Jaydari zotli qo'chqorchalarni jadal o'stirish va ularning go'sht mahsuldorligi

CC BY f
266-269
7
6
Поделиться
Парманова, Д., & Шохназарова, Ш. (2023). Jaydari zotli qo’chqorchalarni jadal o’stirish va ularning go’sht mahsuldorligi. Актуальные проблемы пустынного животноводства, экологии и создания пастбищных агрофитоценозов, 1(1), 266–269. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/problems-desert-husbandry/article/view/25116
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada jaydari zotli qo‘chqorchalarni xo‘jalik sharoitida boqish va qo‘shimcha oziqlantirishdan keyingi go‘sht mahsuldorligi va nazorat so‘yimi natijalari to‘g‘risidagi tajriba ma’lumotlari keltirilgan

Похожие статьи


background image

266

мирового рынка предопределяет необходимость создания новых и совершенствование
существующих пород путем разработки и внедрения эффективных методов
селекционно-племенной работы, биотехнологии, технологии производства и переработки
продукции и систему полноценного кормления коз.

Для координации процессов производства, заготовки, переработки и реализации

продукции козоводства, направлении селекционно-племенной работы с поголовьем коз в
целом по республике целесообразно создание Ассоциации или других форм её
разновидностей на основе объединения научных учреждении, аграрных вузов,
сельхозпроизводителей в пределах отдельных регионов. Необходимо также обеспечить
подготовку специалистов по козоводству на основе учебных заведений и
соответствующих

курсов

по

повышению

квалификации

работников

сельскохозяйственного производства.

Список использованной литературы

1. Арынгазиев Б.С. Технология производства козьего молока в условиях

мелкотоварных хозяйств юго-востока Казахстана // Автореф. дисс. … канд. с.-х. наук. –
Шымкент, 2004. – 24 с

2. Асильбекова Г.К., Нуркаев К. Сезонные колебания качества семени козлов –

производителей // Селекция и технология

3. Бабаджанов А.Н. Качество шерсти – основной показатель шерстной

продуктивности у советских шерстных коз // Тр. Узб. НИИ животноводства, - Ташкент,
1989, вып. 54. – С. 59-63.


UOʻK: 636.084-637.52

JAYDARI ZOTLI QO‘CHQORCHALARNI JADAL O‘STIRISH VA ULARNING

GO‘SHT MAHSULDORLIGI

D.M.Parmanova

–ilmiy kotib, q-x.f.f.d (PhD)., K.I.X.,

dilnozaparmanova45@gmail.com,

Sh.A.Shoxnazarova

-tayanch doktorant (PhD).,

shohnoza16@gmail.com

Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti

Annotatsiya. Maqolada jaydari zotli qo‘chqorchalarni xo‘jalik sharoitida boqish va

qo‘shimcha oziqlantirishdan keyingi go‘sht mahsuldorligi va nazorat so‘yimi natijalari
to‘g‘risidagi tajriba ma’lumotlari keltirilgan.

Kalit so‘zlar: qo‘chqorchalar, ratsion, oziqlantirish, go‘sht mahsuldorligi, so‘yim, ichki

organlar, ovqat hazm qilish a’zolari.

Annotation. The article presents experimental data on the results of meat production and

control slaughter after fattening and supplementary feeding of Jaidari rams in farm conditions.

Key words: rams, ration, feeding, meat productivity, slaughter, internal organs, digestive

organs.


Kirish.

Xo‘jaliklarda qo‘zi go‘shti ishlab chiqarishda yosh organizmning o‘sish

energiyasidan unumli foydalanishga asoslangan holda ularni jadal o‘stirish, yayratib boqish,
bo‘rdoqilashda qo‘y sig‘imini kamaytirishning samarali tizimini va texnologik uslubini ishlab
chiqish muhim hisoblanadi. Jadal usulda qoʻy goʻshti yetishtirish aholining arzon, to‘yimli va
parhezbop go‘shtga bo‘lgan talabini to‘laroq qondirish hamda qo‘ychilik xo‘jaliklarining
iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda dolzarb hisoblanadi.


background image

267

Qo‘ylarning go‘sht mahsuldorligiga juda ko‘plab omillar ta’sir qiladi. Ularning eng

muhimlaridan biri oziqlantirish omili, ayniqsa ratsiondagi to‘yimli moddalarning miqdori va
sifati hal qiluvchi rol o‘ynaydi.

Hayvonlarning go‘sht mahsuldorligini baholashda ularning so‘yim sifatini belgilovchi,

go‘sht va go‘sht mahsulotlarini qayta ishlash jarayonida olinadigan massaning hajmi, chiqimi
va uning sifatiga alohida ahamiyat beriladi. To‘qimalar va yog‘ to‘planishining notekis o‘sishi
ularning miqdori va chiqimining bir xilda bo‘lmasligini ifodalaydi. Shu sababli qo‘zilarni 4,5-5
oyligidan boshlab to‘yimli oziqalar bilan qo‘shimcha oziqlantirishda ularning go‘sht
mahsuldorligi xususiyatlarini o‘rganish va so‘yim sifati o‘zgarishlarini bilish muhim ahamiyat
kasb etadi. Bu esa mazkur zotning go‘sht mahsuldorligi, tez yetiluvchanligi bo‘yicha irsiy
potensialini, qo‘ylarni go‘shtga so‘yishning biologik jihatdan maqsadga muvofiqliligini va
iqtisodiy samarali muddatlarini, qo‘ylarni go‘shtga tayyorlashda o‘tkazilgan tadbirlarning
samaradorligini aniqlash imkonini beradi.

Tanada shakllangan to‘qimalarning nisbiy o‘sish qonuniyatlarini bilish qo‘ychilikda

go‘sht ishlab chiqarishni jadallashtirish, kam xarajat sarflab, ko‘p va sifatli mahsulot
yetkazishning samaradorligini oshiradi [1].

Tadqiqot maqsadi.

Qo‘ylarning go‘sht mahsuldorligini oshirishda xo‘jalik sharoitida va

qo‘shimcha to‘la qiymatli ratsion asosida bo‘rdoqilash orqali goʻsht mahsuldorligini oshirish.

Tadqiqot usullari.

Tadqiqot uchun jaydari zotli erkak qo‘zilar olinib, nazorat va tajriba

guruhi shakllantirildi. Tadqiqotdagi barcha hayvonlarni asrash va oziqlantirish, sharoitlari,
mahsuldorlik ko‘rsatkichlari, fiziologik holati va tirik vaznini hisobga olgan holda amalga
oshirildi. Tajriba va nazorat guruhidagi qoʻylarga me’yor belgilab ratsion tuzildi [2].

Oziqlantirishning go‘sht mahsuldorligiga ta’siri, qo‘chqorchalarni bo‘rdoqilashda

oziqlantirish texnologiyasi qo‘chqorchalarga berilgan ozuqalar ratsionining to‘yimlililigini
o‘rganishda (A.A.Vekaminov)ning “Qo‘ylarning mahsuldorligini o‘rganish” bo‘yicha metodik
tavsiyalar, oziqlantirishda asosiy ozuqaviy va energiya moddalarni hisoblashdan foydalaniladi.

Qo‘ylarning go‘sht sifatini aniqlash uchun bo‘rdoqilangandan so‘ng butun Rossiya

Chorvachilik ilmiy-tadqiqot usulida tirik vazni va semizlik darajasi bo‘yicha bir xil va o‘z
guruhi uchun tirik har bir guruhdan uch boshdan o‘rtacha ko‘rsatkichlarga ega qo‘ylarda Gost
7595-81. (Qo‘y va echkilarni go‘sht sifatini baholash) bo‘yicha o‘rganiladi [4].

So‘yishda so‘yim chiqimi, nimta go‘shti, ichki yog‘ vazni, go‘shtning morfologik tarkibi

aniqlanadi. So‘yim chiqimi so‘yim vaznini so‘yim oldi tirik vazniga nisbatining foizlardagi
ifodasi bilan aniqlanadi. Go‘shtning morfologik tarkibi go‘shtni nimtalash yo‘li bilan
aniqlanadi.

Olingan ma’lumotlar dala daftariga qayd qilinib boriladi. Birlamchi ma’lumotlar

A.A.Ploxinskiyning “Zootexniklar uchun biometriya bo‘yicha qo‘llanma”, “O‘rtacha arifmetik
qiymat usullaridan foydalangan holda qayta ishlanadi [3].

Tadqiqot natijalari.

Qo‘zilarni xo‘jalik sharoitida oziqlantirish tizimini, rejimini hamda

qo‘shimcha oziqlantirishning ilmiy asoslangan me’yorlarini va miqdorini aniqlash uchun
qo‘ylarning qancha va qanaqa sifatdagi ozuqalarni iste’mol qilishlarini bilish qo‘zilarni
oziqlantirishning to‘la qiymatli ratsionini tuzish va hayvonlar organizmini talab etiladigan
to‘yimli ozuqa va moddalar bilan ta’minlash imkoniyatini beradi.

Nazorat va tajriba guruhidagi onasidan ajratilgan erkak qo‘zilar uchun oziqlantirish

ratsioni tuzildi.

Jadval ma’lumotlariga ko‘ra, tirik vazni 30-40 kg bo‘lgan bo‘rdoqilanayotgan Jaydari

zotli 4,5-5 oylik qo‘zilarga beriladigan ratsion strukturasiga ko‘ra pichanlar 41%, konsentrat
ozuqalar 59% ni tashkil etdi.




background image

268

1-jadval

Nazorat guruhidagi onasidan ajratilgan qo‘chqorchalar uchun

oziqlantirish ratsioni (4,5-5 oylik)

Ozuqa turi

Ozuqa

miqdori

Ozuqa

birligi

Almashi-

nuvchi

energiya

Quruq

modda

Xom

protein

NaCl

Ca

P

kg

kg

MDj

kg

g

g

g

g

Ozuqa meyori

1,15

12,7

1,15

215

6

6,5

6,0

Beda pichani

1,2

0,53

8,34

1,0

121

-

12

2,64

Arpa doni

0,5

0,57

5,6

0,425

56,5

-

1

1,95

Bug‘doy kepagi

0,25

0,19

2,35

0,212

38

-

0,5

2,4

Osh tuzi

0,006

-

-

-

-

6

-

-

Dinatri fosfat

0,025

-

-

-

-

-

-

5,5

Jami

1,29

16,29

1,64

215,5

6

13,5 12,49

Meyorga nisbatan

farqi±

+0,14

+3,59

+0,49

+0,5

0

+7

+6,49

Ratsionda 100 kg tirik vaznga 4,1 kg quruq modda, kalsiyni fosforga bo‘lgan nisbati 1,1:1

ni tashkil etdi.

2-jadval

Tajriba guruhidagi onasidan ajratilgan qo‘chqorchalar uchun

oziqlantirish ratsioni (4,5-5 oylik)

Ozuqa turi

Ozuqa

miqdori

Ozuqa

birligi

Almashi-

nuvchi

energiya

Quruq

modda

Xom

protein

NaCl

Ca

P

kg

kg

MDj

kg

g

g

g

g

Ozuqa meyori

1,15

12,7

1,15

215

6

6,5

6,0

1,2

Beda pichani

1,2

0,53

8,34

1,0

121

-

12

2,64

Best Mega Mix

0,7

0,74

7,39

0,63

94

-

8,2

2,94

Osh tuzi

0,006

-

-

-

-

6

-

-

Dinatri fosfat

0,025

-

-

-

-

-

-

5,5

Jami

1,27

15,73

1,63

215

6

20,2 11,08

Meyorga nisbatan

farqi±

+0,12

+3,03

+0,48

0

0

+13,7 +5,08

Jadval ma’lumotlariga ko‘ra, tirik vazni 30-40 kg bo‘lgan bo‘rdoqilanayotgan Jaydari

zotli 4,5-5 oylik qo‘zilarga beriladigan ratsion strukturasiga ko‘ra pichanlar 42 %, konsentrat
ozuqalar 58 % ni tashkil etdi. Ratsionda 100 kg tirik vaznga 4,1 kg quruq modda, kalsiyni
fosforga bo‘lgan nisbati 1,8:1 ni tashkil etdi.

Quyidagi jadvalda qo‘chqorchalarning go‘sht-yog‘ mahsuldorlik ko‘rsatkichlari

keltirilgan.

3-jadval

Jaydari zotiga mansub nazorat va tajriba guruhidagi qo‘chqorchalarning go‘sht-yog‘

mahsuldorligi, (n=3 bosh)

Guruh-

lar

Soʻyim

oldi tirik

vazni,

kg

Nimta

vazni,

kg

Tirik

vazniga

nisbatan

%

Ichki

yog’i,

kg

Tirik

vazniga

nisba-

tan, %

Dumba

yogʻi,

kg

Tirik

vazniga

nisba-

tan, %

Soʻyim

Vazni,

kg

Chiqi-

mi, %

6,0 oylik davrida

Nazorat

37,3

15,2

40,9

0,5

1,5

1,7

4,7

17,4

46,6

Tajriba

41,7

17,2

41,3

0,5

1,3

2,1

5,0

19,8

47,5


background image

269

Jaydari zotiga mansub 6,0 oylik nazorat guruhidagi qo‘chqorchalarning so‘yim oldi vazni

37,3 kilogrammni tashkil etib, tajriba guruhidagi qo‘chqorchalarning so‘yim oldi vazni 41,7
kilogramni tashkil etdi. Tajriba guruhi nazorat guruhidagi qo‘chqorchalarni 4,4 kg ortda
qoldirdi. Nimta vazni bo‘yicha farq 2,0 kg ni, ichki yog‘ miqdori ko‘rsatkichi sezilarsiz bo‘ldi.

Tajriba guruhidagi qo‘chqorchalar dumba yog‘i vaznidagi farq nazorat guruhidan 0,4 kg

ko‘p, tajriba guruhidagi qo‘chqorchalar go‘shti va yog‘ining so‘yim vazni 19,8 kg bo‘lib,
nazorat guruhidagi qo‘chqorchalarga qaraganda 2,4 klogrammga yuqoriligi qayd etildi. Eng
yuqori so‘yim chiqimi ko‘rsatkichi tajriba guruhidagi qo‘chqorlarda kuzatilib, 47,5 foizni
tashkil etgani holda, nazorat guruhidagi qo‘chqorlardan 0,9 foizga ustunlik qilgani aniqlandi.

Xulosa

qilib aytish mumkinki, tajriba guruhidagi qo‘chqorchalarni to‘yimli ratsion

asosida qo‘shimcha oziqlantirilganda, nazorat guruhidagi qo‘chqorchalarga nisbatan go‘sht-
yog‘ mahsuldorlik ko‘rsatkichlari boʻyicha ustun boʻlishini ta’minladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. Abduraxmonov A.N. Dissertatsiya.

Qorako‘lchilikda qo‘zi go‘shtini yetishtirish va

uning resurslarini oshirish texnologiyasi. Samarqand-2011.

2. Kalashnikov A.P., Kleymenov N.I. Chorvachilikda oziq normalari va ratsionlari.

Toshkent-“Mehnat”-1988. 175 b.

3. Плохинский Н.А. Руководство по биометрии для зоотехников. Москва. 1969. -256

с.

4. ГОСТ 7595-81 Qo‘y va echkilarni go‘sht sifatini baholash. Москва 1981.
5. Kh K. A. Growth and Development of Young Karakul Sheep of Different Ethological

Types //Texas Journal of Agriculture and Biological Sciences. – 2023. – Т. 12. – С. 22-25.

6. Xatamov A. Meat productivity of sheep in Uzbekistan and its relationship with

different factors //Scienceweb academic papers collection. – 2021.


UOʻK: 636.084-637.52

JAYDARI ZOTLI QO‘CHQORCHALARNI SO‘YIM KOʻRSATKICHLARI

D.M.Parmanova

-ilmiy kotib, q-x.f.f.d. (PhD)., K.I.X.,

dilnozaparmanova45@gmail.com,

Sh.A.Shoxnazarova

-tayanch doktorant (PhD).,

shohnoza16@gmail.com

Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti


Annotatsiya.
Maqolada Jaydari zotli qo‘chqorchalarni xo‘jalik sharoitida boqish va

qo‘shimcha oziqlantirishdan keyingi nazorat so‘yimi natijalari to‘g‘risidagi tajriba
ma’lumotlari keltirilgan.

Kalit so‘zlar: qo‘chqorchalar, oziqlantirish, so‘yim, ichki organlar, ovqat hazm qilish

a’zolari.

Annotation. The article presents experimental data on the results of control slaughter

after fattening and supplementary feeding of Jaidari rams in farm conditions.

Key words: rams, feeding, slaughter, internal organs, digestive organs.

Kirish.

Mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, aholini qo‘ychilik

mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish, xo‘jaliklarda sifatli qo‘y go‘shti ishlab chiqarish,
qo‘ylarni bo‘rdoqilash texnologik uslubini ishlab chiqish, aholining arzon, to‘yimli va
parhezbop go‘shtga bo‘lgan talabini to‘laroq qondirish hamda qo‘ychilik xo‘jaliklarining
iqtisodiy barqarorligini ta’minlashni takomillashtirish yo‘nalishidagi tadqiqotlar dolzarb
hisoblanadi.

Библиографические ссылки

Abduraxmonov A.N. Dissertatsiya. Qorako‘lchilikda qo‘zi go‘shtini yetishtirish va uning resurslarini oshirish texnologiyasi. Samarqand-2011.

Kalashnikov A.P., Kleymenov N.I. Chorvachilikda oziq normalari va ratsionlari. Toshkent-“Mehnat”-1988. 175 b.

Плохинский Н.А. Руководство по биометрии для зоотехников. Москва. 1969. -256 с.

ГОСТ 7595-81 Qo‘y va echkilarni go‘sht sifatini baholash. Москва 1981.

Kh K. A. Growth and Development of Young Karakul Sheep of Different Ethological Types //Texas Journal of Agriculture and Biological Sciences. – 2023. – Т. 12. – С. 22-25.

Xatamov A. Meat productivity of sheep in Uzbekistan and its relationship with different factors //Scienceweb academic papers collection. – 2021.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов