Авторы

  • Sirojiddin Gulmuratov
    “Guliston davlat universiteti” Menejment kafedrasi o‘qituvchisi,

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.130119

Ключевые слова:

teletibbiyot servislashtirish raqamlashtirish jamoat salomatligi tibbiy xizmatlar sog‘liqni saqlash tizimi raqamli sog‘liq tizimli yondashuv.

Аннотация

Ushbu tezisda teletibbiyot xizmatlarining zamonaviy servis modeli sifatida shakllanishi, ularning raqamlashtirish jarayonidagi o‘rni hamda jamoat salomatligi konsepsiyasi doirasida tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Muallif tomonidan sog‘liqni saqlash xizmatlarini servislashtirish, ya’ni ularni xizmat ko‘rsatish tamoyillari asosida qayta tashkil etish orqali samaradorlikka erishish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Shu bilan birga, raqamli texnologiyalar orqali tibbiy xizmatlarni masofaviy tarzda taqdim etishning nazariy asoslari ochib berilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

74

TELETIBBIYOT XIZMATLARINI SERVISLASHTIRISH VA RAQAMLASHTIRISH

ASOSIDA TIZIMLI YONDASHUV: JAMOAT SALOMATLIGI KONSEPSIYASI

DOIRASIDA

Gulmuratov Sirojiddin Nuritdin o‘g’li

“Guliston davlat universiteti” Menejment kafedrasi o‘qituvchisi,

e-mail: sirojiddingulmuratov13@gmail.com, +99899 917 87 18

https://doi.org/10.5281/zenodo.16601208

Annotatsiya.

Ushbu tezisda teletibbiyot xizmatlarining zamonaviy servis modeli sifatida

shakllanishi, ularning raqamlashtirish jarayonidagi o‘rni hamda jamoat salomatligi
konsepsiyasi doirasida tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Muallif tomonidan sog‘liqni saqlash
xizmatlarini servislashtirish, ya’ni ularni xizmat ko‘rsatish tamoyillari asosida qayta tashkil
etish orqali samaradorlikka erishish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Shu bilan birga, raqamli
texnologiyalar orqali tibbiy xizmatlarni masofaviy tarzda taqdim etishning nazariy asoslari
ochib berilgan.

Kalit so‘zlar:

teletibbiyot, servislashtirish, raqamlashtirish, jamoat salomatligi, tibbiy

xizmatlar, sog‘liqni saqlash tizimi, raqamli sog‘liq, tizimli yondashuv.

Kirish:

Bugungi kunda tibbiy turizm bilan shug‘illanuvchi kompaniyalar qaror qabul

qilish jarayonida iste’molchilarning, xususan, ularning shaxsiy talablarini e’tiborga
olishmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, individual xizmatlarga bo‘lgan qiziqishning ortib
borayotganini ko‘rsatadi, bunda iste’molchilarning xohishlari birinchi darajali ahamiyatga ega
bo‘ladi. Muallif tomonidan teletibbiyot xizmatining mohiyatini aniq ochib berish uchun
servislashtirish, raqamlashtirish va jamoat salomatligi nazariyalarining mualliflik
tizimlashtirilishi keltirilgan.

Asosiy qism:

Tibbiy xizmatlar nomoddiy xarakterga ega, chunki bemor, misol uchun,

diagnostika natijalarini avvaldan bilmaydi. Taklif etilayotgan xizmatning sifatiga ishonch hosil
qilish maqsadida iste’molchilar marketing kompleksining tarkibiy elementlariga (joylashuv,
narx, xodimlar, rag‘batlantirish tadbirlari va boshqalar) e’tibor qaratadilar, bu esa ularning
ongida xizmatning aniqligini oshirishga yordam beradi.

Umuman olganda, tibbiyot tashkilotlari faoliyatini marketing orqali qo‘llab-

quvvatlashning eng muhim yo‘nalishlarini aniqlash uchun xizmat ko‘rsatish sohasiga mos
keladigan marketing kompleksining asosiy elementlari bo‘yicha ularning funktsional
imkoniyatlarini tahlil qilish tavsiya etiladi. Shu nuqtai nazardan, marketing jarayonlarini
boshqarishga yo‘naltirilgan tijorat tibbiyoti segmentida kengroq qo‘llaniladigan tibbiyot
tashkilotlarining biznes modellaridan foydalangan holda iste’molchilar (bemorlar) bilan
munosabatlarni o‘rnatish masalalarini tadqiq etish maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari,
davlat va tijorat sektorlaridagi tibbiyot tashkilotlari faoliyatini marketing orqali qo‘llab-
quvvatlashning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish dolzarb ahamiyatga ega. Tibbiy xizmatlar
bozorining shakllanishi tibbiyot tashkilotlari uchun ushbu bozorda muvaffaqiyatli faoliyat
yuritishga imkon beradigan, iste’molchilar (bemorlar) bilan o‘zaro munosabatlarning optimal
modelini aniqlash zaruratini keltirib chiqardi. Ushbu tendensiya sog‘liqni saqlash sohasida
marketing faoliyatining mohiyatini ilmiy jihatdan o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oqlaydi.
Tibbiyot tashkilotlarining murakkab ish sharoitlari davlat marketingining sohada mijozlarga
yo‘naltirilgan ijobiy o‘zgarishlar tashabbuskori sifatidagi muhim rolini belgilab berdi. Davlat
marketingi tibbiyot tashkilotining marketing kompleksining instrumentlarini ishlab chiqish


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

75

va amalga oshirishga ta’sir ko‘rsatadi, bunda kadrlar marketingi va aloqa imkoniyatlari
alohida ahamiyat kasb etadi. Tibbiyot tashkilotlari faoliyatini marketing orqali qo‘llab-
quvvatlashning eng muhim yo‘nalishlarini aniqlash uchun xizmat ko‘rsatish sohasiga mos
marketing kompleksining asosiy elementlarini tahlil qilish zarur. Bu qilinadigan ishlar esa
iste’molchilar bilan samarali muloqot qilishning transformatsion imkoniyatlari, sanoatning
raqamli transformatsiyasi natijalari hamda marketing kompleksining barcha mavjud
instrumentlaridan foydalanishni ta’minlaydi.

Tibbiyot tashkilotlarining murakkab ish sharoitlari davlat marketingining sohada

mijozlarga yo‘naltirilgan ijobiy o‘zgarishlar tashabbuskori sifatidagi muhim rolini belgilab
berdi. Shuning natijasida tibbiy xizmatlar bozori rivojlanishi ham muhim sur’atda o‘sishiga
turtki bo’la oldi deb o‘ylaymiz. Davlat marketingining bu sohada o‘rni kerakli darajada
hisoblanadi. Bunda kasalliklarning oldini olish, ularning sabablarini aniqlash, tashxis qo‘yish
va davolashda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali aholi
salomatligini mustahkamlash, maqsad qilinadi va bunda vaqtinchalik va moliyaviy cheklovlar
muhim emasligi ta’kidlanadi

1-jadval
Mintaqadagi kiruvchi tibbiy turizm segmentini faollashtirishda davlat marketingi

doirasidagi marketing kompleksining tarkibiy qismlari

1

Marketing
kompleksi
tarkibiy
qismilari

Tavsif

Mahsulot

-

Ijtimoiy-iqtisodiy tizim elementlari;

-

kiruvchi tibbiy turizmni rivojlantirish loyihasi va dasturi

Narxi

-

Taklif etilayotgan investitsiyalar; jalb qilingan resurslar

hajmi;

-

ishlab chiqilayotgan ssenariylar bo‘yicha kutilayotgan

to‘lov (mahalliy aholi uchun tibbiy xizmatlar narxini
oshirmaslik kafolati);

-

jahon bozoridagi mavjud bozor sharoitlarini hisobga olgan

holda, tashqi iste’molchilarga boshqa mamlakatlarga nisbatan
chegirmali tibbiy xizmatlarni taklif qilish

Joy

-

Marketing obyektining joylashuvi, uning mavjudligi,

-

aniq joylashuvi, resurslar va infratuzilma

imkoniyatlarining mavjudligi (turdosh tarmoqlarning
rivojlanishi: transport, mehmonxona, umumiy ovqatlanish,
sug‘urta)

Xodimlar

-

Ichki marketing strategiyasi loyihalarni muvaffaqiyatli amalga

1

Лобанова А.В. Использование маркетингового инструментария в рамках управления взаимодействием

региональной власти, бизнес-структур и гражданского общества // УЭкС. 2014. № 9 (69). URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/ispolzovanie-marketingovogo-instrumentariya-v-ramkah-upravleniya-
vzaimodeystviem-regionalnoy-vlasti-biznes-struktur-i-grazhdanskogo (дата обращения: 21.02.2020); Дубова Ю.И.,
Ечка Е.М. Концепция маркетинг-микса регионального маркетинга // Вестник СамГУ. 2015. № 8 (130). URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/kontseptsiya-marketinga-miks-regionalnogo-marketinga

(дата

обращения:

21.02.2020).


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

76

Marketing
kompleksi
tarkibiy
qismilari

Tavsif

marketingi

oshirish uchun bevosita aloqada bo‘luvchi subyektlarning faol ishtiroki
va jalb etilishini ta’minlashga qaratiladi.

Aloqa nuqtalari

-

Mintaqadagi jarayonning barcha ishtirokchilariga samarali

hamkorlik qilish imkonini beruvchi yagona aloqa muhitini yaratish

Sotish jarayoni

-

Yirik vositachilar va media agentliklari bilan hamkorlik qilish

orqali mintaqa va mamlakat tashqarisida reklama vositalaridan
foydalanish

Qayta aloqa
nuqtalari

Mavjud baholashlar, reytinglar, sharhlar, uch tomonlama hamkorlik
ishtirokchilarining fikrlari bo‘yicha ma’lumotlar to‘plash

Joylashtirish

-

Mavjud resurslar va afzalliklarga asoslangan ustuvorliklar va

joylashuvni belgilash.

Rag‘batlantirish
va PR

-

Mintaqaning tibbiy turizm yo‘nalishi sifatida ijobiy imidjini

yaratish va boshqarish uchun ichki va tashqi auditoriyani zarur
ma’lumotlar bilan ta’minlash.

Ishtirok etish

-

Ishtirokchilarni aniq yechimlar, dasturlar, strategiyalarni yaratish

jarayoniga jalb qilish;

-

turistlarga tibbiy va tegishli xizmatlar ko‘rsatish loyihasining

tarkibiy qismlarini takomillashtirishda o‘zaro hamkorlik;

-

ishtirokchilarining fikrlarini baholash

Taklif etilgan
sodiqlik
dasturlari

-

O‘zaro hamkorlik ishtirokchilariga soliq imtiyozlari kabi turli xil

imtiyozlarni taqdim etish;

-

Maqsadli takliflar biznes uyushmalari va iste’molchilar

jamiyatlarining qulay shahar muhiti hamda tegishli infratuzilmani
rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga
yo‘naltirilishi mumkin.

Ijtimoiy
mas’uliyat
siyosati

-

Iqtisodiy manfaatlarni (moliyaviy natijalar, investitsiyalarni jalb

qilish) ijtimoiy manfaatlar bilan uyg‘unlashtirish va o‘z zimmalariga
olgan majburiyatlarni bajarish (mahalliy aholiga xizmatlarning
mavjudligi va shifokor va o‘rta tibbiyot xodimi sifatida kasbni tanlagan
yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash)

Davlat marketingi tibbiyot tashkilotining marketing kompleksining instrumentlarini

ishlab chiqish va amalga oshirishga ta’sir ko‘rsatadi, bunda kadrlar marketingi va aloqa
imkoniyatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Xizmat ko‘rsatish sohasining o‘ziga xos
xususiyatlari, xususan tibbiy xizmatlardagi inson omilining ustunligi kadrlar marketingi
masalalarining dolzarbligini oshiradi.

Xulosa

Teletibbiyot xizmatlarini servislashtirish va raqamlashtirish ularning zamonaviy

sog‘liqni saqlash tizimida tutgan o‘rnini tubdan o‘zgartirmoqda. Ushbu maqolada muallif
tomonidan ishlab chiqilgan tizimli yondashuv modeli asosida, teletibbiyot xizmatlari faqat
texnologik vosita emas, balki kompleks servis tizimi sifatida baholandi. Servislashtirish


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

77

tamoyillari teletibbiyot xizmatlarining inson salomatligi uchun qulay, uzluksiz,
moslashtirilgan va mijozga yo‘naltirilgan shaklga kelishini ta'minlasa, raqamlashtirish esa
ushbu xizmatlarning yirik miqyosda va samarali amalga oshirilishiga zamin yaratadi.

Jamoat salomatligi nazariyalari asosida teletibbiyot xizmatlari nafaqat individual

bemorlar bilan ishlashda, balki aholining umumiy tibbiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashda muhim
omil sifatida ko‘rilmoqda. Maqola doirasida servis iqtisodiyoti, raqamli sog‘liqni saqlash va
ijtimoiy tibbiyot yondashuvlari uyg‘unlashtirilib, sog‘liqni saqlash tizimini yanada samarali
tashkil etish uchun mualliflik tizimlashtirish modeli taklif etildi.

Natijada, teletibbiyot xizmatlarining raqamli transformatsiyasi va servis modeli asosida

rivojlanishi aholining tibbiy xizmatlarga bo‘lgan teng va o‘z vaqtida kirish imkoniyatini
kengaytiradi, resurslardan oqilona foydalanish va jamoat salomatligini ta'minlashda yangi
istiqbollar ochadi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy sayti – www.ssv.uz (mavjud

statistik ma'lumotlar va normativ hujjatlar);
2.

Лобанова А.В. Использование маркетингового инструментария в рамках

управления взаимодействием региональной власти, бизнес-структур и гражданского
общества // УЭкС. 2014. № 9 (69). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/ispolzovanie-
marketingovogo-instrumentariya-v-ramkah-upravleniya-vzaimodeystviem-regionalnoy-
vlasti-biznes-struktur-i-grazhdanskogo (дата обращения: 21.02.2020);
3.

Дубова Ю.И., Ечка Е.М. Концепция маркетинг-микса регионального маркетинга //

Вестник СамГУ. 2015. № 8 (130). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/kontseptsiya-
marketinga-miks-regionalnogo-marketinga (дата обращения: 21.02.2020).

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy sayti – www.ssv.uz (mavjud statistik ma'lumotlar va normativ hujjatlar);

Лобанова А.В. Использование маркетингового инструментария в рамках управления взаимодействием региональной власти, бизнес-структур и гражданского общества // УЭкС. 2014. № 9 (69). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/ispolzovanie-marketingovogo-instrumentariya-v-ramkah-upravleniya-vzaimodeystviem-regionalnoy-vlasti-biznes-struktur-i-grazhdanskogo (дата обращения: 21.02.2020);

Дубова Ю.И., Ечка Е.М. Концепция маркетинг-микса регионального маркетинга // Вестник СамГУ. 2015. № 8 (130). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/kontseptsiya-marketinga-miks-regionalnogo-marketinga (дата обращения: 21.02.2020).