SYNAPSES:
Insights Across the Disciplines
ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 6 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
85
Synapses:
Insights Across the Disciplines
ASTRAGALUS MUCIDUS L. O‘SIMLIGI EKSTRAKTINING
YALLIG‘LANISHGA QARSHI FAOLLIGINI O‘RGANISH
Anorov Sirojiddin Nozimjon o’g’li
Alfraganus Universiteti Tibbiyot fakultet talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada
Astragalus mucidus
L. o‘simligidan ajratib olingan
ekstraktning yallig‘lanishga qarshi faolligi uchta eksperimental modelda: «formalinli
panja shishi», «karrageninli panja shishi» va «serotonin bilan chaqirilgan aseptik artrit»
modellarida o‘rganildi. Tadqiqotlar 180–200 g og‘irlikdagi erkak kalamushlarda olib
borildi. Ekstrakt 1.0-5.0-10.0-25.0-50.0-100.0 mg/kg gacha bo‘lgan dozalarda yuborildi
va uning faolligi onkometrik usul orqali baholandi. Natijalar ekstraktning yuqori dozalari
sezilarli yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatdi.
Kalit so‘zlar:
Astragalus mucidus L., yallig‘lanish, formalin, serotonin, aseptik
artrit.
Kirish:
Yallig‘lanish-bu organizmning fiziologik yoki patologik shikastlovchilarga
(mikroorganizmlar, jarohat, toksinlar, autoimmun jarayonlar) javoban rivojlanadigan
murakkab biologik jarayon bo‘lib, uni to‘g‘ri boshqarish ko‘plab kasalliklarning oldini
olishda muhim hisoblanadi. Yallig‘lanishning surunkali shakli yurak-qon tomir,
metabolik, nafas olish tizimiva suyak-bo‘g‘im kasalliklarining rivojlanishida asosiy
patogenetik omillardan biridir [1].
Hozirgi kunda yallig‘lanishga qarshi qo‘llaniladigan dorilarning ko‘pchiligi
(masalan, steroid va nosteroid guruhlar) samarali bo‘lishiga qaramay, ularning uzoq
muddatli qo‘llanilishida turli nojo‘ya ta’sirlar: gastrotoksik, gepatotoksik, immun tizimni
susaytirish, yurak-qon tomir tizimiga ta’siri kabi oqibatlar kuzatiladi [2,3]. Shu sababli
tabiiy o‘simliklardan olingan bioaktiv birikmalarga asoslangan vositalarni yaratish
dolzarb hisoblanadi.
Astragalus
L. turiga mansub o‘simliklar Sharqiy Osiyo, Markaziy Osiyo va
Yevrosiyoning boshqa mintaqalarida keng tarqalgan bo‘lib, ular xalq tabobatida
immunomodulyator, antioksidant, antimikrob va yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida
keng qo‘llanilib kelingan [4,5]. Xususan,
Astragalus membranaceus
L. turi farmakologik
jihatdan yaxshi o‘rganilgan, biroq
Astragalus mucidus
L. turiga oid ma’lumotlar juda
kam. Mazkur tur O‘zbekiston hududida uchraydigan noyob va endemik o‘simlik bo‘lib,
uning farmakologik ta’sir mexanizmlarini o‘rganish katta ilmiy va amaliy ahamiyatga
ega.
SYNAPSES:
Insights Across the Disciplines
ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 6 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
86
Synapses:
Insights Across the Disciplines
So‘nggi yillarda olib borilgan izlanishlar
Astragalus
L. turidagi o‘simlik
ekstraktlari tarkibida saponinlar, flavonoidlar, polisaxaridlar va boshqa biokimyoviy faol
komponentlar mavjudligini hamda ularning yallig‘lanishga qarshi ta’siri dunyo olimlari
tomonidan tasdiqlanmoqda [6,7,8]. Shuning uchun
Astragalus mucidus
L. ekstraktining
yallig‘lanishga qarshi samaradorligini tajriba hayvonlari yordamida chaqiriladigan
modellarda baholash ilmiy izlanishlar doirasida muhim yo‘nalish hisoblanadi.
Tadqiqotning maqsadi:
Astragalus mucidus
L. o‘simligidan ajratilgan
ekstraktning yallig‘lanishga qarshi faolligini tajriba hayvonlarida eksperimental modellar
yordamida baholash.
Materiallar va tadqiqot usullari:
Tadqiqotlar tana vazni 180–200 g bo‘lgan
sog‘lom, naslsiz oq erkak (n=162) kalamushlarda olib borildi. Hayvonlar O‘zbekiston
Respublikasi Fanlar akademiyasi Akademik S.Y. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari
kimyosi institutining Farmakologiya va toksikologiya bo‘limi vivariysida xona harorati
22±2°C, namlik 50–60% va 12/12 soat yorug‘lik/qorong‘ilik rejimida saqlangan va
tajriba boshlanishidan avval 10 kun davomida karantinda saqlandi. Hayvonlarga toza suv
va oziqlantirish uchun maxsus ishlab chiqarilgan granulali yem cheklanmagan miqdorda
berildi. Tajriba protokollari O‘zbekiston Respublikasi «Laboratoriya hayvonlari bilan
ishlash qoidalari» (2020 y) [9], reglamentlariga va xalqaro etik me’yorlar (EU Directive
2010/63/EU) [10], asosida ishlab chiqildi va institut Etika komissiyasi tomonidan
tasdiqlandi. (2025-yil 17-yanvardagi 1-sonli bayonnoma).
Tadqiqot quyidagi uchta eksperimental yallig‘lanish modelida olib borildi:
❖
Formalinli panja shishi modeli:
Kalamushlarning orqa oyoq panja terisi ostiga
0.1 ml 2% formalin eritmasi yuborildi. Bu modifikatsiyalangan o‘tkir yallig‘lanish
modelidir [11].
❖
Karrageninli panja shishi modeli:
Orqa oyoq panja terisiga 1% li karragenin
eritmasi 0.1ml miqdorda yuborildi. Bu model yallig‘lanishning serotinin va
prostaglandinlar bilan bog‘liq bosqichlarini baholash imkonini beradi [12]
❖
Serotonin bilan chaqirilgan aseptik artrit modeli:
1% serotonin eritmasi 0.1ml
miqdorda tajriba hayvonlarining orqa oyoq panjasiga yuborilib, aseptik artrit
chaqirildi [13].
Har bir model uchun tajriba guruhlari 3 guruhga ajratildi:
Nazorat guruhi
0.2ml dan 0.9% NaCl yuborildi.
Referens preparat guruhi
Dikloberl retard – 8.0-10.0 mg/kg dozalarda yuborildi.
Tajriba guruhlari
Astragalus mucidus
L. ekstrakti – 1.0-5.0-10.0-25.0-50.0- 100.0
mg/kg dozalarda yuborildi.
SYNAPSES:
Insights Across the Disciplines
ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 6 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
87
Synapses:
Insights Across the Disciplines
Barcha moddalar flogogen yuborilishidan 60 daqiqa avval og‘iz orqali atravmatik
metall naycha yordamida intragastral yo‘l bilan kiritildi.
Baholash usullari:
Yallig‘lanish darajasi onkometrik usulda – hayvonlarning orqa
panjasining hajminiflogogen agent yuborilishidan oldin va flogogen agent yuborilganidan
180 daqiqadan keyin o‘lchash orqali aniqlandi.
O‘lchov maxsus millilitrlik onkometrik silndr yordamida amalga oshirildi. Har bir
hayvonga mos belgi qo‘yildi, hayvonlarning normal holatdagi panja hajmi ko‘rsatkichi
va eksudativ shish yuzaga kelganidan keying panja hajmi ml da qayd etildi. Har bir
guruhda 6 dona hayvon sinovdan o‘tkazildi va o‘rtacha qiymat (M) va standart xatolik
(m) aniqlandi. Yallig‘lanishga qarshi faollik (%) quyidagi formula yordamida hisoblandi:
Ingibitsiya darajasi (%) = ((K − T) / K) × 100
bu yerda:
K – nazorat guruhidagi panja hajmi ortishi (ml),
T – tajriba guruhidagi panja hajmi ortishi (ml).
Statistik tahlil
Eksperimental ma’lumotlar
M±m
(o‘rtacha ± standart xatolik) ko‘rinishida
ifodalandi. Guruhlar orasidagi farqlar
Styudentning t-kriteriy
yordamida aniqlanib,
P≤0.05
qiymat ishonch darajasida statistik ahamiyatli deb qabul qilindi. Tahlillar
Microsoft Excel 2021 va GraphPad Prism 9 dasturlarida amalga oshirildi.
Tadqiqot natijalari va ularning muhokamasi:
Formalin yordamida chaqirilgan
yallig‘lanish modelida Astragalus mucidus L. ekstrakti 25.0, 50.0 va 100.0 mg/kg
dozalarda sezilarli yallig‘lanishga qarshi faollik namoyon etdi. Ekstrakt ushbu dozalarda
mos ravishda 55.4%, 60.5% va 54.8% yallig‘lanishni ingibitsiya qilish samaradorligini
ko‘rsatdi. Ushbu natijalar referens preparat sifatida qo‘llangan Dikloberl retard
preparatining 8 mg/kg va 10 mg/kg dozalardagi 52.1–55.8% ko‘rsatkichlari bilan teng
yoki undan yuqori darajada bo‘ldi. Bu esa ekstraktning referens prepartga nisbatan
faolligi ustun ekanligini bildiradi. Olingan tajriba natijalari 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval
O‘rganilayotgan moddaning «Formalinli panja shishi» modelida
yallig‘lanishga qarshi faolligi, М+m, n=6
№
Modda
Doza
,
mg/k
g
Panjaning o‘rtacha
hajmi
Normal holatga
nisbatan panja
hajmining
kattalashishi
Yallig‘la
nishga
qarshi
faolligi,
%
Normal
holatda
Formalin
kiritilganid
an 3
ml
%
SYNAPSES:
Insights Across the Disciplines
ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 6 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
88
Synapses:
Insights Across the Disciplines
soatdan
keyin
1
Nazorat (formalin
2.5% 0.1 ml)
0.2
ml
0.9%
NaCl
0.96±0.
9
1.43±1.4
0.47
48.9
-
2
Dikloberl retard
8.0
0.94±0.
5
1.16±1.2
0.22
23.4
52.1*
10.0 0.97±0.
7
1.18±1.0
0.21
21.6
55.8*
3
Astragalus mucidus
L. o‘simligidan
olingan ekstrakt
1.0
0.97±0.
5
1.31±1.5
0.34
35.0
28.4
5.0
0.91±0.
6
1.19±1.2
0.28
30.7
37.2
10.0
0.96±0.
7
1.20±1.0
0.24
25.0
48.8
25.0
0.96±0.
8
1.17±1.3
0.21
21.8
55.4*
50.0
0.93±0.
3
1.11±1.5
0.18
19.3
60.5*
100.0
0.95±0.
5
1.16±1.2
0.21
22.1
54.8*
Izoh: *Р=0.05 nazorat guruhi hayvonlari ko‘rsatkichiga nisbatan solishtirilgan
Statistik tahlilga ko‘ra, ekstraktning 25.0–100.0 mg/kg dozalari nazorat guruhiga
nisbatan ishonchli farq (P≤0.05) ko‘rsatgan. Past dozalarda (1.0–10.0 mg/kg) ham
muayyan faollik kuzatilgan bo‘lsada, maksimal effekt yuqori dozalarda aniq namoyon
bo‘ldi. Bu esa preparatning dozaga bog‘liq yallig‘lanishga qarshi ta’sir kuchiga ega
ekanligini ko‘rsatadi.
«Karrageninli panja shishi» modelida Astragalus mucidus L ekstrakti 25.0 va 50.0
mg/kg dozalarda sezilarli yallig‘lanishga qarshi faollik ko‘rsatdi. (52.6% va 57.4%)
Ushbu qiymatlar Dikloberl preparati bilan solishtirilganda (49.6–52.8%) biroz ustun
ekanligi aniqlandi. (2-jadval)
2-Jadval
SYNAPSES:
Insights Across the Disciplines
ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 6 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
89
Synapses:
Insights Across the Disciplines
Astragalus mucidus L. o‘simlik ekstraktlarining «Karrageninli panja
shishi» modelida yallig‘lanishga qarshi faolligi, М+m, n=6
Modda
Doza,
mg/kg
Panjaning o‘rtacha
hajmi
Normal
holatga
nisbatan
panja
hajmining
kattalashishi
Yallig‘lanishga
qarshi faolligi,
%
Normal
holatda
Karragenin
kiritilganidan
3 soatdan
keyin
ml
%
1
Nazorat
(karragenin
1% 0.1 ml)
0.2 ml
0.9%
NaCl
1.13±0.8
1.67±1.3
0.54 47.7
-
2
Dikloberl
retard
8.0
1.08±0.4
1.34±1.5
0.26 24.0
49.6
10.0 1.11±0.5
1.36±1.1
0.25 22.5
52.8
3
Astragalus
mucidus
L.
o‘simligidan
olingan
ekstrakt
1.0
1.04±0.8
1.38±1.4
0.34 32.6
31.6
5.0
1.15±0.6
1.48±1.5
0.33 28.6
40.0
10.0 1.08±0.4
1.36±1.3
0.28 25.9
45.7
25.0 1.06±0.7
1.30±1.4
0.24 22.6
52.6
50.0 1.03±0.8
1.24±1.7
0.21 20.3
57.4
100.0 1.10±0.5
1.35±1.8
0.25 22.7
52.4
Izoh: *Р=0.05 nazorat guruhi hayvonlari ko‘rsatkichiga nisbatan solishtirilgan
Bu modelda past dozalarda nisbatan sust faollik kuzatilgan bo‘lsa-da, ekstraktning
doza oshgani sari yallig‘lanishga qarshi ta’siri kuchaygan. Bu holat ekstraktdagi faol
komponentlarning yallig‘lanish mediatorlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita
ingibitorlik qilishi mumkinligini, huningdek, ekstrakt yallig‘lanishning ikkinchi
bosqichida (prostaglandinlar bilan bog‘liq) sezilarli yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega
ekanligini ko‘rsatadi.
«Serotoninli aseptik artrit» modeli o‘rganilayotgan moddalarning surunkali aseptik
yallig‘lanish jarayoniga ta’sirini o‘rganuvchi model hisoblanadi. Ushbu modelda
Astragalus mucidus L ekstrakti 50.0 va 100.0 mg/kg dozalarda eng yuqori faollikni
ko‘rsatdi — mos ravishda 61.5% va 54.8%. Olingan natijalar biz o‘rganayotgan
ekstraktning referens preparat Dikloberlning (45.0–51.1%) yallig‘lanishga qarshi
faolligidan ustun ekanligini ko‘rsatadi. (3-jadval)
3-Jadval
Astragalus mucidus L. o‘simlik ekstraktining serotonin bilan chaqirilgan
aseptik artrit modeli
yallig‘lanishga qarshi faolligi, М+m, n=6
SYNAPSES:
Insights Across the Disciplines
ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 6 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
90
Synapses:
Insights Across the Disciplines
Modda
Doza,
mg/kg
Panjaning o‘rtacha
hajmi
Normal
holatga
nisbatan
panja
hajmining
kattalashishi
Yallig‘lanishga
qarshi faolligi,
%
Normal
holatda
Serotonin
kiritilganidan
3 soatdan
keyin
ml
%
1
Nazorat
(formalin
1% 0.1 ml)
0.2 ml
0.9%
NaCl
0.86±0.5
1.42±1.1
0.56. 65.1
-
2
Dikloberl
retard
8.0
0.81±0.7
1.10±1.4
0.29 35.8
45.0
10.0 0.88±0.8
1.16±1.5
0.28 31.8
51.1
3
Astragalus
mucidus
L.
o‘simligidan
olingan
ekstrakt
1.0
0.87±0.4
1.24±1.3
0.37 42.5
34.7
5.0
0.83±0.5
1.15±1.9
0.32 38.5
40.8
10.0 0.84±0.6
1.12±1.6
0.28 33.3
48.8
25.0 0.80±0.3
1.04±1.8
0.24 30.0
53.9
50.0 0.88±0.4
1.10±1.5
0.22 25.0
61.5
100.0 0.85±0.7
1.10±1.3
0.25 29.4
54.8
Izoh: *Р=0.05 nazorat guruhi hayvonlari ko‘rsatkichiga nisbatan solishtirilgan
Serotoninli modelda kuzatilgan yuqori natijalar ekstraktning surunkali
yallig‘lanish jarayonlarida ham samaradorligini ko‘rsatadi. Bu holat o‘simlik tarkibidagi
flavonoidlar, polisaxaridlar va saponinlar kabi biokimyoviy faol birikmalarning serotonin
reseptorlari yoki yallig‘lanish mediatorlari (masalan, TNF-α, IL-1β) darajasiga ta’sir
qilish mexanizmlariga ega bo‘lishi mumkinligini bildiradi.
Umumiy tahlillarga ko‘ra, ekstraktning yallig‘lanishga qarshi faolligi doza oshishi
bilan oshib boradi, yuqori dozalarda referens dori vositalari darajasida yoki undan yuqori
ta’sir ko‘rsatadi. Olingan barcha natijalar ekstraktning o‘tkir va surunkali yallig‘lanishga
qarshi faol potensialga ega ekanini tasdiqlaydi.
Xulosa
Xulosa o‘rnida aytish mumkin, ekstrakt yuqori dozalarda (25.0–100.0 mg/kg)
sezilarli yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatdi. Ayniqsa,
50.0 mg/kg
dozadagi ekstrakt
barcha modellar bo‘yicha maksimal faollik namoyon etdi. Mazkur natijalar ekstraktning
yallig‘lanish jarayonining turli bosqichlarida – ya’ni, yallig‘lanish mediatorlari, gistamin,
prostaglandin va serotonin bilan bog‘liq patogenetik yo‘llarda ham samaradorlik
SYNAPSES:
Insights Across the Disciplines
ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 6 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
91
Synapses:
Insights Across the Disciplines
ko‘rsatishini isbotlaydi. Referens preparat
Dikloberl retard
bilan taqqoslaganda,
Astragalus mucidus L.
ekstrakti o‘zining tabiiy kelib chiqishi, yuqori samaradorligi va
ehtimoliy kam nojo‘ya ta’sir ko‘rsatishi bilan afzallik kasb etadi. Ushbu tajribaviy
natijalar shuni ko‘rsatmoqdaki,
Astragalus mucidus L.
o‘simligi asosida yallig‘lanishga
qarshi yangi fitopreparatlar ishlab chiqish istiqbollari yuqori. Kelgusida ushbu
ekstraktning faol fraksiyalarini ajratib olish, kimyoviy tarkibini aniqlash, shuningdek,
uzoq muddatli toksikologik xavfsizlik tadqiqotlarini o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Medzhidov, A.A., & Sadykova, D.A. (2014).
Vospalenie: biomolekulyarnyye
mekhanizmy i farmakologicheskiye vozmozhnosti regulirovaniya
. Tashkent: Ilm ziyo.
Google Scholar havolasi
2. Wallace, J.L., & Vong, L. (2012). NSAID-induced gastrointestinal damage and the
design of GI-sparing NSAIDs.
Current Opinion in Investigational Drugs
, 13(5), 497–
506.
3. Grosser, T., Smyth, E., & Fitzgerald, G.A. (2011). Anti-inflammatory, antipyretic, and
analgesic agents; pharmacotherapy of gout. In:
Goodman & Gilman's The
Pharmacological Basis of Therapeutics
, 12th ed. New York: McGraw-Hill.
Google Books
4. Auyeung, K.K., Han, Q.B., & Ko, J.K. (2016). Astragalus membranaceus: A Review
of its Protection Against Inflammation and Gastrointestinal Cancers.
American Journal
of
Chinese
Medicine
,
44(01),
1–22.
DOI: 10.1142/S0192415X16500015
5. Alagawany, M., et al. (2020). Astragalus membranaceus as a phytogenic feed additive
in
poultry.
Animal
Nutrition
,
6(4),
395–403.
DOI: 10.1016/j.aninu.2020.01.001
6. Zhang, W., et al. (2013). Anti-inflammatory activity of isolated flavonoids from
Astragalus complanatus via suppression of MAPK and NF-κB pathways.
Inflammation
Research
, 62(3), 295–305. DOI: 10.1007/s00011-012-0576-0
7. Luo, Y., Qin, Z., Hong, Z., & Zhang, X. (2015). Astragalus polysaccharides inhibit
lipopolysaccharide-induced inflammatory responses in RAW264.7 macrophages.
BMC
Complementary
and
Alternative
Medicine
,
15,
468.
DOI: 10.1186/s12906-015-0971-4
SYNAPSES:
Insights Across the Disciplines
ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 6 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
92
Synapses:
Insights Across the Disciplines
8. Wang, D., et al. (2017). Protective effects of Astragalus saponins against LPS-
induced inflammation in microglia via regulation of TLR4/NF-κB pathway.
Neurochemical Research
, 42(11), 3373–3380. DOI: 10.1007/s11064-017-2369-5
9.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
. Laboratoriya hayvonlari bilan
ishlash bo‘yicha yo‘riqnoma. – Toshkent: O‘zSSV, 2020. – 48 b.
10.
European Parliament and Council
. Directive 2010/63/EU of the European
Parliament and of the Council of 22 September 2010 on the protection of animals used
for scientific purposes // Official Journal of the European Union. – 2010. – № L276.-
P.33–79.
https://eur-lex.europa.eu/legal-content/EN/TXT/?uri=celex:32010L0063
11.
Руководство по экспериментальному (доклиническому) изучению новых
фармакологических вещест /под общ. ред. Р.У. Хабриева. – 2-е изд., перераб. и доп.
– М.: ОАО «Издательство «Медицина», 2005. – 832 с.
12.
Стефанова А.В. «Доклинические исследования лекарственных средств»,
Киев 2002, Часть I, с. 579.
13.
Миронов А.Н. Руководство по проведению доклинических исследований
лекарственных средств. Часть первая. М: Гриф и К, 2012.-944 с
