МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 04, Апрель
255
https://universalpublishings.com
VITAMINLAR VA ULARNING INSON HAYOTIDAGI AHAMIYATI
Umurqulova Feruza Abdusamatovna
Narzullayeva Nozima Kamoliddin qizi
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti, Termiz shahar Farovon massiv, 43B uy,
Email:
esadir_74@rambler.ru
Annotatsiya.
Ushbu maqolada vitaminlarning inson hayotidagi ahamiyati,
ularning turlari, inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan vitaminlar va ularning tasnifi,
vitaminlar miqdorining kamayishi yoki ortib ketishining salbiy oqibatlari hamda
vitamin yetishmovchiligining oldini olish haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
vitamin, A vitamini, inson salomatligi, avitaminoz, beri-beri,
vitamin yetishmovchiligi.
ВИТАМИНЫ И ИХ ЗНАЧЕНИЕ В ЖИЗНИ ЧЕЛОВЕКА
Умуркулова Феруза Абдусаматовна
Нарзулаева Нозима Камолиддин кизи
Термезский университет экономики и сервиса, г. Термез, массив Фаровон, 43Б-
дом, Электронная почта:
esadir_74@rambler.ru
Аннотация.
В данной статье рассматривается значение витаминов в
жизни человека, их виды, витамины, необходимые для здоровья человека и их
классификация, негативные последствия дефицита или избытка витаминов, а
также профилактика авитаминоза.
Ключевые слова:
витамин, витамин А, здоровье человека, авитаминоз,
бери-бери, дефицит витаминов.
VITAMINS AND THEIR IMPORTANCE IN HUMAN LIFE
Umurkulova Feruza Abdusamatovna
Narzulayeva Nozima Kamoliddin qizi
Termez University of Economics and Service, Farovon Block, House 43B, Termez
City, Email:
esadir_74@rambler.ru
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 04, Апрель
256
https://universalpublishings.com
Abstract.
This article discusses the importance of vitamins in human life, their
types, essential vitamins for human health and their classification, the negative
consequences of vitamin deficiency or excess, and the prevention of vitamin
deficiencies.
Keywords:
vitamin, vitamin A, human health, avitaminosis, beriberi, vitamin
deficiency.
Vitaminlar — insonlar va boshqa tirik organizmlar uchun hayotiy ahamiyatga
ega bo‘lgan turli kimyoviy tuzilishga ega organik birikmalar hisoblanadi. Organizmlar
uchun oz miqdorda talab qilinadigan bu moddalar fermentlar molekulasi tarkibiga
kirib, hujayra va to‘qimalardagi moddalar almashinuvida faol ishtirok etadi. Inson va
hayvonlar organizmi ko‘plab vitaminlarni asosan o‘simliklardan oziq-ovqat orqali
qabul qiladi. Shuning uchun iste’mol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarida ayrim
vitaminlarning yetishmasligi yoki miqdorining kamayishi organizmda moddalar
almashinuvining buzilishiga va gipovitaminoz, avitaminoz kabi kasalliklarning
rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
Vitaminlar o‘simliklar hayotida ham muhim rol o‘ynaydi. Ular moddalar
almashinuvining muhim va asosiy regulyatori bo‘lib, fermentlar biosintezida faol
ishtirok etadi. Vitaminlarning aksariyati oqsillar bilan birikib, fermentlarni
shakllantiradi, ba’zi vitaminlar esa aminokislotalar almashinuvida bevosita qatnashadi.
Masalan, biotin (H vitamini) asparagin va boshqa aminokislotalarning almashinuv
jarayonida faol ishtirok etadi. Karotin, C vitamini va flavonollar kabi birikmalar
o‘simliklarning hujayra va to‘qimalarida doimiy ravishda kechib turadigan oksidlanish
va qaytarilish jarayonlarida muhim o‘rin tutadi. Ushbu jarayonlarda vitaminlar ma’lum
vaqt ichida oksidlanib va qaytarilib turadi. Vitaminlar ta’sirida o‘simliklarning
hosildorligi oshadi, ularning yetilishi tezlashadi va ildizlarning o‘sishi jadallashadi.
Shuningdek, ba’zi vitaminlar, masalan, karotinoidlar, fotosintez jarayonida va
o‘simliklarning gullarining changlanishida faol ishtirok etadi.
Vitaminlarning biosintezi haqida aytadigan bo‘lsak, deyarli barcha vitamin
turlari o‘simliklar organizmida sintezlanadi. Faqatgina A va D vitaminlarini hosil
qiluvchi birikmalar — provitaminlar — o‘simliklarning to‘qimalarida sintezlanadi va
hayvon organizmiga o‘tgandan so‘ng haqiqiy vitaminlarga aylanadi. Vitaminlarning
o‘simlik to‘qimalarida sintezlanish jarayoni esa hozirgacha to‘liq o‘rganilmagan va
ilmiy tadqiqotlar davom etmoqda.
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 04, Апрель
257
https://universalpublishings.com
Vitaminlarning muhim vazifalari va ular yetishmaganda organizmdagi salbiy
o‘zgarishlar: Inson kundalik hayotida turli xil mevalar, sabzavotlar va boshqa oziq-
ovqat mahsulotlarini iste’mol qiladi. Bu mahsulotlar tarkibida turli xil vitaminlar va
minerallar mavjud. Inson organizmi uchun ayrim vitaminlar nihoyatda zarur bo‘lib,
ular orasida A, B, B
1
, B
2
, B
6
, B
12
, C, D, K va E vitaminlari alohida o‘rin tutadi. Ushbu
vitaminlar organizmning normal faoliyati uchun muhim ahamiyatga ega. Agar bu
vitaminlarning birortasi yetishmasa, organizmda turli salbiy o‘zgarishlar yuzaga
keladi.
A vitamini inson organizmida juda muhim o‘rin egallaydi. Ushbu vitamin
yetishmasa, ko‘rish qobiliyatiga salbiy ta’sir qiladi, qorong‘uda ko‘rolmaslik —
shapko‘rlik (to‘q ko‘rishning buzilishi) rivojlanadi. Bundan tashqari, A vitamini
yetishmasligi natijasida teri qurishi, soch ildizlarining qurishi, tirnoqlarning
mo‘rtlashuvi kabi muammolar kuzatiladi. A vitamini qovun, sabzi, apelsin, pomidor,
sut mahsulotlari, shuningdek, jigar, baliq yog‘i, sariyog‘ va tuxum kabi hayvon
mahsulotlarida mavjud.
B
1
vitamini ham organizm uchun muhim bo‘lib, uning yetishmasligi natijasida
xotira pasayishi, nerv tizimi zaiflashuvi, ishtahasizlik kabi holatlar paydo bo‘ladi. B1
vitamini nerv impulslarini uzatishni yaxshilaydi, miya faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi
va kayfiyatni yaxshilaydi. Bu vitamin arpa, tuxum, yong‘oq, bodom, sut, go‘sht,
ayniqsa jigar mahsulotlarida ko‘plab uchraydi.
B
2
vitamini energiya ishlab chiqarish, hujayra o‘sishi, sog‘lom teri va sochlar
uchun zarurdir. B
2
vitamini yetishmasa ko‘zlar tez-tez yoshlanadi, kamqonlik
(anemiya) rivojlanadi va lablar atrofida ajinlar paydo bo‘ladi. B
2
vitamini yashil bargli
o‘simliklar (ismaloq, brokkoli), donli mahsulotlar, pishloq va yong‘oqlarda mavjud.
B
6
vitamini nerv tizimi faoliyati, oqsillar almashinuvi, kayfiyatni
barqarorlashtirish va gemoglobin hosil bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi. Bu vitamin
yetishmaganda og‘iz bo‘shlig‘i va til yallig‘lanishi, charchoq va asabiylik kuzatiladi.
B
6
vitamini kartoshka, banan, soya, mol go‘shti, baliq, bug‘doy noni, qovoq, sabzi va
arpa kabi mahsulotlarda mavjud.
B
12
vitamini esa qon hosil bo‘lishi, DNK sintezi, homilador ayollarda homila
asab tizimining rivojlanishi va asab tolalarini himoya qiluvchi miyelin moddasining
ishlab chiqarilishida ishtirok etadi. B
12
vitamini yetishmasa kamqonlik (anemiya),
charchoq, xotira pasayishi va og‘izda og‘riq kuzatiladi. Ayniqsa, keksalarda va
vegetarianlarda B
12
vitamini yetishmovchiligi ko‘proq uchraydi.
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 04, Апрель
258
https://universalpublishings.com
C vitamini immun tizimini mustahkamlash, temir moddasining so‘rilishini
oshirish, teri tiklanishini tezlashtirish va kollagen sintezida ishtirok etadi. C vitamini
yetishmaganda teri qurishi, og‘izda yaralar, milklarda qonash va yaralarning sekin
tiklanishi kuzatiladi. C vitamini ismaloq, qulupnay, kivi, brokkoli, apelsin, limon,
mandarin, karam va bulg‘or qalampiri tarkibida uchraydi.
K vitamini qon ketishini to‘xtatish va tromboplastin ishlab chiqarishda muhim
rol o‘ynaydi, suyaklarning sog‘lig‘ini va ularning minerallanishini ta’minlaydi hamda
yurak-qon tomir tizimini mustahkamlashda ishtirok etadi. K vitamini yetishmasa,
jarohatlanganda qon ketishi uzoq davom etadi va suyaklar zaiflashadi. Ushbu vitamin
karam, piyoz, loviya, ko‘katlar, sariyog‘ va brokkoli mahsulotlarida mavjud.
E vitamini esa kuchli antioksidant bo‘lib, hujayralarni erkin radikallardan
himoya qiladi, saraton va yurak kasalliklarining oldini oladi, qarish jarayonini
sekinlashtiradi. Immun tizimini qo‘llab-quvvatlaydi, infeksiyalarga qarshi kurashadi
va teri hamda tishlarning sog‘lig‘ini ta’minlaydi. E vitamini yetishmasligi yuqoridagi
himoya funksiyalarining susayishiga olib keladi. E vitamini yong‘oq, bug‘doy, jo‘xori,
o‘simlik yog‘lari (zaytun, kungaboqar), kivi, mango va buxonka non tarkibida mavjud.
Vitaminlarga kundalik ehtiyoj:
•
A vitamini (Retinol) – 0,5-2,5 mg
•
B
1
vitamini (Tiamin) – 1,4-2,4 mg
•
B
2
vitamini (Riboflavin) – 1,5-3,0 mg
•
B
6
vitamini (Piridoksin) – 2,0-2,2 mg
•
B
12
vitamini (Kobalamin) – 2-5 mg
•
B
3
vitamini (Niatsin) – 5-10 mg
•
C vitamini (Askorbin kislotasi) – 50-100 mg
•
D vitamini (Kaltsiferol) – 2,5-10 mg
Hozirgi kunda vitaminlarning asosiy 13 tasi ma'lum bo‘lib, ular yog‘lar,
oqsillar, uglevodlar bilan birga organizmning normal faoliyatini ta’minlash maqsadida
inson va hayvonlarning ovqat ratsionida mavjud bo‘lishi zarur. Bundan tashqari,
vitaminlarga o‘xshash moddalar guruhi ham mavjud. Ular vitaminlarning barcha
xususiyatlariga ega, lekin oziq-ovqatning qat’iy talab qiladigan komponentlari emas.
Vitamin bo‘lmagan, lekin organizmda vitaminlarning hosil bo‘lishiga xizmat
qiluvchi birikmalar provitaminlar deb ataladi. Bu birikmalarga misol qilib, organizmda
parchalanib, A vitaminini hosil qiladigan karotinlarni keltirish mumkin.
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 04, Апрель
259
https://universalpublishings.com
Shunday qilib, yog‘lar, oqsillar, uglevodlar va mineral tuzlar bilan birgalikda,
insonlar hayotini saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan beshinchi komponent - vitaminlar
hisoblanadi. Inson organizmi uchun vitaminlarning ahamiyati nihoyatda yuqori
.
Ushbu
moddalar mutlaqo barcha tirik organizmlar uchun zarur hisoblanadi.
Xulosa:
Vitaminlar tanqisligi oqibatida yuzaga keluvchi kasalliklar, jumladan
beri-beri, inson salomatligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Agar bir nechta vitamin
yetishmovchiligi kuzatilsa, mazkur holat multivitaminoz deb ataladi. Odatda esa
muayyan bir vitaminning yetishmasligi bilan bog‘liq bo‘lgan gipovitaminoz holati
ko‘proq uchraydi. Bunday holatlarni erta aniqlash va tanaga zarur vitaminlarni o‘z
vaqtida kiritish orqali davolash mumkin. Vitaminlarning haddan tashqari ko‘p iste’mol
qilinishi esa gipervitaminoz holatiga olib kelishi mumkin. Shu bois, vitaminlar
iste’molida me’yor muhim ahamiyatga ega.
To‘g‘ri va muvozanatli ovqatlanish orqali organizmga kerakli vitaminlarni
yetkazib berish mumkin. Vitaminlar tanqisligi ko‘plab asoratlarga sabab bo‘lishi
mumkinligi sababli profilaktika muhim o‘rin egallaydi. Har bir inson o‘zining
salomatligi uchun ovqatlanish ratsioniga e’tibor qaratishi shart. Shifokor nazoratida
olib borilgan vitamin terapiyasi sog‘lom hayot tarzini ta’minlashga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Guyton, A. C., & Hall, J. E. (2015).
Textbook of Medical Physiology
(13th ed.).
Elsevier.
2.
Bender, D. A. (2003).
Nutritional Biochemistry of the Vitamins
. Cambridge University
Press.
3.
Ross, A. C., Taylor, C. L., Yaktine, A. L., & Del Valle, H. B. (2011).
Dietary Reference
Intakes for Vitamin C, Vitamin E, Selenium, and Carotenoids
. Institute of Medicine.
4.
Harman, D. (2006).
The Aging Process: Genes, Environment, and the Value of Vitamin
Supplementation
. Journal of Aging and Health, 18(4), 500-515.
5.
National Institutes of Health (NIH), Office of Dietary Supplements (2020).
Vitamins
and Minerals
6.
World Health Organization (WHO) (2003).
Micronutrient Deficiencies: A Global
Progress Report
.
