Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Enhancing the effectiveness of innovative approaches in
managing education quality at higher education
institutions
Dildora DILSHODOVA
1
International Nordik University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received April 2025
Received in revised form
15 May 2025
Accepted 25 May 2025
Available online
15 June 2025
This article explores the significance of innovative
approaches in managing the quality of higher education
institutions, emphasizing their effectiveness and potential for
practical implementation. The research examines the
integration of modern management technologies, information
and communication tools, creative pedagogical methods, and
international best practices into the national education system.
The author provides both theoretical and practical justification
for innovation-driven strategies aimed at improving quality
indicators in higher education. Furthermore, the paper
identifies current challenges encountered during the
transformation of educational management and proposes
targeted solutions and recommendations.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss5/S-pp
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
higher education,
quality of education,
innovative approach,
education management,
digital technologies,
management effectiveness,
creative methods,
educational strategy.
Oliy
taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini boshqarishda
innovatsion yondashuvlarning samaradorligini oshirish
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
oliy taʼlim,
taʼlim sifati,
innovatsion yondashuv,
taʼlim menejmenti,
raqamli texnologiyalar,
boshqaruv samaradorligi,
kreativ metodlar,
taʼlim strategiyasi
.
Ushbu maqolada oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini
boshqarishda innovatsion yondashuvlarning ahamiyati, ularning
samaradorligini oshirishdagi roli va amaliyotga tatbiq etilish
imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida zamonaviy
boshqaruv texnologiyalari, axborot-kommunikatsiya vositalari,
kreativ taʼlim metodlari hamda xalqaro tajribalarning milliy
taʼlim tizimiga integratsiyasi o‘rganildi. Muallif oliy taʼlimda sifat
ko‘rsatkichlarini
oshirishga
qaratilgan
innovatsion
1
Master degree student, International Nordik University. E-mail: dildoradilshodova77@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
114
strategiyalarni nazariy va amaliy jihatdan asoslab beradi.
Shuningdek, taʼlim menejmentining transformatsiyasi jarayonida
yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha
taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Повышение эффективности инновационных подходов
в управлении качеством образования в высших
учебных заведениях
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
высшее образование,
качество образования,
инновационный подход,
управление образованием,
цифровые технологии,
эффективность
управления,
креативные методы,
образовательная
стратегия
.
В
данной
статье
рассматривается
значение
инновационных подходов в управлении качеством
образования в высших учебных заведениях, а также их
эффективность и практическое применение. В ходе
исследования
проанализированы
современные
управленческие
технологии,
информационно
-
коммуникационные средства, креативные педагогические
методы, а также возможности интеграции международного
опыта в национальную систему образования. Автор
теоретически и практически обосновывает стратегии,
направленные на повышение показателей качества
образования.
Кроме
того,
в
статье
выявлены
существующие проблемы, возникающие в процессе
трансформации системы управления образованием, и
предложены рекомендации по их устранению
.
KIRISH
Globallashuv va raqamli transformatsiya sharoitida taʼlim sifati har bir mamlakat
taraqqiyotining ustuvor mezoniga aylanib bormoqda. Ayniqsa, zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari, taʼlim jarayoniga innovatsion yondashuvlarning joriy
qilinishi v
a boshqaruv tizimlarining yangilanishi oliy taʼlim muassasalarining
raqobatbardoshligini belgilovchi asosiy omillardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Bugungi
kunda oliy taʼlim sifatini yaxshilashga qaratilgan har bir yondashuv faqat o‘quv rejalari va
dasturlarni yangilash bilangina emas, balki boshqaruv mexanizmlarini transformatsiya
qilish orqali ham amalga oshirilmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bu borada shunday taʼkidlaydi:
“Bugun biz taʼlim
sohasini yangi bosqichga olib chiqmoqchimiz. Taʼlimda
sifat bo‘lmasa, biz raqobatbardosh
iqtisodiyot va kuchli jamiyat barpo eta olmaymiz[1]
. Ushbu fikr zamirida nafaqat taʼlim
sifati, balki uning boshqaruvga oid mexanizmlarini tubdan isloh qilish zarurati ham
mujassam.
O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimida olib borilayotgan keng ko‘lamli
islohotlar, xususan, oliy taʼlim muassasalarining moliyaviy va akademik mustaqilligini
taʼminlash, ularni xalqaro reytinglarga jalb qilish, o‘quv jarayonini modul va kredit tizimi
asosida tashkil etish
–
bularning barchasi taʼlim sifatini boshqarishdagi innovatsion
yondashuvlarning amaliy ifodasidir. Biroq, ushbu yangilanishlar amaliyotda qanday
samara bermoqda? Ularning boshqaruv darajasidagi natijadorligini qanday baholash
mumkin? Aynan mana shu savollar maqola mazmunining markazida turadi. Ushbu ilmiy
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
115
maqolada oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini boshqarishga qaratilgan innovatsion
yondashuvlarning mohiyati, ularning samaradorligini ta’minlovchi omillar hamda yuzaga
kelayotgan muammolarni tahlil qilish asosida ilmiy xulosalar ishlab chiqish maqsad
qilingan.
ADABIYOTLAR SHARHI
Oliy taʼlim sifatini boshqarish masalasi hozirgi davrda zamonaviy menejment,
pedagogika va raqamli texnologiyalar sohalarining o‘zaro kesishgan muammol
aridan biri
bo‘lib, bir qator xorijiy va mahalliy tadqiqotchilar e’tiborida turibdi. Jumladan, M. Fullan
ta’kidlaganidek, ta’limdagi real o‘zgarishlar faqat mazmuniy islohotlar bilan emas, balki
tizimni boshqarishdagi yangicha yondashuvlar orqali amalga os
hadi. U o‘z asarida ta’lim
transformatsiyasi uchun boshqaruv resurslari, yetakchilik sifati va o‘zgarishga tayyorlik
darajasi hal qiluvchi omil ekanini ta’kidlaydi[2]. OECD tomonidan nashr etilgan
“Education at a Glance” hisobotida esa ta’lim sifatini aniq
lovchi indikatorlar orasida
boshqaruvdagi mustaqillik, ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalarni qo‘llash darajasi
va o‘qituvchilarning kasbiy rivoji ustuvor o‘rin tutadi[3]. Ushbu xalqaro tahlillar
O‘zbekiston ta’lim tizimida ham innovatsion boshqaruv yo
ndashuvlarini joriy etish
muhimligini ko‘rsatadi.
Mahalliy tadqiqotlar orasida E. Gʻoziyevning “Umumiy psixologiya” asarida ta’lim
muhitidagi psixologik omillar va motivatsiyaning o‘quvchilarning faolligiga ta’siri keng
yoritilgan[4]. Ushbu yondashuv asosi
da, ta’lim jarayonining samaradorligi nafaqat
tashkiliy yoki metodik, balki psixologik-
ijtimoiy omillar bilan ham bevosita bog‘liq ekani
aniqlanadi. Mazkur adabiy tahlillar umumiy holda shuni ko‘rsatadiki, oliy taʼlimda ta’lim
sifatini boshqarishda innovatsion yondashuvlar faqat texnologik yangiliklar bilan emas,
balki boshqaruv tizimining ichki islohoti, motivatsion va inson resurslariga tayanishi
bilan ham aniqlanadi.
METODOLOGIYA
Tadqiqotda oliy taʼlim muassasalarida ta’lim sifatini
boshqarishdagi innovatsion
yondashuvlarning samaradorligini baholash, ularning real natijadorligini aniqlash va
amaliy tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida quyidagi ilmiy-tadqiqot metodlaridan
foydalanildi:
1.
Tizimli tahlil metodi.
Ushbu metod yordamida oliy
taʼlim tizimidagi boshqaruv
mexanizmlari, ularning funksional tuzilishi va tarkibiy qismlari chuqur tahlil
qilindi. Jumladan, boshqaruv strukturasi, resurs taqsimoti, qaror qabul qilish
jarayonlari va ularning ta’lim sifati bilan o‘zaro aloqasi ko‘rib chiq
ildi. Tizim
elementlarining o‘zaro ta’siri asosida innovatsion yondashuvlar samaradorligini
aniqlashga harakat qilindi.
2.
Komparativ (taqqoslov) usuli.
Mazkur yondashuv orqali O‘zbekiston oliy taʼlim
tizimida joriy etilgan innovatsion boshqaruv elementlari xalqaro tajriba bilan
(xususan, OECDga a’zo mamlakatlar –
Janubiy Koreya, Germaniya, Singapur)
solishtirildi. Bu orqali, qaysi model va yondashuvlar ta’lim sifatini oshirishda
yuqori samaradorlikka ega ekani aniqlanib, milliy sharoitga mos jihatlar ajratib
olindi.
3.
Deskriptiv (tavsifiy) metod.
Innovatsion boshqaruv tizimlarining shakllanish
jarayoni, ularning ichki komponentlari (raqamli boshqaruv, sifat monitoringi,
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
116
modul tizimi va boshqalar) tasvirlandi. Bu metod innovatsion yondashuvlarning
nazariy asoslar
i va amaliy ko‘rinishlarini tavsiflash imkonini berdi.
4.
Ekspert so‘rovlari va intervyular.
Tadqiqot doirasida bir qator oliy taʼlim
muassasalarining rahbarlari, professor-
o‘qituvchilari hamda ta’lim menejmenti
mutaxassislari bilan savolnomalar va intervyula
r o‘tkazildi. Bu orqali innovatsion
boshqaruvning qanday natija berayotgani, mavjud to‘siqlar va rivojlanish
imkoniyatlari haqidagi subyektiv va amaliy fikrlar to‘plandi.
Natijalar kontent
tahlil metodi orqali umumlashtirildi.
5.
Empirik kuzatuv va hujjatli monitoring.
Ba’zi oliy taʼlim muassasalarida (tanlangan
namunalar asosida) ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan innovatsion
tashabbuslarning joriy etilishi bevosita kuzatildi. Dars jarayonlari, boshqaruv
hujjatlari, sifat baholash protokollari, ichki audit materiallari asosida amaliy
monitoring amalga oshirildi. Bu metod tadqiqot natijalarining haqiqatga
yaqinligini ta’minlashga xizmat qildi.
Ushbu metodlar orqali yig‘ilgan ilmiy va empirik ma’lumotlar asosida oliy taʼlim
tizimida boshqaruv innovatsiyalarin
ing ta’siri ko‘p jihatdan baholandi.
Bu esa tavsiyalar
ishlab chiqish va model taklif etish uchun ishonchli asos bo‘lib xizmat qildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Tadqiqot davomida olingan dalillar shuni ko‘rsatadiki, oliy taʼlim tizimida ta’lim
sifatini boshqar
ishda innovatsion yondashuvlar samaradorligini ta’minlashda faqat
texnologik yechimlar yetarli emas. Asosiy omil sifatida tizimda boshqaruv
madaniyatining o‘zgarishi, tashkiliy tuzilmalarning moslashtirilishi va ta’lim
muassasalarining ichki erkinlik daraj
asi muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston oliy
taʼlim tizimida keyingi yillarda joriy etilayotgan islohotlar, jumladan, kredit
-modul tizimi,
elektron baholash platformalari, raqamli monitoring va strategik rejalashtirish
mexanizmlari ta’lim jarayonining ochiqligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Biroq,
mazkur innovatsion tashabbuslar doimiy rivojlanish va tizimli yondashuv bilan qo‘llab
-
quvvatlanmasa, ular faqat formal islohotlar darajasida qolib ketish xavfi mavjud.
OECD (2020) hisobotida ham raqamli texnologiyalar va boshqaruvdagi
moslashuvchanlik o‘rtasidagi bog‘liqlik asoslab berilgan. Bu esa O‘zbekistonda ham
innovatsion yondashuvlarning ta’lim sifati ko‘rsatkichlariga ta’sirini aniq o‘lchash
imkonini yaratmoqda. Shu bilan birga, Fullan tomonidan ilgari surilgan yondashuvga
ko‘ra, “innovatsiya –
bu faqat yangilik joriy qilish emas, balki mavjud tizimda mohiyatan
o‘zgarish kiritishdir” degan tamoyil ayni paytda oliy ta’lim menejmenti uchun nihoyatda
dolzarb hisoblanadi. Tadqiqot jarayonida aniqlanishicha, innovatsion yondashuvlar
samaradorligi, eng avvalo, OTM rahbariyatining strategik qarashlari, o‘qituvchilarning
texnologik savodxonligi va talabalar ishtirokchiligini rag‘batlantirish kabi omillarga
bog‘liq. Boshqaruvda ijodiy fikr yuritish, maqsadli metr
ikalar asosida sifat monitoringini
yo‘lga qo‘yish, pedagogik va boshqaruv jarayonlarining integratsiyalashuvi —
bularning
barchasi innovatsion yondashuvlarning muvaffaqiyat omillaridir.
Muhokamalar asosida shuni ta’kidlash lozimki, innovatsion boshqaruv
me
xanizmlari izchil va tizimli tatbiq etilsa, u holda ular ta’lim sifati indikatorlariga real
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Aks holda, ular deklarativ ko‘rinishda qolib ketadi. Shu sababli,
faqat joriy etish emas, balki ularning ishlash mexanizmlarini doimiy tahlil qilish,
monitoring qilish va qayta optimallashtirish zarur bo‘ladi. Tadqiqot davomida olib
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
117
borilgan nazariy tahlillar, empirik kuzatuvlar va ekspert suhbatlari asosida quyidagi ilmiy
asoslangan natijalarga erishildi.
Birinchidan,
ta’lim sifatini oshiri
shga qaratilgan
boshqaruv yondashuvlarining muvaffaqiyati ularning tizimli ravishda raqamlashtirilgani
va bu jarayonning tashkiliy strukturalar bilan uzviy bog‘langanligi bilan belgilanadi. Ya’ni,
faqat texnologiyalarni emas, balki ularni boshqaruv qarorlari qabul qilishga integratsiya
qilish asosiy samaradorlik shartidir.
Ikkinchidan,
akademik erkinlikka ega oliy taʼlim
muassasalari, ya’ni mustaqil o‘quv rejasi, o‘z moliyaviy manbaiga ega bo‘lgan va xalqaro
standartlarga integratsiyalashayotgan OTMlar innovatsion yondashuvlarni jadal va
natijali amalga oshirmoqda. Bu esa ularning reyting ko‘rsatkichlarida ham o‘z aksini
topgan.
Uchinchidan,
ijodiy pedagogik metodikalarni qo‘llayotgan ta’lim muassasalarida
talabalar faol ishtirokchi sifatida jarayonga jalb
qilinmoqda. Bu esa o‘z navbatida
bilimlarning chuqurroq o‘zlashtirilishiga va o‘z
-
o‘zini boshqarish ko‘nikmalarining
shakllanishiga xizmat qilmoqda.
To‘rtinchidan,
ekspert so‘rovlaridan ma’lum bo‘ldiki,
innovatsion boshqaruv tizimlarining joriy etilishi na
faqat o‘quv jarayonining
natijadorligiga, balki xodimlar motivatsiyasiga, ish unumiga va tashkiliy madaniyat
darajasiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, ochiq va shaffof baholash tizimi
xodimlar orasida adolatli raqobat muhiti shakllanishiga turtki
bo‘lmoqda. Yakuniy natija
sifatida aytish mumkinki, oliy taʼlim muassasalarida innovatsion yondashuvlar to‘g‘ri
rejalashtirilgan, mantiqan izchil va madaniy kontekstga moslashgan holda joriy etilgan
taqdirdagina ta’lim sifatining oshishiga xizmat qiladi.
Bu esa nafaqat OTMlar darajasida,
balki milliy ta’lim siyosati darajasida ham rejalashtirilgan, kompleks yondashuvni talab
etadi.
XULOSA
Oliy
taʼlim
muassasalarida
taʼlim
sifatini
boshqarishda
innovatsion
yondashuvlardan foydalanish zamonaviy boshqaruvning strategik yo‘nalishlaridan biri
sifatida shakllanmoqda. Olib borilgan tadqiqotlar asosida aniqlanishicha, raqamli
texnologiyalarni joriy etish, pedagogik jarayonni ijodiy va interfaol metodlar bilan
boyitish hamda boshqaruvning moslashuvchan modeliga o‘tish taʼlim sifatini oshirishda
muhim omillar sanaladi. Biroq ushbu yondashuvlarning samaradorligini ta’minlash
ularni tizimli asosda rejal
ashtirish, inson resurslarini rivojlantirish va taʼlim muhitining
o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda amalga oshirilgandagina mumkin bo‘ladi.
Shunday qilib, innovatsion boshqaruv yondashuvlari oliy taʼlim tizimining sifat
ko‘rsatkichlarini izchil takomillashtirishda hal qiluvchi omil sifatida namoyon bo‘lmoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
:
1.
Mirziyoyev, Sh.M.
Erkin va farovon, demokratik O
‘
zbekiston davlatini birgalikda barpo
etamiz: O
‘
zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimidagi
nutq
.
–
Toshkent: O
‘
zbekiston, 2016.
–
56 b.
2.
Mirziyoyev, Sh.M.
Milliy taraqqiyot yo
‘
limizni qat
’
iyat bilan davom ettirib, yangi
bosqichga ko
‘
taramiz
. 1-jild.
–
T.: O‘zbekiston NMIU, 2017. –
85 b.
3.
Беспалько В.П.
Слагаемые педагогической технологии
.
–
Москва: Педагогика,
1989.
–
192 с.
4.
Gʻoziyev, E.
Umumiy psixologiya
.
–
Toshkent: Oʻqituvchi, 2002. –
45
–
46-betlar.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
118
5.
Kларин М.В.
Педагогическая технология в учебном процессе
.
–
Москва: Знание,
1989.
–
80 с.
6.
Fullan, M.
The New Meaning of Educational Change
(5th ed.).
–
New York: Teachers
College Press, 2015.
7.
OECD.
Education at a Glance 2020: OECD Indicators
.
–
Paris: OECD Publishing, 2020.
