61
Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-NAZARIY
JIHATLARI
Muza
ff
arova Shahriniso Abduhamedovna
Navoiy Davlat Konchilik va TexnologiyalarUniversiteti “Iqtisodiyot”
guruh magistranti
Annotatsiya:
Qishloq xo‘jaligining asosiy vazifasi bu-ishlab chiqarishning
barqaroq ishlashini ta’minlash va iqtisodiy samaradorligini oshirib borish asosida
mamlakat aholisining oziq-ovqatga, sanoatning esa xom-ashyoga bo‘lgan ehtiyojini
qondirishdir.
Kalit so‘zlar:
raqamli iqtisodioyt, raqamli texnologiyalar, raqamlashtirish,
raqamli qishloq xo‘jaligi, aqlli qishloq xo‘jaligi, agrosanoat majmuasi, globallashuv,
integratsiya, agroklaster, milliy xo‘jalik, sanoatlashtirish, qo‘shilgan qiymat, oziq-
ovqat xavfsizligi, aholi turmush darajasi.
Qishloq xo‘jaligi-inson xo‘jalik faoliyatining dastlabki turlaridan biri bo‘lib u
eng qadimdan bor bo‘lib kelayotgan tarmoqlardan biri hisoblanadi. Shuni aytib o‘tish
lozimki bugungi kunda yer yuzida qishloq xo‘jaligi yoki bo‘lmasa uning birorta bir
kichik tarmog‘i bilan shug‘ullanmaydigan mamlakatni uchratish ehtimoldan ancha
holi. Mamlakatimiz uchun qishloq xo‘jaligining ahamiyati juda katta, ya’ni bu soha
aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan va shu bilan birgalikda sano‘atni xom-ashyo
resurslari bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Sanoatda ishlatiladigan
xom-ashyo resurslarining 50 foiz(%) dan ko‘prog‘i qishloq xo‘jalik sohasining
mahsulotlaridir. Shu bilan birga qishloq xo‘jaligi sanoat tavorlarining yirik
iste’molchisi sifatida nomoyon bo‘ladi ya’ni bu ikki soha bir -biriga chambarchas
bog‘liqdir. Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan traktorlar, avtomobillar, moshinlar,
asbob-uskunalar, yoqilg‘i-moylash materiallari, mineral o‘g‘itlar, yem va boshqa
mahsulotlar sanoat sohasida qilinadigan xarajatlarning 40 foiz(%)ni tashkil etadi.
Qishloq xo‘jaligida mamlakat milliy daromadining taxminan uchdan bir qismi
yaratiladi. Namuna sifatida O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil yanvar-mart
oylarida mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot (YAIM) ishlab chiqarish hajmi joriy
narxlarda 2 427 016 mlrd so‘mni tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 6, 2
foizga o‘sgan. Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining o‘sishi - 3, 6 foiz. YAIM
o‘sishiga ijobiy hissasi – 0, 4 foiz bo‘lgan. Bundan ko‘rinib turibdiki qishloq xo‘jaligi
mamlakatlar iqtisodiy va eksporti ko‘rsatkichlarining o‘sishiga ham sezilarli darajada
62
Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
hissa qo‘shadi va o‘z navbatida ko‘p sonli aholini ish bilan band qiladi. Rivojlangan
mamlakatlarda bu ko‘rsatkich iqtisodiy faol aholining taxminan yarmini, kamroq
taraqqiy etgan mamlakatlarda esa ko‘pincha 80-90 foizdan ortig‘i qishloq xo‘jaligida
band aholi hisoblanadi. Aholi turmush tarzini doimo yaxshilab borishda tez natija
beradigan yo‘nalish-qishloq xo‘jaligida yuqori daromadli intensiv ishlab chiqarishni
tashkil etish hisoblanadi. V. I. Lenin qishloq xo‘jaligini ahamiyatini belgilar ekan
“Mustahkam qishloq xo‘jalik bazasi bo‘lmasa hech qanday xo‘jalik qurilishi bo‘lishi
mumkin emas” deb ta’kidlaydi. Shu boizdan muhtaram prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyev Miromonovichning 2019-yil 23-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi
qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030yillarga mo‘ljallangan strategiyasini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-son hamda 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidagi PF-60-son farmoni ijroga kirdi
va bu farmon doirasida so‘ngi yillarda mamlakatimizda ushbu sohani rivojlantirishga
alohida e’tibor berilib kelinmoqda. Prezidentimiz farmoni yuzasidan amalga
oshirilayotgan bir qator vazifalar o‘z ichiga qulay agrobiznes muhiti va qo‘shilgan
qiymat zanjirini yaratish, qishloq xo‘jalik sohasida davlat ishtirokini kamaytirish,
investitsiyalarni joriy etish va ko‘paytirish, qishloq xojaligi sohasida davlatlararo
hamda xalqaro standartlarni qabul qilish kabi ustuvor masalalarni qamrab oladi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida bo‘lgani singari qishloq
xo‘jaligi tarmog'ida ham 2017-yildan buyon keng qamrovli islohotlar amalga oshirib
kelinmoqda. Qishloq xo'jaligi tarmog'ida amalga oshirilayotgan islohotlarni quyidagi
asosiy yo'nalishlarga ajratish mumkin:
yer va suv resurslaridan foydalanishni takomillashtirish bo'yicha islohotlar;
qishloq xo'jaligi tarmog‘ida mulkiy va tarkibiy islohotlar, mulkni davlat
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish;
qishloq xo'jaligini moliyalashtirish va kreditlash sohasidagi islohotlar;
qishloq xo'jalik mahsulotlarining narxi shakllanishi va uni erkinlashtirish
bo'yicha islohotlar;
qishloq xo'jaligida soliqqa tortish va to'lash mexanizmini soddalashtirish
bo'yicha islohotlar;
qishloq xo'jaligida raqamli iqtisodiyotni shakllantirish hamda resurs tijamkor
innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo'yicha islohotlar;
qishloq xo'jaligida bozor munosabatlarini takomillashtirish sohasidagi
islohatlar.
63
Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Bundan tashqari hozirgi kunda raqamli iqtisodiyot mamlakatimizning turli
tarmoq va sohalariga jadallik bilan kirib kelmoqda. Qishloq xo‘jaligi sohasi ham
bundan mustasno emas. Ko‘plab rivojlangan mamlakatlar qishloq xojaligi sohasida
ham raqamli iqtisodiyotdan samarali foydalanib, bu sohada katta yutuqlarga
erishishmoqdalar. Ayniqsa, tarmoqni rivojlantirishda, mahsulotlarni yetishtirishdan
tortib, isteʼmolchiga yetkazib berishgacha bo‘lgan jarayonda raqamlashtirishning
o‘rni katta. Yer holati, suv manbasi, ekin turlarini iqlimga qarab joylashtirish,
hosildorlikni oshirish usullari va sarf- xarjlarni bugun raqamlashtirishsiz tasavvur
etish mushkul. Budan ko‘ramizki zamonaviy jamiyat uchun raqamli iqtisodiyot
nisbatan yangi jarayondir.
Yurtimizda qishloq xo‘jaligini raqamlashtirishga doir olib borilayotgan bir qator
islohotlar
quyidagilardan
iborat.
Bular
suv
resurslarini
boshqarishni
avtomatlashtirish, sohada foydalanuvchilarning malakalarni shakllantirish, elektron
tijorat va elektron bozorni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi texnikalarini sinovdan
o‘tkazish, subsidiyalarni ajratish , qishloq xo‘jaligi subyektlari uchun dolzarb
xizmatlar va maʼlumotlarni raqamli texnologiyalar yordamida taqdim etish, bu
borada jarayonlarning sha
ff
ofligini oshirish va inson omilini kamaytirish choralarini
ko‘rish, idoralararo qishloq xo‘jaligiga oid maʼlumotlarning elektron almashinuvini,
elektron platformalarni yo‘lga qo‘yish va shu kabilardir.
Xulosa:
Zamonaviy ishloq xo‘jaligiga kirib borishimiz, hosildorlikni
oshirishimiz,
resurslardan
oqilona
foydalanishimiz,
kasalliklar
va
zararkunandaliklarni oldini olish, yangi ma’lumotlarga asoslangan boshqaruvni
tashkil etish, jahon bozorlariga oson kirib borish, soha ishchilarining bilimini oshirish
uchun innovatsion raqamli texnologilar va platformalarni keng joriy qilishimiz
ertangi kunimiz uchun yana bir katta qadamdir. Ochiq ma’lumotlar taqdim etilishi
orqali foydalanuvchilar elektron platformaning afzalliklari va qulayliklaridan o‘zlari,
hech kimning yordamisiz foydalanishlari mumkin. O‘zgarib boruvchi bozor talablari
va ayni kundagi mahsulot yetishtirish bilan bog‘liq barcha yangiliklar ayni
platformalardan
o‘rin oladi. Qishloq xo'jaligini raqamlashtirish sohada
samaradorlikni oshirish va sha
ff
oflikni ta'minlashga yo'l ochadi.
Foydlanilgan adabiyotlar:
1.
S. S. G‘ulomov “Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning iqtisodiy tahlili,
muammo va yechimlari”// “Glaballashuv va iqlim o‘zgarishi sharoitida oziq-ovqat
xavfsizligini ta’minlash: muammo va yechimlar” Respublika ilmiy-amaliy anjumani.
2024. 245-B.
64
Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
2.
R. X. Ergashev(2011) Qarshi Muhandislik-Iqtisodiyot Instituti. Qishloq
xo‘jaligi iqtisodiyoti.
3.
I. Salmov, Z. S. Kazakova, M. Nazarova(2023) Samarqand Davlat
Veterinariya va Meditsinasi, Chorvachilik va Biotexnologiyalar Universiteti. Qishloq
xo‘jaligi iqtisodiyoti.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi
qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-son Farmoni. 23. 10. 2019y.
5.
6.
