Авторы

  • Aziz Normo’minov
    Qarshi davlat universiteti tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.46310

Ключевые слова:

Paraolimpiya sport tarixi imkoniyati cheklangan shaxslar ijtimoiy integratsiya sport yutuqlari Paraolimpiya harakati global sport paralimpiyachilar tarixiy natijalar sport rivojlanishi.

Аннотация

Ushbu maqolada Paraolimpiya sport musobaqalarida erishilgan natijalar tarixi tahlil qilinadi. Maqola Paraolimpiya harakatining paydo bo'lishidan to hozirgi kungacha bo'lgan davrdagi eng muhim yutuqlar va voqealarni o‘rganadi. Paralimpiyachilar tomonidan qo‘lga kiritilgan tarixiy natijalar nafaqat sport, balki ijtimoiy hayotda ham inqilobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lganligi tahlil qilinadi. Ushbu natijalar orqali imkoniyati cheklangan shaxslarning jamiyatda teng huquqli o‘rin egallashi va sport orqali o‘z salohiyatlarini namoyon etishlariga bo‘lgan ijtimoiy munosabat o‘zgarishiga diqqat qaratiladi. Shuningdek, maqolada Paraolimpiya harakatining global miqyosdagi rivojlanishi va kelajak istiqbollari ko‘rib chiqiladi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

76

PARAOLIMPIYA SPORT MUSOBAQALARIDA ERISHILGAN NATIJALAR

TARIXI

Aziz Normo’minov

Qarshi davlat universiteti tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.13801524

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Paraolimpiya sport musobaqalarida erishilgan natijalar

tarixi tahlil qilinadi. Maqola Paraolimpiya harakatining paydo bo'lishidan to hozirgi kungacha
bo'lgan davrdagi eng muhim yutuqlar va voqealarni o‘rganadi. Paralimpiyachilar tomonidan
qo‘lga kiritilgan tarixiy natijalar nafaqat sport, balki ijtimoiy hayotda ham inqilobiy
o‘zgarishlarga sabab bo‘lganligi tahlil qilinadi. Ushbu natijalar orqali imkoniyati cheklangan
shaxslarning jamiyatda teng huquqli o‘rin egallashi va sport orqali o‘z salohiyatlarini
namoyon etishlariga bo‘lgan ijtimoiy munosabat o‘zgarishiga diqqat qaratiladi. Shuningdek,
maqolada Paraolimpiya harakatining global miqyosdagi rivojlanishi va kelajak istiqbollari
ko‘rib chiqiladi.

Kalit so'zlar:

Paraolimpiya, sport tarixi, imkoniyati cheklangan shaxslar, ijtimoiy

integratsiya, sport yutuqlari, Paraolimpiya harakati, global sport, paralimpiyachilar, tarixiy
natijalar, sport rivojlanishi.

Annotation:

This article analyzes the history of results achieved in Para-Olympic sports

competitions. The article explores the most important achievements and events from the
advent of the Paraolympic movement to the present day. It is analyzed that the historical
results obtained by Paralympians caused revolutionary changes not only in sports, but also in
social life. Through these results, the focus is on the change in the social attitude of individuals
with disabilities to occupy an equal place in society and to show their potential through
sports. The article also examines the Global Development and future prospects of the
Paraolympic movement.

Keywords:

Paraolimpia, sports history, persons with disabilities, social integration,

sports achievements, Paraolimpia movement, global sport, Paralympians, historical results,
sports development.


Paralimpiya o'yinlari – jismoniy nogironlar, nogironlar uchun olimpiadalar hisoblanib,

paralimpiya o'yinlari eng katta va eng muhimi – Olimpiya o'yinlaridan keyin - jahon sport
forumidir. Nogironlarni sportga jalb qilish bo'yicha birinchi urinishlar 19-asrda, 1888 yilda
Berlinda birinchi karlar uchun sport klubi tashkil etilganda qilingan. 1924 yilda Parijda
birinchi marta "Karlar uchun Olimpiya o'yinlari" bo'lib o'tdi, uning dasturiga engil atletika,
velosport, futbol, otish va suzish bo'yicha musobaqalar kiritilgan. Biroq, bugungi kunda
Paralimpiya harakati deb nomlanuvchi nogironlar uchun jahon sporti harakatining
rivojlanishi 1945 yilgacha boshlangan.Nogironligi bo'lgan sportchilar musobaqasiga nisbatan
"Paralimpiya" atamasi 1988 yilda rasmiylashtirildi. Ismning o'zi yunoncha "para" ("yaqin"
yoki "yonda") va "Olimpiya" so'zidan kelib chiqqan[1].

Paralimpiya sport tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 1945 yilda umurtqa pog'onasi

shikastlangan odamlarni davolashning yangi sxemasining ishlab chiqilishi bugungi kunda
Paralimpiya harakati deb nomlanuvchi nogironlar uchun butun dunyo bo'ylab sport
harakatining rivojlanishiga olib keldi. Ikkinchi jahon urushidan keyin nogironlar uchun sport
oldinga qadam tashladi, bunga 1936 yilda natsizmdan Angliyaga qochgan nemis shifokori


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

77

Lyudvig Guttmanning ishi katta yordam berdi. 1944 yilda Buyuk Britaniya hukumati nomidan
u Stok Mandevil kichik shaharchasidagi shifoxonada Orqa miya jarohati markazini ochdi va
unga rahbarlik qildi[2].

Ma’lumki, mamlakatimiz sportida 1991-yilgachayurtimizning sanoqli sportchilarigina

Olimpiya oyinlari, jahon va Yevropa miqyosidagi nufuzli musobaqalarda qatnasha olardi.
Mavjud muammolarni bartaraf qilish maqsadida Mustaqillikning birinchi kunlaridanoq
mamlakat rahbarining tashabbusi bilan jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishga
qaratilgan tegishli qonunlar, Prezident farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari
bosqichma-bosqich qabul qilinib, ular joriy etildi. Qisqa muddatda jismoniy tarbiya va sportni
boshqarishning tashkiliy asoslari takomilashtirildi, O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi,
sport turlari boyicha federasiyalar tashkil qilindi, jismoniy tarbiya, sog’lomlashtirish,
ommaviy sport va sportning milliy turlari rivojlantirildi, jismoniy tarbiya va sportning
moddiy-texnik bazasi mustahkalandi, milliy ta’lim dasturiga binoan jismoniy tarbiya va sport
sohasi boyicha malakali kadrlarni tayyorlash va qayta o’qitish ishlari amalga oshirildi va bu
borada ishlar davom etirib kelinmoqda.

Shuningdek, aholining imkoniyati cheklangan qismi orasida ham sportni targ`ib qilish

ishlari olib borildi. Buning natijasida turli yosh toifasidagi jamoalar mintaqaviy va xalqaro
musobaqalarda sovrinli o`rinlarni egallab borishdi.

2012 yil 18 oktabr О‘zbekiston maxsus olimpiadasi, О‘zbekiston maxsus paralimpiya

assotsiatsi bilan hamkorlikda Yakkasaroy tumani Qushbegi maxallasidagi 38-BО‘SMda 14
yoshgacha bо‘lgan imkoniyati cheklangan bolalar о‘rtasida Gimnastika barcha uchun sport
musobaqasi о‘tkazildi.

2013-2014 yillarda jismoniy tarbiya va sport sohasi, xususan, olimpiya sport turlari

faoliyati tahliliy kо‘rib chiqilsa, yuqori natijalarga erishilganligiga guvoh bо‘lamiz. II ParaOsiyo
о‘yinlari – 2014 22 ta oltin, 5 ta kumush, va 4 ta bronza medali bilan qaytdi[3].

2014 yil Janubiy Koreyaning Inchxon shahrida bо‘lib о‘tgan II Paraosiyo о‘yinlarida

О‘zbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan 27 nafar sportchi 22 ta oltin, 5 ta kumush
va 4 ta bronza medalga sazovor bо‘lib, umumjamoa hisobida 41 davlat orasida faxrli 5-о‘rinni,
Markaziy Osiyo davlatlari о‘rtasida esa 1-о‘rinni egalladi. Shu bilan birga mamlakatimiz
sportchilari Paraosiyo о‘yinlarida 12 marotaba Osiyo rekordini yangilashga ham muvaffaq
bо‘ldi[4].

“О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan

Mirzayorova Asila sportning yengil atletika turi bilan shug‘ullanib, viloyat, respublika va
xalqaro musobaqalarda ishtirok eta boshladi. 2016 yilda BAA da yoshlar о‘rtasida bо‘lib
о‘tgan musobaqada ishtirok etdi va 3 ta oltin medalni qо‘lga kiritdi. 2017 yilda Indoneziyaning
Jakarta shahrida bо‘lib о‘tgan xalqaro musobaqada bronza medali sohibasi bо‘ldi. 2019 yilda
BAA ning Dubay shahrida kattalar о‘rtasida bо‘lib о‘tgan musobaqada Paralimpiya
yо‘llanmasini qо‘lga kiritdi. Tokio shahrida bо‘lib о‘tgan Paralimpiya о‘yinlarida 2-о‘rinni
egallab kumush medal sohibasiga aylandi.

2018 yil Toshkent shahridagi suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-о‘smirlar

sport maktabi uchun muvaffaqiyatli kechgan yil bо‘ldi. Tarbiyalanuvchilar xalqaro miqyosda
о‘tkazilgan musobaqalarda 17 ta oltin, 7 ta kumush, 13 ta bronza jami 37 ta medallarni qо‘lga
kiritdi. Mamlakatimizning ichki chempionatlarida 774 ta medallarga ega chiqishdi. Bularning
281 tasi oltin, 247 tasi kumush va 246 tasi bronza medallaridan iborat bо‘ldi[5]. Sport


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

78

maktabida paralimpiya sporti ham jadallik bilan ommalashib boryapti. Xususan, 2018 yil 14-
27 may kunlari Seget shahrida (Vengriya) о‘tgan jahon chempionatida Shahnoza Mirzayeva
oltin medalni qо‘lga kiritishgan[6].

2019 yili Toshkent viloyatida velosportning shosse yо‘nalishi bо‘yicha Osiyo

chempionati bо‘lib о‘tdi. Chempionatda terma jamoamiz a’zolari muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
О‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qо‘mitasi, Xalqaro
velosipedchilar ittifoqi (UCI), Osiyo velosport konfederatsiyasi (ASS) hamda mamlakatimiz
velosport federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan ushbu musobaqada о‘smirlar, kattalar va
paralimpiyachilar о‘zaro raqobatlashmoqda. Unda Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston,
Vyetnam, Gonkong, Malayziya, Filippin, Tailand, Mо‘g‘uliston, BAA, Iordaniya, Eron, Saudiya
Arabistoni, Yaman va Livan kabi 40 ga yaqin mamlakatdan kelgan 500 nafardan ortiq
velopoygachi ishtirok etdi[6].

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Osiyo chempionatida erkaklar va ayollar 2020 yilda

Tokioda bо‘ladigan navbatdagi yozgi Olimpiya о‘yinlari yо‘llanmalari uchun ham о‘zaro
raqobatlashdi[6]. Ayollar о‘rtasida 23 yoshgacha bо‘lgan sportchilar toifasida hamyurtimiz
Renata Baymetova bronza medalini qо‘lga kiritdi. 20 yoshgacha bо‘lgan qizlar о‘rtasida sprint
poygasi о‘tkazilib, unda startga chiqqan hamyurtimiz Yanina Kuskova 2-о‘rinni egalladi[6].

Xulosa qilib aytganda, O’zbekistonda sportga bo’lgan e’tibor davlat siyosatining eng

ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’ldi. Yosh avlodni sportga jalb etish, yangi sport inshootlarini
barpo etish, sohaning huquqiy asoslarini rivojlantirishni davrning o’zi taqozo etdi. Olib
borilgan chora-tadbirlar yuqori malakali sportchilarni xalqaro va respublika miqyosidagi
musaboqalarga tayyorlashning ilmiy, nazariy va amaliy asoslarini takomillashtirish,
mamlakatda zamonaviy talablarga javob beradigan jismoniy tarbiya va sport tizimini
shakllantirishga xizmat qildi. So’nggi yillarda O’zbekistonda xotin-qizlar sportini
rivojlantirish, ular orasida sog’lom turmushni keng targ’ib etishga ahamiyat berildi. Davlat va
jamiyat hayotining barcha sohalarida shiddat bilan davom etayotgan islohotlar davrida
jismoniy tarbiya va sportning takomillashtirish, xususan bolalar sportini rivojlantirish dolzarb
masalalar qatoridan joy oldi.

References:

1.

Barbara Keys. The Soviet Union.Cultural Exchange anti the 1956 Melbourne Olympic

Games// Sport wischen Ost und West. Beitrage zur Sportgeschichte Osteuropas im 19 und20
Jahrhundet. Eds. Arie Nalz.,Stefan Rohdewald and Stefan Wiederkehr. Printed in Germany
2007. P.131-145.
2.

Sevket Akyildiz. SovietPhysical Culture in Uzbekistan Implementation and Social Impact

//Sports and Coaching:
3.

Олимп сари. – Т., 2017. – Б.80 –82.

4.

Замонавий таълим / Современное образование. 2016.– № 6-сон.– Б. 63-70.

5.

Мураткин В. Маҳоратли спортчилар маскани. – Жисмоний тарибия ва спорт, 2019

йил 3-сон. – Б.10 – 11.
6.

Ҳайдаров С.Ғурур бағишлаётган муваффақиятлар // Жисмоний тарбия ва спорт,

2019 йил 5-сон. – Б.11.

Библиографические ссылки

Barbara Keys. The Soviet Union.Cultural Exchange anti the 1956 Melbourne Olympic Games// Sport wischen Ost und West. Beitrage zur Sportgeschichte Osteuropas im 19 und20 Jahrhundet. Eds. Arie Nalz.,Stefan Rohdewald and Stefan Wiederkehr. Printed in Germany 2007. P.131-145.

Sevket Akyildiz. SovietPhysical Culture in Uzbekistan Implementation and Social Impact //Sports and Coaching:

Олимп сари. – Т., 2017. – Б.80 –82.

Замонавий таълим / Современное образование. 2016.– № 6-сон.– Б. 63-70.

Мураткин В. Маҳоратли спортчилар маскани. – Жисмоний тарибия ва спорт, 2019 йил 3-сон. – Б.10 – 11.

Ҳайдаров С.Ғурур бағишлаётган муваффақиятлар // Жисмоний тарбия ва спорт, 2019 йил 5-сон. – Б.11.