Авторы

  • Saida Zikirova
    Erkin izlanuvchi Qarshi davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.46308

Ключевые слова:

Shaxs emotsiya his-tuyg’u faoliyat affekt muomala o’yin stress kayfiyat pozitiv negativ korreksiya.

Аннотация

Maqolada insonning shaxslilik va xarakterologik xususiyatlarining barqarorligiga, emosiya va hissiyotning ijobiy (pozitiv), salbiy (negativ) xususiyat kasb etishiga asoslangan. shaxs imkoniyatlarini roʻyobga chiqishga koʻmaklashishga (oʻzini oʻzi kashf qilish, oʻziga oʻzi buyruq berish, oʻzini oʻzi takomillashtirish, oʻzini oʻzi baholash, oʻzini oʻzi nazorat qilish, oʻzini oʻzi boshqarish, oʻziga oʻzi taskin berish, oʻzini oʻzi qoʻlga olish haqida yo’l-yo’riqlari haqida so’z yuritilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

84

INSON HAYOTI VA FAOLIYATINI OʻZGARTUVCHI ASOSIY OMILLAR

Zikirova Saida

Erkin izlanuvchi

Qarshi davlat universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.13801536

Annotatsiya:

Maqolada insonning shaxslilik va xarakterologik xususiyatlarining

barqarorligiga, emosiya va hissiyotning ijobiy (pozitiv), salbiy (negativ) xususiyat kasb
etishiga asoslangan. shaxs imkoniyatlarini roʻyobga chiqishga koʻmaklashishga (oʻzini oʻzi
kashf qilish, oʻziga oʻzi buyruq berish, oʻzini oʻzi takomillashtirish, oʻzini oʻzi baholash, oʻzini
oʻzi nazorat qilish, oʻzini oʻzi boshqarish, oʻziga oʻzi taskin berish, oʻzini oʻzi qoʻlga olish haqida
yo’l-yo’riqlari haqida so’z yuritilgan.

Kalit so‘zlar:

Shaxs, emotsiya, his-tuyg’u, faoliyat, affekt, muomala, o’yin, stress,

kayfiyat, pozitiv, negativ, korreksiya.

Annotation:

The article is based on the stability of personality and characterological

characteristics of a person, on the acquisition of a positive (positive), negative (negative)
character of emotion and emotion. to help realize the possibilities of the person (self-
discovery, self-command, self-improvement, self-evaluation, self-control, self-control, self-
comfort, self-restraint, self-control are discussed.

Key words:

Person, emotion, emotion, activity, affect, behavior, play, stress, mood,

positive, negative, correction.

Aннотация:

В

основе

статьи

лежит

устойчивость

личностных

и

характерологических особенностей человека , приобретение эмоций и эмоций
положительного (положительного), отрицательного (отрицательного) характера. речь
идет о руководящих принципах, направленных на содействие реализации
возможностей личности (самопознание, самоконтроль, самосовершенствование,
самооценка, самоконтроль, саморегуляция, самоутверждение, самообладание).

Ключевые слова

: личность, эмоция, эмоция, активность, аффект, лечение, игра,

стресс, настроение, позитив, негатив, коррекция.


Jahon psixologiyasida xulq-atvor, muomala va faoliyat muvaffaqiyatini ta'minlovchi

omillarning eng muhimi tariqasida insonning emosional hayoti yotishi aksariyat nazariyotchi
psixologlar tomonidan ta'kidlab oʻtiladi. Bu talqinning haqqoniyligiga hech qanday e'tirozlar
boʻlishi mumkin emas, chunki mazkur omil eksperimental psixologiyaning mustaqil soha
sifatida vujudga kelishidan e'tiboran ustuvor, dalil taqozo qilmaydigan atribut singari
tadqiqot predmeti mohiyatiga singib ketgan. Shuni alohida ta'kidlab oʻtish lozimki, inson
muomalasining, xulq-atvorining kechishi, faoliyatining muvaffaqiyatli, sermahsul
yakunlanishi koʻp jihatdan shaxsning emosional holatlariga (emosional ton, kayfiyat, stress,
affekt va hokazo), izohlanishi murakkab boʻlgan ruhiy kechinmalarga, yuksak his-tuygʻularga
bogʻliq.

Oʻyin, mehnat, oʻquv, muomala va boshqa faoliyat turlarining muvaffaqiyatli kechishi,

shaxslararo munosabatlarda xulq-atvorning namoyon boʻlishi ijobiy psixologik holat sifatida
baholansa, emosiya va hissiyotning barqaror, maqsadga yoʻnalgan tarzda hukm surish
ehtimoli e'tirof etiladi. His-tuygʻularning mustahkamligi, barqarorligi, mukammalligi
sifatlarining mavjudligi ularning dinamik stereotiplar tipiga aylanganligidan dalolat beradi,


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

85

faoliyat va xulqning shaxs tomonidan ongli ravishda boshqarish uslubi shakllanganligini
bildiradi. Tabiatning tarkibiy qismlari va jamiyatning a'zolari bilan turli shakldagi, har xil
xususiyatli munosabatga kirishishi, ular bilan muomala qilish maromlarini davriy (muvaqqat
tarzda) oʻzgarishni vujudga keltiradi. Ana shu oʻzgarish tufayli muvaffaqiyat va
muvaffaqiyatsizlik, omad va omadsizlik, optimizm va pessimizm, romantika va realiya,
simpatiya va antipatiya, progress va regress, joʻshqinlik va tushkunlik, faollik va sustlik kabi
birinchisi ijobiy (pozitiv) ikkinchisi esa salbiy (negativ) ruhiy hodisa kelib chiqadi.

Faoliyat va xulqning amaliyotda bir tekis kechishini ta'minlovchi emosional holat

barqarorligining buzilishi unga qiyos qilingan muvaffaqiyatning birlamchi omili toʻgʻrisidagi
ilmiy ma'lumotlarni shubha ostida qoldiradi. Binobarin, jamiki narsaning boshlangʻich asosi,
manbai emosiya degan gʻoyani, uning qiymatini umumiy fonda birmuncha qadrsizlantiradi,
lekin ikkinchi darajali omilga aylantirib yubormaydi. Omillarning birlamchi va ikkilamchi,
ustuvor va etakchi, umumiy va xususiy, ob'ektiv va sub'ektiv, muhim va nomuhim mezonlar,
alomatlar, oʻlchamlar yordami bilan baholanishi ushbu psixologik masala mohiyatini oqilona
talqin qilish zaruriyatini vujudga keltiradi. Holbuki shunday ekan, ularning mohiyatini,
keltirib chiqaruvchi sabablarini, harakatlantiruvchi kuchlarini muayyan dalillarga asoslanib
tahlil qilish muammosi maydonga keladi.

Inson faoliyati va xulqining muayyan qonuniyatlarga asoslangan holda amalga oshishi

ham ob'ektiv, ham sub'ektiv shart-sharoitlarga bogʻliq. Tabiiy omillarni keltirib chiqaruvchi
ob'ektiv (tashqi) shart-sharoitlar, ya'ni mikro va makro muhit, moddiy borliq, yordamchi
vositalarning mavjudligi, ularning yuksak talablarga javob bera olish imkoniyati, tashqi
qoʻgʻatuvchilarning bezararligi, vaqt va fazoviy oʻlchovlarning muvofiqligi, mutanosibligi
kabilardan tarkib topadi.

Xulq va faoliyatning namoyon boʻlishi uchun tabiiy shart-sharoitlar tizimi yaxlit holda

ishtirok etishi, ularning muvaffaqiyatini ta'minlovchi omillar majmuasi tariqasida xizmat
qilishi mumkin. Tabiiy shart-sharoitlardagi toʻkislikdan tashqari ayrim etishmovchiliklar va
uzilishlarning sodir boʻlishi nuqsonlarni keltirib chiqaradi, buning oqibatida ruhiy
kechinmalar faolligi, ildamligi, maqsadga yoʻnalganligi buziladi.

Tabiiy shart-sharoitlar muhit ta'sirida ruhiy olamida bir qator keskin ham sifat, ham

miqdor oʻzgarishlari vujudga keladi, ular yangilanishlarda, yangi fazilatlar, xislatlar
tugʻilishida namoyon boʻladi. Shuni alohida ta'kidlab oʻtish joizki, tabiiy muhitning tarkibiy
boʻlmish geografik muhit bu borada muhim rol oʻynaydi, koʻpincha u, birinchidan, biologik
shartlangan shaxs sifatlariga ta'sir etib, fenotiplarni genotiplarga aylantiradi (hududiy muhit,
relef, stixiya kutilishi: zilzila, qor koʻchkisi, dovul, suv toshqini, oyoq etmas qorli togʻlar va
hokazo). Ikkinchidan, ontogenezda shaxs xarakterologik xusu-siyatlarining tabiiy ravishda
shakllanishiga ta'sir oʻtkazadi, shuning bilan birga mikro muhit bilan genlar, irsiy belgilar,
alomatlar oʻrtasida uygʻunlikni ta'minlab turuvchi mexanizm vazifasini bajaradi.

Ob'ektiv (tabiiy) shart-sharoitlardan tashqari, inson omili bilan uzviy bogʻliqligi

sub'ektiv (shaxsga oid, uning qiyofasiga bogʻliq) shart-sharoitlar muomalaning, faoliyatning,
xulqning ijtimoiy turmushda samarali amalga oshishini uzluksiz ravishda ta'minlab turadi.
Sub'ektiv shart-sharoitlarning qatoriga shaxsning barqarorligi, xarakterning mustahkamligi,
ehtiyoj, motiv, maslak, salohiyatning puxtaligi, oʻzini oʻzi boshqarish uslubining qat'iy
ravishda shakllanganligi, biologik shartlangan xislatlar esa oʻzaro uygʻunlashganligi kabilar
kiradi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

86

Odatda ob'ektiv (tabiiy) va sub'ektiv (shaxsga oid) shart-sharoitlardagi oʻzgarishlar

tufayli ijobiy (pozitiv) yoki salbiy (negativ) xususiyatli psixologik holatlar, hodisalar, xislatlar,
kechinmalar ustuvorligi yuzaga kelib, moddiy asos funksiyasini bajaruvchi oliy nerv
faoliyatini, markaziy nerv tizimining ritmikasini, ishchanlik qobiliyatini pasaytiradi. Buning
oqibatida faoliyat, xulq va muomala amalga oshishida odatiy sa'i-harakatlar, ope-rasiyalar,
maromlar buzila boshlaydi, favqulodda asabiylik, ruhiy nuqsoniylik, qonuniyatdan chetga
ogʻishlik, noxush kechinmalar hokimligi etakchilik qiladi. Xuddi shu sababdan, faoliyat, xulq va
muomalaning muvaffaqiyati shubha ostida qolishi mumkin, chunki mahsuldorlik,
sobitqadamlilik, maqsadga yoʻnalganlik sifatlarining dominantligi yoʻqoladi, natijada
ushalmagan ezgu niyatlar armon tariqasida yuksak his-tuygʻular safida davriy hukm surishda
davom etaveradi.

Insonning tabiatga va jamiyatga nisbatan munosabati tasodiflarsiz, favquloddagi

vaziyatlarsiz amalga oshishi mumkin emas, chunki ehtimollar darajasidagi kutilishning
yoʻqligi rejasiz vaziyatlarni shaxsning idrok maydonida keltirib chiqaradi. Hayot va faoliyat
strategiyasi va taktikasining ekstremal tarzda oʻzgarishi individual va ijtimoiy xususiyatli
vaziyatlarning paydo boʻlishiga olib keladi. Vaziyatlar stixiyali, xaotik (betartib, tasodif) xatti-
harakatlarni vujudga keltirib, tekis, odatiy, davriy, barqaror xususiyatlar ritmikasini izdan
chiqaradi, natijada insonning motivasion, emosional, kognitiv, regulyativ, xulqiy, irodaviy
tuzilishi tarkiblarining funksiyasi buziladi. Shaxs tuzilishiga favquloddagi vaziyatlarning ichki
larzasi faoliyat, xulq va muomalaning onglilik holatidan ongsizlikka oʻtishini taqozo etadi,
binobarin, muvaffaqiyatsizlik realiyaga aylanadi.

Xoʻsh, nima uchun shaxs tasodiflarning oldini olishga tayyor emas yoki koʻpincha u bu

borada kuchsizlik, ojizlik qiladi?

Ushbu muammo echimini juda sodda tarzda hal qilish ham mumkin:

1)

shaxs ongli zot, yaratuvchilik qudratiga ega boʻlishidan qat'i nazar - u tabiatning tarkibiy

qismi, instinktlar, shartsiz reflekslar ta'siriga beriluvchandir;
2)

shaxsning tana a'zolari (organizmi) favquloddagi hodisalar va vaziyatlarga moslashgan

emas (stixiya, halokat, tasodif, stress, affekt, xavf-xatar - risk);
3)

shaxs komillik darajasiga erishmaganligi tufayli sababiy bogʻlanish oqibatlarini, fobiya

bilan bogʻliq his-tuygʻularni oldindan sezish, payqash, ularga nisbatan aks ta'sir berish
imkoniyati yoʻq;
4)

shaxsda ikkinchi qiyofaning shakllanmaganligi (test, trening, trenirovka bilan

qurollanmaganligi) uning xavf-xatar qurboniga aylantirishi shubhasiz.

Jahon psixologiyasi fanining ma'lumotlariga qaraganda, muvaffaqiyatsizlikdan hech kim

himoyalangan emas, chunki ijtimoiy immunitet juda kuchsiz aksil ta'sir koʻrsatish
imkoniyatiga ega. Ma'lumki, jismoniy, axloqiy va aqliy barkamollik tub ma'nodagi komil inson
toʻgʻrisida mulohaza yuritishga imkon beradi va tarkiblarning toʻla mutanosibligi,
uygʻunlashganligi, oʻzaro taqozo etuvchanligi asosiy mezon vazifasini bajaradi. Komillik
darajasi sub'ektning ma'naviy dunyosiga aylanmas ekan, u taqdirda hech kim tasodiflar,
favquloddagi vaziyatlar shaxs tomonidan odatiy hodisa sifatida osoyishta qabul qilinmaydi.

Muvaffaqiyat garovi (kafolati) funksiyasini bajaruvchi omillarning genezisi toʻgʻrisidagi

fikr yuritilganda, eng avvalo, ularning birlamchiligini, asosiy manba ekanligini nazarda tutish
nazariy hamda metodologik muammolar echimini oqilona topishga puxta negiz hozirlaydi,
boshlangʻich harakat nuqtasini belgilab berishga xizmat qiladi. Nazariy mulohazalarga binoan,


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

87

faoliyat, xulq va muomalaning bir tekis, samarali kechishi genetik nuqtai nazardan
quyidagilarga bogʻliq:
1.

Ob'ektiv (tabiiy) va sub'ektiv (shaxsga oid) shart-sharoitlar mavjudligiga.

2.

Ob'ektiv va sub'ektiv shart-sharoitlar hukm surishini oʻzgartiruvchi tasodifiy va

favquloddagi vaziyatlar ta'sirchanligiga, ustuvorligiga.
3.

Emosiya va hissiyotning ijobiy (pozitiv), salbiy (negativ) xususiyat kasb etishiga.

4.

Insonning shaxslilik va xarakterologik xususiyatlarining barqarorligiga (beqarorligiga).

5.

Shaxsning komillik darajasiga erishganligiga va hokazo.

Shaxsning hayot va faoliyatda muvaffaqiyatga erishish, maqsadga muvofiq sa'i-harakatlarni
unga yoʻnaltirish uchun quyidagilarga e'tibor qilish zarurarning zaruratidir:
1)

ob'ektiv va sub'ektiv shart-sharoitlar oʻzgarsa, ularga tuzatishlar (korreksiya) kiritishga

tayyorgarlikka;
2)

favquloddagi vaziyatlarga koʻnikish uchun shaxsga trening yordami bilan ta'sir

oʻtkazishga, unda ikkinchi qiyofani shakllantirishga;
3)

organizmning har qanday stixiyalarga chidamliligini orttirishga;

4)

komillikka intilish his-tuygʻularini takomillashtirishga;

5)

shaxs imkoniyatlarini roʻyobga chiqishga koʻmaklashishga (oʻzini oʻzi kashf qilish, oʻziga

oʻzi buyruq berish, oʻzini oʻzi takomillashtirish, oʻzini oʻzi baholash, oʻzini oʻzi nazorat qilish,
oʻzini oʻzi boshqarish, oʻziga oʻzi taskin berish, oʻzini oʻzi qoʻlga olish va hokazo).

Inson hayotini va faoliyatini oʻzgartiruvchi asosiy omillar mavjud boʻlib, ular muayyan

darajada shaxsning ta'siriga beriluvchandirlar.

References:

1.

Gʻoziev E. Faoliyat va xulq-atvor motivasiyasi.-T.: “Universitet”, 2003.

2.

Gʻoziev E. Umumiy psixologiya. -T.: “Universitet”, 2002.

Библиографические ссылки

Gʻoziev E. Faoliyat va xulq-atvor motivasiyasi.-T.: “Universitet”, 2003.

Gʻoziev E. Umumiy psixologiya. -T.: “Universitet”, 2002.