ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
147
NAZAR ESHONQUL HIKOYALARIDA OKKAZIONALIZMLARNING
ISHLATILISHI
Fayzullayeva E’zoza Abdulla qizi
Navoiy davlat pedagogika instituti 2-bosqich talabasi
fayzullayevaezoza169@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.12792429
Annotatsiya
: ushbu maqolada okkazionalizm va neologizm hodisalarining o’xshash
hamda farqli jihatlari haqida va Nazar Eshonqul hikoyalarida ularning ishlatilishi va qanday
ma’no nozikliklarini hosil qilgani haqida fikr yuritilgan.
Kalit so’zlar:
okkazionalizm, neologizm, til, nutq, Nazar Eshonqul hikoyalari.
Tilshunoslikda eskirgan so’zlar, iboralar, shevaga xos so’zlar o’rganilgan kabi yangi
ma’noli so’zlar ham keng o’rganilib kelinmoqda. Okkazionalizm va neologizm hodisalari ana
shunday yangilik bo’yog’iga ega bo’lgan so’zlardir. Bu hodisalar o’zbek tilshunosligida juda
ko’p olimlar tomonidan o’rganilib, tadqiq qilinib kelinmoqda. Bu hodisalarning ikkalasi ham
yangilik bo’yog’iga ega bo’lgan so’zlarni o’rgansada, ikkalasi bir-biridan farq qiladi. Ushbu
mavzu borasida o’z tadqiqotini olib borgan olima S.Toshaliyeva bu ikki hodisani farqlashda
ikki xil yo’nalishdagi munosabat borligini ta’kidlaydi. Birinchi yo’nalish uzuallik va
okkazionallik, ikkinch yo’nalish esa eskilik va yangilik o’rtasidagi oppozitsiya asosida fikr
yuritishni taqazo etadi. Uzual so’zlar hozirgi o’zbek tili lug’atida mavjud bo’lgan so’zlardir.
Uzual so’zlar lug’atning barqaror, turg’un birikmalar qismini tashkil etib, umumxalq tili yoki
adabiy tilga mansub bo’ladi. Okkazional so’zlar esa umumxalq tili va adabiy til lug’atida
mavjud bo’lmagan, nutq jarayonida muayyan shaxs tomonidan ayni bir vaziyat, mazmun
ehtiyojidan kelib chiqib yasalgan va asarlarda ishlatilgan g’ayrioddiy so’zlardir. Uzual
so’zlarda ham, okkazional so’zlarda ham yangilik bo’yog’i mavjud bo’ladi. Ikkalasini ham
ma’lum bir muallif ishlab chiqqan bo’ladi. Asosiy farqi shundaki, uzual so’zlar lug’at tarkibiga
bemalol kira oladi, ammo okkazional so’zlarning kirishi chegaralangan bo’ladi.
Chegaralanganligining sababi, ushbu so’zlarning hammasini ham xalq qabul qilmasligi,
nutqida foydalanmasligi mumkin. Bilamizki, xalq qabul qilgan, nutqida foydalanilgan
so’zlargina tilning lug’at tarkibiga kirishi mumkin.
O’zbek tilshunosligida leksik okkazionalizmlar borasida ish olib borgan O.To’xtasinova
ham neologizmlar va okkazionalizmlarning farqi, o’ziga xos xususiyatlari haqida to’xtalib
o’tadi. ”Okkazional so’zlarning muhim belgilaridan biri uning biror muallifga taalluqli
ekanligidir”. Biz olimalarimizning tadqiqotlarini o’rganib chiqib shunday xulosaga keldik, bu
ikki hodisada ham yangilik bo’yog’i mavjud, ikkalasini ham ma’lum bir muallif yaratadi. Ammo
neologizmlarning o’ziga xos xususiyatlari bor: ular til birligi, lug’at tarkibida mavjud, bora-
bora yangilik bo’yog’i yo’qolib, umumxalq so’zlariga aylanadi. Okkazionalizmlar esa nutq
birligi bo’lib, tilning lug’at tarkibiga kira olmaydi, nutq jarayonida kimdir tomonidan faqatgina
bir marotaba qo’llana oladi. Sanab o’tgan birlashtiruvchi va farqli tomonlar ushbu
tushunchalar haqida yanada yaxshi tushunchaga ega bo’lishimiz uchun katta yordam beradi.
Badiiy adabiyotda yozuvchilar asarlarini yozish jarayonida umumxalq so’zlaridan
foydalanish bilan bir qatorda o’zlari yangilik bo’yog’iga ega bo’lgan okkazionalizmlarni ham
kashf etishadi. Albatta, bu ish chinakam mahoratli yozuvchi, shoirlarninggina qo’lidan keladi,
xolos. Nazar Eshonqul ham ana shunday mahoratga ega bo’lgan yozuvchilardan biri. U
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
148
o’zining hikoyalarida so’zlarni shunday tanlab ishlatganki, yaratilgan okkazionalizmlar
boshqa yozuvchilarning hech bir asarida uchramaydi.
Sen bu ruhlar qabristonidan nelar izlayapsan?! Bu odamlar izlarida sen izlayotgan ul
shamlar allaqachon o’chib bo’lgan.
(“Momoqo’shiq” hikoyasi 94-bet)- Bu gapda yangilik
bo’yog’iga ega bo’lgan okkazionalizm
ruhlar qabristoni
birikmasi bo’lib, boshqa yozuvchilar
tiriklar qabristoni, o’liklar qabristoni, murdalar qabristoni
kabi birikmalarni ishlatgan. Ammo
Nazar Eshonqul ushbu birikma orqali okkazionalizmlarning sonini yana bittaga oshirgan.
Mayli, yangra! Mayli, zabt et! Meni o’z ohangingga g’arq qil! Mayli, meni kuyning
kundasida qatl et! Toki qabrim ham sening o’lmas satrlaringda qolsin!..
(“Momoqo’shiq”
hikoyasi 95-bet)- Bu gapdagi okkazionalizm
kuyning kundasi
birikmasi bo’lib, hech qaysi
yozuvchining ijodida bunday birikma uchramaydi. Nazar Eshonqul hikoyasida kuyga berilgan
bunday o’xshatish novatrlik qobiliyatidan bir dalolatdir.
Muazzam indamadi, faqat bosh irg’adi-Shamsi Saloh ayolning ko’z milklarida paydo
bo’lgan va oy nurida yaltirab ketgan ko’zyoshlarini ko’rib ko’ngli shafqat va iltifot bilan to’ldi;
Muazzam hatto boshini ko’tarib qaramadi, agar biror narsa desa, ho’ngrab yig’lab yuboradigan
holi bor edi uning.
(“Momoqo’shiq” hikoyasi 109-bet)- Lug’atlarda berilgan tish milki degan
birikmani bilamiz, ammo yozuvchi hikoyasida foydalangan
ko’z milki
birikmasi hech qaysi bir
yozuvchining asarida uchramaydi, agarda u oddiygina ko’z so’zini ishlatadigan bo’lsa odatiy
ma’noni beradi, xolos. Lekin yuqoridagi birikma orqali yangilik bo’yog’ini o’z hikoyasida juda
ham mahorat bilan ishlatgan.
Ana, sen billur zinalardan yuksaklikka ko’tarilyapsan…oyoqlaring ostida baxtning, shon-
shavkatning suyaklari sochilib yotibdi-sen, ana, bu qadimiy zulmat va sokinlikni ovozing bilan
tilib boryapsan-ovozing yonib boryapti.
(“Momoqo’shiq” hikoyasi 111-bet)- Bu gapda
ishlatilgan
shon-shavkatning suyaklari
birikmasi okkazionalizm birikmasi bo’lib, yozuvchining
kuchli mahoratidan darak beradi.
Bu ikir-chikirlardan yuksakda turish, kerak bo’lganda rad etish, har qanday xonaki
muhabbatdan voz kechish kerak-san’atning beshafqat, lekin yagona sharti shu!
(“Momoqo’shiq”
hikoyasi 131-bet)- Muhabbat so’ziga nisbatan ishlatilgan
xonaki
sifati g’ayritabbiylikni yuzaga
keltirgan.Negaki, muhabbatning xonakisi bo’lmaydi. Bunday emotsionallikning yuksak
namunasini o’z asarida kashf etib, qo’llash oddiy yozuvchining qo’lidan kelmaydi.
Yuqorida hikoyadan keltirilgan misollarni tahlilga tortish jarayonida shunday xulosaga
keldik, neologizmlar ham, okkazionalizmlar ham yangilik bo’yog’iga ega bo’lgan birikmalar,
ammo okkazionalizmlar badiiy adabiyotda yozuvchilarning yillar davomida orttirgan
mahoratlari natijasida dunyoga kelgan kashfiyotlardir. Ana shunday kashfiyotlarni o’z
hikoyalarida kashf etgan yozuvchi Nazar Eshonqul ham hech kimda yo’q mahorat egasidir.
Uning hamma hikoyalari chinakam adabiyotchining o’tkir qalami bilan yozilgan bo’lsa,
hikoyalarida qo’llagan okkazionalizmlar esa u tomonidan yorug’ dunyo yuzini ko’rgan
mahorati natijasidir.
References:
1.
Toshaliyeva S. O’zbek tilida okkazional so’z yasalishi; Filol. fanlari nomzodi,-Toshkent,-
1990.
2.
Nazar Eshonqul. Saylanma I. Toshkent “Akademnashr”,-2022.