Авторы

  • Doniyor Xalilov
    O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Jazoni ijro etish faoliyati kafedrasi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.61433

Ключевые слова:

jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish umrbod ozodlikdan mahrum etish retsidivistlar jinoyat qonunchiligi jazoni ijro etish jazo muddati jamoat xavfsizligi xalqaro huquqiy meyorlar jazo samaradorligi axloqiy tuzatish jarayoni afv etish adolatli jazo terrorizmga qarshi kurash ijtimoiy xavflilik.

Аннотация

jazoni o’tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish, jazoning adolatliligini ta’minlash, jinoyat qonunchiligida davlat siyosati, jamoat xavfsizligiga tahdidlarga qarshi kurashish.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

28

JAZONI O‘TASHDAN MUDDATIDAN ILGARI SHARTLI OZOD QILISH

INSTITUTI: MILLIY VA XALQARO QONUNCHILIKDAGI MUAMMOLAR VA

ULARNING ECHIMLAR

Xalilov Doniyor Abdulazzat o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi

Jazoni ijro etish faoliyati kafedrasi o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14555190

Annotatsiya:

jazoni o’tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish, jazoning

adolatliligini ta’minlash, jinoyat qonunchiligida davlat siyosati, jamoat xavfsizligiga tahdidlarga
qarshi kurashish.

Kalit so‘zlar:

jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish, umrbod ozodlikdan

mahrum etish, retsidivistlar, jinoyat qonunchiligi, jazoni ijro etish, jazo muddati, jamoat
xavfsizligi, xalqaro huquqiy meyorlar, jazo samaradorligi, axloqiy tuzatish jarayoni, afv etish,
adolatli jazo, terrorizmga qarshi kurash, ijtimoiy xavflilik.


Jazoni o‘tash jarayonida mahkum o‘zining jamiyatdagi xulq-atvor qoidalariga

munosabatini ijobiy tarzda qayta ko‘rib chiqishi, jinoiy jazoning maqsadlariga uning muddati
to‘liq yakunlanmasdan oldin ham erishish mumkinligini anglatadi.

Bunda mahkumning axloqan tuzalishining asosiy motivatsion jihati jazoni o‘tashdan

muddatidan ilgari ozod bo‘lish umididir. E.F. Pauer ta’kidlaganidek, “Umid bu insonga xos
muhim va uning shaxsiyatini belgilovchi jihatdir. Jazo qanchalik uzoq va munosib bo‘lishidan
qat’i nazar, mahkum qachonlardir uning qilgan ishlarini kechirishlariga umid qilish huquqini
saqlab qoladi. Ular bunday umiddan butunlay mahrum bo‘lmasliklari kerak. Ularning umid
qilish huquqidan voz kechish ularning insoniy tabiatining asosiy jihatlaridan birini inkor etish
bo‘ladi va bunday rad etish kamsituvchi omil hisoblanadi”

1

.

Mahkumning jazodan muddatidan ilgari shartli ozod bo‘lishini kechiktiruvchi holatlar

ham jinoyat qonunchiligida mavjud. Jumladan, JKning 73-moddasiga asosan qasddan sodir
etgan jinoyati uchun, agar shaxs ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum
etishga hukm qilingan bo‘lsa, sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan ikki qismini;
jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan yoki jazosi yengilrog‘i bilan almashtirilgan
shaxs jazoning o‘talmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etganligi uchun hukm
qilingan bo‘lsa, sud tayinlagan jazo muddatining kamida to‘rtdan uch qismini haqiqatda o‘tab
bo‘lganidan keyin ozod qilinishi mumkin.

Bu kechiktirish to‘g‘risida huquqshunos olimlarning fikrlari turlicha. Xususan,

I.S. Nuhning ta’kidlashicha, o‘ta xavfli retsidivist shaxslarni shartli ravishda ozod qilishdan bosh
tortish ularni tuzatish uchun rag‘batni zaiflashtiradi, ammo umumiy profilaktika maqsadida

1

Бюллетень

Европейского

Суда

по

правам

человека.

2017.

N

3.

//

URL:https://rpspress.ru/catalog/byulleten_evropeyskogo_suda_po_pravam_cheloveka/

(Электрон

манбага

мурожаат қилинган вақт: 21.04.2023).


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

29

bunday rad etish zarur

2

. I.D. Badamshin

3

, N.F. Kuznetsov, I.M. Tyajkov. R.A. Dyachenkoni

fikricha, retsidivistlar uchun jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish imkoniyatini
inkor etmasdan, ulardan jazoning o‘tashi kerak bo‘lgan zarur qismini oshirishni talab
qilmoqda

4

. I.S. Nasirov yangi jinoyatlarning sodir etilishini oldini olish maqsadida o‘ta xavfli

retsidivist shaxslarga nisbatan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilishni
taqiqlash zarurligini ta’kidlaydi

5

. V Zaxarova, O Viktorovna xavfli va o‘ta xavfli retsidivist

shaxslarga nisbatan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilishni taqiqlash
maqsadga muvofiqdir deb hisoblaydi

6

.

Yuqoridagilardan farqli ravishda Z.I. Zeldov, agar jazo maqsadi – mahkumlarni tuzatish

maqsadida amalga oshirilsa, mahkumlarni shartli ravishda muddatidan ilgari ozod qilish
zarurligini ta’kidlaydi

7

. Y.M. Tkachevskiy fikriga ko‘ra, qonun chiqaruvchining mahkumlarning

har qanday toifasiga jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilishni taqiqlashni rad
etishini shubhasiz yutuq deb biladi, chunki har bir kishi jazodan ozod bo‘lish istiqboliga ega
bo‘lishi kerak

8

.

Fransiya jinoyat qonunchiligiga ko‘ra retsidivist shaxs jazoning 3/2 o‘taganidan so‘ng

jazodan ozod bo‘lishi mumkin. Germaniya jinoyat qonunchiligida takroran jinoyat sodir etgan
shaxslar uchun maxsus qoidalar mavjud emas

9

. Xitoy Xalq Respublikasida

10

retsidivist

shaxslarga nisbatan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish qo‘llanilmaydi.

Bizningcha, o‘ta xavfli retsidivist shaxslarga nisbatan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari

shartli ozod qilishni qo‘llash profilaktika maqsadlariga nisbatan nomaqbuldir, uni erta ozod
qilish jamoat xavfsizligiga tahdid solishi mumkin. Agar jinoyatchi shaxsga allaqachon o‘zini
axloqan tuzatish imkoniyati berilgan bo‘lsa-da, lekin u jinoyat sodir etishda davom etsa, bu
uning o‘zini axloqan tuzatishni istamasligining aniq belgisiga o‘xshaydi. Ertami-kechmi, har
qanday shaxs o‘zini tuzatish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak, lekin bu imkoniyatlar haqiqiy va
samarali bo‘lishi kerak. Agar retsidivistlar haqiqiy tuzatish jarayonidan o‘tishgan bo‘lsa, ularni
erta ozod qilish mumkin biroq, bu holatda ularning qayta jinoyat sodir etish ehtimoli to‘liq
baholanishi kerak. Shuning uchun ushbu shaxslarga bunday imtiyozlarni berish maqsadga
muvofiq emas.

2

Ной И.С.

О целях наказания в советском уголовном праве // Вопросы уголовного права и процесса. Сб.ст. Вып.

2. Минск, 1960. - 156 с.

3

Условно-досрочное освобождение от отбывания наказания в системе законодательства России [Текст] : моногр.

/ И. Д. Бадамшин. - Уфа : УЮИ МВД РФ, 2008. С.48

4

Дьяченко Р.А.

Уголовно-досрочное освобождение и замена неотбытной части наказания более мягким видом

наказания : диссертация на соискание ученой степени кандидата юридических наук. 12.00.08 - Краснодар,1999.
С 115.

5

Насиров И.С.

Рецидив жиноятчиликнинг криминологик тавсифи // Ta'lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali.

– 2022. – Б. 364-380.

6

Захарова В. Олъга В.

Формальные основания применения условно-досрочного освобождения от отбывания

наказания // Пробелы в российском законодательстве. Юридический журнал. – 2012. – №. 5. – С. 135-137.

7

Зельдов З.И.

Освобождение от наказания и от его отбывания. – М., 1982. - 135 с.

8

Ткачевский Ю.М.

Условно-досрочное освобождение от наказания // Законодательство. Nr. 8. 2004. С. 76.

9

Давыдова И.А

. Условное освобождение осужденных от отбывания наказания в европейских странах: проблемы

и перспективы // Уголовно-исполнительное право. – 2022. – Т. 17. – №. 1. – С. 64-71.

10

Третьякова Е.Е., Нагорная М.С.

Условно-досрочное освобождение-эффективный механизм гуманизации

прогрессивной пенитенциарной системы в современном мире: сравнительно-правовой аспект // Научное
пространство современной молодёжи: приоритетные задачи и инновационные решения. – 2022. – С. 254-256.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

30

Xalqaro huquqiy jinoiy-huquqiy normalarda murosa yo‘li bilan jinoyat natijasida

jabrlanganlarga ma’naviy va moddiy zararni qoplash, davlat tomonidan sarflangan xarajatlar,
shuningdek, buzilgan huquqlarni tiklash orqali ushbu mahkumlarni axloqan tuzatish
muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilishni ko‘rib chiqishiga sabab bo‘ladi

11

. Binobarin,

qonunchilik va amaliyotda ushbu muammolarni hal etish jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari
shartli ozod qilish institutining faoliyati samaradorligi oshishiga xizmat qilsa, umrbod
ozodlikdan mahrum qilishdan shartli ravishda ozod qilish imkoniyati oqlanadi.

Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini qo‘llash nafaqat sodir etilgan jinoyat uchun

jazo olishni, balki mahkumni tuzatishni ham nazarda tutadi, garchi bu masala hozirgi kungacha
umrbod ozodlikdan mahrum qilish nazariyasi va amaliyotida munozarali bo‘lib qolayotgan
bo‘lsa ham

12

. Mahkumlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov shuni ko‘rsatdiki, ularning aksariyati 69,3

foiz jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish yoki afv etish yoki amnistiya
qilish huquqidan foydalanishga umid qilmoqda; 20,9 foiz faqat jazoni o‘tashdan muddatidan
ilgari shartli ravishda ozod qilishga, 8 foiz jazoni qayta ko‘rib chiqishga umid qiladi, chunki ular
jazoni adolatli deb hisoblamaydilar va faqat 1,8 foiz mahkumlar ozodlikka chiqishni umid
qilmaydi

13

.

Aksariyat huquqshunoslarning fikricha, umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga

hukm qilingan shaxslar uchun muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish institutining
mavjudligi ushbu jazo turining samaradorligiga bevosita ta’sir qiladi

14

. Birlashgan Millatlar

Tashkilotining mahbuslar bilan muomala qilish bo‘yicha minimal standart qoidalarida (Nelson
Mandela qoidalari) umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan shaxslarni
muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish avvalo mahkumni rag‘batlantirish, uning
jamiyatga qo‘shilishiga va oilasining manfaatlariga xizmat qilishga yordam beradi, deb qayd
qilinadi

15

.

Ba’zi xorijiy mamlakatlarda mahkumlarni muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish

huquqidan mahrum qilingan holda umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi rivojlanmoqda
(masalan, Vyetnam, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Turkiya, Estoniya, Ukraina, Shvetsiya,
Niderlandiyada)

16

. Yaponiya davlatining 2021-yil hisobot yakunlariga ko‘ra, 1 725 nafar

umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan mahkumlardan 7 nafari jazoni o‘tashdan
muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilingan bo‘lsa, 29 nafari vafot etgan

17

. Ushbu

11

Рекомендация Rec (2003) 22 Комитета министров Совета Европы “Об условнодосрочном освобождении” //

URL: https://rm.coe.int/16806f411b (Электрон манбага мурожаат қилинган вақт: 30.04.2023).

12

Казакова Е.Н.

Значение социальной работы в исправлении осужденных, отбывающих пожизненное лишение

свободы в Российской Федерации, и проблемы ее правового регулирования // Уголовно-исполнительная
система. 2007. № 3.

13

Казакова Е.Н.

Условно-досрочное освобождение от отбывания пожизненного лишения свободы: проблемы и

пути их решения // Вестник Владимирского юридического института. – 2008. – №. 3. – С. 40-49.

14

Долгих Д.А.

Условно-досрочное освобождение осуждённых к пожизненному лишению свободы // Молодежь

и наука: шаг к успеху. – 2022. – С. 39-42.

15

Генеральная Ассамблея, Минимальные стандартные правила Организации Объединенных Наций в отношении

обращения

с

заключенными

(Правила

Нельсона

Манделы)

//

URL:https://www.refworld.org.ru/docid/5698a3c14.html (Электрон манбага мурожаат қилинган вақт: 30.04.2023).

16

Гарибян К.К.

Условно-досрочное освобождение осужденных к пожизненному лишению свободы в России и за

рубежом // Уголовное наказание в россии и за рубежом: проблемы назначения и исполнения. – 2020. – С. 42-46.

17

https://www.cep-probation.org/ (Электрон манбага мурожаат қилинган вақт: 10.05.2023).


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

31

ko‘rsatkich Yaponiyada umrbod ozodlikdan mahkum qilish jazosi amalda to‘liq o‘tayotganidan
dalolat bermoqda.

Turli mamlakatlarda qonun chiqaruvchilar umrbod ozodlikdan mahrum qilishning

zaruriy muddatini har xil belgilaydi. Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari ozod qilish masalasi
Shri-Lankada 6 yil, Germaniya va Lyuksemburgda 15 yil, Polshada 20 yil, Latviya va Litvada 25
yil, Estoniyada esa kamida 30 yil amalda jazoni ijro etish muassasasida o‘tirgandan so‘ng ko‘rib
chiqilishi mumkin. Xorijiy mamlakatlar qonunchiligida umrbod ozodlikdan mahrum
qilinganlarni shartli ravishda muddatidan ilgari ozod qilish mumkin bo‘lgan eng kam muddat 6
yildan 30 yilgacha belgilangan. Ko‘pgina mamlakatlarda umrbod ozodlikdan mahkum qilishga
hukm qilinganlar uchun jazo sifatida jazoni ijro etish muassasasida o‘tkazishlari shart bo‘lgan
eng kam yil va oylar belgilanadi

18

.

O‘z navbatida, mamlakatimizda umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm

qilinganlarni muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish huquqining yo‘qligi bu
javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam o‘ldirish va terrorizm jinoyatlariga
qarshi kurash bilan; ikkinchidan, ushbu turdagi jazoga hukm qilingan shaxslarning ijtimoiy
xavfliligi; uchinchidan, jazoning ijtimoiy adolatliligini ta’minlash; to‘rtinchidan, jazo mohiyatiga
erishish maqsadida qo‘llaniladi. Shu nuqtai nazardan umrbod ozodlikdan mahrum qilingan
shaxslarga nisbatan rag‘batlantirish emas balkim kechirish, gunohini afv etish maqsadga
muvofiq.

References:

1.

Бюллетень Европейского Суда по правам человека. 2017. N 3. //

URL:https://rpspress.ru/catalog/byulleten_evropeyskogo_suda_po_pravam_cheloveka/
(Электрон манбага мурожаат қилинган вақт: 21.04.2023).
2.

Ной И.С.

О целях наказания в советском уголовном праве // Вопросы уголовного

права и процесса. Сб.ст. Вып. 2. Минск, 1960. - 156 с.
3.

Условно-досрочное освобождение от отбывания наказания в системе

законодательства России [Текст] : моногр. / И. Д. Бадамшин. - Уфа : УЮИ МВД РФ, 2008.
С.48
4.

Дьяченко Р.А.

Уголовно-досрочное освобождение и замена неотбытной части

наказания более мягким видом наказания : диссертация на соискание ученой степени
кандидата юридических наук. 12.00.08 - Краснодар,1999. С 115.
5.

Насиров И.С.

Рецидив жиноятчиликнинг криминологик тавсифи // Ta'lim va

rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali. – 2022. – Б. 364-380.
6.

Захарова В. Олъга В.

Формальные основания применения условно-досрочного

освобождения от отбывания наказания // Пробелы в российском законодательстве.
Юридический журнал. – 2012. – №. 5. – С. 135-137.
7.

Зельдов З.И.

Освобождение от наказания и от его отбывания. – М., 1982. - 135 с.

8.

Ткачевский Ю.М.

Условно-досрочное

освобождение

от

наказания

//

Законодательство. Nr. 8. 2004. С. 76.

18

Сыч К.А., Горбач Д.В.

Условно-досрочное освобождение от отбывания наказания в виде пожизненного

лишения свободы //КА Сыч, ДВ Горбач—Рязань: Академия кина. – 2015.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

32

9.

Давыдова И.А

. Условное освобождение осужденных от отбывания наказания в

европейских странах: проблемы и перспективы // Уголовно-исполнительное право. –
2022. – Т. 17. – №. 1. – С. 64-71.
10.

Третьякова Е.Е., Нагорная М.С.

Условно-досрочное освобождение-эффективный

механизм гуманизации прогрессивной пенитенциарной системы в современном мире:
сравнительно-правовой аспект // Научное пространство современной молодёжи:
приоритетные задачи и инновационные решения. – 2022. – С. 254-256.
11.

Рекомендация Rec (2003) 22 Комитета министров Совета Европы “Об

условнодосрочном освобождении” // URL: https://rm.coe.int/16806f411b (Электрон
манбага мурожаат қилинган вақт: 30.04.2023).
12.

Казакова Е.Н.

Значение социальной работы в исправлении осужденных,

отбывающих пожизненное лишение свободы в Российской Федерации, и проблемы ее
правового регулирования // Уголовно-исполнительная система. 2007. № 3.
13.

Казакова Е.Н.

Условно-досрочное освобождение от отбывания пожизненного

лишения свободы: проблемы и пути их решения // Вестник Владимирского
юридического института. – 2008. – №. 3. – С. 40-49.
14.

Долгих Д.А.

Условно-досрочное освобождение осуждённых к пожизненному

лишению свободы // Молодежь и наука: шаг к успеху. – 2022. – С. 39-42.
15.

Генеральная Ассамблея, Минимальные стандартные правила Организации

Объединенных Наций в отношении обращения с заключенными (Правила Нельсона
Манделы) // URL:https://www.refworld.org.ru/docid/5698a3c14.html (Электрон манбага
мурожаат қилинган вақт: 30.04.2023).
16.

Гарибян К.К.

Условно-досрочное освобождение осужденных к пожизненному

лишению свободы в России и за рубежом // Уголовное наказание в россии и за рубежом:
проблемы назначения и исполнения. – 2020. – С. 42-46.
17.

https://www.cep-probation.org/ (Электрон манбага мурожаат қилинган вақт:

10.05.2023).
18.

Сыч К.А., Горбач Д.В.

Условно-досрочное освобождение от отбывания наказания в

виде пожизненного лишения свободы //КА Сыч, ДВ Горбач—Рязань: Академия кина. –
2015.
19.

Халилов Д. Жазони ўташдан муддатидан илгари шартли озод қилиш

институтининг ривожланиш тарихий босқичлари //Евразийский журнал права,
финансов и прикладных наук. – 2023. – Т. 3. – №. 5. – С. 226-232.
20.

Xalilov D., Muxammatqulov S. JAZONI O ‘TASHDAN MUDDATIDAN ILGARI SHARTLI OZOD

QILISHNING TUSHUNCHASI VA MOHIYATI //Академические исследования в современной
науке. – 2023. – Т. 2. – №. 19. – С. 101-108.
21.

Ugli K. D. A. THE ESSENCE OF THE STAGE OF PAROLE IN THE EXECUTION OF

PUNISHMENT AND ITS THEORETICAL AND LEGAL ASPECTS //International Journal Of Law
And Criminology. – 2024. – Т. 4. – №. 08. – С. 21-25.

Библиографические ссылки

Бюллетень Европейского Суда по правам человека. 2017. N 3. // URL:https://rpspress.ru/catalog/byulleten_evropeyskogo_suda_po_pravam_cheloveka/ (Электрон манбага мурожаат қилинган вақт: 21.04.2023).

Ной И.С. О целях наказания в советском уголовном праве // Вопросы уголовного права и процесса. Сб.ст. Вып. 2. Минск, 1960. - 156 с.

Условно-досрочное освобождение от отбывания наказания в системе законодательства России [Текст] : моногр. / И. Д. Бадамшин. - Уфа : УЮИ МВД РФ, 2008. С.48

Дьяченко Р.А. Уголовно-досрочное освобождение и замена неотбытной части наказания более мягким видом наказания : диссертация на соискание ученой степени кандидата юридических наук. 12.00.08 - Краснодар,1999. С 115.

Насиров И.С. Рецидив жиноятчиликнинг криминологик тавсифи // Ta'lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali. – 2022. – Б. 364-380.

Захарова В. Олъга В. Формальные основания применения условно-досрочного освобождения от отбывания наказания // Пробелы в российском законодательстве. Юридический журнал. – 2012. – №. 5. – С. 135-137.

Зельдов З.И. Освобождение от наказания и от его отбывания. – М., 1982. - 135 с.

Ткачевский Ю.М. Условно-досрочное освобождение от наказания // Законодательство. Nr. 8. 2004. С. 76.

Давыдова И.А. Условное освобождение осужденных от отбывания наказания в европейских странах: проблемы и перспективы // Уголовно-исполнительное право. – 2022. – Т. 17. – №. 1. – С. 64-71.

Третьякова Е.Е., Нагорная М.С. Условно-досрочное освобождение-эффективный механизм гуманизации прогрессивной пенитенциарной системы в современном мире: сравнительно-правовой аспект // Научное пространство современной молодёжи: приоритетные задачи и инновационные решения. – 2022. – С. 254-256.

Рекомендация Rec (2003) 22 Комитета министров Совета Европы “Об условнодосрочном освобождении” // URL: https://rm.coe.int/16806f411b (Электрон манбага мурожаат қилинган вақт: 30.04.2023).

Казакова Е.Н. Значение социальной работы в исправлении осужденных, отбывающих пожизненное лишение свободы в Российской Федерации, и проблемы ее правового регулирования // Уголовно-исполнительная система. 2007. № 3.

Казакова Е.Н. Условно-досрочное освобождение от отбывания пожизненного лишения свободы: проблемы и пути их решения // Вестник Владимирского юридического института. – 2008. – №. 3. – С. 40-49.

Долгих Д.А. Условно-досрочное освобождение осуждённых к пожизненному лишению свободы // Молодежь и наука: шаг к успеху. – 2022. – С. 39-42.

Генеральная Ассамблея, Минимальные стандартные правила Организации Объединенных Наций в отношении обращения с заключенными (Правила Нельсона Манделы) // URL:https://www.refworld.org.ru/docid/5698a3c14.html (Электрон манбага мурожаат қилинган вақт: 30.04.2023).

Гарибян К.К. Условно-досрочное освобождение осужденных к пожизненному лишению свободы в России и за рубежом // Уголовное наказание в россии и за рубежом: проблемы назначения и исполнения. – 2020. – С. 42-46.

https://www.cep-probation.org/ (Электрон манбага мурожаат қилинган вақт: 10.05.2023).

Сыч К.А., Горбач Д.В. Условно-досрочное освобождение от отбывания наказания в виде пожизненного лишения свободы //КА Сыч, ДВ Горбач—Рязань: Академия кина. – 2015.

Халилов Д. Жазони ўташдан муддатидан илгари шартли озод қилиш институтининг ривожланиш тарихий босқичлари //Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. – 2023. – Т. 3. – №. 5. – С. 226-232.

Xalilov D., Muxammatqulov S. JAZONI O ‘TASHDAN MUDDATIDAN ILGARI SHARTLI OZOD QILISHNING TUSHUNCHASI VA MOHIYATI //Академические исследования в современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 19. – С. 101-108.

Ugli K. D. A. THE ESSENCE OF THE STAGE OF PAROLE IN THE EXECUTION OF PUNISHMENT AND ITS THEORETICAL AND LEGAL ASPECTS //International Journal Of Law And Criminology. – 2024. – Т. 4. – №. 08. – С. 21-25.