MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
114
QADIMGI KUYLARNING TAKOMILLASHUVIDA RITM VA USUL
MASALALARI
Xaytqulov Muzaffar Sattarovich
Guliston Davlat Universiteti San’atshunoslik fakulteti An’anaviy xonandalik
va xalq cholg`ulari kafedrasi o`qituvchisi
Anotatsiya:
Qadimiy madaniyat o‘choqlaridan biri bo‘lgan O‘rta Osiyoda
yashagan xalqlar jahon fani va madaniyati xazinasiga salmoqli hissa qo‘shganlar.
Ular musiqa madaniyati sohasida ham juda boy qadimiy merosga ega. O‘rta Ociyo
xalqlarining musiqa madaniyati tarixiga doir qadimiy yozma manbalar va arxeolog
olimlar tomonidan topilgan yodgorliklar buning dalili bo‘lib xizmat etadi hamda bu
xalqlarning qadimdan boshlab yuksak madaniyat egalari bo‘lganligini tasdiqlaydi.
Lekin arab istilosi davrida (VII – IX asrlar) boshqa madaniy yodgorliklar qatorida
musiqaga doir yozma manbalar ham kuydirilib, yo‘qotib yuborilgan. Shuning uchun
O‘rta Osiyo xalqlarining so‘nggi ming yillik madaniyati tarixiga oid yozma
manbalargina bizgacha yetib kelgan.
Kalit so`z : O‘rta Osiyo, Musiqa madaniyati, Maqom, Ritm, Usul,
Durratut-toj, Peshrav, Naqsh, Tarona, Nog‘ora, Doyra,
O‘rta Osiyo xalqlarining musiqa madaniyati tarixi hali yetarli o‘rganilmagan.
Bu masalani, shu jumladan maqomlarning taraqqiyot yo‘lini izchil yoritib beradigan
yaxlit asarlar yaratilmagan. Umuman musiqa madaniyatiga doir tarixiy materiallar
turli tillarda yozilgan manbalarda va boshqa xarakterdagi asarlarda sochilgan
holdadir. Bu materiallarni to‘plab, O‘rta Osiyo xalqlari musiqa madaniyati tarixini
yaratish esa juda murakkabdir.
Shu sababli hozircha X-XIX asrlarda musiqa manbalaridagi mavjud
ma’lumotlarni qisqacha eslatib o‘tish bilan kifoyalanamiz. Musiqa risolalarining katta
qismi maqomlarning nazariy asoslarini sharhlab beradi. Shuninngdek, mumtoz
musiqa gultoji bo‘lgan maqomlar sharhida usul va ritm masalalarining xam ifoda
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
115
etilishi e’tiborga molikdir. Dastlab, O‘rta Osiyo xalqlari musiqa madaniyatida
o‘chmas iz qoldirgan buyuk siymolardan: Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Al-
Xorazmiy, Safiuddin Urmaviy, Mahmud Sheroziy va boshqalar edilar.
Хususan,
Mahmud Sheroziy o‘zining uzoq yillar davomida olib borgan ilmiy
izlanishlari natijasida “Durratut-toj” (“Toj durlari”) qomusiy asarini yozdi. Bu asar
fors tilida yozilgan dastlabki ishlardan bo‘lib, shu sababli tili ham juda murakkabdir.
Bu asarning musiqaga bag‘ishlangan qismi “Dar ilmi musiqiy” (“Musiqiy ilmi
haqida”) – deb atalib, muqaddima, beshta maqola va xotima qismlaridan iborat.
Muqaddima qismida tovushlarning paydo bo‘lishi, musiqa tovushlari haqida
gapiriladi.
Birinchi maqolada “savt” (umuman tovush), “nag‘ma” (musiqiy tovush)lar
ta’riflanadi. Ikkinchi maqolada musiqiy tovushlarining bir-biriga nisbati, intervallar
va yoqimli-yoqimsiz interval (konsonans va dissonans)lar haqida gapiriladi. Uchinchi
maqola intervallarni bir-biriga qo‘shish va bir-biridan ayirish, ularni turli qismlarga
bo‘lish, binobarin jins (tetraxord)lar hosil etish yo‘llari ustida bahs etadi. Bu uchchala
maqolaning har biri o‘nta qism (fasl)da sharhlanadi.
To‘rtinchi maqola to‘rt qism va o‘n bitta bahsni o‘z ichiga olgan xotimadan
iborat bo‘lib, jinslar, jam’ (tovushqator)lar, maqomlar va musiqa cholg‘ulari
masalalariga bag‘ishlangan. Bu o‘rinda muallif 70 ga yaqin jam’ va maqomlarni
keltiradi (Maqom nima? qismiga qarang).
Asarning yettita qismdan iborat beshinchi maqolasida – ritm (iqo) va usullar
to‘g‘risida fikr yuritiladi. Oxirgi xotima qismida esa kuylarning yozuv usullari-
notatsiyalar masalasi yoritiladi.
O‘rta Osiyo xalqlarining musiqa madaniyati tarixida XIV-XV asrlar barakali
samaralar berdi. Bu davrda O‘rta Osiyoda feodal munosabatlar gullab yashnadi,
xunarmandchilik ishlab chiqarishi va savdo-sotiq yanada rivojlandi, madaniyatning
turli sohalarida ham sezilarli darajada siljish ro‘y berdi. O‘rta Osiyo va Xurosonda
o‘rta asr fani, adabiyoti va san’ati yana jonlana boshladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
116
XV asr adabiyoti va musiqasining yodgorliklari qatorida she’r devoni va
bayozlarini ham ko‘rsatib o‘tish lozim. Navoiy va Jomiy, ularning zamondoshlari
bunday she’r to‘plamlarini ko‘plab tuzgan edilar.
Navoiy zamonida bastakorlar ko‘proq amal, savt, naqsh, peshrav, tarona
shakllarida kuy va qo‘shiqlar yaratganlar. Navoiy “amal” atamasini “ish” deb ham
ataydi. U davrda hozirgi ma’nodagi nota yozuvlari bo‘lmagani sababli kuy va
ashulalarning namunalari ham bizgacha yetib kelmagan hamda bu kuylarning
shakllari haqida aniq fikr aytib bo‘lmaydi. Lekin, bizgacha yetib kelgan klassik
musiqamizning yuksak namunasi hisoblangan Shashmaqomning cholg‘u va ashula
yo‘llarida peshrav shakllari uchraydi. Amal, naqsh, ish, taronalar esa umuman
“tarona” yoki “Suvora”(14) nomi bilan ataladi. Xulosa shuki, Navoiy davri
musiqasida hozirgi tushunchadagi “tarona”larning xili ko‘p bo‘lgan hamda ular kuy
shaklining xarakteriga qarab turlicha nomlangan. Hozirgi kunda bunday kuy shakllari
nomlarini maqomdonlar butunlay unutib yuborganlar. XVI asrda yashab ijod etgan
musiqa olimi Kavkabiy Buxoriy, XVII asr yetuk san’atkori Darvish Ali Changiy va
boshqa mualliflarning musiqa risolalarida XV-XVII asrdagi kuy va ashulalarning
turlariga ta’rif berilgan. Lekin bular ham kuy shakllarini aniqlashga yetarli yordam
berolmaydi. Har holda, agar Navoiy yoki boshqa olimlar, bir bastakor ma’lum maqom
yoki uning sho‘’basiga amal, naqsh bog‘lagan desalar, o‘sha maqom yo‘llariga ulanib
ketadigan, kuy mavzusi jihatidan ularga hamohang bo‘lgan musiqa asarlarini ko‘zda
tutganlar. Naqsh, peshrav va amallar uncha katta shaklda bo‘lmagan.
Navoiy davrida doyra va nog‘ora usullari juda ko‘p yaratilgan. Ba’zi
mubolag‘alarga ko‘ra, nog‘orachilar usullar orqali bir-birlariga o‘z fikrlarini ham
anglata olganlar va hatto savol-javob qilishgan.
Hozirda Navoiy asarlarida, Abdurahmon Jomiyning musiqiy risolasida,
so‘nggi davrlarda yaratilgan Kavkabiy va Darvish Ali kabi yirik musiqa olimlarining
risolalarida keltirilgan doyra, nog‘ora usullarini tiklashga to‘la imkoniyat bor va
hozirgi zamon notasiga ko‘chirib, rasshiforvka qilish mumkin. Bu usullarni o‘rganish
faqatgina Navoiy asarlarida tilga olingan qo‘shiq, ashula yoki kuylarning ritmik
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
117
asoslarinigina emas, balki she’riyat bilan musiqa asarlari orasidagi munosabat
masalalarini ham ochib berishda muhim o‘rin tutadi.
Navoiyning ijodida musiqaning ba’zi nazariy va amaliy masalalari ham o‘z
ifodasini topgan. Navoiyning o‘zi bastakor sifatida ijro uslublarini egallab,
cholg‘ularda mahorat bilan chalardi. U ashulalarga moslab orombaxsh dilrabo
g‘azallar yaratgan. Binobarin, musiqa nazariyasini ham asosli ravishda chuqur
bilganligi uning “Mezonul-avzon” asaridan yaqqol ko‘rinadi. Navoiyning bu asari
she’r o‘lchovlarini asoslab beruvchi mukammal risoladir. Unda musiqa nazariyasi
bilan bog‘liq bo‘lgan qator holatlar bor. Yozma manbalardan ma’lumki, musiqa va
she’riyatning nazariy asoslari bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Aruz ilmi esa,
musiqaning ritm qoidalari asosida yuzaga kelgan*. Bu masalani yoritishda
Navoiyning “Mezonul-avzon” asari ham yordam beradi. Navoiyning ko‘rsatishicha
she’r vaznlari sabab, vatad va fosila - deyilgan uch xil ruknlardan tuziladi. Musiqa
risolalarida ham xuddi shunday. She’r o‘lchovlari harakatli va harakatsiz undoshlar
vositasi bilan yuzaga keladi. Musiqa nazariyasida esa ritm o‘lchovlari shartli qabul
etilgan (tan, tana, tanan, tanna, tananan kabi) so‘zlar vositasi bilan ifodalanadi. She’r
o‘lchovlari va musiqa ritm o‘lchovlari bir xil asosga ega ekanligi ularning uzun-qisqa
bo‘g‘inlardan tashkil topganligidadir.
O‘tmishda musiqaviy ritm o‘lchovlari turlicha ma’noda ishlatilgan.
1. Doyra va nog‘ora usullari tarzida, masalan: “bak-baka-bum” yoki “tak-taka
tum” – musiqa risolalarida – tan-tananan” kabi ifodalangan.
2. Ritm o‘lchovidagi ruknlar kuylarning ritmik asosini ifodalashda ham
ishlatilgan. Masalan, har qanday kuyni ritm o‘lchovi ruknlari vositasi bilan xirgoyi
qilib kuylash mumkin. Bu o‘rinda “tan, tana, tanan”lar kuyni tashkil etadigan uzun-
qisqa nota ulushlariga ham mos keladi.
3. Shu ruknlar bilan ashulalarga aytiladigan she’r mantlari tanlab olingan.
Masalan, bunda dastlab, ashula qilib aytiladigan kuy, o‘sha “tan-tanan”lar vositasi
bilan xirgoyi qilinib, kuyga mos she’rning vaznini tashkil etadigan uzun-qisqa
bo‘g‘inlar aniqlab olinadi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
118
She’r vazni “ramali musammani mahzuf” deb atalib, unga “To muhabbat
dashti bepoyonida ovoraman” kabi o‘lchovdagi she’rlar mos keladi.
XIV asr musiqa madaniyatimiz tarixi hali durustroq o‘rganilmagan. Shu
sababli bu davrdagi bastakorchilik, bastakorlar hayoti va ijodi haqida hozircha
ma’lumotga ega emasmiz. Darvish Alining mazkur risolasida faqat Xo‘ja Abdulqodir
Marog‘iyning ijodi haqida qisqacha eslatib o‘tilgan. U Sohibqiron Temur saroyida
xizmat qilgan davrda kuy va ashulalar ham yaratgan. Ulardan biri “Amali tarona”
deyilib, Iroq maqomi yo‘llari asosida yuzaga kelgan. U Zarbul-fath, Chorzarb va
Miatayn deb atalgan nog‘ora usullarini ham ixtiro etgan. Temur davrida va undan
so‘nggi vaqtlarda Xo‘ja Abdulqodir kabi ko‘plab bastakorlar ijod etganliklari aniqdir.
XVI-XVII asrlarda ijod etgan buxorolik musiqachi olimlar Mavlono
Kavkabiy va Darvish Alining musiqa risolalarida kuy-vshula turlari va shakllari
masalalariga maxsus boblar ajratilgan bo‘lib, bu musiqa namunalarini, mavhumroq
bo‘lsa-da, tasavvur etishga yordam beradi. Shubhasizki, bunday kuy shakllarini
tashkil etuvchi asosiy qismlar hozirgi maqom yo‘llarida ham mavjud. Lekin kuy
qismlarining ifodasi bo‘lgan ko‘pchilik musiqa atamalarining iste’moldan chiqib
ketganligi bu masalani anik tushunishda asosiy to‘siqlardandir.
Kavkabiyning ko‘rsatishicha, alhon (kuy, ashula) uch xil bo‘ladi:
Alhoni jirmiy
(to‘liq kuy), ya’ni musiqa tovushi (nag‘ma), doyra usuli (ritm)
va she’r matni qo‘shilgan musiqa asari; bu vokal musiqadir.
Alhoni basitiy
(oddiy kuy), ya’ni cholg‘u kuylar yoki she’rni o‘lchovga solib
o‘qish.
Alhoni xattiy
, (cheklangan kuy), ya’ni musiqa asaridagi tovushlar, ritm va
she’rning alohida ko‘rinishi. Musiqa asarlarining bu turlari haqida manbalarda
mufassal ma’lumot yo‘q.
Hozirgi kunda bu masalalarni aniq tasavvur etish qiyin. Lekin o‘tmishda
musiqa nazariyasi mualliflari lad uyushmalarini, badiiy she’r o‘qishni, doyra usulini,
hatto Qur’onni qiroat bilan o‘qishni ham “alhon” tushunchasiga kirita berganlar. Bu
hol esa alhonning yuqoridagi uch xilini ta’riflashda ham o‘z aksini topgan.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
119
Kavkabiy va Darvish Ali o‘z risolalarida kuylarning ishlanish uslublari va
shakllari haqida ham mulohaza yuritganlar. Bunda kor, qavl, amal, peshrav, savt,
naqsh, rixta, saj’, zarbayn kabi atamalar kuy yoki ashulalarning qismlarini, ba’zilari
esa kuyning yaratilish uslublarini ifodalab beradi. Kuy kichik bir o‘zgarish kiritilish
bilan boshqa shaklga kirib, uning nomlanishi ham o‘zgaradi. Shunday atamalardan
biri kor deb ataladi.
Коr
(forscha ish, yaratish) mualliflar ta’rificha, arab tilidagi she’rlar bilan
hafif o‘lchovli doyra usulida ijro etiladigan ashula yo‘lidir. Ashula boshida mustahal
(cholg‘u qism, vokal musiqaning cholg‘u muqaddimasi) muqaddima qilinadi.
Korning miyonxona va bozgo‘yi ham bo‘ladi.
Musiqaga bag‘ishlangan kitoblarda ko‘rsatilishcha, ashula baytlaridan (she’r
o‘qilishdan) avval chalinadigan kuylar (motiv) mustahalldir. Ana shunday motiv
baytlar o‘qilgandan so‘ng voqe bo‘lsa, uni naqarot deyiladi. Agar ikki bayt ashula
shunday tartibda kelsa, du sarxona (ikki sarxona, sar bosh, boshlanishi; xona-kuy
jumlasi; sarxona-ashula boshlanishidagi kuy jumlalari) nomi bilan ataladi. Kavkabiy
va Darvish Alining ko‘rsatishicha, ikki baytdan tuziladigan kuy shakli miyonxona
(miyonxona ashulaning o‘rtasidagi kuy jumlalari) deb ataladi. Miyonxonaning kuy
jumlalari baytlar yoki naqarot bilan ijro etilishi mumkin. Ammo kor shaklida
miyonxonadagi baytlar o‘rniga naqarot ishlatiladi. Amal shaklining bozgo‘yida esa
aksincha, naqarot o‘rniga arabcha baytlar yoki ruboiy bog‘lanadi.
Qavl
kor shaklining saqil doyra usulidagi ritmik variatsiyasidir. Ulardagi farq
shuki, kor shaklida bo‘lgan miyonxona qavlda ishlatilmaydi va ularning doyra usuli
turlicha bo‘ladi.
Аmal
(arabcha ijodiy asar) ashula shaklida ham baytlardan oldin “mustahall”
bo‘ladi. Amal shaklida miyonxona bilan bozgo‘y qismlari bo‘lishi shart. Agar
shunday kuy bo‘laklari bo‘lmasa, uni Savtul-amal (Amalning Savti) deyiladi.
Amalning fazilati shuki, unga har qanday usulni (ya’ni doyra usulini) bog‘lash
mumkin. Lekin usul bir xil bo‘lishi shart. Agar ikki turli usul bog‘lansa “Kor ba usul”
(“usuldagi kor”) deyiladi. Amalning bozgo‘yiga bog‘langan usul Usuli gardon, deb
ataladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
120
Peshrav
(yuqoriga harakat etuvchi ohang) amal qoidasi asosida ishlangan kuy
shakli bo‘lib, baytsiz (so‘zsiz) ijro etiladi. (Peshravni cholg‘u yo‘llaridan, deb o‘ylash
mumkin. Lekin bu yerdagi fikrlar buning aksini tasdiqlaydi). Peshravda uch sarxona
mavjud bo‘lib, birinchi sarxona kuyning past qismida kelsa, miyonxona uning balandi
(avji)da bo‘ladi. Lekin bunday kuy o‘z husni (rangi)ni yo‘qotadi. Peshravdagi birinchi
sarxona uch qismdan iborat bo‘lib, ular tarkib, oviza va lozima nomlari bilan ataladi.
Оvizа
(vosita) bir tarkib (sarxonadan oldin keladigan motiv)ni boshqa kuy
jumlalariga bog‘laydigan vositadir. Lozima esa sarxona, miyonxona yoki bozgo‘y
bilan birga keladigan motivdir; u hech qachon yakka holda ishlatilmaydi. Peshrav
maqom, ovoz yoki sho‘’balar nomi bilan qo‘shib ataladi. Masalan, Peshravi (maqomi)
Kuchak, Peshravi (sho‘’bai) Hisor, Peshravi Shahnoz, Peshravi Bastai Nigor kabi.
Darvish Alining fikricha, peshrav Amiri Ko‘ragoniy zamonida yuzaga keladi.
Amir Temur shoir va musiqachilarni to‘plab, ko‘pgina baytlarga tasniflar bog‘lashni
buyurgan edi. Natijada musanniflar (bastakorlar) bir necha tarkiblar bog‘lab, ularga
ikki sarxona, miyonxona va bozgo‘y ishladilar. Dastlab o‘sha zamonlarda Sayful-
Musirr (?) Iroq maqomiga peshrav bog‘lagan edi. Bu peshravda to‘rt sarxona bo‘lib,
Du-yak (ikki-bir) usulida edi. So‘ngra Ustod Muhammad Latifi Qutbi Noyi Husayniy
maqomiga peshrav bog‘ladi. Bu peshrav far’ usulida bo‘lib “Peshravi mashhur”, deb
nomlangan edi.
Savt
(tovush, ohang)* uch bayt bog‘langan ashul yo‘li bo‘lib, unda mustahall,
miyonxona va bozgo‘y bo‘lmaydi. Lekin zilning** ishlatilishi shart, Zil bayt va
naqarotlardan keyin keladigan ashulaning cholg‘u jumlasidir. Demak, zil bo‘lmasa,
savt bo‘la olmaydi. Lekin naqaroti bo‘lmasa ham savt bo‘laveradi. Bunda naqarot
o‘rniga zil kabi bir necha kuy jumlalari ishlatiladi. Mavlono Binoiy (XV-XVI asr)
Panjgoh sho‘’basiga muxammas usulida ishlagan savtida shunday qilgan edi. Darvish
Alining aytishicha, savt naqshga o‘xshab benaqarot ishlangan bo‘lib, uni naqsh yoki
rang, deb nomlash lozim edi. Savt qadim zamonlarda amalning o‘zi bo‘lgan edi.
Ustod Shodiy (XV asr) Savtni bir zil qo‘shib, Amaldan ajratgan, shu bilan birga Savt
naqarotining o‘rniga bir zil tarkib qo‘shgan edi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
121
Ashulaning naqsh turida ruboiy (ashulaning to‘rt jumlasi)ga baytlar
joylashtiriladi, lekin unga katta Savtlar va usullar bog‘lanmaydi. Agar bog‘lansa, u
Naqsh deyilmaydi. Masalan, Muxammas shakliga bog‘lansa, u Sunbuliy deb ataladi.
Rixtа
(aralashgan, hindlarda ham Rixta nomi bilan mashxur) shakli shuki,
bu ashulada baytlar hindcha (urdu tilida) bo‘ladi. Rixta ustida bastakor va mashhur
musiqa olimi Xo‘ja Abdulqodir birinchi bo‘lib ish olib borgan. Rixta she’rining
mazmunida Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) madhi assos bo‘lib, bozgo‘yida o‘n ikki
imom tavsifi berilgan edi.
Saj’
(qofiyalangan proza) she’rdagi tavil bahriga o‘xshab, tarkiblar Amal
shaklidagi kabi bir-biri bilan biriktiriladi. Bunda ikki sarxona, miyonxona va bozgo‘yi
bo‘ladi. She’rning mazmunida ko‘pincha payg‘ambar, chahoryorlar va imomlar madh
etiladi. U usuli Hazaj bo‘lib, Zahiriddin Bobur Rosti Panjgoh pardasiga (ya’ni
maqomiga) Saj’ bog‘lagan edi.
Zarbayn
(ikki xil zarbli) shaklida bir amalga ikki turli usul bog‘lanadi. Bunda
har bir sarxona ikki usulda, agar bayt bilan o‘qiladigan motivlar bir usulda bo‘lsa,
naqarot boshqa usulda bo‘ladi. Xo‘ja Abdulqodir Marog‘iy Zarbaynning baytlari
(bayt bilan ashula qilib ijro etiladigan qismi)ni Hafif, naqarotini Du-yak usulida va
bozgo‘yini esa boshqa o‘n uch xil uslubga moslab, o‘n uch Kuchak deb nomlagan edi.
Qisqasi, agar Sarxonada Amal shakli voqe bo‘lsa zarbayn, deb ataladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan kuy va ashulalarni yaratish usullari haqidagi fikrlar
Mavlono Kavkabiy va Darvish Ali risolalarida mavjud bo‘lib, Kavkabiyda
boshqacharoq ko‘rinishda izohlangan hamda kuy va ashulalarning boshqa shakllari
ham berilgan. Masalan, Miatayn (ikki yuz), Sarband, Amali mustahall, Qavli
mustahall, Navbat, Kulliyot va boshqalar.
Savt, Peshrav, Naqsh, Amal, Qavl va boshqa shakllar esa o‘ziga xos usulda
ta’riflangan.
XVI-XVII asrlardagi musiqa amaliyoti Shashmaqomga muvofiqroq bo‘lgani
uchun shu davrda yaratilgan musiqa risolalaridagi kuy va ashula yo‘llari haqidagi
fikrlar bu yerda qisqacha qilib keltirildi. Lekin bu ta’riflarni hozirgi kunda to‘liq deb
bo‘lmaydi. Darvish Ali bu masalani o‘z tushunchasi doirasidagina izoxlagan. Shuning
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
122
uchun maqom yo‘llari ko‘rinishda ham bunday kuy shakllarini aniq tasavvur etish
mushkul. Chunki bizgacha yetib kelgan maqom yo‘llari XVII asrdagi ko‘rinishdan
tubdan farq qilishi tabiiydir.
O‘n ikki maqom bilan Shashmaqom, garchi O‘rta Osiyoda mavjud umumiy
an’ana va qoidalar asosida yashab kelgan bo‘lsa-da, bizgacha ular juda katta
o‘zgarishlar bilan yetib kelgan. Maqom yo‘llarining yaratilish qoidalari yuqorida
aytilgan kuy va ashula shakllarining ko‘pida ishlatilgan nomlar hozirgi kunda
musiqachi-bastakorlar tomonidan butunlay esdan chiqarib yuborilgan. Masalan, XVII
asrdagi Savt yo‘llari bilan bizgacha yetib kelgan Shashmaqomdagi Savtning ishlanish
yo‘li juda katta farqlarga ega bo‘lishi tabiiy bir hol. Lekin birorta bastakor – sozanda
savtning asl shakli haqida tasavvurga ega emas. Shunday bo‘lsa-da, XV-XVII
asrlarda joriy etilgan kuy shakllari va ularning nomlanishidagi xarakterli atamalar
maqomlargagina xosdir.
Tarixiy va adabiy xarakterdagi asarlarda, ayniqsa musiqaga doir XV-XVII
asrda yozilgan risolalarda kuy va ashula shakllarining yaratilishi va ularning
ijodkorlari haqida avvalgi davrlarga nisbatan boy material yetib kelganligi bejiz emas,
albatta. Bu narsa hatto XIV asrdan boshlab maqom shakllarining rivojlanishida hal
etuvchi rol o‘ynagan bastakorlik an’anasining yanada kuchayganidan, XV-XVII
asrlarda esa bu an’ana davom etibgina qolmay, bastakorlikda yangi-yangi ixtiro
vositalari topilib borganidan dalolat beradi. XIV-XVIII asrlar davomida
Shashmaqomning uzil-kesil shakllanib, qaror topishi uchun zamin yaratilgan.
Shashmaqom esa yuqorida izohlab o‘tilgan Naqsh, Peshrav, Amal, Savt, Qavl,
Kor kabi kuy va ashula turlarining hamda ularning yaratish uslublarining yanada
rivojlanishi natijasida bastakorlik an’anasining mahsuli sifatida yuzaga keldi. XVI-
XVII asr musiqa risolalarida ko‘plab uchraydigan xona (sarxona, miyonxona),
bozgo‘y, zil kabi kuy va ashula jumlalari, doyra usullari nomlarining Shashmaqomda
ham saqlanib qolganligi kuy va ashulalarning ishlanishida qandaydir bir umumiy
uslub va prinsipga asoslanilganidan darak beradi.
Shashmaqom tarkibida O‘n ikki maqom tizimida uchraydigan maqom va
sho‘’ba hamda o‘sha davrlarda qo‘llanilgan doyra usullarining nomlari
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
123
saqlanilganligi, Shashmaqomning O‘n ikki maqom musiqa materiallari bazasida
yaratilgan deb taxmin qilishga imkon beradi. Qadimgi manbalarda sharh etilgan kuy
va ashula shakllarini Shashmaqom yo‘llariga tadbiq etish, ilmiy o‘rganish juda katta
tarixiy, ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir. Bu masalani yechib berish o‘zbek-tojik
xalqlari musiqashunoslik fani oldida turgan eng yaqin va zarur vazifalardan biri
bo‘lishi kerak.
Yozma manbalarda ko‘rsatilishicha, birinchi yaratilgan musiqa ritmi “Zarbi
qadim” (“Qadimiy zarb”) deb ataladi. Bu ritm, go‘yo inson tomirining urishidan
olingan bo‘lib, juda sodda “tan-tan” (
) shaklida bo‘lgan. So‘ngra esa ritmlarning
murakkabroq shakllari yuzaga kelgan. Masalan, (
) (tаnа-tаnа), (
) (tаn-
tаn-tаn), (
) (tаnа-tаnа-tаn), (
) (tаnnа-tаn) vа hokazo. Bu ritmlar
musiqa asarlari bilan birga yuzaga kelgan bo‘lib, keyinchalik esa Sharq xalqlarida
mustaqil doyra usullari tarzida ham ajralib chiqqan.
Xulosa: Umuman, Shashmaqom oʻziga xos ohangdorlik, zoʻr emotsional
ta’sir kuchiga ega. Ularning tuzilishi esa juda ham murakkab boʻlib, oʻziga xos
xususiyatlarga ega. Musiqashunos olimlar maqomlar ustida ilmiy ishlar olib borib,
ularning ритмик xususiyatini oʻrganganlar.
Shunday qilib, bastakorlik an’anasi faqatgina Oʻn ikki maqom turkumining
rivojlanishidagina emas, balki Shashmaqomning shakllanishi, paydo boʻlishi va
soʻnggi davrlardagi taraqqiyotida ham hal etuvchi ahamiyat kasb etdi.
Xulosa qilib aytganda, maqomlar Sharq xalqlarida juda qadim zamonlardan
mavjud boʻlgan musiqa janridir. Ular bu xalqlarning oʻziga xos musiqa boyliklari
asosida kasbiy sozanda va xonandalar tomonidan yaratilgan va uzoq madaniy-tarixiy
taraqqiyot jarayonida mustaqil musiqa janri sifatida yuzaga kelgan.
Maqomlarning lad tuzilmalarida hali koʻpgina aniqlanmagan ритмик ва усул
masalalarи bor. Bu masalalar kelajakda maxsus tekshirishlar olib borishni talab qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
1.
Matyoqubov B. Damli va zarbli cholg'ularda chalishni o'rgatish uslubiyati .T,.
0'z.DK. 2008.- 110 b.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
124
2.
КОНУРОВА ЛЕЙЛА РУСЛАНОВНА; НУРАЛИЕВ ЯХШИБОЙ.
ОБУЧЕНИЕ ДЕТЕЙ ИГРЕ НА МУЗЫКАЛЬНЫХ ИНСТРУМЕНТАХ
ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА. European Journal of Interdisciplinary Research and
Development
,
[S.
l.],
v.
4,
p.
122–126,
2022.
Disponível
em:
https://ejird.journalspark.org/index.php/ejird/article/view/74. Acesso em: 26 feb.
2025.
3.
O`ZBEK
XALQ
MAHALLIY
MUSIQA
USLUBLARINING
SHAKLLANISH JARAYONLARI Xamdamov Bekmurod Bobomurod o`g`li,
Annakulova Dildora Baymuratovna Vol. 13 No. 2 (2025): FARS International
Journal of Education, Social Science & Humanities.
4.
A.Odilov. “O’zbek xalq cholg’ularida ijrochilik tarixi”. G.G’ulom nashriyoti.
T:, 2002.
5.
S.Begmatov, M. Matyoqubov O’zbek an’anaviy cholg’ulari. “Yangi nashr”
T., 2008.