4
Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
DUNYO IQTISODIYOTIDA RAQAMLASHTIRISHNING ELEKTRON
SAVDOGA TA’SIRI
D. K. Xakimdjanova
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent аxborot texnologiyalari universiteti
“Menejment va marketing” kafedrasi katta o‘qituvchisi
Annotasiya:
Ushbu tezis dunyo iqtisodiyotida raqamlashtirishning elektron
savdo rivojlanishiga ta'sirini har tomonlama tahlil qiladi. Tezisda raqamli
transformatsiyaning biznes modellarini o'zgartirishi, iste'molchilar xatti-harakatlariga
ta'siri va global savdo hajmida elektron savdoning ulushini oshirishdagi markaziy roli
atroflicha o'rganiladi.
Kirish.
Dunyo iqtisodiyoti tarmoqlarining o‘zgarishi, bu jarayonning
raqamlashuvi, mobillashuvi, sohaga sun’iy intellektning joriy etilishi bilan bog‘liq
muhim davrni boshdan kechirmoqda. 2024 yilga kelib dunyo YAIMning qariyb
chorak qismi raqamli sektorga to‘g‘ri kelishi prognoz qilinayotgan bir sharoitda yangi
iqtisodiyotni rivojlantirish zarurati yanada oydinlashadi. Yalpi ichki mahsulot
(YAIM)ning qancha qismi raqamlashtirishni tashkil etishi davlatning rivojlanganlik
darajasiga va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan siyosatiga bog'liq.
Umumjahon miqyosida
raqamli sektor global YAIMning taxminan 10 foizini
tashkil qiladi
, ammo bu ko'rsatkich mamlakatlar bo'yicha sezilarli darajada farq
qilishi mumkin.
«Raqamlashtirish» so‘zi aslida yangi atama bo‘lib, innovatsion boshqaruv va ish
yuritish jarayoniga IT yechimlarning jalb etilishini, buning samarasi o‘laroq esa
internet buyumlardan tortib, elektron hukumatgacha bo‘lgan barcha tizimlarda
axborot texnologiyalarini qo‘llashni ko‘zda tutadi. Jahonda amalga oshirilayotgan
islohotlar davrida tashqi migratsiya, xalqaro savdo va kapitallar harakati, turizm,
xorijiy investitsiyalar, IT rivojlanishi mamlakatlarning iqtisodiy o‘sish sur’atlariga
ta’sir etadi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ochiqlik,
xalqaro iqtisodiy-siyosiy aloqalarning rivojlanishi yurtimizda sanoat tarmoqlarini
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash imkoniyatlarini
yuzaga keltirdi. Bunga mamlakatimiz tashqi savdo hajmining o‘sishini misol qilib
keltirish mumkin. Xalqaro savdoga raqamlashtirishning ta’siri haqida manbalarda
ilmiy maqolalarni topish judayam qiyin. Rivojlangan davlatlarda raqamli
iqtisodiyotni
joriy
etishga
allaqachon
kirishilgan.
Jahon
iqtisodiyotining
5
Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
globallashuvi va texnologiyalarning rivojlanishi sharoitida Oʻzbekistonning iqtisodiy
taraqqiyotiga raqamli iqtisodiyotni rivojlantirmasdan erishib boʻlmaydi. Bugungi
davrda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarning sur’ati, ko‘lami, qamrovi va
chuqurligida misli ko‘rilmagan texnologik o‘zgarishlar odatda “to‘rtinchi sanoat
inqilobi” degan umumiy atama bilan tavsiflanadi (inglizcha: the Fourth Industrial
Revolution). Ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirishga imkon beradigan suv va
bug‘ energiyasiga, ishlab chiqarishni avtomatlashtirishda jadal taraqqiyotni
ta’minlagan elektr energiyasiga va elektronika hamda axborot texnologiyalariga
asoslangan uchta sanoat inqilobidan farqli o‘laroq, to‘rtinchi sanoat inqilobi tizimli
ta’sirga ega. U hayotning barcha sohalariga, iqtisodiyot va ijtimoiy sohada,
jamoatchilik bilan aloqalar tizimida sifatli o‘zgarishlarga olib keldi. Shveysariyaning
UBS banki mutaxassislarining fikriga ko‘ra, iqtisodiy va ishlab chiqarish
jarayonlarini raqamlashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalari va yirik ma’lumot
bazalarining paydo bo‘lishi, Internet va blokcheyn, ilg‘or robotlar va boshqalar
tufayli har qanday ishlab chiqarishni tashkil etish samaradorligini ta’minlashning
o‘zaro bog‘liqligi vujudga kelmoqda.
To‘rtinchi sanoat inqilobi va uning insoniyat uchun qanday oqibatlarga olib
kelishi to‘g‘risida eng zamonaviy g‘oyalar Jahon iqtisodiy forumining (JIF) asoschisi
va rahbari, professor Klaus Shvab tomonidan bayon etilgan bo‘lib, ushbu hodisani
“jismoniy, raqamli va biologik sohalar orasidagi chegaralarni yo‘q qiladigan
texnologiyalarning birlashishi” deb ta’riflaydi. Ya’ni kelajak kiber-fizik ishlab
chiqarish tizimlariga asoslanadi. Shu bilan birga, iqtisodiyotni raqamlashtirish
to‘rtinchi sanoat inqilobining hal qiluvchi tarkibiy qismi bo‘lib xizmat qiladi va ilg‘or
texnologik yechimlardan samarali foydalanish uchun misli ko‘rilmagan imkoniyatlar
yaratadi. 2018 yil yanvar oyida bo‘lib o‘tgan Jahon Iqtisodiy Forumi(JIF) sessiyasida
taqdim etilgan ishlab chiqarishga yangi texnologiyalarni joriy etish to‘g‘risidagi
hisobotda McKinsey & Company global konsalting tarmog‘ining mutaxassislari
ishlab chiqarishni keskin o‘zgartiradigan uchta asosiy texnologik megatrendlarni
ko‘rsatib o‘tdilar:
zamonaviy raqamli texnologiyalarning kombinatsiyasi orqali o‘zaro bog‘liq,
shu jumladan Interneti hamda turli AT texnologiyalari;
ishlab chiqarish jarayonlari va tizimlarini sun’iy intellekt texnologiyalaridan
foydalangan holda boshqarish, kompyuterda o‘qitish, raqamli buxgalteriya va yirik
ma’lumot bazalari, diagnostika xizmatlari;
6
Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
ilg‘or robotlar, moslashuvchan mustaqil ishlab chiqarishning yangi turilarini
vujudga kelishiga asos bo‘luvchi 3D nashr etish, elektron-optik boshqaruv tizimlari
va
boshqalardan
foydalangan
holda
yuqori
mahsuldorlikka
erishadigan
avtomatlashtirishdir. Akademik S. G‘ulomov va boshqalar muallifligidagi “Raqamli
iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari” nomli o‘quv qullanmada raqamli
iqtisodiyotga quyidagicha ta’rif berilgan:
- “raqamli iqtisodiyot” (elektron) bu–axborot, jumladan, shaxsiy axborotdan
foydalanish hisobiga barcha qatnashchilarning ehtiyojlarini maksimal darajada
qondirishning o‘ziga xos xususiyati bo‘lgan iqtisodiyotdir. Bu axborot-
kommunikatsiya va moliya texnologiyalarining rivojlanganligi, shuningdek,
birgalikda gibrid dunyoda barcha iqtisodiy faoliyat subyektlari – tovarlar va xizmatlar
yaratish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayoni obyektlari va
subyektlarining to‘laqonli o‘zaro aloqa qilish imkoniyatini ta’minlaydigan
infratuzilma ochiqligi tufayli mavjud bo‘lishi mumkin”.
Bugun jadallik bilan kechayotgan raqamlashuv jarayoni “yangi iqtisodiyot”ni
vujudga keltirdi. Kam oʻrganilgan va kun sayin chuqur tomir otib borayotgan bu
bozor segmenti ishlab chiqaruvchilarga biznesda samarali marketing kampaniyalari
uyushtirish, minimal xarajat qilib, maksimal foyda olish, tovar va xizmatlarni
muvaffaqiyatli sotishning optimal usullarini taqdim etadi. Isteʼmolchi, xaridor va
mijozlarga sifatli xizmat, qulaylik yaratiladi. Bu vaqtingiz tigʻiz paytida Internet
orqali tushlikka buyurtma berish, mobil ilova orqali taksi chaqirish, uzoqdagi
yaqiningizga pul joʻnatishdan koʻra kengroq imkoniyatlar boʻlib, transchegaraviy
biznes hamkorlik, elektron tijoriy maydon, masofaviy ofis kabilarni ham qamrab
oladi. Raqamli iqtisodiyot raqamli texnologiyalarga asoslangan, elektron biznes,
elektron tijorat bilan bogʻlangan, raqamli tovar va xizmatlar ishlab chiqarayotgan va
taqdim etayotgan iqtisodiy faoliyatdir. Bunda iqtisodiy xizmat va tovarlar uchun
hisob-kitoblar elektron pul orqali amalga oshiriladi. Raqamli iqtisodiyot konsepsiyasi
atomdan bitga, yaʼni kimyoviy eng kichik zarradan elektron birlikka oʻtishga
asoslanadi.
Raqamli iqtisodiyot alohida faoliyat turini emas, balki ishbilarmonlik, sanoat
obyektlari, xizmatlarda axborot texnologiyalaridan faol foydalanishni anglatadi. Agar
oddiy iqtisodiyotda moddiy buyumlar asosiy resurs hisoblansa, raqamli iqtisodiyotda
bu qayta ishlanadigan hamda uzatiladigan axborot, maʼlumotlar boʻladi. Raqamli
iqtisodiyot yirik sanoat obyektlari ish samaradorligini oshirish, ishlab chiqarishda
oʻsish, faoliyat shaffofligini taʼminlash, mahsulot tannarxini kamaytirish imkonini
beradi. YAIM 30 foizga oshadi Nufuzli xalqaro tashkilotlar olib borgan tahlillar
7
Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
natijalariga koʻra, raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga
oshiradi, shuning barobarida, xufyona iqtisodiyotga barham berdi.
Xozirgi kunda raqamli iqtisodiyot elektron tijorat va xizmatlar sohasi bilan
cheklanib qolmay, balki hayotning har bir jabhasiga, xususan, sogʻliqni saqlash, fan-
taʼlim, qurilish, energetika, qishloq va suv xoʻjaligi, transport, geologiya, kadastr,
arxiv, internet-banking va boshqa sohalarga jadal kirib bormoqda va ularning har
birida oʻzining yuqori samaralarini bermoqda. Davlat oʻz fuqarolari uchun elektron
xizmatlar koʻrsatishi va elektron mahsulotlarni taklif etishi — bu raqamli
iqtisodiyotning asosiy qismi hisoblanadi. Mamlakatimizda ushbu sohani keng
rivojlantirish korrupsiya illatiga barham beradi.
Oʻzbekistonda “Raqamli Oʻzbekiston-2030” dasturini ishlab chiqilishi va
hayotga tatbiq etilishi, eng avvalo, puxta va mukammal tashkiliy-huquqiy
mexanizmlarni shakllantirish, qolaversa, innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va
ishlanmalarni joriy etish boʻyicha davlat organlari va tadbirkorlik subyektlarining
uzviy hamkorligini taʼminlash, barcha soha va tarmoqlarda ishlab chiqarish va xizmat
koʻrsatishni raqamli texnologiyalar bilan qamrab olish, bu borada zamonaviy
bilimlarni chuqur egallagan, intellektual salohiyatli kadrlarni yetishtirish, shu orqali,
mamlakatda “axborotlashgan jamiyat” muhitini yaratishga xizmat qiladi. Hozirgi
davrda mamlakatning rivojlanishi faqat mavjud tabiiy boyliklar yoki aholi soniga
bogʻliq boʻlmay qoldi.
Jahon bankining maʼlumotlariga koʻra, dunyoning umumiy boyligining 66 foizi
— 365 trillion AQSH dollari inson kapitaliga, yaʼni asosan shaxsning ilm darajasiga
toʻgʻri kelmoqda. AQSHda ushbu koʻrsatkich milliy boylikning 77 foizi — 95 trillion
dollarga yetgan. Shuning uchun davlatimiz rahbari joriy yil Murojaatnomada katta
boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros — bu yaxshi tarbiya, eng katta
qashshoqlik — bu bilimsizlikdir!”degan fikrni alohida keltirib oʻtdi. Aql-zakovat va
ilm
— taraqqiyot qanotidir. Zamonaviy ilm-fanning choʻqqisi yuqori
texnologiyalarda, raqamli olamda koʻzga tashlanadi. Toʻrtinchi sanoat inqilobi
taraqqiyotning yangi koʻrinishi — “raqamli iqtisodiyot” boshlangani anglatadi.
Bugungi kunga kelib jahonda raqamli iqtisodiyot taraqqiy etgan 20 mamlakatda 2
trillion AQSH dollarini tashkil etayotgani hisoblab chiqilgan. Raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirishda dunyoda peshqadam Buyuk Britaniyada esa u hozirning oʻzida milliy
yalpi ichki mahsulotning 12 foiziga yetdi. Raqamli iqtisodiyot texnologik va biznes
jarayonlari, ishlab chiqarish, logistika va tayyor mahsulotlarning savdosini
raqamlashtirishni nazarda tutadi. Mamlakatimizda 2020-yilning oʻzida transport,
geologiya, taʼlim, arxiv kabi sohalarni toʻliq raqamlashtirish belgilangan va bu
8
Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
boradagi ishlar jadal olib borilmoqda. Zamonaviy infratuzilmaga ega boʻlgan “IT
park”lar ham fikrimiz dalilidir. Aholi va tadbirkorlik subyektlarining davlat organlari
bilan kontaktsiz aloqa shakllarini yana-da rivojlantirish maqsadida Yagona interaktiv
davlat xizmatlari portalining yangi versiyasi, bosh vazirning tadbirkorlar
murojaatlarini koʻrib chiqish virtual qabulxonasi “business. gov. uz” portali ishga
tushirilgani raqamli iqtisodiyot rivoji yoʻldagi muhim qadamlardir. Normativ-
huquqiy hujjatlar loyihalarini barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro
etuvchi hokimiyat organlariga koʻrib chiqish, elektron raqamli imzodan foydalangan
holda kelishish (viza qoʻyish) uchun, shu jumladan bir vaqtning oʻzida keng
jamoatchilik va mutaxassislar muhokamasini oʻtkazish va tezkor joʻnatish uchun
vaqtni va mehnat resurslarini sezilarli darajada tejash maqsadida yagona elektron
tizimi “project. gov. uz” joriy etilgani ham quvonarli. 2020-yilgacha AKTni
iqtisodiyot sohalariga keng joriy etishga nima toʻsqinlik qilgan? “ERGO Research &
Advisory” konsalting xizmati tahlilchilarining izlanishlariga koʻra, bundagi asosiy
muammo telekommunikatsiya infrastrukturasi va aloqaning yaxshi emasligidir. AKT
sohasiga investitsiya kam kiritilishi natijasida tayanch aloqa stansiyalari zichligi past
holatda boʻlgan. Bu internet, mobil xizmatlarning yaxshi ishlamasligini keltirib
chiqaradi, natijada raqamli iqtisodiy oʻsishni kamaytiradi, raqamli uzilishlarni keltirib
chiqaradi. Quvonarlisi, joriy yilda bu boradagi koʻrsatkich sezilarli darajada oshdi.
Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi axborot xizmati bergan
maʼlumotlarga koʻra, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish yoʻnalishida
ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Internet tarmogʻiga ulanishning umumiy
oʻtkazuvchanlik qobiliyati 1 200 Gbit/s. ni tashkil etib, kommutatsiya markazi orqali
750 Gbit/s tezlikda Internet tarmogʻiga chiqish imkoniyati yaratildi va tarmoqning
yuklanish darajasi 76, 6 foizni tashkil etmoqda. 2020-yilning 1-yanvaridan operator
va provayderlarga Internet xizmatlari uchun tarif oʻtgan yilning shu davriga nisbatan
34 foizga arzonlashtirilib, 1 Mbit/s uchun 56, 0 ming soʻmni tashkil etdi. Internet
xizmatidan foydalanuvchilar soni 22 mln. dan ortdi, shundan mobil Internet
foydalanuvchilari soni 19 mln. ni tashkil etdi. Respublika boʻyicha 237 ta obyektda
magistral
telekommunikatsiya
tarmoqlari
kengaytirilib,
telekommunikatsiya
uskunalari modernizatsiya qilinib, magistral telekommunikatsiya tarmoqlari
oʻtkazuvchanlik qobiliyati viloyatlararo darajada 200 Gbit/s. ga, tumanlararo darajada
esa 40 Gbit/s. ga yetkazildi. Ijobiy natijalar bor, biroq bu yetarli degani emas. Zero,
raqamli iqtisodiyot aql bovar qilmas katta hajmda raqamli maʼlumotlarni toʻplashda
davom etmoqda. 2022-yilda global IP trafik hajmi 150 700 Gbit/s(solishtirish uchun
2017-yil 45 000 Gbit/s) chiqishi kutilayotgani davrdan ortda qolmaslikka chaqiradi.
9
Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Aholining barcha qismida ham raqamli malakaning yetarli emasligi raqamli
iqtisodiyotni rivojlantirish yoʻldagi yana bir toʻsiq boʻlib kelgan. Shuningdek,
raqamli tovar aylanmasi ham past hisoblandi. Bu borada texnologiya olamida
koʻpchilikka maʼlum boʻlgan “Microsoft” korporatsiyasi asoschisi Bill Geytsning bir
fikrini eslash oʻrinli: “Tez orada Yer sharida faqat ikki tur kompaniyalar mavjud
boʻladi. Birinchisi, internet orqali biznes qiluvchi va ikkinchisi, biznesdan chiqqan
kompaniyalar”. Tadbirkorlar mana shu jihatni inobatga olgan holda, dunyoga
mashhur biznes isteʼmolchi uchun, biznes biznes uchun, isteʼmolchi isteʼmolchi
uchun tamoyillari asosida oʻz faoliyatini tashkil etishi maqsadga muvofiq.
Shuningdek, uzoq vaqt davomida byudjet tashkilotlarida texnik xodim hisoblangan
axborot texnologiyalari mutaxassislariga yuqori maosh berilmagani ham raqamli
iqtisodiyotni joriy etishdagi muammo boʻlgan. Sababi malakali dasturchilar bu
lavozimda uzoq qolmagan. Ular xalqaro tashkilotlar, qoʻshma korxonalar, chet ellik
buyurtmachilar uchun ishlashni maʼqul koʻrgan. Endilikda ularga ustama berish
mexanizmi joriy etilgani ko‘rishimiz mumkin. Yutuqlar bilan birga muammolar
mavjud, qilinadigan ishlar koʻp, Prezident Sh. Mirziyov taʼkidlaganidek, “Albatta,
raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, koʻp mablagʻ va mehnat
resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz. Biroq, qanchalik qiyin boʻlmasin, bu
ishga bugun kirishmasak, qachon kirishamiz?! Ertaga juda kech boʻladi. Shu bois,
raqamli iqtisodiyotga faol oʻtish – kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri
boʻladi”. Oʻzbekistonda barcha tizimlar raqamlashmoqda. Ayniqsa, koronavirus
tufayli joriy etilgan karantin rejimida onlayn tovar va xizmatlarga boʻlgan talab yana-
da ortdi, barcha sohalarda raqamli funksiyalarning safi kengaydi. Bugun uydan
chiqmasdan toʻlovlarni amalga oshirish, hech bir muammosiz masofaviy taʼlim olish,
dunyoning yirik kutubxonalaridan foydalanish va hatto ishlash mumkin. Raqamli
xizmatlar anʼanaviy turga qaraganda qogʻozbozlik, rasmiyatchilikning yoʻqligi,
vaqtni tejash kabi bir qator afzalliklarga ega. Masalan, davlat xizmatlarini raqamli
koʻrinishda olsangiz, sizga belgilangan toʻlovning 10 foizi miqdorida chegirma
taqdim etiladi. Bularning barchasi mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotga faol
oʻtilayotganining belgisi. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning yana bir omili —
kiberxavfsizlikni taʼminlashdir. Karantin sharoitida global tarmoqda koronavirusdan
saqlanish boʻyicha koʻrsatmalar yorligʻi ostida dasturiy tizimlarni ishdan chiqaruvchi
viruslar tarqatish holatlari uchradi. Xorijda dori-darmonni onlayn sotish va yetkazib
berishni vaʼda qilib, oldindan pullarni hisob raqamiga oʻtkazishni soʻrab, sodda
odamlarni aldab ketayotgan moliyaviy firibgarlar soxta onlayn-doʻkonlar, veb-
saytlar, ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlar va elektron pochta manzillaridan
10
Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
foydalanishdi. Bu ham axborot xavfsizligini taʼminlash zaruratini yana bir bor
tasdiqlaydi. Raqamlashuv va kiberxavfsizlik tushunchalari doimo yonma-yon keladi.
Chunki barcha tizim va jarayonlarni raqamlashtirish bilan birga, ularning texnik
jihatdan mukammal va bexato ishlashini, xavfsizligini taʼminlash muhim hisoblanadi.
Yurtimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga qanchalik eʼtibor qaratilayotgan
boʻlsa, kiberxavfsizlikni taʼminlash ham shuncha dolzarblik kasb etmoqda.
Oʻzbekiston kiberxavfsizlik global indeksida oʻzi pozitsiyasini mustahkamlab
bormoqda. 2017-yilda mamlakatimiz bu reytingda 93-oʻrinni egallagan boʻlsa, 2018-
yilda 52-oʻringa koʻtarildi. Kiberxavfsizlik axborot xavfsizligining bir koʻrinishi
boʻlish bilan axborotlarni saralab olishga xizmat qiluvchi yuksak maʼnaviyatdan
oʻzgacharoq tushuncha. U koʻproq texnik jarayonlarga oid boʻlib oddiy
foydalanuvchi uchun pochta, ijtimoiy tarmoqlar, toʻlov tizimlarida ishonchli va
mustahkam parollarni oʻrnatish, oʻz shaxsiy kompyuteri va smarfonini viruslardan
himoyalashni anglatadi. Kengroq maʼnoda esa kiberxavfsizlik tarmoqlar, mobil
ilovalar va qurilmalarning himoyasiga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir. Bu
maʼlumotlar konfidensialligini saqlash, ularning butunligini himoyalash, u yoki bu
sayt, ilova, dasturning toʻlaqonli ishlashini anglatadi. “Kiberxavfsizlik markazi”
DUK tahlillariga koʻra, 2019-yilda internetning milliy segmenti veb-saytlarida 268 ta
kiberxavfsizlik insidenti aniqlangan. Bu raqamli olamdagi huquqbuzarliklar soni
oldingi yilga qaraganda 44 foizga kamaygan deganidir. Shulardan 222 tasi kontentni
ruxsatsiz yuklash, 45 tasi defeys (veb-sayt sahifasi boshqa, masalan, reklama
joylashtirilgan sahifaga almashtirilishini anglatuvchi xakerlik hujumi) va bittasi
yashirin mayning (kriptovalyuta platformasidagi yashirin faoliyat) ulushiga toʻgʻri
keladi. Insidentlarning 69 foizi Oʻzbekistondagi xosting-provayderlarida joylashgan
veb-saytlarda aniqlangan, qolgan 31 foizi xorijiy davlatlardagi xosting
provayderlaridagi saytlarga tegishli. 80 ta holatga nisbatan tekshirish ishlari olib
borilib, aniqlangan zaifliklarni bartaraf etish boʻyicha amaliy tavsiyalar berilgan,
qolgan 188 ta holat veb-sayt egalari tomonidan mustaqil ravishda bartaraf etilgan.
Kibermakonda xavfsizlik bilan bogʻliq muammolarning yuzaga kelishiga kodda
xavfsizlik xatolari mavjud boʻlgan kontentni boshqarish, eskirgan versiyalar bilan
ishlash, kirish parollarining osonligi, xavfsiz boʻlmagan manbalardan yuklab olingan
shablonlar, viruslar bilan zararlangan kompyuterlarda veb-saytlarni boshqarish
kabilar sabab boʻladi. Internetning milliy segmentini monitoring qilish natijasida 130
mingdan ziyod kiberxavfsizlikka tahdidlar aniqlangan. Shundan 106 508 ta holat
botnet tarmoqlari ishtirokchilariga aylangan xostlarga tegishli. 13 882 ta holat spam
elektron pochta yoki parolni buzishi sababli turli xizmatlar tomonidan qora roʻyxatga
11
Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
olingan IP-manzillarni blokirovka qilish bilan bogʻliq. 8 457 ta holat TFTP (Trivial
File Transfer Protocol – fayl uzatishning oddiy shakli) protokoli va tegishli portlardan
foydalanish bilan bogʻliq boʻlib, ular utentifikatsiya mexanizmlari yoʻqligi sababli
begona kontentni yuklab olishga olib kelishi mumkin. 2 114 ta holat RDP (Remote
Desktop Protocol-masofaviy ish stoli protokoli) zaif protokoli ishlatilishi bilan
bogʻliq. 1 042 ta holat dasturiy taʼminot va maʼlumotlar bazasini boshqarish
tizimlarida autentifikatsiya mexanizmiga ega boʻlmagani, shuningdek muddati
tugagan yoki yaroqsiz imzoga ega SSL-sertifikatlar bilan bogʻliq. Bu natijalar
kiberxavfsizlik masalasining dolzarbligini yana bir bor tasdiqlaydi, boisi dasturiy
zaifliklar buzgʻunchiga axborot tizimi yoki veb-sayt, shuningdek, fayl va
maʼlumotlarga masofadan kirish, fuqarolarining shaxsiy maʼlumotlari chiqib
ketishiga sabab boʻlishi mumkin. Kiberxavfsizlik choralari bu kabi holatlarning
oldini oladi. Bugungi kunda O‘zbekiston sharoitida raqamli iqtisodiyotni, shu
jumladan undan xalqaro savdoda foydalanishni rivojlantirishning qonuniyatlari,
tendensiyalari va imkoniyatlarini, xususan, axborot texnologiyalarining tashqi
iqtisodiy faoliyatning turli sohalariga kirib borish darajalarini ilmiy asosda o‘rganish
nihoyatda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Vatanimiz taraqqiyoti va istiqboli,
mamlakatimizda keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati
milliy iqtisodiyotimizga yangi innovatsiyalarni joriy qilishga bevosita bog‘liqdir. Shu
sababli tashqi savdoda raqamli iqtisodiyotni takomillashtirish, uning iqtisodiy,
siyosiy, ijtimoiy va huquqiy asoslarini ilmiy-amaliy jihatdan tadqiq etish muhim
ahamiyat kasb etmoqda. Tadqiqot ishida kuzatish, umumlashtirish, guruhlash,
taqqoslash, induksiya, deduksiya kabi usullar qo‘llanildi. Raqamlashtirish tufayli
yetakchi kompaniyalarning strategiyasi va rivojlanishida kutilayotgan o‘zgarishlar
to‘g‘risida 2017 yil sentabr oyida JIF ekspertlari tomonidan yuqori darajadagi
mansabdor shaxslardan o‘tkazilgan so‘rov ma’lumotlarini o‘rganish muhim xulosalar
qilishga imkon beradi Xalqaro mehnat taqsimotiga, mamlakatlar ega bo‘lgan tabiiy,
nisbiy va raqobatdosh ustunliklarga asoslangan an’anaviy iqtisodiy globallashuv va
uning tamoyillarga muqobil bo‘lgan taqsimlangan ishlab chiqarish konsepsiyasi
bugungi kunda katta qiziqish uyg‘otmoqdi. Bu konsepsiyaning asosiy g‘oyasi ishlab
chiqarishni xaridorga/iste’molchiga yaqinroq joylashtirish, mahsulotni dizayni va
boshqa parametrlarni yaratishda ishlab chiqishda ishtirok etish orqali o‘z manfaatlari
va mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda yangi qiymat yaratish jarayonini yanada
samaraliroq etishdir. Bu ishlab chiqarish jarayoniga sarflangan vaqtini va uning
tannarxini pasaytiradi, mijozning talablariga moslashishni sezilarli darajada oshiradi.
Masalan, butun konstruksiya markazlashtirilmagan 3D printerlar tarmog‘iga va
12
Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
dasturli hisoblash orqali amalga oshiriluvchi ishlab chiqaruvchi kompaniyalar
tizimlariga ulangan AT tizimlariga tayanish mumkin. Ta’minot zanjirlari tobora
ko‘proq elektron aloqa va ma’lumotlarni uzatish bilan almashmoqda. A’naviy
ta’minot tizimi o‘rniga raqamli texnologiyalarga asoslangan real vaqt rejimida o‘zaro
aloqada
bo‘lgan
ko‘plab
ishtirokchilarning
tezkor
va
mobil
tarmoqlari
shakllanmoqda. Biznesning innovatsion modellari va texnologik yutuqlar tovarlar va
xizmatlar savdosida samaradorlikni oshirish va xarajatlarni kamaytirish uchun yangi
imkoniyatlar yaratmoqda. Shu sababli, tobora kuchayib borayotgan raqamlashtirish
jarayoni ichki iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy faoliyatning barcha sohalarida sifatli
siljishlarga olib kelishi mumkin. Raqamli iqtisodiyot sohasidagi konseptual xulosalar,
statistik usullar va o‘lchovlar hali to‘liq ishlab chiqilmagan, ammo ma’lum sohalarda
dastlabki xulosalar chiqarish uchun yetarlicha ma’lumot to‘plangan. Iqtisodiyotni
raqamlashtirish uning o‘sishi va samaradorligini oshirish uchun qo‘shimcha
imkoniyatlar
yaratadi.
“Raqamli” globallashuv istiqbollari rivojlanayotgan
mamlakatlar uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jahon mamlakatlari kabi
O‘zbekistonda ham raqamli iqtisodiyot rivojlanmoqda. Kundalik hayotimizga
axborot texnologiyalarni tadbiq qilinishi ortidan oddiy insonlar uchun ko‘plab
imkoniyatlar yaratilmoqda. Hozirga kunda uydan chiqmasdan ko‘plab oziq-ovqat
mahsulotlari va taomlariga buyurtma berishimiz, ularni uyimizgacha yetkazib
berishlari mumkin. Lekin shuni ta’kidlash kerak-ki, O‘zbekistonda raqamli
iqtisodiyot O‘zbekiston potensialiga nisbatan bir necha barobar sekinroq
rivojlanmoda. Ya’ni imkoniyat bor, kerakli resurslar mavjud lekin rivojlanish ancha
sust. Bunga sabab sifatida raqamli iqtisodiyotni O‘zbekistonda rivojlanishini bir
qancha to‘siqlarini ko‘rsatib o‘tilgan.
• ko‘plab sohalardagi monopoliya;
• internet tezligini pastligi va uni sifatsizligi;
• axborot texnologiyalari orqada qolganligi; sohasida qonununchilikning
zamondan
• fuqarolarda kompyuter savodxonligining o‘ta pastligi;
• qonunchilikning shaffof emasligi;
• axborot texnologiylari bo‘yicha mutaxassislarning yetishmasligi yoki ularni
boshqa mamlakatlarga ketib qolishi;
• axborot madaniyati, axborot gigiyenasi pastligi;
• axborot texnologiyalari xavfsizligi yaxshi emasligi;
• boshqaruv organlarida sohani tushunadigan mutaxassislarning kamligi
yoki(ba’zilarida) ularning umuman yo‘qligi;
13
Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Xulosa.
Xulosa qilib aytganda, so‘nggi yillarda butun dunyo bo‘ylab raqamli
ma’lumotlarga asoslangan biznes modellaridan foydalangan holda ko‘plab raqamli
platformalar paydo bo‘ldi va ular mavjud sanoat tarmoqlari o‘rnini egalladi.
Platformalarning ustunligi shundaki, bozor kapitallashuvi bo‘yicha dunyodagi
yetakchi sakkizta kompaniyaning yettitasi platformaga asoslangan biznes
modellaridan foydalanishadi. Shunga qaramay, YUNKTAD ekspertlarining fikriga
ko‘ra Internet orqali savdo hajmi rivojlanayotgan mamlakatlarda past darajada
qolmoqda. Shuni ham ta’kidlash lozimki, Xitoy va Janubiy Koreya kabi davlatlar
o‘zlarining yirik elektron savdo maydonchalari va zamonaviy ta’minot logistika
tizimiga ega bo‘lib, onlayn ravishda tovarlar va xizmatlarni xarid qiladigan yoki
buyurtma qiladigan Internet foydalanuvchilari hajmi kundan-kunga o‘sib bormoqda.
