,

davlat byudjetining daromadlari ortadi, ammo bu shuningdek, jismoniy va yuridik

shaxslarning iqtisodiy faoliyatiga ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun soliq

siyosati ehtiyotkorlik bilan boshqarilishi kerak.

Davlat qarzining kamayishi: Daromad solig‘idan tushadigan mablag‘lar yordamida

davlat qarzlarini kamaytirishga yordam beradi. Bu esa mamlakatning moliyaviy

mustahkamligini oshiradi va iqtisodiy o‘sish uchun imkoniyat yaratadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

114

Soliqlardan keladigan qo'shimcha daromadlar: 2024-yilda joriy etilgan yangi aksiz

solig‘lari (masalan, gazlangan ichimliklar va avtomobil shinalari uchun) orqali

tushadigan mablag‘lar byudjetga qo‘shimcha daromad keltiradi. Bu qo‘shimcha soliq

manbalari davlatning moliyaviy resurslarini yanada kengaytiradi.

Xulosa

Shunday qilib, daromad solig‘i byudjetga juda katta ta'sir ko‘rsatadi, chunki u

davlatning moliyaviy barqarorligini ta'minlaydi, ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish

uchun zarur mablag‘larni yig‘adi va iqtisodiy o‘sish uchun zarur shart-sharoitlarni

yaratadi. Soliqlar asosan davlat qarzlarini qoplashda juda muhum daromad turi

hisoblanadi. Soliqlarni to’g’ri joriy etish va uni yig’ish, ularni to’g’ri sarflash

davlatning asosiy vazifasidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

https://lex.uz/docs/-4674902

2.

https://jet.bank.uz/article/daromad-soligi-194

3.

Nodir G’Iyosaliyevich Xidirov, Ibrat Akram O’G’Li To‘Rayev, Nigina Baxtiyor

Qizi Kenjayeva, & Durdona Ulash Qizi Ruziqulova (2023). Davlat byudjeti

daromadlar tarkibida to’g’ri soliqlarni ulushini oshirish masalalari. Science and

Education, 4 (12), 679-685.

4.

Sultonov, Sirojiddin Muqum O‘G‘Li (2024). XALQARO SOLIQQA

TORTISHNING ASOSIY TAMOYILLARI, HUQUQIY ASOSLARI. Oriental

renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 4 (2), 593-600.

5.

Iskandarov Toyirjon Amanovich (2021). DAROMADLARNI SOLIQQA

TORTISHDA

UMUMDEKLARATSIYALASH

TIZIMINING

OBYEKTIV

ZARURIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social

sciences, 1 (2), 50-61.