Авторы

  • Jamshidbek Jumanov
    Toshkent davlat yuridik universiteti Magistratura va sirtqi ta’lim fakulteti Davlat boshqaruvi huquqi yo‘nalishi magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.108503

Ключевые слова:

davlat boshqaruvi korrupsiyaviy omillar byurokratiya manfaatlar to‘qnashuvi nazorat mexanizmlari davlat xizmati huquqiy bo‘shliqlar korrupsiyaga qarshi siyosat institutsional islohotlar samaradorlik.

Аннотация

Mazkur tezisda davlat boshqaruvi tizimidagi korrupsiyaviy omillar tahlil qilinadi. Davlat boshqaruvida korrupsiya nafaqat ishonchni pasaytiruvchi, balki samaradorlikni kamaytiruvchi muhim xavf omili hisoblanadi. Ushbu omillar – normativ-huquqiy hujjatlarning noaniqligi, nazorat tizimining sustligi, byurokratiya, mansabdor shaxslarning javobgarligi zaifligi, manfaatlar to‘qnashuvi kabi holatlar orqali yuzaga keladi. Maqolada ushbu omillarning ildizlari, ularning davlat xizmatining turli bosqichlaridagi ta’siri, xalqaro tajribalar va statistik ma’lumotlar asosida yoritiladi. Shuningdek, korrupsiyaviy omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

142

DAVLAT BOSHQARUVI SOHASIDA KORRUPSIYAVIY OMILLAR

Jumanov Jamshidbek

Toshkent davlat yuridik universiteti Magistratura va sirtqi ta’lim fakulteti

Davlat boshqaruvi huquqi yo‘nalishi magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15671755

Annotatsiya:

Mazkur tezisda davlat boshqaruvi tizimidagi korrupsiyaviy omillar tahlil

qilinadi. Davlat boshqaruvida korrupsiya nafaqat ishonchni pasaytiruvchi, balki
samaradorlikni kamaytiruvchi muhim xavf omili hisoblanadi. Ushbu omillar – normativ-
huquqiy hujjatlarning noaniqligi, nazorat tizimining sustligi, byurokratiya, mansabdor
shaxslarning javobgarligi zaifligi, manfaatlar to‘qnashuvi kabi holatlar orqali yuzaga keladi.
Maqolada ushbu omillarning ildizlari, ularning davlat xizmatining turli bosqichlaridagi ta’siri,
xalqaro tajribalar va statistik ma’lumotlar asosida yoritiladi. Shuningdek, korrupsiyaviy
omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.

Kalit so‘zlar:

davlat boshqaruvi, korrupsiyaviy omillar, byurokratiya, manfaatlar

to‘qnashuvi, nazorat mexanizmlari, davlat xizmati, huquqiy bo‘shliqlar, korrupsiyaga qarshi
siyosat, institutsional islohotlar, samaradorlik.

Kirish

. Davlat boshqaruvida korrupsiyaga qarshi kurashishda birinchi galda hal etilishi

lozim bo‘lgan masalalardan biri korrupsiyaviy omillarni aniqlash hamda korrupsiya bo‘yicha
tushunchalarni oydinlashtirib olish hisoblanadi. Tadqiqotlarda hamda adabiyotlarda
korrupsiyaviy omillarni asosan korrupsiyaning paydo bo‘lishi bilan bog‘lashadi. Biroq biz bu
fikrdan yiroqmiz. Korrupsiyaviy omillar nafaqat korrupsiyaning paydo bo‘lishiga, ayni paytda
uning rivojlanishi va mavjudligini saqlab qolishi uchun ham xizmat qiladi.

Korrupsiya murakkab, sohalar va tarmoqlararo supermegaxarakterga bo‘lganligi sababli

uning omillari ham xuddi shunday xarakterga ega hisoblanadi. Ammo shunday bo‘lsada unga
nisbatan polifonik yondashuv kuchli. Bu esa korrupsiya va korrupsiyaviy omillarga nisbatan
substansional yondashuv orbitasidan uzoqlashishga sabab bo‘lmoqda. Shu o‘rinda
korrupsiyaviy omillar va korrupsiyaning bir-biriga nisbati qanday, ulardan qay biri birlamchi
va qay biri ikkilamchi degan masalani ham aniqlashtirib olishimiz maqsadga muvofiq. Agarda
korrupsiyaviy omillar bo‘lmasa korrupsiya ham bo‘lmaydi degan nuqtai nazardan
yondashadigan bo‘lsak unda korrupsiyaviy omillar birlamchi bo‘ladi. Agarda korrupsiyani
qanday tushunish kerakligi nuqtai nazardan yondashadigan bo‘lsak, unda korrupsiya
birlamchi bo‘lib qoladi. Masalan biz korrupsiyani faqat jinoyat, boringki, huquqbuzarlik
sifatida tushunadigan bo‘lsak, unda korrupsiyaning mohiyati ham huquqbuzarliklarga xos
mazmunda bo‘ladi. Xususan O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-fevraldagi
2-MH-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining
korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomda korrupsiya
huquqbuzarlik sifatida tushunilgan hamda shu asosda korrupsiyaviy omil ham huquqbuzarlik
tushunchasiga mos tarzda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etish imkoniyatini
yaratadigan, korrupsiyani yuzaga keltiradigan huquqiy normalar sifatida talqin etilgan

1

.

Asosiy qism.

Tahlillar va o‘rganishlar korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi ko‘p

jihatdan ushbu tushunchaning qanday anglanishi va uning amaliyotda qanchalik o‘z ifodasini

1

Ўзбекистон Республикаси адлия вазирининг 2021 йил 24 февралдаги “Норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар ва улар

лойиҳаларининг коррупцияга қарши экспертизасини ўтказиш тартиби тўғрисидаги низомни тасдиқлаш
ҳақида”ги 2-мҳ-сон буйруғи // https://lex.uz.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

143

topishiga bog‘liqligini ko‘rsatmoqda. Bugungi kunda o‘zbek leksikonida korrupsiya asosan
“pora” sifatida tushuniladi. “Pora” so‘zi forschadan olingan bo‘lib, o‘zbek tilida “mayda pul”,
“chaqa”, “xayr sadaqa” singari ma’nolarni anglatgan holda biror ishni noqonuniy hal qilib
berganlik uchun mansabdor shaxsga beriladigan yoki berilgan narsa (pul) sifatida
tushunilgan.

J.Shirinov ham tanish-bilish yo‘li bilan o‘z yaqinlarini lavozimga tayinlash, davlat

funksiyalarini amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuvi, muayyan masalani hal etishda
qimmat baho sovg‘alar berish va olish, davlat xizmatchisining biznesga noqonuniy
“rahnamolik” qilishi, mansabini suiiste’mol qilgan holda fuqarolarda huquqini talab qilish
istagini yo‘qotish, boshqaruvda hiyla-nayrang (saylovlarni soxtalashtirish, ayrim guruh
manfaati yo‘lida adolatsiz qaror qabul qilish), sudning mustaqilligiga daxl qilish, sun’iy
tanqislikni vujudga keltirish, siyosatchilarning xalqqa “yaxshi kishi bo‘lib ko‘rinishi” uchun o‘z
mavqeidan foydalangan holda qonunga xilof ravishda davlat xizmatlarini ko‘rsatishi kabilar
korrupsiya hisoblanishi, ammo milliy qonunchiligimizda korrupsiyaviy jinoyatlarning toifalari
aniq emasligi, ko‘pincha, pora berish va pora olish va shukabi boshqa jinoyatlarni
korrupsiyaviy jinoyat deb hisoblanayotganligini ta’kidlaydi

2

. “Ijtimoiy fikr” respublika

jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi tomonidan o‘tkazilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish
to‘g‘risida jamoatchilik fikri” mavzusidagi ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, aksariyat
respondentlar korrupsiyani “poraxo‘rlik, pora olish va/yoki pora berish” (47,3%) deb
tushungan bo‘lsa, yana qolgan qismi esa korrupsiyani “o‘z manfaati yo‘lidagi qonunga xilof,
noqonuniy harakatlar” (27,2%) hamda “ijtimoiy xatti-harakatning axloq qoidalariga xilof turi”
(12,2%) deb hisoblashini ma’lum qilgan

3

. Bu shuni anglatadiki, ijtimoiy ongda korrupsiya juda

tor mazmunda asosan pora, ya’ni pora berish va pora olish sifatida tushunilgan. Bu o‘z
navbatida boshqa korrputsiyaviy omillarning e’tibordan chetda qolishiga olib kelgan. Masalan
bugungi kunda qonunchiligimizda korrupsiyaviy huquqbuzarliklar uchun ma’muriy va
intizomiy javobgarlikning rivojlanmaganligi ham buning dalilidir.

Shu bilan birga bugungi kunda qonunchiligimizda “nepotizm” tushunchasining mavjud

emasligi ham korrupsiyaga qarshi kurashishda muhim masalalardan biri bo‘lgan qarindosh-
urug‘chilikning oldini olish mexanizmining to‘la shakllanmay qolishiga olib kelgan. Shu
sababli “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunda “nepotizm - qarindosh
urug‘chilik” tushunchasiga ta’rif berish va qonun hujjatlarida nepotizm - qarindosh
urug‘chilikning oldini olish bo‘yicha maxsus mexanizmlar belgilash lozim.

Korrupsiya qanchalik teran va chuqur anglanar ekan unga qarshi kurashish masalalarini

ham shunchalik samarali belgilash mumkin. Masalan Jinoyat kodeksining 121-moddasida
ayolni jinsiy aloqa qilishga majbur etganlik uchun jinoiy javobgarlik bo‘lib mazkur jinoyat
jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlar turkumiga kiradi. Biroq rivojlangan davlatlarda esa
hokimiyat vakolatlaridan foydalangan holda ayolning jinsiy aloqada bo‘lishini talab qilish
korrupsiyaga oid huquqbuzarlik sextortion, deb baholanadi va Transparency International

2

J. Shirinov. Korrupsiyagaqarshikurashishdaparlamentningroli // https://uacd.uz/index.php/journal/article/view/54/55

3

Коррупция

ҳолати

ва

омиллари

тўғрисида

жамоатчилик

фикри

ўрганилди

(1-қисм)

//

https://anticorruption.uz/uzc/item/2021/04/17/korruptsiya-holati-va-omillari-togrisida-zhamoatchilik-fikri-organildi-1-
maqola.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

144

tashkiloti har yili 8-mart arafasida “jinsiy xizmatlarni talab qilish” (yoki ingl. sextortion)
holatlari bo‘yicha xalqaro hisobotini e’lon qiladi

4

.

AQSHlik tadqiqotchi Brigitte Zimmerman ham o‘z tadqiqotlarida korrupsiyaga qarshi

kurashishda fuqarolarning ishtirokini o‘rganar ekan korrupsiyaga qarshi kurashishda ishtirok
etish istagi fuqarolar tomonidan korrupsiyaning turli shakllarini qanday qabul qilishlari,
ularning ijtimoiy muhitida, madaniy an’analarida qanday baholashlariga bevosita bog‘liqligi
to‘g‘risida muhim ilmiy natijalarni qayt etgan

5

.

Shunday qilib, korrupsiyaga qarshi kurashish uni qanday tushunishga jiddiy bog‘liq

(masalan davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish evaziga haq olish
ayrim hollarda xizmatini pulga ayriboshlash sifatida tushunilib korrupsiya sifatida
baholanmasligi mumkinligi

6

). Bu tushunish mentalitet va qonunlarda o‘z ifodasini topadi. Eng

muhimi mentalitet va qonunlarda korrupsiya bir xil tushunilishi kerak. Bordi-yu qonunlarda
korrupsiya keng tushunilganligi bilan mentalitetda va ijtimoiy ongda keng tushunilmasa unda
bu qonunlarning samarali ishlashi dargumon. Ko‘plab ekspertlar ham korrupsiyaviy omillar
milliy mentalitet va urf-odatlar bilan bog‘liqligini ta’kidlashadi

7

.

Bugungi kunda korrupsiyani vujudga keltiruvchi omillar turli rakurslardan o‘rganilgan

va o‘rganilmoqda. Ilmiy-nazariy jihatdan korrupsiyaga qarshi kurashish masalasi nafaqat
huquqiy fanlarning, ayni chog‘da boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlarning ham muhim
mavzularidan biri hisoblanadi. Shu sababli, iqtisodiyot, siyosatshunoslik, falsafa, sotsiologiya,
pedagogika, psixologiya kabi fanlar doirasida ham korrupsiyaga qarshi kurashish borasida
qator tadqiqotlar amalga oshirilgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish masalasi bitta fan doirasida ancha keng mavzu

hisoblanadi. Bu borada V.N. Lopatinning “Korrupsiyaga qarshi kurashish – nafaqat jinoyat
huquqining muammosi, balki umum yuridik, ijtimoiy va siyosiy muammo hisoblanadi” degan
fikriga

8

to‘liq qo‘shilish mumkin. Shuning uchun ham davlat va huquq nazariyasi, ma’muriy

huquq, fuqarolik huquqi, jinoyat huquqi, kriminologiya fanlari doirasida korrupsiyaga qarshi
kurashish masalalari alohida tadqiqot sifatida o‘rganiladi.

Korrupsiya emperik jihatdan ham tarmoqlararo (sohalararo) xususiyatga ega. Shu

sababli bu borada uyg‘un nuqtalarni topish muhim. Masalan, “Ijtimoiy fikr” respublika
jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi tomonidan o‘tkazilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish
to‘g‘risida jamoatchilik fikri” mavzusidagi ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, “Sizning
fikringizcha, mamlakatimizda davlat va jamiyat hayotining qanday sohalari korrupsiyaga eng
ko‘p duchor etilgan?” degan savolga ta’lim tizimida (38,4%), sog‘liqni saqlash sohasida
(35,3%), ishga joylashishda (22,6%), huquqni muhofaza qiluvchi organlarda (12,1%), soliq

4

«Вымогательства

сексуальных

услуг»

(или

сексторшн

от

англ.

sextortion)

//

https://transparency.org.ru/research/drugie-issledovaniya/vymogatelstvo-seksualnykh-uslug-ostaetsya-beznakazannym-
vo-vsem-mire-doklad-transparency-international.

5

Brigitte Zimmerman. Transparency, Sanctioning Capacity, and Corruption Displacement: Multi-Method Evidence

from

Local

Government

in

Malawi

//

https://escholarship.org/content/qt0q7490dw/qt0q7490dw_noSplash_fa8dfb5f2ac45b81d761ede4a2adc372.pdf.

6

Юсупов Ю. Особенности национальной коррупции, или как победить чиновничий «бизнес» в Узбекистане //

https://kun.uz/ru/news/2019/01/26/osobennosti-natsionalnoy-korrupsii-ili-kak-pobedit-chinovnichiy-biznes-v-
uzbekistane.

7

Урф-одатларимиз коррупция учун ниқоб бўляпти // https://kun.uz/news/2022/03/20/urf-odatlarimiz-korrupsiya-

uchun-niqob-bolyapti-ekspert-bilan-suhbat.

8

Лопатин В.Н. О системном подходе в антикоррупционной политике / В.Н. Лопатин // Государство и право. –

2001. – № 7. – С. 23.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

145

organlarida (6,9%), sud tizimida (6,1%), hokimliklar (6,1%), ijtimoiy ta’minot (3,6%), savdo
tizimida (2,3%), bojxona (2,1%), kommunal xizmatlar (1,6%), boshqa sohalar (13,5%),
aytishim qiyin (26,6%) deb javob berishgan

9

.

Zamonaviy davlat boshqaruvi har bir jamiyatda siyosiy barqarorlik, iqtisodiy taraqqiyot

va fuqarolarning farovon hayot kechirishining poydevoridir. Biroq, davlat boshqaruvi tizimida
uchraydigan korrupsiya bu poydevorni ichidan еmiruvchi xavfli omil hisoblanadi. Bugungi
kunda korrupsiya faqat jinoyat emas, balki boshqaruv madaniyati, institutsional islohotlar va
fuqarolik ongiga daxldor murakkab ijtimoiy hodisaga aylangan. Shu sababli, davlat boshqaruvi
va korrupsiya oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni nazariy va huquqiy jihatdan tahlil qilish, bu illatga
qarshi kurashishda ilmiy asoslangan yondashuvlarni ishlab chiqish uchun muhim ahamiyatga
ega.

Davlat boshqaruvi — bu davlat tomonidan fuqarolar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va

boshqa jamoaviy tuzilmalar faoliyatiga rahbarlik qilish, ularni tartibga solish va nazorat qilish
faoliyatidir. Uning asosiy tamoyillari: qonun ustuvorligi, javobgarlik, shaffoflik, samaradorlik
va fuqarolarga xizmat koʻrsatishdir. Korrupsiya esa — bu mansabdor shaxslar tomonidan oʻz
vakolatlarini shaxsiy manfaat yoʻlida suiisteʼmol qilish, rasmiy vakolatni norasmiy daromad
manbaiga aylantirish holatlaridir. Korrupsiya koʻrinishlari orasida pora olish, tanish-
bilishchilik, qarindoshlik asosida kadrlar tanlovi, davlat xaridlarida suiisteʼmol holatlari,
vakolatlarni oʻz foydasiga qoʻllash kabilarni sanab oʻtish mumkin.

Korrupsiya davlat boshqaruvining har bir boʻgʻiniga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Avvalo, u

davlatning asosiy vazifasi boʻlgan xizmat koʻrsatish va jamiyat ehtiyojlariga javob berish
mexanizmini buzadi. Shuningdek, korrupsiya huquqiy tizimga ishonchsizlikni oshiradi,
iqtisodiy oʻsishni sekinlashtiradi, ijtimoiy adolatsizlikni kuchaytiradi. Davlat boshqaruvi tizimi
qanchalik markazlashgan va yopiq boʻlsa, unda korrupsiya xavfi shunchalik yuqori boʻladi.
Aksincha, shaffof, fuqarolik nazorati ostidagi va ochiq davlat boshqaruvi tizimi korrupsiya
uchun tabiiy toʻsiq boʻlib xizmat qiladi.

Amerikalik olim

Susan Rose-Ackerman

korrupsiyani “institutsional kamchiliklar

natijasi” deb hisoblaydi. Unga koʻra, korrupsiya eng koʻp erkin boʻlmagan, nazorat
mexanizmlari zaif va siyosiy tanlov cheklangan tizimlarda uchraydi. Rose-Ackerman davlat
boshqaruvida korrupsiyani kamaytirish uchun hukumat faoliyatini shaffof qilish, axborotga
ochiqlik va javobgarlikni oshirish kerakligini taʼkidlaydi

10

. Bu nazariya shuni koʻrsatadiki,

korrupsiya faqatgina odamlarning halolligi bilan emas, balki tizimning qanday ishlashi bilan
ham bogʻliq. Agar tizimda ochiqlik boʻlsa, odamlar yomon ish qilishdan choʻchiydi. Shu sababli
davlat boshqaruvida halollikni taʼminlash uchun, faqat jazoga emas, balki nazorat va
ochiqlikka ham eʼtibor qaratish zarur.

Yana bir amerikalik siyosatshunos

Douglass North

korrupsiyani iqtisodiy

institutlarning notoʻgʻri ishlashi natijasi deb baholaydi

11

. Northning tahliliga koʻra, davlat

tashkilotlari “qoʻllab-quvvatlanadigan” va “raqobatdosh” institutlar boʻlmasa, korrupsiya yirik

9

Коррупция

ҳолати

ва

омиллари

тўғрисида

жамоатчилик

фикри

ўрганилди

(1-қисм)

//

https://anticorruption.uz/uzc/item/2021/04/17/korruptsiya-holati-va-omillari-togrisida-zhamoatchilik-fikri-organildi-1-
maqola.

10

Rose-Ackerman, S. (1999).

Corruption and Government: Causes, Consequences, and Reform

. Cambridge University

Press. https://www.cambridge.org/core/books/corruption-and-government/94925B501D79FA0357060F5489DE2F1F

11

North, D. C. (1990).

Institutions, Institutional Change and Economic Performance

. Cambridge University Press.

https://doi.org/10.1017/CBO9780511808678


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

146

muammoga aylanadi. Qonunlar qanchalik ideal boʻlmasin, agar ularni bajaradigan mexanizm
ishlamasa, bu qonunlar faqat qogʻozda qoladi. Neo-institutsional yondashuv amaliy hayotga
juda yaqin. Chunki korrupsiya koʻpincha huquqiy mexanizmlar mavjud boʻlsa-da, ularning
ishlamasligi sababli sodir boʻladi. Masalan, prokuror, auditor, sudya kabi muhim organlar
mustaqil boʻlmasa, korrupsiya erkin tarqaladi.

Garvard universiteti proffesori

Jozef Samuel Nye

korrupsiyani davlat boshqaruvida

shaxsiy manfaatni koʻzlab rasmiy vazifalarni buzishʼ sifatida taʼriflaydi

12

. U korrupsiyani tahlil

qilishda iqtisodiy manfaatlar va siyosiy tizimning rivojlanish darajasini eʼtiborga oladi. Nye
fikricha, baʼzi rivojlanayotgan davlatlarda korrupsiya qisqa muddatda maʼlum “yogʻlash” rolini
oʻynab, tizimni harakatlantiradi, biroq uzoq muddatda bu halokatlidir. Bu nazariya
korrupsiyani ijobiy deb emas, balki vaqtinchalik adaptatsiya mexanizmi deb koʻradi.

Tadqiqotchi

Kaufmann

davlat boshqaruvi sifatini oltita indikator orqali baholaydi:

siyosiy barqarorlik, hukumat sifati, qonun ustuvorligi, javobgarlik, nazorat sifati va

korrupsiya

ustidan nazorat

13

. Olim korrupsiyani boshqaruvning eng zaif boʻgʻinlari sifatida

koʻradi va unga qarshi kurashda global koʻrsatkichlarni taqdim etadi. Kaufmannning
yondashuvi zamonaviy tahliliy va statistik metodlarga asoslanib, korrupsiyani raqamlar bilan
oʻlchashga harakat qiladi. Bu xalqaro qiyos uchun juda qulay.

Rossiyalik olim

Vladimir Rimskiy

korrupsiyani “shaxsiy sadoqat va norasmiy aloqalar

orqali hokimiyat resurslarini boshqarish” sifatida tushuntiradi. Bu yondashuvda davlat
xodimi oʻz xizmat vazifasini ijro etayotganda, shaxsiy manfaatlar va tanish-bilish
munosabatlarini birinchi oʻringa qoʻyadi

14

.

Ushbu yondashuv postsovet jamiyatlariga juda

mos keladi, chunki ayrim tuzumlarda doʻstlik, qarindoshlik yoki “tanishlik” rasmiy tartibdan
ustun boʻlib qolgan. Davlat boshqaruvida bu esa korrupsiyaga olib keladi, chunki qarindoshlar
va tanishlar oʻzaro kelishib, qonunni chetlab oʻtishga urinadilar.

Avvalo, Vladimir Rimskiy korrupsiyani shunchaki jinoyat emas, balki ijtimoiy institut

sifatida talqin qiladi. Uning fikricha, Rossiya jamiyatida korrupsiya normal holat sifatida
qaralaydi va shu sababli mansabdor shaxslar uchun pora olish ijtimoiy maqbul xatti-
harakatka aylanib qoladi. Rimskiy ushbu muammoning ildizini norasmiy munosabatlar – yaʼni
tanish-bilishchilik, qarindoshlik, xizmat evaziga xizmat kabi aloqalarning ustuvorligida
koʻradi. Bunday holatlarda qonun va adolat emas, balki shaxsiy sadoqat va “mahalliy
kelishuvlar” ustunlik qiladi.

Mikhail Krasnov

esa masalaga konstitutsiyaviy nuqtai nazardan yondashadi. U

korrupsiyani huquqiy tizimdagi muvozanat buzilishi bilan bogʻlaydi

15

. Yaʼni, agar sud,

parlament va ijroiya hokimiyati oʻrtasida real muvozanat boʻlmasa, bu korrupsiyaning
rivojlanishiga olib keladi. Krasnov davlat boshqaruvida korrupsiyani cheklash uchun
konstitutsiyaviy tuzumni mustahkamlash, sud hokimiyatini mustaqil qilish va fuqarolarning
huquqiy ongini oshirish zarur deb hisoblaydi.

12

Nye, J. S. (1967). Corruption and Political Development A Cost-Benefit Analysis. American Political Science

Review,

61,

417-427.

References

Scientific

Research

Publishing.

(2022).

Scirp.org.

https://doi.org/10.2307/1953254

13

Kaufmann, D., Kraay, A., & Mastruzzi, M. (2009). Governance Matters VIII: Aggregate and Individual Governance

Indicators, 1996-2008 (World Bank Policy Research Working Paper No. 4978). Washington DC: World Bank..

14

Римский, В. Л. (2001).

Коррупция как социальный институт в России

. Институт социологии РАН.

https://www.dissercat.com/content/korruptsiya-kak-sotsialnoe-yavlenie-sotsiologicheskii-analiz

15

Краснов, М. (2004).

Конституционное государство и коррупция: правовые противоречия

. Журнал

Конституционное правосудие, №3.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

147

Korrupsiyani davlat xodimining fuqarolarga xizmat koʻrsatish vazifasini tijoratga

aylantirib yuborishi deb taʼriflaydi. Unga koʻra, korrupsiyaning oldini olish uchun davlat
xizmatchilarining mehnat sharoitlarini yaxshilash, axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash va
doimiy monitoring tizimini joriy etish kerak. Korrupsiyaning ildizini xodimning ichki
motivatsiyasida va tashqi sharoitida koʻradi. Agar davlat xodimi halol ishlashi uchun ragʻbat
boʻlmasa, yoki faoliyati ustidan nazorat boʻlmasa, u korrupsiyaga yoʻl qoʻyadi. Shuning uchun
davlat boshqaruvida ijtimoiy himoya, maʼnaviy tarbiya va samimiy monitoring tizimi
birgalikda boʻlishi zarur.

Xulosa.

Demak, davlat boshqaruvi va korrupsiya oʻrtasidagi bogʻliqlik chuqur va

murakkab. Xorijiy olimlar tizimdagi ochiqlik va javobgarlikni, postsovet olimlari esa norasmiy
munosabatlarni muammo markaziga qoʻysa, oʻzbek olimlari davlat xodimining axloqiy va
moddiy holatini muhim deb biladi. Bu yondashuvlar bir-birini toʻldiradi. Ularni inobatga olgan
holda, samarali davlat boshqaruvini tashkil etish mumkin boʻladi.

Davlat boshqaruvi va korrupsiya oʻrtasidagi bogʻliqlik bir-birini oʻzaro kuchaytiruvchi

yoki zaiflashtiruvchi omillardir. Agar davlat boshqaruvi tizimi ochiq, shaffof, hisobdor va
samarali boʻlsa, korrupsiya kamayadi. Aksincha, nazorat mexanizmlari sust, fuqarolar ovozi
eshitilmaydigan, siyosiy ixtiyoriyat haddan ortiq markazlashgan tizimda korrupsiya oʻsadi.
Shuning uchun, korrupsiyaga qarshi kurashish faqat jazolash yoki qonun qabul qilish bilan
emas, balki butun boshqaruv tizimini yangilash, modernizatsiya qilish, madaniyat va axloqiy
qadriyatlarni mustahkamlash orqali amalga oshirilishi lozim. Davlat xizmatchilarining
masʼuliyatini oshirish, fuqarolik nazoratini kuchaytirish, Ommaviy-axborot vositalari erkinligi,
axborot ochiqligi va ijtimoiy tarmoqlardagi faollik – bularning barchasi korrupsiyaga qarshi
kurashda hal qiluvchi omillardir.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Ўзбекистон Республикаси адлия вазирининг 2021 йил 24 февралдаги “Норматив-

ҳуқуқий ҳужжатлар ва улар лойиҳаларининг коррупцияга қарши экспертизасини
ўтказиш тартиби тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида”ги 2-мҳ-сон буйруғи //
https://lex.uz.
2.

J.

Shirinov.

Korrupsiyaga

qarshi

kurashishda

parlamentning

roli

//

https://uacd.uz/index.php/journal/article/view/54/55
3.

Коррупция ҳолати ва омиллари тўғрисида жамоатчилик фикри ўрганилди (1-

қисм) // https://anticorruption.uz/uzc/item/2021/04/17/korruptsiya-holati-va-omillari-
togrisida-zhamoatchilik-fikri-organildi-1-maqola.
4.

«Вымогательства сексуальных услуг» (или сексторшн от англ. sextortion) //

https://transparency.org.ru/research/drugie-issledovaniya/vymogatelstvo-seksualnykh-
uslug-ostaetsya-beznakazannym-vo-vsem-mire-doklad-transparency-international.
5.

Brigitte Zimmerman. Transparency, Sanctioning Capacity, and Corruption Displacement:

Multi-Method

Evidence

from

Local

Government

in

Malawi

//

https://escholarship.org/content/qt0q7490dw/qt0q7490dw_noSplash_fa8dfb5f2ac45b81d7
61ede4a2adc372.pdf.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

148

6.

Юсупов Ю. Особенности национальной коррупции, или как победить чиновничий

«бизнес»

в

Узбекистане

//

https://kun.uz/ru/news/2019/01/26/osobennosti-

natsionalnoy-korrupsii-ili-kak-pobedit-chinovnichiy-biznes-v-uzbekistane.
7.

Урф-одатларимиз

коррупция

учун

ниқоб

бўляпти

//

https://kun.uz/news/2022/03/20/urf-odatlarimiz-korrupsiya-uchun-niqob-bolyapti-
ekspert-bilan-suhbat.
8.

Лопатин В.Н. О системном подходе в антикоррупционной политике / В.Н. Лопатин

// Государство и право. – 2001. – № 7. – С. 23.
9.

Коррупция ҳолати ва омиллари тўғрисида жамоатчилик фикри ўрганилди (1-

қисм) // https://anticorruption.uz/uzc/item/2021/04/17/korruptsiya-holati-va-omillari-
togrisida-zhamoatchilik-fikri-organildi-1-maqola.
10.

Rose-Ackerman, S. (1999). Corruption and Government: Causes, Consequences, and

Reform. Cambridge University Press. https://www.cambridge.org/core/books/corruption-
and-government/94925B501D79FA0357060F5489DE2F1F
11.

North, D. C. (1990). Institutions, Institutional Change and Economic Performance.

Cambridge University Press. https://doi.org/10.1017/CBO9780511808678
12.

Nye, J. S. (1967). Corruption and Political Development A Cost-Benefit Analysis.

American Political Science Review, 61, 417-427. — References — Scientific Research
Publishing. (2022). Scirp.org. https://doi.org/10.2307/1953254
13.

Kaufmann, D., Kraay, A., & Mastruzzi, M. (2009). Governance Matters VIII: Aggregate and

Individual Governance Indicators, 1996-2008 (World Bank Policy Research Working Paper
No. 4978). Washington DC: World Bank..
14.

Римский, В. Л. (2001). Коррупция как социальный институт в России. Институт

социологии РАН. https://www.dissercat.com/content/korruptsiya-kak-sotsialnoe-yavlenie-
sotsiologicheskii-analiz
15.

Краснов, М. (2004). Конституционное государство и коррупция: правовые

противоречия. Журнал Конституционное правосудие, №3.

Библиографические ссылки

Ўзбекистон Республикаси адлия вазирининг 2021 йил 24 февралдаги “Норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар ва улар лойиҳаларининг коррупцияга қарши экспертизасини ўтказиш тартиби тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида”ги 2-мҳ-сон буйруғи // https://lex.uz.

J. Shirinov. Korrupsiyaga qarshi kurashishda parlamentning roli // https://uacd.uz/index.php/journal/article/view/54/55

Коррупция ҳолати ва омиллари тўғрисида жамоатчилик фикри ўрганилди (1-қисм) // https://anticorruption.uz/uzc/item/2021/04/17/korruptsiya-holati-va-omillari-togrisida-zhamoatchilik-fikri-organildi-1-maqola.

«Вымогательства сексуальных услуг» (или сексторшн от англ. sextortion) // https://transparency.org.ru/research/drugie-issledovaniya/vymogatelstvo-seksualnykh-uslug-ostaetsya-beznakazannym-vo-vsem-mire-doklad-transparency-international.

Brigitte Zimmerman. Transparency, Sanctioning Capacity, and Corruption Displacement: Multi-Method Evidence from Local Government in Malawi // https://escholarship.org/content/qt0q7490dw/qt0q7490dw_noSplash_fa8dfb5f2ac45b81d761ede4a2adc372.pdf.

Юсупов Ю. Особенности национальной коррупции, или как победить чиновничий «бизнес» в Узбекистане // https://kun.uz/ru/news/2019/01/26/osobennosti-natsionalnoy-korrupsii-ili-kak-pobedit-chinovnichiy-biznes-v-uzbekistane.

Урф-одатларимиз коррупция учун ниқоб бўляпти // https://kun.uz/news/2022/03/20/urf-odatlarimiz-korrupsiya-uchun-niqob-bolyapti-ekspert-bilan-suhbat.

Лопатин В.Н. О системном подходе в антикоррупционной политике / В.Н. Лопатин // Государство и право. – 2001. – № 7. – С. 23.

Коррупция ҳолати ва омиллари тўғрисида жамоатчилик фикри ўрганилди (1-қисм) // https://anticorruption.uz/uzc/item/2021/04/17/korruptsiya-holati-va-omillari-togrisida-zhamoatchilik-fikri-organildi-1-maqola.

Rose-Ackerman, S. (1999). Corruption and Government: Causes, Consequences, and Reform. Cambridge University Press. https://www.cambridge.org/core/books/corruption-and-government/94925B501D79FA0357060F5489DE2F1F

North, D. C. (1990). Institutions, Institutional Change and Economic Performance. Cambridge University Press. https://doi.org/10.1017/CBO9780511808678

Nye, J. S. (1967). Corruption and Political Development A Cost-Benefit Analysis. American Political Science Review, 61, 417-427. — References — Scientific Research Publishing. (2022). Scirp.org. https://doi.org/10.2307/1953254

Kaufmann, D., Kraay, A., & Mastruzzi, M. (2009). Governance Matters VIII: Aggregate and Individual Governance Indicators, 1996-2008 (World Bank Policy Research Working Paper No. 4978). Washington DC: World Bank..

Римский, В. Л. (2001). Коррупция как социальный институт в России. Институт социологии РАН. https://www.dissercat.com/content/korruptsiya-kak-sotsialnoe-yavlenie-sotsiologicheskii-analiz

Краснов, М. (2004). Конституционное государство и коррупция: правовые противоречия. Журнал Конституционное правосудие, №3.