ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
22
PEDAGOG KADRLARDA KITOBXONLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH
Muhammadjonova O‘g‘iloy Bahodirjon qizi
FarDU Pedagogika yo‘nalishi talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.12683431
Annotatsiya.
Mazkur maqolada kitobga muhabbat, kitobxonlik madaniyatini
shakllantirish, bolaning hayotida kitob o’rnini yanada kengaytirish, shuningdek, pedagog
kadrlarda kitob bilan ishlash ko’nikmalarini yanada rivojlantirish bo’yicha fikr-mulhazalar
keltirib o’tilgan.
Абстрактный.
В данной статье изложены мнения о формировании у педагогов
любви к книге, культуры чтения, дальнейшем расширении места книги в жизни
ребенка, дальнейшем развитии навыков работы с книгой.
Abstract.
This article contains opinions on the formation of love for books, the culture of
reading, the further expansion of the place of books in a child's life, and the further development
of the skills of working with books among pedagogues.
Kalit so’zlar.
Kitob, kitobxonlik, pedagog, ota-ona, jamiyat, madaniyat, ta’lim, tarbiya.
Ключевые слова.
Книга, чтение, педагог, родители, общество, культура,
образование, воспитание.
Key words.
Book, reading, pedagogue, parents, society, culture, education, upbringing.
Insonning dunyoga kelishi va yashay olishi uchun ota-onaning o‘rni beqiyos bo‘lganidek,
jamiyatda o‘z o‘rnini topa olishi hamda o‘zidan yaxshi nom qoldirishida ustozning o‘rni ham
undan qolishmaydi. Bolaning o‘sib-ulg’ayishida ham, kamol topib yetuk inson bo‘lib
shakllanishida ham ta’lim-tarbiyaning ahamiyati yuksak bo‘lganidek, unga ana shunday
bilimlarni beradigan pedagoglarning ham ilmiy salohiyati e’tiborga molik masala hisoblanadi.
Hozirgi kun pedagog kadrlaridan ilmiy bilimlardan tashqari, kerativlik, muloqot madaniyati,
psixik tayyorgarlik, sabrlilik kabi sifatlar bilan birga keng dunyoqarash ham talab etiladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan sifatlarning barchasini shakllantirish uchun tajriba yo‘lidan
foydalanish samarali natija beradi, ammo bu juda katta sabr hamda ko‘p vaqt talab etadi.
Buning eng samari yo‘li ushbu sohalarda muvaffaqiyatga erishgan insonlarning hayot yo‘llarini
o‘rganish, ular yozgan asarlarni bardavom mutolaa qilish, shuningdek, asarlardan olingan
xulosa hamda g’oyalarni hayotga tadbiq qilishdir. Xususan, majmualarda berilgan
allomalarning asarlarida keltirilgan parchalar fikrimizga dalil bo‘la oladi. Safo Matchon ta’biri
bilan aytganda: “Kitobxonlik-oʻqilgan kitoblar soni bilan belgilanmaydi, balki u tushunib oʻqish,
ya’ni maqsadli oʻqishdir. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, kitobxonning yozuvchi
aytmoqchi boʻlgan fikrini nechogʻli oʻqishni, ya’ni asar “tili”ga tushunishi kitobxonlik
madaniyati, talanti darajasi koʻrsatadi. Shu tufayli adabiyotimiz talantli yozuvchilar bilan birga
talantli kitobxonlarga ham hamisha ehtiyoj sezadi”.
Hozirgi kun pedagoglar zamonaviy texnologiyalar bilan bir qatorda jamiyatimizda
ommalashayotgan asarlar haqida ham ma’lum darajada ma’lumotga ega bo‘lishi talab etiladi.
Asarlar to‘g’risidagi ma’lumotga ega bo‘lib qolish bilan cheklanibgina qolmay, ulardan olingan
xulosalar haqida jamoaga tushunchalar berish, agar mutolaa qilingan asar soha yoki jamoa
uchun manfaatli deb hisoblansa, uni hamkasblarga ham tavsiya qilish o‘qituvchilar orasida
kitobxonlikning, pedagoglar o‘rtasidagi fikr almshinuvining kengayishiga xizmat qiladi. Ana
shunday ishlar aynan Prezidentimiz Sh. Mirziyoyevning “Taraqqiyot -2030” straegiyasida
belgilangan maqsadlarning 72-maqsadida kitobxonlik targ’iboti hamda kitobga bo‘lgan
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
23
munosabatlar sifatida ham o‘z aksini topgani ham e’tiborga molikdir. Ushbu va shu kabi qaror
hamda farmoyishlar ijrosini ta’minlash borasida qilinayotgan ishlar ko‘lamining ortib borishi
mamlakatimiz aholisini yanada ma’rifatli qilishga qaratilayotgan islohotlarning davomidir.
Bizning mana shunday imkoniyatlardan oqilona foydalanishimiz yaratilgan shart-
sharoitlarga javobimiz, desak hech ham mubolag’a bo’lmaydi. Foydasiz hamda zararli
narsalarga sarflaydigan vaqtimizni kitob mutolaasi uchun ajratadigan bo’lsak, ham ma’naviy
ozuqa olamiz, ham vaqtni to’g’ri taqsimlashni o’rganamiz. Bunday ishlarni to’g’ri yoxud
insoniyatga xavf soladiganini anglab yetish uchun ham, avvalo, ilmli bo’lish darkor. Xalqona til
bilan
xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, har bir narsani, oq-u qorani ajratish uchun ham
ilmli bo’lish, buning uchun esa kitob mutolaa qilish kerak.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki
, shubhasiz, insonlarning ehtiyojlari oshib boraveradi,
lekin har qanday davrda ma’naviy ehtiojning qadri ortsa ortadiki, hech qachon yo’qolmaydi.
Ma’naviy tanazzul jamiyat tanazzuliga sabab bo’ladi, ma’naviy barkamollik jamiyat
taraqqiyotiga asosiy mustahkam poydevor vazifasini bajaradi.
References:
1.
Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilanbirga quramiz.-
T.:O’zbekiston, 017-488 b.
2.
O’bekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni. //Harakatlar strategiyasi asosida jadal
taraqqiyot va yangilanish sari.-T.: G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2017.-
92 b.
3.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasi.-“Zarafshon”,2018-yil 29-dekabr,155-156-son.
4.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasi.-“Zarafshon”,2020-yil 30-dekabr.
5.
O’zbekistonga jadalislohotlar sur’atiga mos ilg’or kdrlar kerak.-“Xalq so’zi”,2018-yil 19-
deabr,262-son.
6.
Egamberdiyev, O. A. O., Turdaliyev, A. Y. O., & Maxamadjonov, J. Z. O. (2021). Kasbiy
kompetentlikni shakllantirishning pedagogik asoslari.
Science and Education
,
2
(11), 985-991.
7.
Zarnigor, R. A. Q., Egamberdiyev, O. A. O. G. L., & Sotvoldiyeva, O. M. R. Q. (2021). Pedagogik
kompetentlikning: nazariy va amaliy tahlili.
Science and Education
,
2
(9), 309-314.
8.
Egamberdiyev, O. A. O., Sotvoldiyeva, O. M. Q., & Turdaliyev, A. Y. O. (2021). PEDAGOGIK
MAHORATNING MUAMMOLI O’ZLASHTIRISH YO’LLARI.
Oriental renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
,
1
(10), 535-542.
9.
Yusufovich, A. A., & O’G’Li, E. O. A. (2022). BO’LAJAK O’QITUVCHILARNING
KOMMUNIKATIV
KOMPETENTLIGINI
TAKOMILLASHTIRISHNING
PEDAGOIK
ASOSLARI.
Science and innovation
,
1
(B3), 40-46.
10.
Alisher o‘g‘li, E. O. (2022). O ‘ZBEKISTONDA MADANIYAT VA SAN’AT TARIXI
MASALALARI.
Journal of new century innovations
,
14
(3), 33-36.
11.
Alisher o'g'li, E. O. (2022). O’QUVCHILARNI TANQIDIY FIKRLASHGA O'RGATISH
DOLZARB PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA.
Journal of new century innovations
,
4
(1), 52-59.
12.
Alisher o‘g‘li, Y. O. (2022). IJTIMOIY MUHITNING SHAXS RIVOJLANISHIGA
TA’SIRI.
PEDAGOGS jurnali
,
18
(1), 220-225.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
24
13.
Yusufovich, A. A. (2020). ISSUES OF FORMATION OF COMMUNICATIVE COMPETENCE,
WHICH IS AN INTEGRAL PART OF PROFESSIONAL-PEDAGOGICAL TRAINING OF FUTURE
TEACHERS IN THE EDUCATIONAL PROCESS.
European Journal of Research and Reflection in
Educational Sciences Vol
,
8
(7).
14.
Tojimamatov, J., & Egamberdiyev, O. (2022). THE IMPORTANCE OF PHYSICAL
EDUCATION IN THE FORMATION OF PSYCHOLOGICAL HEALTH OF A PERSON.
15.
Egamberdiyev, O., Kholdarova, Z., & Khusanova, M. (2022). THE ORDER OF THE
APPEARANCE OF THE PEOPLE'S DIPLOMACY OF THE GREAT SILK ROAD COUNTRIES.
16.
ugli Egamberdiyev, O. A., ugli Maxamadjonov, J. Z., & kizi Sobirova, A. M. (2022). NEED TO
FORM CREATIVE COMPETENCE IN EDUCATORS.
Educational Research in Universal
Sciences
,
1
(3), 162-165.
17.
ugli Egamberdiyev, O. A., ugli Maxamadjonov, J. Z., & kizi Sobirova, A. M. (2022). USE OF
INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN THE EDUCATIONAL ACTIVITY OF EDUCATIONAL
ORGANIZATIONS.
Educational Research in Universal Sciences
,
1
(3), 166-169.
18.
ugli Egamberdiyev, O. A., ugli Maxamadjonov, J. Z., & kizi Sobirova, A. M. (2022).
DIFFERENT APPROACHES TO THE DEVELOPMENT OF CHILDREN'S SPEECH.
Educational
Research in Universal Sciences
,
1
(3), 158-161.
19.
Oyatillokh Alishero'g'li, E. (2022). Ways and Methods of Formation of Communicative
Competence in Future Teachers.
EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL
EDUCATION
,
2
(4), 63-65.