Авторы

  • Feruza Temirova
  • Ozoda Choriyorova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.108514

Ключевые слова:

industriya turizm zamonaviy

Аннотация

Mazkur maqolada turizm, uning mamlakat rivojlanishidagi taʼsiri, turizm industriyasi korxonalari xusuisida soʻz yuritiladi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

125

YANGI OʻZBEKISTONDA TURIZM INDUSTRIYASI KORXONALARINI

BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH

Feruza Temirova

Dotsent, Qarshi davlat texnika universiteti

Choriyorova Ozoda

Talaba, Qarshi davlat texnika universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15696404

Annotatsiya:

Mazkur maqolada turizm, uning mamlakat rivojlanishidagi taʼsiri, turizm

industriyasi korxonalari xusuisida soʻz yuritiladi.

Kalit soʻzlar

: turizm, industriya, korxona, zamonaviy, Oʻzbekiston, boshqarmoq,

takomillashtirmoq.

Kirish.

Yangi Oʻzbekistonda turizm xizmatlari rivojlanib, turistlar uchun moʻljallangan

obyektlarning har tomonlama maqbulligi, transport va mehmonxona xizmatlari va umuman,

sayyohlik logistikasi bilan bog'liq barcha xizmatlarning qulayligi, xavfsizligi, zamonaviy
axborot texnologiyalarining joriy etilishi borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Respublikamizning geografik oʻrni nihoyatda qulay, ajoyib tabiiy-iqlim sharoitiga egaligi,

insoniyat madaniy taraqqiyotida ham katta oʻrin tutishi xalqaro turizm sohasidagi

imkoniyatlarining kattaligi bilan qoʻshni mamlakatlardan tubdan farq qiladi. Bu esa ishning

dolzarbligini koʻrsatadi hamda turizm xizmatlarini rivojlantirishning samaradorligini oshirish,
mazkur xizmatlar sohasining raqobatbardoshligini ta'minlash, turistik xizmatlarni
diversifikatsiya qilish va yangi turistik marshrutlarni yaratishni tartibga solish

takomillashtirish boʻyicha ilmiy izlanishlarni takomillashtirish maqsadga muvofiqligini

koʻrsatadi. U iqtisodiyotni rivojlantirish bilan birga mahalliy aholining ish bilan bandligini
ta'minlash, shu orqali turmush darajasini yaxshilash, xorijiy turistlarni jalb qilish, tarixiy

yodgorliklarni asrab avaylash kabi ishlarga salmoqli hissa qoʻshish imkoniyatini kengaytiradi.
[2]

Metodologiya.

Jahonda bugungi kunda turizm aksariyat mamlakatlarda milliy

iqtisodiyotga salmoqli daromad keltiruvchi sohalardan biri hisoblanadi.Turizm xizmatlarini
tashkil etishning obyektiv zaruriyati va uning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini quyidagi asosiy

vazifalar orqali belgilash mumkin:

- mamlakat boʻyicha milliy foydani oshirish. Turistik xizmatlar ishlab chiqarish, boshqa

tarmoqlar hamda sohalar faoliyati bilan birgalikda milliy mahsulotni shakillantiradi.

- yangi ish joylarining yaratilishi orqali mehnatga layoqatli aholini ish bilan ta'minlashga

koʻmaklashish. Turizm faoliyatida mehmonxona xoʻjaligi va ovqatlanish korxonalariga,
sanatoriya-kurort tarmoqlariga, turizmning davlat va jamiyatni bog'lovchi boshqa faoliyat

sohalariga ishchi kuchi talab qiladi ya'ni turizm faoliyati aholini ish bilan ta'minlashga
koʻmaklashadi.

- valyuta tushumining kirib kelishini ta'minlash vositasi. Turizm xizmatlarni import shu

bilan bir qatorda eksport qilish jarayonlarini amalga oshiradi. Turistik tovar va xizmatlarni
import qilish jarayonida mazkur davlat iqtisodiyotining aktiv ikkinchi holatda esa passiv turi
toʻg'risida gap boradi. Tarmoqning oʻziga xos xususiyatlaridan biri shundan iboratki, turistik


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

126

tovarlar va xizmatlar eksport qilinishida chetga chiqarilmaydi balki, turistlarni qabul qiluvchi

mamlakatning oʻzida iste'mol qilinadi.

- aholi farovonligi va turmush darajasini oshirish. Turizm xizmat sohasi faoliyat

koʻrsatayotgan kichik biznes korxonalariga ijobiy ta'sir koʻrsatadi, mahalliy infrastrukturaning
rivojlanishiga imkon tug'diradi va aholi yashash darajasi hamda daromadlarini oshiradi.

- iqtisodiy infrastrukturaning rivojlanishiga koʻmaklashadi. Turizm sohasida boshqa

tarmoq va sohalar faoliyatlari bilan bog'liq ravishda xizmat koʻrsatish tarmog'ini yaratish

ularning rivojlanishini tezlashtiradi hamda iqtisodiyotni diversifikatsiyalash imkonini
beradi.[4]

Oʻzbekistonda turizm iqtisodiyotning strategik sektoriga aylantiriladi. Bu Oʻzbekiston

Respublikasi Prezidentining «Oʻzbekiston Respublikasi sayyohlik sohasini rivojlantirishni
tezlashtirish chora-tadbirlari toʻg‘risida»gi farmonida koʻzda tutilgan.

Farmon mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmog‘i sifatida turizmni jadal

rivojlantirish uchun qulay iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish,

hududlarning ulkan turizm salohiyatidan yanada toʻliq va samarali foydalanish, turizm

tarmog‘ini boshqarishni tubdan takomillashtirish, milliy turizm mahsulotlarini yaratish va
ularni jahon bozorlarida targ‘ibot qilish, turizm sohasida Oʻzbekistonning ijobiy qiyofasini

shakllantirishga yoʻnaltirilgan.

"Turizm sohasida ulkan imkoniyatlar mavjudligiga qaramay, Oʻzbekistonning turizm

infratuzilmasi, turizm xizmatlari sifati va uning darajasi, shuningdek tarmoqni boshqarish

tizimi globallashuv va keskin raqobat sharoitida zamonaviy talablarga mos kelmaydi.

Turizmning mamlakat iqtisodiyotiga qoʻshayotgan hissasi, xizmat koʻrsatish sohasini

rivojlantirish va aholini ish bilan ta'minlash jahondagi oʻrtacha koʻrsatkichlardan orqada
qolmoqda", deyilgan farmon sharhida.

Jumladan, 2017 yilning 1 yanvaridan boshlab turizm faoliyatiga litsenziya berish vazifasi

Vazirlar Mahkamasidan yangi tashkil qilingan davlat qoʻmitasiga oʻtkaziladi, bunda

mehmonxonalar va odamlar yashaydigan boshqa joylarning litsenziya olishlari toʻg‘risidagi
talab bekor qilinadi. Oʻz navbatida 2018 yildan boshlab xorijiy turistlarga xizmat koʻrsatishga

ixtisoslashgan umumiy ovqatlanish korxonalari va avtotransport korxonalarini xorijiy

turistlarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligini ta'minlash maqsadida majburiy sertifikatlash joriy

etiladi. Prezidentimiz tomonidan turizm sohasini rivojlantirish uchun koʻplab qaror va
farmonlar qabul qilinmoqda. Bu orqali tadbirkorlar va sayyohlar uchun koʻplab qulaylik va
imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Hududda joriy yilning oʻtgan davri mobaynida 282 million

dollar miqdoridagi jami 56 ta loyihalar amalga oshirilishi natijasida 1 ming 42 ta yangi ish

oʻrinlari yaratildi.

Xususan, 2018-yil 1 dekabr holatiga koʻra viloyatga kelgan turistlar soni 16 million 337

ming nafarni, shundan, xorijiy turistlar 984,2 ming nafarni, turizm xizmatlari eksporti 390

million dollarni tashkil etdi. 2025 yilda esa bu boradagi koʻrsatkichlarni yanada oshirish
borasida reja qilingan. Buning uchun kelgusida umumiy qiymati 560 million dollar
miqdoridagi jami 65 ta loyihalar ishga tushiriladi.

Natijalar va tahlil.

Bugungi kunda Boʻstonliq tumanida “Amirsoy”, “Xeavens Garden”,

Parkent tumanida “Zamona Ra’no” dam olish maskani kabi “turizm klaster”lari sayyohlarning
sevimli manzillaridan hisoblanadi. Bundan tashqari, Toshkent viloyatida turizm sohasini
asosiy daromad manbaiga aylantirish boʻyicha istiqbolli rejalar ishlab chiqilgan. Jumladan,


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

127

hududlar boʻyicha turizmning aniq bir yoʻnalishlari boʻyicha ixtisoslashuv dasturi qabul

qilindi. Unga koʻra, Zangiota va Toshkent tumanlarida tibbiyot turizmi rivojlantiriladi.
Ohangaron, Piskent, Chinoz va Oʻrta Chirchiq tumanlarida ov turizmi yoʻlga qoʻyiladi.
Boʻstonliq, Parkent tumanlari va Angren shahrida tog‘ ekstremal turizm faoliyati ishga
tushiriladi.

Xususan, ushbu yoʻnalishlarda 2025-2026 yillarda amalga oshirilishi

rejalashtirilgan umumiy qiymati 3 milliard 285 million dollarlik 265 ta investitsiya
loyihalarini ishga tushirish boʻyicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Shundan 1 milliard 914

million dollari xorijiy investitsiya hisobiga toʻg‘ri keladi. Natijada 14 ming 487 ta yangi ish
oʻrinlari yaratiladi.

Prezidentning 2024 yil 12 yanvar kungi “Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin

oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻg‘risida”gi farmonida
suv havzalari boʻylarida turizm xizmatlarini tashkil etish, yangi bunyod etilayotgan turizm

ob’ektlarida choʻmilish havzalari, basseynlar tashkil etish boʻyicha bir qator topshiriqlar
berilgan.

Farmon ijrosi yuzasidan Tuyaboʻg‘iz suv havzasi boʻyidagi oromgohda zamonaviy

basseyn va plyaj foydalanishga topshirildi. Nurafshon shahrida sun’iy koʻl havzasi tashkil
etilib, doimiy ravishda keluvchilarga koʻngilochar xizmatlar koʻrsatmoqda. Boʻstonliq

tumanida “Heavenʼs Garden” dam olish maskanida Singapurning “Marina Bay” suv havzasi
andozasi asosida zamonaviy basseyn bunyod etildi. Bu orqali joylarda kichik hajmdagi suv
havzalari soni 184 taga yetdi.

Shuningdek, 2025 yilda “Chorvoq darvozasi” loyihasi misolida tashabbuskor

tadbirkorlar bilan Angren shahrida “Angren daryosi” boʻyida, Parkent tumani “Parkentsoy”

boʻyida, Chinoz tumani “Sirdaryo” daryosi boʻyida koʻp qavatli uylar, zamonaviy mehmonxona,
dam olish va koʻngilochar maskanlar, xizmat koʻrsatish va savdo shoxobchalarini ishga

tushirish boʻyicha loyiha takliflari tayyorlangan. Hududlarning master-rejasi tayyorlanib,
yerlar lotlarga ajratilib, onlayn-auksion savdolariga chiqariladi.

Turizm bugungi kunda jahon iqtisodiyotining eng tez rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri

hisoblanadi. U nafaqat iqtisodiy daromad manbai, balki mamlakat imijini shakllantirishda

ham muhim omil boʻlib xizmat qiladi. Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda turizm sohasiga katta

e’tibor qaratilib, xorijiy va ichki turizmni rivojlantirish yoʻlida keng koʻlamli islohotlar amalga

oshirildi. Shunga qaramay, turizm industriyasi korxonalarini boshqarish tizimida hali ham hal
qilinishi lozim boʻlgan muammolar mavjud.[2]

Turizm industriyasining hozirgi holati

Oʻzbekiston boy madaniy merosga, tarixiy obidalarga va betakror tabiiy manzaralarga

ega. Bu esa turizmni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Ayni paytda mamlakatda
mingdan ortiq mehmonxona, sanatoriy, dam olish maskanlari va boshqa turistik obyektlar

faoliyat yuritmoqda. Ammo ularning aksariyatida menejment zamonaviy talablar darajasida

emas, xizmat koʻrsatish sifati past, raqobatbardoshlik yetarli emas. 2025-yilda Oʻzbekistonga
12 million xorijiy sayyoh tashrif buyuradi. 2025-yilda Oʻzbekistonga 12 million xorijiy sayyoh
tashrif buyuradi. Toshkent, Oʻzbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Turizm qoʻmitasi 2025-

yilda mamlakatga 12 million xorijiy sayyoh tashrif buyurishini prognoz qilmoqda. Bu haqda
turizm kompaniyalari bilan oʻtkazilgan ochiq muloqotda ma'lum boʻldi. [6]

Xulosa.

Zamonaviy Oʻzbekiston sharoitida turizm industriyasi korxonalarini samarali

boshqarish mamlakat iqtisodiy salohiyatini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Yangi


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

128

yondashuvlar, innovatsion boshqaruv usullari va ilg‘or tajribalarning joriy etilishi orqali

sohani xalqaro darajaga olib chiqish mumkin. [1]

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Rakhimov M. Oʻzbekiston turizm sohasida innovatsion rivojlanishning yoʻnalishlari. –

“Innovatsion rivojlanish” jurnali, 2023, №2.
2.

Xolboʻtayev B., Yoʻldoshev A. Xalqaro turizm va uni tashkil etish. – Samarqand: SamISI,

2019.
3.

Pardaev M.Q. va boshqalar. Xizmat koʻrsatish, servis va turizm sohalarini rivojlantirish:

muammolar va ularning echimlari. Toshkent, IQTISOD-MOLIYA, 2008. - 20-23 b.]

4.

Turizm sayyohlik. T.Xoldarov , X.Tulenova Toshkent 2016 yil.

5.

Khojanova G. O. NATURAL RESOURCES, THEIR TYPES AND INITIAL APPROACHES

//Ethiopian International Multidisciplinary Research Conferences. – 2024. – Т. 4. – №. 1. – С.

83-86.
6.

Xoʻjanova G. Qashqadaryo viloyatida tabiiy resurslardan foydalanish istiqbollari

//YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT. – 2023. – Т. 1. – №. 11-12.

7.

Khojanova G. O. INVESTMENT AS A MEANS OF DEVELOPMENT AND STRENGTHENING

OF ENTERPRISE PRODUCTION CAPACITY //Экономика и социум. – 2021. – №. 2-1 (81). – С.

171-175.

8.

Khojanova G. Tаbiiy resurs sаlоhiyаti hududlаrning ijtimоiy-iqtisоdiy rivоjlаnishining-

аsоsiy оmili sifаtidа //THE INNOVATION ECONOMY. – 2024. – Т. 2. – №. 02.
9.

Муродова Н. TURIZM MARKETING FAOLIYATIDA STRATEGIK BOSHQARUVNING

AHAMIYATI //Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари/Актуальные

проблемы социально-гуманитарных наук/Actual Problems of Humanities and Social

Sciences. – 2023. – Т. 3. – №. 3. – С. 42-47.
10. Murodova N. O. THE ROLE OF INDUSTRY REGULATIONS IN THE CONSISTENT

DEVELOPMENT OF TOURISM //Евразийский журнал академических исследований. –
2022. – Т. 2. – №. 11. – С. 1108-1115.

11. Муродова Н. У. Соцсети И Туризм: Роль Отзывов И Рейтингов //Miasto Przyszłości.
– 2024. – Т. 46. – С. 82-87

Библиографические ссылки

Rakhimov M. Oʻzbekiston turizm sohasida innovatsion rivojlanishning yoʻnalishlari. – “Innovatsion rivojlanish” jurnali, 2023, №2.

Xolboʻtayev B., Yoʻldoshev A. Xalqaro turizm va uni tashkil etish. – Samarqand: SamISI, 2019.

Pardaev M.Q. va boshqalar. Xizmat koʻrsatish, servis va turizm sohalarini rivojlantirish: muammolar va ularning echimlari. Toshkent, IQTISOD-MOLIYA, 2008. - 20-23 b.]

Turizm sayyohlik. T.Xoldarov , X.Tulenova Toshkent 2016 yil.

Khojanova G. O. NATURAL RESOURCES, THEIR TYPES AND INITIAL APPROACHES //Ethiopian International Multidisciplinary Research Conferences. – 2024. – Т. 4. – №. 1. – С. 83-86.

Xoʻjanova G. Qashqadaryo viloyatida tabiiy resurslardan foydalanish istiqbollari //YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT. – 2023. – Т. 1. – №. 11-12.

Khojanova G. O. INVESTMENT AS A MEANS OF DEVELOPMENT AND STRENGTHENING OF ENTERPRISE PRODUCTION CAPACITY //Экономика и социум. – 2021. – №. 2-1 (81). – С. 171-175.

Khojanova G. Tаbiiy resurs sаlоhiyаti hududlаrning ijtimоiy-iqtisоdiy rivоjlаnishining-аsоsiy оmili sifаtidа //THE INNOVATION ECONOMY. – 2024. – Т. 2. – №. 02.

Муродова Н. TURIZM MARKETING FAOLIYATIDA STRATEGIK BOSHQARUVNING AHAMIYATI //Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари/Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук/Actual Problems of Humanities and Social Sciences. – 2023. – Т. 3. – №. 3. – С. 42-47.

Murodova N. O. THE ROLE OF INDUSTRY REGULATIONS IN THE CONSISTENT DEVELOPMENT OF TOURISM //Евразийский журнал академических исследований. – 2022. – Т. 2. – №. 11. – С. 1108-1115.

Муродова Н. У. Соцсети И Туризм: Роль Отзывов И Рейтингов //Miasto Przyszłości. – 2024. – Т. 46. – С. 82-87