Авторы

  • Amir Musurmonov
    Osiyo texnologiyalar universiteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.46296

Ключевые слова:

Ermitaj Qunduzcha ayg’oqchi Lelingrad Turon.

Аннотация

Mazkur maqolada Amir Temur bitigida To’xtamishxon bilan bo’lib o’tgan jangni tarixiy manbalar asosida yoritishga hamda kelgusida ilmiy izlanuvchilarga asosli manba sifatida foydalanish mumkin bo`lgan takliflar keltiriladi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

135

AMIR TEMUR TUZUKLARI TARIXDAN SO‘ZLAGANDA

Musurmonov Amir

Osiyo texnologiyalar universiteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13828835

Annotatsiya.

Mazkur maqolada Amir Temur bitigida To’xtamishxon bilan bo’lib o’tgan

jangni tarixiy manbalar asosida yoritishga hamda kelgusida ilmiy izlanuvchilarga asosli manba
sifatida foydalanish mumkin bo`lgan takliflar keltiriladi.

Kalit so‘zlar:

Ermitaj, Qunduzcha, ayg’oqchi, Lelingrad, Turon.


Bugungi kunda Rossiyada joylashgan Ermitaj davlat muzeyida yurtimizning boy qadimiy

tarixi, madaniyati va turmush tarziga oid ko‘plab moddiy manbalar saqlanadi. Nodir san’at
asarlariyu haykallar, turli davrlarga oid tangalar, suratlar, bitiktoshlar tarzida bizgacha yetib
kelgan tarixiy boyliklarda buyuk bobolarimizning nozik did va iqtidorlarini o’zida aks ettirib
turadi. Shulardan biri diyorimizning temuriylar davri tarixini o‘rganishda muhim ahamiyatga
ega bo‘lgan bitiktoshdir.

Qadim o‘tmishdan guvohlik beruvchi ushbu bitiktosh Ulug‘ Vatan urushidan ilgari

Qozog‘istonning Ulug‘tov manzilidan topilgan hamda Leningradga, Davlat Ermitajiga olib
kelingan.

Bitiktoshning yuqori qismidagi yozuv uch qator bo‘lib, arab imlosi ham arab tilida; quyi

qismidagi yozuv esa sakkiz qator bo‘lib, uyg‘ur imlosida turkiy tilde bitilgan. Boshdagi bitik juda
mayda, atigi bir santimetr kattalikda, qolaversa, u necha asrdan buyon ochiqda turgan, shuning
uchun ham yozuvni o‘qish qiyinchilik tug‘diradi. Bitikni ilk bor turkshunos olim N. Poppe
o‘rgangan va matnni aniqlashga harakat qilgan. Oradan besh yil o‘tgach, sharqshunos olim A.
Ponamaryov ham uni qayta o‘qishga urinib ko‘radi va o‘z mulohazalarini bildirib o‘tadi.
Olimning fikricha, dastlabki tadqiqotchi bitikning umumiy ma’nosini yoritish bilan bir qatorda
ba’zi yozuvlarni noto‘g‘ri tushungan. Shuning uchun A. Ponamaryov ayrim so‘zlarni
mazmunidan kelib chiqib chuqur tahlil qildi va matnning boshqacha ma’nosini taklif etdi.
Agarda bitikning u rus tiliga qilgan tarjimasini o‘zbek tiliga o‘giradigan bo‘lsak, quyidagi manba
kelib chiqadi: «Tarixning yetti yuz to‘qson uchinchi — Qo‘y yilida Turon sultoni Temurbek ikki
yuz ming cherik bilan To‘xtamishxon ustiga yurdi. Shu yerda belgi bo‘lsin deb ushbuni o‘rnatdi.
Tangri nisbat bergay, inshoolloh»… Toshning tepa qismidagi arabcha yozuvning faqat
«Marhamatli va muruvvatli Xudovandi Karim sharafiga…» — degan jumlasini o‘qishga
erishilgan. Boshqa qismi xiralashib ketganligi uchun aniqlashning iloji bo‘lmagan.

Tarixchi Nizomiddin Shomiyning yozishicha, sohibqiron-jahongir Amir Temur Ko‘ragon

1391 yilning 28 aprel kuni To‘xtamishxon ustiga yurish qilgan, borayotib Ulug‘tov degan joyda
to‘xtagan, baland tepalik ustiga chiqib tevarak-atrofga, uzoq-uzoqlarga nazar solgan va mana
shu yerga bir belgi qo‘yish haqida buyruq bergan. Shunga ko‘ra har bir askar bittadan tosh
keltirishi, toshlar bir joyga to‘planishi, shularning ichidan silliq bir tosh tanlab olinib, uning
sirtiga ikki imloda, ikki tilda yozuv bitilishi lozim edi. Yuqorida ko‘zda tutilgan bitiktosh shu
tariqa vujudga kelgandir. Bu bitik qalbaki emasmikin degan shubhada ayrim olimlar uni qayta
tekshirib, toshdagi qaydlarni tarixiy manbalar bilan solishtirib ko‘rdilar.

Bitikda zikr etilganidek, Amir Temur haqiqatan ham o‘zini Turon sultoni deb atagan va

To‘xtamishxon ustiga ikki yuz ming lashkar bilan bostirib borgan edi. Bu yurish 1391 yil sodir


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

136

bo‘lganligi, shuning sharafiga bitiktosh o‘rnatilgani temuriylar davrining yilnomachilari
G‘iyosiddin Ali, Nizomiddin Shomiy va Sharafiddin Ali Yazdiylarning asarlarida qayd etilgan.

Xo‘sh, ushbu bitikda aytib o‘tilgan Oltin O‘rdaga yurish qanday boshlanib, qay tariqa

yakun topgan. Buni oydinlashtirish uchun avvalambor Amir Temur bilan To‘xtamishxon
o‘rtasidagi munosabatlarga qisqacha to‘xtalib o‘tish lozim. Ma’lumki, jahongir Amir Temur
bilan To‘xtamishxonning ilk uchrashuvi 1375 yili Samarqand shahrida bo‘lgan edi. O‘shanda
Oltin O‘rda xoni O‘risxonning ta’qibidan qochib, To‘xtamishxon panoh izlab kelgandi. Garchi
Amir Temur mo‘g‘ullar istilosi tufayli xarob bo‘lgan Movarounnahrni qayta tiklash bilan band
bo‘lsa-da, shunga qaramay To‘xtamishxonga izzat-hurmat ko‘rsatdi. To‘xtamishxon uning
jamiki yordamini sidqidildan qabul qildi va unga sodiq qolishi haqida qayta-qayta qasam ichdi.
Oradan yillar o‘tib, 1380 yildagi Kulikovo jangidan keyin mavqeyi yo‘qolgan Mamayxonni tor-
mor keltirgach, Jo‘ji ulusida hokimiyatni ko‘lga kiritgan To‘xtamishxon salbiy tomonga o‘zgardi
va bergan qasamlari unitila boshlaydi. Tabiiyki, u egallagan yerlarni kengaytirishga intildi —
talovchilik yurishlarining rejasini tuzdi. Natijada Amir Temurning yaxshiliklarini ham hisobga
olmay, uning qo‘l ostidagi yurtlarni bosib olish uchun 1387-1388 yillarda ikki marta
bosqinchilik yurishlarini amalga oshiradi. Yaqindagina ko‘z yosh to‘kib, panoh izlab kelgan
To‘xtamishxonning endi uyalmay-netmay qo‘shin tortib kelishi, tabiiyki, jahongirni qattiq
g‘azablantirdi.

U sekin-asta qad rostlayotgan vatanini himoya qilishga shaylandi. Sirdaryo bo‘ylarida

To‘xtamishxon qo‘shinlari kuchli zarbaga uchradi. Amir Temur esa muzaffar qo‘shini bilan
Samarqandga qaytdi. Albatta bu To‘xtamishxonning butkul mag‘lubiyatga uchraganini
anglatmas, u katta qo‘shin to‘plab, hech kutilmaganda Movarounnahrga bostirib kelishi ham
mumkin edi. Aniqrog’i shimoli-g‘arbiy sarhadlarda Amir Temur saltanati tinchligiga putur
yetkazuvchi kuchli dushman paydo bo‘lgandi. Shu bois u To‘xtamishxonni tamomila yanchib
tashlash uchun hozirlik ko‘ra boshladi va 1389 yili Oltin O‘rdaga qo‘shin tortdi. To‘xtamishxon
esa ochiq jang qilishdan cho‘chib cho‘lga qochdi. Uni quvish befoyda ekanligini anglagan Amir
Temur muqarrar sodir bo‘lajak urushga yarasha kuch to‘plashga kirishdi.

Tarixchilar qayd etishicha, Amir Temur To‘xtamishxonga qarshi 1390 yilning qishida

yurish boshlagan. Samarqanddan yo’lga chiqqan qo‘shinlar Sirdaryoni kechib o‘tganda, Chinoz
yaqinida qishlab qolishgan. Temur o‘z odatiga ko‘ra Shayx Maslahatning qabrini ziyorat qilish
uchun Xo‘jandga borgan va atagan nazru niyozlarini beva-bechoralarga ulashib, tag‘in Chinozga
qaytib kelgan. Shundan keyin u qattiq betob bo‘lib, qirq kuncha yotib qolgan. 1391 yilning
yanvar oyida sog‘aygach, yana u shijoat bilan bo‘lg‘usi jangga hozirlik ko‘ra boshlagan. Nihoyat,
22 yanvar kuni qo‘shin Toshkentdan o‘tib Qora Somon degan joyga kelganida ularning huzuriga
To‘xtamishxonning elchilari yetib kelgan. Bu holat bekorga emas edi, albatta. Amir Temur katta
qo‘shin bilan yopirilib kelayotganligini eshitgan To‘xtamishxon talvasaga tushgan va muzokara
yo‘lini tutishga qaror qilgan edi. Sohibqiron ularni hurmat bilan kutib oling, deya buyruq
bergan. To‘xtamishxon hadya sifatida in’om etgan va elchilar olib kelgan lochinni u qo‘liga
qo‘ndirgan-u, biroq unga qayrilib qaramagan.

Elchilar Amir Temurning qarshisida tiz cho‘kishib, unga To‘xtamishxonning maktubini

topshirishgan. Ushbu maktubda To‘xtamishxon unga qilgan xiyonatidan qattiq pushaymon
ekanligi, Amir Temur agarda gunohidan o‘tsa, bundan buyon vassal bo‘lib, uning barcha
buyrug‘ini so‘zsiz bajarishi aytilgan edi. Bu To‘xtamishxonning navbatdagi nayrangi ekanligi
jahongirga sir emas edi, shuning uchun ham unga munosib javob qaytardi. Javob xatida


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

137

nonko‘rlik qilgan To‘xtamishxonning va’dayu so‘ziga hech kachon ishonmasligini qayd etib
o‘tadi. Shundan so‘ng Amir Temur yurishni davom ettiramizmi yoki Samarqandga qaytamizmi
degan masalani hal qilib olish uchun qurultoy chaqirdi. Qurultoyda qatnashgan amirlar,
shahzodayu lashkarboshilar yurishni davom ettirish lozim, To‘xtamishxon vaqtida tiyib
qo‘yilmasa, baribir, bir kun shunga majbur bo‘linadi, deyishadi.

1392 yilning fevral oyi oxirlarida Amir Temur qo‘shinlari Yassa, Qorachuq va Savrondan

o‘tib, bepoyon dashtlikka chiqishdi. Aprel oyining oxirlarida qo‘shin Ulug‘tovga yetib keldi.
Xuddi shunda jahongir baland cho‘qqiga chiqqan va tevarak-atrofga nazar solib, ko‘ngli
allaqanday hislarga to‘lgan, shu yerda o‘zidan bir yodgorlik qoldirmoqchi bo‘lgan.

Bitiktosh o‘rnatilgach, qo‘shin yana oldinga siljigan. Yalinib-yolvorishiga qaramay,

baribir, yurish rejasidan qaytmagan Amir Temur lashkarini qay tariqa holdan toydirsam ekan,
deb o‘ylagan To‘xtamishxon axiri bir qarorga kelgan, ya’ni raqib qo‘shinini ortidan ergashtirib,
cho‘lda qochib yurishni, ularni horitishni, ochlikka duchor kilib, so‘ng birdan hujumga o‘tishni
rejalashtirgan. Uning bu niyatini jahongir anglab, raqib lashkarlari izini topish uchun har
tomonga mohir xufiyachilarni jo‘natgan, nabirasi, jasur lashkarboshi Muhammad Sultonga
qo‘shin ajratib berib, old tomonga yuborgan. Shuningdek, Umarshayx Mirzoni ham 20000
lashkarga bosh qiladi va To‘xtamishxonni axtarishga yo‘llaydi.

Umarshayx Mirzo raqib qo‘shinlari bilan yuzma-yuz kelib, jangga kirishadi.
1391 yilning 18 aprelida Amir Temur o‘zi qo‘shinga bosh bo‘lib, Samara viloyatining

Qunduzcha deb nom olgan joyida To‘xtamishxon qo‘shiniga qarshi jang boshlaydi.
To‘xtamishxon lashkarlari tor-mor etiladi.

Amir Temur g‘alabani qo‘lga kiritgach, Yoyiq daryosidan kechib, Savron, O‘tror, Toshkent

orqali Samarqandga qaytib kelgan. Bu yurishga jami 11 oy vaqt ketgan. Shundan so‘ng
vatanning shimoli g‘arbiy hududlari ancha yillar osoyishta turdi…

Leningrad Davlat Ermitajidagi bu bitiktosh Amir Temurning vatan osoyishtaligi yo‘lida

olib borgan kurashlaridan biri haqida hikoya qiluvchi yodgorlikdir. Jahongir uni Ulug‘tovda
mangu tursin, kelajak nasllarga shavkatli ishlarimizni doimo eslatsin, deb o‘rnatgan bo‘lsa
ehtimol.

References:

1.

Nizomiddin Shomiy “Zafarnoma”.

2.

2. Muiniddin Natanziy “Mo’ntahab ut-tavorix”

3.

Sharofiddin ali Yazdiy “Zafarnoma”.

4.

G’.Karimov “Amir Temur va Ulug’bek zamondoshlari xotirasida”(T.: 1996) va “Temuriylar

bo’nyodkorligi davr manbalari”(T.: 1997).
5.

I.M. Mo‘minovning «O‘rta Osiyoda Amir Temurning o‘rni va roli»

6.

Ismatullayev X. Amir Temur va tashqi dunyo // O‘zbekiston adabiyoti va san’ati. 1994.

7.

Хўжаёров, А. (2023). ЎРТА АСРЛАРДА НАСАФ ВОҲАСИ ИЛМИЙ–АДАБИЙ ҲАЁТИ.

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические
исследования, 2 (7), 41-43.
8.

Ходжаёров, А. О. (2023). Сомонийлар даврида Насаф шаҳрининг ижтимоий,

иқтисодий ва маънавий ҳаёти. Взгляд в прошлое, 6 (1).
9.

Хўжаёров, А. О. (2022). Қашқадарё воҳаси алломалари илмий меросининг аҳамияти.

In International conferences (Vol. 1, No. 21, pp. 99-103).


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

138

10.

Khojayorov, A. (2023). The scientific–literary environment of the Nasaf oasis in the

middle ages. Educational Research in Universal Sciences, 2(3), 885-888.
11.

Хўжаёров, А. (2022). Абу Райҳон Берунийнинг “Ҳиндистон” асари ноёб этнографик

манба сифатида. Academic research in educational sciences, (3), 399-411.
12.

Asilbek, K. (2023). History of Sufism in Nasaf Oasis. Intersections of Faith and Culture:

American Journal of Religious and Cultural Studies (2993-2599), 1 (6), 15-19.
13.

Khojayorov, A. (2024). JURISPRUDENCE OF MUHAMMAD BAZDAWI (IX – XII

CENTURIES). Collection of scientific papers «SCIENTIA», (February 23 2024; Amsterdam,
Netherlands), 188-191.
14.

Uralov, G. (2021). POLITICS OF REPRESSION IN THE KASHKADARYA OASIS.

15.

Ghaybulla, U. (2023). The development of tourism through" Abu-l Mu'in an-Nasafi"

scientific research center. Journal of Universal Science Research, 1(2), 392-395.
16.

Gaybulla, O. (2023). THE HISTORY OF THE LANGAR ATA SANCTUARY AND ITS PLACE IN

THE HISTORY OF OUR MATERIAL CULTURE. JOURNAL OF INNOVATIONS IN SCIENTIFIC AND
EDUCATIONAL RESEARCH, 6(1), 367-371.

Библиографические ссылки

Nizomiddin Shomiy “Zafarnoma”.

Muiniddin Natanziy “Mo’ntahab ut-tavorix”

Sharofiddin ali Yazdiy “Zafarnoma”.

G’.Karimov “Amir Temur va Ulug’bek zamondoshlari xotirasida”(T.: 1996) va “Temuriylar bo’nyodkorligi davr manbalari”(T.: 1997).

I.M. Mo‘minovning «O‘rta Osiyoda Amir Temurning o‘rni va roli»

Ismatullayev X. Amir Temur va tashqi dunyo // O‘zbekiston adabiyoti va san’ati. 1994.

Хўжаёров, А. (2023). ЎРТА АСРЛАРДА НАСАФ ВОҲАСИ ИЛМИЙ–АДАБИЙ ҲАЁТИ. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 2 (7), 41-43.

Ходжаёров, А. О. (2023). Сомонийлар даврида Насаф шаҳрининг ижтимоий, иқтисодий ва маънавий ҳаёти. Взгляд в прошлое, 6 (1).

Хўжаёров, А. О. (2022). Қашқадарё воҳаси алломалари илмий меросининг аҳамияти. In International conferences (Vol. 1, No. 21, pp. 99-103).

Khojayorov, A. (2023). The scientific–literary environment of the Nasaf oasis in the middle ages. Educational Research in Universal Sciences, 2(3), 885-888.

Хўжаёров, А. (2022). Абу Райҳон Берунийнинг “Ҳиндистон” асари ноёб этнографик манба сифатида. Academic research in educational sciences, (3), 399-411.

Asilbek, K. (2023). History of Sufism in Nasaf Oasis. Intersections of Faith and Culture: American Journal of Religious and Cultural Studies (2993-2599), 1 (6), 15-19.

Khojayorov, A. (2024). JURISPRUDENCE OF MUHAMMAD BAZDAWI (IX – XII CENTURIES). Collection of scientific papers «SCIENTIA», (February 23 2024; Amsterdam, Netherlands), 188-191.

Uralov, G. (2021). POLITICS OF REPRESSION IN THE KASHKADARYA OASIS.

Ghaybulla, U. (2023). The development of tourism through" Abu-l Mu'in an-Nasafi" scientific research center. Journal of Universal Science Research, 1(2), 392-395.

Gaybulla, O. (2023). THE HISTORY OF THE LANGAR ATA SANCTUARY AND ITS PLACE IN THE HISTORY OF OUR MATERIAL CULTURE. JOURNAL OF INNOVATIONS IN SCIENTIFIC AND EDUCATIONAL RESEARCH, 6(1), 367-371.