Авторы

  • Турсунбой Дадажонов
    Преподаватель, University of Business and Science

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss5/S-pp497-501

Ключевые слова:

Кокандское ханство административное устройство территориальное деление области округа административная система беки хокимы управление ханством политическое устройство структура населения этнические группы кочевые народы оседлое население

Аннотация

В данной статье рассматривается административно-территориальное устройство Кокандского ханства, его политико-административная система, а также численность, состав и этническое разнообразие населения, проживающего на территории ханства. В работе на основе исторических источников анализируются области, округа, входящие в состав ханства, и их формы правления. Население также делится на кочевые и оседлые группы и рассматривается в контексте их хозяйственной деятельности и социальной структуры.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The administrative-territorial structure of the Kokand
Khanate and the social classification of its population

Tursunboy DADAJONOV

1


University of Business and Science

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2025

Received in revised form

15 May 2025
Accepted 25 May 2025

Available online

15 June 2025

This article examines the administrative-territorial structure

of the Kokand Khanate, its political and governance system, as

well as the population size, composition, and ethnic diversity

within the khanate's territory. The work analyzes the provinces

and districts belonging to the khanate and their forms of
governance based on historical sources. Additionally, the

population is categorized into nomadic and settled groups,

which are explored in the context of their economic activities

and social structure.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss5/S-pp497-501

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

Kokand Khanate,

administrative structure,
territorial division,

regions,

districts,

administrative system,

beks,

khokims,

khanate administration,
political structure,
population structure,

ethnic groups,

nomadic peoples.

Qo‘qon xonligining ma’muriy

-hududiy tuzilishi va xonlik

aholisining ijtimoiy tasnifi

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

Qo‘qon xonligi,

ma’muriy tuzilma,

hududiy bo‘linish,

viloyatlar,

tumanlar,

boshqaruv tizimi,

beklar,

hokimlar,

xonlik boshqaruvi,

Mazkur maqolada Qo‘qon xonligining ma’muriy

-hududiy

tuzilishi, uning siyosiy va boshqaruv tizimi, shuningdek, xonlik

hududida yashagan aholi soni, tarkibi va etnik xilma-xilligi

haqida so‘z yuritiladi. Asarda xonlikka qarashli viloyatlar,

tumanlar va ularning boshqaruv shakllari tarixiy manbalar

asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, aholi ko‘chmanchi va

joylashgan guruhlarga bo‘linib, ularning xo‘jalik faoliyati va

ijtimoiy tuzilishi kontekstida ko‘rib chiqiladi.

1

Teacher, University of Business and Science.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

498

siyosiy tuzilma,

aholining tarkibi,

etnik guruhlar,

ko‘chmanchi xalqlar,

joylashgan aholilar.

Административно

-

территориальное устройство Кокандского

ханства и социальная классификация его населения

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Кокандское ханство,
административное
устройство,

территориальное деление,
области,

округа,

административная
система,

беки,

хокимы,

управление ханством,
политическое устройство,
структура населения,

этнические группы,
кочевые народы,

оседлое население.

В данной статье рассматривается административно

-

территориальное

устройство

Кокандского

ханства,

его политико

-

административная система, а также

численность, состав и этническое разнообразие населения,

проживающего на территории ханства. В работе на основе

исторических источников анализируются области, округа,

входящие в состав ханства, и их формы правления.

Население также делится на кочевые и оседлые группы и
рассматривается

в

контексте

их

хозяйственной

деятельности и социальной структуры.

O‘zbekistonning tarixiy merosi va madaniy boyliklari davlatimizning mustahkam

asoslaridan biridir. Prezidentimiz

Shavkat Mirziyoyev

o‘zining ko‘plab nutqlarida,

“Tariximizni bilish, milliy merosimizni asrash va rivojlantirish –

bizning kelajagimizni

mustahkamlashda muhim omildir”, deb ta’kidlagan. Ushbu fikr nafaqat xalqimizning
buyuk tarixini o‘rganish, balki o‘tmishda yuzaga kelgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy
tizimlarni tahlil qilish orqali bugungi kunni rivojlantirishga yo‘l ochadi. Shunday qilib,
Qo‘qon xonligi tarixini o‘rganish, bu davrda shakllangan ma’muriy

-hududiy tuzilma va

aholining jamiyat

dagi o‘rni to‘g‘risida chuqur ilmiy tahlillar olib borish, bugungi kunimiz

uchun ham o‘ta muhim ahamiyatga ega [1,28

-

29]. Qo‘qon xonligi Markaziy Osiyo

tarixining muhim davrlaridan biri bo‘lib, o‘zining siyosiy va ma’muriy tizimi, ijtimoiy

-

iqtisodiy strukt

uralari bilan ajralib turadi. Rashidovning ta’kidlashicha, “Qo‘qon xonligi

ma’muriy boshqaruvi har bir hududda milliy birlikni ta’minlab, xalqni birlashtirgan”

[1,39-42]. Bu xonlikda hududiy boshqaruvning qanday tashkil etilishi, uning aholi bilan

bo‘lgan aloqalari va ijtimoiy tuzilma bilan bog‘liq masalalar, ilmiy jihatdan o‘rganilishi
lozim bo‘lgan dolzarb masalalardandir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘zining bir
qancha nutqlarida: “Bizning maqsadimiz –

o‘z tariximizni o‘rganib, bugungi zamon

talabla

riga mos ravishda taraqqiyot sari intilishdir”, deb aytgan.

Qo‘qon xonligi tarixi va uning ma’muriy

-

hududiy tuzilmasini o‘rganish, nafaqat

tarixiy ma’lumotlarni yodda saqlash, balki davlat qurilishi jarayonini chuqurroq
tushunishga yordam beradi. Qo‘qon xonligi davri, hududiy bo‘linishlar, ijtimoiy va siyosiy
tuzilmalar, aholining ma’muriy boshqaruv tizimidagi o‘rni haqida gapirganda, bu
xonlikning o‘rni Markaziy Osiyo tarixidagi muhim o‘zgartirishlarni anglatadi.
Bobojonovning aytishicha, “Qo‘qon xonligi davlati o‘zining hududiy bo‘linishi va aholi


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

499

tuzilmasi orqali barqaror iqtisodiy va ijtimoiy tizimni yaratishga erishgan”. Ushbu
maqolada, aynan shu masalalar, ya’ni Qo‘qon xonligining hududiy tizimi va aholisining
ma’muriy boshqaruvi batafsil yoritiladi.

XVIII asr oxirlarida xonlikning hududi faqat

Farg‘ona vodiysidan iborat bo‘lib, bu davrda Norbo‘tabiy vodiydagi barcha beklik va
viloyatlarni o‘z itoatiga kirgizib, ularni Qo‘qonga bo‘ysundirdi. Uning davrida Andijon va
Marg‘ilon viloyatlari vodiydagi eng

katta mulklar edi. Olimxon davrida xonlik hududlari

Toshkent va uning atrofidagi yerlar hisobidan ancha kengaydi. Tarixiy manbalarda
Toshkent mulki

viloyat, shahar, Toshkent va Dashti Qipchoq viloyati nomlari bilan tilga

olinadi. Uning hududlariga Ohanga

ron, Chinoz, Toshkent atrofi, Sirdaryo bo‘ylaridagi

Turkiston shahri va uning atroflari kirgan. Bu mulkning hokimlari manba va hujjatlarda

hokim, hukmdor, voliy, noib atamalari bilan tilga olinadi. Umarxon davrida Xo‘jand,
O‘ratepa va Jizzax atrofidagi yer

larga ham ketma-ket yurishlar qilinib, 1817-yilda

O‘ratepa bosib olinadi.

Muhammadalixon davrida xonlikning hududlari yanada kengayadi [2,98-99]. Bu

davrda xonlik shimolda Rossiyaga qarashli Tashqi Sibir okrugi bilan, g‘arbda Xiva va

Buxoro amirligi bilan, janubda Qorategin, Darvoz va undan uzoqroqdagi yerlar

Shug‘non, Ro‘shon va Vaxon (bu hudud Qo‘qonga nomiga qaram bo‘lgan) Ko‘lob bilan,
sharqda Qashg‘ar bilan chegaralangan [3,105

-107]. Xonlik yerlariga Sirdaryo bilan

Qorategin O‘rtasida joylashgan Farg‘ona hududlari, Sirdaryoning o‘ng qirg‘og‘ida
joylashgan Namangan, Xo‘jand va boshqa shaharlar, Buxoro amirligi va Qo‘qon xonligi
o‘rtasida joylashgan Qurama viloyati, Turkiston, Sirdaryoning quyi oqimidagi to Balxash
ko‘ligacha bo‘lgan qirg‘izlar yashaydigan yerlar, ko‘chmanchi qirg‘izlar yashaydigan
Billur tog‘ining sharqiy etaklari, 1830 yildan boshlab g‘arbiy etaklari ham kirgan. XIX asr
manbalarida Qo‘qon xonligi

beklik

, ba’zan

viloyat va sarkorlik sifatida tilga olingan

ma’muriy –

hududiy qismlarga b

o‘lingan hamda ularni xon tomonidan tayinlanadigan

beklar, hokimlar va sarkorlar boshqargan.

Ayrim manbalar (A. Kun) Qo‘qon xonligidagi 15 ta beklikning nomini keltiradi.

Bular: Qo‘qon va uning atrofi, Marg‘ilon, Shahrixon, Andijon, Namangan, So‘x, Mahram

,

Buloqboshi, Aravon, Baliqchi, Chortoq, Navkat, Koson, Chust va Bobo darhon.

“Turkestanskiye vedomosti” (1876, №13) to‘plamida esa Asaka, Marg‘ilon, Baliqchi O‘sh,
So‘x, Koson va O‘zgan sarkorlik sifatida ham tilga olinadi. Hokimlar va hududiy bo‘linma

bo

shliqlari xon oilasi a’zolari, unga yaqin guruhlar, yuqori tabaqa vakillari hamda

yetakchi qabilalar sardorlari orasidan tayinlangan. Misol uchun, Xudoyorxon davrida

yettita beklik xonning o‘g‘illari va yaqin qarindoshlari tomonidan boshqarilgan. O‘z

navba

tida, hokimlar viloyat hududlarini o‘zlarining farzandlari va qarindoshlariga bo‘lib

berganlar. Qo‘qon xonligining ma’muriy

-hududiy boshqaruv tizimida bek (hokim, voliy)

va uning o‘rdasi alohida o‘rin egallagan. Xon tomonidan tayinlangan

hokim va qozi

ko‘plab vakolatlarga ega bo‘lgan. Bek o‘rdasida ham xon saroyidagidek yuzlab amal va
unvonlar joriy etilgan bo‘lib, ular mahalliy aholidan yig‘iladigan soliq hamda to‘lovlar

hisobidan kun kechirishgan [4,124-

126]. Beklar xonning itoatkor vassallari bo‘lib,

mam

lakatni idora etishida uni qo‘llab

-

quvvatlashlari, zarur bo‘lganda unga yordam

berishlari, uning hurmat-

izzatini joyiga qo‘yishlari, kerakli vaqtda o‘z qo‘shinlari bilan

harbiy yurishlarda ishtirok etishlari va sovg‘a

-

salomlar yuborib turishlari lozim bo‘l

gan.

Qo‘qon xonligida Qo‘qon, Toshkent, Andijon, Namangan, Marg‘ilon, Chimkent, Jizzax, O‘sh,
Xo‘jand, O‘ratepa kabi aholisining soni jihatidan katta, hunarmandchilik va savdo

rivojlangan, mamlakat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotida muhim ahamiyatga


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

500

ega bo‘lgan o‘nlab shaharlar mavjud bo‘lgan. Xonlikning poytaxti Qo‘qon shahri bo‘lib,

u mamlakatning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy markazi edi [4,137-139]. XIX asrda

xonlikning chegara hududlarini bir necha qal’a va istehkomlar muhofaza qil

gan.

Ular jumlasiga Oqmasjid, Avliyoota, Pishpak, To‘qmoq, Qurtka, Niyozbek, Mahram

kabilarni kiritish mumkin. Chu vodiysi bo‘ylab bunyod etilgan istehkomlar esa nafaqat

chegara muhofazasi uchun, balki ularning atrofidagi shahar va qishloqlarni itoatda
us

hlab turish uchun ham xizmat qilgan. Ushbu shahar va qal’alarda harbiy qism hamda

ularga boshliq bo‘lgan botirboshilar bo‘lgan. Mudofaa maqsadlari uchun qurol va

aslahalar saqlangan. Xonlik tarkibiga kiruvchi hududlar aholisining joylashuvi va
turmush tarzi bir-

biridan farq qilgan. Toshkent vohasi va Farg‘ona vodiysining sug‘orilib

dehqonchilik qilinadigan qismi aholi joylashuvi jihatidan zich bo‘lib, ular o‘troq hayot
kechirganlar. Sahro, tog‘ va tog‘ oldi tekisliklaridan iborat hududlarda ko‘chmanchi va

y

arim ko‘chmanchi aholi yashagan. Xonlikdagi aholi soni haqida manbalar turli

ma’lumotlar beradilar. Mazkur ma’lumotlarga ko‘ra, XIX asrning boshlarida xonlikda
(Toshkent va Turkistonni ham qo‘shib hisoblaganda) aholi soni 1 million, XIX asrning
o‘rtalarida

1,5-

2 million, XIX asrning ikkinchi yarmida 3 million kishi bo‘lgan bo‘lsa,

Rossiya imperiyasi tomonidan ko‘plab hududlarning bosib olinishi hamda ularning
bosqinchilar ma’muriyati tarkibiga kirishi natijasida xonlik tasarrufidagi Farg‘ona

vodiysida 2 mil

lionga yaqin aholi qolgani taxmin qilinadi. Aholi tarkibida o‘troq aholi

ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholiga nisbatan ko‘pchilikni tashkil etgan [5,57

-59].

XIX asr boshlarida aholining 40 foizdan ortig‘i ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi bo‘lsa,

shu as

rning oxiriga kelib ular 15 foizni tashkil etgan. Xo‘jalik mashg‘ulotlariga ko‘ra,

o‘troq aholining asosiy qismi dehqonchilik, hunarmandchilik, kosiblik hamda savdo

-sotiq

bilan band bo‘lsa, ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholi chorvachilik bilan
shug‘ull

angan.

Qo‘qon xonligi aholisining ko‘pchiligi o‘zbeklar bo‘lib, mamlakat shahar va

qishloqlarida tojiklar ham yashagan. Xonlikda yana qirg‘izlar va qipchoqlar ham

istiqomat qilganlar [5-120-123]. Ular Sirdaryoning boshlanish joylaridan Balxash

ko‘ligacha bo‘lgan tog‘li rayonlardan to Qashg‘ar chegarasigacha bo‘lgan yerlarda,
Yettisuv, Talas vodiysi, Oloy tog‘lari, Badaxshon, Farg‘ona vodiysi hududlarida
ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi hayot kechirishgan [6,45

-51]. Bundan tashqari,

Farg‘ona vodiysida qoraq

alpoqlar, Toshkent atroflarida qozoqlar, xonlikning sharqiy

qismida, Qo‘qon xonligini Buxoro va Rossiyadan ajratib turadigan cho‘llarda ko‘chmanchi
qozoqlar yashaganlar. Manbalarning ma’lumotlariga ko‘ra, XIX asrning boshlarida
qirg‘izlar, qalmoqlar, uyg‘u

rlar, qoraqalpoq, qozoq va qipchoqlar Xitoy hukumati tazyiqi

ostida Sharqiy Turkistondan Farg‘ona vodiysigacha ko‘chib kelishga majbur bo‘lganlar.
Shuningdek, xonlikning ayrim shaharlarida lo‘lilar, hindlar, afg‘onlar, arablar va boshqa

Osiyo xalqlari istiqomat qilganlar [7,67-69]. Turkiston general-gubernatorligi tashkil

topganidan so‘ng yahudiylar, armanlar va boshqa millat vakillari ham yashaganlar.

Qo‘qon xonligi tarixida ma’muriy

-hududiy tuzilmaning shakllanishi va rivojlanishi davlat

boshqaruvi samaradorligini oshirish, ichki siyosiy barqarorlikni ta’minlash va iqtisodiy
resurslardan oqilona foydalanish yo‘lida muhim omil bo‘lib xizmat qilgan.

Xonlik hududi beklik va tumanlarga bo‘lingan bo‘lib, bu birliklar orqali markaziy

hokimiyatn

ing siyosiy va iqtisodiy ta’siri butun xonlik bo‘ylab yoyilgan [8,97

-98]. Har bir

beklik o‘ziga xos boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan va mahalliy boshqaruvchilarning
faoliyati qat’iy nazorat ostida bo‘lgan. Aholi tarkibining etnik va ijtimoiy jihatdan xilma

-


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

501

x

il bo‘lishi xonlik ichida murakkab, ammo uyg‘un jamiyat shakllanishiga imkon yaratgan.

Ko‘chmanchi va joylashgan aholining hamkorligi, shahar va qishloq ahlining o‘zaro

iqtisodiy aloqalari xonlikning ijtimoiy-

iqtisodiy barqarorligini ta’minlagan. Ayniqsa,

qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilik va savdo

-sotiq faoliyati aholining asosiy tirikchilik

manbai bo‘lib, bu sohalar ma’muriy boshqaruv orqali nazorat etilgan. Umuman olganda,
Qo‘qon xonligi o‘ziga xos ma’muriy

-

hududiy modeli va ijtimoiy tuzilmasi bilan o‘z

davrining taraqqiy etgan davlatlaridan biri bo‘lgan. Mazkur tarixiy tajriba hozirgi
O‘zbekiston hududida shakllangan davlat boshqaruvi va aholi siyosati tarixini
o‘rganishda muhim ilmiy manba sifatida ahamiyatga ega [10, 99

-114].


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

RO‘YXATI:

1.

Abdurahmonov A.

(2006).

O‘zbekiston tarixidan saboqlar

.

Toshkent:

O‘qituvchi.

2.

Bobojonov O.

(2012).

Qo‘qon xonligi davlatchiligi tarixi

.

Toshkent: Fan.

3.

Karimov A.

(2010).

O‘zbekistonning ma’muriy

-hududiy rivojlanish tarixi

.

Samarqand: SamDU nashriyoti.

4.

Mamatov M.

(2015).

Markaziy Osiyo xalqlari tarixi

.

Toshkent: Yangi asr avlodi.

5.

Nabiev, N.

(2008).

Qo‘qon xonligi: Ijtimoiy

-iqtisodiy tuzilma

.

Farg‘ona: FDU

nashriyoti.

6.

Rashidov Sh.

(2016).

Qo‘qon xonligi ma’muriy boshqaruvi

.

Andijon: Adabiyot.

7.

Sodiqov A.

(2013).

Markaziy Osiyoda ko‘chmanchi xalqlar va ularning

jamiyatdagi o‘rni

.

Toshkent: Sharq.

8.

Tursunov B.

(2011).

Xonliklar davrida boshqaruv tizimi

.

Toshkent: Ma’naviyat.

9.

Yusupova G.

(2020).

Qo‘qon xonligining demografik

manzarasi

.

Namangan: Ilm ziyo.

10.

Ziyayev H.

(2004).

O‘zbekistonning qadimiy davlat tuzilmalarida aholi va

boshqaruv

.

Buxoro: Nurli zamin.

11.

O‘zbekiston Respublikasi Tarix instituti rasmiysi

https://www.history.uz

Библиографические ссылки

Abdurahmonov A. (2006). O‘zbekiston tarixidan saboqlar. – Toshkent: O‘qituvchi.

Bobojonov O. (2012). Qo‘qon xonligi davlatchiligi tarixi. – Toshkent: Fan.

Karimov A. (2010). O‘zbekistonning ma’muriy-hududiy rivojlanish tarixi. – Samarqand: SamDU nashriyoti.

Mamatov M. (2015). Markaziy Osiyo xalqlari tarixi. – Toshkent: Yangi asr avlodi.

Nabiev, N. (2008). Qo‘qon xonligi: Ijtimoiy-iqtisodiy tuzilma. – Farg‘ona: FDU nashriyoti.

Rashidov Sh. (2016). Qo‘qon xonligi ma’muriy boshqaruvi. – Andijon: Adabiyot.

Sodiqov A. (2013). Markaziy Osiyoda ko‘chmanchi xalqlar va ularning jamiyatdagi o‘rni. – Toshkent: Sharq.

Tursunov B. (2011). Xonliklar davrida boshqaruv tizimi. – Toshkent: Ma’naviyat.

Yusupova G. (2020). Qo‘qon xonligining demografik manzarasi. – Namangan: Ilm ziyo.

Ziyayev H. (2004). O‘zbekistonning qadimiy davlat tuzilmalarida aholi va boshqaruv. – Buxoro: Nurli zamin.

O‘zbekiston Respublikasi Tarix instituti rasmiysi https://www.history.uz