Авторы

  • Махлиё Акромжонова
    Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti

Биография автора

  • Махлиё Акромжонова , Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti
    Korporativ moliya va qimmatli qog’ozlar kafedrasi I kurs magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.103285

Ключевые слова:

qora oltin embargo qiyomat kuni OPEK neft vasvasasi barrel Hamas Chevrolet caprice.

Аннотация

Ushbu maqolada 1973-yilda Arab-Isroil davlatlari o’rtasida bo’lgan ziddiyatli urush oqibatida “Qiyomat kuni” deb nomlanuvchi buyuk Neft Inqirozi haqida ma’lumotlar berilgan. Urushning kelib chiqish sabablari, uning salbiy oqibatlari hamda bartaraf etish chora-tadbirlari, iqtisodiy malakali olimlar hamda davlat rahbarlari tomonidan berilgan buyruq va takliflar, OPEK davlatlarining birlashishi va maqsadi, ularning tutgan yo’li keng ko’lamda yoritilgan. Embargo ko’lankasiga uchragan davlatlarning iqtisodiga ta’sirlari, neftning iqtisodiyotdagi hamda jamiyatdagi roli, vazifalari haqida foydali adabiyotlar keltirilgan. Bugungi kundagi dolzarb mavzuga aylangan Arab-Isroil o’rtasida bo’layotgan urush 1973-yildagi neft inqirozi kabi davom etishi mumkinmi? – degan savollarning tahlil va natijalarini ko’rishimiz mumkin.


background image

267

Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

1973-YILDAGI “NEFT INQIROZI”

Akromjonova Maxliyo Axror qizi

Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti,

Korporativ moliya va qimmatli qog’ozlar kafedrasi I kurs magistranti

mahliyoakromjonova0509@dmail.com


Annotatsiya:

Ushbu maqolada 1973-yilda Arab-Isroil davlatlari o’rtasida

bo’lgan ziddiyatli urush oqibatida “Qiyomat kuni” deb nomlanuvchi buyuk Neft
Inqirozi haqida ma’lumotlar berilgan. Urushning kelib chiqish sabablari, uning salbiy
oqibatlari hamda bartaraf etish chora-tadbirlari, iqtisodiy malakali olimlar hamda
davlat rahbarlari tomonidan berilgan buyruq va takliflar, OPEK davlatlarining
birlashishi va maqsadi, ularning tutgan yo’li keng ko’lamda yoritilgan. Embargo
ko’lankasiga uchragan davlatlarning iqtisodiga ta’sirlari, neftning iqtisodiyotdagi
hamda jamiyatdagi roli, vazifalari haqida foydali adabiyotlar keltirilgan. Bugungi
kundagi dolzarb mavzuga aylangan Arab-Isroil o’rtasida bo’layotgan urush 1973-
yildagi neft inqirozi kabi davom etishi mumkinmi? – degan savollarning tahlil va
natijalarini ko’rishimiz mumkin.

Kalit so’zlar:

qora oltin, embargo, qiyomat kuni, OPEK, neft vasvasasi, barrel,

Hamas, Chevrolet caprice.

НЕФТЯНОЙ КРИЗИС 1973 ГОДА

Аннотация:

В этой статье представлена информация о великом нефтяном

кризисе, известном как «Судный день» в результате спорной войны между
арабо-израильскими государствами в 1973 году. Широко освещаются причины
войны, ее негативные последствия и меры по ликвидации, приказы и
предложения экономически компетентных ученых и руководителей государств,
объединение и цели стран ОПЕК, их путь. Представлена полезная литература о
влиянии на экономику стран, находящихся под тенью эмбарго, роли и
функциях нефти в экономике и обществе. Может ли арабо-израильская война,
ставшая сегодня горячей темой, продолжаться, как нефтяной кризис 1973 года?
- мы можем увидеть анализ и результаты вопросов.

Ключевые слова:

черное золото, эмбарго, конец света, ОПЕК, нефтяной

соблазн, баррель, ХАМАС, Шевролет каприз.


background image

268

Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

THE OIL CRISIS OF 1973

Annotation:

This article provides information about the Great Oil Crisis, known

as "Doomsday" as a result of the controversial war between the Arab-Israeli states in
1973. The causes of the war, its negative consequences and elimination measures, the
orders and proposals given by economically competent scientists and state leaders,
the unification and purpose of the OPEC countries, and their path are widely covered.
Useful literature is presented about the effects on the economy of the countries under
the shadow of the embargo, the role and functions of oil in the economy and society.
Can the Arab-Israeli war, which has become a hot topic today, continue like the oil
crisis of 1973? - we can see the analysis and results of the questions.

Key words:

black gold, embargo, doomsday, OPEC, oil temptation, barrel,

Hamas, Chevrolet caprice.

KIRISH

Neft yoki hom neft bu qazib olinadigan suyuqlikdir. Qadimdan neft insonlarga

ma’lum bo’lib, foydali maqsadlarda ishlatilgan. O’tmishda undan asosan qurilishda
hamda marhumlarni balzamlashtirishda foydalanilgan. Birinchi neft qudug’ini
Xitoyliklar eramizning 4-asrida yaratishgan. XIX asrga kelib neft jadal rivojlanishni
boshlagan. Neftga bo’lgan talabning yuqoriligi kitlarning hayotini saqlab qolishga
muvaffaq bo’lgan. Qanday qilib deysizmi? U davrda “kit moyi” bebaho mahsulot edi.
Undan sham, dori-darmon, kosmetika mahsulotlari va eng muhimi barcha yorituvchi
lampalar shu moyda yoqilar edi. Baxtiga ko’ra XIX asrning 50-yillarida neftni qayta
ishlash natijasida arzon va qo’llanilishda xavfsiz bo’lgan kerosinni ishlab chiqarishdi.
Aynan kerosin sabab kit moyidan foydalanish to’xtatildi va kitlar populyatsiyasi
saqlab qolindi. Iqtisodiyotda u “Qora oltin” nomini oldi. Ammo boshqa tarafdan
qaraydigan bo’lsak, neftni to’kilishi bu katta ekologik falokat va hayvonot olamiga
tajovvuzdir. Qora oltinning bir tomchisi 25 litr suvni ifloslantiradi. Qushlar patlariga
yoki sut emizuvchilarning terisiga tegsa u plyonka hosil qilib, pat va yung o’rtasidagi
havoni ushlab turolmaydi va hayvonlarning nobud bo’lishiga olib keladi. Okean
yuziga to’kilgan neft ham plyonka hosil qilib, havo o’tkazmaydi va tirik jonzotlar
uchun vaakum hosil qiladi.

ADABIYOTLAR SHARHI

Sanoat inqilobi davrida (1846) Yevropa va Amerikada neftga bo’lgan ehtiyoj

oshib boradi. Avvaliga Rossiya Imperiyasida keyinchalik Yevropa va Shimoliy
amerikada zamonaviy neft quduqlari paydo bo’ladi. AQSHda bu “neft vasvasasiga”


background image

269

Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

olib keladi. Mamlakat 1879-yilga kelib neft ishlab chiqarish bo’yich eng yirik
davlatga aylanadi. XX asrda avtomobillarning paydo bo’lishi, 1-jahon urushi davrida
aviatsiya sohasining rivojlanishi natijasida neftga bo’lgan ehtiyoj keskin o’sadi.
Jahon bo’ylab neft konlarining soni ko’payaveradi. 1926- yilga kelib Venesuella neft
qazib oluvchi 2-davlatga aylanadi. 2-jahon urushi davridan boshlab, neft konlariga
egalik qilish asosiy masalaga aylanib qoldi. Urush yakunida AQSH Saudiya
Arabistoni bilan kelishuv tuzib, neftini qazib olish evaziga uning xavfsizligiga kafil
bo’ladi. Sovet Ittifoqi Sibirda aniqlangan neft koniga sarmoya kirita boshlaydi. Uning
narxi 1960-

Neft bo’yicha asosiy ta’minotchi davlatlar ya’ni Iroq, Eron, Saudiya Arabistoni,

Quvayt va Venesuela ko’proq daromad olish maqsadida birlashishadi. Ular OPEK
tashkilotini yaratadi. Ya’ni “Neftni eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti”. 1972-yilga
kelib Amerika Qo’shma Shtatlari neft qazib olish bo’yicha maksimal darajaga yetadi.
O’sib borayotgan talabning yuqoriligi qondirish evaziga neftni import qilishga
majbur bo’ladi.

1-jadval

Neft bo’yicha yetakchi ta’minotchi mamlakatlarning neft qazib olish

reytingi.

2

1

Barrel - (ing. bochka ) Neftning xalqaro o’lchov birligi. Xalqaro standartlarda 1

barrel neft = 159 litrni tashkil etadi.

2

https://www.cia.gov/library/publications/the-world-

factbook/rankorder/2241rank.html

TADQIQOT METODOLOGIYASI

1973-yilda bo’lib o’tgan “Neft inqirozi” ni tadqiq qilishda empirik tadqiqot

metodologiyasi, statistik tahlil, taqqoslama tahlil, analiz, sintez kabi tadqiqot
usullaridan foydalanilgan.

TAHLIL VA NATIJALAR

Davlat

Barrel

Saudiya Arabistoni

11,624

Iroq

3,375

Eron

3,371

Quvayt

2,767

Venesuella

2,689


background image

270

Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

1973-yilda Arab-Isroil davlatlari o’rtasida “Qiyomat kuni” deb nomlanuvchi

urushdan so’ng, OPEK tashkiloti ilk bor neftdan siyosiy qurol sifatida foydalanishni
boshlaydi. Isroilning ittifoqlariga nisbatan “Neft Embargo”

1

sini qo’llaydi va neft

narxini ko’tarish maqsadida uning ishlab chiqarilishi pasaytiriladi. Embargoga
uchragan davlatlar Kanada, Yaponiya, Fransiya, Aqsh, Buyuk Britanya iqtisodiyoti
uchun kuchli zarba bo’ladi. Bu- birinchi “Neft Inqirozi” bo’lib, iqtisodiyoti qora
oltinga bog’lanib qolgan mamlakatlarga zarba beradi. 1974-yilga kelin neft narxi
qariyb 300% ga oshib ketadi. Avvaliga 3 Aqsh dollari bo’lgan neft keskin ravishda
12 Aqsh dollariga ko’tariladi. (1-rasm.)

1-rasm. 1966-1978-yillarda neft narxining keskin ravishda oshib borishi

statistikasi.

Aqshda kechayotgan inqiroz oqibatida 1973-yil, 7-noyabrda Aqsh sobiq

prezidenti Richard Nikson energetika masalalari bo’yicha kongressda aholini pulni
tejashga da’vat etadi.

1

Embargo- davlatning muayyan tovarlar, xizmatlar, valyuta yoki boshqa boyliklarni

mamlakatga keltirish yoki boshqa mamlakatga olib ketishni ta’qiqlab qo’yish.

Aviakompaniyalar parvozlar sonini kamaytiradi. Avtomobillarni kamroq va past

tezlikda ishlatish buyuriladi. Ba’zi yoqilg’i quyish shaxobchalari yopiladi va
ularning o’rniga boshqa maqsadlarda ishlatilina boshlandi. Davlatning mashxur
Shevrolet Caprice mashinasi 1973-yilgacha 800 silindrli 400 dyumni tashkil qilar edi.
Inqirozdan so’ng uni kamroq benzin ketadigan, 400 silindrli yapon modellariga

3

3,3 3,7

3,8

5,3

12 12,3

12,8

13,9

14,9

0

2

4

6

8

10

12

14

16

1966 1967 1970 1972 1973 1974 1975 1976 1977 1978

Aq

sh

Doll

ari

da


background image

271

Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

almashtirildi. 1975-yilga kelib neft inqirozining salbiy ta’sirini kamaytirish
maqsadida Aqshning strategik neft zaxirasi ishga tushdi. Ayni shu yili Sovet Ittifoqi
Aqshdan farqli o’laroq neft ishlab chiqarish bo’yicha 1-o’rinni egalab oldi.

Fransiyada esa hukumat qat’iy energiya tejash dasturini joriy qildi. Inspektorlar

ofislar, do’konlar va fabrikalarda kutilmagan reydlar o’tkazdilar va haroratni
o’lchadilar, agar u belgilangan 20˚dan oshsa jarimaga tortildi. Iqtisodiyot
mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan strategiya ishlab chiqildi. Energiya
energiyasini iste’mol qilishni rag’batlantiradigan har qanday reklamalarga ta’qiq joriy
qilindi.

Neft inqirozi Yaponiya uchun ijobiy ta’sirini ko’rsatdi desak mubolag’a

bo’lmaydi. Chunki, hukumat 1971-yilda “Energetikani ko’p talab qiladigan sanoat”
dan “Bilimni ko’p qiladigan sanoat” ga o’tish haqidagi hisobot tayyorlagan edi.
Hisobot ancha tanqidga uchradi, ammo 1973-yildagi inqirozdan so’ng yangi
strategiyani tezda amalga oshirishga majbur qildi. Sanoat vazirligining sobiq
o’rinbosari Naohiro Amaya:

“Biz yer osti boyliklarini intellektual resurslar bilan almashtirishga qaror qildik”

– deb ma’lumot berdi.

2-jadval

Inqirozdan keyingi Neft ishlab chiqaruvchi davlatlarning reyting

ko’rsatkichlari va o’zgarishlari.

Davlat

Ishlab

chiqarish

O’zgarishi

%

da

o’zgarish

Saudiya

Arabistoni

6,268

-2302

-27

Iroq

2,248

-1227

-45

Eron

2,218

-1153

-51

Quvayt

2470

-297

-12

Venesuella

2415

-274

-11

Shuni ta’kidlash joizki, barchamizga ma’lum bo’lgan 2023-yil, 7-oktabr kuni

boshlangan, Isroil (yaxudiylar)- Hamas

1

(musulmonlar) o’rtasidagi nizo juda dolzarb

mavzuga aylanib bormoqda. Xo’sh bugungi kundagi urush-1973-yilda bo’lib o’tkan
neft inqirozi kabi davom etishi mumkinmi? Urush natijasida berilayotgan
ma’lumotlar shuni ko’rsatmoqdaki, global neft tarmog’i izdan chiqib, narxlar oshish
ehtimoli juda katta. Hozirda brend markali neft narxi 85 Aqsh dollaridan, 96 Aqsh
dollariga keskin ko’tarildi. Yana bir jihatni e’tiborga oladigan bo’lsak, 1973-


background image

272

Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

yildagiga nisbatan 2023-yildagi iqtisodiy, intellektual, texnologik jarayonlar ancha
mukammallashgan hamda rivojlanib bormoqda. Neft yetishmovchiligini o’rnini
bosuvchi yangi texnologiyalar ham yo’q emas albatta! Ammo shunday bo’lsa-da shu
kungacha hech bir korxona tabiiy neftni su’niy ishlab chiqara olmagan.

1

Hamas- yagona musulmon davlati barpo etishni maqsad qilgan Falastindagi

maxsus guruh.

Xulosa:

Xulosa qilib aytganda, XX-XXI asr davomida neft insoniyat uchun eng

zaruriy qazilmalardan biri bo’lib kelmoqda. Zamonaviy dunyo iqtisodiyotini neft va
gaz kabi foydali qazilmalarsiz qabul qilish mushkul. Ushbu energiya zaxiralariga
talabning yuqoriligi neft kompaniyalariga ulkan daromadlar keltiradi. Bugungi
kundagi barcha yuruvchi, uchuvchi va suzuvchi transport vositalari neftdan
olinadigan yoqilg’i yordamida harakatga keladi. Biz ishlatayotgan issiqlik manbai,
elektr-energiya, oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa uy-ro’zg’or buyumlarining
barchasi neft va neft mahsulotlaridan foydalanilgan holda yaratiladi. . Shuni ta’kidlab
o’tish joizki, shu kungacham hech bir olim laboratoriya sharoitida noorganik yo’l
bilan biror tomchi ham neft ishlab chiqara olmagan. U haqli ravishda zamonaviy
taraqqiyotimizning eng muhim manbai hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

A.M.Mo’minov, T.P.Eshpo’latov // Neft va gaz ishida falokat va

asoratlar. 2014-257p.

2.

Karen. R, Merril// The Oil Crisises Of 1973-1974: A Brief History With

Documents ( The oil Bedford Series In History And Culture).

3.

Elisabetta Bini, Giuliano Garavini, Feridico Romero// THE OIL

SHOCK.

The 1973 Crisis And Its Economic Legancy.
4.

https://tradingeconomics.com/

5.

Meg Jacobs // Panic At The Pump. The Energy Crisis And The

Transformation Of American Politics In 1970s. 13.03.2017.

6.

https://www.sciencedirect.com/topics/social-sciences/economic-statistic

.

Библиографические ссылки

A.M.Mo’minov, T.P.Eshpo’latov // Neft va gaz ishida falokat va asoratlar. 2014-257p.

Karen. R, Merril// The Oil Crisises Of 1973-1974: A Brief History With Documents ( The oil Bedford Series In History And Culture).

Elisabetta Bini, Giuliano Garavini, Feridico Romero// THE OIL SHOCK.

The 1973 Crisis And Its Economic Legancy.

Meg Jacobs // Panic At The Pump. The Energy Crisis And The Transformation Of American Politics In 1970s. 13.03.2017.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)