Авторы

  • Surayyoxon Xusanova
    Студентка, Ферганский государственный университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss5/S-pp161-165

Ключевые слова:

трудовые споры правовое регулирование медиация профсоюзы инспекция труда судебная практика трудовое законодательство социальное согласие предотвращение споров опыт Узбекистана

Аннотация

В данной статье рассматриваются причины возникновения трудовых споров, правовые основы их разрешения и практические механизмы. Подробно анализируется роль государственных и негосударственных институтов в урегулировании конфликтов между субъектами трудовых отношений, в частности деятельность профсоюзов, инспекций труда и судебных органов. Также освещаются профилактические меры по предотвращению споров, процедуры достижения согласия и значение института медиации. В исследовании анализируется зарубежный опыт, выделяются актуальные проблемы трудового законодательства Узбекистана и предлагаются направления его совершенствования. Статья представляет интерес для исследователей, практиков и студентов, изучающих трудовое право.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Specific features of labor dispute resolution

Surayyokhon KHUSANOVA

1

Fergana State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2025

Received in revised form

15 May 2025

Accepted 25 May 2025

Available online

15 June 2025

This article analyzes the causes of labor disputes, the legal

framework for their resolution, and the practical mechanisms

involved. It comprehensively examines the roles of both state

and non-state institutions in resolving conflicts between the

subjects of labor relations, especially trade unions, labor

inspectorates, and judicial bodies. Preventive measures to avoid

disputes, reconciliation procedures, and the importance of the

mediation institute are also highlighted. The study includes an

analysis of international experience and identifies challenges

within Uzbekistan

s labor legislation, offering directions for

further improvement. This article may serve as a valuable

resource for researchers, practitioners, and students engaged in

labor law studies.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss5/S-pp161-165

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

labor disputes,

legal regulation,

mediation,

trade unions,

labor inspectorate,

judicial practice,

labor legislation,

social reconciliation,

dispute prevention,

Uzbekistan

s experience.

Mehnat nizolarini hal qilishning

o‘

ziga xos xususiyatlari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

mehnat nizolari,

huquqiy tartibga solish,

mediatsiya,

kasaba uyushmalari,

mehnat inspeksiyasi,

sud amaliyoti,

mehnat qonunchiligi,

ijtimoiy murosaga erishish,

nizolarni oldini olish,

O‘

zbekiston tajribasi.

Ushbu maqolada mehnat nizolarining vujudga kelish

sabablari, ularni hal etishning huquqiy asoslari va amaliy

mexanizmlari tahlil qilinadi. Mehnat munosabatlari subyektlari

o‘

rtasidagi nizolarni bartaraf etishda davlat va nodavlat

institutlarining roli, ayniqsa, kasaba uyushmalari, mehnat

inspeksiyalari hamda sud organlarining funksional faoliyati

chuqur

o‘

rganilgan. Shuningdek, mehnat nizolarini oldini olish

b

o‘

yicha profilaktik choralar, murosaga kelish tartib-taomillari,

mediatsiya institutining ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda xorijiy

mamlakatlar tajribasi tahlil qilinib,

O‘

zbekiston mehnat

qonunchiligi doirasida mavjud muammolar va taklif etilayotgan

takomillashtirish y

o‘

nalishlariga ham alohida e

tibor qaratilgan.

Mazkur maqola mehnat huquqi sohasida tadqiqot olib

borayotgan olimlar, amaliyotchilar va talabalarga nazariy va

amaliy jihatdan foydali b

o‘

lishi mumkin.

1

Student, Fergana State University. E-mail: khusanovasurayyokhan@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

162

Особенности разрешения трудовых споров

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

трудовые споры,

правовое регулирование,
медиация,

профсоюзы,

инспекция труда,

судебная практика,
трудовое

законодательство,
социальное согласие,
предотвращение споров,

опыт Узбекистана.

В

данной

статье

рассматриваются

причины

возникновения трудовых споров, правовые основы их

разрешения и практические механизмы. Подробно
анализируется роль государственных и негосударственных

институтов в урегулировании конфликтов между

субъектами

трудовых

отношений,

в

частности

деятельность профсоюзов, инспекций труда и судебных
органов. Также освещаются профилактические меры по

предотвращению споров, процедуры достижения согласия

и значение института медиации. В исследовании
анализируется зарубежный опыт, выделяются актуальные
проблемы трудового законодательства Узбекистана и

предлагаются направления его совершенствования. Статья

представляет интерес для исследователей, практиков и

студентов, изучающих трудовое право.


KIRISH

Mehnat munosabatlari har qanday jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni

ta

minlovchi muhim tizimlardan biri hisoblanadi. Ish beruvchi va xodim o

rtasidagi

huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy manfaatlar to

qnashuvi natijasida yuzaga keladigan mehnat

nizolari ushbu munosabatlarning ajralmas qismidir. Ushbu nizolarni samarali hal etish
mexanizmlarining mavjudligi nafaqat ishchi-xodimlarning huquqlarini himoya qilish,
balki barqaror ishlab chiqarish muhitini shakllantirish, ijtimoiy adolatni qaror toptirish
va ijtimoiy barqarorlikni ta

minlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy

davrda mehnat nizolarining ko

payishi, ayniqsa, xususiy sektor kengaygan sari, ushbu

masalaga huquqiy va institutsional yondashuvlarning takomillashtirilishini taqozo
qilmoqda. O

zbekiston Respublikasida mehnat nizolarini hal qilish tartibi Mehnat

kodeksi

, “

Kasaba uyushmalari to

g

risida

gi Qonun

, “

Mediatorlik faoliyati to

g

risida

gi

Qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Shu bilan birga,
mehnat nizolarini hal qilishda sud, mehnat inspeksiyasi, kasaba uyushmalari va
mediatorlar ishtirokida amalga oshiriladigan bosqichma-bosqich yondashuv amalda
qo

llanmoqda. Mazkur maqolada mehnat nizolarining kelib chiqish sabablari, ularni

huquqiy va institut

­

sional yo

l bilan bartaraf etish usullari, mavjud muammolar hamda

ularni hal etishning samarali mexanizmlari keng yoritiladi. Shuningdek, xorijiy davlatlar
tajribasi bilan solishtirgan holda O

zbekistonda qo

llanilayotgan me

yoriy-huquqiy

asoslar va amaliyotlar tahlil qilinadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Mehnat nizolarini hal qilish bo

yicha xalqaro va milliy huquqiy manbalar,

shuningdek, ilmiy adabiyotlarda mazkur masala turli yondashuvlar asosida o

rganilgan.

Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) tomonidan qabul qilingan konvensiyalar, xususan,
87-son (1948-yil

) “

Uyushmalar erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish huquqi

to

g

risida

gi va 98-son (1949-yil

) “

Tashkil qilish va jamoaviy muzokaralar olib borish

huquqi to

g

risida

gi konvensiyalar mehnat nizolarini hal qilishda asosiy normativ

tayanch hisoblanadi. O

zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi (2016-yilgi tahrir)


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

163

mehnat nizolarining turlari, hal etish bosqichlari va vakolatli organlar faoliyatini belgilab
beradi. Shuningdek

, “

Mediatorlik faoliyati to

g

risida

gi Qonun (2018-yil) nizolarni

sudgacha bosqichda hal etish imkoniyatlarini kengaytirdi. Mahalliy va xorijiy olimlar,
xususan, A. Xasanov, Z. Bobonazarova, A. Saidov, T. Safarov, shuningdek, Rossiya, AQSh va
Yevropa mamlakatlari huquqshunoslari tomonidan mehnat nizolari sotsial-huquqiy
jarayon sifatida chuqur tadqiq etilgan. Ularning ishlarida murosaga kelish usullari,
nizolar profilaktikasi, ijtimoiy sheriklik mexanizmlari kabi jihatlar tahlil qilingan. Mazkur
maqola ushbu ilmiy manbalar asosida, mavjud yondashuvlarni sintez qilgan holda
yozilgan. Ushbu tadqiqotda kompleks yondashuv asosida bir nechta ilmiy-uslubiy
metodlar q

o‘

llanildi: Tahliliy-metodik usul

mavjud normativ-huquqiy hujjatlar, xalqaro

konvensiyalar va amaldagi qonunchilik bazasi

o‘

rganilib, ularning mehnat nizolarini

hal qilishdagi samaradorligi tahlil qilindi. Taqqoslama-huquqiy usul

O‘

zbekiston

qonunchiligi boshqa davlatlar tajribasi bilan solishtirilib, institutlararo farqlar va

o‘

xshashliklar aniqlashtirildi. Empirik usul

sud amaliyoti, mehnat inspeksiyalari

faoliyati va mediatorlar ishtirokidagi holatlar statistik ma

lumotlar asosida baholandi.

Sistemali yondashuv

mehnat nizolarining vujudga kelishidan tortib ularni hal

qilishgacha b

o‘

lgan bosqichlar uzviy tizim sifatida

o‘

rganildi. Mantiqiy tahlil usuli

normativ normalarning

o‘

zaro bo

g‘

liqligi, amaliy mexanizmlarning samaradorligi tahlil

qilinib, ilmiy xulosalar chiqarildi. Mazkur metodlar yordamida mehnat nizolarining
huquqiy va institutsional jihatlari t

o‘

liq yoritildi hamda takomillashtirish b

o‘

yicha amaliy

tavsiyalar ishlab chiqildi.

NATIJALAR

Tadqiqot davomida olib borilgan tahlillar va solishtirma yondashuvlar asosida

quyidagi asosiy ilmiy-amaliy natijalarga erishildi: Mehnat nizolarining asosiy sabablari ish

haqi bo‘yic

ha kelishmovchiliklar, ish sharoitlarining qonunchilik talablariga javob

bermasligi, ishdan bo‘shatishdagi tartib buzilishi, mehnat shartnomalarining noto‘g‘ri

tuzilishi va ijrosiga rioya qilinmasligi bilan bog‘liq ekani aniqlandi. Bu holat ish

beruvchilarning huquqiy madaniyati pastligi va nazorat tizimlarining samarasizligi bilan

chambarchas bog‘liq. Mehnat nizolarini hal qilishda mavjud institutlarning (sudlar, mehnat

inspeksiyalari, kasaba uyushmalari) samaradorligi turlicha bo‘lib, amaliyotda ularning

o‘zaro hamkorligi yetarlicha muvofiqlashtirilmaganligi sababli nizolar ko‘pincha sudgacha

yetkazilmoqda. Bu esa vaqt va mablag‘ jihatdan salbiy oqibatlarga olib kelmoqda.

Mediatorlik tizimi va murosaga kelish tartib-

taomillari hali to‘liq shakllanmagan. Ah

olining

ushbu institutga nisbatan huquqiy ong va ishonchi past bo‘lib, mediatorlar faoliyati

to‘g‘risida yetarli axborotga ega emasligi aniqlangan. Bunda mediatsiya institutini targ‘ib

qilish va uning huquqiy asoslarini takomillashtirish zarurligi ko‘rsati

ldi. Xalqaro tajriba

tahlili shuni ko‘rsatdiki, rivojlangan davlatlarda (masalan, Germaniya, Yaponiya, Kanada)

mehnat nizolarini hal qilishda jamoaviy muzokaralar, uch tomonlama ijtimoiy hamkorlik

va oldini olishga yo‘naltirilgan strategiyalar samarali ishlaydi. Bu tajribalarni O‘zbekiston

sharoitida moslashtirish orqali mehnat nizolarining oldini olish va hal etish

samaradorligini oshirish mumkin. Statistik tahlillar asosida aniqlanishicha, mehnat nizolari

bo‘yicha murojaatlarning ko‘pchiligi kichik va o‘rta biznes subyektlari ulushiga to‘g‘ri

kelmoqda. Bu esa aynan ushbu sohada nazoratni kuchaytirish va ish beruvchilarning

huquqiy bilimlarini oshirish zarurligini ko‘rsatadi. Umuman olganda, mehnat nizolarini hal

qilishda tizimli, kompleks va huquqiy ongga asoslangan yondashuvlarni shakllantirish,

mavjud institutlar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish, profilaktik mexanizmlarni

rivojlantirish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

164

TAKLIFLAR

Mehnat nizolarini hal qilish tizimini yanada takomillashtirish, ularning oldini olish

va samarali boshqarish maqsadida quyidagi amaliy va normativ-huquqiy takliflar ishlab
chiqildi. Mehnat qonunchiligini takomillashtirish zarurati. Amaldagi Mehnat kodeksi va
unga oid normativ-huquqiy hujjatlarni zamonaviy ishbilarmonlik muhitiga moslashtirish,
xususan, onlayn mehnat munosabatlari, masofaviy ish va vaqtincha mehnat
shartnomalariga oid normalarni yanada aniqlashtirish lozim. Bu mehnat nizolarining
oldini olishda huquqiy aniqlik va barqarorlikni ta

minlaydi. Mediatorlik institutini

rivojlantirish. Mediatsiya mexanizmlarini tar

g‘

ib qilish, mediatorlar malakasini oshirish

va ularning faoliyatini ra

g‘

batlantirish tizimini yaratish muhim. Aholi va ish beruvchilar

o‘

rtasida mediatsiya b

o‘

yicha huquqiy savodxonlikni oshirish maqsadida tar

g‘

ibot va

tushuntirish ishlari keng k

o‘

lamda olib borilishi kerak. Mehnat nizolarini hal etishda

institutsional hamkorlikni kuchaytirish. Kasaba uyushmalari, mehnat inspeksiyalari, sud
organlari va boshqa vakolatli idoralar

o‘

rtasida uzviy axborot almashinuvi va hamkorlik

mexanizmlarini ishlab chiqish, ularni yagona axborot tizimiga birlashtirish orqali
nizolarni hal qilishda tezkorlik va aniqlik oshiriladi. Profilaktik choralarni kuchaytirish.
Ish joylarida nizolarni oldindan aniqlash va bartaraf etish b

o‘

yicha ichki mehnat

nizolarini boshqarish b

o‘

limlari tashkil etilishi, ishchi-xodimlar va ish beruvchilar

o‘

rtasida muntazam ravishda jamoaviy muzokaralar

o‘

tkazilishi tavsiya etiladi. Bu

ijtimoiy dialogni mustahkamlashga xizmat qiladi. Kichik biznes subyektlari uchun
maxsus dasturlar joriy etish. Aynan kichik va

o‘

rta biznes sohasida mehnat nizolari k

o‘

p

uchrayotgani bois, bu sohaga qaratilgan maxsus

o‘

quv dasturlari, maslahat markazlari va

elektron axborot platformalarini yaratish orqali qonuniylikni mustahkamlash mumkin.
Ilmiy tadqiqotlar va monitoring tizimini y

o‘

lga q

o‘

yish. Mehnat nizolari holati b

o‘

yicha

muntazam monitoring olib borish, statistik va analitik ma

lumotlar bazasini yaratish,

bu sohada ilmiy tadqiqotlarni q

o‘

llab-quvvatlash orqali tizimni yanada chuqur

o‘

rganish

va asosli islohotlar kiritish imkoniyati yaratiladi. Ushbu takliflar mehnat nizolarini hal
qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish, ishchi va ish beruvchilar manfaatlarini
muvozanatli himoya qilish, ijtimoiy adolat va barqarorlikni ta

minlashda muhim amaliy

ahamiyat kasb etadi.

XULOSA

Yuqoridagi ilmiy tadqiqot natijalari shuni k

o‘

rsatadiki, mehnat nizolari nafaqat

ishchi-xodimlar va ish beruvchilar

o‘

rtasidagi kelishmovchiliklar sifatida, balki ijtimoiy-

iqtisodiy barqarorlikka ta

sir etuvchi muhim omillardan biri sifatida ham k

o‘

rilishi zarur.

O‘

zbekiston Respublikasida mehnat nizolarini hal qilish borasida muayyan huquqiy

asoslar mavjud b

o‘

lsa-da, amaliyotda bu jarayon bir qator muammolar bilan

kechayotgani

aniqlangan.

Xususan,

nizolarni

oldini

olishga

y

o‘

naltirilgan

mexanizmlarning zaifligi, profilaktik ishlarning yetarli darajada tashkil etilmagani,
mediatsiya tizimining t

o‘

liq shakllanmaganligi, institutsional hamkorlikning sustligi va

mehnat munosabatlari ishtirokchilarining huquqiy savodxonligi yetarli emasligi shular
jumlasidandir. Shuningdek, xalqaro tajribalar tahlili mehnat nizolarini hal qilishda
jamoaviy muzokaralar, ijtimoiy sheriklik va murosaga asoslangan yondashuvlarning
yuqori samaradorlikka ega ekanini k

o‘

rsatdi. Bu esa respublikamizda mavjud tizimni

isloh qilish va takomillashtirishda zarur metodologik asos b

o‘

lib xizmat qilishi mumkin.

Shu boisdan, mehnat nizolarini hal etishda huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish,
institutsional imkoniyatlarni kengaytirish, mediatorlik va profilaktik yondashuvlarni


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

165

kuchaytirish, hamda barcha ishtirokchilarning huquqiy madaniyatini oshirish ustuvor
vazifalardan biri sifatida qaralishi kerak. Bu orqali nafaqat mehnat munosabatlari
barqarorligini ta

minlash, balki inson huquqlari va manfaatlarini himoya qilishga

qaratilgan samarali tizim shakllantiriladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI

:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi. –

Toshkent: Adolat nashriyoti, 2023.

2.

“Mediatorlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. –

Qonun hujjatlari

ma’lumotlari milliy bazasi, 2020

-

yil, №03/20/582/0052.

3.

Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat –

yengilmas kuch.

Toshkent: Ma’naviyat, 2008.

4.

Normurodov S., Xolboyev N. Mehnat huquqi.

Toshkent: TDYU nashriyoti, 2022.

5.

Jo‘rayev R., Allaberganova Z. Mehnat munosabatlarida nizolar: nazariya va

amaliyot.

Toshkent: Yangi asr avlodi, 2021.

6.

International Labour Organization (ILO). Guidelines on dispute prevention and

resolution.

Geneva: ILO Publications, 2019.

7.

Abdullayeva N. Mediatsiya: huquqiy asoslar va ijtimoiy amaliyot.

Toshkent:

Huquq, 2020.

8.

Axmedova M.T. Ijtimoiy sheriklik va mehnat nizolarining yechimi.

Ilmiy

maqolalar to‘plami, TDYU, 2021.

9.

OECD. Employment Outlook 2022: Building Back More Inclusive Labour

Markets.

Paris: OECD Publishing, 2022.

10.

Rasulov B.E. Mehnat nizolarini hal qilishning zamonaviy usullari.

“Huquq va

jamiyat” jurnali, 2023, №4 (112), 56–

61-betlar.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi. – Toshkent: Adolat nashriyoti, 2023.

“Mediatorlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. – Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2020-yil, №03/20/582/0052.

Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008.

Normurodov S., Xolboyev N. Mehnat huquqi. – Toshkent: TDYU nashriyoti, 2022.

Jo‘rayev R., Allaberganova Z. Mehnat munosabatlarida nizolar: nazariya va amaliyot. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2021.

International Labour Organization (ILO). Guidelines on dispute prevention and resolution. – Geneva: ILO Publications, 2019.

Abdullayeva N. Mediatsiya: huquqiy asoslar va ijtimoiy amaliyot. – Toshkent: Huquq, 2020.

Axmedova M.T. Ijtimoiy sheriklik va mehnat nizolarining yechimi. – Ilmiy maqolalar to‘plami, TDYU, 2021.

OECD. Employment Outlook 2022: Building Back More Inclusive Labour Markets. – Paris: OECD Publishing, 2022.

Rasulov B.E. Mehnat nizolarini hal qilishning zamonaviy usullari. – “Huquq va jamiyat” jurnali, 2023, №4 (112), 56–61-betlar.