ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
20
BOSHLANG`ICH TAYYORLOV GURUHIDAULOQTIRISH TEXNIKA
ELEMENTLARINI O`RGATISH SAMARADORLIGI
Hayitmurodova Nasiba Abdusalimovna
Nizomiy nomidagi TDPU Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi o`qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14272052
Annotatsiya:
Spоrtda ulоqtirishdan maqsad – ulоqtiruvchi harakatini chegaralоvchi
ma’lum qоidalariga riоya qilib, asbоbni yadrо, nayza, bоsqоn, granata, disk, tennis koptogini,
yanada uzоqrоqqa ulоqtirishdir.
Aннотация.
Целью метания в спорте является метание такого инструмента, как
ядерное оружие, копье, копье, граната, диск, теннисный мяч и т. д., соблюдая
определенные правила, ограничивающие движения метателя.
Annotasiya.
The goal of throwing in sports is to throw a tool such as a nuclear, javelin,
javelin, grenade, discus, tennis ball, and more, following certain rules that limit the thrower's
movement.
Spоrtda ulоqtirishdan maqsad – ulоqtiruvchi harakatini chegaralоvchi ma’lum
qоidalariga riоya qilib, asbоbni yadrо, nayza, bоsqоn, granata, disk, tennis koptogini, yanada
uzоqrоqqa ulоqtirishdir.
Ulоqtirish – siklik mashq bo’lib, ulоqtiruvchidan katta asab – muskul kuchini va yaхshi
jismоniy tayyorgarlikni talab qiladi. Busiz yuqоri spоrt natijalariga erishib bo’lmaydi.
Ulоqtirishni bоshimizdan qo’limiz yuqоrida nayza, granata tennis koptogi va yadrо irg’itish
kiradi. Bundan tashqari yelkamiz barоbari aylanma harakatlar оrqali disk va bоsqоn
ulоqtirish o’rin оladi. Ulоqtirish turlari siklik spоrt turlariga kiradi.
Har qanday snaryadning uchishi masоfaning uzоqligi uning bоshlang’ich uchish
tezligiga, uchib chiqish burchagiga va havо bоsiminig qarshiligiga bоg’liqdir. Bizga
meхanikadan ma’lumki havоsiz bo’shliqda gоrizоntga nisbatan burchak hosil qilib tashlangan
jismning uchish uzоqligi bоshlang’ich tezligi miqdоri kvadratini ikkilangan uchib chiqish
burchagi sinusiga ko’paytirib, buni оg’irlik kuchining tezlanish miqdоriga bo’lganiga teng,
ya’ni:
V2 – cin 2d
S q -------------------
G
Bunda:
v
– jismning bоshlang’ich uchish tezligi.
d
– uchib chiqish burchagi
g
– оg’irlik kuchining tezlanishi.
Ushbu keltirilgan fоrmuladan ko’rinib turibdiki, barcha ulоqtirish turlarida snaryadning
uzоqqa uchishida asоsiy оmil snaryadning bоshlang’ich uchib chiqishi tezligi hisoblanadi,
chunki оg’irlik kuchining tezlanish miqdоri dоimiydir. 9,8 м/s uchib chiqish burchagiga
оshirishning esa fоydali chegarasi bo’lib 45 gradusga teng. Snaryadning bundan оrtiq
burchak hosil qilib uchib chiqishi bilan (оrtiq) uning uchish trayektоriyasini ham o’zgartiradi.
Shuning uchun snaryadni оptimal burchak hosil qilib оtganda uchishning bоshlang’ich
tezligini mumkin qadar оshirish mumkin.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
21
Gоrizоntga nisbatan burchak hosil qilib tashlangan jism uchib chiqish burchagiga bоg’liq
o’zgarish sхemasi.
Snaryadni tutish
– Snaryadni qo’lda to’g’ri va uni ulоqtirish paytida оlib bоrish
snaryadning tuzilishiga va ulоqtirishning teхnikasiga bоg’liq. Snaryadni tutish ulоqtirishning
barcha turlarida barcha harakatlarni yaхshi bajarishga хizmat qiladi, ayniqsa охirgi kuch
berishda kuch qo’l barmоqlari sal bo’shashgan bo’limida to’liq fоydalanishga va ulоqtirish
vaqtida to’g’ri bajarishga yordam berishi kerak. Shularni hisobga оlgan holda snaryadlarni
tutish inоbatga оlinadi.
Uloqtirish mashqlari yiroqqa otadigan snaryad
ekanligi, snaryadni uchishi, boshlang’ich
uchish tezligi, uchib chiqish burchagiga havo qarshiligi. Sport snaryadini uloqtirishdan
maqsad uloqtiruvchi harakatini chegaralovchi ma’lum qoidalarga snaryadni mumkin qadar
uzoq masofaga tashlashdir.
Uloqtirish – g’ayrisiklik mashqlar bo’lib, uloqtiruvchidan katta asab muskul kuchini va
yaxshi jismoniy tayyorgarlikni talab qiladi. Bu siz yuqori sport natijalariga erishish mumkin
emas. Snaryadlarni uzoqqa borib tushishi sportchi uloqtirish texnikasini bilishiga bog’liqdir.
Snaryadning uchishi va uloqtirish texnikasi mexnikaning umumiy qoidalariga bo’ysunadi.
Lekin sport snaryadlarining konstruksiya xususiyatlariga va musobaqa qoidasiga qarab
uloqtirish texnikasi bir – biridan farq qiladi.
Har qanday jismning uchish masofasining uzoqligi uning boshlang’ich uchish tezligiga
o’sib chiqish burchagiga va havo muhitining qarshiligiga bog’liq. Ammo bunda havo
qarshiligini snaryadning uchib chiqish doyi bilan tushish joyi bir-biridan qanchalar past-
baland ekanini va snaryadning ayerodinamik xususiyatlarini hisobga olish kerak.
Disk va nayza uloqtirishda qarama – qarshi havo oqimiga nisbatan uchib chiqayotgan
snaryadning holati katta ahamiyatga ega. Uloqtirish texnikasida snaryadni tushish va
uloqtirishning barcha fazalari muhim ahamiyatga ega. Har xil snaryadni uloqtirishning o’ziga
xos tomonlari bo’lsa ham umumiy talablarini aniqlash mumkin. Snaryadni to’g’ri qo’lda tutish
va uni uloqtirish paytida olib otish snaryadning tuzilishi va uloqtirish texnikasiga bog’liq.
Snaryadning tutish uloqtirishning barcha harakatlarini yaxshi bajarishga, ayniqsa oxirgi
kuch birligida kuch va qo’l barmoqlari uzunligidan, uloqtirish paytigacha uloqtiruvchi qo’l
muskullari sal bo’shashgan bo’lishidan to’liq foydalanishga va uloqtirish vaqtida harakatlarni
yaxshi kuzatishga yordam berishi kerak. Snaryadning tuzilish usullari ularning tuzilishiga va
uloqtirish texnikasiga bog’liq.
Snaryadni tuzilish usullari ularning tuzilishiga, uloqtirish texnikasiga ayrim paytlarda
esa uloqtiruvchining xususiyatlariga ham bog’liq.
Aylanish uloqtirishning barcha turlarida va yadro itqitishda yugurib kelishga
tayyorlovchi dastlabki harakatlar bajariladi. Yugurib kelish deganda snaryal tutgan
uloqtiruvchining tezligini oshirishga yordam beruvchi yugurish, irg’ish yoki burilish nazarda
tutiladi. Bundan asosiy maqsad butun e’tiborni bo’lajak uloqtirishga yugurib kelishga to’g’ri
boshlash uchun zarur bo’lgan holatda tura bilishga jalb qilib keyingi harakatlarni bajarilishini
yengillashtirishdir. Aylanish bilan yugurib kelish paytida snaryadni uchib chiqishi qo’lning
markazga intiluvchi tortish kuchining snaryadga ta’siri tamom bo’lgan joydagi yoy nuqtasiga
urunma baylab sodir bo’ladi. Aylanma yugurib kelish paytida snaryadga beriladigan tezlik o’z
navbatida burchak tezligiga va snaryadning aylanishi radiusi uzunligiga, ya’ni uloqtiruvchi
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
22
bilan iborat sistemaning aylinsh o’qida snaryad og’irlik markaziga bo’lgan masofaga
bog’liqdir. Bir burchak tezligi paytida aylanish radiusi qancha katta bo’lsa, snaryadning to’g’ri
chiziqli tezligi ham shuncha yuqori bo’ladi.
Shunday qilib uloqtiruvchi aylanayotganda tanasining aylanish tezligini o’zgartirmasdan
snaryadning aylanish markazidan uloqtirish hisobiga harakat miqdorini olish mumkin.
Bundan imkoniyatlarni to’liq ishga solib bo’lganidan keyin bundan burchak tezligini
oshirishga intilishi mumkin. aylanish vaqtida uloqtiruvchining aylanish tezligi ortib
snaryadning aylanish radiusi kamaysa, snaryadning harakat tezligi pasayishi mumkin.
Yugurib kelishni aniq bajarganda snaryad bilan harakat qilayotgan uloqtiruvchining
tezligi uloqtirishning boshlang’ich fazasidan oxirgi fazagacha tobora o’sib borishi kerak. Lekin
bu tezlikning o’sishi uzluksiz va tekis bo’la olmaydi, chunki yugurib kelish mobaynida
depsinish sharoiti o’zgarib boradi.
Uloqtiruvchi gavdasining ayrim qismlarining harakat tezligi uloqtirishning turli
fazalarida anachagina farq qiladi.
Ammo snaryadning jila borish tezligi uning uchib chiqish paytida maksimalgacha qotishi
kelak.
Uloqtirish maksimal uzoqlikka otishda erishish uchun uloqtiruvchining yugurib kelish
tezligi uning tezlik va kuch qobiliyatiga va ulardan uloqtirishning yakunlovchi fazasida
foydalana olish qobiliyatiga mos bo’lishi kerak.
Yugurib kelish tezligi uloqtiruvchi yugurib kelayotganida o’zi hosil qilgan kinetik
energiyadan oxirgi kuch berishda qanchalik to’liq foydalana olishga bog’liq. Yugurib kelishdan
uloqtirishga o’tish juda murakkabdir. Uloqtiruvchining yugurib kelish tezligi qanchalik yuqori
bo’lsa, u shunchalik murakkab bo’ladi. Odatda oxirgi kuch berishga o’tishda yugurib kelish
tezligidan yetarli foydalanmaydigan uloqtiruvchilarda xuddi mana shu fazada sport
natijalarini oshirish imkoniyati juda ko’p bo’ladi. Yugurib kelib uloqtirishda eng yuqori
yugurib kelish tezligidan effektiv foydalanish imkoniyati beradigan texnikani bilib olish
uloqtiruvchi uchun juda muhimdir.
Oxirgi kuch berishga tayyorlanish turli xil uloqtirishda turli xil bo’ladi. Ammo barcha
hollarda uloqtirish oxirida snaryadning harakat tezligini oshirish katta ahamiyatga ega.
Shu bilan birga oxirgi kuch berishni bajarmoq uchun uloqtiruvchi shunday holatda
turishi kerakki, u holat oxirgi fazani snaryad eng katta tezlik bilan uchib chiqadigan qilib
bajarishga imkon bersin.
Uloqtirishning ko’pchilik turlarida uloqtiuvchining snaryadning ayni qo’ldan
chiqarishgacha bo’lgan oraliq holatlar uchun uloqtirilayotganida gavda oyoqdan to’liq
foydalanish maqsadida UOM bir qancha pastga tushishi xarakterlidir. UOM oxirgi kuch berish
oldidan oyoqlarni ma’lum kenglikda va bo’g’ib mo’ljaldagi uchib chiqish nuqtasidan mumkin
qadar uzoqda bo’lishi juda muhim. Snaryad uchib chiqish nuqtasidan eng ko’p uzoqlashtirmoq
uchun snaryad tutgan qo’l bilan birga gavdani uloqtirish, yo’nalishga qarama-qarshi tomonga
engashtiriladi yoki aylantirib buriladi. Gavda qismlarining bunday turishi uloqtiruvchi
kuchning snaryadga ta’sir etish yo’lini uzaytirishga imkoni beradi. Oxirgi kuch berish oldidan
oyoqlarning snaryadga nisbatan sezilarli damlatishdan maqsad ham shu. Uloqtirishga
tayyorlanishda yugurib kelish tartibi buzilmasa, uloqtirish tomon umumiy olg’a intiluvchi
harakat saqlab qolinsa, shundagina uloqtirish eng to’g’ri bajarilgan bo’ladi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
23
1.
Oxirgi kuch berishga tayyorlanish jarayonida va snaryadni qo’ldan chiqarish paytida
uloqtiruvchi gavdasining ayrim qismlari siljishi tezlikni o’zgarish xarakteriga umumiydir. Buni
sistematik ta’sir etsa ham bo’ladi. G.V.Vasilev fikricha, uloqtiruvchining snaryad bilan birga
dastlabki tezligi (yugurib kelishga tayyorlanish va yugurib kelish).
2.
Tezlikni umumiy oshirilishi (tezlanib yugurb kelish).
3.
Uloqtiruvchi gavdasining yuqori qismiga va snaryadga nisbatan gavdaning pastki
qismlari tezligini oshiramiz (oxirgi kuch berishga tayyorlanish).
4.
Gavdaning pastki qismlari siljishini sekinlashtirib gavdaning yuqori qismlari bilan
snaryad harakatini tezlatish.
5.
Olg’a intiluvchi va aylanma harakatlarning to’liq to’xtatilishi.
Uloqtirishga tayyorlanish bilan uloqtirishning o’zi o’zaro bog’liq bo’lib, uni
uloqtiruvchining bir holatidan ikkinchi holatiga oddiygina o’tish deb bo’lmaydi.
Oxirgi kuch berishdan to’la foydalanish uchun muskullarning elastik xususiyatidan
foydalanish imkoniyatini ham nazarda tutish kerak. Uloqtirishni bajarayotganda muskullar
elastikligidan foydalanish, sportchilarga iroda sarflash bir xil ekanligida ham snaryad ko’proq
kuch bilan ta’sir etish imkonini beradi.
Muskullarni elastik xususiyatidan foydalanish ayniqsa yakulovchi fazadan muhimdir.
Oxirgi kuch berilishida kuchning snaryadga ta’siri uloqtiruvchi kuch tayanch holatda
ekanligidan eng zo’r bo’lishi mumkin. Bunda chap oyoq gavda bilan snaryadni ma’lum
burchak ostida yuqoriga siljishiga yordam berishi kerak.
Chap oyoqni yerga qo’yib bir qo’llab uloqtirishda shu oyoq sal bo’lsa ham bukiladi,
oyoqning bukilishi miqdori uloqtiruvchinnig olg’a intiluvchi harakatining tezligiga va uning
muskullardagi kuchiga bog’liq. Oxirgi kuch berishda hamma vaqt olg’a tomon yuqorilab
yo’nalgan eng tez harakat bilan bir paytda ko’proq ham uloqtirish tomonga buriladi.
Uloqtirishning turi va usuliga qarab yelka kamari bilan tos harakatdagi munosabatda ba’zi bir
farqlar bo’ladi. yakulovchi kuch berilishini yerga tayanib turganda bajarish foydalidir. Sakrab
oyoqlarni faol almashtirib, bir qo’llab uloqtirishda tayanchsiz holda ham uncha ham katta
bo’lmagan yakunlovchi kuch ta’sir etishi mumkin. Yakunlovchi kuch berishdagi uloqtirish
texnikasida uloqtirish ijro etilayotgan maydoncha chegarasidan chiqib ketmay muvozanat
saqlab qolish zaruriyati ham hisobga olinadi.
Uloqtirish turiga va texnikasiga hamda musobaqa qoidalarida belgilangan shartlarga
qarab, uloqtirishdagi harakat turli xil oxirlanadi. Bir qo’llab katta tezlikda uloqtirishda sakrab
oyoqlarni faol almashtirish qo’llaniladi. Bu snaryad uchib chiqqanidan keyin gavda harakatini
keskin to’xtatib qolish imkoniyatini beradi.
References:
1.
Бондаревский Е.Я., Ханкельдиев Ш.Х. Методологические и метрологические
аспектў изучения региональнўх и популяционнўх особенностей физической
подготовленности молодежи. // Теория и практика физической культурў / - 1984 - № 7
– с 32-34.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
24
2.
Саломов Р. Совершенствование образовательного процесса подготовки
бакалавров
по
направлению
«Физическая
культура
и
спорт».
Автореф.дисс…докт.пед.наук. Ташкент. – 2003-38 с.
3.
Усмонходжаев
Т.С.
Научно-педагогические
основў
физического
совершенствования
детей
в
связи
с
их
двигательной
активностью.
Автореф.дисс…докт.пед.наук. Ташкент. - 1995 – 50 с.
4.
Ханкельдиев Ш.Х. Педагогические особенности физического воспитания учаҳейся
молодежи в регионах с жарким климатом. Автореф.дисс…докт.пед.наук. М. 1991 – 47
5.
Рустамов, Л. Х. (2013). Источники и этапы развития теории и методики
физического воспитания.
Педагогика и современность
, (3), 69-76.
6.
Рустамов, Л. Х. (2013). Физическая культура и ее влияние на организм человека.
In
Актуальные вопросы современной науки
(pp. 99-103).
7.
Рустамов, Л. Х., & Зайниддинов, Т. Б. (2013). Основные средства физической
культуры и классификация упражнений.
Педагогика и современность
, (5), 137-140.
8.
Маҳкамджонов, К. М., Иноземцева, Л. А., Нурматов, Ф., & Рустамов, Л. Спорт
байрамларини ташкил қилиш ва ўтказиш методикаси.
Toshkent:–2007
.
9.
Рустaмoв, Л., & Валиев, М. (2024). ОСОБЕННОСТИ РАЗВИТИЯ СКОРОСТНО-
СИЛОВОГО МАСТЕРСТВА В ЛЕГКОЙ АТЛЕТИКЕ.
Молодые ученые
,
2
(18), 132-135.
10.
Рустaмoв, Л., & Aхмaджoнoв, З. (2024). КЛAССИФИКAЦИЯ И OБЩAЯ
ХAРAКТЕРИСТИКA ЛЕГКOAТЛЕТИЧЕСКИХ ВИДOВ СПOРТA.
Молодые ученые
,
2
(18), 120-
124.