Авторы

  • Ирода Абдуллаева
    Termiz davlat pedagogika instututi
  • Рухсора Сунатова
    Termiz davlat pedagogika instututi
  • Нозикой Махматкулова
    Termiz davlat pedagogika instututi

Биографии авторов

  • Ирода Абдуллаева , Termiz davlat pedagogika instututi
    pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti tarix ta’limi yo‘nalishi 3-bosqich talabasi
  • Рухсора Сунатова , Termiz davlat pedagogika instututi
    pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti tarix ta’limi yo‘nalishi 3-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.102829

Ключевые слова:

Iskandar ko‘prik Aleksandr Makedonskiy Iskandar Zulqarnayn Abdullaxon II ko‘prik arxitekturasi Makedon qishlog‘i. Ya’juj va ma’jujlar Kahf surasi.

Аннотация

Ushbu maqolada Iskandar ko‘prigining tarixiy ahamiyati, uning qurilish davri va strategik joylashuvi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Ko‘prik Aleksandr Makedonskiy (Iskandar Zulqarnayn) nomi bilan bog‘liq bo‘lib, u tarixiy manbalarda qadimgi savdo yo‘llari va harbiy harakatlar uchun muhim ob’ekt sifatida tilga olinadi. Shuningdek, tarixdagi mashhur sarkardalar - Iskandar Zulqarnayn va Aleksandr Makedonskiylarning shaxsi haqida ham fikrlar yuritiladi. Maqolada ko‘prikning me’moriy xususiyatlari, arxeologik tadqiqotlar natijalari va uning mahalliy aholi hayotida tutgan o‘rni yoritilgan. Shuningdek, uni asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazish bo‘yicha tavsiyalar ham berilgan.


background image

77

Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ISKANDAR KO‘PRIGI VA TARIXIY SHAXSIYATLAR: ALEKSANDR

MAKEDONSKIY HAMDA ISKANDAR ZULQARNAYN OBRAZLARI

TAHLILI

Abdullayeva Iroda

Sunatova Ruxsora

Termiz davlat pedagogika instututi pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti tarix

ta’limi yo‘nalishi 3-bosqich talabalari

Ilmiy rahbar:

Maxmatkulova Nozikoy Choriyevna


Annotatsiya:

Ushbu maqolada Iskandar ko‘prigining tarixiy ahamiyati, uning

qurilish davri va strategik joylashuvi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Ko‘prik
Aleksandr Makedonskiy (Iskandar Zulqarnayn) nomi bilan bog‘liq bo‘lib, u tarixiy
manbalarda qadimgi savdo yo‘llari va harbiy harakatlar uchun muhim ob’ekt sifatida
tilga olinadi. Shuningdek, tarixdagi mashhur sarkardalar - Iskandar Zulqarnayn va
Aleksandr Makedonskiylarning shaxsi haqida ham fikrlar yuritiladi. Maqolada
ko‘prikning me’moriy xususiyatlari, arxeologik tadqiqotlar natijalari va uning
mahalliy aholi hayotida tutgan o‘rni yoritilgan. Shuningdek, uni asrab-avaylash va
kelajak avlodga yetkazish bo‘yicha tavsiyalar ham berilgan.

Kalit so‘zlar:

Iskandar ko‘prik, Aleksandr Makedonskiy, Iskandar Zulqarnayn,

Abdullaxon II, ko‘prik arxitekturasi, Makedon qishlog‘i. Ya’juj va ma’jujlar, Kahf
surasi.

В статье представлена информация об историческом значении

Александровского моста, периоде его строительства и стратегическом
расположении. Мост связан с именем Александра Македонского (Искандера
Великого) и упоминается в исторических источниках как важный объект для
древних торговых путей и военных операций. В статье описываются
архитектурные особенности моста, результаты археологических исследований
и его роль в жизни местного населения. Даны также рекомендации по его
сохранению и передаче будущим поколениям.

Ключевые слова:

мост Александра Македонского, Александр

Македонский, Александр Македонский, Абдалла II, архитектура моста,
македонская деревня. Гог и Магог, сура Аль-Кахф.

This article provides information about the historical significance of the

Alexander Bridge, its construction period, and strategic location. The bridge is
associated with the name of Alexander the Great (Iskander the Great), and is


background image

78

Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

mentioned in historical sources as an important object for ancient trade routes and
military operations. The article discusses the architectural features of the bridge, the
results of archaeological research, and its role in the life of the local population. It
also provides recommendations for its preservation and passing on to future
generations.

Keywords:

Alexander the Great, Alexander the Great, Alexander the Great,

Abdullah Khan II, bridge architecture, Macedonian village. Gog and Magog, Surah
Al-Kahf.


Kirish

Mustaqillik yillarida xalqimizning qadimiy tarixi va boy madaniyatini tiklash,

buyuk allomalarimiz, aziz-avliyolarimizning ilmiy, diniy va ma’naviy merosini har
tomonlama chuqur o‘rganish va targ‘ib etish, muqaddas qadamjolarini obod qilish,
yosh avlodni ularning ezgu an’analari ruhida tarbiyalash bo‘yicha ulkan ishlar amalga
oshirildi va izchil davom ettirilmoqda.

Tarixiy inshootlar insoniyatning o‘tmishi, madaniyati va me’moriy salohiyatini

o‘zida aks ettiradi. Ana shunday inshootlardan biri — Iskandar ko‘prigi ham qadimiy
davrlar merosini o‘zida mujassam etgan muhim tarixiy obidadir. Bu ko‘prik nafaqat
transport vositalari uchun muhim yo‘lak bo‘lib xizmat qilgan, balki o‘z zamonasining
muhandislik yutug‘i, savdo yo‘llarining strategik nuqtasi va madaniy almashinuv
markazi sifatida ham alohida o‘rin egallaydi. Aleksandr Makedonskiy nomi bilan
bog‘liq bo‘lgan bu inshootning tarixi bilan tanishish orqali biz nafaqat qadimgi dunyo
me’morchiligini, balki tarixiy shaxslarning ta’siri va davr muhitini ham chuqurroq
anglab olishimiz mumkin.

O‘zbekiston tarixida muhokamalarga sabab bo‘lgan, o‘ziga xos sirli va qadimiy

me’moriy inshootlardan biri — Iskandar ko‘prigi hisoblanadi. Bu ko‘prik nafaqat
muhandislik va me’morchilik san’atining noyob namunasi, balki u bilan bog‘liq
bo‘lgan afsonalar, rivoyatlar ham xalq og‘zaki ijodining boy xazinasidan joy olgan.
Aleksandr Makedonskiy nomi bilan bog‘lanib keladigan ushbu ko‘prik yurtimizning
boy tarixiy merosidan biri sifatida e’tibor qozonmoqda. Mazkur maqolada Iskandar
ko‘prigining tarixi, me’moriy xususiyatlari, u bilan bog‘liq rivoyatlar va uning
bugungi ahamiyati haqida so‘z yuritiladi.

Surxondaryo viloyati “Termiz-Dushanbe” xalqaro magistral yo‘lining “Surxon”

Q. F. Y hududida, Qumqo‘rg‘on tumani chegarasida Iskandar (xalq tilida Makedon)
nomli ko‘prik bor. Ko‘prik yonidagi qishloqqa Makedon nomi berilgan. Ko‘prik
XVI-asrda qurilgan bo‘lsada, mahalliy aholi uni mil. avv IV-asrda yashagan


background image

79

Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Aleksandr Makedonskiy nomi bilan bog‘lashadi. Ba’zilar esa Aleksandr (Iskandar)
Makedoniskiy va Iskandar Zulqarnaynni bir shaxs deb o‘ylaydi. Haqiqatdan bu ikki
nom bir shaxsga nisbatan aytilgan nommi? Ko‘prikka qaysi Iskandarning (Aleksandr
Makedonskiy ismini mahalliy xalq tili kelishmagani uchun Iskandar ismi bilan
atashga odatlangan) aloqasi bor degan savollar tug‘ilishi tabiiy albatta. Bu mavzuga
oid savollar doimo bahsga chorlaydigan mavzu bo‘lib kelgan.

Tarixiy manbalarda yunon sarkardasi Aleksandr Makedonskiy (mil. avv 356-

mil. avv 323) o‘z saltanati sarhadlarini kengaytirish maqsadida Osiyoga yurish
qilganligi haqida aytiladi. Makedonskiy 329-yil Baqtriyani egallaydi. O‘sha vaqtda
Baqtriya hududiga shimoliy Afg‘oniston, janubiy Tojikiston va O‘zbekistonning
janubiy qismi kirgan. Makedoniskiy bu yеrlarda bir qancha tayanch qal’a shaharlar
bunyod ettirgan[1]. Lekin Qumqo‘rg‘on tumanidagi ko‘prikning me’moriy
bezaklariga ahamiyat qaratadigan bo‘lsak millodan avvalgi davrlarga va yunon
me’morchiligiga xos bo‘lgan birorta xususiyat yo‘q ekanligini ko‘ramiz. Ko‘prikka
nazar tashlaganingizda ko‘prik arxitekturasida islomiy ornametnlar atmosferasi
yaqqol sezilib turadi.

Soha mutaxassislari bo‘lgan tarixchilar, arxeologlar, arxitektorlar buni yaxshi

tushunsada, oddiy aholi unchalik yaxshi anglab еtmaydi. Mahalliy xalq orasida
ko‘prik haqida tarqalgan turli xil rivoyatlar esa oddiy xalqni tarixiy haqiqatdan uzoq
tutib kelmoqda. Quyida shunday rivoyatlardan bir qanchasini misol keltirishimiz.

Ko‘prik haqida bir qator rivoyatlar mavjud. Bu rivoyatlar asrlar osha og‘izdan-

o‘izga o‘tib kelmoqda. Qumqurg‘on tumani Makedon qishlog‘ida yashovchi nuroniy
Muso G‘afforov o‘tmishdagi xuddi shu rivoyatlarni bugun qiziquvchilar bilan baham
ko‘rmoqda. Uning aytib bergan rivoyatlarga ko‘ra bu ko‘prikni Aleksandr
Makedonskiy o‘z qo‘shinlari bilan Bandixonsoy ustidan o‘tish uchun qurdirgan va bu
ko‘prikdan foydalanib harbiy yurishlarni davom ettirgan deyiladi. Yana bir rivoyatda
ko‘prikni buza olmagan kuchlar haqida aytiladi. Rivoyatlarga ko‘ra Aleksandrning
dushmanlari bu ko‘prikni buzishga uringan, ammo ko‘prikning mustahkamligi va
“ilohiy qo‘llab-quvvatlanishi” tufayli ular muvaffaqiyatsizlikka uchragan deyiladi.
Ko‘prik va suyultirilgan suv haqida ham afsona mavjud bo‘lib ba’zi mahalliy
afsonalarga ko‘ra, ko‘prik qurilishida ishlatilgan suvoq aralashmasiga o‘sha
hududdan

olingan

“suyultirilgan suv” qo‘shilgan. Bu suvni Aleksandr

Makedonskiyning shaxsan o‘zi maxsus izlab topgani va bu suvning ishlatilishi
ko‘prikni uzoq muddat bardoshli bo‘lishiga sabab bo‘lgani aytiladi. Yana bir boshqa
rivoyatda esa Aleksandr Makedonskiy bu ko‘prikni qurdirib, ancha vaqt davomida
o‘z qo‘shinlari bilan shu еrda yashab qolgan va yunon sarkardalari hamda askarlari


background image

80

Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

mahalliy xalq bilan yaqinlashib, iliq munosabatlar o‘rnatilgach shu yеrlik qizlarga
uylanib, tub aholi bilan qarindosh-urug‘ bo‘lib yashay boshlagan. Hozirgi kunda
mahalliy aholi orasida ko‘zlari ko‘k, sochlari jingalaksifat odamlarni ana shu
yunonlarning avlodlari deb aytadilar. Bu rivoyatlar tarixiy haqiqatlardan mutlaqo
yiroq bo‘lib, ko‘proq xalq tasavvuriga asoslangan, ammo ular ko‘prikning
ahamiyatini va xalq orasida qanchalik qadrli va muhim ahamiyatga ega ekanligini
ko‘rsatadi.

Traixiy ma’lumotlarga qaraganda bu ko‘prik Termizni Chag‘aniyon va Hisor

bilan bog‘lovchi qadimgi savdo yo‘lida Bandixonsoy ustida qurilgan. Aslida ko‘prik
Aleksandr Makedonskiy davridan XIX asr o‘tib shayboniylar (1500-1601)
sulolasidan bo‘lmish Abdullaxon II (1533-1598) davrida, 1557-1598-yillar oralig‘ida
qurilgan. XVI-asrda “Buyuk ipak yo‘li” ustida joylashgan ushbu ko‘prik juda muhim
ahamiyatga ega bo‘lgan. G‘iosht ko‘prik, Tosh ko‘prik va Iskandar Zulqarnayn
ko‘prigi kabi nomlar bilan atalgan. Ko‘prikning kengligi 20 metr, balandligi 10 metr,
umumiy uzunligi 70 m, o‘tish qismining eni — 5, 75 m, balandligi — 12, 1 m,
ravoqqanoti — 5, 8 m, pishiq g‘isht (25x25x5; 26x28x4—4, 5; 27x29x5 sm)dan
qurilgan. Ustiki qismi 3 qism -yo‘lovchi, transport va suv o‘tishi uchun novdan
iborat. Ravoqlari qirg‘og‘idagi tirgaklarga tayangan. Ko‘prikning sharq va g‘arb
tomonidagi tirgaklari rekonstruksiyaga qadar buzilgan edi. ko‘prik Termiz bilan
Chag‘aniyonni (Denov) va Hisorning karvon yo‘llarini hamda Hindistonni o‘z
vaqtida bog‘lab turuvchi muhim inshoot bo‘lgan [2].

Ko‘prik dastlab 1880-yilda A. F. Kostenko tomonidan qayd etiladi. U

o‘rganishlari so‘ngida bu inshoot qadimda akveduk bo‘lgan degan xulosaga kelgan.
Ma’lumki akveduklar jar va tepaliklar ustidan olib o‘tiladigan osma ko‘priklardir.
1937-yilda ko‘prikni tekshirgan Termiz arxeologiya kompleks ekspeditsiyasi xodimi
D. D. Bukinich bu inshootni suv o‘tqazgich ko‘prik ekanligini yozib qoldirgan.
Uning yozishicha, bahorgi sel oqimi tufayli karvon yo‘lida harakat to‘xtab qolmasligi
uchun ana shunday ko‘priklar qurilgan. Akademik E. V. Rtveladze va Z. A.
Arshavskayalar 1974-1977-yillarda uyushtirgan oxirgi ilmiy tadqiqot natijasida
qadimda bu ko‘prik uchta vazifani: ko‘prik ustida transport o‘tadigan yo‘l, uning ikki
yonboshida yo‘lovchilar o‘tadigan yo‘lakcha va suv o‘tish uchun nov vazifasini
bajarganini aniqladi [3].

Abdullaxon II bu ko‘prikni o‘z otasi Iskandarxon (1512-1583) sharafiga

“Iskandar ko‘prigi” deb atagan. Xalqimiz orasida azaldan g‘arbdan kirib kelgan ba’zi
so‘zlarni o‘zlariga moslashtirib olish odati mavjud. Masalan XIX-asrda yurtimizga
bostirib kirgan podshoh hukumatini xalqimiz “Сhor imperiyasi” deb atagan. Aslida


background image

81

Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

esa “Chor” emas “Цар” ya’ni “Царская Империя” deb atalishi lozim bo‘lgan. Xuddi
shu tariqa Aleksandr ismini ham xalqimiz Iskandar deya o‘zlariga moslashtirib,
sharqona, aytilishi qulay so‘z bilan aytishga odatlanganlar. Xulosa qilib aytsak
Iskandar bu sharqqa xos bo‘lgan ism, Aleksandr esa g‘arbga xos bo‘lgan ismdir.
Mahalliy aholi orasida g‘arbdan kelgan Aleksandr Makedonskiy shuhrati ovoza
bo‘lgach, bu ko‘prikdan g‘arblik buyuk sarkarda o‘tgan bo‘lishi mumkin, harbiy
maqsadlarda foydalanish uchun qurdirgan bo‘lishi mumkin degan farazlar bilan
ko‘prikni “Makedon ko‘prigi” nomi bilan atab kelingan. Mahalliy aholining
ko‘pchilik qismi shuning uchun bu ko‘prikni Iskandar ko‘prik nomi bilan ham tilga
oladi. Aslini olganda mahalliy xalqqa Iskandar Zulqarnayn nomi Aleksandr
Makedonskiy nomidan keyin ma’lum bo‘gan. Chunki, arablar istilosi (VII-VIII
asrlar) yunonlar istilosidan (miloddan avvalgi IV asr) ancha keyin bo‘lib o‘tgan.

Xalqimiz orasida yana bir chalkashlik borki ko‘pchilik Iskandar (Aleksandr)

Makedonskiy va Iskandar Zulqarnaynni bir shaxs deb talqin qilingan. Shu o‘rinda bu
ikki Iskandar shaxsiyatiga to‘xtalib o‘tish joiz. Aslini olib qaraganda ikki Iskandar
ham tarixiy shaxs hisoblanadi, lekin ikkisi boshqa-boshqa davrlarda yashagan.
Iskandar (Aleksandr) Makedonskiy Iso payg‘ambar tug‘ilishlariga yaqin davrlarda
yashagan. Ya’ni, miloddan avvalgi IV-asrda. Iskandar Zulqarnayn esa Ibrohim
alayhissalom davrida yashagan.

Iskandar Zulqarnayn haqida Qur’oni Karimning “Kahf” surasi 83-98-oyatlarida

shunday deyiladi: “ ( Ey Muhammad) Sizdan Zulqarnayn haqida so‘raydilar. Ayting:
“ Men sizlarga u haqdagi xabarni hozir o‘qib berurman”. Darhaqiqat, Biz un
(Zulqarnayn) ga bu еr yuzida martaba berdik va ( istagan) barcha narsasiga yo‘l
(imkoniyat) ato etdik. Bas, u (avval G‘arbga qarab) yo‘l oldi. (Ketayotib) Quyosh
botadigan joyga еtgach, uning (quyoshning) bir loyqa ( yoki qaynoq) buloq(orti)ga
botayotganini ko‘rdi va (buloq) oldida bir qavmni uchratdi. Biz: “Ey Zulqarnayn! Yo
(ularni) azobga duchor qilursan yoki ularga yaxshi muomilada bo‘lursan”, -dedik. U
aytdi:“ Zulm qilgan kimsani, albatta, azoblagaymiz. So‘ngra Parvardigoriga
qaytarilgach, U zot uni yanada xunuk azob bilan azoblagay. Endi iymon keltirib ezgu
ish qilgan kishiga kelsak, uning uchun go‘zal mukofot ( jannat) bo‘lur. Biz ham unga
ishimizdan osonlarini buyururmiz”. So‘ngra, u (sharqqa qarab) yo‘l oldi. (Ketayotib)
quyosh chiqadigan joyga еtib borgach, uning(quyoshning) bir qavm uzra
chiqayotganini ko‘rdi. Biz ular uchun undan (quyoshdan to‘suvchi) biron parda
qilmagan edik. (Uning ishi) shunaqa. Albatta, Biz uning huzuridagi ilmlarni ihota
qilib olganmiz. So‘ngra, u yana yo‘l oldi. (Ketayotib) ikki tog‘ o‘rtasiga еtib kelgach,
u (tog‘lar ortida) biron gapni sira anglay olmaydigan qavmni uchratdi.


background image

82

Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Ular: “Ey Zulqarnayn! Albatta, (shu tog‘lar ortidagi) Ya’juj va Ma’juj

(qabilalari)Yer yuzida buzg‘unchilik qilguvchilardir. Bizlar senga bir (miqdor) haq
to‘lasak, biz bilan ularning o‘rtasiga bir to‘g‘on qurib berurmisan?” -dedilar.
(Zulqarnayn) aytdi: “ Rabbim menga ato etgan narsalari sizlar beradigan narsadan
yaxshiroqdir. Bas, sizlar menga kuch-quvvat bilan yordam beringiz, toki men sizlar
bilan ularning ( Ya’juj va ma’jujning) o‘rtangizga bir to‘siq (to‘g‘on) bino qilay.
Sizlar menga temir parchalarini keltiringiz, to (parchalari) ikkala tog‘ yonbag‘irlari
bilan barobar bo‘lgach, (olovga) dam uringiz!”-dedi. Bas, qachon u ( temir-
tersaklarni) olovga aylantirgach (eritgach) , dedi: “ Menga eritilgan mis ham
keltiringiz, toki uning( temir parchalarining) ustidan quyay! Ana, endi ular (Ya’juj va
Ma’jujlar) uning ( to‘siqning) ustiga chiqishga ham, uni teshib o‘tishga ham qodir
bo‘lmay qolishdi. “Bu Rabbim (tomoni)dan bo‘lmish bir marhamatdir. Endi,
qachonki, Rabbimning (Ya’juj va Ma’juj chiqadi, deb) va’da qilgan vaqt kelganida (
Qiyomat oldidan), O‘zi u (to‘siq) ni tep-tekis qilib qo‘yar. Rabbimning va’dasi
haqdir”, -dedi.

Bu oyatlarning tafsiri haqida Shayx Usmonxon Alimov muftiy hazratlari

o‘zlarining “Tafsiri Irfon” kitoblarida: “Alloh taolo Zulqarnaynga еr yuzida saltanat,
mol-dunyo, qo‘shinlar va boshqa katta imkoniyatlarni bergan edi. U mag‘rib (kun
botar tomon) va mashriq ( kun chiqar tomon) orasida kezgani uchun unga Zulqarnayn
( ikki shoxli) deb laqab berilgan. Shuningdek, Alloh taolo unga hukm yuritish, imorat
qurish va obodonchilik, davlatni mustahkam tutish kabi ishlarning sababini ham
o‘rgatgan edi” deb yozadilar.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari ham Aleksandr

Makedonskiy Iskandar Zulqarnayn emasligiga o‘zlarining “Zikr ahlidan so‘rang”
kitoblarida shunday javob beradilar: “Misol uchun, ba’zilar: “Qissadagi
Zulqarnayndan murod makedoniyalik Iskandar” deyilgan. Bu gap umuman noto‘g‘ri,
chuki u mushrik odam bo‘lgan, butlarga, yulduzlarga sig‘ingan. Makedoniyalik
Iskandrning nomi Aleksandr Makedonskiy bo‘lib, taxminan miloddan 330 yil oldin
o‘tgan va Arastuning shogirdi bo‘lgan. Dunyoning ko‘p еrlarini ishg‘ol qilgan,
Forsda urush olib borgan. Podshoh Doroni еngib uning qiziga uylangan va hokazo.
Imom Shavkoniy ushbu ma’lumotlarga xulosa yasab, Aleksandr Makedonskiy
Qur’oni Karimdagi Zulqarnayn degan gapga raddiya beradi: “ Bu juda ham mushkul!
Chunki u kofir bo‘lgan. Arastuning shogirdi bo‘lgan, ko‘rinib turibdiki, Zulqarnayn
solih banda bo‘lgan. Alloh unga keng mulkni bergan va bunga Qur’on ishora qilgan”.
Zulqarnayn mag‘rib va mashriqning chekka joylarigacha borgan, Yajuj va Ma’juj
qavmiga yo‘liqib, ularni to‘g‘on bilan to‘sib qo‘ygan. Aleksandr Makedonskiyni


background image

83

Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

mazkur narsalarning birortasiga muyassar bo‘lgani tarixda ma’lum emas.
“Zulqarnaynning Aleksandr Makedonskiy bilan chalkashtirilishiga asosiy sabab,
arablarning Aleksandrni arabchalashtirib Iskandar deb atashganlari bo‘lgan” deydilar
ba’zi mutaxasisilar [4].

Bu chalkashliklar oddiy aholi tomoinidan hali hamon chalkash tushunilishiga

sabablardan biri Sovet Ittifoqi davrida, xattoki mustaqillikdan keyingi yillarida chop
etilgan tarix darsliklarida masalan 1995-yilda 5-6 sinflar uchun chop etilgan Jahon
tarixi darsligida “50-Iskandar saltanati” mavzusi ostida Aleksandr Makedonskiy
Iskandar ismi bilan keladi[5]. 1999-yilda chop etilgan 6-sinf O‘zbekiston tarixi
darsligida Makedoniyalik Iskandar ismi keltirilgan[6]. 2001 yilda chop etilgan 6-sinf
Jahon tarixi darsligida ham Aleksandr Makedonskiy Iskandar nomi bilan
kiritilgan[7].

Natijada shu talqinda chop etilgan darsliklarni o‘qib katta bo‘lgan avlod

aksariyat hollarda Iskandar Zulqarnayn va Aleksandr Makedonskiy ismlarini hali
hamon chalkashtiradilar. Bu holat 2001 yildan keying chop etilgan tarix darsliklarida
makedoniyalik Aleksandr ismi bilan keltirilgan holda talqilin qilina boshladi. 2013-
yilda 6-sinf uchun nashrdan chiqqan Tarix darsligida bu anglashilmovchilik
to‘g‘irlangan va aniq qilib makedonilalik Aleksandr deb talqin qilinganini
ko‘ramiz[8]. Vaqtlar o‘tishi bilan to‘g‘ri talqindagi kitoblarning chop etilishi
natijadida oddiy xalq bunday chalkashliklardan holi bo‘ladi va biri еvropalik birisi
arab olamining sarkardalari bo‘lgan bu ikki tarixiy shaxsning bir birlariga umuman
aloqasi yo‘qligi borasida chalkash fikrlardan forig‘ bo‘ladi.

Xulosa qilib aytganda yuqorida keltirilgan ishonchli manbalardagi farqlarga

asoslanib, Qur’oni Karimda qissasi keltirilgan Iskandar Zulqarnayn va makedoniyalik
Iskandar (Aleksandr) Makedonskiy bitta shaxs emas va ikkisining ham Qumqo‘rg‘on
tumanida qurilgan ko‘prikka hech qanday aloqasi yo‘q degan to‘xtamga kelamiz.
Xalqimiz orasida bu tushunmovchilikni oldini olish uchun asosiy ma’suliyat tarixchi
olimlar va din ulamolariga tushadi. Shu sababli ham, tarixiy va diniy manbalarga
asoslangan holda ma’lumotlarni keng xalq ommasiga еtkazish lozim. Masalan
maktabdagi tarix darsliklariga ikki Iskandar hayoti va faoliyati haqida alohida
to‘xtalib ma’lumotlar berilsa o‘quvchilarda dastlabki tushunchalar hosil bo‘ladi va
tushunmovchiliklar kuzatilmaydi deb o‘ylaymiz.

Iskandar ko‘prigi tarixi haqidagi ma’lumotlar keng yoyilmaganligi sababli ham

xalqimiz orasida turli xil rivoyatlarga asoslangan chalkash fikrlar shakllanib qolgan.
Shu sababli ham bu tarxiy yodgorlik haqida maqolalarni ko‘paytirish, teleko‘rsatuvlar
yoki hujjatli film suratga olish, mahalliy va chet ellik sayyohlar tashriflarini


background image

84

Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

tashkillashtirish kabi ishlar amalga oshirilsa ko‘prik tarixi haqida anniq ma’lumotlar
ancha ommalashadi. Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M.
Mirziyoyevning 2017 yil 10-11 fevral kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi
davomida

kengaytirilgan

tarzda

oʻtkazilgan majlis bayonida belgilangan

topshiriqlarida “Iskandar koʻprigi” tarixiy yodgorlik obʼektini tiklash va restavratsiya
qilish ishlariga to‘xtalib o‘tgan edilar. Ushbu topshiriqning ijrosini ta’minlash
maqsadida Surxondaryo viloyati Madaniy meros boshqarmasi tomonidan ushbu
arxitektura yodgorligi Respublika byudjetidan 72 mln 750 ming so‘m mablag‘
ajratilgan holda ta’mirlandi [9]. Xalq tilida “Iskandar ko‘prigi” nomini olgan bu
ko‘prik – bizning tarixiy va me’moriy merosimizdan biri bo‘lib, uning ta’mirlanishi
nafaqat tarixiy qimmatni saqlash, balki turizmni rivojlantirish, mahalliy aholiga
madaniy ruhiyatni bag‘ishlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev takidlaganlaridek

“Tarixiy obidalar nafaqat bizning merosimiz, balki kelgusi avlodlarning milliy
iftixori bo‘lib qolishi kerak. Ularni asrab-avaylash, ilmiy va madaniy jihatdan targ‘ib
qilish barchamizning burchimizdir”. Ikardar ko‘prigining ta’mirlanishi nafaqat bir
arxitektura inshootining hayotiga yangi nafas bag‘ishlash, balki xalqimizning boy
tarixi va madaniy merosiga bo‘lgan ehtiromning yorqin namunasidir. Ta’mirlash
ishlarui natijasida ko‘prikning asl qiyofasi saqlab qolindi. Bunday tarixiy ob’ektlarni
asrab-avaylash kelajak avlod uchun bebaho merosni qoldirishga xizmat qiladi.


Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Fayzulla Boynazarov "Qadimgi dunyo tarixi". Toshkent. "Iqtisod-

Moliya". 2006.

81-82-betlar.
2.

O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. “I” harfi. Toshkent. 2000. B-298.

https://t. me/e_kutubxona/501

.

3.

Sayfullo Tursunov, Qurbon Eshboev, Abdg‘ani To‘xtayev, Abdusalom

Xo‘janazarov. "Qumqurg‘on tarixidan lavhalar". Toshkent. "Yangi Nashr".

2019. 12-bet.

4.

“Искандар Зулқарнайн” - “Александр Македонский” ми?

Руҳиддин

Акбаров, Қарши тумани “ Акбар халифа эшон ибн Мухтор” масжиди
имоми.

14. 01. 2020.

http://old. muslim. uz/index. php/maqolalar/item/18387-

iskandar-zul-arnajn-aleksandr-makedonskij-mi

5.

A. Кабиров, Ф. Коровкин. Жаhон тарихи. Тошкент. “Ўқитувчи”.

1995. Б-280-288.


background image

85

Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

6.

A. Sa’dullayev, V. Kostetskiy, N. Norqulov. 6-sinf O‘zbekiston tarixi.

Toshkent. “O‘qituvchi”. 1999. B-119.

7.

A. Kabirov. Jahon tarixi. Toshkent. “O‘qituvchi” 2001. B-242.

8.

A. S. Sagdullayev, V. A. Kostetskiy. Qadimgi dunyo tarixi. «Yangiyo‘l

Poligraf Servis» Toshkent – 2013. B-123-128.

9.

Surxondaryo viloyati Madaniy meros boshqarmasi ma’lumoti. 14. 05.

2025.

Библиографические ссылки

Fayzulla Boynazarov "Qadimgi dunyo tarixi". Toshkent. "Iqtisod-Moliya". 2006.

-82-betlar.

O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. “I” harfi. Toshkent. 2000. B-298.

https://t. me/e_kutubxona/501.

Sayfullo Tursunov, Qurbon Eshboev, Abdg‘ani To‘xtayev, Abdusalom

Xo‘janazarov. "Qumqurg‘on tarixidan lavhalar". Toshkent. "Yangi Nashr". 2019. 12-bet.

“Искандар Зулқарнайн” - “Александр Македонский” ми? Руҳиддин Акбаров, Қарши тумани “ Акбар халифа эшон ибн Мухтор” масжиди имоми. 14. 01. 2020. http://old. muslim. uz/index. php/maqolalar/item/18387-iskandar-zul-arnajn-aleksandr-makedonskij-mi

A. Кабиров, Ф. Коровкин. Жаhон тарихи. Тошкент. “Ўқитувчи”. 1995. Б-280-288.

A. Sa’dullayev, V. Kostetskiy, N. Norqulov. 6-sinf O‘zbekiston tarixi. Toshkent. “O‘qituvchi”. 1999. B-119.

A. Kabirov. Jahon tarixi. Toshkent. “O‘qituvchi” 2001. B-242.

A. S. Sagdullayev, V. A. Kostetskiy. Qadimgi dunyo tarixi. «Yangiyo‘l Poligraf Servis» Toshkent – 2013. B-123-128.

Surxondaryo viloyati Madaniy meros boshqarmasi ma’lumoti. 14. 05. 2025.