Авторы

  • Зиёмат Зиёмат
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
  • Мансур Жумабоев
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Биографии авторов

  • Зиёмат Зиёмат, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
    talabasi
  • Мансур Жумабоев , Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
    talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.103022

Ключевые слова:

Moliyaviy menejment Aksiyadorlik jamiyatlari moliyasi korporativ moliya boshqaruv tizimi kapital boshqaruvi moliyaviy resurslar moliyaviy qarorlar outsayder model insayder model buxgalteriya balansi strategik boshqaruv.

Аннотация

Maqolada Aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy boshqaruvning mohiyati, vazifalari hamda tarixiy rivojlanish bosqichlari yoritilgan. Shuningdek, moliyani boshqarishga doir zamonaviy yondashuvlar, xorijiy tajriba va ularning o‘zbek amaliyotidagi ahamiyati tahlil qilingan.


background image

171

Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA MOLIYAVIY RESURSLARINI

BOSHQARISH TAMOYILLARI

Masharipov Ziyomat

Jumaboyev Mansur

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi

Annotatsiya:

Maqolada Aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy boshqaruvning

mohiyati, vazifalari hamda tarixiy rivojlanish bosqichlari yoritilgan. Shuningdek,
moliyani boshqarishga doir zamonaviy yondashuvlar, xorijiy tajriba va ularning
o‘zbek amaliyotidagi ahamiyati tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar:

Moliyaviy menejment, Aksiyadorlik jamiyatlari moliyasi,

korporativ moliya, boshqaruv tizimi, kapital boshqaruvi, moliyaviy resurslar,
moliyaviy qarorlar, outsayder model, insayder model, buxgalteriya balansi, strategik
boshqaruv.

Аннотация:

В статье раскрываются сущность, задачи и исторические

этапы развития финансового управления в акционерных обществах. Также
проанализированы современные подходы к управлению финансами,
зарубежный опыт и его значение в практике Узбекистана.

Ключевые слова:

Финансовый менеджмент, финансы акционерных

обществ, корпоративные финансы, система управления, управление капиталом,
финансовые

ресурсы,

финансовые

решения,

аутсайдерская

модель,

инсайдерская модель, бухгалтерский баланс, стратегическое управление.

Abstract.

The article explores the essence, functions, and historical

development stages of financial management in joint-stock companies. It also
analyzes modern approaches to financial management, international experience, and
their relevance and application within the context of Uzbekistan’s practice.

Keywords.

Financial Management, Corporate Finance of Joint-Stock

Companies, Corporate Finance, Management System, Capital Management, Financial
Resources, Financial Decisions, Outsider Model, Insider Model, Balance Sheet,
Strategic Management.


So‘nggi yillarda Aksiyadorlik jamiyatlari moliyasini boshqarish sohasi amaliy

faoliyatning eng jadal rivojlanayotgan va strategik ahamiyat kasb etayotgan
yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Ushbu yo‘nalish Aksiyadorlik jamiyatlari,
buxgalteriya hisobi, moliyaviy boshqaruvning nazariy va amaliy asoslari,


background image

172

Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

shuningdek, huquqiy-me’yoriy tartibotlar va soliq tizimi bo‘yicha chuqur bilim va
tahliliy salohiyatni talab etadi. Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini
oshirish, moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish va investitsion qarorlarni asosli
qabul qilish ushbu sohaning asosiy vazifalari sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Mazkur yo‘nalish, eng avvalo, Aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy resurslari

va ularning manbalarini boshqarish usullarini asoslash va ishlab chiqishni o‘z ichiga
oladi.

Aksiyadorlik jamiyatlari moliyasini boshqarishning shakllanishi va rivojlanishi

zamonaviy iqtisodiy adabiyotida turli ilmiy fanlar doirasida yoritilgan. Umuman
olganda, Aksiyadorlik jamiyatlari moliyasini boshqarish mustaqil ilmiy-amaliy
yo‘nalish sifatida XX asrning 50–60-yillarida moliya nazariyasi, buxgalteriya hisobi
va umumiy boshqaruv nazariyasi chorrahasida shakllangan, deb hisoblanadi.

Bozor islohotlari boshlanishiga qadar Aksiyadorlik jamiyatlarilarni moliyaviy

boshqarishning asosiy jihatlari “Tashkilotlar (Aksiyadorlik jamiyatlarilar) moliyasi”
doirasida ko‘rib chiqilgan. 1990-yillarda oliy o‘quv yurtlari o‘quv rejalari va biznes-
ta’lim dasturlariga “Moliyaviy menejment” kursi joriy etildi. Ushbu kurs
Aksiyadorlik jamiyatlari kapitali, moliyaviy aktivlar va boshqa resurslarni boshqarish
masalalarini keng qamrab olgan holda moliyani boshqarishning xalqaro tajribasini
o‘z ichiga oladi.

Aksiyadorlik jamiyatlarida yangi va talab yuqori bo‘lgan — moliyaviy

menejerlar kasbi shakllandi. Moliyaviy menejerlar — bu buxgalter va moliyachi
funksiyalarini uyg‘unlashtirgan, moliyaviy hujjatlar va vositalar bilan samarali
ishlash ko‘nikmalariga ega, investitsiya jarayonlarini rejalashtirish hamda
moliyalashtirish manbalarini boshqarish qobiliyatiga ega bo‘lgan malakali moliya
sohasi mutaxassisdir.

Kampaniyalarda moliyaviy menejmentni boshqarish bo‘yicha xalqaro tajribada

Y. Brigham, J. Lintner, G. Markovits, M. Miller, F. Modigliani, U. Sharpe kabi
mashhur olimlarning ilmiy tadqiqotlariga ushbu masalalar o‘rganilgan.

Mustaqil hamdo‘stlik mamlakatlarida korxonalarda moliyaviy resurslarni

boshqarish muommolarini amaliy jihatlarni o‘rganishga Jahon moliyaviy fanini
milliy sharoitlarga moslashtirishda sezilarli hissa qo‘shgan rus olimlari orasida E. S.
Stoyanova, V. V. Kovalyov, T. V. Teplova va I. Ya. Lukasevichning ilmiy ishlari
ko‘rib chiqilgan.

Rossiyalik olimlar, Xususan, I. Ya. Lukasevich moliyaviy menejmentga

quyidagicha ta’rif beradi: moliyaviy menejment — bu xo‘jalik yurituvchi


background image

173

Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

subyektning strategik, taktik va joriy maqsadlariga erishishga qaratilgan moliya va
moliyaviy faoliyatni boshqarish tizimidir.

Rossiyalik olim V. V. Kovalyovning ta’rifiga ko‘ra, moliyaviy menejment — bu

korxonaning moliyaviy resurslarni jalb qilish va ulardan foydalanish jarayonida
yuzaga keladigan munosabatlar tizimi deb tariflagan.

Menejment nazariyasi nuqtayi nazaridan moliyaviy menejment — bu ilm-fan va

amaliy san’atning uyg‘unligidir. Ushbu yo‘nalish rahbardan nafaqat moliyaviy
boshqaruv sohasida puxta nazariy bilimlarga ega bo‘lishni, balki Aksiyadorlik
jamiyatlarining pul oqimlarini samarali boshqarish bo‘yicha amaliy tajriba va
rivojlangan strategik fikrlash qobiliyatini ham talab etadi.

Zamonaviy moliyaviy menejer mavjud resurslardan maksimal darajada unumli

foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lish talab etiladi.

So‘nggi yillarda jahon miqyosidagi kompaniyalar integrallashuvi natijasida

milliy hamda global iqtisodiyotda korporatsiyalar rolining kuchayishi natijasida
“Tashkilotlar moliyasi” va “Moliyaviy menejment” fanlarining kesishgan nuqtasida
yangi ilmiy yo‘nalish — “Korporativ moliya” shakllandi.

Demak korporativ moliya — bu kompaniyalarda moliyani boshqarish

jarayonini, moliyaviy resurslarni shakllantirish, taqsimlash va samarali foydalanish
bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar, tamoyillar va usullar tizimini o‘rganuvchi soha
hisoblanadi.

Horijiy tajriba tahlil qilgan holda, M. V. Romanovskiy korporativ moliyaviy

boshqaruvning ikkita asosiy modelini ajratib ko‘rsatadi: outsayder (amerikano-britan)
va insayder (germano-yapon) modellari. Ushbu modellarning farqlari maqsadli
yo‘naltirishlar, moliyalashtirish manbalari va investitsiyalash ob’ektlarida ko‘rinadi.

Outsayder model kapitalning keng tarqalgan taqsimlanishiga qaratilgan: o‘z

kapitali va qarz kapitali egalari ko‘plab aktsiyadorlar va obligatsiya egalari bo‘lib,
ular kompaniyaning pul oqimlariga faol nazorat o‘tkazmaydi. Bunday modelni
amalga oshirish uchun rivojlangan moliya va fond bozorlari institutlari va tegishli
qonunchilik bazasi zarur. Ushbu model, asosan, yirik korporatsiyani boshqarishda
qiymat yondashuvini qo‘llashda samarali, chunki moliyaviy menejerlarning faoliyati
Aksiyadorlik jamiyatlarining bozor qiymatini maksimal darajada oshirishga
qaratilgan.

Insayder model, aksincha, qarz kapitalining yuqori konsentratsiyasi bilan

tavsiflanadi, asosan yirik banklarning namoyon bo‘ladi. Ushbu yondashuvni
qo‘llaydigan kompaniyalar, odatda, foyda olishni maksimal darajaga chiqarishga
intilishadi. Zamonaviy amaliyotda, Rossiyaning yirik kompaniyalari asosan qiymat


background image

174

Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

yondashuviga yo‘naltirilgan, kichik va o‘rta biznes esa ko‘pincha o‘zining moliyaviy
maqsadlarini shakllantirishda rentabellik ko‘rsatkichlariga tayanishni davom
ettirmoqda.

Har qanday boshqaruv tizimida ham, moliyaviy boshqaruv tizimi ham

boshqaruv subyektini va boshqaruv obyektini o‘z ichiga oladi.

Moliyaviy boshqaruv subyekti

— bu boshqaruvchi subtizim bo‘lib,

quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Moliyaviy boshqaruvning tashkilot strukturasini (bo‘limlar, xizmatlar,

xodimlar);

Moliyaviy vositalarni (usullar, modellar, metodikalar);

Ma’lumotlar bazasini (moliyaviy hisobotlar, bozor ma’lumotlari, normativ-

huquqiy hujjatlar va boshqalar);

Boshqaruv texnik vositalarini (dasturiy ta’minot, telekommunikatsiya va

hisoblash texnologiyalari).

Boshqaruvning asosiy subyektlari, odatda, Aksiyadorlik jamiyatlari egasi

hisoblanadi. Tashkilot strukturasining shakli kompaniyaning o‘lchamiga, yuridik
shakliga ko‘ra va faoliyat turiga qarab farqlanishi mumkin. Kichik tashkilotlarda
moliyaviy boshqaruv funksiyalari ko‘pincha buxgalter yoki direktor qo‘lida bo‘lishi
mumkin, katta kompaniyalarda esa maxsus bo‘limlar — moliyaviy bo‘limlar yoki
departamentlar tashkil etiladi.

Moliyaviy boshqaruv obyekti

— bu boshqariladigan subtizim bo‘lib,

quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Moliyaviy munosabatlar (yetkazib beruvchilar, xaridorlar, byudjetlar,

xodimlar, egalikchilar, banklar va sug‘urta kompaniyalari bilan);

Moliyaviy resurslar (asosiy va nomoddiy aktivlar, zaxiralar, debitorlik qarzi,

naqd pul mablag‘lari);

Moliyaviy resurslar manbalari (o‘z kapitali, qarz mablag‘lari, kreditorlik qarzi).

Moliyaviy vositalar

— boshqaruv tizimining yadro elementi bo‘lib, usullar,

modellar va texnologiyalarni o‘z ichiga oladi, ularning batafsil tahlili keyingi
bo‘limlarda ko‘rib chiqiladi.

Ma’lumotlar bazasi

moliyaviy faoliyat bilan bog‘liq barcha ma’lumotlarni o‘z

ichiga oladi — buxgalteriya hisobotlaridan tortib bozor ma’lumotlari va qonunchilik
hujjatlarigacha.

Boshqaruv texnik vositalari

ma’lumotlarni samarali qayta ishlash va

jarayonlarni avtomatlashtirishni ta’minlaydi. Bugungi kunda ko‘plab Aksiyadorlik


background image

175

Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

jamiyatlarilarda 1C, Project Expert, Alt-Finans, Navision kabi dasturiy mahsulotlar
ishlatiladi.

Moliyaviy boshqaruv tizimining samarali ishlashi ishlashi uchun klassik va

neoklassik tamoyillarga asoslanadi.

Boshqaruvning asosiy tamoyillari ilk bora Anri Fayol tomonidan taklif qilingan

va ular moliyaviy menejmentda o‘z aksini topgan:

1-Jadval. Anri Fayolning boshqaruvning asosiy tamoyillari

Boshqaruvning asosiy tamoyillari

1

Iqtisodiy samaradorlik

Moliyaviy boshqaruv rentabelli bo‘lishi

kerak: boshqaruv xarajatlari

kompaniyaning daromadlari bilan

qoplanishi kerak.

2

Strategik maqsadlarga

yo‘naltirilganlik

Moliyaviy qarorlar biznesning uzoq

muddatli maqsadlariga mos bo‘lishi kerak.

3

Boshqaruvning

moslashuvchanligi

Tashqi muhitdagi o‘zgarishlarga tezda

moslashish qobiliyati.

4

Alternativlik

Noaniqlik sharoitida qarorlar qabul

qilishda bir nechta ssenariyalarni hisobga

olish.

5

Moliyaviy

ko‘rsatkichlarni

optimallashtirish

Rentabellik, likvidlik va moliyaviy

barqarorlik o‘rtasida muvozanatni saqlash.


Anri Fayolning boshqaruv nazariyasiga ko‘ra samaradorlikga erishishda

moliyaviy ko‘rsatkichlarni optimallashtirish muhim ahamiyatga ega.

Moliyaviy resurslardan oqilona va samarali foydalanish korxona faoliyatiga

bevosita ta’sir ko‘rsatganligi sababli resurslarning aktivlarga maqsadga muvofiq va
to‘g‘ri joylashtirilishiga bog‘liq bo‘ladi.

Korxona faoliyati davomida aktivlarning qiymati va tarkibi doimiy ravishda

o‘zgarib turishi moliyaviy resurslarni to‘liq va o‘z vaqtida safarbar etish, ulardan
ishlab chiqarish jarayonini mu’tadil tashkil etish va ishlab chiqarish quvvatlarini
kengaytirish maqsadida maqbul foydalanishga bog‘liqdir.


background image

176

Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy resusrlarni samarali boshqarishning asosiy

yo‘nalishlari:

Aksiyadorlik

jamiyatlarida

moliyaviy

resurslarning

ko‘zda

tutilgan

daromadliligi darajasida undan foydalanish bilan bog‘liq moliyaviy riskni
minimallashtirishni ta’minlash va moliyaviy xavf xatarlarni oldini olish.

Aksiyadorlik jamiyatlarining rivojlanish jarayonida uning doimiy moliyaviy

muvozanatini saqlab turish.

Korxona ta’sischilari tomonidan etarli darajadagi moliyaviy nazoratni amalga

oshirish.

Aksiyadorlik jamiyatlarida o‘z vaqtida kapitalni qayta investitsiyalashni

ta’minlash.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030 strategiyasi

to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentabrdagi 158-sonli Farmoni

2. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi O‘zbekiston Respublikasi

qonun hujjatlari to‘plami, 2023-yil, 55-m.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston - 2030

strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
2020-yil 5-oktabrdagi 6079-sonli Farmoni.

4. Управление финансовыми ресурсами предприятия
5.

Хашимова С. Н. ПАНДЕМИЯ ШАРОИТИДА РАҚАМЛИ

ИҚТИСОДИЁТНИ РИВОЖЛАНТИРИШ //Экономика и финансы (Узбекистан).
– 2022. – №. 3 (151). – С. 77-80.

6. Ibragimov, X. , and Abdullayeva Sh. "Pedagogika nazariyasi (darslik). " T. :

Fan va texnologiya 288 (2008).

7. NIGMATULLAEVNA: Economic Security of Ferrous Metallurgy -

Академия

Google

https://scholar.

google.

ru/scholar?oi=bibs&hl=ru&cluster=11307168563919319398#d=gs_cit&t=17462552
64062&u=%2Fscholar%3Fq%3Dinfo%3AZvHfo-Yh65wJ%3Ascholar.

google.

com%2F%26output%3Dcite%26scirp%3D0%26scfhb%3D1%26hl%3Dru

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030 strategiyasi to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentabrdagi 158-sonli Farmoni

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2023-yil, 55-m.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston - 2030 strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 5-oktabrdagi 6079-sonli Farmoni.

Управление финансовыми ресурсами предприятия

Хашимова С. Н. ПАНДЕМИЯ ШАРОИТИДА РАҚАМЛИ ИҚТИСОДИЁТНИ РИВОЖЛАНТИРИШ //Экономика и финансы (Узбекистан). – 2022. – №. 3 (151). – С. 77-80.

Ibragimov, X. , and Abdullayeva Sh. "Pedagogika nazariyasi (darslik). " T. : Fan va texnologiya 288 (2008).

NIGMATULLAEVNA: Economic Security of Ferrous Metallurgy - Академия Google https://scholar. google. ru/scholar?oi=bibs&hl=ru&cluster=11307168563919319398#d=gs_cit&t=1746255264062&u=%2Fscholar%3Fq%3Dinfo%3AZvHfo-Yh65wJ%3Ascholar. google. com%2F%26output%3Dcite%26scirp%3D0%26scfhb%3D1%26hl%3Dru

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)