ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
154
“STEAM TA’LIM TEXNOLOGIYASINING MAZMUNI HAQIDA”
Murodova Madina Karim qizi
murodovamadinakarimqizi@gmail.com
+998915151884
https://doi.org/10.5281/zenodo.16742366
“Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo‘lgan ta’lim
tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi.
Ta’limning bugungi vazifasi o‘quvchilarni kun sayin oshib borayotgan axborot-ta’lim
muhiti sharoitida mustaqil ravishda faoliyat ko‘rsata olishga, axborot oqimidan oqilona
foydalanishga o‘rgatishdan iboratdir. Buning uchun ularga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash
imkoniyati va sharoitini yaratib berish zarur”
1
.
“Shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda talaba(yoki o‘quvchi)larni faqat tayyor bilimlarni
egallashga o‘rgatib kelingan edi. Bunday usul talaba (yoki o‘quvchi)larda mustaqil fikrlash,
ijodiy izlanish, tashabbuskorlikni so‘ndirar edi.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol uslublar (innovatsion pedagogik va axborot
texnologiyalari)dan foydalanib, ta’limning samaradorligini ko‘tarishga bo‘lgan qiziqish, e’tibor
kundan-kunga kuchayib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilgan mashg‘ulotlar
talaba(yoki o‘quvchi)lar egallayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib,
tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan”
2
.
“STEAM – hozirgi kunda dunyo ta’lim tizimining eng asosiy urf bo‘lgan innovatsion
metodlaridan biri hisoblanadi. Bir qaraganda, STEAM abbreviaturasi juda murakkab ko‘rinadi,
lekin uni alohida ko‘radigan bo‘lsak sodda va aniq ekanini ko‘rishimiz mumkin, ya’ni: S –
science, T – technology, E – engineering, A – art, M – mathematics yoki tabiiy fanlar, texnologiya,
muhandislik san’ati, ijod, matematika. Oddiy so‘z bilan aytganda, zamonaviy dunyoda eng ko‘p
talab etilayotgan fanlardir. Hech kimga sir emaski, ko‘plab fan tarmoqlarida katta yutuqlarga
erishish uchun o‘zlashtiriladigan turli sohalardagi bilimlarning integratsiyasi talab etiladi.
Aynan shunday muammolarni hal qilishda STEAM texnologiyasi yordam beradi”
3
.
“STEAM nimani nazarda tutadi? Bular quyidagilar: S – science, T – technology, E –
engineering, A – art, M – mathematics (tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik san’ati, ijodkorlik,
matematika). STEAM muhitida turli xil materiallar (yog‘och, qog‘oz, metall, plastmassa)
elementlari yordamida bolalar boshlang‘ich texnik ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlari,
muhandislik bilan tanishishlari mumkin”
4
.
“Kichik yoshdagi bolalar uchun tayyorlanadigan kitoblarni STEM ta’lim tizimi doirasida
qanday strukturalashtirish mumkin:
S – Science
Kichik yoshdagi bolalarni fan olamiga olib
kirishda hayvonot olami, dengiz hayvonlari, o‘simlik va hasharotlar haqidagi kitoblardan
foydalansa bo‘ladi.
T – Technology
Atrofimizda, bolalar xonasida, kundalik faoliyatimizda
uchraydigan texnologiya buyumlari aks etgan qiziqarli kitoblar bolani texnologiya olamiga olib
1
Ishmuxamedov R., Abduqodirov A., Pardayev A., “Ta’limda innovatsion texnologiyalar” T:2008-y., 3-bet.
2
Ishmuxamedov R., Abduqodirov A., Pardayev A., “Ta’limda innovatsion texnologiyalar” T:2008-y., 14-bet.
3
O‘zRes OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI. “Maktabgacha ta’limda STEAM texnologiyasi” : o‘quv-
uslubiy majmua / Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti, “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim” kafedrasi. –
Buxoro, 2021-y.
4
Maxmutazimova Yu. R. “Maktabgacha ta’limda STEAM texnologiyalari” : o‘quv-qo‘llanma. – Toshkent: Nizomiy
nomidagi TDPU, 2022-y., 11-bet.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
155
kiradi. Qaychi, g‘ildirak, mashina, oyisining kir yuvish mashinasi, telefon va hokazolarni kitobda
ichini ko‘rsatgan holda namoyon qilish, buyumlar haqida hikoyalar o‘qish mumkin. Qiziqarli
hikoya bilan namoyon bo‘lgan texnologik buyumlar illyustratsiyasi bolani miyasida savollar
paydo bo‘lishiga, tahliliy o‘ylashiga turtki bo‘lishi mumkin.
E – Engineering
Injinerlik sohasiga bolalarni olib kirishni shakllarni o‘rganishdan
boshlasa bo‘ladi. Shakllar, ularning atrofimizdagi buyumlarda aksi, shakllarning bir-biri bilan
munosabati haqidagi biron shaklga ega bo‘lgan kitob foydali vosita bo‘ladi.
A – Art
Bolani san’at
olamiga olib kirishni bolaligidan boshlash zarur. Milliy va dunyo miqyosida buyuk san’at
arboblari asarlari, san’at namunalaridan tashkil topgan kitoblar, bolalar ko‘ziga yosh
psixologiyasini inobatga olgan illyustrasiyalar STEM ta’limi tamoyiliga munosib bo‘ladi.
Malevichning “Qora kvadrat” rasmi orqali shaklni ko‘rsatish, Monkning “Qo‘rquv” asari orqali
hissiyotlarni namoyon qilish kabi faoliyatlar bolalarni qiziqtira oladi.
M – Math
Kichik yoshdagi
o‘qishni bilmaydigan bolalarga ham sanash asoslarini o‘rgatish mumkin. Faqat bu 1+1 kabi
zerikarli, bolaning neyrofiziologik rivojlanishiga to‘g‘ri kelmaydigan ta’lim bo‘lmay, balki
interaktiv innovatsion yondashuvga ega ta’limini qo‘llashdir. Kitob illyustrasiyadagi hayvonlar
soni, barmoqlar soni, yuzdagi a’zolarning yonida “1” (og‘zi bitta) yoki “2” (ko‘zi ikkita)
sonlarining namoyon bo‘lishi bolada matematika asoslarini shakllanishida va sonlarga qiziqishi
uyg‘onishiga yordam beradi “
5
.
“STEAM texnologiyasida bolalar yaxshi bilim olishga intilishadi va uni darhol amalda
qo‘llashadi. Agar biz an’anaviy ta’limning asosiy maqsadi bilimlarni o‘rgatish va bu bilimlardan
fikrlash va ijod qilish uchun foydalanish deb aytsak, STEAM yondashuvi bizni olgan bilimlarni
haqiqiy ko‘nikmalar bilan birlashtirishga o‘rgatadi. STEAM yondashuvining eng mashhur
namunasi – Massachusets Texnologiya Instituti (MIT). Ushbu dunyo universitetining shiori
“Mens et Manus” (Aql va qo‘l). Massachusets Texnologiya Instituti bolalarga STEAM
tushunchasini oldindan o‘rganish va tanishish imkoniyatini berish uchun STEAM kurslarini
ishlab chiqdi va hattoki ba’zi ta’lim muassasalarida STEAM o‘quv markazlarini yaratdi.”
6

7
.
“STEAM
ta’limi
–bu
boshlang‘ich
sinf
o‘quvchilarimizda
ko‘nikmalarni
takomillashtirishning yangi darajasiga erishishga imkon beradigan innovatsion usul. Uning
5
O‘zRes OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI. “Maktabgacha ta’limda STEAM texnologiyasi” : o‘quv-
uslubiy majmua / Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti, “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim” kafedrasi. –
Buxoro, 2021-y.
6
O‘zRes OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI. “Maktabgacha ta’limda STEAM texnologiyasi” : o‘quv-
uslubiy majmua / Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti, “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim” kafedrasi. –
Buxoro, 2021-y.
7
O‘zRes OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI. “Maktabgacha ta’limda STEAM texnologiyasi” : o‘quv-
uslubiy majmua / Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti, “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim” kafedrasi. –
Buxoro, 2021-y.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
156
yordami bilan biz iqtisodiy jihatdan mustaqil va raqobatbardosh mamlakat bo‘lishga imkon
beradigan progressiv kadrlar bazasini shakllantira olamiz”
8
.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Ishmuxamedov R., Abduqodirov A., Pardayev A., “Ta’limda innovatsion texnologiyalar”
T:2008-y., 3-bet.
2.
Ishmuxamedov R., Abduqodirov A., Pardayev A., “Ta’limda innovatsion texnologiyalar”
T:2008-y., 14-bet.
3.
O‘zRes OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI. “Maktabgacha ta’limda STEAM
texnologiyasi”: o‘quv-uslubiy majmua / Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti,
“Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim” kafedrasi. – Buxoro, 2021-y.
4.
Maxmutazimova Yu. R. “Maktabgacha ta’limda STEAM texnologiyalari” : o‘quv-qo‘llanma.
– Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2022-y., 11-bet.
5.
O‘zRes OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI. “Maktabgacha ta’limda STEAM
texnologiyasi”: o‘quv-uslubiy majmua / Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti,
“Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim” kafedrasi. – Buxoro, 2021-y.
6.

7.

8.
K.D.Abdug‘ofurovna “Boshlang‘ich sinf texnologiya darslarini STEAM ta’lim yondashuvi
asosida kreativlik qobiliyatlarini shakllantirish”, OAK 2022-y., Noyabr.
9.
O‘zRes OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI. “Maktabgacha ta’limda STEAM
texnologiyasi”: o‘quv-uslubiy majmua / Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti,
“Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim” kafedrasi. – Buxoro, 2021-y.
10.
Maxmutazimova Yu. R. “Maktabgacha ta’limda STEAM texnologiyalari” : o‘quv-qo‘llanma.
– Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2022-y.
8
K.D.Abdug‘ofurovna “Boshlang‘ich sinf texnologiya darslarini STEAM ta’lim yondashuvi asosida kreativlik
qobiliyatlarini shakllantirish”, OAK 2022-y., Noyabr.