Authors

  • Tursunov Ulugʻbek Ismoil oʻgʻli
    Samarqand davlat universiteti Arxeologiya kafedrasi magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.siad.62329

Keywords:

Afrosiyob topografik xarita paxsa kontrfors G.V. Shishkina lumbaz antik fundament Baqtriya Qiziltepa monolit paxsa mudofaa vali.

Abstract

Afrosiyob shaxri boy tarixga ega boʻlib, undgi qurilish ishlari oʻz 
davri uchun yuksak mahorat bilan ishlangan. Xususan, bu koʻxna shaharning mudofa 
devoorlari va uning qurilish bosqichlari haqida bu maqolada soʻz yuritiladi.


background image

Acumen:

International Journal of Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 1, Issue 5

8

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

AFROSIYOBNING MUDOFAA DEVORLARI.

Tursunov Ulugʻbek Ismoil oʻgʻli

Samarqand davlat universiteti

Arxeologiya kafedrasi magistranti

Annatatsiya:

Afrosiyob shaxri boy tarixga ega boʻlib, undgi qurilish ishlari oʻz

davri uchun yuksak mahorat bilan ishlangan. Xususan, bu koʻxna shaharning mudofa
devoorlari va uning qurilish bosqichlari haqida bu maqolada soʻz yuritiladi.

Kalit soʻzlar:

Afrosiyob, topografik xarita, paxsa, kontrfors, G.V. Shishkina, lumbaz,

antik, fundament, Baqtriya, Qiziltepa, monolit paxsa , mudofaa vali.

Zamonaviy topografik xaritalarda Afrosiyobning toʻrtta mudofaa devorlari

boʻlganligi aniq koʻrinib turadi. Ulardan birinchi va toʻrtinchi devorlar eng qadimiy
hisoblanadi. Ikkinchi va uchinchi devorlar soʻngi antik va ilk oʻrta asrlarga oidligi
aniqlangan.

Keyingi yillarda birinchi devor tarkibiga kiruvchi guvalasimon gʻishtli devorlar

aniqlandi. Bunday topilmalar toʻrtinchi devordan ham topilgan. Bunday gʻishtli
devorlar ahmoniylar davri devorlari ostidan topilgan. Bunday guvalasimon
gʻishtlarning keyinchalik ahmoniylar davrida standart gʻishtlarga oʻsib oʻtganligini
Afrosiyobda kuzatish mumkin

1

.

Afrosiyobdagi mudofaa devorlarini oʻrganishning yangi bosqichi 1989-yilda

Oʻzbek Fransuz ekspeditsiyasi tomonidan boshlandi. Bunga akademik P.Bernar
boshchilik qildi.

Afrosiyob mudofaa devorlarining shimoliy chekkasida S.K.Kabanov paxsa

devorlarining mavjudligini ta’kidlagan edi. Ammo, u bu paxsa asosiy devor tagini
tekislash uchun qilinganligini sezmagan. Keyingi tadqiqotlar ushbu paxsaning 12
qazishmadagi mudofaa devori bilan bir vaqtda hukm surgan devor qoldigʻi ekanligini
koʻrsatdi. Bu yerdagi yoʻlak galereya tipidagi soʻngi ellinistik va paxsa devorlar 18,8
m uzunlikda kuzatiladi. Ellinistik va ahmoniylar davri devorlari yoʻlak galereyalari
2,30-2,10 m kenglikda qurilgan. Bu devorlar shimoliy tomondan 1 m qalinlikda va 1,30
m balandlikdagi kontrfors yordamida mustahkamlangan.

1990-yilda M.I.Filanovich tomonidan amalga oshirilgan qazishma tozalandi va

bu yerdan ham ahmoniylar davri paxsa devorlari aniqlandi.

Shunday qilib, yangi va eski qazishmalardan ancha qadimgi devorlar, paxsali

qurilmalar aniqlandiki, ular er.av. I ming yillikning oʻrtalariga oiddir.

1

Иневаткина О.Н. Северное укрепление древнего Самарканда

\\ТД

Международной конференции: Культура

древнего и средневековьего Самарканда и исторические связи Согда. Ташкент. 1990. С. 43-45.


background image

Acumen:

International Journal of Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 1, Issue 5

9

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

“Buxoro davrvoza”sidagi qazishmalar. Bu yerda dastlab G.V. Shishkina qazish

ishlari olib borgan va uning qazishmalarida bir nechta yoʻllar kesishganligiga qarab, u
“Buxoro darvozasi” aynan shu yerda joylashgan degan fikrga kelgan.

Ammo, u ushbu darvozaning aniq joyini aniqlamagan edi. 1991-yilda

M.X.Isomiddinov va K.Rapenlar bu yerdagi qadimiy devorlarning shahar mudofaa
tizimidagi oʻrnini aniqlashga kirishdilar. Ma’lum boʻlishicha, Buxoro darvozasi
oʻrnida qadimda jarlik boʻlgan va bu yerdan Siyob arigʻiga yomgʻir suvlari oqib tushib
turgan. Bu yerda Afrosiyobning qadimgi aholisi lumboz tipidagi primitiv mudofaa
inshoatini barpo etganlar. Aynan ana shu tabiiy qiyalikdan qadimgi aholi darvoza
sifatida foydalangan.

Ahmoniylar va undan oldingi davrlarda bu yerdagi tik qiyalik tekislangan va

darvozaning har ikkala chekkasiga toʻrtburchak gʻishtlardan devor terilgan.
Darvozaning eni 2 m boʻlgan. Bu yerdan ahamoniylargacha boʻlgan devorlar
topilmagan, balki faqat ellinistik davr devorlari qoldiqlari aniqlangan.

Ekspeditsiya 1977-yilda Sh.S.Toshxoʻjayevning 27-qazishmasida ham ish olib

bordi. Natijada uning eng quyi qismidan loy boʻlaklaridan qilingan (lumboz) val
aniqlandi. Bu devor 3 m gacha balandlikda saqlanib qolgan. Bu yerdan ilgari
aniqlanmagan usti yumaloq gʻishtlar topildi. Ularning ustki qismida qoʻlda chizilgan
belgilar mavjud. Ushbu devor 6 m balandlikgacha saqlanib qolgan. Bu yerdagi 5
qatlam qisman val bilan qoplangan va bu ushbu qatlamning mudofaa vali bilan bir
vaqtda hukm surganligidan dalolat beradi. Soʻngra, ushbu usti yumaloq qadimgi
gʻishtli devor toʻrtburchak gʻishtlar bilan ta’mirlangan. Devorning ichki tomonida 2 m
dan oshadigan qalinlikdagi madaniy qatlamlar hosil boʻlgan. Bu yerdagi madaniy
qatlamlar ilk temir davridan er.av. VI-V asrlarga oiddir.

Oʻzbek-Fransuz ekspeditsiyasigacha hech kim Afrosiyobdagi qadimgi mudofaa

devorlarini davrlashtirmagan, ya’ni qurilish davrlariga ajratmagan.

Qazishmalardagi oʻrganilgan devorning katta ta’mirlash ishlari aftidan

ahmoniylar davrida amalga oshirilgan. Bunday ta’mirlash ishlari ikki marta amalga
oshirilgan. Birinchi ta’mirda 50x25 va 28x10 sm keladigan toʻrtburchak gʻishtlardan
foydalanilgan. Ikkinchi bosqichda devor 0,5 m keladigan paxsa bilan qoplangan.

Shunday qilib, M Toʻrabekovning bu yerda olib borgan qazishmalaridan lumbaz

uslubida qurilgan mudofaa vali aniqlandi. Oradan ancha vaqt oʻtgandan keyin ushbu
devorning ichki tarafidan 2 m keladigan madaniy qatlamlar paydo boʻla boshlagan. Bu
devorning ustidan 7 m balandlikdagi monolit devor qurilgan. Qadimgi mudofaa
devorining yumaloq gʻishtlari O.N. Inevatkina tomonidan 28, 27 va 44-qazishmalarni
tozalash ishlari mobaynida ham aniqlangan.

Bu gʻishtlarning uzunligi 56 dan 63 sm gacha. Ular asosan yupqa, biroq yon

tomonlari silliqlangan va usti boʻrtib chiqqan. Ular orasida kaltalari ham boʻlib


background image

Acumen:

International Journal of Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 1, Issue 5

10

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

(46x24x6 va 48x35x8 sm), ularning ustki qismi koʻproq boʻrtib chiqqan va yumaloq
shaklda. Gʻishtlar orasligʻidagi loyning qalinligi 2 3 sm dan 15 20 sm gacha yetadi. Bu
usti boʻrtib chiqqan gʻishtlarning nostandart shakli oqibatidandir. Bu gʻishtlar devor
uzunasiga koʻndalang tarzda terilgan.

Uchinchi qurilish davrining devori birinchi qurilish davrining nurab tushgan

qismi ustiga qurilgan. Soʻngra uning ustidan ellinistik davr devori qurilgan.

Shunday qilib, Afrosiyobda lumbaz tipidagi primitiv mudofaa devorlari

qoldiqlari aniqlandi va uning balandligi 3 m ga yetadi. Ammo, bu devorning eni
aniqlanganicha yoʻq. Uning eni 6-7 m dan kam boʻlmagan boʻlishi kerak. Negaki,
undan keyin qurilgan toʻrtburchak gʻishtli devorning eni shuncha. Afrosiyobda
mudofaa devorlari jarliklarning yoqasiga qurilgan

2

.

Ma’lum vaqt oʻtganidan keyin monolit paxsa devor, soʻngra yoʻlakli galereyali

devor paydo boʻlgan.

Afrosiyobning yumaloq yuzali gʻishtlari yumaloq yuzasi yuqoriga qaratilgan

holda terilgan.

Soʻgʻd ahamoniylar imperiyasi tarkibiga kirganidan keyin bu yerda shahar

qurilishi va uning muhim elementi boʻlgan mudofaa devorlari bunyod etish ishlari ham
oʻzgargan. Aftidan, aynan shu davrdan yoʻlakli galereyali hamda tuynakli mudofaa
devorlari qurilishi boshlangan. Bu davrga oid minoralar Afrosiyobda aniqlanmagan.
Ammo, shimoliy Baqtriyada ular Qiziltepa yodgorligida aniqlangan va ular toʻgʻri
toʻrtburchak shaklli. Ushbu shahar xuddi Afrosiyob singari uch tomondan tabiiy
jarliklar bilan va bir tomondan ulkan botiq bilan oʻralgan.

Afrosiyobning fortifikasiya tizimida er. av. 1 ming yilliklarning oʻrtalarida uchta

katta bosqich boʻlgan. Eng qadimgi val boʻlib, u shaharning turli chekkalarida turlicha
barpo qilingan. Tabiiy baland joylar biroz ishlov berilgan va devorga aylantirilgan.
Tabiiy tekis joylarga esa loy boʻlaklaridan lumboz uslubida qurilgan. Afrosiyobning
shimoliy qismi baland jarlik bilan qoplangan va bu qismida devor qurilmagan. Bu
davrning devorlarini xarakteri va ularning tagidan topilgan chaplama sopol buyumlari
qoldiqlariga koʻra ilk temir davri bilan sanalash mumkin. Ammo, 27-qazishmaning 1-
qatlamidan topilgan val qoldiqlari er.av. VIII asrning oʻrtalari yoki oxirlari bilan
sanalash mumkin. Bu haqda bu yerdan topilgan charxda ishlangan silindr konus
shaklidagi hamda chaplama naqshli sopol idishlar qoldiqlari guvohlik beradi.

Afrosiyobdagi mudofaa sistemasining ikkinchi bosqichida yumaloq yuzali

gʻishtlardan qurilgan devorlar xarakterlaydi. Bunday qurilish uslubi va gʻishtlarning
oʻzi Oʻrta Osiyoning shimoli sharqiy rayonlarida ilk temir davri bilan sanalangan.

2

Кабанов с.К. Стратиграфический раскоп на северной части городища Афрасиаб

\\Афрасиаб

вып. 2. Ташкент.

1973. С. 16-84.


background image

Acumen:

International Journal of Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 1, Issue 5

11

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Afrosiyob mudofaa inshoatlarining ikkinchi qurilish davrida bir tomondan eski

an’analar saqlanib qolsa, ikkinchi tomondan qator yangiliklar qilinadi.

Yangi devor avvaldan mavjud boʻlgan val ustiga xuddi oʻsha qalinlikda quriladi

va endi guvalaklardan foydalaniladi.

Afrosiyobning fortifikasiyasi talqinidan koʻrinib turibdiki, uning toʻrtala aylana

devorlari ham toʻliq yumaloq gʻishtlardan qurilgan. Uning birinchi aylanasi
Afrosiyobning shimoli gʻarbiy burchagidan Siyob arigʻining shimoli sharqiy
burchagigacha arkning janubiy qismini toʻgʻri chiziq boʻylab oʻrab olgan.

Biroq, Afrosiyobning shimoliy qismida bu devor hech qayerda qayd qilinmagan.

Nima uchun arkning butun shimoliy qismi devor bilan oʻralmagan degan savol
tugʻiladi. Bu qismda yaxshi saqlangan paxsa devorlar qayd qilingan va stratigrafik
jihatdan bu devor ahmoniylar davriga oiddir.

Ellinistik davrda fortifikasiya sistemasi hali qadimgi soʻgʻd davrlarida paydo

boʻlgan yoʻlak galereya tipida qurilishi davom ettirilgan. Oʻzbek Fransuz
ekspeditsiyasi boshlangan davrlardanoq Afrosiyobning fortifikasiyasini oʻrganish
ishlari olib borildi. Natijada, ellinistik davrning ichida bir nechta fortifikasion
bosqichlarni ajratish imkoni tugʻildi. Hozirda Aleksaksandr Makedonskiy davridagi
eng qadimgi devor qoldiqlari Buxoro darvozasi atrofidan topilgan. Bu yerda hali
devorlar qurilishida tabiiy relef bilan hisoblashishgan. Qadimgi soʻgʻdlar davrida bu
yerdagi ikkita tepalik yaxshilab yoʻnilib, darvoza sifatida foydalanilgan. Eni 2 m
keladigan ushbu darvozaga ikki tomondan mudofaa devorlari kelib tutashgan.

Buxoro darvozasi hududida mudofaa devorlarining ikkita qurilish bosqichi

aniqlangan. Ushbu ellinistik devor qurilishining ikkinchi bosqichida er.av. II asrlarga
kelib, deyarli yangidan qurilgan. Yangi devorni qurish uchun eski devor kapital
ta’mirdan chiqarilgan. Qalinligi 50-70 sm va eni 8-10 m boʻlgan galka aralash paxsa
fundament qilingan. Ushbu fundamentning ustidan yoʻlak galereya tipidagi yangi
mudofaa devori bunyod etilgan. Ushbu har ikkala devor oʻrtaligʻida koʻchma narvon
orqali oʻtilgan. Tashqariga boʻrtib chiqqan bastionli bunday devorlarning Oʻrta
Osiyoda oʻxshashi yoʻqdir

3

.

Bu devordagi maxfiy kirish joyining xojsimon shakli va uning markazida

qaroulxonalarning boʻlishi biroz shahar darvozasini eslatadi. Janub va shimol
taraflardagi kirish joylari oraligʻidagi pol sathi deyarli 1 m gacha chuqurroqdir. Bu
mahalliy relefning oqilona foydalanilishi boʻlib, qurilish oldindan planlashtirilgan reja
asosida amalga oshirilgan.

3

Соколовская Л.Ф. Некоторые итоги изучении керамики Афрасиаба XII веке

\\ТД

молодых ученых ИА АН РУз.

Самарканд. 1993. С. 46-47.


background image

Acumen:

International Journal of Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 1, Issue 5

12

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Oʻrta Osiyodagi boshqa shaharlardagi kabi darvozalarning Afrosiyobda ham

himoya funksiyalari juda kuchli boʻlgan. Shuning uchun ham, bu yerda antik davr
fortifikasiyasi kuchli boʻlgan.

Shimoliy darvozaning qoravulxonasi er. av. III asrda vayron boʻlgan va bu

aftidan, yuqori qatlamdagi galereya vaznining ogʻirligidan buzilgan (ustiga qulab
tushgan). Qoravulhonadan yuqoridan qulab tushgan tuproq va chiqitlar saqlangan.
Biroq, bu yerda boy sopol idishlar toʻlami topilgan.

Shunday qilib, Afrosiyobda ellinistik devorlarning paydo boʻlishidan oldin ham,

Aleksandr Makedonskiy bosqinidan keyingi devorlar qoldiqlari ham saqlanib qolgan.
Ammo, bu qadimgi devor qoldiqlari Afrosiyobda faqat Buxoro darvozasi atrofida
kuzatiladi.

Hozirda Afrosiyobdagi mudofaa sistemasining stratigrafiyasi ikkinchi ellinistik

devorni sanalash imkonini beradi. Ushbu devorni S.K. Kabanov Afrosiyobning shimoli
sharqidan topib oʻrgangan va er.av. II asrlar bilan sanalagan.

Buxoro darvozasida olib borilgan qazishmalarda devorning faqat

fundamentigina saqlanib qolgan va u loy hamda galkalar aralashmasidan ishlangan. Bu
yerdagi fundamentning yoʻnalishiga koʻra galereyaning shaklini aniqlash imkoni
tugʻildi.

Oxirgi devor avvalgilaridan nimasi bilan farq qiladi? Keyingi devorning asosiy

farqi avvalgi devorlar uchun xarakterli boʻlgan yirik minoralar, bastionlar va boshqa
yirik qurilmalarining yoʻqligidadir.

Mudofaa inshoatlariga, moddiy madaniyatga va aholining maishiy hayotiga

kirib kelgan ellinistik va boshqa oʻzgarishlar qadimgi soʻgʻdning shaharlari hamda
qishloqlari mudofaa tizimini yanada mustahkamladi.

Koʻpgina shaharlarning, jumladan, Samarqandning qurilish ishlarida grek

ustalari mehnat qildi. Bu holat ayniqsa, mudofaa devorlari qurilishida koʻrinib turadi:
devorlar aniq simmetriya va har bir gʻisht mohirlik bilan teriladi.

Shunday qilib, Oʻrta Osiyo Aleksandr Makedonskiy tomonidan egallanganidan

keyin bu yerlarda ellinistik ta’sir doirasi kengaydi. Ellinistik ta’sir natijasida alohida
arxitektura elementlari paydo boʻldi. Xususan, soʻgʻd hududida aynan Aleksandr
Makedonskiy yurishlari boshlangan vaqtdagi greklar arxitekturasi uchun xos boʻlgan
toʻgʻri burchakli minoralar kirib keldi.

Oʻrta Osiyo hududlarining yirik imperiyalar tarkibiga, dastlab Ahamoniylar,

soʻngra Aleksandr Makedonskiy tuzgan imperiya tarkibiga va keyinchalik Salavkiylar
va Grek Baqtriylar davlatlari tarkibida boʻlishi oʻzaro madaniyatlarning aralashuvi
uchun qulay zamin hozirladi.



background image

Acumen:

International Journal of Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 1, Issue 5

13

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Гулямов Я.Г., Буряков Ю.Ф. Об археологических исследованиях на городище
Афрасиаб в 1967-1968 гг.

\\Афрасиаб-1

. Ташкент. 1969.

2.

Гулямов Я.Г., Буряков Ю.Ф. Археологические раскопки на Афрасиабе в
1969 г.

\\СГСАК

. Ташкент. 1970.

3.

Исамиддинов М.Х. Истоки городской культуры Самаркандского Согда.
Ташкент. 2002.

4.

Иневаткина О.Н. Северное укрепление древнего Самарканда

\\ТД

Международной конференции: Культура древнего и средневековьего
Самарканда и исторические связи Согда. Ташкент. 1990.

5.

Кабанов с.К. Стратиграфический раскоп на северной части городища
Афрасиаб

\\Афрасиаб

вып. 2. Ташкент. 1973.

6.

Соколовская Л.Ф. Некоторые итоги изучении керамики Афрасиаба XII веке

\\ТД

молодых ученых ИА АН РУз. Самарканд. 1993.

References

Гулямов Я.Г., Буряков Ю.Ф. Об археологических исследованиях на городище

Афрасиаб в 1967-1968 гг. Афрасиаб-1. Ташкент. 1969.

Гулямов Я.Г., Буряков Ю.Ф. Археологические раскопки на Афрасиабе в

г. СГСАК. Ташкент. 1970.

Исамиддинов М.Х. Истоки городской культуры Самаркандского Согда.

Ташкент. 2002.

Иневаткина О.Н. Северное укрепление древнего Самарканда ТД

Международной конференции: Культура древнего и средневековьего

Самарканда и исторические связи Согда. Ташкент. 1990.

Кабанов с.К. Стратиграфический раскоп на северной части городища

Афрасиаб Афрасиаб вып. 2. Ташкент. 1973.

Соколовская Л.Ф. Некоторые итоги изучении керамики Афрасиаба XII веке

ТД молодых ученых ИА АН РУз. Самарканд. 1993.