Дефекты бетонной конструкции и их причины источники

CC BY f
388-391
0
0
Поделиться
Тургаев, Ж., & Ниязова , З. (2023). Дефекты бетонной конструкции и их причины источники. Тенденции и перспективы развития городов, 1(1), 388–391. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/prospects-urban-development/article/view/27431
Ж Тургаев, Каракалпакский государственный университет имени Бердаха
т.ф.ф.д. (доктор философии)
З Ниязова , Каракалпакский государственный университет имени Бердаха
магистрант
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье представлена информация о дефектах конструкции бетона, факторах, влияющих на нее, и источниках дефектов.

Похожие статьи


background image

BETON STRUKTURASIDAGI NUQSONLAR VA ULARNI HOSIL QILUVCHI

MANBALARI

t.f.f.d (PhD). dot. J.A.TURGAEV., magistrant Z.M.NIYAZOVA

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitet

Annotatsiya:

Ushbu maqolada beton strukturasida bo‘ladigan nuqsonlari, unga ta’sir koʻrsatuvchi omillar va

nuqsonlarni hosil qiluvchi manbalari haqida maʻlumotlar berilgan.

Аннотация:

В данной статье представлена информация о дефектах конструкции бетона, факторах,

влияющих на нее, и источниках дефектов.

Abstract:

This article provides information about concrete structural defects, factors influencing it, and sources

of defects.

Калит сўзлар: sement,

qum, chaqiq tosh, beton, temir-beton,

sement toshi,

betondagi g‘ovaklar va

mikroyoriqlar, nuqsonlari

.

Ключовая слова:

цемент, песок, известняк, бетон, цементный камень, поры и микротрещины в бетоне,

дефекты.

Keywords:

cement, sand, limestone, concrete, cement stone, pores and microcracks in concrete, defects.

Beton strukturasi shakllanish sathlariga muvofiq ravishda uning nuqsonlari ham paydo bo‘la

boshlaydi. Bu, avvalambor, sementli matritsa, aralashmaning nuqsonlaridir va umuman betonda
to‘ldiruvchi makrostrukturasining mavjudligi bo‘yicha hosil bo‘ladigan nuqsonlardir.

Nuqsonlarning turlari va ularni hosil qiluvchi manbalar bo‘yicha alohida o‘rin beton

texnologiyasiga, uni ishlab chiqarishga va ayniqsa beton qotishining dastlabki bosqichlaridagi shart-
sharoitlarga tegishlidir.

Adabiyot manbalarini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, unga ko‘ra aniqlangan nuqsonlar orasida

qotish sharoitlarining so‘rilgan havoga va erkin suv bug‘lanishining kinetikasi tezligiga ta’siri eng
katta o‘rinni egallaydi. Bu ta’sir ikki marta namoyon bo‘ladi: g‘ovaklarning o‘lchamlari va soni
ortadi, cho‘zuvchi kuchlar yuzaga keladi, ular sement toshi va beton strukturasining buzilishiga olib
keladi. S/S nisbati oshirilganda g‘ovaklar va mikroyoriqlar soni cho‘zuvchi kuchlanishlar ta’siri
ostida o‘sib boradi. Bu bilan normal sharoitlarda (20 °C harorat namlik 95 % dan yuqori bo‘lganda)
yoki havoli-quruq sharoitlar: namlik 95 % dan ancha past (50-60 % bo‘lganda) qotadigan beton
strukturasida namlik ko‘chishining tezligi kabi hodisani ham tushuntirish mumkin. Birinchi holda
g‘ovaklik ikkinchi holdagiga qaraganda kam bo‘ladi. Buni shunday tushuntirish mumkinki, bunda
namli sharoitlar sement gidratatsiyasi jarayonining ancha to‘liqroq kechishiga va shunga mos
ravishda bog‘langan suv miqdorining oshishiga shart-sharoit yaratadi. Sheykinning nazariyasi
bo‘yicha sement toshining eng katta zichligiga gidratatsiya mahsuli zonasining bog‘langan suv bilan
maksimal to‘lishi orqali erishiladi. Bu faqat bog‘lovchi qotishining barcha jarayonlari normal
kechishida bo‘lishi mumkin.

1.1-rasmda beton strukturasida nuqsonlarning gidratatsiya mahsullarining hosil bo‘lish tezligi

(V

1

)ga, gidratatsiya mahsullarining reaksion (sementlashtiruvchi) qobiqdan erkin suv zonasiga o‘tish

tezligi (V

2

)ga, suvning sementlashtiruvchi qobiq orqali sement zarralariga tushish (diffuziya) tezligi

(V

3

)ga, fizik bog‘langan suvning adsorbsiyalanish tezligi (V

4

) (gidratli pardalar qalinligi)ga bog‘liq

holda hosil bo‘lish variantlari (sxemalari) taqdim etilgan.

Betonning (nam holatdagi) me’yordagidek qotishi uchun yuqorida ta’kidlangan tezliklarning

o‘zaro munosabati quyidagi ko‘rinishga ega bo‘lishi lozim:

V

3

>V

2

>V

1

>V

4

,

bunda

(V

3

+V

2

+V

1

)>>V

4

a) Me’yoriy (normal) qotishda


background image

1-sement zarrasi; 2-reaksion qobiq; 3- zarralar

orasidagi suv bilan to‘lgan bo‘shliq; 4-fizik bog‘langan suv;
5- zarralar orasidagi suvsiz bo‘shliq.

b) Havoli-quruq qotish

Zarralar orasidagi suv bilan to‘lgan bo‘shliqdan

qotirish suvi bir qismining vaqtliroq bug‘lanib chiqishi.

Zarralar orasidagi suv bilan to‘lgan bo‘shliqdan butun

qotirish suvi miqdorining vaqtliroq bug‘lanib chiqishi.

1.1-rasm.

Qotishning turli shart-sharoitlarida beton strukturasida nuqsonlar hosil bo‘lish

sxemasi

Havoli-quruq qotishda tezliklarning bunday munosabati ta’minlanmaydi, chunki qotirish

suvi qotayotgan tizimdagi zarralar orasidagi bo‘shliqdan vaqtliroq bug‘lanib chiqib ketadi. Suvning
qisman yoki to‘liq yo‘qolishida (faqat suvning adsorbsion pardalari hosil bo‘lganda -

V

4

) sement

gidratatsiyasi jarayoni sekinlashadi yoki to‘xtaydi.

Agar

V

1

> V

2

bo‘lsa, u holda sementli bog‘lanish (birikish) vaqtida ichki kuchlanishlar yuzaga

keladi.

Agar

V

1

> V

3

bo‘lsa, u holda reaksion qobiqning zichlashishi ro‘y beradi, suvning bu qobiq

orqali sement zarralarining ichki zonalariga o‘tishi to‘xtaydi, bu esa o‘z navbatida qotish jarayonining
sekinlashishiga olib keladi.

Adabiyotlar [1, 3, 5] da keltirilgan ma’lumotlarni tahlil qilish natijalari sement toshi va betonda

bir jinsli bo‘lmagan strukturaning mavjud bo‘lishi makronuqsonlarning hosil bo‘lishi va
rivojlanishining eng bosh sababi ekanligini ko‘rsatdi.

Sement toshi strukturasiga tegishli bo‘lgan nuqsonlar haqidagi savol va masalalarni yanada

chuqurroq ko‘rib chiqish hamda qotirish suvining sementli qorishmalarda tarqalishini o‘rganish
orqali biz nuqsonlarning boshqa toifasi mavjud ekanligi, ya’ni sement toshi zichligining kamayishi
(zichlik fluktuatsiyasi), ayniqsa, uning to‘ldiruvchilar bilan tegishish joylarida shu zichlikning
yanada ko‘proq kamayishi to‘g‘risidagi xulosaga keldik. Bu beton strukturasining suv o‘tkazmasligi
va yoriqbardoshligi hamda mustahkamligi nuqtai nazaridan uning strukturasi uchun prinsipial
jihatdan juda muhimdir. Nuqsonlarning bunday turi sementli matritsada shunday hodisa ro‘y berishi
oqibatida yuzaga keladiki, bu hodisani to‘ldiruvchilar suv bilan shimdirilganda ular har bir zarra
atrofida hajmiy suvni sementli qorishmadagi sement zarralarining qotishida hosil bo‘ladigan pardalar
sifatida mahkam ushlab turishi bilan tushuntirish mumkin.

Bunday nuqtai nazarni inobatga olgan holda yuqori namlikka ega bo‘lgan qumni qo‘llash beton

nuqsonlari tizimining shunga o‘xshash turi hosil bo‘lishini keltirib chiqaradi.

Kontakt zonasida ko‘rsatilgan tarkib buzilishi turlari, bog‘lanish zonasi yuzasida to‘ldiruvchilar

bilan sement toshining yetarli darajada bog‘lanmasligi (yorilishi) va qo‘shimchalarning mavjudligi -


background image

loy zarralari va chang shaklidagi linzalarning mavjudligi [1-2, 4].

Beton strukturasining shunga o‘xshash texnologik nuqsonini bartaraf etish uchun loyli va

changsimon aralashmalar bilan qorilgan qum (chaqiq tosh)ni beton tashkil etuvchilarini beton
aralashtirgichga yuklash ketma-ketligini tartibga solish hisobiga mexanik-aktivatsiyani samarali
qo‘llash lozim. Qorishmani tayyorlash siklini quyidagi tarzda olib borish tavsiya etiladi:

qum + 2/3 suv + sement + chaqiq tosh + 1/3 qotirish suvi.

Loyli zarralar, chang suv yuzasiga qalqib chiqadi va tozalangan zarralar to‘ldirgich vazifasini

bajargan holda sement bilan aralashadi. Sementning qum (chaqiq tosh) donalari bilan hosil qiladigan
kontaktli mustahkamligi ortadi.

Mikrog‘ovaklar sement toshi va beton xossalariga ko‘rsatadigan ta’siri bo‘yicha struktura

makronuqsonlarining yuqorida ko‘rsatilgan toifalari orasida alohida holatni (o‘rinni) egallaydi.
Sement xamiri va sement toshining hajmiy o‘zgarishlari natijasida hamda qotishning dastlabki
bosqichlarida beton qorishmasining yirik to‘ldirgich donalari (zarralari) ostida sedimentatsiyalanishi
va qatlamlanishi oqibatida hosil bo‘ladigan mikropolostlar mohiyatiga ko‘ra o‘sib boruvchi ichki
kuchlar ta’siri ostida beton ichida kengayib boradigan mikro va makro yoriqlarni o‘zida namoyon
etadi.

Struktura defektlarining ushbu toifasi va beton ichida mavjud bo‘lgan suvning bu defektlarning

rivojlanishiga (o‘sishiga) yanada ta’sir ko‘rsatishi P.A.Rebinderning fikri bo‘yicha
mustahkamlikning adsorbsion pasayish va qattiq jismlar deformatsiyasining yengillanish nazariyasi
bo‘yicha beton mustahkamligi, suv o‘tkazmasligi va yoriqbardoshligining pasayishiga faol ta’sir
ko‘rsatadi.

Keltirilgan ma’lumotlarni tahlil qilib, quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
1. Qumning minimal 2-3% namligi sementli aralashmalarning mustahkamligini yaxshilaydi;
2. Sement aralashmasining oshirilgan mustahkamligida qo‘llaniladigan qumning maksimal

namlanganligi turli yiriklikdagi qumlar uchun turlicha bo‘ladi. Tajribalarda foydalanilgan qum va
sement uchun ko‘rsatilgan samarali maksimal namlanganlik quyidagilarni tashkil etadi:

yirikligi 0,3-0,6 mm bo‘lgan qum uchun - 3%;

yirikligi 0,6-1,2 mm bo‘lgan qum uchun - 2%.

3. Hattoki juda mayda qum miqdorining yuqorida ko‘rsatilgan chegaralardan yuqoriga ozgina

ko‘tarilishi ham egilishdagi mustahkamlikning pasayishiga olib keladi. Shunday qilib, qum zarralari
tagidagi suv kechiktirilib aralashtiriladi va ularning sement bilan kontaktlashish zonasida
makronuqsonlar ko‘rinishidagi nuqsonlar hosil bo‘ladi.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Шейкин А.Е. Структура и свойства цементных бетонов / А.Е. Шейкин Ю.В. Чеховский М.И. Бруссер. – М. :

Стройиздат. – 1979. – 344 с.

2. Ребиндер П.А. Физико-химические исследования процессов деформации твердых тел. Юбилейный сборник.

Изд-во АН ССС. Т.1, 1947. - с.3-12.

3. Цой.В.М., Тургаев Ж.А. Использование промышленных отходов в производстве монолитного бетона.

Архитектура. Қурилиш. Дизайн. Илмий амалий журнали №2 Тошкент-2021 ТАҚИ, 124-127б. (05.00.00; №4)

4. Tsoy V.M., Turgaev J.A., Abdullaeva D.F. Multi-component concrete with micro-silica and modified hydrophobizer.

Science and Education in Karakalpakstan 2021 №3 ISSN 2181-9203. 81-87p. (05.00.00; №27)

5. Turgaev J.A., Abdullaeva D.F. On regulation of the structure formation of cement stone with micro-silica and a

modified hydrophobizer. Science and Education in Karakalpakstan 2021 №3 ISSN 2181-9203. 59-62p. (05.00.00;
№27).

Библиографические ссылки

Шейкин А.Е. Структура и свойства цементных бетонов / А.Е. Шейкин Ю.В. Чеховский М.И. Бруссер. – М. : Стройиздат. – 1979. – 344 с.

Ребиндер П.А. Физико-химические исследования процессов деформации твердых тел. Юбилейныйсборник. Изд-во АН ССС. Т.1, 1947. - с.3-12.

Цой.В.М., Тургаев Ж.А. Использование промышленных отходов в производстве монолитного бетона. Архитектура. Қурилиш. Дизайн. Илмий амалий журнали №2 Тошкент-2021 ТАҚИ, 124-127б. (05.00.00; №4)

Tsoy V.M., Turgaev J.A., Abdullaeva D.F. Multi-component concrete with micro-silica and modified hydrophobizer. Science and Education in Karakalpakstan 2021 №3 ISSN 2181-9203. 81-87p. (05.00.00; №27)

Turgaev J.A., Abdullaeva D.F. On regulation of the structure formation of cement stone with micro-silica and a modified hydrophobizer. Science and Education in Karakalpakstan 2021 №3 ISSN 2181-9203. 59-62p. (05.00.00; №27).

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов