135
Issue 10(45), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
PEDAGOGLARDA KASBIY STRESS VA EMOTSIONAL SO‘NISH
HOLATLAR PRAFILAKTIKASI
Ro‘zmetova Nazokat Madrimovna
Xorazm viloyati Bog‘ot tumani 8-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi
amaliyotchi psixologi
Raximova Dilnoza Mirzayevna
Xorazm viloyati Bogʼot tumani 40-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi
amaliyotchi psixologi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada pedagoglar faoliyatida uchraydigan kasbiy
stress va emotsional soʻnish holatlari, ularning sabablari, belgilari hamda bularni
oldini olish yoʻllari tahlil qilingan. Shuningdek, shaxsiy, kasbiy va tashkiliy
profilaktika choralarining ahamiyati yoritilgan. Maqola taʼlim sifati va
pedagoglarning psixologik farovonligini taʼminlashda bu muammoning dolzarbligini
ochib beradi.
Kalit so‘zlar:
Pedagog, kasbiy stress, emotsional soʻnish, psixologik
profilaktika, taʼlim sifati, ruhiy salomatlik, professional charchoq.
Zamonaviy taʼlim tizimi doimiy oʻzgarishlar va yangilanishlar bilan
tavsiflanadi. Ushbu oʻzgarishlar jarayonida pedagog shaxsiga yuklanadigan
psixologik va kasbiy bosim ortib bormoqda. Natijada, kasbiy stress va emotsional
soʻnish muammolari oʻqituvchilar orasida keng tarqalmoqda. Bu holat ularning
salomatligiga, professional faoliyatiga va oʻquvchilarga koʻrsatiladigan taʼlim sifatiga
salbiy taʼsir qiladi. Shuning uchun pedagoglarda kasbiy stress va emotsional soʻnish
holatlarini erta aniqlash va ularni oldini olish muhim ahamiyatga ega.
Kasbiy stress va emotsional soʻnish tushunchasi: Kasbiy stress — bu insonning
mehnat faoliyati bilan bogʻliq psixologik va jismoniy zoʻriqish holati bo‘lib, vaqt
oʻtishi bilan ruhiy charchoq, norozilik va demotivatsiyaga olib keladi.
Emotsional soʻnish - bu doimiy stressli muhitda ishlovchi mutaxassislarning,
xususan, pedagoglarning emotsional jihatdan charchashi, ishdan bezishi, oʻz kasbiga
boʻlgan qiziqishning pasayishi, shaxslararo munosabatlarda befarqlik va salbiy
munosabatlar bilan tavsiflanadigan holatdir.
Pedagoglarda kasbiy stress va emotsional soʻnish holatlarning yuzaga kelishiga
quyidagi omillar sabab boʻlishi mumkin: Ish hajmining ortiqligi va vaqt
136
Issue 10(45), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
yetishmasligi, oʻquvchilarning intizomsizligi va motivatsiyasizligi, maʼmuriy bosim
va nazoratning kuchayishi, ota-onalar bilan murakkab munosabatlar, moliyaviy
norozilik va kasbiy qadrsizlik, kollektivda sogʻlom psixologik muhitning yoʻqligi,
kasbiy oʻsish imkoniyatlarining cheklanganligi va shunga o‘xshash sabablar.
Pedagoglarda kasbiy stress va emotsional soʻnishning quyidagi belgilar ushbu
holatlarga ishora qilishi mumkin: Doimiy charchoq, uyqusizlik,ishga boʻlgan
ishtiyoqning pasayishi, bosh ogʻrigʻi, yurak urishi, tez-tez kasallanish, bezovtalik,
jahldorlik, sabrsizlik oʻquvchilarga va hamkasblarga nisbatan befarq yoki salbiy
munosabat, oʻzini befoyda yoki qadrsiz his qilish kablar.
Profilaktik chora-tadbirlar: Kasbiy stress va emotsional soʻnishni oldini olish
quyidagi yoʻllar bilan amalga oshirilishi mumkin:
Shaxsiy profilaktika: Vaqtni toʻgʻri taqsimlash, dam olishga vaqt ajratish,
psixologik yordam olish (psixolog bilan suhbatlar, terapiyalar), sport, yoga,
meditatsiya kabi faoliyatlar bilan shugʻullanish,qiziqarli mashgʻulotlar orqali stressni
kamaytirish (hobbi, sayohat), ijobiy fikrlash va oʻz-oʻzini ragʻbatlantirish
texnikalarini oʻrganish
Kasbiy qoʻllab-quvvatlash: Pedagoglar uchun psixologik treninglar tashkil etish,
Ish yuklamasini meʼyorlashtirish, Kasbiy rivojlanish imkoniyatlarini yaratish
(seminarlar, malaka oshirish), Mentorlik tizimini joriy etish
Tashkiliy va ijtimoiy yordam: Rahbariyat tomonidan doimiy psixologik
monitoring olib borish, ijobiy muhitni shakllantirish: hamkorlik, tushunish, hurmat
asosida, ota-onalar bilan konstruktiv hamkorlikni tashkil etish, ragʻbatlantirish
tizimlarini rivojlantirish (moddiy va maʼnaviy)
Xulosa. Pedagogik faoliyat — katta masʼuliyat va fidoyilikni talab qiluvchi
soha. Ushbu sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning kasbiy salomatligi va
psixologik farovonligini taʼminlash taʼlim sifatini oshirish bilan bevosita bogʻliq.
Kasbiy stress va emotsional soʻnish holatlarining profilaktikasi esa nafaqat alohida
shaxs, balki butun taʼlim muassasasi va tizim darajasida olib borilishi zarur. Faqat
sogʻlom ruhiy muhitda ishlovchi pedagog chin maʼnoda samarali va ijodkor ustoz
boʻla oladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Khamidova, S. (2020). Pedagoglarda kasbiy stress va uning oqibatlari.
O‘zbek pedagogik jurnali, 4(2), 78–83.
2.
Abdurahmonova, Z. (2022). O‘qituvchilarda stressning oldini olish
yo‘llari. Psixologiya va taʼlim, 3(1), 55–60.
3.
Hasanov, A., & Raximova, D. (2021). Pedagogik faoliyatda stressga
qarshi kurash usullari. Ilm va taraqqiyot, 2(6), 90–95.
