Авторы

  • Фотимахон Шамсуддинова
    Toshkent shahridagi Puchon universiteti

Биография автора

  • Фотимахон Шамсуддинова , Toshkent shahridagi Puchon universiteti
    1-kurs magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.103280

Ключевые слова:

творческие способности сотрудничество талант природные способности виды творческой деятельности быть креативным семинар обучение мастер-класс день открытых дверей.

Аннотация

maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda oila hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlikning o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Oila va MTTda ijodiy muhit yaratish, tarbiyachilar va ota-onalarning hamkorlikdagi faoliyatlari, samarali shakl va usullari haqida ma’lumotlar berilgan.


background image

233

Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

TARBIYALANUVCHILARNING IJODIY QOBILIYATLARINI

RIVOJLANTIRISHDA OILA VA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI

HAMKORLIGI

Shamsuddinova Fotimaxon Zoxidjon qizi

Toshkent shahridagi Puchon universiteti 1-kurs magistranti


Annotatsiya:

maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy qobiliyatlarini

rivojlantirishda oila hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlikning
o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Oila va MTTda ijodiy muhit yaratish,
tarbiyachilar va ota-onalarning hamkorlikdagi faoliyatlari, samarali shakl va usullari
haqida ma’lumotlar berilgan.

Аннотация:

В статье рассматриваются роль и значение сотрудничества

семьи и дошкольной образовательной организации в развитии творческих
способностей детей дошкольного возраста. Приведены сведения о создании
творческой среды в семье и дошкольном учреждении, совместной деятельности
воспитателей и родителей, эффективных формах и методах.

Ключевые слова:

творческие способности; сотрудничество; талант;

природные способности; виды творческой деятельности; быть креативным;
семинар; обучение; мастер-класс; день открытых дверей.

Kalit so‘zlar:

ijodiy qobiliyat; hamkorlik; iste’dod; tabiiy qobiliyat; ijodiy

faoliyat turlari; erkin ijod qilish; seminar; trening; master klass; ochiq eshiklar kuni.

Abstract:

the article discusses the role and importance of cooperation between

the family and the preschool educational organization in the development of creative
abilities of preschool children. Information is provided on the creation of a creative
environment in the family and preschool educational organization, the joint activities
of educators and parents, effective forms and methods.

Keywords:

creative abilities; cooperation; talent; natural abilities; types of

creative activities; free creativity; seminar; training; master class; open day.


Mamlakatimizda maktabgacha ta’lim sohasidagi islohotlar bolaning har

tomonlama kamol topishiga qaratilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy
qobiliyatlarini erta bosqichda rivojlantirish ularning kelgusida mustaqil fikrlay
oladigan, yangi g‘oyalar yaratadigan shaxs bo‘lib kamol topishida muhim ahamiyat
kasb etadi. Bu jarayonda oila va maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi samarali
hamkorlik hal qiluvchi omillardan biri hisoblanadi.


background image

234

Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Maktabgacha yosh – ijodiy qobiliyatlarning yuzaga chiqishi va rivojlanishi

uchun eng qulay davrdir. Ijodiy qobiliyat tushunchasi – bu bolaning yangi g‘oyalar
yaratish, mavjud muammolarga noan’anaviy yondashish, yangilikka intilish
salohiyatini ifodalaydi.

O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi

Qonunida bolaning qonuniy vakillari, ya’ni ota-onalar:

bolaning jismoniy sog‘lig‘i, ruhiy holati haqida qayg‘urishi, uning tabiiy

qobiliyatlari, ishtiyoqlari va iste’dodlarini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar
yaratishi;

bolaning maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha ta’lim va tarbiya

olishiga ko‘maklashishi yoki uning oilada ta’lim va tarbiya olishini ta’minlashi;

oilada bolaning har tomonlama rivojlanishi, ta’lim va tarbiya olishi uchun zarur

shart-sharoitlarni ta’minlashi shart[1] ligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Oila bolaning birinchi tarbiya o‘chog‘i sifatida uning fe’l-atvori, dunyoqarashi

va qobiliyatlarining shakllanishida beqiyos o‘rin tutadi. Ota-onalar Oila bolaning
birinchi tarbiya o‘chog‘i sifatida uning fe’l-atvori, dunyoqarashi va qobiliyatlarining
shakllanishida beqiyos o‘rin tutadi. Ota-onalar bolaga mustaqil fikr bildirish imkonini
berish, rasm chizish, she’r yozish, musiqa tinglash kabi ijodiy faoliyat turlariga jalb
qilish, unga savol berish va fikrlarini tinglash orqali ijodkorlik muhitini yaratish,
ijodiy faoliyatlar uchun qulay va ilhomlantiruvchi muhit tashkil etish kabi yo‘llar
bilan ijodiy qobiliyatlarni qo‘llab-quvvatlashlari mumkin.

Ijod qilish istagi – bu bolaning ichki ehtiyoji, u unda mustaqil ravishda paydo

bo‘ladi va nihoyatda samimiyligi bilan ajralib turadi. Chizish dunyoni anglash va
estetik tarbiyaga oid bilimlarni rivojlantirishning eng muhim vositalaridan biridir,
chunki u bolaning mustaqil amaliy va ijodiy faoliyati bilan bog‘liq[4, 93].

Maktabgacha

ta’lim

tashkilotlarida

tarbiyalanuvchilarda

ijodkorlikni

rivojlantirish maqsadida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:

bolalarga erkin ijod qilish imkoniyatini yaratish (rasm, qo‘l mehnati,

teatrlashtirilgan o‘yinlar orqali);

ijodiy faoliyatlarga bag‘ishlangan mashg‘ulotlar o‘tkazish;
bolalarning qiziqishlari va qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirish;
rivojlanish markazlari (san’at markazi)da ijodiy faoliyat uchun qulay muhit va

shart-sharoitlarni yaratish;

tarbiyachilarning innovasion usullardan foydalanishi.
“Ilk qadam” davlat o‘quv dasturida MTTning ota-onalar bilan hamkorligi

maktabgacha ta’lim sifatining muhim tarkibiy qismlaridan biri ekanligi ta’kidlanib,


background image

235

Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

bolalar rivojlanishining dolzarb masalalari bo‘yicha ota-onalarning malakalarini
rivojlantirish va takomillashtirish (seminar, ota-onalar klubi, trening, maslahat,
konferentsiya, davra suhbati, pedagogik mehmonxonalar va boshqalar)[3, 13] tavsiya
etiladi.

Oila va maktabgacha ta’lim tashkiloti hamkorligidagi chora-tadbirlar rejasiga

bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha ham quyidagi ishlarni amalga
oshirish kiritilishi zarur:

I-rasm. Maktabgacha ta’lim tashkilotining ota-onalar bilan hamkorlik

shakllari

Ota-onalar va tarbiyachilarning o‘zaro hamkorligi va bir-biri bilan ma’lumot

almashish uchun imkoniyat yaratadigan faoliyatning turli shakllari va usullari
mavjud. MTT bilan ota-onalar o‘rtasida o‘zaro ishonch va o‘zaro tushunishni
shakllantirishning qiziqarli shakli – bu bolalarning ota-onalar va tarbiyachilar bilan
birgalikdagi turli mavzularda ijodiy ko‘rgazma tashkil etishidir. Kuz yarmarkasi –
“Mehrjon”, “Ertakda mehmon bo‘lish”, “Sabzi burun”, “Navro‘z uchun guruhni
bezatamiz”, ota-onalar farzandlari bilan “Yong‘in bo‘lmasin, shunda hech qanday
muammo bo‘lmaydi” mavzusida hunarmandchilik loyihasini bajarish va boshqalar
bolalarning estetik tuyg‘ularini rivojlantirish uchun rag‘bat bo‘la oladi hamda bolalar
va ota-onalarning birgalikdagi faoliyatiga turtki bo‘ladi[2, 32, ].

Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlari ota-onalarga nafaqat pedagogik

jarayonni namoyish etishga, balki ularni bunga jalb qilishga intilmoqda. Ota-onalar
pedagog va bolalarning faoliyatini kuzatib, o‘zlari ham o‘yinlarda, mashg‘ulotlarda
va boshqalarda qatnashishlari mumkin. Ota-onalar va bolalarning hamkorlikdagi
faoliyati tarbiyalanuvchilarda ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish jarayonida kuchli
vositadir. Bir tomondan, bola oilaviy muhitdan farq qiladigan ijtimoiy va ob’yektiv

Ota-onalar

bilan

hamkorlik

umumiy tadbirlar: ko‘rgazma, ijodiy

kechalar, bolalar ijodi mahsuli

namoyishi

“Ota-onalar klubi”

faoliyati orqali

iqtidorli bolalarni

qo‘llab-quvvatlash

ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar va

ochiq mashg‘ulotlar

ota-onalar uchun

seminar, master-klasslar,

ochiq eshiklar kuni


background image

236

Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

muhitda qulay his qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi va asta-sekin individual
xususiyatlariga muvofiq, bolalar va kattalar o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantiradi,
xatti-harakatlarning yangi turlarini o‘rganadi.

Boshqa tomondan, ota-ona maqsadli pedagogik ishning muhimligini tushunadi,

uning mazmuni va metodologiyasini yaxshi anglaydi va uni uyda, amalda qo‘llashi
mumkin bo‘ladi.

Hamkorlikdagi faoliyatda bolalar ota-oanlari bilan quyidagilarni amalga

oshirishlari mumkin:

● harakatli amallar (musiqiy, ritmik, qo‘l barmoqlari bilan);
● predmetli amallar (didaktik o‘yinchoqlar va materiallar bilan);
● manipulyatorli amallar (tabiiy materiallar bilan);
● o‘yinli harakatlar (harakatchan o‘yinlar, syujetli-rolli o‘yinlar, qurish,

konstruktiv o‘yinlar);

● tasviriy-mahsulli harakatlar (chizish, yasash, applikatsiya tayyorlash)[2, 42].
Shuningdek, ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanadigan oila vakillari (kulolchilik,

to‘quvchilik, san’atkor va boshqalar) ishtirokida turli tadbirlar ham uyushtirish
mumkin. Musiqa asboblarini chaladigan, kuylaydigan yoki raqs tushadigan oila
a’zolari guruhga kelishlari va o‘z iqtidorlari bilan tajriba almashishlari mumkin.
Ularni shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotidagi turli xil bayramlar va badiiy
kechalarni, jamoatchilikda va markazda tadbirlarni badiiy bezashni tashkil etishga
taklif etish ham mumkin.

Tarbiyalanuvchilarning

ijodiy

qobiliyatlarini

rivojlantirishda

oila

va

maktabgacha ta’lim tashkiloti hamkorligi natijasida bolada erkin fikrlash, mustaqil
qaror qabul qilish qobiliyati yuzaga keladi, ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik va
jamoada ishlash ko‘nikmalari shakllanadi.

Ota-ona va tarbiyachi o‘rtasida o‘zaro ishonch va maslahatlashish imkoniyatlari

yaratiladi hamda ta’lim sifatining oshishiga zamin yaratiladi.

Demak, maktabgacha ta’lim va tarbiyada ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish – bu

nafaqat ta’lim tashkilotining, balki oilaning ham asosiy vaziflaridan biridir. Ikki
tomonlama samarali hamkorlik bolaning shaxs sifatida shakllanishiga kuchli ta’sir
ko‘rsatadi. Shu bois, tarbiyachilar va ota-onalar o‘rtasida muntazam muloqot, tajriba
almashinuvi va birgalikdagi faoliyat ijodiy faol shaxsni tarbiyalashda hal qiluvchi
omil hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:


background image

237

Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

1.

O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 16 dekabrda tasdiqlangan O‘RQ-

595-son “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni. (Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 17. 12. 2019 y. , 03/19/595/4160-son)

2.

“Oilalar va mahalliy jamoatchilik bilan hamkorlik” metodik qo‘llanmasi.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi Muvofiqlashtirish
kengashining 2020 yil 17 iyuldagi № 1-sonli bayonnomalari bilan tasdiqlangan va
chop etishga tavsiya etilgan.

3.

“Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi / takomillashtirilgan II nashri.

Toshkent, 2022 y.

4.

Turdiyeva M. J. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy qobiliyatlarini

rivojlantirishning innovasion metodlari /Uslubiy qo‘llanma. Buxoro, 2021,
“Durdona” nashriyoti, 107 b.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 16 dekabrda tasdiqlangan O‘RQ-595-son “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni. (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17. 12. 2019 y. , 03/19/595/4160-son)

“Oilalar va mahalliy jamoatchilik bilan hamkorlik” metodik qo‘llanmasi. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi Muvofiqlashtirish kengashining 2020 yil 17 iyuldagi № 1-sonli bayonnomalari bilan tasdiqlangan va chop etishga tavsiya etilgan.

“Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi / takomillashtirilgan II nashri. Toshkent, 2022 y.

Turdiyeva M. J. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning innovasion metodlari /Uslubiy qo‘llanma. Buxoro, 2021, “Durdona” nashriyoti, 107 b.