Авторы

  • Sherzod Dusnayev
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari i.f.f.d. (PhD)

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.61438

Аннотация

Bugungi kunda O’zbekiston aholisining yuqori sur’atlarda o‘sishini tug‘ilish ko‘rsatkichi ta’minlamoqda. Demografik vaziyatning o‘ziga xos xususiyati tug‘ilish darajasining nisbatan yuqori ko‘rsatkichlari, o‘lim darajasining past ko‘rsatkichlari, tashqi migratsiyaning bir muncha salbiy saldosi, jami aholida qariyalar ulushining ortishi, parallel ravishda aholining o‘rta yoshlilar sonining ko‘payishi, urbanizatsiya jarayoni ortayotgani bilan tavsiflanadi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

76

O‘ZBEKISTONDA TUG‘ILGANAR SONI AHOLINING YUQORI SUR’ATDA

O‘SISHINI TA’MINLAMOQDA

Dusnayev Sherzod Ergashevich

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi

boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari

i.f.f.d. (PhD)

E-mail: census@stat.uz

https://doi.org/10.5281/zenodo.14592132

Bugungi kunda O’zbekiston aholisining yuqori sur’atlarda o‘sishini tug‘ilish ko‘rsatkichi

ta’minlamoqda. Demografik vaziyatning o‘ziga xos xususiyati tug‘ilish darajasining nisbatan
yuqori ko‘rsatkichlari, o‘lim darajasining past ko‘rsatkichlari, tashqi migratsiyaning bir muncha
salbiy saldosi, jami aholida qariyalar ulushining ortishi, parallel ravishda aholining o‘rta
yoshlilar sonining ko‘payishi, urbanizatsiya jarayoni ortayotgani bilan tavsiflanadi.

O‘zbekiston MDHdagi eng yuksak demografik salohiyatga ega davlat hisoblanib, 2022-

yilda mintaqa aholisining 12,5 foizi va Markaziy Osiyo mintaqasining 45,7 foizi mamlakatimiz
hissasiga to‘g‘ri kelgan. Aholi soni bo‘yicha O‘zbekiston 242 ta davlat ichida 41-o‘rinda turadi.

Aholining tabiiy harakati to‘g‘risidagi, jumladan tug‘ilganlar soni to‘g‘risidagi

ko‘rsatkichsiz mamlakatning demografik holatini aniqlashning imkoni yo‘q. Shu nuqtai
nazardan demografik jarayonlarni o‘rganishda birinchi bo‘lib tug‘ilganlar va o‘lganlar soni
hamda nikohlar va ajralishlar sonini tizimli tahlil qilishdan boshlanadi.

Tug‘ilish – bu biologik tabiatga va qat’iy ijtimoiy-iqtisodiy belgilarga ega bo‘lgan

murakkab demografik hodisa hisoblanadi. Demografiyada tug‘ilish deganda , bir avlod yoki
avlodlar guruhini tashkil etuvchi muayyan aholi majmuidagi farzandlarning dunyoga kelishi
jarayoni tushuniladi. Hozirgi o‘lim darajasi past bo‘lgan sharoitlarda tug‘ilish jarayoni aholi
takror barpo bo‘lishidagi yetakchi omil sanalib, uning tartibi va yosh jinsiy tarkib
evolyutsiyasining umumiy yo‘nalishini belgilaydi.

Tug‘ilish darajasidagi ijtimoiy va biologik omillar mutanosibligi muqobil bo‘lmay, balki

jamiyat va uning tarkibi, ijtimoiy institutlarning rivojlanishi jarayonida o‘zgarib boradi. Shu
o‘rinda aytish joizki, tug‘ilish evolyutsiyasidagi asosiy yo‘nalish bu biologik omil rolining
passayishi va ijtimoiy omil ahamiyatining o‘sib borishidir.

Statistik ma’lumotlarga qaraganda, 2023-yil O‘zbekistonda tug‘ilganlar mutlaq sonining

eng yuqori ko‘rsatkichi qayd etilgan. Shuni alohida takidlash joizki tug‘ilishning nisbiy
ko‘rsatkichi 1991- yilda 34,5 prmille va 1995- yilda 29,8 promilleni tashkil qilgan (1-rasm).

1-rasmdan ko‘rinib turganidek, 1991–2004-yillarda tug‘ilganlar mutlaq soni qisqargan,

bundan keyingi yillarda esa ortgan. Olib borilgan tahlillarga ko‘ra, 2005–2023-yillar mobaynida
har 1000 kishiga to‘g‘ri keladigan tug‘ilganlar soni 20,3 nafardan 26,4 nafarga ko‘paygan.
Hududlar kesimida olib qaraganda tug‘ilish darajasi Surxondaryo (30,9 ‰), Qashqadaryo
(28,9 ‰), Namangan (27,9 ‰), Jizzax (27,4 ‰) va Samarqand (27,4 ‰) viloyatlarida yuqori
bo‘lgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

77

1-rasm. O‘zbekistonda tug‘ilganlar mutlaq soni va tug‘ilish koeffitsiyenti

dinamikasi

Xalqaro mezonlar bo‘yicha, “tug‘ilishning umumiy koeffitsiyenti qiymati

16,0 ‰gacha bo‘lsa – tug‘ilish darajasi “past”, 16,0 – 24,9 ‰ – “o‘rtacha”, 25,0 – 29,9 ‰ –
“o‘rtachadan yuqori”, 30,0 – 39,9 ‰ – “yuqori”, 40,0 ‰ va undan yuqori – “juda yuqori”
hisoblanadi”. Mazkur mezon bo‘yicha O‘zbekiston tug‘ilish darajasi “o‘rtachadan yuqori”
bo‘lgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Tug‘ilishning umumiy koeffitsiyentini baholash mezoni
asosida O‘zbekiston Respublikasi hududlari guruhlarga ajratildi (1-jadval).

1-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, 2000-yil tug‘ilish darajasi Toshkent shahrida – “past”,

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida “o‘rtachadan yuqori”, qolgan hududlarda esa
“o‘rtacha” bo‘lgan. 2010-yilda respublikaning barcha hududlarida “o‘rtacha”, 2023-yilda esa
faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Toshkent va Xorazm viloyatlarida tug‘ilish
darajasi “o‘rtacha”, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo,
Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahri “o‘rtachadan yuqori”, birgina Surxondaryo viloyati
“yuqori” toifaga o‘tgan.

1-jadval
O‘zbekiston Respublikasi hududlarini tug‘ilishning umumiy koeffitsiyenti bo‘yicha

tasnifi

Tug‘ilish

darajasi, ‰

Yillar

2000

2010

2023

past

(16,0 gacha)

Toshkent shahri

Mazkur daraja

bo‘yicha hududlarda

kuzatilmadi

Mazkur daraja

bo‘yicha hududlarda

kuzatilmadi

72

3,

4

67

8,

0

52

7,

6

53

3,

5

63

4,

8

73

4,

1

72

6,

2

71

5,

5

76

8,

5

81

5,

0

84

1,

8

90

5,

2

93

2,

2

96

1,

9

34,5

29,8

21,3

20,3

22,0

23,5

22,8

22,1

23,3

24,3

24,6

25,9

26,2

26,4

0,0

5,0

10,0

15,0

20,0

25,0

30,0

35,0

40,0

0,0

200,0

400,0

600,0

800,0

1000,0

1200,0

1991 y. 1995 y. 2000 y. 2005 y. 2011 y. 2015 y. 2016 y. 2017 y. 2018 y. 2019 y. 2020 y. 2021 y. 2022 y. 2023 y.

Tug'ilganlar soni, ming kishi

Tug'ilishning umumiy koeffitsenti, promille


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

78

Tug‘ilish

darajasi, ‰

Yillar

2000

2010

2023

O‘rtacha

(16,0 – 24,9)

Qoraqalpog‘iston

Respublikasi, Andijon,

Buxoro, Jizzax, Navoiy,

Namangan, Samarqand,

Sirdaryo, Farg‘ona,

Toshkent va Xorazm

viloyatlari

Qoraqalpog‘iston

Respublikasi,

12 ta viloyat va

Toshkent shahri

Qoraqalpog‘iston

Respublikasi, Buxoro,

Toshkent va Xorazm

viloyatlari

O‘rtachadan

yuqori

(25,0 – 29,9)

Qashqadaryo va

Surxondaryo viloyatlari

Mazkur daraja

bo‘yicha hududlarda

kuzatilmadi

Andijon, Jizzax,

Qashqadaryo, Navoiy,

Namangan, Samarqand,

Sirdaryo, Farg‘ona

viloyatlari va Toshkent

shahri

Yuqori

(30,0 – 39,9)

Mazkur daraja

bo‘yicha hududlarda

kuzatilmadi

Mazkur daraja

bo‘yicha hududlarda

kuzatilmadi

Surxondaryo viloyati

Juda yuqori

(40,0 va undan

yuqori)

Mazkur daraja

bo‘yicha hududlarda

kuzatilmadi

Mazkur daraja

bo‘yicha hududlarda

kuzatilmadi

Mazkur daraja

bo‘yicha hududlarda

kuzatilmadi


Qishloq joylarida tug‘ilish darajasi shahar joylariga qaraganda bir muncha yuqori.

Tahlillarga ko‘ra, 2022-yil Toshkent (30,5 ‰) va Surxondaryo (30,2 ‰) viloyatlari 2023-yilda
esa Surxondaryo (32,6 ‰) viloyati qishloq joylarida tug‘ilish darajasi “yuqori” mezon bo‘yicha
baholandi.

Aholi statistikasida tug‘ilish darajasini aniq statistik baholash maqsadida tug‘ilishning

yig‘indi koeffitsiyentidan (bir ayolga to‘g‘ri keladigan bolalar soni) keng foydalaniladi. Mazkur
koeffitsiyentning qiymati respublikada – 3,45, shahar joylarida – 3,39, qishloq joylarida esa
3,31 nafarni tashkil etadi.

Ilmiy ishimizda tug‘ilishning yig‘indi koeffitsiyenti qiymati bo‘yicha hududlarni quyidagi

guruhlarga ajratamiz (2-jadval).

2-jadval
Tug‘ilishning

yig‘indi

koeffitsiyenti

qiymati

bo‘yicha

hududlarning statistik guruhlanishi

Tug‘ilish

darajasi

2000-yil

2010-yil

2023-yil

Juda past

(1,8 dan

kam)

Toshkent shahri

Mazkur daraja

bo‘yicha hududlarda

kuzatilmadi

Mazkur daraja

bo‘yicha hududlarda

kuzatilmadi


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

79

Past

(1,8 – 2,4)

Andijon, Buxoro,

Navoiy, Toshkent

va Farg‘ona

viloyatlari

Qoraqalpog‘iston

Respublikasi, Buxoro,

Navoiy, Namangan,

Sirdaryo, Toshkent,

Farg‘ona, Xorazm

viloyatlari va Toshkent

shahri

Mazkur daraja

bo‘yicha hududlarda

kuzatilmadi

O‘rtacha

(2,4 – 3,0)

Qoraqalpog‘iston

Respublikasi,

Namangan, Samar-

qand, Sirdaryo va

Xorazm viloyatlari

Andijon, Jizzax,

Qashqadaryo, Samarqand

va Surxondaryo

viloyatlari

Qoraqalpog‘iston

Respublikasi

O‘rtachadan

yuqori

(3,0 – 4,0)

Surxondaryo,

Qashqadaryo va

Jizzax viloyatlari

Mazkur daraja

bo‘yicha hududlarda

kuzatilmadi

Andijon, Buxoro,

Jizzax, Qashqadaryo,

Samarqand,

Surxondaryo, Navoiy,

Namangan, Sirdaryo,

Toshkent, Farg‘ona va

Xorazm viloyatlari,

Toshkent shahri

Yuqori (4,0

va undan

yuqori)

Mazkur daraja

bo‘yicha hududlarda

kuzatilmadi

Mazkur daraja

bo‘yicha hududlarda

kuzatilmadi

Mazkur daraja

bo‘yicha hududlarda

kuzatilmadi

Yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib turganidek, 2000-yilda tug‘ilish darajasi Toshkent shahrida

“juda past”, Andijon, Buxoro, Navoiy, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari “past”, qolgan
hududlarda “o‘rtacha” va “o‘rtachadan yuqori” bo‘lgan. Respublikada undan keyingi yillarda
tug‘ilish darajasi ortib, 2023-yilda birgina Qoraqalpog‘iston Respublikasida tug‘ilishning
yig‘indi koeffitsiyenti qiymati “o‘rtacha”, qolgan barcha hududlarda “o‘rtachadan yuqori”
bo‘lgan.

Tadqiqot ishimizda tug‘ilishning maxsus va yosh guruhlari koeffitsiyentlarini ham

hisoblaymiz. Hisob-kitoblarimizga ko‘ra, tahlil qilinayotgan davrda tug‘ilishning maxsus
koeffitsiyenti yil sayin ortib borgan. Agar 2000-yilda tug‘ilishning maxsus koeffitsiyenti 82,6
promilleni tashkil qilgan bo‘lsa, 2023-yilga kelib bu qiymat 103,9 promillega teng bo‘lgan yoki
21,3 punktga ortgan. Bu davrda tug‘ilishning maxsus koeffitsiyenti shahar joylarida 65,6
promilledan 101,1 promillega, qishloq joylarida esa 93,6 promilledan 106,9 promillega ortgan.

Ko‘rilayotgan davrda tug‘ilishning yosh guruhlari koeffitsiyentida ham o‘zgarishlar qayd

qilingan. Jumladan, 2000–2023-yillarda 20 yoshgacha, 20-24, 25-29, 30-34, 35-39, 40-44 yosh
guruhidagi ayollarda tug‘ilish darajasi ortgan, qolgan yosh guruhlarida esa kamaygan. Shu bilan
birga, tug‘ilishning eng yuqori ko‘rsatkichi 20-24 yosh (254,7 ‰), 25-29 yosh (202,4 ‰) va
30-34 yosh (127,8 ‰) guruhida qayd qilingan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

80

Bugungi kunda oilada tug‘ilishlar sonining ko‘payishiga quyidagi omillarni keltirish

mumkin:

1980–1990-yillarda mamlakatda tug‘ilishlar soni yuqori darajada qayd etilgan mazkur

davrda tug‘ilgan ayollarning tug‘ish yoshiga yetganligi, ya’ni reproduktiv salohiyatning
yuqoriligi;

Mamlakatimiz oilalarida tug‘ilayotgan chaqaloqlarning 86,2 foizi 20-34 yosh guruhidagi

ayollarga to‘g‘ri kelishi;

nikoh yoshida (20-30 yosh) erkak va ayollar nisbatining tengligi;
nikohning yuqori darajasi (yiliga o‘rtacha 300 mingdan ortiq nikoh qayd etiladi);
nikohni barqarorliligi (har 10 ta tuzilgan nikohga 1 ta ajrim to‘g‘ri keladi);
mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, odamlar moddiy ahvolining yaxshilanishi;
tibbiyotning rivojlanganligi va h.k.

References:

1.

Abdurahmonov Q.X., va boshqalar. Demografiya: darslik. – T.: Iqtisodiyot, 2014. – 284-b.

2.

Abdurahmonov Q.X., Abduramonov Х.X. Demografiya: o‘quv qullanma. – T.: Noshir,

2011. – 119-b.
3.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolik holati dalolatnomalarini

qayd etish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 387-sonli qarori. Toshkent. 2016-yil 14-noyabr.
https://lex.uz/docs/3064981
4.

“Asosiy demografik ko‘rsatkichlarni shakllantirish bo‘yicha uslubiy nizom” O‘zbekiston

Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining qarori 2023 yil 24 maydagi 10-son
qarori.

https://lib.stat.uz/uz/features/demografiya-va-mehnat

.

5.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining rasmiy veb-

sayti:

https://stat.uz/

.

6.

Sh.Dusnayev. O‘zbekiston Respublikasida demografik rivojlanishni iqtisodiy-statistik

baholash: Avtoreferat. №43. 2023.

Библиографические ссылки

Abdurahmonov Q.X., va boshqalar. Demografiya: darslik. – T.: Iqtisodiyot, 2014. – 284-b.

Abdurahmonov Q.X., Abduramonov Х.X. Demografiya: o‘quv qullanma. – T.: Noshir, 2011. – 119-b.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 387-sonli qarori. Toshkent. 2016-yil 14-noyabr. https://lex.uz/docs/3064981

“Asosiy demografik ko‘rsatkichlarni shakllantirish bo‘yicha uslubiy nizom” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining qarori 2023 yil 24 maydagi 10-son qarori. https://lib.stat.uz/uz/features/demografiya-va-mehnat.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining rasmiy veb-sayti: https://stat.uz/.

Sh.Dusnayev. O‘zbekiston Respublikasida demografik rivojlanishni iqtisodiy-statistik baholash: Avtoreferat. №43. 2023.