150
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
“RUBOIYOT” JANRI O`ZBEK KOMPOZITORI TALQINIDA
(Farrux Akramovning “Ruboiyot” nomli vokal turkumi misolida)
M.A.Jumabaeva
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi “San`atshunoslik (musiqashunoslik)” yo‘nalishi
2-bosqich talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ruboiyot janrini o‘zbek kompozitorlar o‘z
asarlarida qo‘llagani, oʻzbek kompozitorlik maktabining yosh namoyondalaridan biri
bo‘lgan Farrux Akramovning ijodiy yo‘li va unda ruboiyot janrining ahamiyati
haqida so’z yuritiladi. Kompozitorning “Ruboiylar” nomli vokal turkumi mazmun,
umumiy musiqiy tili kompozitsion tuzilishi kabi jihatlarga ahamiyat qaratildi.
Kalit soʻzlar:
ruboyiyot, vokal turkum, romans, garmoniya, lirik, sillabik.
Аннотатция:
В данной статье рассматривается использование жанра
рубайи в произведениях узбекских композиторов, творческий путь одного из
молодых представителей узбекской композиторской школы Фарруха Акрамова
и значение жанра рубайи в его творчестве. Особое внимание уделено
содержанию, музыкальному языку и композиционной структуре вокального
цикла композитора под названием «Рубайи».
Ключевые слова:
рубайят, вокальный цикл, романс гармония лирик
силлабик
Annotation:
This article discusses the use of the rubai genre in the works of
Uzbek composers, the creative path of Farrukh Akramov, one of the young
representatives of the Uzbek composer school, and the significance of the rubai genre
in his work. Special attention is given to the content, musical language, and
compositional structure of the composer’s vocal cycle titled "Rubaiyat."
Key words:
ruboyiyot,vocal cycle, romance, garmony, sillabik
Oʻzbek kompozitorlari ijodida ruboiyot janriga murojaat etish anʼanasi asosan
XX asrning ikkinchi yarmida kuchaygan. Bu davrda oʻzbek bastakorlik maktabi
shakllanib, mumtoz sheʼriyatga asoslangan musiqiy asarlar yaratish rivojlana
boshladi. Ruboiy janrining ohangdorligi va falsafiy mazmuni kompozitorlarni
ilhomlantirib, turli janrlarda – romans, qoʻshiq va kamer-musiqiy asarlarda oʻz aksini
topdi.
Masalan, kompozitor Mutal Burxanov Alisher Navoiy, Umar Xayyom,
ruboiylariga juda qiziqqan va shu ruboiylarga kuylar bastalagan, F.M Yanov-
151
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Yanovskiyning Umar Xayyom ruboiylariga yozgan “Ruboiylar” asari, bundan
tashqari Mustafo Bafoyevning Alisher Navoiy ruboiylariga asoslangan bariton ovozi
va kamer orkestri uchun “Besh ruboiy” asari, A.Ansoriyning to‘qqizta ruboiyisiga
yakkaxon, ud va orkestr uchun “Najotiya” nomli vokal turkumi, Ibn Sino yettida
ruboiysiga “Freski” nomli poema asarlarini yaratgan.
Ruboiyot janriga murojaat qilish o‘zbek musiqasida Sharq mumtoz anʼanalarini
saqlab qolish va yangicha talqinda ifodalashga xizmat qildi
Ko‘pgina kompozitoirlar ruboiyotga murojatida shakl jihatidan turkumli shakl
qonuniyatlariga murojaat qilishadi
Turkumli shaklda bir nechta mustaqil qismlar birlashtiriladi, shaklning
qismlarini xuddi mustaqil pyeasalar kabi ijro etish mumkin. Bunda qismlar orasida
pauzalar, sezuralar, toʻxtalmalar uchraydi. Ba’zi vaqtlarda qismlar ketma-ketligi
toʻxtalmasiz ham boʻladi va qismlari reprizasiz shakllar kabi boshqa takrorlanmaydi.
Turkumli shakllar ichida yagona mazmunni ifodalaydigan romanslar to‘plamidan
tashkil topgan turi mavjud.
Ba`zi kompozitorlar bir nechta romaslarni yagona nomdagi turkumga
birlashtiradilar
40
. Bu holatni biz o‘zbek kompozitorlarida xam uchratishimiz tabiiy.
Musiqada romans – kamer musiqa janri, cholgʻu joʻrligida yakkaxon xonanda
ijrosiga moʻljallangan musiqiy she’riy asar. Unda odatda sevgi, tuyg‘ular va ichki
kechinmalar tasvirlanadi. Romanslar odatda bir ovozli vokal (yakkaxon ovoz) va
musiqa cholg‘u asbobining yoki jo‘rligida ijro etiladi. Bu janr asosan Yevropa
musiqa madaniyatiga xos bo‘lib, rus, ispan, fransuz va boshqa xalqlar musiqasida
alohida rivojlangan.
Hozirgi kunda bu janr yosh kompozitorlar ham ijodini chetlab oʻtmadi. Ayniqsa
bu
romans janrini ruboyiyotlar bilan uygʻunlashtirish
oʻzbek kompozitorlik
maktabining yosh nomoyondalaridan biri Farrux Akramov ijodida kuzatishimiz
mumkin. Uning asarlarida nafaqat milliy an’analarimiz va yangicha talqindagi
shakllarni ham uchratishimiz mumkin. Kompozitor badiiy she’rlarga, ruboyiyotlarga
qiziqqish va asar yozishda ularga murojat qilish o‘zini ustozi kompozitor F.M Yanov-
Yanovskiy asarlaridan ilhomlangan.
Umar Xayyom ruboiylariga tenor va fortepiano uchun yozilgan “Ruboyiyot”
vokal turkumi Farrux Akramovning ko’zga ko’ringan, samarali ijod qilingan yirik
asarlaridan biridir. Turkum o’z ichiga beshta romansni qamrab oladi. Bu romanslar
mazmun jihatidan bir-biriga juda yaqin.
40
Romans – ispan tilidan tarjima qilganimizda
“romanice”
ya’ni
romancha,
roman tiliga oid man’nolarini beradi. Bu
janr dastlab adabiyotda shakllandi, keyinchalik esa musiqaga kirib keldi.
152
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Turkumning birinchi romansi band shaklida, ya’ni to’rtta misradan iborat
ruboiyga kuy yozilgan. Ruboiyning ma’nosiga ahamiyat beradigan bo’lsak, mazmun
jihatidan falsafiy chuqur ma’noga ega, ya’ni unda dunyoda hechkim abadiy emasligi
va insonlarning tengligini mahoratli aks ettirgan.
Keksa yosh hayotga harkimki yetar,
Hammasi izma iz birma bir o‘tar,
Bu dunyo hechkimga qolmas abadiy,
Ketdilar ketamiz kelishar ketar
Kompozitor ham bu ruboiyni kuy bilan bog’lab uni yanada boyitishga harakat
qilgan.
Misralar ijro etilishidan oldin kichik mazmundagi motiv asosida kirish ohanglari
sadolanadi va bu keyinchalik asar davomida takrorlanadi. Ya’ni buni bitta misradan
ikkinchi misraga o’tishda va qism yakunida kuzatamiz.
Misol:
Vokal partiyasi asosan sillabik tamoyilga asoslangan holatda musiqaga
tushurilgan. Tenor ovozida kuyning to‘lqinsimon harakatini uchratamiz. Bu esa lirik
mavzuning kuchli aks ettirilganidan dalolat beradi.
Fortepiano partiyasining fakturasi gamofon-garmonik bo‘lib, kuy garmoniyasi
juda murakkab. Akkordlar vokal partiya bilan uyg’unlashib, polifonik tuzilmani hosil
qilgan. Romansning boshlang‘ich qismida sol major tonalligida boshlanadi, lekin kuy
davomida modulyatsiyalar amalga oshiriladi. Bu romansga harakat va dramatizm
kiritadi. Modulyatsiyalar yordamida dinamik o‘zgarishlar va kayfiyatlar almashuvi
yaqqol seziladi.
Qolgan to‘rtta romanslar mazmuni ham juda bir- biriga yaqin. Hayotdagi
mashaqatli va shodli kunlar haqidagi tushunchani Umar Xayyam o‘z ruboyiylarida
aks ettirgan va uni kompozitor musiqa bilan mohirona bog‘lagan. Romanslar kuy
mazmuni ham ruboiylar mazmuniga o‘xshab bir-biriga o‘xshash, ya’ni lirik
mazmunda, kuy ohangi ham milliylik ruhini beradi. Romanslarning garmoniyasi ham
153
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
juda murakkab bo‘lib, zamonaviy garmoniyaga xos bo‘lgan sekundaakkordlar,
polifunksionallik, poliakkordlar va dissononas akkordlarni qo‘llanilganini ko‘ramiz.
Umaman, olganda, Farrux Akramovning “Ruboiylar” asari bilan romans janrini
ruboyiyotlar bilan uygʻunlashtirish orqali romans janrining yangicha talqini ochib
berdi va yoshlarda miliylik tuyg‘usini uyg‘otishda o‘z hissasini qosha oldi desak
mubolag‘a bo‘lmaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
О.П.Коловский “Анализ вокальных произведений” Лененград., 1988
2.
M.Bafoyev “Ruboiyot va kompozitorlik ijodiyoti” Toshkent., 2008
3.
O.N.Azimova, Sh.E.Ibragimova “Zamonaviy Garmoniya” Toshkent.,
2015 “Musiqa” nashiriyoti
4.
Gulnora Abdikayumova “Zamonaviy Garmoniya” Toshkent., 2015
“Musiqa” nashiriyoti
5.
М.С.Скребкова “Фактура в музыке” Москва., 1985 “Музыка”
