Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Issues of liability for crimes related to violations of labor
legislation in the Criminal Codes of CIS countries
Khadichakhon ABDURASULOVA
1
Tashkent State University of Law
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received April 2025
Received in revised form
15 May 2025
Accepted 25 May 2025
Available online
15 June 2025
This article analyzes the provisions of the Criminal Code of
the Republic of Uzbekistan concerning liability for crimes
related to violations of labor legislation. The author classifies
and examines the types of these legal norms and conducts a
comparative legal analysis with the criminal legislation of the
Commonwealth of Independent States (CIS) countries. In
addition, the article highlights certain socially dangerous acts
recognized as criminal offenses in the criminal codes of CIS
countries, which are not currently criminalized under the
legislation of Uzbekistan.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss5/S-pp562-570
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
criminal liability,
violation of labor legislation,
violation of the right to
work, labor-related crimes,
forced labor,
wages,
pensions,
scholarships.
MDH davlatlari jinoyat kodeksida mehnat qonunchiligini
buzish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlik
masalalari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
javobgarlik,
mehnat qonunchiligini
buzish,
mehnat qilish huquqini
buzish,
mehnat qonunchiligini
buzish bilan bog‘liq
jinoyatlar,
mehnatga majburlash,
ish haqi,
pensiya,
stipendiya.
Mazkur maqola doirasida muallif mehnat qonunchiligini
buzish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun O‘zbekiston Respublikasi
jinoyat kodeksida belgilangan normalarni, ularning turlarini
MDH davlatlari jinoyat qonunchiligi bilan qiyosiy-huquqiy tahlil
etdi. Shuningdek, maqolada O‘zbekiston Respublikasi jinoyat
qonunchiligida mehnat qonunchiligini buzish bilan bog‘liq
jinoyatlar sirasiga kiritilmagan, ammo MDH davlatlar jinoyat
kodeksida ijtimoiy xavfli qilmish hisoblanuvchi yangi normalar
yoritib berildi.
1
Independent Researcher, Tashkent State University of Law. E-mail: xadichaabdurasulova06@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
563
Вопросы ответственности за преступления, связанные
с
нарушением
трудового
законодательства
в
уголовных кодексах государств СНГ
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
уголовная
ответственность,
трудовое
законодательство,
нарушение права на труд,
преступления в сфере
труда,
принудительный труд,
заработная плата,
пенсия,
стипендия.
Настоящая статья посвящена анализу уголовно
-
правовых норм, предусмотренных Уголовным кодексом
Республики
Узбекистан,
регламентирующих
ответственность
за
преступления,
связанные
с
нарушением
трудового
законодательства.
Автор
классифицирует данные нормы, раскрывает их содержание
и
проводит
сравнительно
-
правовой
анализ
с
аналогичными положениями уголовного законодательства
государств –
участников СНГ. Кроме того, в статье
освещаются нормы, не включённые в уголовное
законодательство Республики Узбекистан, но признанные
в странах СНГ уголовно наказуемыми и социально
опасными деяниями.
KIRISH
Mehnat qilish huquqi inson huquqlari tizimida alohida e’tiborga loyiq bo‘lgan,
fundamental huquqlardan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Ushbu huquq iqtisodiy
mustaqillikni, ijtimoiy barqarorlikni va inson salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishni
ta’minlovchi
muhim omil sifatida davlat siyosatida alohida o‘rin tutadi. Mazkur
huquqning xalqaro va milliy darajadagi huquqiy asoslari uning universalligini tasdiqlaydi
va davlatlar zimmasiga uni ta’minlash bo‘yicha aniq majburiyatlarni yuklaydi. Shu bois,
mehnat qil
ish huquqining to‘laqonli amalga oshirilishi nafaqat huquqiy, balki ijtimoiy
adolatni ro‘yobga chiqarishda ham alohida o‘rin egallaydi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42
-
moddasiga ko‘ra, har
kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena
talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech
qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam
miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda adolatli haq olish,
shuningdek, ishsizlikdan qonunda
belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega.
Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori insonning munosib turmush darajasini
ta’minlash zarurati hisobga olingan holda belgilanadi.
Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish,
ishdan bo‘shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi.
Mehnat qonunchiligi
–
bu jamiyatdagi ijtimoiy barqarorlik va iqtisodiy
taraqqiyotning muhim tayanchlaridan biri bo‘lib, ish beruvchi va xodim o‘rta
sidagi
huquqiy munosabatlarni tartibga soladi. Mazkur soha qonun hujjatlari bilan tartibga
solinmasa yoki ularga rioya qilinmasa, inson huquqlari
–
xususan, mehnat qilish,
munosib ish haqi olish, xavfsiz mehnat sharoitiga ega bo‘lish kabi asosiy huquqlar
buziladi. Mehnat qonunchiligini buzish holatlari esa nafaqat xodimlarning huquqlarini
poymol qiladi, balki jamiyatda ijtimoiy adolatsizlik va beqarorlikka olib keladi. Shu
sababli, mehnat qonunchiligini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi, mavjud
normalar tahlil qilinishi hamda takomillashtirilishi zarur hisoblanadi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
564
MATERIAL VA METODLAR
Mehnat qonunchiligini buzish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlik
belgilangan normalarni takomillashtirish maqsadida tadqiqotda asosan qiyosiy-huquqiy
tahlil, shuningdek, kuzatish, induksiya va deduksiya metodlaridan foydalanildi.
TADQIQOT NATIJALARI
Huquqiy tizimning asosiy vazifalaridan biri jamiyatda tartib-
intizomni ta’minlash
va fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini himoya qilishdan iborat. Huquqiy norma
mavjud ekan, uni buzuvchi shaxslar ham mavjud bo‘ladi. Shu sababli, davlat tomonidan
jinoyatlarning oldini olish, ularni bartaraf etish va huquqiy tartibot hamda adolatni
ta’minlash maqsadida javobgarlik institutlari yaratilgan.
Mehnat huquqi sohasida ham boshqa huquq tarmoqlari singari javobgarlik
institutining mavjudligi dolzarb hisoblanadi. Mehnat qonunchiligi talablarini buzgan
shaxslar, xususan, ish beruvchilar yoki mansabdor shaxslar mehnat munosabatlariga oid
normalarning buzilishi oqibatida huquqiy javobgarlikka tortilishi belgilangan. Bu esa
mehnat sohasida qonun ustuvorligini ta’minlash va xodimlarning huquqiy himoyasini
kafolatlashning muhim vositasidir.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida ham mehnat qonunchiligini
buzganlik
uchun quyidagi javobgarliklar belgilab qo‘yilgan:
1. Mehnat qilish huquqini buzish (148-modda);
2.
Voyaga yetmagan shaxslarning mehnatidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi
to‘g‘risidagi talablarni buzish (148
1
-modda);
3.
Mehnatga ma’muriy tarzda
majburlash (148
2
-modda);
4. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish (257-modda). [1]
Dunyodagi barcha davlatlarning milliy qonunchiligida inson huquqlari va
erkinliklarini ta’minlash, xususan, shaxsning mehnat qilish huquqi, mazkur huquqni
barcha uchun
bir xil va teng qo‘llanilishi, xavfsiz mehnat sharoitlarida ishlashi hamda
shaxslarni mehnat qilish bilan bog‘liq huquqlarini turli jinoiy tajovuzlardan himoya qilish
alohida ahamiyat kasb etadi.
MDH davlatlar jinoyat qonunchiligida jinoiy ta’qibga uchra
ydigan mehnat
qonunchiligini buzish bilan bog‘liq sodir etiladigan aybli ijtimoiy xavfli qilmishlarning
tavsiflanishi, moddalarning nomlanishi deyarli bir-
birinikiga o‘xshab ketadi.
TADQIQOT NATIJALARI TAHLILI
Tahlillar davomida shuni guvohi bo‘ldikki, Ro
ssiya Federatsiyasi jinoyat kodeksida
mehnat qonunchiligini buzish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun quyidagi javobgarlik
normalari belgilangan:
1) Qullik mehnatidan foydalanish (127.2-modda);
2) Mehnat muhofazasi talablarini buzish (143-modda);
3) Pensiya yoshiga yetgan shaxsni ishga qabul qilishdan asossiz ravishda bosh
tortish yoki uni asossiz ravishda ishdan bo‘shatish (144.1
-modda).
4) Homilador ayolni yoki uch yoshgacha farzandi bor ayolni ishga qabul qilishdan
asossiz ravishda bosh tortish yoki uni
asossiz ravishda ishdan bo‘shatish (145
-modda);
5)
Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar va boshqa to‘lovlarni to‘lamaslik
(145.1-modda). [2]
Mehnat qonunchiligini buzish uchun Rossiya jinoyat qonunchiligida belgilangan
moddalar O‘zbekiston jinoya
t kodeksidagi moddalardan farq qiladi, xususan, ularda
ishdan g‘ayriqonuniy bo‘shatishda jabrlanuvchi subyektlar doirasi aniq belgilab
qo‘yilgan, O‘zbekistonda esa JK 148
-moddaning 1-
qismiga ko‘ra istalgan shaxsni bila
turib g‘ayriqonuniy ravishda ishdan bo‘shatganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
565
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksida ish haqi, pensiyalar,
stipendiyalar, nafaqalar va boshqa to‘lovlarni to‘lamaganlik uchun jinoiy javobgarlik
nazarda tutilmagan.
Qozog‘iston Respublikasi jinoyat kodeksiga ko‘ra quyidagi ijtimoiy xavfli qilmishlar
mehnat qonunchiligini buzish bilan bog‘liq jinoyatlar hisoblanadi:
1)
Qozog‘iston Respublikasi mehnat qonunchiligini buzish (152
-modda);
2)
Voyaga
yetmaganlarga
nisbatan
Qozog‘iston
R
espublikasi
mehnat
qonunchiligini buzish (153-modda);
3) Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish (156-modda). [3]
Qozog‘iston jinoyat kodeksida mehnat qonunchiligini buzish bilan bog‘liq
jinoyatlar uchun javobgarlik belgilangan normalar O‘zbekiston jin
oyat kodeksi bilan
deyarli bir xil, ammo bizdan farqli ravishda ularda mehnatga ma’muriy tarzda
majburlaganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanmagan.
Mehnat qonunchiligini buzish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun belgilangan jinoyat
normalarining qiyosiy-huquqiy tahlilini amalga oshirar ekanmiz, MDH davlatlar ichida
Ozarbayjon qolgan davlatlardan o‘zining o‘ziga xos jinoyat qonun normalari bilan
farqlanib turadi.
Xususan, mazkur davlatda mehnat shartnomasi (kontrakt) qonuniy kuchga ega
bo‘lmasdan turib ish (
xizmat) bajarishga jalb etish (162-1-modda) uchun jinoiy
javobgarlik belgilangan. Bu kabi javobgarlik boshqa hech bir MDH davlatlar jinoyat
qonunchiligida o‘z aksini topmagan. Shuningdek, Ozarbayjon jinoyat kodeksiga ko‘ra,
quyidagi ijtimoiy xavfli qilmish
lar mehnat qonunchiligini buzish bilan bog‘liq jinoyatlar
hisoblanadi va javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi:
1) Majburiy mehnat (144-2-modda);
2) Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish (162-modda). [4]
Qirg‘iz Respublikasi jinoyat kodeksiga ko‘ra
quyidagi jinoyatlar mehnat
qonunchiligini buzish bilan bog‘liq jinoyatlar hisoblanadi:
1) Majburiy mehnatdan (qullik mehnatidan) foydalanish (170-modda);
2) Ish haqi, pensiya, nafaqa to‘lovlarini to‘lamaslik (203
-modda). [5]
O‘zbekiston jinoyat qonunchiligidan farqli ravishda Qirg‘iz Respublikasida
g‘ayriqonuniy ishdan bo‘shatganlik hamda voyaga yetmagan shaxslarning mehnatidan
foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risidagi talablarni buzganlik uchun javobgarlik
belgilanmagan.
Tojikiston jinoyat kodeksida mehnat qonunchiligini buzganlik uchun quyidagi
jinoyatlar nazarda tutilgan:
1) Mehnat qonunchiligini buzish (153-modda);
2)
Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar yoki boshqa to‘lovlarni to‘lamaslik
(153(1)-modda);
3) Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish (154-modda);
4) Uch yoshgacha farzandi bor ayolni ishga qabul qilishdan asossiz ravishda bosh
tortish yoki uni asossiz ravishda ishdan bo‘shatish (155
-modda).[6]
Turkmanistonda esa quyidagi jinoyatlar mehnat qonunchiligini buzish bilan
bog‘liq
jinoyatlar hisoblanadi:
1) Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish (149-modda);
2) Homilador ayolni yoki uch yoshgacha farzandi bor shaxsni ishga qabul qilishdan
asossiz ravishda bosh tortish yoki uni asossiz ravishda ishdan bo‘shatish
(150-modda). [7]
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
566
Armaniston
jinoyat kodeksida ham Turkmaniston jinoyat qonunchiligiga o‘xshash
tarzda homilador ayolni yoki uch yoshgacha farzandi bor shaxsni ishga qabul qilishdan
asossiz ravishda bosh tortish yoki uni asossiz ravishda ishdan bo‘shat
ganlik
(156-modda) va mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik (157-modda) uchun
javobgarlik nazarda tutilgan. [8]
Belarus
Respublikasi jinoyat kodeksida mehnat qonunchiligini buzish bilan bog‘liq
jinoyatlar uchun quyidagi javobgarlik normalari belgilangan:
1) Qullik mehnatidan foydalanish (
181¹
-modda);
2) Mehnat qonunchiligini buzish (199-modda)
3) Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish (306-modda). [9]
Quyidagilar Gruziyada mehnat qonunchiligini buzish bilan bog‘liq jinoyatlar
hisoblanadi:
1) Mehnat erkinligiga tajovuz qilish (168-modda);
2) Mehnat qonunchiligi normalarini buzish (169-modda);
3) Mehnat muhofazasi qoidalarini buzish (170-modda).
Mehnat erkinligiga tajovuz qilish bu O‘zbekiston jinoyat qonunchiligidagi
mehnatga ma’muriy tarzda majburlash jinoyatiga o‘xshash bo‘lib, Gruziya jinoyat kodeksi
168-
moddasiga ko‘ra, mehnat erkinligiga tajovuz, ya’ni har qanday turdagi qonuniy
mehnat faoliyatiga zo‘rlik ishlatish yoki zo‘rlik bilan tahdid qilish yo‘li bilan to‘sqinlik
qilish tushuniladi. [10]
Uk
raina jinoyat kodeksiga ko‘ra, mehnat qonunchiligini buzish bilan bog‘liq
jinoyatlar deb quyidagilar hisoblanadi:
1) Mehnat qonunchiligi normalarining qo‘pol ravishda buzilishi (172
-modda);
2) Mehnat shartnomasi (bitimi) shartlarini qo‘pol ravishda buzish
(173-modda);
3) Ish haqi, stipendiya, pensiya yoki qonun bilan belgilangan boshqa to‘lovlarni
to‘lamaslik (175
-modda);
4) Mehnat muhofazasi to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilishi (271
-modda). [11]
Moldovada majburiy mehnat (168-modda) va mehnat muhofazasi qoidalarini
buzish (183-modda) uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. [12]
Tahlil natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, bizning jinoyat qonunchiligimizdan farqli
ravishda Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Qirg‘iz Respublikasi va Tojikiston jinoyat
kodeksida
ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar va boshqa to‘lovlarni
to‘lamaganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
Ammo mazkur davlatlar jinoyat kodeksida moddalar dispozitsiyasi turlicha
tavsiflangan bo‘lib, xususan, Tojikiston jinoyat kodeksining
153.1-
moddasiga ko‘ra, ish
beruvchi yoxud mulkchilik shaklidan qat’i nazar korxona, muassasa yoki tashkilot
rahbari tomonidan moddiy manfaatdorlik yoki boshqa shaxsiy qiziqishlardan kelib
chiqqan holda ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqa yoki qonun bilan belgilangan boshqa
to‘lovlarni ikki oydan ortiq muddat davomida to‘lamasligi jinoiy javobgarlikka sabab
bo‘ladi. [6]
Qirg‘iz Respublikasi jinoyat kodeksining 203
-moddasiga asosan mulkchilik
shaklidan qat’i nazar korxona, muassasa yoki tashkilotning mansa
bdor shaxsi tomonidan
ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni to‘lash uchun mo‘ljallangan
pul mablag‘larini maqsadsiz ishlatishi natijasida ushbu to‘lovlarning oltmish kundan
ortiq muddatda o‘z vaqtida to‘lanmasligiga olib kelsa, jin
oiy javobgarlik kelib chiqadi. [5]
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
567
Rossiya Federatsiyasi jinoyat kodeksi 145.1-
moddasiga ko‘ra, tashkilot rahbari,
ish beruvchi
–
jismoniy shaxs, shuningdek, tashkilotning filial, vakolatxona yoki boshqa
alohida tarkibiy bo‘linmasi rahbari
tomonidan moddiy manfaatdorlik yoki boshqa
shaxsiy manfaat yo‘lida ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqa hamda qonun bilan
belgilangan boshqa to‘lovlarning uch oydan ortiq muddat davomida qisman to‘lanmasa –
yuz yigirma ming rublgacha miqdorda jarima yoki sudlangan shaxsning bir
yilgacha bo‘lgan davrdagi ish haqi yoki boshqa daromadi miqdorida jarima yoki muayyan
lavozimlarni egallash yoki ma’lum faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan bir yilgacha
mahrum qilish yoki ikki yilgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
2. Tashkilot rahbari, ish beruvchi
–
jismoniy shaxs, shuningdek, tashkilotning filial,
vakolatxona yoki boshqa alohida tarkibiy bo‘linmasi rahbari tomonidan moddiy
manfaatdorlik yoki boshqa shaxsiy
manfaat yo‘lida, ikki oydan ortiq muddat davomida:
ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqa hamda qonun bilan belgilangan boshqa to‘lovlarning
to‘liq to‘lanmasligi, yoki ish haqi miqdorining federal qonun bilan belgilangan eng kam
ish haqi miqdoridan past ho
lda to‘lanishi –
yuz ming rubldan kam bo‘lmagan va besh yuz ming rublgacha bo‘lgan miqdorda
jarima yoki sudlangan shaxsning uch yilgacha bo‘lgan davrdagi ish haqi yoxud boshqa
daromadi miqdorida jarima yoki muayyan lavozimlarni egallash yoki muayyan faoliyat
bilan shug‘ullanish huquqidan uch yilgacha mahrum etib (yoki bu choralarsiz) uch
yilgacha majburiy jamoat ishlari yoki yuqoridagi huquqlardan mahrum etib yoki mahrum
etmasdan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
3.
Ushbu moddada ko‘
rsatilgan birinchi yoki ikkinchi qismlarda nazarda tutilgan
harakatlar og‘ir oqibatlarga olib kelgan taqdirda –
ikki yuz ming rublgacha kam bo‘lmagan va besh yuz ming rublgacha bo‘lgan
miqdorda jarima yoki sudlangan shaxsning bir yildan uch yilgacha bo‘lga
n davrdagi ish
haqi yoki boshqa daromadi miqdorida jarima yoki ikki yildan besh yilgacha muayyan
lavozimlarni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqlaridan mahrum
etib yoki mahrum etmasdan ikki yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatni birinchi
marta sodir etgan shaxs, agar jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan kundan boshlab ikki oy ichida ish
haqi, pensiya, stipendiya, nafaqa hamda qonun bilan belgila
ngan boshqa to‘lovlar bo‘yicha
qarzdorlikni to‘liq qoplagan, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi qonunchiligida belgilangan
tartibda foizlarni (pul kompensatsiyasini) to‘lagan va uning harakatlarida boshqa jinoyat
tarkibi mavjud bo‘lmasa, jinoiy javobgarlikd
an ozod etiladi. [2]
O‘zbekiston Respublikasida ham ishchilarga o‘z vaqtida ish haqi to‘lamaslik
holatlari mavjud bo‘lib, ko‘p holatlarda mazkur holat uchun yengilroq javobgarlik
nazarda tutilganligi sababli ish beruvchilar tomonidan qasddan ish haqlarni berish
kechiktirilayotgan holatlar yo‘q emas. Misol uchun, 2025
-
yil aprel oyida “Enter
Engineering Pte.Ltd” va ushbu korxonaga taalluqli boʻlgan MChJlarda xodimlarga ish
haqlari oʻz vaqtida toʻlanmayotgani holati yuzasidan ishchilar bir necha bor norozilik
bildirib chiqqan. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi yuqoridagi holatni
nazoratga olgan hamda shu paytga qadar boʻlgan shikoyatlar asosida ushbu korxonalarda
tekshirishlar oʻtkazilib, mehnat qonunchiligi buzilishlari yuzasidan korxona rahbarl
ariga
nisbatan maʼmuriy choralar qoʻllanilgan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
568
Tekshirishlar davomida jami 39,1 mlrd ish haqlari undirib berilib, 16,6 mlrd soʻm
ish haqlari undirilishi yuzasidan koʻrsatma berilgan. [14]
Ushbu kompaniya avval ham 2023 [15] -
2024 yillar davomida ko‘plab xo
dimlariga
maoshlarni vaqtida to‘lamagan, xodimlar yordam so‘rab bir necha marta OAVga murojaat
qilgan.
Xususan, 2024-
yil Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish
loyihasiga rahbarlik qilgan rossiyalik Ilya Puts Chilonzor tuman bandlik b
o‘limiga arz
qilganidan keyin, unga bir necha oy davomida to‘lanmagan 57 ming dollar miqdoridagi
ish haqi undirib berilgan. [16] Bundan tashqari mazkur korxonaning ishchilari 2024-yil
sentabr oyida Kun.uzga bahordan buyon oylik maoshlarni olisha olmayotgan
ligi bo‘yicha
murojaat qilishgan. [17]
Mehnat kodeksi 253-
moddasiga binoan [13], xodimlarga ish haqini to‘lash muddati
har yarim oyda bir martadan kam bo‘lishi mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 42-
moddasiga ko‘ra, mehnati uchun
hech qanday kamsitishlarsiz
hamda mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda
adolatli haq olish huquqiga ega.
Shunday ekan, ijtimoiy adolat va xodimlarning mehnatiga adolatli haq olish singari
konstitutsiyaviy huquqlarini
ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi jinoyat
kodeksiga ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar va boshqa to‘lovlarni to‘lamaslik
uchun jinoiy javobgarlik belgilovchi normani kiritish zarur.
XULOSALAR
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, MDH davlatlarning ayrimlarida “Mehnat qilish
huquqini buzish” deb nomlanuvchi va mazkur modda dispozitsiyasiga o‘xshash norma
mavjud emas, yana ayrimlarida esa modda dispozitsiyasiga o‘xshash ammo modda
nomlanishi turlicha bo‘lgan normalar mavjud. Xususan, Ros
siya Federatsiyasi Jinoyat
kodeksida pensiya yoshiga yaqinlashgan shaxsni ishga qabul qilishdan asossiz ravishda
bosh tortish yoki uni asossiz ravishda ishdan bo‘shatish (144.1
-modda) uchun,
shuningdek, homilador ayolni yoki uch yoshgacha farzandi bor ayolni ishga qabul
qilishdan asossiz ravishda bosh tortish yoki uni asossiz ravishda ishdan bo‘shatish
(145-modda) uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
Qozog‘istonda esa “Qozog‘iston Respublikasi mehnat qonunchiligini buzish” uchun
jinoiy javobgarlik belgil
angan bo‘lib, modda dispozitsiyasi bizning qonunchilik bilan
deyarli farq qilmaydi. Biroq mazkur modda bo‘yicha sudning ishga tiklash to‘g‘risidagi
qarorini bajarmaganlik uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan. Shunga o‘xshash norma
Tojikiston va Gruziy
a jinoyat kodeksida ham o‘z aksini topganligini guvohi bo‘lishimiz
mumkin.
Ozarbayjon jinoyat kodeksida homilador ayolning yoki uch yoshgacha farzandi bor
ayolning, uch yoshgacha farzandni mustaqil tarbiyalayotgan erkakning mehnat
huquqlarini buzish (164-m
odda) uchun jinoiy javobgarlik belgilangan bo‘lib, mazkur
norma dispozitsiyasi JK 148-modda 2-
qismiga o‘xshab ketadi. Ammo farqli jihati
shundaki, Ozarbayjon jinoyat qonunchiligida jabrlanuvchi subyektlar doirasi aniq bo‘lib,
bizning jinoyat huquqimizdagi
kabi g‘ayriqonuniy ishdan bo‘shatish uchun javobgarlik
barcha uchun belgilanmagan va aynan homilador ayolning yoki uch yoshgacha farzandi
bor ayolning, uch yoshgacha farzandni mustaqil tarbiyalayotgan erkakni g‘ayriqonuniy
ravishda ishdan bo‘shatish uchun
javobgarlik nazarda tutilgan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
569
Xuddi shu kabi Armanistonda ham homilador ayolni yoki uch yoshgacha farzandi
bor shaxsni ishga qabul qilishdan asossiz ravishda bosh tortish yoki uni asossiz ravishda
ishdan bo‘shatish (156
-modda) uchun javobgarlik belgilangan.
Belorus Respublikasida ham O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksi 148
-modda
dispozitsiyasiga o‘xshash mehnat qonunchiligini buzish uchun javobgarlik nazarda
tutilgan. Biroq bunda modda tuzilishiga ko‘ra bitta qismdan iborat bo‘lib, faqat ayolni
homilad
or ekanligi sababli ishga qabul qilish yoxud ishdan bo‘shatish uchungina
javobgarlik belgilab qo‘yilgan.
Boshqa MDH davlatlaridan farqli ravishda Qirg‘iz Respublikasida g‘ayriqonuniy
ishdan bo‘shatganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanmagan.
Shuningdek,
tahlil natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, MDH davlatlarning barchasida
“Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish” uchun javobgarlik belgilangan.
Voyaga yetmagan shaxslarning mehnatidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi
to‘g‘risidagi talablarni buzganlik u
chun javobgarlik MDH davlatlari ichida faqat
O‘zbekiston va Qozog‘iston davlatlarida belgilangan.
Yana bir ijtimoiy xavfli qilmish mehnatga ma’muriy tarzda majburlaganlik uchun
javobgarlik masalalariga to‘xtaladigan bo‘lsak, MDH davlatlari ichida Rossiya, Qirg‘iz
Respublikasi, Gruziya va Belorus Respublikasida mazkur turdagi ijtimoiy xavfli qilmishlar
uchun javobgarlik belgilangan.
Ozarbayjonda esa qolgan MDH davlatlarining jinoyat qonunchiligidan farqli
ravishda mehnat shartnomasi (kontrakti) qonuniy kuchg
a ega bo‘lmasdan turib ish
(xizmat) bajarishga jalb etish (162-1-
modda) uchun jinoiy javobgarlik belgilab qo‘yilgan.
Bizning jinoyat qonunchiligimizdan farqli ravishda Rossiya Federatsiyasi jinoyat
kodeksida ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar
va boshqa to‘lovlarni to‘lamaslik
uchun ham jinoiy javobgarlik belgilangan (145.1-modda). Bu kabi norma
MDH davlatlardan yana Qirg‘iz Respublikasi va Tojikistonda ham mavjudligini
ko‘rishimiz mumkin.
Shuningdek, maqolada fuqarolarning ijtimoiy huquqlarini
ta’minlash, ularni
buzilishini oldini olish maqsadida xalqaro tajribaga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi
jinoyat kodeksini “148
3
-modda. Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar va boshqa
to‘lovlarni to‘lamaslik uchun jinoiy javobgarlik” deb nomlanuvchi modda bilan to‘ldirish
muallif tomonidan taklif etiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
O‘zbekiston Respublikasining 1994
-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-
sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi //
https://lex.uz/docs/-111453
2.
Rossiya Federatsiyasining 1996-yil 13-
iyundagi Jinoyat kodeksi. № 63
-
ФЗ
(21.04.2025-
yilgacha
boʻlgan
oʻzgartish
va
qoʻshimchalari
bilan)
//
https://www.consultant.ru/document/cons_doc_LAW_10699/
3.
Qozogʻiston Respublikasining 201
4-yil 3-
iyuldagi Jinoyat kodeksi. № 226
-V
(19.05.2025-
yilgacha
boʻlgan
oʻzgartish
va
qoʻshimchalari
bilan)
//
https://online.zakon.kz/Document/?doc_id=31575252
4.
Ozarbayjon Respublikasining 1999-yil 30-
dekabrdagi Jinoyat kodeksi. № 787
-IQ
(27.12.2024-yilgac
ha boʻlgan oʻzgartish va qoʻshimchalari bilan) // https://continent
-
online.com/Document/?doc_id=30420353
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
570
5.
Qirgʻiz Respublikasining 2021
-yil 28-
oktyabrdagi Jinoyat kodeksi. № 127
(31.12.2024-
yilgacha
boʻlgan
oʻzgartish
va
qoʻshimchalari
bilan)
//
https://online.zakon.kz/Document/?doc_id=36675065&pos=5;-106#pos=5;-106
6.
Tojikiston Respublikasining 1998-yil 21-
maydagi Jinoyat kodeksi. № 574
(15.04.2025-
yilgacha
boʻlgan
oʻzgartish
va
qoʻshimchalari
bilan)
//
https://continentonline.com/Document/?doc_id=30397325#pos=1761;-42
7.
Turkmaniston Respublikasining 2022-yil 17-apreldagi Jinoyat kodeksi (yangi
tahriri). № 456
-VI. // https://mejlis.gov.tm/single-code/27?lang=ru.
8.
Turkmaniston Respublikasining 2022-yil 17-apreldagi Jinoyat kodeksi (yangi
tahriri
). № 456
-VI. // https://mejlis.gov.tm/single-code/27?lang=ru.
9.
Armaniston Respublikasining 2022-yil 18-
iyundagi Jinoyat kodeksi (yangi tahriri). №
144-
Ն
. http://www.parliament.am/legislation.php?sel=show&ID=8059&lang=rus
10.
Gruziyaning 1999-yil 22-iyuldagi Jinoyat kodeksi // https://matsne.gov.ge/ru/
document/view/16426?publication= 263
11.
Ukrainaning 2001-yil 5-
apreldagi Jinoyat kodeksi. № 2341
-III (05.12.2024-
yilgacha boʻlgan oʻzgartish va qoʻshimchalari bilan)
// https://online.zakon.kz/
Document/?doc_id=30418109&pos=715;-55#pos=715;-55
12.
Moldova Respublikasining 2002-yil 18-
apreldagi Jinoyat kodeksi. № 985
-XV
(06.06.2024-
yilgacha
boʻlgan
oʻzgartish
va
qoʻshimchalari
bilan)
//
https://online.zakon.kz/Document/?doc_id=30394923&pos=514;-30#pos=514;-30
13.
O‘zbekiston
Respublikasining 2022-yil 28-oktabrda qabul qilingan 798-sonli
Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi //
https://lex.uz/docs/-111453
14.
https://yuz.uz/uz/news/enter-engineering-xodimlariga-oylik-ish-haqi-oz-
vaqtida-berilmayotgani-yuzasidan-tekshiruv-boshlangan
15.
https://daryo.uz/2023/11/25/enter-engineeringning-oz-vaqtida-maosh-
ololmayotgan-ishchilari-muammosi-vazirlik-nazoratiga-olindi
16.
https://kun.uz/news/2025/01/28/bandlik-bolimi-enter-engineering-
xodimlaridan-biriga-oyligini-undirib-berdi
17.
https://kun.uz/55302660
