Authors

  • Qosimova Nodira Saidovna
    Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti “Tarmoqlar iqtisodiyoti” kafedrasi assistenti
  • Shodiyev Ramshid Muxtor o‘g‘li
    Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti 3-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.siad.63624

Keywords:

iqlim o‘zgarishlari issiqxona gazlari global harorat fosil yoqilg‘ilar muzliklar ekstremal ob-havo hodisalari Parij kelishuvi COP29 yashil energiya qayta tiklanadigan energiya chiqindilarni kamaytirish iqlim inqirozi ekologik xavf global hamkorlik qurg‘oqchilik suv resurslari

Abstract

Iqlim o‘zgarishlarining asosiy sabablari, hozirgi holati va uning 
insoniyat va tabiiy tizimlarga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Iqlim o‘zgarishlarining global 
miqyosda intensivlashishi, atmosferada issiqxona gazlarining ortishi bilan bog‘liq 
bo‘lib, bu jarayonning asosiy sabablari sifatida fosil yoqilg‘ilarni yoqish, 
o‘rmonlarning kesilishi va qishloq xo‘jaligi faoliyatlari ko‘rsatiladi. Iqlim 
o‘zgarishlarining asosiy oqibatlari, jumladan, global haroratning o‘sishi, 
muzliklarning erishi, ekstremal ob-havo hodisalarining ko‘payishi haqida so‘z boradi. 
Shuningdek, iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan 
chora-tadbirlar, jumladan, Parij kelishuviga qo‘shilish, yashil energiyaga o‘tish va 
chiqindilarni kamaytirish kabi yo‘nalishlar haqida ham ma’lumot berilgan. Iqlim 
o‘zgarishlarini sekinlashtirish va ularga qarshi kurashish uchun global hamkorlikning 
zarurligi ta’kidlangan. 


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

283

Synapses:

Insights Across the Disciplines

BARQAROR RIVOJLANISH, IQLIM MUAMMOLARI VA

YANGI MAQSADLAR

Qosimova Nodira Saidovna

nodiraqosimova2024@gmail.com

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti

“Tarmoqlar iqtisodiyoti” kafedrasi assistenti

Shodiyev Ramshid Muxtor o‘g‘li

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti

3-kurs talabasi

Annotatsiya: Iqlim o‘zgarishlarining asosiy sabablari, hozirgi holati va uning

insoniyat va tabiiy tizimlarga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Iqlim o‘zgarishlarining global
miqyosda intensivlashishi, atmosferada issiqxona gazlarining ortishi bilan bog‘liq
bo‘lib, bu jarayonning asosiy sabablari sifatida fosil yoqilg‘ilarni yoqish,
o‘rmonlarning kesilishi va qishloq xo‘jaligi faoliyatlari ko‘rsatiladi. Iqlim
o‘zgarishlarining asosiy oqibatlari, jumladan, global haroratning o‘sishi,
muzliklarning erishi, ekstremal ob-havo hodisalarining ko‘payishi haqida so‘z boradi.
Shuningdek, iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan
chora-tadbirlar, jumladan, Parij kelishuviga qo‘shilish, yashil energiyaga o‘tish va
chiqindilarni kamaytirish kabi yo‘nalishlar haqida ham ma’lumot berilgan. Iqlim
o‘zgarishlarini sekinlashtirish va ularga qarshi kurashish uchun global hamkorlikning
zarurligi ta’kidlangan.

Kalit so‘zlar: iqlim o‘zgarishlari, issiqxona gazlari, global harorat, fosil

yoqilg‘ilar, muzliklar, ekstremal ob-havo hodisalari, Parij kelishuvi, COP29, yashil
energiya, qayta tiklanadigan energiya, chiqindilarni kamaytirish, iqlim inqirozi,
ekologik xavf, global hamkorlik, qurg‘oqchilik, suv resurslari.
Аннотация: Рассмотрены основные причины изменения климата, его
текущее состояние и влияние на человечество и природные системы.
Интенсификация изменения климата в глобальном масштабе связана с
увеличением выбросов парниковых газов в атмосферу, основными причинами
чего являются сжигание ископаемого топлива, вырубка лесов и деятельность
сельского хозяйства. Обсуждаются основные последствия изменения климата,
включая повышение глобальной температуры, таяние ледников и учащение


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

284

Synapses:

Insights Across the Disciplines

экстремальных погодных явлений. Также предоставлена информация

о мерах, предпринимаемых для борьбы с изменением климата, таких как
присоединение к Парижскому соглашению, переход на «зеленую» энергию и
сокращение

отходов.

Подчёркивается

необходимость

глобального

сотрудничества для замедления изменений климата и борьбы с их
последствиями.
Ключевые слова: изменение климата, парниковые газы, глобальная
температура, ископаемое топливо, ледники, экстремальные погодные явления,
Парижское соглашение, COP29, зеленая энергия, возобновляемая энергия,
сокращение отходов, климатический кризис, экологическая угроза, глобальное
сотрудничество, засуха, водные ресурсы.

Iqlim o‘zgarishlari, asosan, Yerning atmosfera va okeanlarida yuz berayotgan

uzoq muddatli o‘zgarishlar sifatida ta’riflanadi. Bu o‘zgarishlar tabiiy va inson
faoliyatining natijasi bo‘lishi mumkin. XX asrning oxirlarida boshlanib, bugungi
kunda insoniyat iqlim o‘zgarishlari muammosi bilan to‘liq yuzma-yuz keldi. Iqlim
o‘zgarishlari global ekologik tizimlarga, iqtisodiyotga, agrar sektorga, suv resurslariga
va inson salomatligiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda.

Iqlim o‘zgarishining ikkita asosiy sababi bor: tabiiy va antropogen (inson faoliyati

bilan bog‘liq).

1.

Tabiiy sabablari:

-

Vulqonlar va ularning atmosferaga chiqaradigan gazlari.

- Quyosh nurlanishining o‘zgarishi.
- Okeanlarning aylanishi va tabiiy atmosfera sikllari (masalan, El-Nino va La-

Nina).

2.

Antropogen sabablari:

-

Issiqxona gazlari:

Issiqxona gazlarining, ayniqsa karbondioksid (CO2), metan

(CH4) va azot oksidlarining atmosferaga chiqarilishi. Bular atmosferada issiqlikni
ushlab turadi, natijada global harorat o'sadi.

-

O‘simliklarning kamayishi:

O‘simliklar karbonat angidridni yutish va kislorod

chiqarish bilan iqlimni muvozanatda saqlaydi. Ammo o‘rmonlarning kesilishi va
yerlarni dehqonchilikda ishlatish ularning hajmini kamaytiradi.

-

Sanoat va transport:

Avtomobillar va sanoat ishlab chiqarishlari karbonat

angidrid chiqindilarini oshiradi, bu esa issiqxona effekti kuchayishiga olib keladi.

-

Energetika sektori:

Neft, gaz va ko‘mirni yoqish orqali chiqarilgan gazlar

atmosfera haroratining ko‘tarilishiga yordam beradi.

Bugungi kunda iqlim o‘zgarishi global darajada kuzatilmoqda. Yerdagi o‘rtacha

harorat oxirgi 150 yil ichida sezilarli darajada oshdi. Jahon meteorologiya


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

285

Synapses:

Insights Across the Disciplines

tashkilotining (WMO) hisobotlariga ko‘ra, 2019-2023 yillar

1

dunyodagi

eng issiq yillar bo‘ldi. 2024 yilga kelib, global haroratning o‘rtacha oshishi 2°C ga
ko‘tarilgan

2

, bu esa sanoat davri (pre-industrial) bilan solishtirilganda juda katta

o‘zgarishdir. Iqlim o‘zgarishlari nafaqat haroratning oshishi bilan bog‘liq. Unga
boshqa bir qator o‘zgarishlar ham kiradi. Bu o‘zgarishlar dengiz sathining
ko‘tarilishiga va ekstremal ob-havo hodisalarining (qurg‘oqchiliklar, yomg‘irlar,
to‘fonlar) ko‘payishiga olib kelmoqda. Shimoliy va Janubiy Polorning muzlari tez
eriyapti. Shimoliy qutbdagi muz qoplamining hajmi har 10 yilda 13% ga qisqarmoqda.
Grenlandiya muzliklari har yili 250 milliard tonna muz yo‘qotmoqda, Antarktidada esa
yillik muz yo‘qotilishi 150 milliard tonnaga yetgan. Bu esa dengiz sathining 1901–
2020-yillar oralig‘ida o‘rtacha 20 sm ga ko‘tarilishiga, shuningdek, mavjud
ekosistemalar va hayvonot dunyosining o‘zgarishiga sabab bo‘lmoqda. Bu jarayon
hozirda yanada tezlashmoqda. 2100-yilga borib, dengiz sathi 0,63–1,01 metrga
ko‘tarilishi mumkin (agar emissiyalar yuqori darajada qolsa).

Yalpi iqlim o‘zgarishi tufayli dunyo bo‘ylab to‘fonlar, kuchli yomg‘irlar,

qurg‘oqchilik va boshqa ekstremal ob-havo hodisalari ko‘paymoqda. Ekstremal
issiqlik to‘lqinlari soni 1980-yillardan beri 2 barobar oshgan. 2023-yilda dunyo bo‘ylab
qurg‘oqchilikdan aziyat chekayotgan aholining soni 4 milliard kishiga yetdi. Oxirgi o‘n
yilda to‘fon, suv toshqini va qurg‘oqchilik kabi ekstremal hodisalar 23 million
kishining migratsiyasiga sabab bo‘ldi.

Iqlim o‘zgarishi sababli so‘nggi 50 yil ichida yovvoyi tabiat populyatsiyasi 69%

ga kamaydi. Haroratning ko‘tarilishi sababli 1 millionga yaqin tur yo‘qolishiga olib
keladi.
Iqlim o‘zgarishining asosiy sabablaridan biri issiqxona gazlari emissiyasidir.
2022-yilda global karbonat angidrid (CO₂) chiqindilari 37 milliard tonnaga yetdi. Bu
sanoat davrining boshlanishidan 50% ga ko‘proqni tashkil etadi. Atmosferadagi CO₂
konsentratsiyasi 2023-yilda 424 ppm (millionga nisbatan zarracha) darajasiga, metan
(CH₄) darajasi esa 1911 ppb (billionga nisbatan zarracha)ga yetdi. Bu so‘nggi 800
ming yil ichidagi eng yuqori darajadir.
Shu o‘rinda energiya iste’molining 84% i hali ham neft, gaz va ko‘mir kabi qazib
olinuvchi yoqilg‘ilarga bog‘liqligini takidlab o‘tish kerak. Qayta tiklanuvchi energiya
manbalari, jumladan, quyosh va shamol energiyasi, global energiya manbalarining
faqat 12%-18% ni tashkil qiladi. Elektr transport vositalariga talab 2023-yilda 2020-

1

2011–2020-yillar o‘rtacha harorat

eng issiq o‘n yillik

bo‘lgan. 2023-yil esa tarixdagi eng issiq yil

sifatida qayd etildi, 2023-yilning iyul oyida global harorat

17,23°C

ni tashkil etdi, bu tarixdagi eng

issiq oydir

2

(Manba: IPCC, 2023)


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

286

Synapses:

Insights Across the Disciplines

yilga nisbatan 3 barobar oshdi. Iqlim o‘zgarishi tufayli dunyo iqtisodiyoti

yillik 2,5 trillion AQSh dollari zarar ko‘rmoqda. 2030-yilga borib, bu zarar yillik 4
trillion dollarga yetishi mumkin.

Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish uchun global miqyosda bir qator

tashabbuslar va kelishuvlar mavjud. Eng mashhur va ahamiyatli tashabbuslardan biri

Parij kelishuvi (2015)

bo‘lib, unda davlatlar global haroratni 2°C bilan cheklash

uchun 2030 yilga qadar global karbon chiqindilarini 45% ga qisqartirish, 2050 yilga
borib esa to‘liq neytral holatga erishish uchun o‘z majburiyatlarini belgilashdi. Shu
bilan birga, qayta tiklanadigan energiya manbalariga, masalan, quyosh va shamol
energiyasiga o‘tish, o‘rmonlarni tiklash va chiqindilarni kamaytirish bo‘yicha chora-
tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining

Iqlim o‘zgarishi Konferensiyasi

COP29

(2024 yil)

xalqaro iqlim harakatini

bir necha asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha:

- Karbon emissiyasini kamaytirish majburiyatlari;

- Yashil energetika rivoji;

- Iqlim o‘zgarishiga moslashish (Adaptatsiya);

- Moliyaviy va texnologik yordam olish;

- Milliy strategiya va xalqaro hamkorlik;

- Iqlim diplomatiyasini kuchaytirishga va uni barcha mintaqalar va sektorlarda
inklyuziv va samarali bo‘lishini ta’minlashga qaratildi.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlab o‘tishimiz joizki, iqlim o‘zgarishlari jahon

miqyosida jiddiy muammo bo‘lib, uning oqibatlarini kamaytirish uchun tezkor va
samarali chora-tadbirlar talab etiladi. Bu borada xalqaro hamkorlik, ko‘mir, neft va gaz
kabi an’anaviy yoqilg‘ilarni kamaytirish, qayta tiklanuvchi yangi energiya manbalariga
(quyosh, shamol, gidroelektr stansiyalar) o‘tish, Barqaror rivojlanish konsepsiyasi
asosida energiya samaradorligini oshirish, chiqindilarni kamaytirish va tabiatni
asrashga qaratilgan iqtisodiy modelni yaratish, o‘zgaruvchan iqlim sharoitlariga
moslashish uchun infratuzilmani optimallashtirish muhimdir. Har bir insonning iqlimni
saqlash borasidagi mas’uliyati kundalik hayotda o‘zgarishlar kiritishdan boshlanishini
inobatga oladigan bo‘lsak, davlatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan amalga
oshiriladigan siyosat va qarorlar bu jarayonni sekinlashtirish yoki to‘xtatish
imkoniyatini berishini anglab yetishimiz lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

“Green Economics: An Introduction to Theory, Policy and Practice”

(M.

L. J. S. Campbell) – Yashil iqtisodiyotning nazariy asoslari va uning iqtisodiy
modellari.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

287

Synapses:

Insights Across the Disciplines

2.

Yashil iqtisodiyotning O‘zbekistondagi rivojlanishi va amaliyoti

haqida o‘rganishlar, xususan, “O‘zbekiston Respublikasida ekologik barqaror
rivojlanish” va “Yashil energiya va energiya samaradorligi” mavzulari bo‘yicha
hisobotlar va tahlillar.

3.

“O‘zbekiston Respublikasida ekologik barqarorlik va yashil iqtisodiyotni

rivojlantirish strategiyasi”

– O‘zbekistonning yashil iqtisodiyotga o'tish yo‘nalishlari

va buni amalga oshirish bo‘yicha hukumat tomonidan ishlab chiqilgan strategiyalar.

4.

Saidovna, Qosimova Nodira. "O ‘ZBEKISTONDA BARQAROR IQTISODIY

RIVOJLANISHNING MOHIYATI."

THEORY AND ANALYTICAL ASPECTS OF

RECENT RESEARCH

3.26 (2024): 41-50.

5.

Саидовна, Қосимова Нодира, and Дилдора Абдукаримовна Отамуродова.

"КИЧИК БИЗНЕС ВА ХУСУСИЙ ТАДБИРКОРЛИКНИНГ МИНТАҚА
ИҚТИСОДИЁТИ РИВОЖЛАНИШИДАГИ ЎРНИ."

Scientific Journal of Actuarial

Finance and Accounting

4.05 (2024): 171-177.

6.

Saidovna, Kasimova Nodira. "THE ROLE AND SIGNIFICANCE OF

MINERAL RESOURCES IN THE ECONOMIC DEVELOPMENT OF THE
COUNTRY."

JOURNAL OF ECONOMY, TOURISM AND SERVICE

3.6 (2024): 56-

61.

7.

Саидовна,

Қосимова

Нодира.

"МИНТАҚА

ИҚТИСОДИЁТИ

РИВОЖЛАНИШИДА КИЧИК БИЗНЕС ВА ХУСУСИЙ ТАДБИРКОРЛИКНИНГ
ЎРНИ."

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish

omillari

8.2 (2024): 65-76.

8.

Saidovna, Qosimova Nodira, and Sharifova Nargiza Khasanov. "MILLIY

IQTISODIYOTDA IQTISODIY O ‘SISH VA DINAMIK MUVOZANAT."

THEORY

AND ANALYTICAL ASPECTS OF RECENT RESEARCH

2 (2023): 92-97.

References

“Green Economics: An Introduction to Theory, Policy and Practice” (M.

L. J. S. Campbell) – Yashil iqtisodiyotning nazariy asoslari va uning iqtisodiy

modellari.

SYNAPSES: Insights Across the

Disciplines

Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

Synapses: Insights Across the Disciplines

Yashil iqtisodiyotning O‘zbekistondagi rivojlanishi va amaliyoti

haqida o‘rganishlar, xususan, “O‘zbekiston Respublikasida ekologik barqaror

rivojlanish” va “Yashil energiya va energiya samaradorligi” mavzulari bo‘yicha

hisobotlar va tahlillar.

“O‘zbekiston Respublikasida ekologik barqarorlik va yashil iqtisodiyotni

rivojlantirish strategiyasi” – O‘zbekistonning yashil iqtisodiyotga o'tish yo‘nalishlari

va buni amalga oshirish bo‘yicha hukumat tomonidan ishlab chiqilgan strategiyalar.

Saidovna, Qosimova Nodira. "O ‘ZBEKISTONDA BARQAROR IQTISODIY

RIVOJLANISHNING MOHIYATI." THEORY AND ANALYTICAL ASPECTS OF

RECENT RESEARCH 3.26 (2024): 41-50.

Саидовна, Қосимова Нодира, and Дилдора Абдукаримовна Отамуродова.

"КИЧИК БИЗНЕС ВА ХУСУСИЙ ТАДБИРКОРЛИКНИНГ МИНТАҚА

ИҚТИСОДИЁТИ РИВОЖЛАНИШИДАГИ ЎРНИ." Scientific Journal of Actuarial

Finance and Accounting 4.05 (2024): 171-177.

Saidovna, Kasimova Nodira. "THE ROLE AND SIGNIFICANCE OF

MINERAL RESOURCES IN THE ECONOMIC DEVELOPMENT OF THE

COUNTRY." JOURNAL OF ECONOMY, TOURISM AND SERVICE 3.6 (2024): 56-

Саидовна, Қосимова Нодира. "МИНТАҚА ИҚТИСОДИЁТИ

РИВОЖЛАНИШИДА КИЧИК БИЗНЕС ВА ХУСУСИЙ ТАДБИРКОРЛИКНИНГ

ЎРНИ." Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish

omillari 8.2 (2024): 65-76.

Saidovna, Qosimova Nodira, and Sharifova Nargiza Khasanov. "MILLIY

IQTISODIYOTDA IQTISODIY O ‘SISH VA DINAMIK MUVOZANAT." THEORY

AND ANALYTICAL ASPECTS OF RECENT RESEARCH 2 (2023): 92-97