Authors

  • Jaloliddin Normamatov
    DTPI Pedagogika fakulteti Jismoniy madanyat talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.siad.92470

Keywords:

Mustaqillik

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida din sohasida olib borilgan islohotlar, din erkinligi, konfessiyalararo totuvlik va diniy bag'rikenglik masalalari tahlil etiladi. Mustaqillik tufayli fuqarolarning vijdon erkinligi, diniy e’tiqod huquqi kafolatlangani, diniy tashkilotlarning erkin faoliyat yuritishi uchun qonuniy asoslar yaratilgani ochib beriladi. Maqolada, shuningdek, diniy qadriyatlarning jamiyat rivojiga ta’siri, yoshlar tarbiyasidagi o‘rni va ekstremizm tahdidlariga qarshi 
kurashishda ijtimoiy ong va madaniyatning ahamiyati ko‘rsatiladi. Tarixiy va zamonaviy ma’lumotlar asosida O‘zbekistonda din va davlat munosabatlarining muvozanatli modeli yoritiladi. 


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 5

57

Synapses:

Insights Across the Disciplines

MUSTAQILLIK VA DIN

Normamatov Jaloliddin Toshmamatovich

DTPI Pedagogika fakulteti

Jismoniy madanyat talabasi :

Akhmedovdiyorbek7@gmail.com

ANNOTATSIYA:

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida din sohasida

olib borilgan islohotlar, din erkinligi, konfessiyalararo totuvlik va diniy bag'rikenglik
masalalari tahlil etiladi. Mustaqillik tufayli fuqarolarning vijdon erkinligi, diniy e’tiqod
huquqi kafolatlangani, diniy tashkilotlarning erkin faoliyat yuritishi uchun qonuniy
asoslar yaratilgani ochib beriladi. Maqolada, shuningdek, diniy qadriyatlarning jamiyat
rivojiga ta’siri, yoshlar tarbiyasidagi o‘rni va ekstremizm tahdidlariga qarshi
kurashishda ijtimoiy ong va madaniyatning ahamiyati ko‘rsatiladi. Tarixiy va
zamonaviy ma’lumotlar asosida O‘zbekistonda din va davlat munosabatlarining
muvozanatli modeli yoritiladi.

Kalit so‘zlar:

Mustaqillik, din erkinligi, vijdon erkinligi, diniy bag'rikenglik, diniy

tashkilotlar, ekstremizm, O‘zbekiston, ijtimoiy ong, huquqiy islohotlar, davlat va din.

АБСТРАКТНЫЙ:

В данной статье анализируются реформы в области религии, проведённые в
Республике Узбекистан в годы независимости, вопросы религиозной свободы,
межконфессионального согласия и религиозной терпимости. Подчеркивается,
что благодаря независимости обеспечены права граждан на свободу совести и
религиозных убеждений, а также созданы законные основы для свободной
деятельности религиозных организаций. В статье также рассматривается
влияние религиозных ценностей на развитие общества, их роль в воспитании
молодежи и значимость социального сознания и культуры в борьбе с угрозами
экстремизма. На основе исторических и современных данных освещается
сбалансированная модель отношений между религией и государством в
Узбекистане.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 5

58

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Ключевые слова:

Независимость, Свобода вероисповедания, Свобода совести

Религиозная толерантность, Религиозные организации, Экстремизм, Узбекистан,
Общественное сознание, Правовые реформы, Государство и религия

ABSTRACT:

This article analyzes the reforms in the field of religion carried out in the

Republic of Uzbekistan during the years of independence, as well as issues of religious
freedom, interfaith harmony, and religious tolerance. It highlights that, due to
independence, the freedom of conscience and the right to religious belief of citizens
have been guaranteed, and legal foundations have been established for the free activity
of religious organizations. The article also discusses the impact of religious values on
the development of society, their role in the upbringing of youth, and the importance
of social consciousness and culture in the fight against the threats of extremism. Based
on historical and modern data, the balanced model of relations between religion and
the state in Uzbekistan is also outlined.

Key words:

Independenc, Freedom of religion, Freedom of conscience, Religious

tolerance, Religious organizations, Extremism, Uzbekistan, Social consciousness,
Legal reforms, State and religion

Kirish

O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishgani xalqimiz tarixidagi eng

muhim voqealardan biri bo‘ldi. Bu voqea nafaqat siyosiy, balki ma’naviy hayotimizda
ham tub burilish yasadi. Jumladan, din erkinligi va vijdon erkinligi kabi inson
huquqlari mustahkam konstitutsiyaviy asosga ega bo‘ldi.

Asosiy qism

Mustaqillik va vijdon erkinligi

1991-yilda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini e’lon qilgach,

Konstitutsiyada har bir fuqaroning vijdon erkinligi, ya’ni o‘z e’tiqodiga ko‘ra diniy
marosimlarni bajara olish huquqi kafolatlandi (O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi, 31-modda). Shuningdek, 1998-yilgi “Vijdon erkinligi va diniy


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 5

59

Synapses:

Insights Across the Disciplines

tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun asosida diniy tashkilotlar faoliyat yuritishi
qonuniylashtirildi.

Unga rioya qilish hozirgi zamon xalqaro huquqining asosiy vazifasidir.

Davlatning suvereniteti uning boshqa davlatlar bilan munosabatlaridagi mustakilligini
ham bildiradi. Mustaqil davlatning faqat siyosiy emas, balki iqtisodiy mustaqilligini
ham anglatadi.

Mustaqillik insoniyatning azaldan orzu-umidi boʻlib kelgan. Ana shu gʻoya

asosida AQSH, Fransiya, Lotin Amerikasi mamlakatlarida inqiloblar yuz berdi. XX
asrning 90-yillariga kelib sotsialistik mamlakatlarda inson huquqlarini himoya qilish
va ozodlikka intilishning yangi bosqichi boshlandi. Sharqiy Yevropa mamlakatlarida
qariyb yarim asr hukm surgan totalitar davlat tuzumi inqirozga yuz
tutib, demokratik tartibotlar qaror topa boshladi. Yugoslaviya Sotsialistik Federativ
Respublikasi parchalanib,

uning

oʻrnida

bir

necha

mustaqil

respublika, Chexoslavakiya Sotsialistik Respublikasi ikkiga boʻlinib, Chexiya va
Slovakiya suveren davlatlari vujudga keldi.

Mustaqillik imkoniyatlarini oldindan payqagan, mamlakat ijtimoiysiyosiy

jarayonlarining borishini toʻgʻri kuzatib, toʻgʻri baholay bilgan Oʻzbekiston
ittifokdoshlari orasida birinchilardan boʻlib, oʻz mustaqilligini eʼlon qildi: 1991-yil 31-
avgust kuni kabul kilingan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi
toʻgʻrisidagi Bayonot Oʻzbekiston hukumatining siyosiy yoʻlini toʻla qonunlashtirib
berdi. 1991-yilning avgustida „Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi
asoslari toʻgʻrisida“gi qonun qabul qilindi va ana shu qonun doirasida Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining bundan keyin Oʻzbekiston SSRni Oʻzbekiston
Respublikasi deb atashdi.

Iqtisodiyotda tub oʻzgarishlar qilish uchun imkoniyat yaratildi. Yaʼni jahon

amaliyoti isbotlagan bozor iqtisodiyotiga oʻtish uchun sharoit barpo etildi. Mulkka
munosabat tubdan oʻzgarib, jamiyatda yangi mulkdorlar sinfini shakllantirish uchun
imkon ochildi.

Diniy qadriyatlarning tiklanishi va rivoji

Mustaqillik yillarida diniy qadriyatlarimiz, jumladan, islom dini an’analari

tiklandi. Masjidlar, madrasalar va diniy ilm-fan markazlari qayta tiklanib, faoliyat


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 5

60

Synapses:

Insights Across the Disciplines

ko‘rsatmoqda. Hazrat Imom, Mir Arab madrasalari, Imom Buxoriy va Imom Termiziy
ilmiy markazlari diniy-ma’rifiy ishlarning rivojiga xizmat qilmoqda.

Diniy bag‘rikenglik va konfessiyalararo totuvlik

Barcha patriarxal dinlar bir gʻoyani ilgari surishadi: olam va odamlarni ikkiga,

biri muqaddas, boshqasi kufr boʻlgan qismlarga boʻlish. Din odatda hech kim
tomonidan kuzatilmaydigan va aniqlanmaydigan, gʻayritabiiy, muqaddas, eng yuqori
shaxs yoki mavjudotga fokuslangan oʻzak eʼtiqod ustiga qurilgan ijtimoiy tizim, deb
ham taʼriflanadi.

An’analar, qadriyatlar, institutlar, rituallar va diniy matnlar oʻzak eʼtiqod bilan

bogʻliq koʻriladi, va bulardan baʼzilari sekyular falsafa bilan mos tushmasligi mumkin.
Dinni shuningdek „turmush tarzi“ ham deyishadi.

Dinlarning kelib chiqishi turli madaniyatlarda turlicha kechgan. Ayrim dinlar

ijtimoiy tartibni belgilab kelgan boʻlsa, boshqalari insonning ichki kechinmalari va
ruhiyatini tartibga solishni koʻzlaydi.

„Din“ soʻzini baʼzi hollarda „e’tiqod“ maʼnosida ham qoʻllashadi, lekin bu doim oʻrinli
emas, zero eʼtiqod shaxsiy ishonchdan iboratdir, aslo ijtimoiy tizim emas.

Din – xudo yoki xudolar, gʻayritabiiy kuchlar mavjudligiga ishonish. Din

muayyan taʼlimotlar, his-tuygʻular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari
orqali namoyon boʻladigan, olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tarzi,
uni idrok etishning oʻziga xos usuli. Dinning paydo boʻlishi haqida yagona fikr yoʻq.
Islom dini taʼlimotiga koʻra, din – Alloh tomonidan oʻz paygʻambarlari orqali
bashariyat olamiga joriy etilajagi zarur boʻlgan ilohiy qonunlardir. Tabiat va insonni
yaratgan, ayni vaqtda insonga toʻgʻri, haqiqiy hayot yoʻlini koʻrsatadigan va
oʻrgatadigan ilohiy qudratga ishonchni ifoda etadigan taʼlimotdir.

O‘zbekistonda turli diniy konfessiyalar tinch-totuv yashamoqda. Pravoslav,

katolik, yahudiy va boshqa diniy jamoalar davlat tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilib,
faoliyat yuritishmoqda. Davlat ularning diniy marosimlarini ado etishiga,
ibodatxonalar qurishiga sharoit yaratmoqda.

Ekstremizm va radikalizmga qarshi kurash


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 5

61

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Mustaqillik yillarida ekstremistik g‘oyalarning tarqalishiga qarshi huquqiy va ma’rifiy
kurash usullari shakllantirildi. Diniy sohadagi muvozanatli siyosat yoshlarning
sog‘lom e’tiqodda tarbiyalanishiga xizmat qilmoqda. OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali
diniy savodsizlikka qarshi kurash olib borilmoqda.

1991-yil 1-sentabrda O‘zbekiston o‘z mustaqilligini e’lon qilgach, davlat

hayotining barcha jabhalarida, jumladan diniy erkinlik va ma’naviyat sohasida ham
yangi davr boshlandi. Ilgari diniy faoliyat cheklangan bo‘lsa, mustaqillikdan keyin u
erkinlikka yo‘l ochd Mustaqillik davrida din sohasidagi o‘zgarishlar Konstitutsiyaviy
kafolatlar: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (1992-yil): 31-modda: Har bir
inson vijdon erkinligiga ega. 18-modda: Har kim millati, dini, e’tiqodidan qat’i nazar,
teng huquqlidir. Huquqiy asoslar: 1998-yil “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar
to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Bu qonun diniy tashkilotlar ochish, ro‘yxatdan
o‘tkazish, diniy marosimlarni ado etish kabi masalalarni tartibga soldi. Din va
ma’naviyat uyg‘unligi Mustaqillikdan so‘ng: Diniy qadriyatlar tiklandi. Masjidlar,
ziyoratgohlar, madrasalar ta’mirlandi yoki yangidan qurildi. Diniy ma’rifat, sabr-toqat,
halollik, bag‘rikenglik targ‘ib qilina boshladi. Misollar: Hazrati Imom majmuasi,
Imom Buxoriy majmuasi, Imom Termiziy markazi faoliyati kengaydi. O‘zbekiston
musulmonlari idorasi faoliyati mustahkamlandi. Diniy bag‘rikenglik va millatlararo
totuvlik O‘zbekistonda 16 dan ortiq diniy konfessiyalar faoliyat yuritadi. Nasroniy,
yahudiy, buddist jamoalari qonuniy asosda erkin ibodat qilmoqda. Diniy asosda nizolar
emas, balki hamjihatlik va totuvlik ustuvor hisoblanadi. Ekstremizmga qarshi kurash
va diniy savodxonlik Mustaqillik bilan birga dunyodagi ekstremistik va terroristik
harakatlar xavfi ham kuchaydi. O‘zbekiston bu borada: Ekstremistik g‘oyalarga qarshi
diniy ma’rifat va huquqiy tushuntirish ishlariga alohida e’tibor qaratdi. Diniy ta’lim
muassasalari orqali asliy islom — tinchlik, bag‘rikenglik va ilmiy tafakkur dini sifatida
tushuntirilmoqda. Ijtimoiy ong va vijdon erkinligi Mustaqillik fuqarolarga: O‘z
e’tiqodi bo‘yicha erkin yashash, Diniy marosimlarni erkin ado etish, Ammo bu
erkinlikni boshqalarning huquqiga zarar yetkazmaydigan tarzda amalga oshirish
imkonini berdi. Din va davlat munosabatlari O‘zbekistonda davlat va din ajratilgan,
ya’ni davlat diniy tashkilotlarga aralashmaydi. Ammo din jamiyatning ajralmas qismi
sifatida ma’naviy hayotda faol ishtirok etadi. Din — siyosiy vosita emas, balki
ma’naviyat va axloqiy tarbiyaning manbai sifatida qaraladi.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 5

62

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Xulosa

O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi din sohasida katta imkoniyatlar yaratdi.

Bugungi kunda fuqarolarning diniy erkinliklari kafolatlangan, diniy qadriyatlar
asrayapti, diniy bag‘rikenglik tamoyillari mustahkamlanmoqda. Davlat va din
o‘rtasidagi hamkorlik — ijtimoiy barqarorlik, millatlararo totuvlik va taraqqiyotning
muhim omilidir. Mustaqillik tufayli O‘zbekistonda din sohasida erkinlik, ochiqlik va
bag‘rikenglik muhitiga erishildi. Bugungi kunda: Diniy tashkilotlar qonuniy faoliyat
yuritmoqda, Vijdon erkinligi kafolatlangan, Din — tinchlik, totuvlik, ma’naviyat
targ‘ibotchisiga aylandi.

Foydalanuvchi adabyotlar;

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 1992-yil.

“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun, 1998-yil.

Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”. Toshkent, 2008.

“O‘zbekiston – diniy bag‘rikenglik yurti”. Ma’naviyat nashriyoti, 2021.

www.lex.uz

– O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlar bazasi.

O‘zbekiston Musulmonlari Idorasi rasmiy sayti –

www.muslim.uz

References

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 1992-yil.

“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun, 1998-yil.

Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”. Toshkent, 2008.

“O‘zbekiston – diniy bag‘rikenglik yurti”. Ma’naviyat nashriyoti, 2021.

www.lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlar bazasi.

O‘zbekiston Musulmonlari Idorasi rasmiy sayti – www.muslim.uz