Методика обучения с использованием инновационных технологий при преподавании английского языка в системе высшего образования

Аннотация

 В статье рассматривается актуальность применения инновационных технологий в преподавании английского языка в системе высшего образования. В условиях глобальной интеграции и стремительного развития цифровых образовательных платформ, мобильных приложений, инструментов искусственного интеллекта и виртуальных сред анализируются возможности эффективного внедрения этих средств в учебный процесс. Особое внимание уделено их роли в формировании «гибких навыков» (soft skills) у студентов. На основе анализа научной литературы и передового педагогического опыта обосновывается, что инновационные технологии становятся важным фактором в создании индивидуализированного, мультимодального и деятельностно-ориентированного обучения иностранным языкам.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2020
inLibrary
Google Scholar
ВАК
elibrary
doi
 
Выпуск:
CC BY f
169-173
7

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Кушиева N. (2025). Методика обучения с использованием инновационных технологий при преподавании английского языка в системе высшего образования. Общество и инновации, 6(3), 169–173. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss3-pp169-173
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

 В статье рассматривается актуальность применения инновационных технологий в преподавании английского языка в системе высшего образования. В условиях глобальной интеграции и стремительного развития цифровых образовательных платформ, мобильных приложений, инструментов искусственного интеллекта и виртуальных сред анализируются возможности эффективного внедрения этих средств в учебный процесс. Особое внимание уделено их роли в формировании «гибких навыков» (soft skills) у студентов. На основе анализа научной литературы и передового педагогического опыта обосновывается, что инновационные технологии становятся важным фактором в создании индивидуализированного, мультимодального и деятельностно-ориентированного обучения иностранным языкам.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Methodology for teaching English in the higher education
system using innovative technologies

Nodira KUSHIYEVA

1


Uzbekistan State World Languages University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2025

Received in revised form

15 May 2025
Accepted 15 June 2025

Available online

25 June 2025

This article explores the relevance of using innovative

technologies in English language teaching within the higher

education system. In the context of global integration and the

expansion of digital learning tools, the effectiveness of

implementing online platforms, mobile applications, artificial
intelligence tools, and virtual environments in language

instruction is analyzed. Special emphasis is placed on the role of

these technologies in developing students’ soft skills. Through

the analysis of scholarly literature and modern pedagogical
practices, the study demonstrates that innovative technologies

serve as key instruments in designing individualized,

multimodal, and activity-based approaches to language learning.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss3-pp169-173

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

innovative technologies,

English language,

higher education,

digital learning,

soft skills,

communicative competence.

Oliy ta’lim tizimida ingliz tilini o‘qitishda

innovatsion

texnologiyalardan foydalanib o‘qitish metodikasi

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

innovatsion texnologiyalar,
ingliz tili,

oliy ta’lim,

raqamli ta’lim,

yumshoq ko‘nikmalar,

kommunikativ

kompetensiya.

Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimida ingliz tilini o‘qitishda

innovatsion texnologiyalardan foydalanishning dolzarbligi

yoritiladi. Global integratsiya, raqamli ta’lim vositalarining

kengayishi va chet tilini egallashning yangi metodologik

yondashuvlari kontekstida raqamli platformalar, mobil ilovalar,

sun’iy intellekt vositalari va virtual muhitlar asosida dars

jarayonlarini tashkil etishning samarador jihatlari tahlil qilinadi.

Shuningdek, ushbu texnologiyalarning talabalar “yumshoq

ko‘nikmalar”ini shakllantirishdagi o‘rni asoslab b

eriladi. Ilmiy

adabiyotlar tahlili va zamonaviy pedagogik amaliyotlar natijasida

1

Doctor of Pedagogical Sciences (DSc), Associate Professor, Uzbekistan State World Languages University.

E-mail: nodira.kushieva@mail.ru


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

3 (2025) / ISSN 2181-1415

170

innovatsion texnologiyalar til o‘rganishning individual,

multimodal va faoliyatga yo‘naltirilgan shakllarini yaratishda
muhim omil bo‘lib xizmat qilishi isbotlanadi.

Методика обучения с использованием инновационных
технологий при преподавании английского языка

в системе высшего образования

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

инновационные
технологии,

английский язык,

высшее образование,
цифровое обучение,
гибкие навыки,

коммуникативная
компетенция.

В статье рассматривается актуальность применения

инновационных технологий в преподавании английского

языка в системе высшего образования. В условиях
глобальной интеграции и стремительного развития

цифровых

образовательных

платформ,

мобильных

приложений, инструментов искусственного интеллекта и

виртуальных

сред

анализируются

возможности

эффективного внедрения этих средств в учебный процесс.

Особое внимание уделено их роли в формировании «гибких

навыков» (soft

skills) у студентов. На основе анализа научной

литературы

и

передового

педагогического

опыта

обосновывается, что инновационные технологии становятся

важным фактором в создании индивидуализированного,

мультимодального

и

деятельностно

-

ориентированного

обучения иностранным языкам.

Ingliz tilini iqtisod ta’lim yo‘nalishida o‘qitishda CEFR (Umumiy Yevropa til

kompetensiyalari tavsiyasi) tizimi asosida tinglab tushunish ko‘nikmasini shakllantirish,
til o‘rganish jarayonining receptiv jihatini rivojlantirish bi

lan bir qatorda, talabalarda

ijtimoiy, kommunikativ va kasbiy kontekstda muhim o‘rin tutuvchi yumshoq ko‘nikmalar

soft skills’ni ham bosqichma

-bosqich takomillashtirishga xizmat qiladi. CEFR

B2 darajasida tinglab tushunish talabalarning kundalik hamda kasbiy sohada
uchraydigan murakkab, leksik jihatdan boy, strukturaviy jihatdan murakkab va mantiqiy
jihatdan izchil matnlarni tushunishiga yo

naltirilgan. Iqtisodiy sohada bu turdagi tinglov

materiallariga intervyular, iqtisodiy yangiliklar, seminar yoki konferensiya chiqishlari,
podkastlar, moliyaviy tahlillar va kompaniya hisobotlariga oid eshittirishlar kiradi.

Tinglab tushunish orqali o‘rganiladigan ma’lumotlar real hayotdagi professional

muloqotga asoslangan bo‘lishi kerak. Masalan, talabalar “World Economic Forum”da
berilgan nutqni yoki “Bloomberg Business News” podkastini tinglar ekan, u nafaqat

axborotni eshitish, balki uni tahlil qilish, asosiy fikrni ajratish, muhim fakt va raqamlarni

ajratib olish, hamda eshitilgan ma’lumotni shaxsiy pozitsiya bilan bog‘lash faoliyatini

amalga oshiradi. Bu esa tanqidiy fikrlash, diqqatni jamlash, axborotni tahlil qilish, fikr
bildirish, faol tinglash, eshitgan axborotni qayta ishlov berish, baholash va xulosa

chiqarish kabi soft skills ko‘nikmala

rini shakllantiradi.

Tinglab tushunish mashg‘ulotlari CEFR mezonlariga mos tarzda tashkil etilganda,

talabalar nafaqat umumiy mazmunni tushunishga, balki nutqning asosiy tezislari, sabab-
oqibat munosabatlari, nuqtai nazar farqlari, muammoli nuqtalar, dalillar va xulosalarni

aniqlashga yo‘naltiriladi. Ayniqsa, iqtisodiy yo‘nalishdagi tinglov matnlari ixtisoslashgan


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

3 (2025) / ISSN 2181-1415

171

terminlar, grafik tahlillarni og‘zaki bayon qilish, moliyaviy muammolarni izohlash kabi
elementlarni o‘z ichiga oladi. Talaba bunday materialni t

inglar ekan, u faol eshitish orqali

muammoni tahlil qiladi, asosiy fikrni aniqlaydi, muallif pozitsiyasini anglaydi,

shuningdek, mavzuga oid savollar asosida o‘zining shaxsiy mulohazasini shakllantiradi.

Bu faoliyat esa uni passiv eshituvchidan faol tahlil qiluvchi shaxsga aylantiradi.

Metodik yondashuvlarda tinglab tushunish mashqlarini soft skills bilan

integratsiya qilish uchun quyidagi usullar qo‘llaniladi: tinglov asosida tahliliy savollarga

javob berish, eshitilgan matn asosida guruhli muhokama tashkil qilish, eshitilgan

materialga asoslanib esse yoki rezyume yozish, matn asosida prezentatsiya tayyorlash,

audio intervyularni skriptlash va rolga kirib ijro qilish, tinglov asosida qaror qabul

qilishga doir mashqlar ishlab chiqish. Bunday mashg‘ulotlar or

qali talaba auditoriyani

diqqat bilan eshitish, o‘z fikrini axborot asosida bildirish, muhokama qilish, savollarga

javob qaytarish, eshitgan axborotga tanqidiy yondashish kabi kommunikativ va ijtimoiy

ko‘nikmalarni egallaydi.

Tinglab tushunishga oid mashqlarni iqtisodiy kontentga moslashtirish orqali

talabalar “market trend analysis”, “economic forecast”, “digital finance” kabi mavzular

bo‘yicha murakkab nutqlarni tushunishga o‘rganadi. Bu esa ularni xalqaro

konferensiyalarda, xorijiy ma’ruzalarda, onlayn k

urslarda va kasbiy podkastlarda faol

ishtirok etish uchun zarur bo‘lgan til kompetensiyasiga tayyorlaydi. Ayniqsa, CEFR

B2 darajasi doirasida talabadan faqatgina matnni tushunish emas, balki eshitgan

ma’lumot asosida mustaqil fikr bildirishi, pozitsiya sh

akllantirishi, baholashi va tahlil

qilishi kutiladi. Bu jarayon esa o‘z

-

o‘zidan ijodiy fikrlash, liderlik (masalan, tinglangan

iqtisodiy vaziyatga yechim taklif qilish), muloqotga kirishuvchanlik va faol ishtirokchilik

kabi soft skills tarkibiy qismlarini yuzaga chiqaradi.

Xulosa qilib aytganda, CEFR tizimida tinglab tushunish ko‘nikmasini shakllantirish

faqat til o‘rganish vositasi bo‘lib qolmay, balki talabaning kasbiy fikrlashini, ma’lumotga

nisbatan ongli munosabatini, tanqidiy va ijodiy yondashuvini, faol kommunikatsiyasini

rivojlantiruvchi kompleks ta’limiy vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga, ingliz

tilini o‘qitish orqali xalqaro iqtisodiy maydon talablariga mos ravishda faol eshituvchi va

tahlil qiluvchi mutaxassislarni tayyorlash imkoniyati kengayadi.

Globalizatsiya, raqamli transformatsiya va ta’lim texnologiyalaridagi jadal

rivojlanish zamonaviy oliy ta’lim tizimida chet tillarini, xususan ingliz tilini o‘qitishda

yangicha yondashuv va vositalarni talab qilmoqda. Ayniqsa, xalqaro integratsiya

sharoitida ingliz tilini samarali o‘qitish faqat an’anaviy metodlarga tayanib qolmasdan,

balki innovatsion texnologiyalar yordamida talabalarning til o‘rganishga bo‘lgan

motivatsiyasini oshirish, ularning kommunikativ va professional ko‘nikmalarini

shakllantirish imkonini beradi. Shu bois, innovatsion texnologiyalardan foydalanish

zamonaviy chet tilini o‘qitish metodikasining ajralmas qismiga aylanib bormoqda.

Innovatsion texnologiyalar deganda faqat axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini

emas, ba

lki raqamli o‘quv muhitlari, sun’iy intellekt vositalari, ta’limiy platformalar,

interaktiv dasturlar, onlayn hamkorlik maydonchalari, shuningdek, o‘yinlashtirish

(gamification), immersiv texnologiyalar (virtual va kengaytirilgan haqiqat), mobil ilovalar,

raqamli portfellar kabi integrativ metodlarni ham nazarda tutish kerak. Ushbu vositalarning

ingliz tilini o‘qitishda joriy qilinishi ta’lim jarayonini faollashtiradi, o‘quvchi talabalarni

subyekt sifatida shakllantiradi va ularning o‘z

-

o‘zini anglash, ijod

iy fikrlash, tanqidiy

mulohaza yuritish, axborotni saralash, taqdim etish, tahlil qilish kabi yumshoq

ko‘nikmalarini rivojlantiradi [1].


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

3 (2025) / ISSN 2181-1415

172

Xususan, oliy ta’limda ingliz tilini o‘qitishda Moodle, Google Classroom, Edmodo,

Microsoft Teams kabi platformalar yor

damida mustaqil o‘rganish, topshiriqlarni bajarish

va fikr almashish imkoniyatlari kengaymoqda. Bu vositalar orqali talabalarga

moslashuvchan, talabaning shaxsiy ehtiyojlariga moslashtirilgan, multimodal ta’lim

muhiti yaratiladi. Masalan, mobil ilovalar (Duolingo, Quizlet, Memrise, BBC Learning

English) o‘rganilgan so‘zlarni mustahkamlash, talaffuzni yaxshilash, grammatika bo‘yicha

mini-mashqlar bajarish imkonini beradi, bu esa tilni kundalik amaliyotga yaqinlashtiradi

va o‘quv motivatsiyasini oshiradi

[2].

Innovatsion texnologiyalar yordamida tashkil etilgan o‘quv jarayonida talabalar

turli formatdagi topshiriqlar (video asosida tahlil, podkast sharhi, vebinarlar asosida

yozma mulohazalar, raqamli kollajlar yaratish, elektron forumlarda ishtirok etish) orqali

o‘z fikrlarini muloqotga moslashtirish, rasmiy va norasmiy uslublarda nutqni erkin

ifodalash, mantiqiy mulohaza yuritish va interaktiv muloqotga kirishish kabi

kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantiradi. Shu bilan birga, bu jarayon til

o‘rganishd

a tanqidiy yondashuvni, refleksiv fikrni, global ijtimoiy-kasbiy kontekstni

anglashni, o‘z shaxsiy ta’lim strategiyasini shakllantirishni ta’minlaydi

[3].

Raqamli texnologiyalar bilan boyitilgan darslarda ta’lim interaktivlik, multimodal

stimullar (video, grafik, animatsiya, testlar) orqali talabaning bir necha sezgi orqali

bilimni qabul qilishi, anglab yetishi va tahlil qilishi bilan ajralib turadi. Bu o‘z navbatida

kognitiv, emotsional va metakognitiv faoliyatlarni uyg‘unlashtiradi. Talabalar sun’iy

intellekt vositalaridan (masalan, ChatGPT, Grammarly) foydalanish orqali yozma nutqni

tahrirlash, savollarga javob izlash, g‘oyalarni boyitish, xatolarni aniqlash orqali o‘z yozma

va og‘zaki nutqini takomillashtira oladi

[4]. Virtual sinf texnologiyalari yordamida esa

chet ellik mutaxassislar bilan onlayn muloqot, til muhitiga yaqin simulyatsiyalar orqali

autentik til tajribasi hosil qilinadi, bu esa til o‘rganishni sun’iy vazifadan real

kommunikatsiyaga aylantiradi [5].

Shuningdek, innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etilgan ingliz tili

mashg‘ulotlari pandemiyadan keyingi davrda ta’limning barqarorligini ta’minlovchi,

ta’limga universal kirish imkoniyatini yaratuvchi va o‘quvchining faol, mas’ul, o‘z o‘quv

faoliyatini boshqaruvchi subyekt sifatida shaklla

nishini qo‘llab

-quvvatlovchi asosiy

mexanizmlardan biri bo‘lib qoldi. Bu esa bugungi kunda talab qilinayotgan 21

-asr

ko‘nikmalari –

moslashuvchanlik, raqamli savodxonlik, mustaqil o‘rganish, hamkorlikda

ishlash, ijodkorlik va ijtimoiy mas’uliyat kabi kompetensiyalarning ingliz tilini o‘rganish

orqali chuqurlashishini ta’minlaydi

[6].

Xulosa qilib aytganda, oliy ta’lim tizimida ingliz tilini innovatsion texnologiyalar

asosida o‘qitish an’anaviy o‘quv jarayonini individuallashtirilgan, differensial, multimoda

l

va integratsiyalashgan ta’lim muhiti asosida qayta tashkil etadi. Bu esa talabalarning til

kompetensiyalarini chuqurlashtirish, o‘z

-

o‘zini anglashi va kasbiy ehtiyojlariga mos

ko‘nikmalarni egallash imkonini kengaytiradi. Shu bois, innovatsion texnologiy

alarni

ingliz tili ta’limiga strategik asosda tatbiq etish, ularni kontekstga moslashtirish va

samarali didaktik modellar asosida qo‘llash bugungi kunda zamonaviy pedagogik

faoliyatning muhim yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

RO‘YXATI:

1.

Kukulska-Hulme, A. (2012). Language learning defined by time and place:

A framework for next generation designs. In: Mobile learning: Piloting and small scale

implementation. London: Routledge.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

3 (2025) / ISSN 2181-1415

173

2.

Godwin-Jones, R. (2015). Emerging technologies: The evolving roles of language

teachers: Trained coders, local researchers, global citizens. Language Learning &
Technology, 19(1), 10

22.

3.

Pegrum, M. (2014). Mobile learning: Languages, literacies and cultures. London:

Palgrave Macmillan.

4.

Beatty, K. (2010). Teaching and researching computer-assisted language

learning. Harlow: Longman.

5.

Hampel, R., & Stickler, U. (2012). The use of videoconferencing to support

multimodal interaction in an online language classroom. ReCALL, 24(2), 116

137.

6.

OECD (2021). 21st Century Skills and Competences for New Millennium

Learners in OECD Countries. Paris: OECD Publishing.

Библиографические ссылки

Kukulska-Hulme, A. (2012). Language learning defined by time and place: A framework for next generation designs. In: Mobile learning: Piloting and small scale implementation. London: Routledge.

Godwin-Jones, R. (2015). Emerging technologies: The evolving roles of language teachers: Trained coders, local researchers, global citizens. Language Learning & Technology, 19(1), 10–22.

Pegrum, M. (2014). Mobile learning: Languages, literacies and cultures. London: Palgrave Macmillan.

Beatty, K. (2010). Teaching and researching computer-assisted language learning. Harlow: Longman.

Hampel, R., & Stickler, U. (2012). The use of videoconferencing to support multimodal interaction in an online language classroom. ReCALL, 24(2), 116–137.

OECD (2021). 21st Century Skills and Competences for New Millennium Learners in OECD Countries. Paris: OECD Publishing.