Авторы

  • Фарангиз Рахимова
    Докторант, Самаркандский государственный институт иностранных языков

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss5/S-pp571-575

Ключевые слова:

CLIL эклектический подход английский язык компетенция чтения студенты-медики профессиональный английский интегрированное обучение

Аннотация

В данной статье теоретически обоснована сущность методики CLIL (Content and Language Integrated Learning – интегрированное обучение содержанию и языку) и её роль в формировании компетенции чтения на английском языке у студентов медицинского направления. Автор освещает эффективность применения эклектического подхода (то есть интеграции различных методов обучения) в рамках CLIL для развития у студентов способности понимать профессиональные тексты, анализировать их и применять полученные знания на практике.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Developing English reading competence among medical
students through an eclectic approach within the CLIL
methodology

Farangiz RAKHIMOVA

1

Samarkand State Institute of Foreign Languages

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2025
Received in revised form

15 May 2025

Accepted 25 May 2025

Available online

15 June 2025

This article theoretically substantiates the essence of the

CLIL methodology (Content and Language Integrated Learning)

and its role in the formation of English reading competence
among medical students. The author explores the effectiveness

of employing an eclectic approach (i.e., the integration of

various teaching methods) within the CLIL framework in

developing students’ ability to comprehend, analyze, and apply

professional texts in practice.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss5/S-pp571-575

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

CLIL,

eclectic approach,

English language,

reading competence,
medical students,
professional English,

integrated learning.

CLIL metodikasida eklektik yondashuv orqali tibbiyot

talabalarining ingliz tilida o‘qish kompetensiyasini

rivojlantirish

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

CLIL,

eklektik yondashuv,

ingliz tili,

o‘qish kompetensiyasi,

tibbiyot talabalari,

kasbiy ingliz tili,

integratsiyalashgan ta’lim.

Mazkur maqolada CLIL (Content and Language Integrated

Learning

mazmun va tilni integratsiyalashgan holda o‘qitish)

metodikasining mohiyati va uning tibbiyot yo‘nalishidagi
talabalarning

ingliz

tilida

o‘qish

kompetensiyasini

shakllantirishdagi o‘rni nazariy jiha

tdan asoslab berilgan.

Muallif CLIL yondashuvi doirasida eklektik metodlarning (ya’ni

turli ta’lim metodlarini uyg‘unlashtirish) qo‘llanishi orqali
o‘quvchilarning kasbiy matnlarni tushunish, tahlil qilish va

ularni amaliyotga tatbiq eta olish kompetensiyasini

rivojlantirishda qanday samaradorlikka erishish mumkinligini

yoritadi.

1

PhD student, Samarkand State Institute of Foreign Languages.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

572

Развитие компетенции чтения на английском языке

у студентов

-

медиков через эклектический подход

в рамках методики CLIL

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

CLIL,

эклектический подход,

английский язык,
компетенция чтения,
студенты

-

медики,

профессиональный

английский,
интегрированное
обучение.

В данной статье теоретически обоснована сущность

методики CLIL (Content and Language Integrated Learning –

интегрированное обучение содержанию и языку) и её роль

в формировании компетенции чтения на английском
языке у студентов медицинского направления. Автор

освещает эффективность применения эклектического

подхода (то есть интеграции различных методов обучения)
в рамках CLIL для развития у студентов способности
понимать профессиональные тексты, анализировать их и

применять полученные знания на практике.


KIRISH

XXI asrda ingliz tilining global tilda muomala va ilmiy tafakkur vositasiga aylanishi,

ayniqsa, tibbiyot sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun yuqori darajadagi
lingvistik savodxonlikni taqozo etmoqda. Shu bilan birga, ingliz tilini o

rganish jarayoni

faqat grammatik qoidalarni o

zlashtirish bilan cheklanmaydi, balki kasbiy kontekstda

tahlil, tushunish va qo

llash ko

nikmalarini rivojlantirishni talab etadi. Shu nuqtai

nazardan, CLIL metodikasi

tilni kasbiy mazmun bilan integratsiyalashgan holda

o‘rgatish tizimi –

dolzarb yondashuv hisoblanadi. CLIL yondashuvining muvaffaqiyati esa,

o‘z navbatida,

didaktik yondashuvlarning uyg‘unlashtirilgan –

ya’ni eklektik shakllarini

o‘zida mujassam etish bilan bog‘liqdir.

METODOLOGIYASI

CLIL (Content and Language Integrated Learning) yondashuvi til va fan mazmunini

integratsiyalashgan holda o‘qitishni

nazarda tutadi. Do Coyle tomonidan taklif etilgan

CLIL modeli to‘rtta asosiy komponentdan iborat bo‘lib, ular bir

-biri bilan uzviy

bog‘langan holda ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Ushbu komponentlar
ingliz tilida o‘qitilayotgan kasbiy fanl

arni chuqurroq anglashga, talabalarning tahliliy

fikrlashini rivojlantirishga va madaniyatlararo kompetensiyani shakllantirishga imkon
yaratadi.

Birinchi komponent

mazmun (content) o‘rganilayotgan kasbiy fan doirasidagi

ilmiy tushunchalar, terminologik birliklar va konseptual bilimlarni qamrab oladi.

Tibbiyot yo‘nalishidagi talabalarning ingliz tilini o‘zlashtirishi bevosita ularning
anatomiya, fiziologiya, patologiya kabi asosiy tibbiy fanlarni ingliz tilida o‘rganish orqali

amalga oshiriladi. Mazkur yon

dashuvda til o‘rgatish maqsad emas, balki kasbiy bilimlarni

chuqur egallash vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Shu bois, kasbiy ingliz tili darslarida
autentik matnlar, ilmiy maqolalar, tibbiy holatlar tasvirlari asosiy o‘quv materiali sifatida
qo‘llanilad

i.

Ikkinchi komponent

muloqot (communication)

o‘quvchilarning tildan faol

foydalanish ko‘nikmasini shakllantiradi. Til, bu nuqtai nazardan, kasbiy fikr almashinuvi,

kasal bemor bilan kommunikatsiya, klinik muhokama yoki diagnostik xulosa bildirish
vosi

tasi sifatida qaraladi. O‘quv jarayonida ingliz tilida savol

-

javob, rolli o‘yinlar, klinik


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

573

simulyatsiyalar, jamoaviy muhokamalar orqali talabalar real kommunikativ vazifalarni
bajaradilar. Bu esa ularning kasbiy faoliyatga integratsiyalashgan holda tilni
egallashlariga yordam beradi.

Uchinchi komponent

tafakkur (cognition)

o‘quvchilarning aqliy jarayonlarini,

ya’ni analiz, sintez, solishtirish, muammoni hal qilish va qaror qabul qilish kabi yuqori
darajadagi kognitiv ko‘nikmalarni shakllantirishga qarat

ilgan. Tibbiyot sohasi uchun bu

komponent ayniqsa muhim bo‘lib, klinik holatni baholash, simptomlar tahlili, muqobil

davolash usullarini tanlash kabi faoliyatlarda til orqali amalga oshiriladigan tafakkur
jarayonlari talab etiladi. CLIL modeli doirasida beriladigan topshiriqlar shunday

tuziladiki, o‘quvchi nafaqat matnni o‘qiydi yoki tarjima qiladi, balki uning mohiyatini
tushunadi, tahlil qiladi va uni professional kontekstda qo‘llaydi.

To‘rtinchi komponent –

madaniyat (culture)

ingliz tilining faqat kommunikativ

emas, balki madaniyatlararo kompetensiyani rivojlantiruvchi vosita ekanligiga urg‘u
beradi. Global sog‘liqni saqlash tizimida faoliyat yuritish, xorijiy bemorlar bilan ishlash

yoki xalqaro tibbiy jurnallarda maqolalar yozish uchun madaniyatlararo tafakkur muhim

hisoblanadi. CLIL modeli asosida o‘quvchi nafaqat ingliz tilidagi kasbiy terminologiyani

egallaydi, balki ingliz tilida fikrlash madaniyati, kasbiy etika va kommunikativ odob-axloq

normalarini ham o‘zlashtiradi.

Shunday qilib, CLIL modeli doirasida ingliz tilini kasbiy fan bilan

integratsiyalashgan holda o‘rgatish tibbiyot yo‘nalishidagi talabalar uchun ayniqsa
samaralidir. Mazkur model orqali nafaqat til ko‘nikmalari, balki kasbiy bilim, tahliliy

fikrlash, muloqot madaniyati va global tafakkur ham rivojlanadi. Ayniqsa, eklektik

yondashuv yordamida mazkur komponentlar tizimli va moslashtirilgan shaklda ta’lim
jarayoniga joriy etilsa, o‘quvchilarning ingliz tilidagi o‘qish kompetensiyasi sezilarli

darajada yuksaladi.

MUHOKAMA

CLIL yondashuvi v

a eklektik metodlarning uyg‘unligi asosida tashkil etilgan darslar

tibbiyot yo‘nalishidagi talabalarning ingliz tilida kasbiy matnlarni anglash va tahlil qilish
kompetensiyasini samarali shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur jarayonda o‘qitish

materiallari sifatida real tibbiy matnlar

xalqaro maqolalar, dorivor vositalar haqida

tavsiflar, klinik holatlar, diagnostika va davolash protokollari, tibbiy ko‘rsatmalar va
kasallik tarixlari (case histories) keng qo‘llaniladi. Ushbu materiallar orqali o‘quvchila

rda

kasbiy kontekstda tilni egallashga yo‘naltirilgan quyidagi o‘qish ko‘nikmalari rivojlanadi:

terminologik tushunish tibbiyot fanlarida ko‘p hollarda uchraydigan murakkab

leksik birliklar va terminlarni matn kontekstida anglash va ularni professional muloqotda

qo‘llash ko‘nikmasini shakllantiradi. O‘quvchi ma’lum bir klinik holat yoki dorivor vosita
tavsifini o‘qish orqali terminologiyaning konnotativ va denotativ ma’nosini ajratib
olishga o‘rganadi. Bu esa ularning til tizimidagi passiv lug‘at boyligini

faol, amaliy

foydalaniladigan darajaga ko‘taradi.

Analitik o‘qish ko‘nikmasi talabalarning o‘qilgan matnni tahlil qilish, asosiy g‘oyani

ajratish, sabab-oqibat munosabatlarini tushunish, muhim axborotni ajratib olish va uning
asosida xulosalar chiqarish fa

oliyatini o‘z ichiga oladi. CLIL metodikasiga xos bo‘lgan faol

topshiriqlar, ya’ni “reading for inference”, “deduction tasks”, “problem

-

based reading”

kabi mashqlar o‘quvchilarni matnga faqat literal darajada yondashmaslikka, balki chuqur

tafakkur asosida

o‘qishga yo‘naltiradi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

574

Fikr bildirish o‘qish kompetensiyasining yana bir muhim jihati hisoblanadi.

Talabalar o‘qilgan material asosida mustaqil fikr yuritish, baholash, tahlil qilish va muqobil
qaror yoki yechim taklif qilish ko‘nikmasini egallaydilar. Mas

alan, klinik protokol asosida

berilgan kasallik holatiga nisbatan turli terapevtik yondashuvlarni taqqoslab, ulardan eng

samaralisini tanlash, o‘z fikrini asoslash, tibbiy argumentlar keltirish o‘quvchining nafaqat

til, balki kasbiy tafakkur doirasida ham

rivojlanayotganini ko‘rsatadi.

Kontekstual o‘qish tilni o‘rganish jarayonida yangi yoki notanish so‘z va iboralarni

matn kontekstida anglash, taxmin qilish va ularning semantik funksiyalarini aniqlash

imkonini beradi. Ayniqsa, tibbiy matnlar o‘ziga xos

sintaktik va stilistik xususiyatlarga

ega bo‘lib, ularni anglash uchun o‘quvchi kontekst asosida semantik tafakkur bilan
yondashadi. Bu esa lug‘at yodlashdan ko‘ra samaraliroq va mustahkamroq bilim

asoslarini shakllantiradi.

Mazkur o‘qish kompetensiyalarin

ing shakllanishi va rivojlanishida eklektik

yondashuv, ya’ni, bir necha metodik maktablarning ilg‘or jihatlarini integratsiyalashgan
tarzda qo‘llash muhim o‘rin tutadi. CLIL doirasida kommunikativ metod, kognitiv
yondashuv, muammoli ta’lim, task

-based learning, va zamonaviy texnologiyalarga

asoslangan interaktiv mashg‘ulotlar uyg‘unlashtirilgan holda berilishi talabalarning ingliz
tilidagi kasbiy matnlarni o‘qish, tahlil qilish va ulardan amaliy faoliyatda foydalanish

malakasini sezilarli darajada oshiradi. Bu esa nafaqat til kompetensiyasining rivojlanishiga,
balki kasbiy tayyorgarlikning mustahkamlanishiga ham xizmat qiladi.

XULOSA VA TAVSIYALAR

Tibbiyot yo‘nalishida ingliz tilini kasbiy

-

konseptual kontekstda o‘rgatishda o‘qish

kompetensiyasini shakllantirishga qaratilgan darslarda amaliy metodik yondashuvlar

muhim o‘rin tutadi. Ushbu jarayonda CLIL modeli va eklektik metodologiya asosida

quyidagi faoliyat turlarini tashkil etish tavsiya etiladi.

Avvalo, o‘quvchilarning kasbiy kontekstdagi turli xil matn turlarini o‘qish

ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida dars jarayoniga xabarnomalar, tibbiy maqolalar,

intervyular, klinik tavsiflar, bemor tarixlari kabi real hayotga yaqin materiallarni kiritish

zarur. Bunday matnlar orqali o‘quvchilar nafaqat tibbiy terminologiyani o‘zlashtiradilar,
balki autentik uslub va mantiqiy izchillikni ham o‘rganadilar.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

575

Shuningdek, ingliz tilidagi interaktiv klinik simulyatsiyalardan foydalanish til

o‘rganish jarayonini kasbiy amaliyotga yaqinlasht

iradi. Virtual kasallik holatlari, bemor

bilan suhbat, tibbiy qaror qabul qilish kabi vaziyatlar yordamida o‘quvchi matn asosida

o‘z bilimini qo‘llash, kerakli axborotni izlash va unga asoslangan mulohaza bildirish

malakasini rivojlantiradi. Ushbu yondashu

v CLIL’ning kommunikatsiya va tafakkur

komponentlarini samarali integratsiyalash imkonini beradi.

Bundan tashqari, kichik guruhlarda matnli tahlil va muhokamalar tashkil etilishi

talabalar o‘rtasida fikr almashish, kasbiy mulohazalarni ilgari surish, dalil

lash va turli

pozitsiyalarni baholash ko‘nikmalarini shakllantiradi. Bunday faoliyat turlari

o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, argumentatsiya va nutqni mantiqiy tuzish kabi

ko‘nikmalarni rivojlantiradi.

O‘qish kompetensiyasining darajasini aniqlash va bahol

ashda ingliz tilidagi kasbiy

testlar, savolnomalar, ko‘p variantli test topshiriqlari (multiple

-choice quizzes)dan

foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ular orqali o‘quvchi matndan asosiy ma’lumotni

ajratib olish, tushunilgan axborotni tahlil qilish va uni kasbiy faoliyat kontekstida tatbiq

etish ko‘nikmasini amalda namoyon etadi.

Shuningdek, o‘qish kompetensiyasini rivojlantirishda eklektik mashqlar tizimi

bosqichma-

bosqich asosda rejalashtirilishi lozim. Mazkur tizim o‘qish, tafakkur va

qo‘llash (reading

-thinking-

application) bosqichlarini qamrab olib, o‘quvchining

bilimlarni puxta o‘zlashtirib, amaliy faoliyatda tatbiq etish malakasini shakllantirishga

yo‘naltiriladi. Har bir bosqichda qo‘llaniladigan mashqlar muayyan metodik vazifani

bajarishga qaratilgan bo

‘lishi kerak: matnni tushunish, asosiy g‘oyani ajratish, tahlil

qilish, yangi vaziyatda qo‘llash va yakunda mustaqil xulosa chiqarish.

Umuman olganda, yuqorida keltirilgan amaliy tavsiyalar CLIL modeli va eklektik

yondashuv sintezida ingliz tilini o‘

rgatish jarayonining samaradorligini oshirib, tibbiyot

yo‘nalishidagi talabalar uchun kasbiy til kompetensiyalarini chuqurlashtirishga xizmat

qiladi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

RO‘YXATI

:

1.

Abduvalievna RF. Theoretical Prerequisites for Teaching English in a

Comprehensive School. International Journal on Integrated Education. 2021;4(5):257-60.

2.

Abduvaliyevna RF. An Eclectic Method of Teaching Foreign Languages. Miasto

Przyszłości. 2023 Jun 7;36:31

-5.

3.

Coyle D., Hood P., Marsh D.

CLIL: Content and Language Integrated Learning.

Cambridge University Press, 2010.

4.

Gibbons P.

English Learners, Academic Literacy, and Thinking: Learning in the

Challenge Zone.

Heinemann, 2009.

5.

Kizi IY. Organization of Modular Training in Education. International Journal For

Science Technology And Engineering, doi. 2022;10.

6.

Mehisto P., Marsh D., Frigols M.J.

Uncovering CLIL.

Macmillan Education, 2008.

7.

Nation I.S.P.

Teaching ESL/EFL Reading and Writing.

Routledge, 2009.

8.

Richards J.C., Rodgers T.S.

Approaches and Methods in Language Teaching.

3rd

ed. Cambridge University Press, 2014.

9.

Исматова Ю. Kredit

-modul tizimining nazariy va uslubiy asoslari. in Library.

2023;1(1):210-2.

Библиографические ссылки

Abduvalievna RF. Theoretical Prerequisites for Teaching English in a Comprehensive School. International Journal on Integrated Education. 2021;4(5):257-60.

Abduvaliyevna RF. An Eclectic Method of Teaching Foreign Languages. Miasto Przyszłości. 2023 Jun 7;36:31-5.

Coyle D., Hood P., Marsh D. CLIL: Content and Language Integrated Learning. Cambridge University Press, 2010.

Gibbons P. English Learners, Academic Literacy, and Thinking: Learning in the Challenge Zone. Heinemann, 2009.

Kizi IY. Organization of Modular Training in Education. International Journal For Science Technology And Engineering, doi. 2022;10.

Mehisto P., Marsh D., Frigols M.J. Uncovering CLIL. Macmillan Education, 2008.

Nation I.S.P. Teaching ESL/EFL Reading and Writing. Routledge, 2009.

Richards J.C., Rodgers T.S. Approaches and Methods in Language Teaching. 3rd ed. Cambridge University Press, 2014.

Исматова Ю. Kredit-modul tizimining nazariy va uslubiy asoslari. in Library. 2023;1(1):210-2.