Авторы

  • Zuxriddin G‘ulomov
    Farg‘ona davlat universiteti tadqiqotchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.69355

Ключевые слова:

raqamli axborotlashgan jamiyat yolg‘on axaborot dezinformatsiya axborot siyosati “feyk xabarlar” globallashuv.

Аннотация

Raqamli jamiyatda yolg‘on axaborotlarning mazmun-mohiyati va konseptual asoslari va dezinformatsiya sharoitida axborot siyosatining ustuvor yo‘nalishlari va ilg‘or xorijiy tajribalar tahlili amalga oshirilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

65

AXBOROTLASHGAN JAMIYATDA YOLG‘ON AXABOROTLARNI TAQDID

ETISHNING NAZARIY ASOSLARI

G‘ulomov Zuxriddin Baxromjon o‘g‘li

Farg‘ona davlat universiteti tadqiqotchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14921280

Annotatsiya:

Raqamli jamiyatda yolg‘on axaborotlarning mazmun-mohiyati va

konseptual asoslari va dezinformatsiya sharoitida axborot siyosatining ustuvor yo‘nalishlari va
ilg‘or xorijiy tajribalar tahlili amalga oshirilgan.

Kalit so`zlar:

raqamli, axborotlashgan jamiyat, yolg‘on axaborot, dezinformatsiya,

axborot siyosati, “feyk xabarlar”, globallashuv.

Axborotlashgan jamiyatning rivojlanishi dizinformatsion ziddiyatlarni kuchaytirib

yubordi va bu axboror kurashlarining rivojlanishida axborotlarning kattagina qismini ovozalar,
mishmishlar orqali tarqatilganini tasdiqlaydi. Bunday axborotlar tekshirilmagani bois,
hammasini to‘g‘ri deb bo‘lmasdi. Mish-mishlar axborot manbasi sifatida kitob nashr qilish va
tarqatishda ham keng foydalanilgan. Bular arzon yangiliklar asoslangan tekshirilmagan
axborotlar va kitoblardir. O‘rta asrlarda Fransiyada bir qator bosma nashrlar chiqqan. Masalan,
“Canard” (fransuzchadan tarjima qilganda “o‘rdak” yoqimsiz ovoz, sozlanmagan notalar va
kutilmagan hikoyalar) gazetasi bo‘lib o‘tgan voqeahodisalar haqida asosan, odamlarning
gapso‘zlariga qarab joriy kundalik hodisalar haqida rasmiylashtiril magan mishmishlar va
ovozalar edi. Biroq tasdiqlangan to‘g‘ri axborot qimmat turar edi. Fransiyaning umummiliy
gazetasi “La Gazette” (1631 y.) boshqa mamlakatlarda bo‘layotgan yangiliklarni muntazam
berib borgan. O‘n ikki betli gazeta 4 su ga teng edi. Bu pulga butun oilaning bolalarini boqish
uchun ikki kilo oddiy non sotib olishi mumkin bo‘lgan. Gazetalar qimmat bo‘lganidan puli
etmaganlar ijaraga olib o‘qish hollari bo‘lgan. Amerikaning “The Boston News Letter” gazetasi
(1704) ham arzon emas edi. Gazeta bosh muharriri va noshir, ilgari kitob do‘koni sotuvchisi
Djon Kempbell gazetaning strategik rejasini ishlab chiqib, axborot to‘plashning barqaror yo‘lini
topadi. Muharrir o‘z chiqishlarida mishmishlar va g‘iybatlar ichidan qalbaki axborot
manbalarini ko‘rsatib bergan. Baxtiga gazetani hokimiyat vakillari ko‘rib bo‘lgandan keyin chop
ettirardi. Xullas, matbuot nashri an’anaviy jurnalistika namunasi sifatida shakllangunga qadar
mishmishlar, ovozalar asosiy axborot hisoblangan.

“Feyk xabarlar” bugun uchun yangilik emas, dedik. Xo‘sh, shu yo‘sindagi soxta, uydirma

axborotlar gazeta sahifalarida qachondan berila boshlandi? Rasmiy jihatdan e’tirof etilayotgan,
tan olinayotgan bunday yangiliklar bosma nashrlar paydo bo‘lgandan buyon mavjud.
Mutaxassislar bu iborani uch yuz yildan ko‘proq vaqt avval, aniqrog‘i XVII asrda birinchi marta
Germaniyada paydo bo‘lganligini qayd etadilar. Gazetalarda tekshirilmagan axborotga nisbatan
“gazeta o‘rdagi” degan ibora yurardi. “Gazetalari adadi va xabarlari dovrug‘ini oshirishni
istagan va o‘zlarini tartibli hisoblagan muharrirlar shubhali, tekshirilmagan, biroq e’tiborni
tortuvchi yangiliklardan so‘ng ikki harf “NT”– entedan iborat belgi qo‘yganlar. U “non testatum”
– “tekshirilmagan”degan ma’noni anglatardi. Bu belgi ostida taxminan quydagi mazmundagiga
“Taksis grafligi hududida ikki boshli va olti barmoqli bola tug‘ildi”ga o‘xshash axborot
tarqatilardi[1]. Dastlab soxta yangiliklar odamlarning ko‘ngilni olish, “ko‘z ko‘rib, quloq


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

66

eshitmagan” voqealarni to‘qib chiqarish, omma diqqatini chalg‘itish maqsadida tarqatilardi.
Ikkinchi tomondan an’anaviy nashrlarga xos bo‘lgan “gazeta o‘rdagi” ko‘pincha hazil
xarakteriga ega bo‘lib, asosan muallif tasavvurini, aytmoqchi bo‘lgan fikrini kulgi vositasida
ifoda etishga urinish tasavvurini beradi.

Hazil – xalq og‘zaki ijodi namunasi bo‘lib, odamlarning turli xil be’mani, tutruqsiz hayotiy

vaziyatlarga nisbatan akssadosi sifatida tug‘iladi. “Hazil – kimnidir kulgili vaziyatga qo‘yish
orqali odam larni chalg‘itish maqsadidagi harakat yoki xabar predmeti dir”[2]. Hazil mualliflari
voqea, hodisa, vaziyat mohiyatni ommaga etkazish maqsadida mishmishlardan eshitgan, ammo
o‘zlari ishtirok etmagan voqelarni xayolan yaratadilar. Rus tadqiqotchisi A.A.Tertыchnыyning
fikricha, agar muallif o‘zi ko‘rmagan voqeaning faqat ikkinchi darajali detallarini qayta yaratgan
bo‘lsa, voqeaning mohiyati o‘zgarmaydi. Agar u o‘z oldiga o‘quvchilarni ko‘nglini olish,
chalg‘itish maqsadini qo‘yib, faqat shuning uchun yolg‘on voqeani yaratgan bo‘lsa, u boshidan
oxirigacha to‘qib chiqarilgan bo‘lishi mumkin[3].

Gazetalar faoliyatida dastlab “sariq matbuot”da yolg‘on, uydirma xabarlarni berish orqali

turli janjallarning kelib chiqishiga sabab bo‘lar, bu esa nashrning keyingi soni uchun qiziqarli
maqolaga tayyor mavzu edi. Bunday xabarlar auditoriya tomonidan bajonidil, qiziqish bilan
qabul qilinardi. Qarmoqqa ilingan va haqiqiy yangilikka o‘xshagan bittagina tanqidiy fikr ham
auditoriya e’tiborini o‘ziga tortardi. Tabloidlarning bozori chaqqon bo‘lishi ham to‘qilgan
axborotlar tufaylidir. Hatto internetda ommalashgan “clickbait”lar sarlavhasida ham odamlarni
hayratga solish, e’tiborini tortish, auditoriyani jalb qilish maqsadida soxta ma’lumotlardan
foydalanilgan. “SHov-shuvli mahsulot bozorda hamisha yaxshi sotilgan. Ayniqsa, XIX asr
boshlarida zamonaviy gazetalarning paydo bo‘lishi uning qiymatini yanada oshirib yubordi.
Dizayn va mavzular jihatdan o‘ziga xos bo‘lgan ushbu nashrlar oldida faqat bir muammo, ya’ni
gazeta adadini qanday oshirish masalasi ko‘ndalang turardi.“Sariq matbuot”ning paydo bo‘lishi
tufayli esa shovshuv ko‘tarish gazetalar adadini oshirishda asosiy maqsadga aylangan. Amerika
gazetalari omma e’tiborini tortish, shu orqali adadni ko‘tarish maqsadida yolg‘on, qalbaki
ammo qiziqarli hikoyalar bera boshladi. 1835 yil “The New York Sun” gazetasida oyda yana bir
hayot borligi haqidagi maqola e’lon qilinadi. Bu ommada nashrni foydali gazeta sifatidagi
qiyofasini shakllanishiga turtki bo‘ladi[4].

So‘nggi yillarda yangiliklar niqobi ostida qalbaki, soxta xabarlar ko‘payganligi tanqidiy

baholanib, bu hodisa jiddiy ilmiy tahlil qilinishi zaruratini taqozo etmoqda. Natijada milliy va
xorijlik tadqiqotchilar “feyk yangilik” fenomenini nazariy mohiyatini anglab etishga ko‘p
murojaat etmoqda.“... Hech birimiz “feyk yangilik” nima degani, ularni soxta axborot yoki
dezinformatsiyadan qanday farq qilishini aniqlashga urinib ko‘rmadik. Bu tushunchaning
mohiyatini aniqlashning aniq mezonlari va metodologiyasi yo‘q”, deydi Rossiya tashqi ishlar
vazirligi matbuot va axborot departamenti vakili Maksim Buyakevich o‘zining EXXT tomonidan
o‘tkazilgan “Barqaror bo‘lmagan sharoitda OAV erkinligi” mavzuidagi konferensiyada so‘zlagan
nutqida. Buning ustiga, agar yangilik – yaqinda bo‘lib o‘tgan, siyosiy, iqtisodiy yoki ijtimoiy
ahamiyati, yangiligi bilan auditoriya manfaatlariga taalluqli voqelik haqida tezkor xabar berish
bo‘lsa, “feyk yangilik” – bu stilistik tuzilishi jihatidan xuddi yangilik kabi, ammo yolg‘on yoki
qisman yolg‘ondan iborat xabardir. Katta hajmdagi “feyk xabarlar” tahlili, ularning quyidagi
turlarga bo‘linishi ko‘rsatadi: tekshirilgan va tekshirilmagan axborotlar mutanosibligi;


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

67

hodisaning sodir bo‘lgan joyi va vaqtiga qarab tekshirilgan yangilik; “feyk yangilik”da tilga
olingan shaxslar tarkibi; “feyk yangilik”ning yaratilish va tarqatilishi maqsadi; ishonchlilik
darajasiga qarab “yangilik”ni qabul qilinishi.

Axborotning tasdiqlanmagan darjasiga qarab “feyk” yangiliklar uch guruhga ajratiladi.

Birinchi guruhga boshdan oxirigacha yolg‘on bo‘lgan yangiliklar kiradi. Masalan, 2018 yilning
yozida ayrim yangilik tarqatuvchi manbalar Rossiya hukumati nafaqaxo‘rlar ta’minotini bekor
qilish bo‘yicha loyihani ko‘rib chiqayotgani haqidagi “yangilik” ni e’lon qildi. Bir kishi bu
“feyk”ning klassik ko‘rinishi ekanligini darhol aniqlaydi, boshqasi esa mana shu shovshuvli
“yangilik”ka ishonadi. Bu odamlar orasidagi farq aqliy salohiyati va madaniyatining qay
darajada ekanligida ko‘rinadi. Ikkinchi guruhga qisman yolg‘on bo‘lgan “feyk xabarlar” kiradi.
Haqiqatda sodir bo‘lgan voqeaning zamirida ochiq “feyk”lar paydo bo‘ladi. Misol sifatida
Kemerovo shahrida “Zimnaya vishnya” savdo markazida chiqqan yong‘in tufayli ijtimoiy
tarmoqlarda tarqatilgan qurbonlar soni haqidagi “yangilik”lar rasmiy ma’lumotlariga nisbatan
rossiyaliklarning ommaviy ishonchsizligiga olib kelgan. Bunday turdagi “feyk”larning
jamoatchilik xafsizligi uchun zarari juda katta: odamlar tashvishlana boshlaydi, hukumat
aldayotganligi uchun adolat va haqiqatni talab qilish ko‘rinishidagi da’vatlar paydo bo‘ladi.
Bunday turdagi “feyk yangilik”ning O‘zbekistonda ham uchratish mumkin. Uchinchi guruhga
sodir bo‘lgan aniq voqealar mohiyatini buzib ko‘rsatadigan “feyk yangiliklar” kiradi. Bular to‘liq
ifodalangan matndan uzib olingan parchalar, iqtiboslar bo‘lishi mumkin. Bunday “feyk”lar
odamlarni aldashi, yo‘ldan ozdirishi mumkin bo‘lganligi uchun ular bilan kurashish mushkul.

Xulosa qilganda, axborotlashgan jamiyatni mutaxassislar “post pravda” – “haqiqatdan

keyin”gi davr deb atashmoqda. Bunday ta’rif aslida odamlarning his-tuyg‘ulariga qaraganda
faktning qadri pasaygan zamonaviy raqamli jamiyatning holatiga taalluqliligiga ishoradir.
Endilikda his-tuyg‘u, baho, ta’sir, shaxsiy iqror kabi sub’ektivlik oldida haqiqatdan hayotda ro‘y
bergan voqea-hodisalar va ularga tegishli fakt va dalillarga nisbatan ahamiyatsiz ko‘rinadi.

References:

1.

Учёнова, В. В. Беседы о журналистике / В. В. Учёнова. – М., 1985. – с. 5.

2.

Тертычный, А. А. Жанры периодической печати / А. А. Тертычный. – М., 2002. –с.294

3.

Тертычный, А. А. Жанры периодической печати / А. А. Тертычный. – М., 2002. –с.294

4.

Soll J., “The Long and Brutal History of Fake News,” POLITICO Magazine, 18-Dec-

2016. [Online]. Available: http://politi.co/2FaV5W9. [Accessed: 02-Aug-2018].
5.

Merriam-Webster, “The Real Story of ‘Fake News,’” 23-Mar-2017. [Online]. Available:

https://www.merriam-webster.com/words-at-play/the-real-story-of-fake-news. [Accessed:
02-Aug-2018].

Библиографические ссылки

Учёнова, В. В. Беседы о журналистике / В. В. Учёнова. – М., 1985. – с. 5.

Тертычный, А. А. Жанры периодической печати / А. А. Тертычный. – М., 2002. –с.294

Тертычный, А. А. Жанры периодической печати / А. А. Тертычный. – М., 2002. –с.294

Soll J., “The Long and Brutal History of Fake News,” POLITICO Magazine, 18-Dec-2016. [Online]. Available: http://politi.co/2FaV5W9. [Accessed: 02-Aug-2018].

Merriam-Webster, “The Real Story of ‘Fake News,’” 23-Mar-2017. [Online]. Available: https://www.merriam-webster.com/words-at-play/the-real-story-of-fake-news. [Accessed: 02-Aug-2018].