ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
48
KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O‘QUVCHILAR PSIXOLOGIYASI VA ULARNING
XOTIRASINI RIVOJLANTIRISH
Bozorova Nilufar Najmiddinovna
Toshkent viloyati Chirchiq shahar 24-maktab psixologi
Tajibayeva Gulnora Charshanbayevna
Toshkent viloyati Chirchiq shahar 21-maktab psixologi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14560687
Annotatsiya:
Maqolada kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning psixologiyasi,
o’quvchilarni diqqatini oshirib, xotirasini rivojlantirish orqali bu yosh davrining asosiy
faoliyati bo’lgan o‘quv faoliyatini yaxshilash yoritib berilgan.
Kalit so’zlar:
Kichik maktab yoshi, o‘quv faoliyati, xotira, psixologiya, diqqat, ixtiyoriy
diqqat tafakkur, muloqot muhiti, mustaqil fikrlash, o‘qituvchi, interaktiv metodlar,
eksperiment, mativatsiya.
Kirish:
Bugungi kunga kelib kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlarning erkin fikrlovchi, barkamol
shaxs bo‘lib shakllanishi uchun ularni har tomonlama rivojlantirish chora tadbirlari amalga
oshirilmoqda. Ularning psixologik, jismoniy va ijtimoiy jihatlarini o‘rganilib, o‘zlarini erkin
tutishi va fikrini mustaqil ifodalashida to‘siq bo‘ladigan salbiy psixik holatlarni aniqlash
hamda bartaraf etish lozimligiga katta ahamiyat qaratilmoqda.Yoshlarni har tomonlama
shakllanishining dastlabki bosqichi bu kichik maktab yoshidir.Kichik maktab yoshi bu ijobiy
o‘zgarishlar va yangilanishlar davridir.Shuning uchun ham rivojlanishning shu bosqichida har
bir bola erishgan muvaffaqiyatlar darajasi nihoyatda muhim hisoblanadi.Agar shu yoshda
o‘quvchi bilish, o‘rganish quvonchini his etmasa,o‘qish malakalarini egallay olmasa,
do‘stlashishni bilmasa o‘ziga nisbatan, o‘z imkoniyat va layoqatlariga nisbatan ma’suliyatli
bo‘la olmasa, bu ishlarni kelgusida amalga oshirish qiyinroq bo‘lib , bolada ruhiy va jismoniy
zo‘riqishni talab etadi. Negaki, bu holatlar faqatgina yoshlarning bilim olishiga to‘siq bo‘lib
qolmasdan, o‘z navbatida shaxsning boshqa psixik jarayonlarning normal rivojlanishida salbiy
ta‘sir ko ‘rsatadi. Bunday salbiy holatlardan biri o’quvchilarda kuchli xoxish va diqqatning
yetishmasligida deb bilaman.
Asosiy qism:
Bolaning o‘sishi, uning psixikasi va ongining taraqqiyoti, jamiyat a’zosi sifatida voyaga
yetishi muayyan qonuniyatlarga bo‘ysunadi. Kichik maktab yoshi davri 1-4 sinf
o‘quvchilarining yosh oralig’ini o‘z ichiga oladi. Bu davrda bola psixikasida muayyan
o‘zgarishlar sodir bo‘lishini kuzatish mumkin. Kichik maktab davrining asosiy faoliyati bu
o’qish faoliyatidir. O‘quv faoliyati kichik maktab yoshidagi o‘quvchi uchun nafaqat bilish
jarayonlarining yuqori darajada rivojlanishi, balki, shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish uchun
ham imkoniyat yaratadi. Maktabga qadam qo’ygan har bir bolada 2 ta dastlabki
qiyinchiliklarga uchraydi birinchisi o’qituvchining talablarini bajarish va yangi do’stlar
ortirishdir. Do’st ortirishda qo’shimcha xorijiy tillarni bilish muloqotni sifatini yanada
yaxshilaydi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, yetakchi bo‘lgan o‘quv faoliyatidan tashqari
boshqa faoliyatlar-o‘yin, muloqot va mehnat faoliyati ham o‘quvchi shaxsi rivojiga bevosita
ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, bu faoliyatlar asosida muvafaqqiyatga erishish motivlari bilan
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
49
bog’liq bo‘lgan shaxsiy xususiyatlar tarkib topa boshlaydi. O‘quv faoliyati kichik maktab
yoshidagi bolalarda o‘qishda ma’lum yutuqlarga erishish extiyojini qondirishga, shuningdek,
tengdoshlari orasida o‘z o‘rniga ega bo‘lishiga imkoniyat ham yaratadi. Aynan ana shu o‘rin
yoki mavqega erishish uchun ham bola yaxshi o‘qish uchun harakat qilishi mumkin. Bu
yoshdangi bolalar doimiy ravishda o‘zlari erishgan muvaffaqqiyatini boshqa tengdoshlari
muvaffaqiyati bilan solishtiradilar.Ular uchun doimo birinchi bo‘lish nihoyatda muhim.
XULOSA:
Kichik maktab yoshidagi bolalarni xotira va diqqatini barqarorligi ularning
muvaffaqiyatga erishishi uchun ahamiyati kattadir. Shaxsning taraqqiyoti bevosita uning
xotira jarayoniga bog’liq. Esda olib qolishning muvaffaqiyati ko‘p darajada esda olib
qolinayotgan materialga yoki shu material bilan aloqasi bo‘lgan faoliyatga shaxsning ijobiy
munosabati bilan bog‘liq bo‘ladi. Bu munosabat qiziqish, diqqat-e’tibor tarzida namoyon
bo‘ladi. Qiziqish muvaffaqiyatli esda qoldirishning eng birinchi shartlaridandir. Bizda qiziqish
tug‘dirgan narsa tezroq va mustahkamroq esda qoladi. Biz, odatda, bizni qiziqtirmaydigan
narsalarga e’tibor bermaymiz va ularni hatto payqamaymiz. O‘quvchilar qiziqqan, o‘zlari
«sevgan» fanlarining mazmunini puxta o‘qib olishlarini har bir pedagog yaxshi biladi. Bu
aytilganlardan ta’lim-tarbiya ishida mana bunday xulosa chiqadi: o‘quv materialini
o‘quvchilarning xotirasida mahkam o‘rnatish uchun maktabda ta’lim ishini shunday olib
boorish kerakki, har bir fan o‘quvchilarda qiziqish, havas tug‘diradigan bo‘lsin. Esda
qoldiriladigan materialga qiziqish, diqqatimizni shu materialga qaratadi, his-tuyg‘umizga
ta’sir qiladi, zavqlantiradi va beixtiyor esda qoldirish jarayonlarini kuchaytiradi. Qiziqish esda
qoldiriladigan materialni, shaxsning o‘zi va jamiyatuchun ahamiyatini tushunish bilan bog‘liq
bo‘lsa, esda qoldirish samaraliroq bo‘ladi. Diqqat esda mustahkam saqlab qolishning zaruriy
shartidir. Diqqat esga olish lozim bo‘lgan materialga nechog‘li kuchli sur’atda qaratilgan
bo‘lsa, u shunchalik tez va puxta esda qoladi, chunki diqqatning nerv-fiziologik asosi miya
po‘stining bir qismida kuchli qo‘zg‘alish (optimal qo‘zg‘alish) o‘chog‘ining paydo bo‘lishidir.
Ana shunday qo‘zg‘alish paydo bo‘lishi bilan yangi nerv bog‘lanishlar tezroq hosil bo‘lib,
mahkam saqlanib qoladi. Ko‘pincha, ayrim kishilarning o‘z xotirasining zaifligi, tez va puxta
esda saqlab qololmasligi to‘g‘risidagi shikoyatlari analiz qilib ko‘rilganda, esda yaxshi saqlab
qololmasliklarining sababi ular diqqatining bo‘shligida, tarqoqligida, miya po‘stidagi tegishli
qo‘zg‘alish o‘choqlarining zaifligida ekanligi ma’lum bo‘ladi. Bunday kishilar diqqatlarini bir
nuqtaga jamlab qunt bilan ishlashga harakat qilishlari bilan ulardagi xotira ham kuchaya
boradi. Esda qoldirish usuli hayot va faoliyatning turli hollarida biror muddatgacha nimanidir
qisqa yoki uzoq vaqtgacha esda qoldirishga to‘g‘ri keladi. Biz shunga asoslanib esda olib qolish
qisqa, uzoq muddatli va operativ xotira deb ajratamiz. Shunday qilib, esda qoldirish usuliga
yoki maqsadiga ko‘ra xotira qisqa muddatli va uzoq muddatliga bo‘linadi. Bola tarbiyasida
birinchi galda oilaviy tarbiyani, ya’ni oiladagi sog’lom munosabatni qaror toptirish “oila-
maktab” hamkorligini tо’g’ri yо’lga qо’yish, bolani balog’at yoshiga xos xususiyatlarini tо’g’ri
anglagan holda, tarbiya jarayoniga maqsadli yondashish, kо’plab salbiy omillarni kelib
chiqishining oldini oladi. Ma’lumki, oilaning ijtimoiy-psixologik sog’lomligi iqtisodiy omillar
bilan ham bog’liq. Oilada ota-onaning egallagan kasbhunari, jamiyat hayotining rivojiga
qо’shayotgan hissalari, ularning kasbiy faol harakat qilishlari kabilar oila byudjetiga о’z
ta’sirini kо’rsatishi barobarida, farzandlar tarbiyasida ham о’z aksini topadi. Oiladagi о’zaro
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
50
hurmat, hissiy bir-biriga intilib yashash, oilaviy yakdillik, oilani barqaror bо’lish omilidir.
Maktab sharoitida о’qituvchi-ustozlarning shirin sо’zi, bolaga nisbatan kamtarona muomalasi,
hamisha bolani о’ziga yaqin olib, о’z vaqtida tо’g’ri maslahatlar berib borishlari, bola qalbiga
yо’l topish omili hisoblanadi. Shunday ekan, о’quvchilar orasida, ya’ni turli xarakterli
bolalarning har biriga yakka tartibdagi yondashuvlar asosida ularning xattiharakatlarida
kuzatilayotgan nojо’ya holatlarning oldini olish mumkin. Bolani anglash, uning qalbiga yо’l
topish, dunyoni anglash bilan barobardir. О’zicha bir olam bо’lgan bola ham о’z navbatida ota-
onasi, о’ziga yaqinlari hamda ustozlarini anglashda о’z- о’zini tarbiyalash orqali tegishli
xulosalar chiqarib oladi.
References:
1.
Z.T.Nishonova, N.G. Kamilova, D.U.Abdullayeva, M.X.Xolnazrova Rivojlanish
psixologiyasi.Pedagogik psixologiya-T.2017
2.
Xaydarov F.I.,Xalilova N.I. “Umumiy psixologiya”. T.:2010.-167-177 b
3.
Asqarov Anvarjon Rahimjon o’g’li “XOTIRANI RIVOJLANTIRISHNING O’ZIGA XOS
USULLARI”