Авторы

  • Sultonmurod Sherxanov
    Turan xalqaro universiteti “Gumanitar fanlar va pedagogika” kafedrasi o`qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.46302

Ключевые слова:

Ong xalq milliy ozodlik vatanparvarlik “Misr xalqi”

Аннотация

Arab xalqining milliy ongi uyg‘onishi arab ijtimoiy tafakkurining eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. Arablar G‘arb mustamlakachiligiga qarshi, chet el zulmiga, talon - tarojlikka, nohaqlikka qarshi kurashga otlandi. Avvalo milliy ozodlik uchun kurash g‘oyalari asta-sekin paydo bo‘lib, keyin bora-bora rivojlanib, katta bir milliy ozodlik harakatining mafkurasi – vatanparvarlik ruhidagi millatchilikka aylandi. Har bir arab mamlakatida mahalliy millatchilik – Misr, Suriya, Iroq va boshqa millatchiliklar shakllana boshlandi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

114

ARAB MILLATPARVARLIK MAFKURASINING RIVOJLANISHI

Sherxanov Sultonmurod Davronboy o`g`li

Turan xalqaro universiteti

“Gumanitar fanlar va pedagogika”

kafedrasi o`qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13827595

Tayanch so`zlar:

Ong, xalq, milliy ozodlik, vatanparvarlik, “Misr xalqi”

Key words:

Consciousness, people, national liberation, patriotism, "Egyptian people".


Arab xalqining milliy ongi uyg‘onishi arab ijtimoiy tafakkurining eng muhim

yo‘nalishlaridan biridir. Arablar G‘arb mustamlakachiligiga qarshi, chet el zulmiga, talon -
tarojlikka, nohaqlikka qarshi kurashga otlandi. Avvalo milliy ozodlik uchun kurash g‘oyalari
asta-sekin paydo bo‘lib, keyin bora-bora rivojlanib, katta bir milliy ozodlik harakatining
mafkurasi – vatanparvarlik ruhidagi millatchilikka aylandi. Har bir arab mamlakatida mahalliy
millatchilik – Misr, Suriya, Iroq va boshqa millatchiliklar shakllana boshlandi.

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Misrda milliy ozodlik harakati mafkurasining

shakllanishida Lutfi Sayid, Saad Zaglul katta ish olib bordilar. Ma’rifatparvar mutafakkir,
publitsist, siyosiy arbob Mustafo Komil (1874

-

1908) shu mafkuraning, ya'ni misr

millatchiligining shakllanishida alohida o‘rin egallagan. Shu bois uni bu mafkuraning
asoschisi, deb o‘rinli hisoblaydilar.

Mustafo Komilda yoshlik-yillaridanoq mamlakatni xonavayron, xalqni och-

yalang‘ochlikka mubtalo etayotgan ingliz mustamlakasiga qarshi kurash ruhi kuchayib bordi,
u barcha shijoat, kuch-g‘ayratini shu kurashga bag‘ishlar edi. Mustafo studentlik-yillarida
mamlakatdagi taraqqiyparvar ziyolilarni o‘z safiga birlashtirgan siyosiy to‘garaklarda faol
qatnasha boshladi. Tez orada mamlakatlarning yirik «al- Ahrom» va «al-Muayyad»
gazetalarida Mustafo Komilning ham vatanparvarlik maqolalari paydo bo‘la boshladi. Misr
xalqining farzandi, o‘z mamlakatining ozodligi va milliy mustaqilligi uchun tolmas va shijoatli
kurashchi Mustafo Komil 1893- yilning 8 yanvar kuni xalq ommasi oldida birinchi marta
otashin nutq so‘zladi. Uning Tuluza(Frantsiya)da «Misr xavfi» nomli birinchi broshyurasi
nashr etiladi.

Mustafo Komil xulosa qiladiki, hamma musulmonlar o‘z hokimi – sultonni himoya qilib

birlashmoqlari lozim va bu birlashish musulmon olamining baxti uchun yagona najot yo‘lidir,
ular chuqur anglashlari lozimki, sultonning omonligi muqaddas musulmon bayrog‘ining shon-
sharafi demakdir.

Xulosa o`rnida aytishimiz mumkunki, ma’rifatchilik zaminida XIX asrning oxirgi

choragida diniy yo‘nalish – musulmon islohchiligi paydo bo‘ldi. U mohiyatan murakkab hodisa
bo‘lib, islomdagi ratsionalistik oqim sifatida tanildi. Bu oqim vakillari ijtimoiy tuzum asosini
ma’rifiy islom tashkil etishi lozim, o‘shandagina jamiyatda ziddiyatlar yo‘qoladi, deb
hisoblardi. Musulmon islohchilari inson aql-zakovatini tarannum etib, sxolastik aqidaviy
tushunchalarga qarshi chiqqanlar.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

115

References:

1.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli

Farmoni:2017 — 2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo'nalishi bo'yicham HARAKATLAR STRATEGIYASI
2.

Mirziyoyev Sh. M. “Erkin va farovon, demokratik O ‘zbekiston davlatini birgalikda barpo

etamiz. – T.:O ‘zbekiston, 2016.B.134.
3.

Falsafa. M. Ahmedova umumiy tahriri ostida. T.2006.

4.

Falsafa: ensiklopedik lug ‘at/O ‘zRFA, I. Mo ‘minov nomidagi falsafa va huquq instituti. –

T.: “O ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2010.
5.

Ma’rifat yo‘lida. E.Babayeva. – T.: “Fan va texnologiya”, 2012, 108 bet.

Библиографические ссылки

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni:2017 — 2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicham HARAKATLAR STRATEGIYASI

Mirziyoyev Sh. M. “Erkin va farovon, demokratik O ‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – T.:O ‘zbekiston, 2016.B.134.

Falsafa. M. Ahmedova umumiy tahriri ostida. T.2006.

Falsafa: ensiklopedik lug ‘at/O ‘zRFA, I. Mo ‘minov nomidagi falsafa va huquq instituti. – T.: “O ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2010.

Ma’rifat yo‘lida. E.Babayeva. – T.: “Fan va texnologiya”, 2012, 108 bet.