ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
183
INGLIZ TILIDA "SPEAKING" ----- GAPIRISH KO`NIKMASINI OSHIRISHDAGI
YOZISHNING AHAMIYATI
Mamatqulova Dilnura Mirtemir qizi
Termiz davlat universiteti
Xorijiy filologiya fakulteti 1-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15727579
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ingliz tili o`rganuvchilari orasida gapirish ko`nikmasini
shakllantirish asosiy mavzu qilib olinadi. Gapirish ko`nikmasining ahamiyati shunga bog`liq
davlat miqyosida qabul qilingan qarorlar bilan ochib beriladi. Inglizcha nutqni oshirishda to`rt
ko`nikmaning biri bo`lgan yozisning samarali jihatlariga e’tibor qaratiladi va maqolada shu
xususida so`z boradi. Gapirishda ham, yozishda ham muallifning o`z so`zi, qarashlari asosida
ijodiy ish shakllangani bois biri ikkinchisini rivojlantirishda muhim. Shu tufayli yozishning
ijobiy foydalari dalil va qo`llab-quvvatlovchi fikrlar bilan e’tibor ostiga olinadi. Shuningdek,
uning grammatika va so`z boyligini yanada mustahkamlashga yordam berishi chet
tadqiqotchilarining izlanishlari vositasida yoritiladi.
Annotation.
This article primarily focuses on developing speaking skills among English language
learners. The importance of speaking skills is highlighted through state-level decisions and
resolutions. The article also addresses the effective aspects of writing, one of the four key skills,
in improving English speech. Since both speaking and writing involve the author's creative
work based on their own words and perspectives, one significantly contributes to the
development of the other. Therefore, the positive benefits of writing are emphasized with
evidence and supporting arguments. Furthermore, its role in strengthening grammar and
vocabulary is elucidated through the research of foreign scholars.
Kalit so`zlar:
gapirish, yozish, fikrlash, qabul qilish, xotira, ko`nikma, receptive,
productive, qobiliyat, tadqiqotlar.
Keywords:
speaking, writing, thinking, reception, memory, skill, receptive, productive,
ability, research.
Kirish.
Ma’lumki, jahonning eng ommalashgan tiliga aylanib ulgurgan ingliz tili o'rganuvchilari
oshishiga yurtimizda ham kata e’tibor berilmoqda. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni (24.05.2024 yildagi PF-81-son) 5-bo`lim v bandiga asosan oliy ta’lim muassasalariga
2025/2026 o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida
belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki
xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi. Bu qonunning qabul qilinishi esa har bir tildagi kabi
ingliz tilida ham to`rt muhim ko`nikmaning qanchalik ahamiyatli ekanini rasmiy ravishda
tasdiqladi. Ko`p til o`rganuvchilarining ta’biricha, inglizcha muhit talab qiluvchi gapirish
ko`nikmasini rivojlantirish boroz qiyinchilik tug`diradi. Bu borada aksar hollarda qo`llab
quvvatlanmaydigan yozishning foydali o`zgarishlarga olib boruvchi jihatlarini kashf etamiz.
Yozishning umumiy foydalari juda ko'p. Quyida ularning ba'zilarini keltiriladi:
* diqqatni jamlashga yordam beradi
* izchillik va ravonlikni ta'minlaydi
* salmoqli, mazmunli, kontekstga mos so'zlardan foydalanish
* fikrlarning mulohazali bo'lishini ta'minlaydi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
184
Yozish orqali yaxshiroq gapira olish mumkin.
Til o'rganuvchilari 4 ta ko'nikma ustida ishlaydilar. Ulardan ikkitasi tinglash va o'qish
“receptive” ----- qabul qilish mahoratidir. Bu ko'nikmalardan ma'lumotni qabul qilish uchun
foydalaniladi. Keyingi ikkitasi yozish va o'qish “productive” -----ishlab chiqaruvchi mahorat
hisoblanadi. Ulardan ma'lumotni hosil qilish (yaratishda) foydalanamiz.
Yozish va o'qish bir-biriga yaqin bo'lishi bilan birga gapirishga nisbatan tezroq amalga
oshishi bilan farqlanadi. Yangi til o'rganishda grammatika va lug'at asosiy o'rinda turadi.
Demak, o'zlashtirilishi kerak bo'lgan ikki asosiy element shular bo'lib, barcha ko'nikmalar ular
atrofida shakllanadi. Yozish fikrlash talab qiladi. Shu tufayli sekin kechadi. Gapirish esa real
vaqtda nutq jarayonida kechadi. Yangi so'zni avval yozma nutqda qo'llash uni miyamiz, og'zaki
nutqda qo'llashini rag'batlantiradi. Shu yo'l bilan yoddan chiqib ketmaydigan lug'at
xotiramizdan joy oladi. Turli mavzularda matn tuzish orqali grammatika xatolar qilishdan xalos
bo'lish mumkin. To'g'ridan to'g'ri nutq jarayonida fikrlashga ko'p vaqt sarflanmaydi. Yozishni
mashq qilishda bunga erishiladi. Yozilgan fikrlar esa gapirilayotgan paytda avtomatik yuzaga
chiqa boshlaydi. Bu fikrga zid o`laroq yozish miyani yodlab, pauza bilan gapirishga o`rgatib
qo`yadi degan qarashlar mavjud. Biroq bizga yozganda shakllanadigan g`oya muhim va u g`oya
gapirayotgan vaqtda qiyinchiliksiz, avtomatik esga keladi.
Yozish ----- bu o`ylash. Tartibli yozish ----- tartibli o`ylash. Tartibli fikr egalari yaxshi
notiqdirlar. Chunki yozish fikrni aniqlashtiradi. Tadqiqotchi Mangen va Velayning 2014-yildagi
izlanishlari natijasiga ko`ra, qo'lda yozishda hosil bo`ladigan sezgi-motor faoliyati miyaga
axborot eslab qoladigan qayta aloqa bilan ta`sir ko`rsatadi.
Xulosa.
Umuman olganda, yozish orqali gapirishni rivojlantirish juda samarali. Chet tilida yaxshi
gapirish uchun o`sha tilning grammatikasi, lug`at boyligi va albatta, yaxshi fikr talab qilinadi.
Yozish esa har birini tafakkur qilish quroli vazifasini bajaradi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
M. Karimboyeva, F. Mamatkulova. “Gapirish ko`nikmasini shakllantirishda zamonaviy
texnologiyalarning ahamiyati”. Ilmiy tadqiqotlar va ularning yechimlari jurnali. Vol 4, num 2,
Aprel 2025.
2.
Aziz Rahimov. “Yozuvning kuchi”. @azizrakhimov_blog (telegram)
3.
talimxabarlari.uz
4.
lex.uz