Авторы

  • Saida Rahimova
    Toshkent davlat agrar universiteti, assistent Nizomiy nomidagi TDPU, Mustaqil izlanuvchi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.46311

Ключевые слова:

axborot ma’naviy tahdid ijtimoiy faollik ijtimoiy munosabatlar ta’lim zamonaviy metodlar dars samaradorligi ma’rifiy tadbirlar mustaqil fikr ijtimoiy ma’suliyat.

Аннотация

Bugungi kunda axborot olamida ma’naviy tahdidlar xavfi tobora kuchaymoqda. Ushbu maqolada ma’naviy tahdid va unga qarshi kurash asosida talabalar ijtimoiy faolligini oshirish metodikasini takomillashtirish masalasi yoritib berilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

72

MA’NAVIY TAHDIDLARGA QARSHI KURASH ASOSIDA TALABALAR IJTIMOIY

FAOLLIGINI OSHIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

Rahimova Saida Durdiyevna

Toshkent davlat agrar universiteti, assistent

Nizomiy nomidagi TDPU, Mustaqil izlanuvchi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13801516

Annotatsiya:

Bugungi kunda axborot olamida ma’naviy tahdidlar xavfi tobora

kuchaymoqda. Ushbu maqolada ma’naviy tahdid va unga qarshi kurash asosida talabalar
ijtimoiy faolligini oshirish metodikasini takomillashtirish masalasi yoritib berilgan.

Kalit so‘zlar:

axborot, ma’naviy tahdid, ijtimoiy faollik, ijtimoiy munosabatlar, ta’lim,

zamonaviy metodlar, dars samaradorligi, ma’rifiy tadbirlar, mustaqil fikr, ijtimoiy ma’suliyat.

Аннотация:

Сегодня в мире информации возрастает угроза моральных угроз. В

данной статье освещается вопрос совершенствования методики повышения
социальной активности учащихся на основе моральной угрозы и борьбы с ней.

Ключевые слова:

информация, моральная угроза, социальная активность,

общественные отношения, образование, современные методы, эффективность урока,
образовательная

деятельность,

самостоятельное

мышление,

социальная

ответственность.

Annotation:

Today in the world of information, the risk of spiritual threats is

increasingly increasing. This article covers the issue of improving the methodology for
increasing the social activity of students on the basis of spiritual threat and the fight against it.

Keywords:

information, spiritual threat, social activity, social relations, education,

modern methods, lesson effectiveness, educational activities, independent thought, social
responsibility.


Global sharoitda inson ma’naviy olamini mulohaza qilish eng dolzarb masalalardan

biridir. Chunki bugungi intellektual rivojlanish jarayonida ma’naviyatga tahdid har qachongi
davrdan muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois, ma’naviy tahdid muammosini atroflicha
o‘rganish lozim. Aytish mumkinki, “XXI asr intellektual salohiyat, tafakkur va ma’naviyat asri
sifatida insoniyat oldida yangi – yangi ufqlar ochish bilan birga, biz ilgari ko‘rmagan, duch
kelmagan keskin muammolarni ham keltirib chiqarmoqda”[1].

Bugun insoniyatga bo‘layotgan tahdidlarning eng xatarlisi bu ma’naviy tahdid deyish

mumkin. “Ma’naviy tahdid deganda, avvalo, tili, dini, e’tiqodidan qatiy nazar, har qaysi
odamning tom ma’nodagi erkin inson bo‘lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruxiy
dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko‘zda tutgan mafkuraviy, g‘oyaviy va informasion
xurujlarni nazarda tutish lozim”[2]. Bu ta’rif o‘zining bir necha jihatlari bilan diqqatni tortadi.
Unga ko‘ra ma’naviy tahdid:

a) til tanlamaydi;
b) din tanlamaydi;
c) e’tiqod tanlamaydi.
E’tiborlisi shuki, ma’naviy tahdidlar faqat inson tomonidan yaratiladi va faqat insonga

tajovuz qilinishi bilan zararlidir[3].

Ma’naviyatga qarshi qaratilgan har qanday tahdid o‘z-o‘zidan mamlakat xavfsizligi uning

milliy manfaatlari, jismonan va ma’nan sog‘lom avlod kelajagini ta’minlash yo‘lidagi jiddiy


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

73

xatarlardan biriga aylanishi va oxir-oqibatda inson va jamiyat tanazzuliga olib kelishi
mumkin. Shu o‘rinda, ma’naviy tahdidning uch turini alohida ta’kidlash lozim.

1. Mafkuraviy tahdidlar keng qamrovligi va uzoqni ko‘zlovchi xususiyatga egaligi bilan

ajralib turadi. Unga milliy qadriyatlarni kamsitish, mo‘tadil qarashlarni pisand qilmaslik va
uning o‘rniga muayyan mafkuraviy markaz yo‘rig‘iga yurish, milliy axloq qoidalarini inkor
qilish, yot va begona g‘oyalarni, dunyoqarashni mutlaq haqiqat sifatida targ‘ib qilish kabilarni
kiritish mumkin.

2. Gʻoyaviy tahdidlar inson ma’naviy olamida yot g‘oyalar, qarashlar va maqsad-

muddaolarni shakllantirishga intiladishi bilan farqlanadi. Bu axloqiy buzuqlik, zo‘ravonlik,
egosentrizm, individualizm, “ommaviy madaniyat”, millatlararo nizolar keltirib chiqarish,
iqtisodiy tanglik, yoshlar ongini zaharlash kabi g‘oyalarni o‘z ichiga oladi.

3. Informatsion tahdidlar insonning ijtimoiy ongini noto‘g‘ri shakllantirish va shu tariqa

o‘zligiga ega bo‘lmagan olomonni tarkib toptirishni ko‘zlaydi. Bu kabi tahdidlar asosan
Internet tizimi orqali amalga oshirilmoqda hamda uning tarkibiga davlat milliy siyosatini
atayin tanqid qilish, sohta xabarlar tarqatish, muholiflarni gij-gijlash, yoshlarni chalg‘itish kabi
axborot xurujlari kiradi.

Ma’naviy tahdidlarni yuzaga keltirayotgan kuchlar bugungi kunda milliy ma’naviyatga

qarshi kurashda makkorlikning turli uslub va vositalaridan foydalanib, qancha mablag‘ talab
etilishidan qat’iy nazar o‘z manfaatlari yo‘lida mavjud bo‘lgan moddiy, texnik va texnologik
imkoniyatlarni ishga solmoqda. Bu jarayonning tahlili shuni ko‘rsatadiki, ularni jilovlashning
imkoniyati har doim ham mavjud emas. Tashqaridan qaraganda ular sezilmasada, amalda
milliy ma’naviyatda kechayotgan jarayonlarda o‘z ifodasini topmoqda, ularning ongi,
dunyoqarashi, qalbi, “tani” va “qoniga” kirib, butun millatning botiniy va zohiriy qiyofasini
egallamoqda[4].

Shuningdek, ma’naviy tahdidlar ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlarini ifodalaydigan

sub’ektiv omillar majmui bo‘lib, shaxs axloqiy ongini buzish vositasida jamiyat hayotini izdan
chiqarishga, nosog‘lom turmush tarzini yoyishga yo‘naltirilgan.

Xalq, millat o‘z merosi va tarixiy xotirasini tiklagani sari ruhan baquvvat bo‘ladi, undan

ilhom oladi, ma’nan boyiydi, istiqlolga intilib yashaydi va uning faolligi tabiiy ravishda oshib
boraveradi. Shu ma’noda, milliy ma’naviyatni asrash va boyitishning muhim omili ajdodlardan
qolgan ma’naviy merosdir.

Ta’lim tizimida ajdodlar ma’naviy merosni izchil va chuqur o‘rganish jarayoni uzluksiz

davom etib kelayotgan jarayonlardan biridir. Ma’naviy merosni o‘rganish o‘z navbatida
ijtimoiy faollikni talab etadi.

Ijtimoiy faollik-bu shaxsning muhim hayotiy xususiyati bo‘lib, u jamiyatda rivojlanish,

integratsiyalashish, ijtimoiy aloqalarni shakllantirishga imkon beradi. Tadqiqotlar shuni
ko‘rsatdiki, talabalarning ijtimoiy faolligi ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga, ijtimoiy
aloqalarni mustahkamlashga va shaxsni shakllantirishga ta'sir qiladi.

Ijtimoiy faollik shaxsning jamiyat bilan ijtimoiy munosabatini tashkil etuvchi omillaridan

biri bo‘lib, insonni jamiyat va boshqa odamlar uchun qadr-qimmati nuqtai nazaridan
tavsiflaydi. Ijtimoiy faoliyat orqali insonning hayotiy pozitsiyasi, uning jamiyat rivojiga hissa
qo‘shish, o‘zini shaxs sifatida faoliyatda anglash istagi namoyon bo‘ladi.

“Ijtimoiy faollik” insonning jamiyatdagi xulq-atvorining ajralmas qismi sifatida

tushuniladi, bu uning shaxsiy xususiyatlari bilan belgilanadi. Ijtimoiy fanlar tadqiqotlariga


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

74

ko‘ra “ijtimoiy faollik” atamasi ijtimoiy va tabiiy muhitni uning mavjudligi uchun
o‘zgartirishga imkon beradigan shaxs xususiyatini anglatadi[5].

Ijtimoiy faollik shaxsni ijtimoiylashtirishning eng muhim tarkibiy qismi, uning faoliyati

va rivojlanishi, ichki salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shartdir.

Ijtimoiy faollik o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi, u ko‘proq vaziyatga, mavjud motivatsiyaga

yo‘naltirilgan ijtimoiy reaktivlik bilan birga yashaydi. Ijtimoiy faoliyatni tahlil qilish birliklari
tashabbuskorlik va tirishqoqlik bo‘lib u asosan ta’lim jarayonida yuzaga chiqadi.

Talabalarning ijtimoiy faolligini shakllantirish jarayonini boshqarish muammosi bugungi

kunda oliy ta’lim tizimining asosiy vazifalaridan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ijtimoiy
faollik talabalar va talabalarning kognitiv ta'limi, sotsializatsiya jarayoni bilan chambarchas
bog'liq. Talabalarning ijtimoiy faolligini rivojlantirish bilan birgalikda ular madaniy
hamkorlik, ijtimoiy mas'uliyat, ijtimoiy yutuqlar kabi hayotiy jihatlarni rivojlantirishlarida
namoyon bo‘ladi. Shaxsni shakllantirish jarayonida ijtimoiy faollikni rivojlantirish ijtimoiy
institutlarning muhim vazifasidir. Ijtimoiy faollik talabalarga shaxsning jamiyat bilan barqaror
aloqasini shakllantiradi, shaxsga mustaqil hayotning yangi sharoitlariga moslashishga imkon
beradi. Shaxsni shakllantirish jarayonlari, ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, ijtimoiy va
pedagogik omillarning ta'siri ostida shaxsning yuqori darajasiga ko‘tarilish jarayoni yuzaga
chiqadi.

Ijtimoiy shakllanish yangi ko‘nikma va bilimlarni o‘zlashtirish, faoliyat va aloqa sohasini

kengaytirish hisobiga amalga oshiriladi [6]. Dars jarayonida talabalarda ma’naviy tahdidlarga
qarshi ijtimoiy faollikni oshirish “Suqrot metodi”, “aqliy hujum”, “munozara”, “insert”,
“suhbat”, “blits so‘rov”, “klaster”, “FSMU texnologiyasi”, “T-sxema”, “baliq skeleti” kabi
metodlar yordamida yanada shakllantirish mumkin. Ushbu metodlar talabalarda tezkorlik,
topqirlik, o‘z mustaqil fikriga egalik, ma’suliyatlilik, fidoiylik kabi shaxsiy xususiyatlarni
takomillashtirishga imkon beradi.

Talabalarning ijtimoiy faollik darajasi nafaqat shaxsiy omillarga, balki ta’lm

muassasasida talabalarni turli xil tadbirlarga, guruh va o‘qituvchilar bilan o‘zaro
munosabatlarga qanchalik faol jalb qilinishiga ham bog'liq. Ijtimoiy faollik talabalar
faoliyatining turli turlariga masalan, o‘qish muvaffaqiyatiga, talabalar va o‘qituvchilar bilan
yaqin aloqalarga ta'sir qiladi. Umuman olganda, ijtimoiy faollik talabaning turmush tarziga
katta ta’sir qiladi.

Xulosa qilish mumkinki, talabalarda ijtimoiy faollikni shakllantirish mustaqil

fikrlaydigan, o‘z fikriga javob beradigan va ijtimoiy yetuk shaxsni shakllantirishga yordam
beradi, talabaning ichki salohiyatini ro‘yobga chiqarishga imkon yaratadi. Buning uchun
talabalarning qiziqishlari va ehtiyojlarini, ularning motivatsiyasini o‘rganish va uni har
tomonlama qo‘llab-quvvatlash kerak. Ijtimoiy ahamiyatga ega natijalarga erishish, yuqori
ijtimoiy mavqega ega bo‘lish yoki uni saqlab qolish, o‘zini o‘zi anglash motivi talabalarni ta’lim
muassasasi faoliyatida ishtirok etishga undashi mumkin. Olingan natijalarni hisobga olgan
holda, ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashishda ijtimoiy fanlarni mukammal o‘qitish bilan
birga talabalarda kommunikativ va tashkiliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan
treninglar hamda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga ko‘proq jalb qilish orqali ijtimoiy faollik
darajasini oshirish mumkin.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

75

References:

1)

Karimov I. Vatanimizning bosqichma-bosqich va barqaror rivojlanishini ta’minlash -

bizning oliy maqsadimiz. -T.:O‘zbekiston, 2009. -B.251.
2)

Karimov I. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. -T.:Ma’naviyat, 2008. -B.14.

3)

To‘rayev Sh.Ma’naviy tahdid: falsafiy talqin. -T.: Muharrir, 2010. -B.4.

4)

Otamuratov S. Globallashuv va milliy ma’naviy xavfsizlik. -T.: O‘zbekiston, 2013. - B.265.

5)

Харланова, Е. М. (2011б). Социальная активность студентов: сущность понятия.

Теория и практика общественного развития, 4, 183–186.
6)

Gulamova, N. G. (2021). Development of social activity among students. Science and

Education Today, 1, 72–73. (in Russ.)

Библиографические ссылки

Karimov I. Vatanimizning bosqichma-bosqich va barqaror rivojlanishini ta’minlash - bizning oliy maqsadimiz. -T.:O‘zbekiston, 2009. -B.251.

Karimov I. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. -T.:Ma’naviyat, 2008. -B.14.

To‘rayev Sh.Ma’naviy tahdid: falsafiy talqin. -T.: Muharrir, 2010. -B.4.

Otamuratov S. Globallashuv va milliy ma’naviy xavfsizlik. -T.: O‘zbekiston, 2013. - B.265.

Харланова, Е. М. (2011б). Социальная активность студентов: сущность понятия. Теория и практика общественного развития, 4, 183–186.

Gulamova, N. G. (2021). Development of social activity among students. Science and Education Today, 1, 72–73. (in Russ.)